Научная статья на тему 'SAMARQANDDA YANGI BILIM YURTI: MAORIF INSTITUTINI TASHKIL ETILISHI VA MURAKKABLIKLARI'

SAMARQANDDA YANGI BILIM YURTI: MAORIF INSTITUTINI TASHKIL ETILISHI VA MURAKKABLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
57
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / pedagogika / maorif / kommunizm g’oyasi / maorif instituti / syezd / kadrlar muammosi / mafkura / pedagogik bilim yurtlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Go’Zal Mardiyeva

Ushbu maqolada Samarqandda 1920-yillarda vujudga kelgan yevropacha andozadagi pedagogik bilim yurti: Maorif institutining tashkil etilishi va ushbu jarayondagi murakkabliklar kabi masalalar arxiv hijjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQANDDA YANGI BILIM YURTI: MAORIF INSTITUTINI TASHKIL ETILISHI VA MURAKKABLIKLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

SAMARQANDDA YANGI BILIM YURTI: MAORIF INSTITUTINI TASHKIL ETILISHI VA MURAKKABLIKLARI

Go'zal Mardiyeva

Samarqand davlat universiteti, Tarix fakulteti II kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Samarqandda 1920-yillarda vujudga kelgan yevropacha andozadagi pedagogik bilim yurti: Maorif institutining tashkil etilishi va ushbu jarayondagi murakkabliklar kabi masalalar arxiv hijjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, pedagogika, maorif, kommunizm g'oyasi, maorif instituti, syezd, kadrlar muammosi, mafkura, pedagogik bilim yurtlari.

KIRISH

1917-yildagi Oktyabr to'ntarishidan keyin sovet hukumati Markaziy Osiyoni ruslashtirish siyosatiga qattiq amal qilgan holda, buning uchun avvalo ta'lim va tarbiyani kommunistik mafkura bilan omixtalashtirishga intildi. Sovet hokimiyati ta'lim tizmini barpo qilishda kommunistik jamiyatni yuksaltirish maqsadlariga qaratdi.

Xalq ta'limini tubdan yangilashning bolshevistik dasturida ayrim ijobiy hislatlar ham mavjudligini ta'kidlash joiz. Bepul va majburiy ta'lim olish haqidagi talab, o'qish bilan ijtimoiy ishlab chiqarish mehnati o'zaro aloqasini ta'minlash zarurligini, ijtimoiy mansublikni tan olmaslik va boshqalar haqidagi talablar ana shu ijobiy jihatlardan edi. Ammo ular kommunistik ta'limotning tor doirasiga tiqib qo'yilib, qandaydir buzilgan holda talqin etilardi, bu ularning ijobiy hislatiga putur yetkazganligi tabiiy edi. Xalq ta'limi tarkibiga kiruvchi sotsialistik maktablar va boshqa muassasalar sovet modelining markscha-lenincha yo'nalishi talabalarni yakka hokim partiyaning askari qilib tarbiyalash, o'zgalar buyrug'ini so'zsiz bajaradigan, ko'p asrlik tarixidan ajralib qolgan ma'naviy manqurt sifatida shakllantirish kabilarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Shu ma'noda, aytish kerakki, o'zbek xalqi o'tgan 70 yil ichida kommunistik tajriba azobini to'laligicha totib ko'rdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA MUHOKAMA

1920-yillar boshlarga kelib pedagoglar tayyorlashda chuqur dars beradigan bilim yurtlariga ehtiyoj sezila boshladi. Chunki pedagoglar tayyorlaydigan olti oylik kurslar maktablarni tezlik bilan o'qituvchilar bilan ta'minlasa-da, lekin ularni bitirgan pedagoglar mutaxassislik bo'yicha ham, o'qitish uslubiyati sohasida ham chuqur

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

bilim bera olmasdi. Shu tufayli yangi bilim yurtlari ya'ni Maorif institutlari vujudga keldi.

20-yillarning birinchi yarmida maorif institutlari yuqori malakali maktab o'qituvchilari tayyorlash vazifasi bajardi. Ushbu oliy o'quv yurtlarida boshlang'ich maktab va savodsizlikni tugatish maktablari uchun o'qituvchilar tayyorlandi. 1923-yili O'zbekistonda 11 ta maorif instituti bo'lib, ularda 1900 talaba o'qir, ulardan 80% ishchi va dehqonlar edi. Keyinroq moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ular qayta tashkil etildi. 1924-yili jami 7 ta maorif instituti bo'lib, shundan beshtasi Toshkentda, Samarqand va Buxoroda bittadan edi. 1921-yili Samarqandda ham o'zbek maorif instituti ochilgan edi. Unda o'qish muddati to'rt yil bo'lib, dastlabki ikki yilida umumta'lim fanlari o'qitilar, qolgan ikki yilida ayrim mutaxassisliklar bo'yicha pedagoglar tayyyorlangan. O'quv dasturi birinchi bosqich maktablari uchun pedagoglar tayyorlash uchun mo'ljallangan.

1921-yil 10-oktyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi Samarqand O'zbek maorif institutini ochish va boshqaruv a'zolarini sayladi. Unga ko'ra: Rahmatullayev rais, Nuri Xalimov rais o'rinbosari, Maqsudov kotib, Abdujabborov va Zaymal Abiddinov boshqaruv a'zosi bo'ldi. Shuningdek maorif instituti qoshida maktabdan tashqari kasb-hunar ta'limi bo'limi tashkil etildi. Hamda institutning pedagog xodimlari tarkibi ham quyidagicha tasdiqlandi:

Xalimov Nuri- matematika o'qituvchisi, Adujabborov Abdurashid -matematika va ona tili o'qituvchisi, Zaynaabiddinov-tarix va matematika o'qituvchisi, Maqsudov Rajab - geografiya, Gaidov, Korenkulov, Kvasneskiy-rus tili, Bure -rasm, Radjiyev Faxriddin-turkiy tili, Slaviya-jismoniy-tarbiya, Tairov-sotsiologiya, Terigulov-tabiat, fizika va kimyo, Mirbadalov, Gal- musiqa.

Maorif institutiga 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar qabul qilindi, boshlang'ich guruhga kirish uchun alifbo va sanoqni bilishning o'zi yetarli edi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar ona tilidan to'la savodli, to'rt amalni bilishi va boshlang'ich siyosiy bilimi bo'lishi lozim edi. Dastlab maorif institutiga 20 talaba qabul qilindi.

Pedagog hodimlar tayyorlash yakdil strategik reja asosida olib borilib, yosh avlodni tarbiyalashni kommunistik mafkuraga sodiq shaxslar qo'liga topshirish maqsad qilib olindi. Tashviqot-targ'ibot ishlari, ijtimoiy fanlar o'tilganda bolshevistik hukumat hujjatlarini o'rganish, markscha-lenincha g'oyalarni egallash tayyorlov va takrorlash kurslarining har bir dasturi asosini tashkil etdi. Bo'lajak o'qituvchilarning g'oyaviy-siyosiy tarbiyasini kuchaytirishga alohida e'tibor berildi. Maorif xalq komissarligi Davlat ilmiy kengashi va Turkiston Kompartiyasi MK Tashviqot-targ'ibot bo'limi tasdiqlagan o'qitish rejasi va dasturi asosida maorif institutlarida 1922 yilidan ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni o'qitish bu borada muhim rol o'ynadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

1923-yilda bo'lib o'tgan TKP VII syezdi o'qituvchilarning siyosiy saviyasini oshirishga alohida e'tibor berdi. Syezd qarorlarida quyidagilar ta'kidlandi: "O'qituvchi tayyorlash eng muhim ish ekanligini unutmaslik zarur. Biz uchun kerakli pedagoglarni yetkazib beruvchi maorif institutlarini yaxshilash kerak. Ulardagi o'quvchi va rahbarlar o'rtasida tanlov o'tkazish lozim. Asosiy maqsad -rahbarlar kommunist bo'lsin, tinglovchilar komsomol".

Yosh pedagoglar tayyorlashning barcha bosqichlarida xalq ta'limidagi "sinfiy yot" elementlarni chetlatishga qaratilgan maxsus ijtimoiy tanlov o'tkazildi. Agar boshlang'ich va ikkinchi bosqich maktablarida joy taqchilligi tufayli birinchi navbatda, dehqon va ishchilar, so'ngra kompartiya a'zolari, fuqarolar urushi qatnashchilarining bolalari qabul qilingan bo'lsa, o'qituvchilarni tayyorlov va takrorlash kurslariga yuborishda sinfiy kelib chiqishiga alohida e'tibor berildi. Bunday tanlov, ayniqsa oliy o'quv yurtlari qabulida keskin tus oldi.

Maorif institutga talabalikka qabul qilishda komissiya birinchi navbatda oliy o'quv yurtini proletarlashtirish va turkiylashtirish nuqtai nazariga tayanadi".

Respublikaning barcha viloyatlarida 1- va 2-bosqich maktablarining miqdoran jadal o'sishi o'qituvchi kadrlar tayyorlashni favqulodda dolzarb masala qilib qo'ydi. Yangi sharoitda o'qituvchilar tayyorlashga yuqori talablar qo'yilardi. Maktablarga, ayniqsa qishloq xo'jalik yoki boshqa bir yo'nalishga ega bo'lgan 2-bosqich maktablariga oddiy savodxonlikdan boshqa biron bilimga ega bo'lmaganlarni muallimlik ishiga yuborib bo'lmasdi. Bundan tashqari, omma ongini qayta shakllantirish borasida keng ko'lamda tadbirlar olib borilar, bunday tadbirlar aynan maktab yoshidan boshlanardi. Shu bois o'qituvchilar, eng avval, bolshevistik g'oyalar tashviqotchisi sifatida maydonga chiqishi zarur edi.

O'zbekistondagi mavjud pedagogika texnikumi va maorif institutlari tayyorlayotgan o'qituvchilar miqdoran o'qsib borayotgan talabni qondira olmasdi. Shu bois o'qituvchilarni qisqa (o'rtacha bir yillik) kurslarda tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotidan keng foydalanildi. O'zbekiston Maorif xalq komissarligi hunar-texnika ta'limi tizimi pedagogika o'quv yurtlari bilan birgalikda ushbu kurslarga katta e'tibor berib, o'qituvchi kadrlar yetishmasligi muammosini bartaraf etishga harakat qildi. Biroq bu qisqa muddatli tayyorgarlik kutilgan natijani bera olmas, zero bo'lajak o'qituvchining maktabda to'laqonli ishlashi uchun uni zaruriy bilim va nazariy ko'nikmalar bilan bir yildayoq to'la qurollantirish mumkin emas edi. Shuning uchun 1925-1926 o'quv yilidayoq Maorif xalq komissarligi o'qituvchilar tayyorlashning ikki yillik muddatini eng qisqa muddat sifatida qabul qildi. Tayyorgarlikning qisqa muddatliligi va muallimlar bilimidagi kamchliklari keyinchalik joylarda o'qituvchilarning rejali malaka oshirishlari jarayonida to'ldirib borilgan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

Respublikaning o'ziga xos sharoitlari maktab va pedagogika bilim yurtlarining o'qituvchilar bilan kam ta'minlanganligi, ona tilida o'quv qo'llanmalari yoq'ligi, maktab va pedagogika bilim yurtlarining o'qituvchilari qishloq xo'jalik ishlariga tez tez jalb etilishi oqibatida ular tayyorgarligining pastligi - RSFSR markaziy shaharlarida qabul qilingan dastur asosida ishlashiga imkon bermasdi. Shu bois,1925-yildan boshlab O'zbekistonda besh yillik I-bosqich maktabi, Maorif institutlarining ishi ham yangi bosqichga ko'tarila bordi. O'qituvchilar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari, garchi, muallimlarning katta qismini yetishtirib berayotgan bo'lsa-da, pedagoglar tayyorlashning texnikum va institut singari doimiy shakllarigina maktabni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash vazifasini ado etishi mumkin edi. Maorif institutlari asta-sekin texnikum va pedagogika bilim yurtlariga aylantirildi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

1925-yildan respublikaning o'sha paytdagi poytaxti - Samarqandda Oliy pedagogika instituti ochishga tayyorgarlik ko'rila boshlagan edi. Bu ishning asosiy murakkabligi: zaruriy katta binoning yo'qligi, o'quv-moddiy bazasining xarobligi, pedagogika sohasidagi kadrlarning cheklanganligida edi. Ishning boshlanishi paytidayoq oliy o'quv yurti milliy kadrlar tayyorlashga yo'naltirilishi, o'quv jarayonining ona tilida olib borilishi lozimligi, buning uchun esa o'zbek tilida ishlovchi o'qituvchilar kerakligi haqidagi masala qo'yilgandi. Biroq professor-o'qituvchilarning asosiy qismi boshqa respublikalardan olib kelinganligi va ularning o'zbek tilini bilmasligi pand berardi.

1927-yil yanvarida Oliy pedagogika instituti ochildi. Yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, O'zbekistonda xalq maorifining uslubiy masalalarini ishlab chiqish, kurs, ma'ruza, ekskursiya hamda ommabop o'quv adabiyotlari yaratish uning asosiy vazifasi qilib belgilangan edi. Institutda uchta: fizika-matematika, tabiiy -geografiya va ijtimoiy iqtisodiy bo'lim tashkil etildi. O'qish to'rt yil davom etadigan bu institutning birinchi kursi tayyorlov kursi bo'lib, ikkinchi kursdan ixtisoslashish boshlanardi. Institutning to'rt kafedrasida o'sha vaqtda 11 o'qituvchi ishlardi. 1927-yil yanvarida 48 talaba va 27 erkin tinglovchidan iborat birinchi qabul o'tkazildi. Bular asosini pedagogika texnikumlari va maorif institutlarning yuqori kurs talabalari tashkil etardi. Erkin tinglonchilarning asosiy qismi maktab o'qituvchlari, xalq maorifi, partiya, kasaba uyushma va komsomol tashkilotlari xodimlaridan iborat edi. Erkin tinglovchilar birinchi sinov-imtihon sessiyasini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin talabalikka o'tkazilar edi. Institut professor-o'qituvchilarining asosiy qismi boshqa shahar va respublikalardan Samarqandga taklif etilgandi. Jumladan, Bokudan pedagogika professori A.B.Selixanovich, Belorussiya universitetidan tarix

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

professorlari D.A.Jarinov va S.A.Lyaskovskiylar kelishdi. O'zbekistan ilmiy-pedagog xodimlaridan adabiyotshunos Abdurauf Fitrat, tilshunos G'ozi Yunusov, tarixchi-sharqshunos V.L.Vyatkin, shuningdek, Oliy pedagogika institutining birinchi rektori biolog I.A. Merkulovichlar faoliyat olib borishdi.

Bir yildan keyin institutning uchta bo'limida 12 ta kafedra tashkil etilib, ular qoshida jihozlangan kabinet va laboratoriyalar ochildi. Institut zarur miqdorda mablag' bilan ta'minlab turildi. Uning yillik byudjeti dastlab 64522 so'mdan iborat bo'lsa, keyingi yil 1 mln so'mga yetdi.

1928-yili mazkur institutga Maorif instituti-ilgarigi ayollar gimnaziyasining binosi berildi. Faoliyatining uchinchi yilidan pedagogika instituti o'qitishning besh yilga mo'ljallangan yangi dasturi asosida ishlashga kirishdi. Talabalarning ixtisoslashuvi uchinchi kursdan boshlanardi. O'zbekistan Maorif xalq komissarligi hay'atining qarori bilan 1928-yil mayida Oliy pedagogika institutida o'qish muddati besh yil qilib belgilandi. Dastlabki bitiruv 1931-yilga mo'ljallangan. Biroq,birinchi kursga texnikum va maorif institutlarining talabalari qabul qilinganligidan ular institutni muddatidan oldin - uch yilda tugatdilar. 35 nafar bitiruvchidan 25 nafari mahalliy millat vakillari edi. Kelgusi yili institutni 81 mutaxassis tugatdi, shulardan 14 nafari xotin-qiz, jumladan 2 nafari o'zbek edi.

1928-29 o'quv yili Oliy pedagogika institutida to'rt guruhdan iborat ishchi fakulteti ochildi. Bu davrda respublikada oliy pedagogika ta'limi rivojining eng murakkab jihati institutga kirib o'qish darajasida bilimga ega bo'lgan yoshlarning yo'qligi edi, ikkinchi bosqich maktablari tarmog'i institutning birinchi kurslaridagi o'rinlarni yaxshi tayyorlangan yoshlar bilan to'ldirish ehtiyojini qondirolmas edi. Shuning uchun, oliy o'quv yurtlari, maorif institutlari qoshidagi ishchi fakultetlaridan tashqari, viloyatlarda yoshlarni oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi.

Ko'rilgan bunday tadbirlar natijasi o'laroq Samarqand Oliy pedagogika institutiga qabul yil sayin orta bordi. Jumladan, dastlabki (1926/27) o'quv yili 65 kishi qabul qilingan bo'lsa, 1929/30 o'quv yilida bu kursatkich 159 nafarga yetdi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, bu yillarda o'qishga kirganlarning atigi 242 nafarigina ikkinchi bosqich maktabini bitirganlar edi. Pedagogika va boshqa texnikumlardan mazkur institutga kelgan 354 abituriyentning 193 nafari oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorlov kurslarini o'tgan edi.

XULOSA

Xulosa, 1925-1930 yillarda respublikada pedagogika o'quv yurtlari tarmog'i ildam rivojlandi. Xalq maorifi uchun davlat budjeti va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag'lar, garchi ortib borgan bo'lsa-da, biroq ular haqiqiy ehtiyojni qondira

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-23-28

olmadi. Ayni vaqtda, maorif sohasiga davlat byudjetidan ajratilgan mablag'ning umumiy budjetga nisbatan foiz ko'rsatkichi to'xtovsiz pasaya bordi. Binobarin, sovet-partiya rahbariyati moliyaviy ta'minot siyosatida va xalq maorifiga byudjet ajratmalarini belgilashda "qoldiq" prinsipiga amal qilganligi yaqqol ko'zga tashlandi. Natijada, pedagogika o'quv yurtlarining o'quv-moddiy bazasi achinarli ahvoldaligicha qoldi. Yuqori malakali, ayniqsa mahalliy millat o'qituvchilariga ehtiyoj kuchli edi. Respublika Maorif xalq komissarligi hunar-texnika ta'limi tizimida pedagogika o'quv yurtlariga e'tibor bilan qaraldi. Birinchi va ikkinchi bosqich maktablari uchun muallimlar tayyorlash ortdi. Oliy ma'lumotli o'qituvchilar tayyorlash sezilarli darajada jadallashdi. Biroq milliy tillarda darslik va qo'llanmalar taqchilligicha qoldi.

REFERENCES

1. Самаркандский государственный университет.-Тошкент: Фан, 1990. С.11.

2. Samarqand viloyat davlat arxivi, 637-f, 1-ro'yxat,157-ish ,3-bet

3. O'zR MDA, 34 - f.,1- ro'yxat, 2581- ish,88-bet; 94 - f.,5- ro'yxat, 828- ish,20-63-betlar; 94 - f.,5- ro'yxat, 48-ish,94-bet; 94 - f,1- ro'yxat, 433- ish,6-bet; 94 - f.,1-ro'yxat, 761- ish,23-bet; 34 - f.,1- ro'yxat, 942- ish,4-bet; 34 - f.,1- ro'yxat, 2461-ish,234-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.