ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
BELOMOR VA MOSKVA-VOLGA KANALLARI QURILISHIDA ISHTIROK
ETGAN O'ZBEKISTONLIKLAR
Dilnoza Abdumajidovna Sultonova
Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi dilnozasultonova 1988@ gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada XX asrning 30 yillarida Belomor va Moskva-Volga kanallari qurilishida amalga oshirilgan siyosat, faoliyat yuritish metodlari, repressiv choralar tizimi, mahbuslarga tazyiq o'tkazish usullari,majburiy jamoalashtirishning fojeali oqibatlari, repressiya qilinganlarning oila a'zolari taqdiri masalalari tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: "Quloq", GULAG, OGPU, qatag'on, mehnat-tuzatuv lageri, "uchlik", "qayta tarbiyalash", kanalarmiyachilar.
UZBEKS INVOLVED IN THE CONSTRUCTION OF THE BELOMOR AND
MOSCOW-VOLGA CANALS
ABSTRACT
This article analyzes the policy of construction of the Belomor and Moscow-Volga canals in the 30s of operation, system of repressive measures, methods of repression of prisoners, the tragic consequences of forsed collectivization, the fate of family members of the repressed.
Keywords: "Kulak", GULAG, OGPU, repression, forced labor camp, "threes", "reforging", channel soldiers.
KIRISH
Yangi demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurish vazifasi nafaqat mustabid tuzumning sir-sinoatini o'rganishni, balki idrok etish va saboq chiqarishni taqozo etadi. Bu davrda qo'llanilgan qatag'on siyosati va uning fojeali oqibatlarining o'rganilishi hozirgi va kelgisi avlodni mustaqillikning qadriga yetishga va uni ko'z qorachig'idek avaylab-asrashga da'vat etadi.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'riflariga ko'ra, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqqiyat va
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
zafarlari, yo'qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi.[1]
"Zulm va zo'ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o'zligini, milliy qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg'otishga qodir bo'lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo\lida fidoyilik ko'rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining"[2] qancha-qanchalari yo'q qilindi. Davlat va jamoat arboblari, fan va adabiyot namoyondalari, o'qituvchilar va jurnalistlar qatorida " siyosatdan mutlaqo uzoq bo'lgan ming-minglab oddiy dehqonlar, hunarmand-kosiblar, ishchi-xizmatchilar"[3] ham begunjh qurbon bo'ldilar. Bu o'rinda sovet davridagi ommaviy qatag'onlar paytida zulm va zo'ravonlik qurboni bo'lgan ajdodlarimizni izlash va o'rganish ham ma'naviyatimiz yuksalishida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Qatag'on-jazo siyosati va uning fojeali oqibatlari tarixini yangicha dunyoqarash va yangicha yondashuv asosida tadqiq etish 1980 yillarning oxirida Rossiya tarixshunosligida boshlandi va mustaqillik shart-sharoitlarida yanada e'tibor topdi. Xususan, mavzu tarixshunosligida sir saqlangan arxiv hujjatlari va materiallarning e'lon qilinishi [4] arxiv inqilobi bo'ldi deyish mumkin.
E'lon qilingan hujjatli materiallar birinchi bo'lib rossiyalik olimlar tomonidan ilmiy iste'molga kiritildi. Repressiya tarixi V.N.Zemskov, N.A.Ivnitskiy, G.M.Ivanova, P.M.Polyan, N.F.Bugay kabi yirik tarixchilarning fundamental tadqiqotlarida umumlashtirilgan holda arxiv hujjatlari asosida tadqiq qilindi. Bu asarlarda mavzuga doir ma'lumotlarga tayangan holda ma'muriy tadbirlar. Jazo choralariga tavsif berilgan bo'lib, mavzu tarixshunosligida qo'yilgan jiddiy qadam bo'ldi.
Mustaqillik yillarida hukmron mustabid davlat manfaatiga xizmat qilish vazifasidan soqit bo'lgan tarix fani zimmasiga haqqoniy, xolisona tarixni yaratish, jamiyat, xalq va millatning ma'naviy yuksalishiga xizmat qilish mas'uliyati yuklandi. O'zbek tarixshunosligida qatag'on tarixini o'rganish sari dadil qadam tashlandi. Mustabid tuzum davrini va uning fojeali sahifalarini o'rganish borasida muayyan siljishlar yuz berdi. Milliy istiqlol mafkurasi ruhida yozilgan yangi ilmiy tadqiqotlar va kitoblar[5] chop etildi.
Yangi tafakkur va yondashuvlar asosida tadqiqotlar yo'nalishini boshlab bergan akademik R.H.Aminova mavzuning tarkibiy qismi bo'lgan "quloq" qilish tarixini avvalga noto'g'ri talqinlardan, soxtalashtirish, buzishlardan tozalashga
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
da'vat etdi. Ommaviy repressiyalar fojeasini anglash, idrok qilishda FA Tarix instituti va O'zbekistonning yangi tarixi markazi tomonidan 2000 yilda nashr etilgan fundamental tadqiqotlarning[6] ham o'rni katta bo'ldi. Tadqiq etilgan va e'lon qilingan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, jazo siyosati va uning fojeali oqibatlari masalalari hali to'la o'rganilgan deb bo'lmaydi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ma'lumki, 1937-1953 yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o'zimizga tasavvur etish uchun birgina O'zbekiston bo'yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya. Insoniy qadr -qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi.
Ichki ishlar xalq komissarligining 1937 yil iyulidagi 00447-sonli tezkor buyrug'iga muvofiq, O'zbekistondan birinchi toifa bo'yicha 750, ikkinchi toifa bo'yicha 4000, jami 4750 sobiq "quloq"lar qatag'on qilingan.[7] 1937 yil 1 oktyabriga GULAG tizimidagi mehnat va ahloq tuzatish lagerlarida qamoq jazosini o'tayotganlardan 21579 kishi milliy mansubligiga ko'ra o'zbeklar bo'lgan bo'lsa, 1939 yil 1 yanvarga oid ma'lumotlarga qaraganga-23855, 1942 yil 1 yanvarda barcha lagerda azob chekayotganlar orasida o'zbeklar 26907 kishini tashkil etgan.[8] Bunday ma'lumotlarning o'ziyoq mazkur muammoning ijtimoiy ahamiyatini ko'rsatib turibdi.
XX asrning 20 yillarida asos solingan shaxsga qarshi jazo va qatag'on siyosati 1930 yillarda eng yuqori cho'qqiga ko'tarilib, ayniqsa kanallar qurilishida yorqin namoyon bo'lgan. 1929 yil 27 iyunda Siyosiy byuro tomonidan tasdiqlangan "Jinoyatchi-mahbuslar mehnatidan foydalanish to'g'risida"gi qarori tayyorlandi. Belgilangan dasturni amalga oshira borib, OGPU 1930 yil o'rtalaridayoq ko'p tarmoqli mehnat-tuzatuv lagerlarini yaratishga ulgurdi. 1930 yil iyunida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashida Belomor-Boltiq kanali qurilishi to'g'risida qaror qabul qulinadi.
1931 yil iyulidan boshlab quloqlashtirish jarayonida mamlakat chekka rayonlariga badarg'a qilingan dehqonlar-maxsus ko'chkindilar xo'jalikda foydalanish uchun OGPU ixtiyoriga topshirildi. 1930-1931 yillarda maxsus badarg's manzilgohlarga 380 mingdan ortiq oila-1,8 million kishi jo'natildi. Surgun qilinganlar orasida o'limning yuqoriligi va ommaviy qochib ketishlar
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
natijasida surgun joylarida 1932 yilning 1 yanvariga 1,3 million maxsus ko'chkindilar hisobda turgan.[9]
Sovet davlati o'zining mustabid siyosatini amalga oshirish borasida turli g'ayriinsoniy usullarni qo'llagan. Jumladan, sharoiti og'ir hududlardagi "Belomorkanal", "Belbaltlag", "Dmitlag" va boshqa ulkan qurilishlarni belgilangan qisqa muddatlarda nihoyasiga yetkazish uchun mahbuslar mehnatidan ayovsiz foydalanilgan.
Birgina, "Belomor-Boltiq" lagerini misol qilib keltirsak, ushbu lagerdagi mahbuslar Belomor-Boltiq kanali, Sorokparti, Segyosh yog'och -qog'oz kimyo kombinati qurilishida, o'rmonchilik, qishloq xo'jalik sohalarida ishlaganlar.
Belomor-Boltiq kanalining qurulishiga 1931-1933 yillar mobaynida N.A.Frenkel rahbarlik qilgan. Yirik xalq xo'jaligi qurilishlarida mahbuslarning arzon ishchi kuchi qo'llanilgan. Umuman olganda, butun qurilish davomida kanalarmiyachilar 21 million kubometr hajmidagi tuproq ishlarini bajardilar, granit qoyalar orqali o'tuvchi 37 km lik yo'l soldilar, tuproq ishlarini bajarishga to'siq bo'lgan Murmansk temir yo'lini boshqa izga tushurdilar. Bir vaqtning o'zida ushbu qurilishda 100 mingga yaqin kishi mehnat qildi.
Dmitrov mehnat-tuzatuv lageridagi o'zbek mahbuslari esa Moskva-Volga kanali qurilishida, mexanika zavodida gazogenerator, avtomashinalar va mebel ishlab chiqarishda mehnat qilganlar. 1932 yil 1 iyunida esa SSR Ittifoqi Xalq Komissarlari Sovetining 859 raqamli "Moskva-Volga kanali qurilishi to'g'risida"gi qarori qabul qilinadi.
Dmitlagni tuzish haqidagi 1-raqamli buyruq 1931 yilning 20 sentyabrida chiqdi. Tez orada kanal qurilishiga boshqa lagerlardan, birinchi navbatda Belbaltlagdan, keyin Balaxninsk va O'rta Osiyo MTLidan, Temnikov va Vishera lagerlaridan, Svirlag, Siblag, Sarlagdan etap bilan "mehnat armiyasi" kela boshladi. Qisqa vaqtda Dmitlag "kanalarmiyachilar"ni qamrash doirasi, hajmi, miqyosi bo'yicha GULAG tizimidagi ulkan lagerga aylandi. 1933 yilga kelib,Dmitlag aholisi shu darajada ko'payib ketdiki, boshliqlar uning hisob-kitobini olomay qoldilar.Shu sababli ro'yhatga olish kuni e'lon qilindi. Kuchli ta'qiq va rejim asosida 1932 yil 31 dekabr kechqurundan 1933 yil 1 yanvar oqshomiga qadar o'tkazilgan xatlanishda aniqlanishicha, Dmitlagda 1 million 200 ming kishidan iborat eng katta ro'yhat tarkibi bo'lgan. [10]
Jazo muddatini o'tayotgan mahbuslarning ko'pchiligi sobiq quloqlar va jinoyatchilar bo'lgan. Lagerda mahbuslarning non, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi yomon ahvolda bo'lgan. Kunlik non normasi 400 grammni,
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
jazolanganlar uchun 300 grammni, topshiriqni 70%ga uddalaganlar uchun 600 grammni tashkil etgan. Og'ir jismoniy mehnat azobida qolgan mahbuslarning ochlikdan halok bo'lishi odatiy holga aylangan. Qochish kabi holatlar ham bo'lgan, lekin qochoqlar deyarli har doim qo'lga olinib, otuvga hukm qilinar edi.Zonada ehtiyotsizlik bilan aytilgan so'z yoki gap uchun oliy jazoga hukm qilingan. Dmitlag mahbuslarni "qayta tarbiyalash" deb ataladigan amaliyotning eng yuqori darajasidagi ko'rinishi bo'lgan.
Nihoyat, 1937 yil "Ikkinchi besh yillikning buyuk qurilishi"- Moskva-Volga kanali ishga tushadi. O'sh yilning 8 avgustidan boshlab esa Moskva yonidagi Butovo va Kommunarka "maxsus ob'yektlar"ida ommaviy qatllar boshlanadi. "Dmitlagchilar"ning Butovoda qatl qilinishi 1937 yilning sentyabridan 1938 yil apreligacha bo'lgan muddatni qamrab oladi. Ularning barchasi 58-modda bilan "sovetlarga qarshi targ'ibot", "aksilinqilobiy faoliyat yuritganlik"da ayblanib,qatl qilingan. 1937 yil 1 oktyabrida, ya'ni kanal qurilishi tugallangandan so'ng Dmitlagda 1932 nafar o'zbek bo'lgan. Demak, ungacha o'zbeklar soni ko'p bo'lgan, bir qismi ochlikdan, og'ir mehnat va kasallikdan o'lib ketgan.
XULOSA
Sovet tuzumi davrida mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayotida mustabid sovet tartiblari joriy qilindi. Ilg'or ziyolilar, xodimlar, hatto oddiy dehqonlarning qatag'on qilinishi barcha xalqlar kabi millat vakillaridan bo'lgan kishilarnijismonan mahv etilishiga olib keldi. Jazo siyosati yirik qurilishlarda kishilarning hayotiga zomin bo'ldi. 1920-1930 yillarda siyosiy qatag'onlar avj olib, ushbu siyosatdan eng ko'p aziyat chekkanlar dehqonlar bo'ldi, ilm-fan ahli, adiblar, shoir va yozuvchilar ham birinchilar qatorida qatag'onga duchor bo'ldi. Shuningdek, qatag'onlik mahbuslarning qarindosh-urug', oila a'zolarini ham o'z domiga tortdi.
GULAG jazo tizimining tashkil etilishida chuqur o'ylangan reja bor edi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, xalqning omilkor, ziyoli qatlamini yo'q qilish: sotsializm g'oyalariga sodiq, mulohaza qilmasdan, betinim ishlaydigan va qullardek tobe va mute bo'lgan aholi qatlamini shakllantirib borish: xalqni oddiy bo'ysunuvchilarga aylantirib, qo'rquvda ushlab turish evaziga irodasini sindirish va ularni boshqarishni osonlashtirishdan iborat edi.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch. T.:2008, B.97
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-657-662
2. "Xalq so'zi", 2000 yil, 13 may
3. "Xalq so'zi", 2000 yil, 13 may
4. История сталинского ГУЛАГа конец 1920-х перв.пол.1950-годов: Собрание документов в 7-ми томах./Гл.ред.серии В.П.Козлов.Т.1. Массовые репрессии в СССР.М.,Р0ССПЭН,2004
5. Хасанов Мажид. Файзулла Хужаев.Т.,Узбекистон,1990.Б.204: Кдхрли кунлар.(Ма;олалар,мактублар,бадих,алар).Т., Камалак,1991.Б.208.
6. Туркестан в нвчале ХХ века: к истории истоков национальной независимости.-Т.:Шарк,2000.С.672: Узбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Узбекистон совет мустамлакачилиги даврида.(Тузувчилар Жураев Н., Нуруллин Р. Ва бош;алар).Т.:Шярк,2000.Б.161-302
7. Репрессия:1937-1938годы. Документы и материалы./Сост.Шамсутдинов Р.Т.,Каримов Н.Ф.,Юсупов Э.Ю. Выпуск ЬТ.,Шарк, 2005, С.35, 54-55
8. Шамсутдинов Р., Расулов Б. ва бош;алар.Тарихнинг хдсратли сахифалари.-Т.:Шар;,2006 Б.187
9. www.7canal.com
10. Шаламов В. Вишера.М.:Книга, 1989,с.,37