Научная статья на тему 'TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA SАMАRQАND VILOYАTIDА MUSTАMLАKА SIYOSIY-MА’MURIY BOSHQАRUV TIZIMNING O‘RNАTILISHI'

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA SАMАRQАND VILOYАTIDА MUSTАMLАKА SIYOSIY-MА’MURIY BOSHQАRUV TIZIMNING O‘RNАTILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1798
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
General-gubernator / Zarafshon okrugi / Nizom / Harbiy / Boshqarma / Boshqarma / Governal-general / Zarafshan district / Charter / Military / Management / Household

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bahodir Nishon O‘g‘li Sirojov

Bugungi kundа Vаtаnimiz tаrixigа yаngidаn vа xolisonа nаzаr tаshlаsh, аyniqsа, XIX аsr ikkinchi yаrmi XX аsr boshlаridаgi mustаmlаkаchilik dаvri tаrixi xususаn, Sаmаrqаnd viloyаti tаrixini o‘rgаnish nаfаqаt ilmiy jihаtdаn, shu bilаn birgа ijtimoiy-siyosiy vа mа'nаviy jihаtdаn dolzаrb аhаmiyаt kаsb etаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISHMENT OF A COLONIAL POLITICAL-ADMINISTRATIVE SYSTEM IN THE SAMARKAND REGION AS A STRUCTURE OF THE GENERAL-GOVERNOR'S OFFICE OF TURKISTAN

Today, a new and objective view of the history of our country, especially the history of the colonial period of the second half of the 19th early 20th centuries, in particular, the history of the Samarkand region is important not only from a scientific, but also from a social point of view-political and spiritual. It is also important today to cover the history of the Samarkand region, its role in the governor-general of Turkestan on the basis of modern approaches, without bias and falsification of the past.

Текст научной работы на тему «TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA SАMАRQАND VILOYАTIDА MUSTАMLАKА SIYOSIY-MА’MURIY BOSHQАRUV TIZIMNING O‘RNАTILISHI»

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA SAMARQAND VILOYATIDA MUSTAMLAKA SIYOSIY-MA'MURIY BOSHQARUV

TIZIMNING O'RNATILISHI

Bahodir Nishon o'g'li Sirojov

Toshkent shahar Olmazor tumani 326-sonli xorijiy tillarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi Tarix fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda Vatanimiz tarixiga yangidan va xolisona nazar tashlash, ayniqsa, XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi mustamlakachilik davri tarixi xususan, Samarqand viloyati tarixini o'rganish nafaqat ilmiy jihatdan, shu bilan birga ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: General-gubernator, Zarafshon okrugi, Nizom, Harbiy, Boshqarma, Boshqarma

ESTABLISHMENT OF A COLONIAL POLITICAL-ADMINISTRATIVE SYSTEM IN THE SAMARKAND REGION AS A STRUCTURE OF THE GENERAL-GOVERNOR'S OFFICE OF TURKISTAN

ABSTRACT

Today, a new and objective view of the history of our country, especially the history of the colonial period of the second half of the 19th - early 20th centuries, in particular, the history of the Samarkand region is important not only from a scientific, but also from a social point of view-political and spiritual. It is also important today to cover the history of the Samarkand region, its role in the governor-general of Turkestan on the basis of modern approaches, without bias and falsification of the past.

Keywords: Governal-general, Zarafshan district, Charter, Military, Management, Household

Hozirgi paytda mamlakatimizning uzoq tarixiy taraqqiyoti jarayonida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy moddiy va madaniy merosni chuqur o'rganish, ularni asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy istiqlol g'oyalari atrofida mustahkam jipslashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Ushbu keng qamrovli vazifalarni izchil amalga oshirishda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori tarix fani ham yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Istiqlol sharofati bilan O'zbekiston tarixini izchil hamda xaqqoniy tarzda o'rganish yuzasidan ko'plab sa'y-harakatlar, turli darajadagi ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Vatanimiz tarixiga yangidan va xolisona nazar tashlash, ayniqsa, XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi mustamlakachilik davri tarixi xususan, Samarqand viloyati tarixini o'rganish nafaqat ilmiy jihatdan, shu bilan birga ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu haqida O'zbekison Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev alohida to'xtalib, "Samarqand tuprog'ida voyaga yetgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodiy Shukuriy, Hoji Muin, Saidahmad Siddiqiy, Abdulhamid Majidiy singari o'nlab ma'rifat fidoyilarining qoldirgan merosini bugungi kunda ham ma'naviyatimizni yuksaltirishda, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manba bo'lib xizmat qilmoqda"1 deya haqli ta'kidlab o'tgan. Bundan tashqari, Samarqandda - Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik maktabini tashkil etsak, o'ylaymanki, juda foydali bo'ladi deb Samarqand diyoriga alohida e'tibor bergan.

Shundan kelib chiqib bugungi kunda O'zbekiston tarixi, shu jumladan, Samarqand viloyati tarixini, uning Turkiston general-gubernatorligida tutgan o'rnini bir yoqlama qarashlar hamda o'tmishni soxtalashtirishdan voz kechgan holda, zamonaviy yondashuvlar asosida har tomonlama xolis va haqqoniy yoritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

1868-yil 23-iyunda Buxoro amiri Turkiston general gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzib, Rossiyaning vassaliga aylandi. Bu sulhga ko'ra, Buxoro amiri mustaqilligini yo'qotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqo'rgon va Zarafshon daryosining yuqori qismidagi yerlardan ham ajraldi. Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan xududlarda ma'muriy-hududiy birlik, ya'ni markazi Samarqand bo'lgan Zarafshon okrugi tuzildi, uning boshlig'i etib Aleksandr Konstantinovich Abramov tayinlandi. 1867-yildagi"Turkistongeneral-gubernatorligi viloyatlarniboshqarish haqidagi vaqtli Nizom loyihasi" deb atalgan qonunlar majmuasiga ko'ra ko'chmanchi aholigaikki bosqichli (volost va ovullar), o'troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqolliklar) boshqaruv tizimi joriyqilindi.Turkiston general-gubernatorligi tomonidan 1868-yilda tashkil etilgan Zarafshon

okrugidastlabSamarqandvaKattaqo'rgonbo'limlaridaniboratbo'ldi.1871-yildaularga yangi ma'muriy-hududiy birlik-tog'li tumanlar qo'shildi. U Zarafshon daryosining yuqorisidajoylashgan mayda bekliklardantuzildi. Turkiston general-gubernatorligini boshqarish bo'yichadasturiy hujjatlarning ishlab chiqarilishida "harbiy vaziyfa" omili xal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Ana shu omil Turkiston general-gubernatorining 1868-yil 19-iyunda tasdiqlangan "Zarafshon okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari"da ham o'z aksini topdi. Hujjatning asosiy majmuyi K.P.Kaufmanning

1 Mup3ueeB ffl. CaMapKaHg - Ep M3HHHHr caHKa^H // ByroK Kena®araMH3HH Mapg Ba o^HMHOÖ xa^KHMro ÖH^aH KypaMH3. -TomKeHT.; Y36eKHCTOH, 2017. -B. 178.

2 Mup3ueeB ffl. MHMHH TapaKKueT HY^HMH3HH KarbuaT 6u^aH gaBOM этгнpн6, aHru öocKunra KyrapaMH3. -T.; Y36eKHCOH, 2017. -B. 491.

bevosita rahbarligida ishlab chiqildi, unda ma'muriy tizim "harbiy-xalq boshqaruvi" debataldi.

1886-yilgi "Turkiston o'lkasini boshqarish nizomi"ga muvofiq, Turkiston o'lkasining ma'muriy-hududiy bo'linishi o'zgartirildi. Bunda mavjud birliklarni unifikatsiyalash prinsipiga izchil rioya qilina boshlandi. Zarafshon okrugi

-5

Samarqandviloyatigaaylantirildi .UningtarkibigaSirdaryoviloyatiningXo'jandvaJizzax uyezdlari o'tkazildi vakeyinchalik Samarqand viloyati Jizzax, Kattaqo'rgon, Samarqand va Xo'jand uyezdlaridan tashkiltopdi4.

Shunday qilib, 1886-yiigi Nizomdan so'ng o'lka idorasi markaziy, viloyat, tuman (uyezd), jabha (uchastka), qishloqva shahar boshqaruvi shaklida tashkil topdi. Samarqand shahri viloyat boshqaruvi qarorgohi hisoblangan.

Siyosiy boshqaruvda olib borilgan o'zgarishlar mahalliy boshqaruvdagi tashkilot vakadrlarning shakllanishiga olib keldi. Jumladan, dastlab Zarafshon okrugida Samarqandva Kattaqurgon bo'limlari tashkil etilgan edi. Shu munosabat bilan chor ma'muriyati tomonidan okrug boshqaruv tizimida yangi lavozimlar tashkil etildi. Xususan, Turkiston general-gubernatorining 1869-yil 24- oktyabrdagi tasdig'i bilan Zarafshon okrugi boshqaravi asosan quyidagi lavozimlardan iborat bo'ldi: -Zarafshon okrugi boshlig'i, -Zarafshon okrugi devonxonasi boshlig'i, -Devonxonaish yurituvchisi; Bo'limlari bo'yicha:

-Samarqand Bo'limi -Kattaqo'rgon bo'limi boshlig'i,

-Bo'limyordamchilari (biri ruslardan. yanabiri mahalliy aholi vakilidan) tarjimonlar va boshqa lavozimlar shular jumlasigakirdi.

"Zarafshon okrugini boshqarishning muvaqqat qoidalari"ga ko'ra, okrug boshlig'i izmidaharbiy, ma'muriy, politsiya va sudlov hokimiyati bo'lgan. Shu bilan bir qatorda, Zarafshon okrugi ma'muriyatigadiplomatik vazifalar ham berilgandi. Ya'ni, Zarafshon okrugi boshlig'ining vakolatiga qo'shni Buxoro amirligining bekliklari bilan "chegaramunosabatlarini olib borish" hamkirdi.

Okrugni rus armiyasi generallaridan shaxsan podshoning o'zi tayinlaydigan kishilar boshqargan. Zarafshon okrugi markazi hisoblangan Samarqand shahrida ham shahar boshqaruvi tarkibi quyidagi bo'limlardan iborat bo'lgan:

Okrugda umumxalq ishlari bo'yicha mudir va shahararxitektori. Okrugda sug'orish ishlari bo'yichamudir. Okrugdagi aksiz soliqlari bo'yichamudir. Shaharhokimi.

3 История Сaмaркaндa. -Т.: Фaн, Т. 1.-С. 304.

4 A6^paxHMOBa Н.А., Эргaшев Ф.Р. Туркистондa чор мустaмлaкa тизими. -Т.: Акaдемия, 2002

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 509

I

Aytish joiz, harbiylashtirilgan byurokratiya okrugdagi (keyinchalik viloyatdagi) boshqaruv tizimining barchaasosiy nuqtalarini egallagan edi. Faqat volost va qishloqdarajasidagi boshqaruvni tashkil etish go'yo mahalliy jamiyat ixtiyoriga berilgandi.

1886-yilgi "Turkiston o'lkasini boshqarish haqidagi Nizom"dan so'ng Zarafshon okrugi Samarqand viloyati deb o'zgartirildi va viloyat, tuman, (uyezd), jabha (uchastka), qishloq va shahar boshqaruvi shaklida tashkil topdi.Viloyat boshqaruvi: harbiy gubernator va viloyat boshqarmasidan iborat

bo'ldi5.Samarqandviloyatboshqarmasi3bo'limdaniboratbo'lgan:

-F armoyishberadiganbo'lim;

-Xo'jalik bo'limi;

-Ssuda bo'limi;

Samarqand viloyat boshqarmasi harbiy gubernatorgabo'ysungan. Viloyatni rus armiyasi generallaridan shaxsan podshoning o'zi tayinlaydigan harbiy gubernatorlar boshqargan. Ular harbiy va fuqaro hokimiyatini o'z qo'lidatutgan. Harbiy sohada viloyatdagi qo'shinlar (diviziya yoki korpus) qo'mondoni, fuqaro ishlarida esa gubernator huquqiga ega bo'lgan barchama'muriy, politsiya va sud hokimiyati ham ularning izmidabo'lgan.Ya'ni, harbiy gubernatorlarga mohiyatan diktatorlik vakolatlari berilgan edi. Bular: volost boshqaruvchilarini lavozimga tasdiqlash yoki saylovlar bekor qilingan taqdirda, ulami o'z ixtiyoriga ko'ra tayinlash, xalq sudyalarini va sudyalikka nomzodlarni tasdiqlash hamda ular tasdiqlanmagan taqdirda, yangi saylovlarni tayinlash, o'z ixtiyorigako'ra, uyezd ma'muriyati a'zolarini tayinlash va ishdan olish (uyezdboshligi bundan mustasno bo'lib, ular to'grisida faqat general-gubernator nomiga taqdimnomayozilardi); uyezd boshliqlari tubaholivakillariga belgilangan jarimani to'lash yuzasidan kelgan shikoyatlarni ko'rib chiqqan.

Samarqandviloyatini 1886-yildan1917-yilgaqadar8tagubernatorboshqarganbo'lib, o'rtahisobdaulaming har biriga 3-4 yil muddatdan to'g'ri kelgan. Tarixiy ma'lumotlarbu gubernatorlar - A. Yafimovich, N. Rostovtsev, M. Federov, V. Medinskiy, A. Gasket, A. Galkin, N. Likoshin kabilarning faoliyatigaoid keng ma'lumotlar beradi. Ularning barchasi ma'lumotli, zodagon dvoryanlar bo'lgan. Viloyat harbiy gubernatorlarining maoshi 15ming rublgacha bo'lib, bu markaziy Rossiyadagi gubernatorlamikidan 2 barobar ko'p edi. Samarqand viloyat boshqarmasi quyidagi shtatlardan iborat bo'ldi:

1) Viloyat boshqarmasi raisi (shuningdek, harbiy gubernatoryordamchisi);

2) Maslahatchilar (Bo'limboshliqlari);

3) Ish yurituvchilar;

4) Ish yurituvchilaming yordamchilari;

5) buxgalter;

5 Бродовский М. Заметки о земледелии в Самаркандском районе // Туркестанский сборник. -СПб., 1873.-С. 419447.

6) Tarjimon.

Viloyat boshqarmasi raisi shuningdek, harbiy gubernator yordamchisi hisoblangan. U harbiy gubernator tobi qochgan, yo'q bo'lganyoki bo'shatilgan hollarda uning xizmat vazifasinibaj argan.Gubernatoryordamchisigeneral-

gubernatortaqdimnomasiorqaliishgatayinlangan.Samarqand viloyat boshqarmasi vazifasiga quyidagilar kirgan:

-viloyatnima'muriybo'lishvatashkiletish; -hukumatqonunvafarmoyishlarini e'lon qilish;

-amaldorlami ishga tayinlash, ishdan chetlatish vamexnat ta'tili berish, mukofotlarga taqdim etish, nafaqa va maosh belgilash, mansabdor shahslami sudga topshirish:

-chet elliklami fiiqarolikka qabul qilish; -aholio'rtasidayernitaqsimlash; -viloyatda obrok Bo'limlariniboshqarish; -viloyatda yarmarka va bozorlami ta'sisetish; -viloyatningstatistikma'lumotlarinito'plash-mahalliyaholidansoliqvato'lovlarniolish;

-fuqarolik va jinoyat ishlarini suddako'rilishgatayyorlash -maxfiyhujjatlarinituzish;

-viloyatdagi barcha savdo va pudratlami yurgizish, shartoomalar tuzish. Bular gubernator devonxonasi, gubernya vrachlik mahkamasi, davlat mulki palatasi, okrug sudlari va hokazo. Shuningdek viloyat tibbiy nazorati viloyat vrachiga yuklangan, u gubernya vrachligi nazoratchisi huquqlaridan foydalangan va bevosita harbiy gubernatorga bo'ysungan. Viloyat boshqarmasi qoshida irrigatsiya ishlarini boshqaruvchi amaldor bo'lib, asosiys ug'orish kanallari, sug'orish ariqlariga qo'shimcha bo'lgan va ulardan ajralib chiquvchi sug'oruvchi kanallar, suvo'tkazgichlarini nazorat qilish, yangi irrigatsiya inshootlari, mavjud inshootlami yaxshi tutish, ta'mirlash va qayta qurishda texnik ko'rsatmalar bergan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasidagi harbiy yurishlari natijasida, Buxoro amirligining Xo'jand, O'ratepa, Samarqand, Kattaqo'rg'on kabi siyosiy jihatdan muhim strategik o'ringa hududlari ajratib olinib, bu hududda dastlab Zarafshon okrugi keyinchalik esa, Samarqand viloyatitashkil etildi. Shundan boshlab, Rossiya imperiyasi ma'muriyati tomonidan o'zining manfaatlaridan kelib chiqib mustamlakachilik siyosati amalga oshirdi. Bu davrda Rossiya imperiyasi sanoat korxonalari uchun zarar bo'lgan paxta maxsuloti yetkazib berish birinchi darajaga ko'tarilib, qishloq xo'jaligida dehqonchilik qilinadigan sug'oriladigan deyarli barcha yerlarga paxta yetishtirish kuchaytirildi. Shu bilan birga viloyatda mustamlakachilik boshqaruv tizimi to'liq o'rnatildi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш. Самарканд - Ер юзининг сайкали // Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан курамиз. -Тошкент.; Узбекистон, 2017. -Б. 178.

2. Мирзиёев Ш. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. -Т.; Узбекисон, 2017. -Б. 491.

3. История Самарканда. -Т.: Фан, Т. 1.-С. 304.

4. Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. -Т.: Академия, 2002.

5. Бродовский М. Заметки о земледелии в Самаркандском районе // Туркестанский сборник. -СПб., 1873.-С. 419-447.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.