Научная статья на тему 'YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIXIY XOTIRA VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH'

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIXIY XOTIRA VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
693
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / madaniyat / ma’naviyat / tarix / tarixiy xotira / milliylik / milliy o‘zlik / vatanparvar / vatanparvarlik / xolislik. / Education / upbringing / culture / spirituality / history / historical memory / nationality / national identity / patriotism / patriotism / objectivity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Uralov, Dilshodbek

Mazkur maqola mazmunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy o‘zlik va tarixiy xotiraning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada Chor Rossiyasi va sobiq sho‘rolar hokimiyati davrida o‘zbek davlatchiligi tarixiga xolisona baho berish natijasida yuzaga kelgan muammolarni, uni zamonaviy yoshlarga to‘g‘ri tushuntirish va xolisona baholash masalalari belgilab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNDERSTANDING HISTORICAL MEMORY AND NATIONAL IDENTITY IN EDUCATING YOUNG PEOPLE IN THE PATRIOTIC SPIRIT

This article examines the educational significance of national and spiritual universal values in the education of young people, which at all times was considered the most relevant. As for as the education is perfect, the people will live happily. It is impossible to allow spiritual gaps in the matter of education

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIXIY XOTIRA VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH»

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA TARIXIY XOTIRA VA MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH

Uralov Dilshodbek

Sam VMITF katta o 'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola mazmunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy o'zlik va tarixiy xotiraning o 'rni ko'rib chiqiladi. Maqolada Chor Rossiyasi va sobiq sho 'rolar hokimiyati davrida o 'zbek davlatchiligi tarixiga xolisona baho berish natijasidayuzaga kelgan muammolarni, uni zamonaviy yoshlarga to 'g'ri tushuntirish va xolisona baholash masalalari belgilab berilgan.

Kalit so'zlar. Ta'lim, tarbiya, madaniyat, ma'naviyat, tarix, tarixiy xotira, milliylik, milliy o'zlik, vatanparvar, vatanparvarlik, xolislik.

ABSTRACT

This article examines the educational significance of national and spiritual universal values in the education of young people, which at all times was considered the most relevant. As for as the education is perfect, the people will live happily. It is impossible to allow spiritual gaps in the matter of education.

Keywords. Education, upbringing, culture, spirituality, history, historical memory, nationality, national identity, patriotism, patriotism, objectivity.

KIRISH

Yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda va o'zbek davlatchilik tariximizni o'rganishda tarixiy xotira va milliy o'zlikni anglashning ahamiyati beqiyosdir. Yoshlarimizni milliy g'oya asosida va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta'lim-tarbiya berish, o'qitish bugungi ta'lim tizimining eng asosiy talablaridan biridir. O'tmish tariximizga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, Chor Rossiyas i va sobiq mustamlakachilik hukmronligi yillarida Vatanimiz tarixining noxolisano talqin etilishi natijasida paydo bo'lgan muammolarni bugungi kunda yoshlarimizga to'g'ri tushuntirish, ularga xolisano baho berish, ob'yektiv talqin qilish zaruratini hayotning o'zi milliy-ma'naviy rivojlanish taraqqiyotidagi asosiy vazifalardan biri qilib kun tartibiga qo'ydi.

XIX -XX asrlar Vatanimiz, xalqimiz tarixida iztirobli davr bo'ldi. XVII-XVIII asrlardagi milliy turg'unlik, milliy parchalanish fojialari natijasida O'rta Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. 1917 yildan boshlab mustabid Sovet tuzumi hamda kommunistik partiya mafkurasi hukmronligi o'rnatildi, xalqimiz ham ma'naviy, ham ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan ko'z ko'rib quloq eshitmagan darajada

kamsitildi, xo'rlandi va oyoq osti qilindi. V.I.Lenin 1917 yil 22 noyabrda Turkiston musulmonlariga haq-huquqlaringiz o'z qo'lingizda, o'zlaringiz o'z vataningizning hokimlarisizlar, deb maktub yo'llab, orqadan "qo'ldan chiqarmaslik" uchun telegramma ustiga telegramma, komissiya ustiga komissiya (Frunze, Kuybishev, Kobazev, Eliava, Rudzutak), qo'shin ustiga qo'shin jo'natdi. Mana sizga otalarcha lenincha g'amxo'rlik. Elni ozod qilishni Feruz va Furqatlar ma'rifatda qurgan bo'lsa, Po'latxon, Dukchi Eshon kabilar xalqni bevosita jihodga chorladilar. "O'rta Osiyo xalqlari yillar davomida chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib bordilar. Xalq qo'zg'olonlari tepasida mahalliy boylar, eshonlar, qoziyu-kuzzotlar turdilar. O'rta Osiyoda 16 yil davom etgan "bosmachilik" harakati aslida tub ma'no-mohiyati bilan milliy ozodlik harakati edi"[3].

Behbudiy, Fitrat, Fayzulla Xo'jayev kabi millat va Vatan fidoyilari johillik va ijtimoiy adolatsizlikni ma'rifat vositasi bilan yenga olmagach, avval Chor Rossiyasi bosqinchilari, so'ng mustabid sovet tuzumi bilan murosa qilishga majbur bo'ldilar, oxir oqibatda nafaqat ezgu niyatlari, balki o'zlari ham munofiqlar qo'lida halok bo'ldilar. Milliy istiqlolchilik harakati, Turkiston Muxtoriyati munofiq chor Rossiyasi va sobiq sovet tuzumi tomonidan tugatildi. O'rta Osiyo sun'iy ravishda bir necha mayda-mayda bo'laklarga bo'lib tashlandi. Zulmga qarshi chiqqan xalq o'g'lonlari "bosmachi" tamg'asi ostida tahqirlanganini bugungi kunda kim ham bilmaydi, deysiz.

Turkiston general-gubernatori N.A.Kuropatkin o'z kundalik daftarida yerli millat aholisiga nisbatan mustamlakachilik siyosatini qanday amalga oshirganligining oqibatlari to'g'risida: "Biz 50 yil mobaynida tuzemetslarni taraqqiyotdan, maktabdan va rus hayotidan chetlab turdik"[3.1] deb tan olgan edi. Shu bois aytmoqchimizki, mustamlakachi bo'lgach, u qaysi nom bilan atalishidan qat'iy nazar, so'zsiz mahalliy xalq manfaatlariga qarshi o'z foydasini ko'zlab reaksion siyosat olib boradi. Aks holda u mastamlakachi bo'lmas edi. Chor Rossiyasi ham bundan mustasno emas.

Tarixiy dalillarga murojaat qiladigan bo'lsak, chor Rossiyasi O'rta Osiyo xalqlariga nisbatan kamsituvchilik siyosatini olib borgan. O'lkani boylik orttirish manbai deb qaragan.

Chor Rossiyasi O'rta Osiyoni bosib olgach, o'lkadagi xalq ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Chunki endi u ikki tomonlama ekspulatatsiya qilinadigan bo'lib qoldi. Bir tomondan Chor mustamlakachilari, ikkinchi tomondan, mahalliy boylar, ruhoniylar xalqning qonini zulukdek so'rar edilar. Sovet voqeligi sharoitida esa sun'iy soxta milliy davlatchilik tiqishtirildi. O'zbek xalqi o'zining milliy taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega, deb konstitutsiyada ifodalangan targ'ibotchilik

bayonotlariga zid o'laroq, real hayot haqiqiy mustaqil davlat tashkil etish imkoniyatidan mahrum etilgan edi, markazga mustamlaka tarzida tobe holatda yashardi.

Milliy madaniyatning ayrim taniqli arboblari (M.Abdurashidxonov, Cho'lpon, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Avloniy va boshqalar) mahalliy xalqlar yozuvini isloh qilish, proletar madaniyatini ma'muriy tarzda singdirilishi, sotsializm, realizm metodi va hokazolarga qarshi oshkora chiqishga jur'at qildilar.

Oqibatda ular qatag'on qurbonlari bo'ldilar. Bunday qatag'onlar 1937-1939 yillarda ayniqsa kuchaydi. Qatag'onlar urushdan keyingi yillarda ham yangi kuch bilan davom ettirildi. 1949 yildayoq to'qib chiqarilgan burjua millatchiligi va hokazolarda ayblanib, yozuvchilardan Mirza Kalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukrullo, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda va boshqa bir qator yozuvchi adiblarimiz uzoq muddatli qamoqlarga hukm qilindi.

1950 yillar boshlarida xalq eposlari va maqomlarini, respublika olim-u adiblarining Vatanimiz tarixiy o'tmishiga ijobiy munosabatda bo'lishlariga doir faktlarni mutlaqo asossiz qoralovchi g'ayriilmiy va g'ayritarixiy maqolalar chop etildi. Oybek, X.Zarifov, V.Zohidov, I.Sulton, A.Qahhor, X.Sulaymonov, A.Boboxo'jaev, T.To'la, S.Abdullo va Mirtemirlarning tutgan yo'li va asarlari tahqirlovchi tanqidga duchor qilindi.

Bularning hammasi tarix, falsafa va filologiya fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini buyuk davlatchilik va yakka partiyaviylik nuqtai nazardan qayta kurib chiqish, gazeta-jurnal maqolalarining markazga intilish yo'nalishini kuchaytirish bilan bir qatorda, milliy ziyolilar muayyan qismini milliy vatanparvarlik kayfiyati va ijodiy jo'shqinligini sezilarli darajada zaiflashtirishga olib keldi, mahalliy aholining milliy o'z-o'zini anglash jarayoniga salbiy ta'sir qildi. Ayrim tarixiy hodisalar va shaxslar faoliyatini xolisona yoritishga bo'lgan ayrim urinishlar keskin qoralandi. O'sha davrda "yagona sovet madaniyati", "shaklan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalminal madaniyat" konsepsiyasi vujudga keldi va keyingi sovet o'n yilliklari davrida hukmron konsepsiyaga aylantirildi. Mazkur konsepsiyani amalda ro'yobga chiqarish maqsadida, 1930 yillarning boshlaridan o'quv yurtlarining barcha o'quv rejalari va dasturlariga mahalliy materiallar kiritilmadi, asosiy o'rganiladigan fanlar qatoridan Vatan tarixi chiqarib tashlandi, o'zbek xalqining buyuk o'tmishi, buzilgan davlatchiligi tarixi tarzda talqin etildi. Bularning hammasi tarixiy xotiraga salbiy ta'sir ko'rsatdi, tarixiy zamonlar va davrlar o'rtasidagi bog'liqlik yo'qolishga olib keldi. Yosh avlodlar o'z millatining chinakam tarixidan tobora uzoqlashtirildi.

O'zbekiston aholisi sobiq mustamlakachilik yillarida tabiiy tarixiy migratsiya hisobiga emas, balki sun'iy migratsiya hisobiga ortib bordi. Sun'iy migratsiya hisobiga ko'p millatlilikni ortishi sekin-asta respublika tub joy aholisining milliy negizlariga haqiqatda putur yetishiga olib keldi, aholining milliy madaniyati va tili zaminini o'pirib ketdi. 1930 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab O'zbekistonga Uzoq Sharqdan ko'plab koreyslar, Shimoliy Kavkaz, Gruziya va Qrimdan qrim tatarlari, mesxeti-turklari va boshqa millat vakillari ko'chirib keltirildi. O'zbekistonga doimo yashash uchun minglab ishchilar va mutaxassislar ko'chirildi. Birgina 19291939 yillarning o'zida o'lkaga 650 ming kishi yuborildi va h.k.

Markaz tomonidan 1980 yillarning o'rtalarida e'lon qilingan "qayta qurish" davrida ham mahalliy aholiga, birinchi mahalliy rahbar xodimlarga nisbatan uzoq davom etgan ochiq shovinistik kompaniya, huquqiy-siyosiy o'zboshimchalikka aylanib ketdi, "o'zbeklar ishi", "paxta ishi" o'ylab topildi va ko'plab gunohsiz rahbar xodimlar qamoqqa olindi, ularning o'rniga Markazdan "kadrlar desanti" yuborildi.

Agar chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turg'unlikda, qoloqlikda tutishga uringan bo'lsa, bolsheviklar, mustabid Sovet tuzumi mahalliy xalqlarni o'z milliy ma'naviyatidan, madaniyatidan begonalashtirish siyosatini tutdilar. "Shaklan-milliy, mazmunan sotsialistik" "sovet madaniyati to'liq munofiqlik zaminiga qurildi. Xalqning ko'p ming yillik e'tiqodi rad etildi, xalqlar "shaxsga sig'inish" balosiga uchradilar". Paxta mustaqilligi" uchun kurash, "Oq oltinni oltin qo'llar yaratadi" kabi chaqiriqlar xalqni iqtisodiy qaramlik va nochorlik, o'lka tabiatining vayron bo'lishi, suv, havo va tuproqning zaharlanishiga, Orol fojeasiga olib keldi. "Xalqlar do'stligi", "Internatsionalizm" bayroqlari asosida milliy o'lkalarda ruslashtirish siyosati qattiq qo'llik va izchillik bilan amalga oshirildi. Ona yurtimiz O'zbekiston ham ana shunday balodan chetda qolmadi.

Mustabid tuzum davrida O'zbekistondagi barcha hal qiluvchi mansablarda mahalliy bo'lmagan millat vakillari hukmron edilar va Moskva ko'rsatmalarini bajarar edilar. Mahalliy xalq vakillari esa "xo'ja ko'rsin"ga tayinlanar va ular Moskva siyosatiga vafodorlik va sadoqatlik ruhida tarbiyalanar edilar. Ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlar, ta'lim tizimi ham kommunistik mafkuraga, yolg'on sotsializm va kommunizm g'oyalariga bo'ysinsindirilgan edi.

O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyingina o'zbek xalqi ma'naviy rivojlanish yo'liga qaytdi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunga kelib mamlakatimiz o'z mustaqil taraqqiyot yo'lining o'ttiz yilligini keng nishonladi.

Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O'tgan o'ttiz yil mohiyatan yurtimiz tarixida o'ta mas'uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. Shu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o'zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o'zgarib, o'zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma'noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg'usi shakllanib ulgurdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. "O'zbekiston", 2016. B. 146.

3. Karimov I.A.O'zbekiston buyuk kelajak sari. "O'zbekiston", 1998, 56-bet.

4. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent -"0'zbekiston"-2012 yil, 28 bet

5. Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi. O'zbekiston Respublikasi FA "Fan" nashriyoti. Toshkent-1991 yil.7-8 betlar.

6. Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi. O'zbekiston Respublikasi FA "Fan" nashriyoti. Toshkent-1991 yil 12-13 betlar.

7. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

8. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(7), 8-14.

9. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 12-14.

10. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

11. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(3), 11-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.