Научная статья на тему 'QATAG’ON SIYOSATINING O’ZBEKISTON DAVLAT UNIVERSITETIDAGI KO’RINISHI'

QATAG’ON SIYOSATINING O’ZBEKISTON DAVLAT UNIVERSITETIDAGI KO’RINISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1004
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sovet tuzumi / kommunistik mafkura / sovet ta‟lim tizimi / oliy ta‟lim / universitet / milliy ziyolilar / mafkuraviy siyosat / qatagon siyosati / qatag‟onlik / “uchlik” / NKVD / surgun / qamoq. / Soviet system / communist ideology / Soviet education system / higher education / university / national intellectuals / ideological policy / repressive policy / repression / "trinity" / PCIA / exile / imprisonment

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jummagul Nomazovna Abduraxmanova

Maqolada O‟zbekiston davlat universitetining (hozirgi SamDU) tashkil etilishi, uning faoliyati yoritilgan. Bundan tashqari XX asrning 20–30 yillarida sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan qatag‟onlik siyosatining ma‟shum ko‟rinishini, oliy ta‟lim tizimiga ta‟sirini O‟zbekiston davlat universiteti misolida ochib berilgan. Qatag‟on siyosatining ta‟lim tizimidagi oqibatlari, mazkur universitetda faoliyat olib borgan xodimlarning qatag‟on qilinishi va ularning ayanchli taqdirlari ham ko‟rsatib o‟tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REPRESSION POLICY AT UZBEKISTAN STATE UNIVERSITY

The article describes the establishment and activities of the Uzbek State University (now SamSU). In addition, the example of the Uzbek State University reveals the vicious nature of the repressive policy pursued by the Soviet government in the 1920s and 1930s and its impact on the higher education system. The consequences of the policy of repression on the education system, the repression of the staff of the university and their tragic fate are also highlighted.

Текст научной работы на тему «QATAG’ON SIYOSATINING O’ZBEKISTON DAVLAT UNIVERSITETIDAGI KO’RINISHI»

QATAG'ON SIYOSATINING O'ZBEKISTON DAVLAT UNIVERSITETIDAGI KO'RINISHI

Jummagul Nomazovna Abduraxmanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti t.f.n.

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston davlat universitetining (hozirgi SamDU) tashkil etilishi, uning faoliyati yoritilgan. Bundan tashqari XX asrning 20-30 yillarida sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan qatag'onlik siyosatining ma'shum ko'rinishini, oliy ta'lim tizimiga ta'sirini O'zbekiston davlat universiteti misolida ochib berilgan. Qatag'on siyosatining ta'lim tizimidagi oqibatlari, mazkur universitetda faoliyat olib borgan xodimlarning qatag'on qilinishi va ularning ayanchli taqdirlari ham ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Sovet tuzumi, kommunistik mafkura, sovet ta'lim tizimi, oliy ta'lim, universitet, milliy ziyolilar, mafkuraviy siyosat, qatagon siyosati, qatag'onlik, "uchlik", NKVD, surgun, qamoq.

The article describes the establishment and activities of the Uzbek State University (now SamSU). In addition, the example of the Uzbek State University reveals the vicious nature of the repressive policy pursued by the Soviet government in the 1920s and 1930s and its impact on the higher education system. The consequences of the policy of repression on the education system, the repression of the staff of the university and their tragic fate are also highlighted.

Keywords: Soviet system, communist ideology, Soviet education system, higher education, university, national intellectuals, ideological policy, repressive policy, repression, "trinity", PCIA, exile, imprisonment.

Oliy ta'lim uzoq tarixga ega bo'lib, u dastlab qadimiy Sharq mamlakatlarida paydo bo'lgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda milloddan bir necha ming yillar burun oliy ta'lim tizimi dunyoga

REPRESSION POLICY AT UZBEKISTAN STATE UNIVERSITY

ABSTRACT

KIRISH

kelgan.

March, 2022

O'zbekistonda azaldan ilm va ma'rifatli insonlar makoni bo'lib kelgan. Vatanimiz hududida qadimdan dunyoga dong'i ketgan madrasa, maktab va dorulfununlar bo'lgan. Buyuk mutafakkir allomalarimiz jahon fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shib kelishgan.

Musulmon Sharqining ko'p mamlakatlaridagi kabi Markaziy Osiyoda ham dastlabki oliy ta'lim madrasalarda berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renessansi degan bosqichning yuzaga kelishida mazkur madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalari millatning ilmiy salohiyati va mentalitetini, madaniy hamda ma'naviy o'sishini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir.

1917 yil oktyabr davlat to'ntarishidan keyin hokimiyatni egallagan bolsheviklar O'zbekiston hududida mahalliy xalqning madaniyati, ma'naviyati va an'analariga zid bo'lgan siyosat va chora-tadbirlar o'tkazishga kirishdi. Bolsheviklar partiyasi mafkurasi asosida sovet tipidagi ta'lim muassasalarini va ular uchun kerakli bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshirila boshlandi.

O'zbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi oliy ta'limni berish uchun Munavvar Qori boshchiligida ma'rifatparvarlar 1918—yil 12-mayda Toshkentda Mususlmon Xalq dorilfununini tashkil etishadi. Lekin shu yilning kuziga kelib sovet hukumati tomonidan mazkur dorilfunun yopib tashlandi.

Sovet hokimiyati davrida oliy ta'lim tarmog'i bir qadar kengaygan bo'lsada, maqalliy aholidan oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash ustuvor mavqeda bo'lmagan.

XX asr 20—yillarining oxiri 30—yillarda sovet hokimiyati o'zining siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlab bordi. Bolsheviklar partiyasi mutlaq yakka hokim partiyaga aylandi. Partiya ijtimoiy hayotining barcha sohalariga o'z mafkuraviy ta'sirini o'tkazib bordi. Ayniqsa bu jarayon ta'lim tizimida jiddiy tus oldi. Ta'lim tizimida mafkuraviy nazoratning o'rnatilishi boraborida sovet tartibidagi ta'lim tizimini yaratishda bir xillilik, bir shakllilik amalga oshirilib borildi. Bu jarayonlar maktab, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarini tashkil etish, ulardagi o'quv reja hamda dasturlarida, o'quv qo'llanmalari, darsliklarida, hattoki, professor—o'qituvchilar, talabalarning milliy tarkibida ham o'z ifodasini topdi.

Mazkur davrda yuzaga kelgan qatag'on siyosati ta'lim tizimida ham o'zini ko'rsata boshladi. Boshqa sohalar qatorida oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan insonlar ham qatag'onga duchor qilindi.

March, 2022

Ta'lim tizimidagi qatag'on siyosatining oqibatlari shunga olib keldiki, eng avvalo malakali, bilimli professor-o'qituvchilar, xodimlar jismonan yo'q qilindi. O'z navbatida ularning faoliyatiga chek qo'yilib, ilmiy, ijodiy ishlari ham yo'qotildi.

XX asrning 20-30 yillari tarixini o'rganish, bu davrda sodir etilgan xato va nuqsonlarni tahlil etish orqali zarur saboqlar, nazariy xulosalar chiqarish ilmiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Mazkur mavzu bo'yicha adabiyotlar hamda tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir:

1. Sovet davrida O'zbekistonda ta'lim sohasiga bag'ishlangan adabiyotlar;

2. Mustaqillik davrida ta'lim sohasi bo'yicha olib borilgan tadiqot, risola va asarlar;

3. Qatag'on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan tadqiqotlar, risola, asar va maqolalar.

Sovet davrida O'zbekistonda ta'lim masalalariga doir olib borilgan tadqiqotlar, chop etilgan adabiyotlarning alohida ajralib turadigan xususiyati shundaki, ularning aksariyati kuchli mafkuraviy tazyiq va kommunistik g'oya ta'siri ostida yaratilgan bo'lib, ularda amalga oshirilgan barcha ishlar "oktyabr inqilobi" ning mahsuli sifatida baholangan. Garchi bu adabiyotlarda ilk bor arxiv hujjatlaridan foydalanilganiga qaramay, ulardan hukmron partiya manfaatini ko'zlovchi xulosalar chiqariladi.

Ushbu davr O'zbekiston ta'lim tizimiga oid adabiyotlarga P.I.Serbov, Qori Niyoziy, S.Rajabov, I.Qodirov, M.Ochilov, R.Sharofiddinov, F.Oripov, N.Inoyatov, M.Irgashev, R.A'zamova, F.Sharipov, R.Mavlonova, S.Sodiqov [1] va boshqalarning asarlarini alohida qayd etish mumkin. Ushbu asarlarning ilmiy tahlili shuni ko'rsatadiki, aksariyat mualliflar ta'lim tizimini yoritar ekanlar asosan maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari va ulardagi o'quvchilar, talabalar soninig o'sishini Respublika miqyosida umumlashtirib berganlar hamda masalaning ikkinchi tomoni ya'ni o'quv yurtlarida olib borilayotgan ta'lim tarbiyaning sifatini, uning moxiyatini tahlil qilishga, ayniqsa, qishloq maktablarining nochor ahvolini adolat nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilmaganlar. Bundan tashqari, sovet davrida yaratilgan asarlarda o'sha davrda hukmron bo'lgan kommunistik mafkura talablaridan kelib chiqqan holda ta'lim sohasidagi o'zgarishlarda kommunistik partiyaning roli alohida ko'rsatib o'tilgan.

Istiqlolga erishgandan keyin chuqur mulohaza bilan xolisona fikr yuritish sharoiti vujudga keldi. Mustaqillik davrida sovet tuzumi yillaridagi ta'lim tizimi masalasini xolisona yoritgan ilmiy-

tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Xususan, I.Tursunov, A.Choriyev,

March, 2022

I.Shamsiyeva, N.Mustafayeva, M.To'rayeva va boshqalaming ilmiy tadqiqotlarini alohida e'tiborga olish muhimdir. Mazkur tadqiqotlarda sovet tuzumi davrida ta'lim tizimi, pedagogik kadrlar tayyorlashdagi, maktab va o'rta maxsus bilim yurtlarini tashkil etishdagi muammolar talqin etilgan hamda yangicha talqinda ta'lim sohasi o'rganilgan.

O'zbeiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan boshlab to hozirgi kungacha qatag'on siyosat, uning oqibatlari, qatag'onga uchragan vatandoshlarimizning ayanchli taqdirlari yoritilgan ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlar, asarlar, risola va maqolalar yaratitilib, nashr qilinib kelinmoqda. Bunga B.Qosimov, N.Karimov, S.Ahmedov, H.Uzoqov, D.Alimova, H.Ahrorova, B.Hasanov, X.Yunusova, R.Shamsutdinov, N.Rashidova, F.Qilichev, K.Vohidova, B.Irzayev va boshqa ko'plab tadqiqotchi hamda olimlarni misol keltirib o'tish mumkin. Ularning ilmiy tadqiqotlari orqali qatag'onga uchragan insonlarning nomlarini aniqlab, ayanchli taqdirlari va faoliyati yoritilib, o'z navbatida xalqimizga tanitib borilmoqda.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

1918 yil Toshkentda ilk universitet ochilgandan keyin uning tajriba va andozalari asosida o'lkaning boshqa yirik shaharlarida ham oliy o'quv yurtlari tashkil etila boshlandi.

1925 yil 13 fevralda O'zbekiston KP (b) MK yig'ilishida Samarqand shahrida oliy maktab ochish masalasi ko'rib chiqildi[1]. Xalq maorif komissarligi bu masala yuzasidan ikki guruhdan iborat maxsus komissiya tuzadi. Birirnchi guruh oliygoh qurilishi ishlari bilan shug'ullanadigan, maorif komissarligi raisi N.I.Serbov boshchiligidagi ikkinchi guruh vazifasi mazkur oliygohda ishlaydiganlar ro'yxatini tuzish, oliy maktabning o'quv dasturlari hamda qo'llanmalari bilan shug'ullanishdan iborat edi[2]. Lekin ushbu guruhlarga birorta ham mahalliy millat vakillari kiritilmagan.

1927 yil 22 yanvarda Samarqand Oliy pedagogika instituti ochildi[3]. Yangi tashkil etilgan oliygohning boshqaruv shakli Xalq maorif komissarligi tasdiqlanib, N.A.Merkulovich direktor, A.V.Selexanovich o'rinbosar va Repkinov ilmiy kotib etib tayinlandi[4]. Mazkur oliy o'quv yurti tuzilmasiga ko'ra uchta bo'lim, to'rtta kafedradan iborat bo'lib, 11 ta o'qituvchi bilan ish boshladi[5].

Ushbu oliy o'quv yurtining tashkil etilishi mahalliy ziyolilarda katta umid va ishonch o'yg'otishdi. Lekin mahalliy ziyolilar fikri inobatga olinmadi. Chunki respublika hayoti Markazning qattiq nazoratiga olingan edi. Shuning uchun ham mazkur oliygohda ishlashda

March, 2022

580

ishlaydigan professor-o'qituvchilar hamda ta'lim oladigan talabalar ham markza ko'rsatmasiga ko'ra qabul qilinar edi. Asosan professor-o'qituvchilar Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Boku, Qozon va boshqa shahalardan Samarqandga jo'natilar edi.

1930 yil 22 yanvarda ushbu Oliy pedagogika instituti Pedagogika akademiyasiga aylantirilib, fakultet sistemasiga o'tildi. 3 ta fakultet, 11 ta bo'lim tashkil etildi[6]. Keyingi yillarga kelib, mazkur muassasani bitirib chiquvchilar soni ko'payib bordi. Garchi bitiruvchilar soni yildan yilga ko'payib borsada, ular orasida mahalliy millat vakillari juda ozchilikni tashkil etardi. Hattoki institutda faoliyat olib borayotgan 100 nafar professor-o'qituvchilardan bor yo'g'i 9 nafarini mahalliy millat vakillari tashkil qillagn[6]. Garchi shunday bo'lsada o'tgan davr mobaynida mazkur oliygoh kadrlar tayyorlashda muhim baza bo'lib xizmat qildi. Ushbu oliygohda 1927-1931 yillar oralig'ida N.A.Merkulovich (1927-1928 yy.), A.Mustakayev (1928-1930 yy.), A.V.Kozerov (1930-1931 yy.)lar rahbarlik qilib kelishgan bo'lsa, ilk marotaba ushbu muassasaga 1931 yilda mahalliy millat vakillaridan Karim Abdullayev rahbar etib tayinlandi[7].

1933 yil yanvarda mazkur akademiya bazasida O'zbekiston Davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etildi va universitet rektori etib Karim Abdullayev tayinlandi. Universitetda fizika-matematika, tarix-iqtisod, meditsina, biologiya, adabiyot-tilshunoslik iborat fakultetlar faoliyati yo'lga qo'yildi[8].

Hokimiyatda kommunistik mafkura hukmron bo'lib turgan, totalitar tuzum milliylikning har qanday ko'rinishiga qattiq zarba berayotgan bir paytda Mazkur universitetda faoliyat yuritayotgan K.Abdullayev, H.Fayzullayev, N.Inoyatov, M.Burnashe, D.Rajabov kabi bir guruh ziyolilar universitetda o'quv va ilmiy ishlarni o'zbek tilida olib borilishini yo'lga qo'yish uchun jonbozlik ko'rsatdilar[9]. Lekin ular tomonidan olib borilayotgan bu harakatlar mavjud tuzumga nisbatan "aksilinqilobiy" harakat deb baholandi.

Mamlakatda tahlikali ommaviy qatag'onlikning eng kuchaygan davri 19361938 yillar bo'ldi. Bu qatag'on O'zbekiston davlat universitetini ham qamrab oldi. Universitet jamoasi katta talofat ko'rdi. Bir qator professor-o'qituvchilar, xodimlar, talabalar "aksilinqilobchi", "xalq dushmani" sifatida turli jazo va tazyiqlarga duchor qilindi. Komministik rejim shu yo'l bilan avvalo mamlakatdagi har bir millatning eng ilg'or qismini yo'qotishga harakat qildi. Qatagonlik davrida ular "aksilinqilobiy" tashkilotlarni "fosh" etishga kirishdi. 1937 yilda "Milliy istiqlol" hamda "aksilinqilobiy" tashkilotlarning a'zolari deb gumon

March, 2022

qilingan O'zDU xodimlaridan bir guruhi "xalq dushmani" sifatida NKVD tomonidan qamoqqa olinadi.

NKVD tomonidan mazkur universitetda 1931-1936 yillarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan: - K.Abdullayev, H.Fayzullayev, N.Inoyatov, M.Burnashev, B.Soliyevlar qamoqqa olindi[10]. Ushbu "xalq dushmanlari" boshchiligidagi "aksilinqilobiy" guruh a'zolari ustidan Ittifoq jazo organlarining O'zbekistondagi tuzilmalari tomonidan ish olib borilib ular ustidan hukm chiqarildi.

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining Toshkentdagi sayyor yig'ilishida "aksilinqilobchi"lardan K.Abdullayevning ishi 1938 yil 4 oktyabrda, N.Inoyatovning ishi esa 1938 yil 5 oktyabrda ko'rib chiqilib otishga hukm qilindi[11]. Bu ikki inson ham ishlari ko'rib chiqilgan kuni Toshkent shahrida otib tashlanadi.

Yuqorida nomlari keltirilgan insonlar kabi O'zbekiston davlat universitetda faoliyat olib borgan "xalq dushmani", "aksilinqilobchi" guruh a'zolari, sovet hokimiyatiga qarshi ish olib borganlikda ayblanib dushman sifatida jazolangan, qatag'on qilingan ko'plab vatandoshlarimizning nomlarini keltirib o'tish mumkin. Shu tariqa qatag'onlik to'lqini nafaqat ushbu oliygohning rahbar xodimlari, professor-o'qituchilaridan tortib, talabalarni ham o'z domiga tortib keta boshladi.

Mazkur universitetning bir guruh aspirantlari va talabalari 1937 yil iyulda "aksilinqilobiy" tashkilot a'zolari deb hisoblanib, - M.Tojiyev, X.Kurpachev, M.Sotiboldiyev, U.Sultonov, M.Muhammadqulovlar qamoqqa olindi[12]. Ular 1938 yil iyunda turli muddatga ozodlikdan mahrum qilindilar.

Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan ta'lim tizimi jamiyat taraqqiyotining har qaysi davrida o'ziga xos tarzda yaratiladi. Har bir davr madaniyati, ilm-fani, ta'lim tizimi haqida fikr yuritilganda, eng avvalo o'sha jamiyatda ilm-fan, adabiyot, san'at, madaniyat va ta'lim tizimiga munosabatdan kelib chiqib tahlil qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, har bir tarixiy davrda ilmfan, madaniyat va ta'lim tizimiga munosabat har xil bo'lgan. Binobarin, biz yaqin o'tmishning, ya'ni sovet hukumati hukmronligi davri XX asrning 20-yillariga nazar tashlasak, bu davr o'zining murakkabligi va ziddiyatligi bilan ajralib turadi.

Mazkur yillarda kommunistik mafkura asosida kompartiya o'zining siyosatini hayotga tadbiq qilish uchun "shaklan milliy, mazmunan sotsialistik" g'oyani targ'ib qiluvchi "madaniy inqilob" tadbirlarini ishlab chiqdi va uni shoshilinch tarzda amalga oshirishga kirishdi. Jamiyat ijtimoiy hayotning bir bo'lagi bo'lgan ta'lim tizimida ham mafkuraviy ta'sirini o'tkazib bordi. Sovet hokimiyati o'rnatilgan dastlabki yillardanoq madaniyat, ta'lim sohasida hukmron davlat

mafkurasiga mos o'zgarishlarni amalga oshirishga kirishildi.

March, 2022

Sovet tuzumi tomonidan bir qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi avvalo, mahalliy aholi orasidan chiqqan ta'lim tizimi xodimlari, madaniyat arboblari, milliy ma'rifatparvarlarning say'i harakatlari natijasida XX asr 20-yillarining birinchi yarmidan boshlab O'zbekiston hududida madaniy hayot kommmunistik mafkuraga xos ko'rinishda qaror topa boshladi.

1933 yilga kelib Samarqand shahrida tashkil etilgan bu oliygoh O'zbekistondagi ikkinchi universitet edi. Mazkur universitetning tashkil etilishi muhim voqea bo'lib, u o'lka ma'naviy hayotiga o'z ta'sirini ko'rsatib bordi.

Garchi universitetda mahalliy millat vakillarining soni ortib borgan bo'lsada, umumiy hisobda bular juda ozchilikni tashkil etardi. Bundan tashqari universitetda mahalliy millat vakillaridan iborat yuqori malakali xodimlarni yetishtirishga, o'zbek tilidagi darsliklar, o'quv qo'llanmalar tayyorlashga harakat qilinmasdi. Darslik, o'quv qo'llanma, dastur va o'quv rejalar asosan rus tilida bo'lib, markaz ko'rsatmasi hamda andozasi bo'yicha ish olib borilar edi.

Jamiyatda hamma soha, shu jumladan ta'lim sohasida ham o'rnatilgan kommunistik partiyaning hukmronligiga, rasmiy doiralarning fikrlaridan farqlanadigan yoki unga qarshi fikr va mulohaza bildirgan har bir kishi ta'qib va quvg'inga uchrardi. O'lkada ommaviy qatag'onlik to'lqini kuchayib bormoqda edi. Buning natijasida ko'plab xalqimizning asl farzandlari ziyolilarning qismati ayanchli bo'ldi. Ming - minglab begunoh kishilar qatag'on siyosatining qurboniga aylandilar.

O'sha qonli yillar, fojeali taqdirlarga bugun siyosiy baho berilmoqda, Mamlakatimizda nohaq aylanib, qatag'onga uchragan vatandoshlarimizning nomlari oqlandi.

1999 yil 12 mayda - "Vatanimiz ozodligi va istiqboli uchun kurashlarda jon fido qilgan, millatni hurriyat va erkinlikka chorlagan, sho'ro tuzumi davrida qatag'on qurbonlari bo'lgan ming-minglab fidoyi insonlar, shahid ziyolilar xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va faoliyati, boy ilmiy-ijodiy merosini yanada chuqur o'rganish, xalqimizga tanitish"[13] maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Farmoyish chiqarildi.

Mazkur Farmoyish tadqiqotchilarga keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Bu imkoniyatlar natijasida xalqimizga sir bo'lib kelayotgan yaqin o'tmishdagi qatag'onlik siyosati va uning oqibatlarini ochib berish kuchaydi.

Tarixchi, adabiyotshunos, jurnalist va ko'plab boshqa soha mutaxassislari qatag'onga uchragan kishilarning hayoti, olib borgan ishlari, ayanchli taqdirlari haqida asarlar, maqolalar yaratib, ularni

xalqimizga taqdim qilib borishmoqda.

March, 2022

XULOSA

XX asr 20-30-yillarida O'zbekistonda oliy o'quv yurtlari tashkil etilib, aholining ma'lum bir qismi ushbu ta'lim muassasalariga jalb qilingan bo'lsada, lekin, ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida bir qator jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Eng avvalo, sovet ta'lim tizimida bilim oluvchilarning milliy xususiyatlariga, ularning ma'naviyatini ajdodlarimiz ma'naviy merosi asosida shakllantirishga katta e'tibor berilmadi.

Mustabid sovet tuzumining og'ir sharoitlarida ham barkamol ziyolilarimiz bor imkoniyatlardan foydalangan holda O'zbekistonning ravnaqi va kelajagi, istiqboli uchun jonbozlik ko'rsatib keldilar. Har qanday fikr mavjud tuzumga dushmanlik sifatida baholanayotgan bir paytda ziyolilar tomonidan ilgari surilayotgan hurfikrlilik "aksilinqilobiy" harakat sifatida ta'qibga uchrab, qatag'on qilina boshlandi.

Qatag'onlik siyosatining asosiy sabablari xalqni ommaviy qirg'in qilish yo'li, shu yo'l bilan qo'rquvda ushlab turish, totalitar tuzumni mustahkamlash va saqlab qolish, xalqni erkin fikrlashga yo'l qo'ymaslikdan iborat edi.

Qatag'onlik insonlarni yoshi, nufuzi, mavqei, nasabi, millatiga ajratib o'tirmasdan o'z domiga tortib ketardi. Qatag'on qurbonlariga aylangan kishilarning sonlari ming-minglab kishilarni tashkil etadi.

Yuqorida biz ularning ayrimlarining nomlarini tilga olib o'tdik. Ularning ayblari hurlik, ozodlik, istiqlolni, milliy mustaqillikka erishishni orzu qilganliklari

Qatag'on bo'lgan insonlar xalqimizning chinakkam qahramonlari edi.

Oxirgi yillarda yangi O'zbekistonni barpo etishda tarixiy adolat va haqiqatni tiklash ishlari bir necha yo'nalishda olib borilmoqdaki, shu yo'nalishlardan biri qatag'on qurbonlarining merosini tiklash, yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirishdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 8 oktyabrda e'lon qilingan "Qatag'on qurbonlari merosini yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"[14]gi farmoyishi qatag'on qurbonlarining merosini tiklash, o'rganish hamda ular xotirasini abadiylashtirishda borasida yanada ulkan ishlarni amalga oshirish keng imkoniyatlarni yuzaga keltirdi.

REFERENCES

1.Самаркандской Государственной Университет (краткий

bo'ldi.

исторической очерк 1927-1987 гг.). - Т.: 1990.

March, 2022

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 84-fond, 5-ro'yxat, yig'ma jildlar-742, 828.

3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 94-fond, 1-ro'yxat, yig'ma jild-

4. Samarqand viloyat davlat arxivi 521-fond, 1-ro'yxat, yig'ma jild-101.

5. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 94-fond, 1-ro'yxat, yig'ma jild-

6. Абдурахманова Ж.Н. Совет хокимиятининг Узбекистонда таълим сохасидаги катагонлик сиёсати (Самарканд, Сурхондарё ва Кашкадарё вилоятлари мисолида. 1925-1941 йй). Т.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. -Т., 2002. - 104, 108, 114, 120 бeтлар.

7. Xalq so'zi gazetasi, 2000 yil 13 may.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5598-sonli Farmoyishi - "Qatag'on qurbonlari merosini yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida". 2020 yil 8 oktyabr.

9. Абдурахманова Жуммагул Номазовна. XX аср 20-30 йилларида Узбекистоннинг жанубий вилоятлари таълим тизимидаги холат. // Маданият чоррахалари. № 4.1-жилд. 2020. 36-40 бетлар.

10. Jumagul Namozovna Abduraxmonova, Bunyod Ashirali o'g'li Xolisov. Turkiston iqtisodiy kengashining o'lka ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta'siri. // Утмишга назар. № 5 май. 2020. 63-73 бетлар.

11. Жуммагул Номазовна Абдурахманова. XX аср 20-йилларида эски усул мактабларига булган муносабат. // Academic Research in Educational Sciences. Volume 1. issue 3. 2020. P.1165-1169.

12. Abdurahmanova Jummagul Nomazovna. The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). // International Journal on Integrated Education (IJIE). Volume 2, Issue V, Oct-Nov 2019. Р. 212-214.

13. Jummagul Nomazovna Abdurakhmanova. Attitudes And Social Protection Of People With Disabilities During The Fight Against Fascism. // The American Journal of Social Science and Education Innovations. Volume 02 Issue 12-2020. Р.37-42

14. Abdurakhmanova Jumagul Nomazovna. Diaspora: research, reflection and relationship (about the life of the greek diaspora in Uzbekistan). // EPRA International Journal of Socio-Economic and Environmental Outlook (SEEO). Volume: 7. Issue: 5. December 2020. P.1-4.

758.

758.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.