Научная статья на тему 'XVIII ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA ROSSIYADA DAVLAT BOSHQARUVI ISLOHOTI'

XVIII ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA ROSSIYADA DAVLAT BOSHQARUVI ISLOHOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3464
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pyotr / Senat / kollegiya / Muqaddas sinod / Bosh magistrat / prokratura / “Darajalar jadvali” / voevod / guberniya / provensiya / okrug / uyezd / fiskal. / Peter / Senate / board / Holy Synod / Chief Magistrate / Prosecutor's Office / "Level Table" / voivode / province / provenance / district / county / fiscal.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nurmatov Nurali O’tkir O’g’li

XVIII asrning birinchi yarmida amalga oshirilgan davlat boshqaruvining maqsad-vazifalarini ochib berish orqali Pyotr I islohotlarning Rossiya tarixidagi ahamiyti va o’rnini yoritish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GOVERNMENT REFORM IN RUSSIA IN THE FIRST QUARTER OF THE XVIII CENTURY

Explaining the importance and place of Peter I's reforms in Russian history by revealing the goals and objectives of public administration in the first half of the 18th century.

Текст научной работы на тему «XVIII ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA ROSSIYADA DAVLAT BOSHQARUVI ISLOHOTI»

Scientific Journal Impact Factor

XVIII ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA ROSSIYADA DAVLAT

BOSHQARUVI ISLOHOTI

Nurmatov Nurali O'tkir o'g'li Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya: XVIII asrning birinchi yarmida amalga oshirilgan davlat boshqaruvining maqsad-vazifalarini ochib berish orqali Pyotr I islohotlarning Rossiya tarixidagi ahamiyti va o 'rnini yoritish.

Kalit so'zlar: Pyotr, Senat, kollegiya, Muqaddas sinod, Bosh magistrat, prokratura, "Darajalar jadvali", voevod, guberniya, provensiya, okrug, uyezd, fiskal.

Аннотация: Разъяснение значения и места реформ Петра I в истории России через раскрытие целей и задач государственного управления в первой половине XVIII века.

Ключевые слова: Петр, Сенат, коллегия, Священный Синод, Главный магистрат, Прокуратура, «Уровневый стол», воевода, провинция, происхождение, уезд, уезд, фискальный.

Abstract: Explaining the importance and place of Peter I's reforms in Russian history by revealing the goals and objectives of public administration in the first half of the 18th century.

Keywords: Peter, Senate, board, Holy Synod, Chief Magistrate, Prosecutor's Office, "Level Table", voivode, province, provenance, district, county, fiscal.

Pyotr I (1689-1725), shubhasiz, Rossiya taxtidagi eng yorqin va munozarali hukmdor edi. Ba'zilar uni buyuk islohotchi, "taxtdagi dissident" deb hisoblashsa, boshqalari - shafqatsiz zolim deb atashgan. Bunday baholanishlarga qaramay, hamma Pyotr I tomonidan amalga oshirilgan inqilobning ulkanligini tan oldi va uning nomi Rossiya tarixidagi yangi davrning boshlanishi bog'liq bo'ldi. Pyotr I o'zining islohotlari bilan Rossiyani Yevropaning rivojlangan kuchiga aylantirdi. U amalga oshirgan o'zgarishlar jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oldi, iqtisodiyot va madaniyatning yuksalishi bilan birgalikda amalga oshirildi.

Taniqli rus tarixshunosi N.M. Karamzinning ta'kidlashicha: "Pyotrning an'anaviy qadriyatlarni va xalq hayoti asoslarini zo'ravonlik bilan yo'q qilgan islohotlari, ruslarning ma'lum bir bosqichda "dunyo fuqarolari" bo'lishiga olib keldi,

KIRISH

ba'zi hollarda Rossiya fuqarosi bo'lishni to'xtatdi"1. Pyotr I davrida Rossiya davlatchiligining huquqiy asoslarini yaratishga birinchi jiddiy urinishlar qilingan, birinchi marta monarxning oliy hokimiyati qonuniy ravishda dunyoviy qonunlarda mustahkamlangan bo'lib, uning asosini G'arbiy Yevropa davlatlarining huquqiy an'analari va tabiiy huquq tushunchasi tashkil etgan. Pyotr I davrida davlat muassasalarining yangi tizimi shakllanib, absolyut (mutlaq) monarxiyaning shakllanishi o'z yakuniga yetdi. Absolyutizmning qaror topishi davlat apparatining byurokratlashishi va markazlashishining kuchayishi, muntazam armiya va flotning tuzilishi bilan birga bordi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida XVIII asrning birinchi choragida Rossiyada davlat boshqaruvi islohoti obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR 1716-yilda podshohning shaxsan ishtiroki bilan tuzilgan Harbiy Nizomning 20-moddasida monarxning mutlaq hokimiyati prinsipini qonuniy ravishda rasmiylashtirganligi, yuqori hokimiyatning yangi ta'rifi Pyotr I tomonidan to'liq qabul qilingani xarakterlidir. 1721-yil 11-oktyabrda Pyotr I yangi imperator unvonini qabul qildi va "Buyuk" deb nomlana boshladi. Biroz oldin Buyuk Pyotr islohotining idiologi Feofan Prokopovich tomonidan tayyorlangan Diniy Reglamentda*:"Monarxlarning hokimiyati samoderjaviya bo'lib, Xudoning o'zi vijdon bilan bo'ysunishni buyuradi"- deb ta'kidlangan.

Pyotr I tomonidan olib borilgan davlat boshqaruvidagi islohotlar tizimli va qat'iy ketma-ketlik bilan ajralib turmasa ham, sinchkovlik bilan o'rganib chiqilganda, u uchun doimo ustuvor bo'lib kelgan ikkita vazifani, ya'ni: 1) davlat organlarini va butun boshqaruv tizimini birlashtirish; 2) ochiq (prokuratura) va maxfiy (fiskal tizim) nazorati tizimi bilan birgalikda podshoh hukmiga binoan hukumatda qonuniylikni ta'minlaydigan kollegial prinsipni yuritish kerak bo'lgan2. Umuman olganda, Pyotr I davlat islohotlarining asosiy vazifasi davlat apparatini tubdan qayta qurish edi, chunki Moskva knyazligi davrida shakllanib an'anaviy tarzda tashkil etilgan hokimiyat va boshqaruv jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy, harbiy, texnologik

1 Карамзин, Н.М. Записка о древней и новой России в ее политическом и гражданском отношениях. М., 1991. С.

35.

* Diniy reglament-cherkovga oid Pyotr qonunchiligining asosiy akti bo'lib, unda islohotlaming eng muhim tamoyillari va bir qator individual tadbirlar mavjud, ulardan eng ko'zga ko'ringan joyi yagona patriarxal hokimiyat kollegial ma'muriyat tomonidan almashtirilishi bilan belgilanadi.

2 Омельченко, Н. А. История государственного управления в России: учебник. М., 2007. С.70.

Scientific Journal Impact Factor

barcha resurslarni safarbar qila olmadi. Davlat apparatini modernizatsiya qilish uni qurishni mutlaqo yangi tamoyillarini nazarda tutgan.

Davlat apparatini isloh qilish 2 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1699-1711 yillarda - burmistr palatasini tashkil qilishdan to senat tuzilgungacha davom etdi. Bu davrdagi islohotlar shoshma-shosharlik bilan, aniq ishlangan rejalarsiz amalga oshirilgan edi. Ikkinchi bosqich esa ancha tinch, "Shimoliy urush" ning eng og'ir davri orqada qolgan vaqtda amalga oshirildi.

Islohotlar boshlangan vaqtda prikazlar tizimi saqlanib qoldi, shu bilan birga yangi idora organlari tuzila boshlandi. Podshoning shaxsiy mahkamasi - "kabinet" -davlatni idora qilishda katta rol o'ynadi. Davlat boshqaruvi tizimida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Pyotr I islohot o'tkazib, namuna sifatida kameralizm tamoyillari asosida qurilgan shved modelini* oldi. Kameralizmning o'ziga xos xususiyatlari har qanday sohada (moliyaviy, sud, harbiy va boshqalar) boshqarishga ixtisoslashgan institutlarni yaratish, kollegiallik, mansabdor shaxslarning vazifalarini

-5

aniq tartibga solish, yagona shtatlar va ish haqini belgilash edi .

1711-yil 19-fevralda Boyarlar Dumasi o'rniga Pyotr I Boshqaruv Senatini tashkil etdi (dastlab poytaxtda podshoh yo'qligida boshqaruv vazifasini bajargan). Senatda dastlab 9 nafar a'zo bor edi. Ushbu 9 senatorning hammasi podsho tomonidan alohida xizmatlari uchun tayinlangan va o'z faoliyati uchun faqat uning oldida hisobot berishgan. Senatga "keraksiz xarajatlarni chetga surib, ikkiyuzlamachi bo'lmagan sudga ega bo'lish; iloji boricha ko'proq pul yig'ish; yosh zodagonlarni to'plash; hisob-kitoblarni tuzatish; tuzni ijaraga berishga harakat qilish; xitoyliklar va forslar bilan savdoni ko'paytirish; armanlarni erkalatish; fiskallarni* o'qitish" buyurildi. Shuningdek, senatorlarga yangi qonunlarni ishlab chiqish, mamlakat moliyasini nazorat qilish, markaziy va mahalliy ma'muriyat faoliyatini nazorat qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi4. Umuman olganda, Senat Boyarlar Dumasi kabi qonun chiqarishga doir maslahatlar beradigan organ bo'lmay, balki sud, moliya, harbiy ishlar, tashqi savdo va boshqa ishlarni boshqaradigan oliy organ edi. Endi davlatning barcha eng muhim hujjatlari podsho hokimyati nomidan chiqariladigan bo'ldi. Senat faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun 1722-yilda bosh prokuror mansabi joriy qilindi.

1718-yilda samarasiz bo'lgan eski prikazlarni almashtirish uchun kollegiylar va markaziy davlat institutlari joriy qilindi. Ularning har biri muayyan doira yoki

* XVÏÏ-XVIÏÏ asrlarda Yevropada nihoyatda keng tarqalgan byurokratik boshqaruv doktrinasi

3 Медушевский, А. Н. Административные реформы в России XVIII—XIX вв. М., 1990. С. 123.

* fiskal - XVIII asrda moliya va sud ishlari ustidan nazorat qilib turgan amaldor

4

Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С.18.

Scientific Journal Impact Factor

boshqaruv sohasiga mas'ul edi hamda farmonlar chiqarishi mumkin bo'lgan. Shuningdek, ular Senatga bo'ysunishi kerak edi. Dastlab 9 ta kollegiya tashkil etildi, 1718-1721-yillarda 11 kollegiya bo'ldi. Keyinchalik ularning soni 12 taga yetdi. Har bir kollegiya ma'lum bir sohaga rahbarlikni amalga oshirardi (tashqi ishlar, harbiy, admiralteystva, manufaktura, kommerts kollegiya va b.). Diniy kollegiya yoki Muqaddas Sinod cherkov ishlariga rahbarlik qilardi.

Ushbu birinchi rus "vazirliklari" orasida yetakchi o'rinni Harbiy, Admirallik Kollegiyalari va Tashqi ishlar kollegiyasi egallagan. Keyingi eng muhim guruh moliya institutlari edi: Kamer-Kollegiya* - daromad yig'ilishini, Shtats-Kontor Kollegiyasi esa davlat mablag'larini sarflanishini boshqargan. Revizion-Kollegiya Kamer-Kollegiya va Shtats-Kollegiyalari ustidan nazorat qilgan. Yangi boshqaruv tizimida savdo va sanoat uchun mas'ul kollegiyalar: Manufaktura-kollegiya, Berg-kollegiya, Savdo (Kommers)- kollegiya alohida o'rinni egalladi. Oldin mavjud bo'lgan bir nechta sud prikazlarini almashtirgan Yustits-Kollegiya ham muhim ahamiyat kasb etdi. Merosxo'rlik, mulkni sotib olish va sotish bo'yicha Votchina kollegiyasi mas'ul bo'lgan. So'nggi 12-kollegiya 1720-yilda tashkil etilgan Bosh magistrat bo'ldi, uning asosiy vazifasi shaharlar, shu jumladan sud va ma'muriy hokimiyatni boshqarish edi5.

Yana ikkita muassasa kollegiya sifatida faoliyat yuritgan - Diniy Kollegiya (Muqaddas Sinod) va Ukrainaga rahbarlik qilgan Kichik Rossiya Kollegiyasi. Bir muncha vaqt davomida eski bo'limlar - Saroy, Pochta, Matbaa, Tibbiyot, Politsimeyster idorasi, Preobrajenskiy prikazi va boshqalar saqlanib qolgan. Pyotr I ning e'tiborsizlik qilib, g'ayratli va ishbilarmon odamlarga ishonishi salbiy oqibatlarga olib keldi. Davlat mulkini talon-taroj qilish gullab-yashnadi. Podshohning yangi yaqinlari tezroq va har qanday holatda o'zlarini boyitishga intildilar. Bu jihatdan Buyuk Pyotr davrining taniqli arbobi Aleksandr Danilovich Menshikovni misol qilib keltirish mumkin. Uning suiste'mollari bo'yicha tergov komissiyasi "shavkatli knyaz" ni aybdor deb topib, Menshikovdan 1 million rubldan ortiq jarimani undirishga qaror qildi.

Biroq, boshqa "Pyotr uyasining jo'jalari" ko'pincha davlat cho'ntagini o'zlarining cho'ntaklari bilan aralashtirib yubordilar. Jumladan ular orasida Duma xodimi Andrey Vinius, Bosmaxonaning kitoblar Prikazi rahbari, "Vedomosti" gazetasi muharriri Fyodor Polikarpov-Orlov, Sankt-Peterburg admiralteystvosi birinchi rahbari Aleksandr Kikin (keyinchalik qatl etilgan, ammo pora uchun emas,

* Kamer-Kollegiya - Rossiyada Pyotr I davridan to 1801-yilgacha pul solig'ini boshqaradigan muassasa.

5 Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С.18.

Scientific Journal Impact Factor

balki shahzoda Aleksey Petrovichning chet elga sayohatini tashkil etishda qatnashgani uchun) lar bor edi. 1711-yilda davlat fiskal tizimini joriy qilishi kerak edi. Fiskallar mansabdor shaxslarning qonunlarni buzishi yoki o'g'irligi haqida ma'lumot to'plagan. Ushbu xizmatning rahbari ober-fiskal deb nomlangan, Senat tarkibida bo'lgan va shaxsan podsho tomonidan tayinlangan. O'sha davrning eng mashxur voqealaridan biri Sibir gubernatori knyaz Matvey Petrovich Gagarin tomonidan sodir etilgan o'g'irlik va suiste'molliklarning fosh etilishi va 1721-yil 16-martda Senatning qarori bilan dorga osilishi edi. Ammo tez orada fiskal xizmatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi - soxta xabarlar uchun tilchilar javobgar emas edilar (shoh nuqtai nazaridan, bu kamchilik emas, lekin josuslik ishlarining chiqimlari -"hamma narsani aniq bilishi mumkin emas" edi), ular orasida ko'plab vijdonsiz odamlar bo'lgan. Masalan, janob senatorlarga nisbatan tintuv o'tkazish taqiqlangan. Aynan shu holat Pyotrni davlat apparati ustidan to'liq nazorat qiladigan organ -prokuraturani yaratishga undagan va u 1722-yil 12-yanvarda tashkil etilgan. Prokuratura tashkil etilishi "Senatda general-prokuror bo'lish to'g'risida" gi farmoni bilan e'lon qilingan. Pyotrning eng yaqin safdoshlaridan biri, o'zining vijdonliligi bilan mashhur bo'lgan Pavel Ivanovich Yagujinskiy yangi muassasaga general-prokuror bo'ldi6.

Nafaqat markaziy, balki mahalliy hokimiyat ham sezilarli darajada o'zgargan. XVII asrda ma'muriy jihatdan mamlakat uyezdlar, volostlar va stanilarga bo'lingan. Boshqa holatlarda bo'lgani kabi, mintaqaviy (aniqrog'i, guberniya) islohotni amalga oshirishni o'ylab, Pyotr I, shved modelini namuna sifatida oldi.

Pyotr I ma'muriy novatorligining eng yuqori cho'qqisi 1722-yil 24-yanvarda Senat tomonidan tasdiqlangan "Darajalar jadvali" edi. Bu jadval martabalarning yagona tizimini va lavozimini ko'tarishni hamda harbiy, fuqarolik va saroy amaldori tartibini belgilaydigan hujjat edi. Barcha martabalar 14 toifa-sinflarga bo'lingan. 1-sinf eng yuqorisi bo'lib, unga general-feldmarshal, general-admiral, kansler lavozimlari kirgan; saroy xizmatida 1-darajali lavozim yo'q edi, 2-sinfda yuqori daraja - ober-marshal lavozimi hisoblangan. 14-sinf eng quyi daraja hisoblanadi. Unga fendrik, kollejskiy asessor va unga tenglashtirilgan darajalar kirgan; saroy xizmatida - saroy boshqaruvchisi, kutubxonachi, auditor, farmasevt, kvartirmeyster, gof-kotiblar bo'lgan. Kelib chiqishi dvoryan bo'lmagan shaxslar 14-sinf darajasiga ko'tarilgandan so'ng shaxsan o'zi dvoryanlikni, 8-sinfga ko'tarilgandan esa merosiy (ustunli) dvoryanlikni oladigan bo'lishdi. 14-darajada istisno faqat ishlab chiqarishda

6 Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С. 19.

n

merosiy dvoryanlikni olgan ofitserlar uchun qilingan . 14-dan 5-darajagacha to'g'ri keladigan sinf lavozimlarini egallash eng past darajadan boshlab ko'tarilish (martaba o'sishi) tartibida amalga oshirildi; eng yuqori darajalar (1-dan 5-gacha) imperator

o

istagi bilan vatan va hukmdor oldidagi alohida xizmatlari uchun berildi .

Unvondagilarning har biri darajasiga ko'ra o'z kiyimiga, xizmatkorlari libosiga va ekipajiga ega bo'lishi kerak edi. "Qolaversa, kiyinish va boshqa qiliqlari mos kelmasa, olijanoblik va qadr-qimmat ko'pincha pasayadi."9

Pyotrning darajalar jadvali quyidagicha bo'lgan:

Sinf Fuqarolik unvonlari Harbiy unvonlar Dengiz unvonlari Saroy a'yonlari unvonlari

I Kansler General-feldmarshal General-admiral

II Maxfiy xizmat bo'yicha ishonchli maslahatchi Kavaleriya generali; infantariya* generali; artilleriya generali (XVIII asrda - bosh general) Admiral Ober-kamerger; ober-gofmarshal; ober-shtalmeyster; ober-egermeyster; obergofmeyster; ober-sheik; ober-seremoniymeyster; ober-forshneyder (1856)

III Maxfiy maslahatchi General-leytenant Vitse-admiral Gofmarshal; shtalmeyster; egermeyster; gofmeyster

IV Ta'sirli statskiy sovetnik General-mayor Kontr-admiral Kamerger

V Statskiy sovetnik Brigadir Kapitan- komandor (XVIII asrda) Seremoniymeyster (1884-yildan)

VI Kollegiya maslahatchisi; harbiy maslahatchi Polkovnik 1-darajali kapitan Kamer-furer (1884-yilgacha)

7

Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С. 20.

8 Омельченко, Н. А. История государственного управления в России: учебник. М., 2007. С.82.

9 Костомаров Н.Н. Русская история в жизнеопесаниях ее главнейших деятелей. М."Книга и бизнес".1992. ISBN5-212-00539-6 (кн.3).С.732.

* Infantariya generali-Chor armiyasi piyoda qo'shinlarida eng yuqorigenerallik unvoni va shu unvondagi general.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

VII

Saroy

maslahatchisi

Podpolkovnik

2-darajali kapitan

Kamer-furer yilgacha)

(1884-

VIII Kollegial

asessor

Mayor (1884- Kapitan-

yilgacha) leytenant (1884-

yilgacha)

IX

Titulli maslahatchi

Kapitan; rotmistijLeytenant (kavaleriya)

Kamer-yunker

X

Kollegiya kotibi

Shtab-kapitan; shtab-rotmistr

Michman*(1884-yilgacha)

XI

Kema kotibi

XII

Guberniya kotibi

Poruchik

Michman(1884-yilgacha)

XIII

Provinsiya Podporuchik; kotibi; Senat kornet(kavaleriya) registratori; Sinod

registratori; Kabinet registratori

Michman(1884-yilgacha)

XIV Kollegial registrator

Praporshik (1884 yildan boshlab faqat urush davrida)

Shunday qilib, mamlakatni rivojlanish talablari va xalqaro mavqeyi boshqaruvni yanada markazlashtirishni taqozo etdi. Senatning tashkil etilishi va kollegiyada buyruqlarning o'zgarishi Rossiyada mutlaq monarxiya shakllanishining muhim bosqichi bo'ldi. G'arbiy Yevropa modeli asosida qurilgan kollegial boshqaruv tizimi davlat va mahalliy hukumat idoralari o'rtasida yo'qolgan aloqa muammosini hal qildi.

1722-yilda taqdim etilgan darajalar jadvali yangi xizmat tartibini joriy qildi. Bundan buyon zodagonlik va kelib chiqish emas, balki xizmatchining shaxsiy qobiliyatlari va kasbiy mahorati biror lavozimga o'tirishning asosiy mezoniga aylanishi kerak edi. Pyotr oliy podshohllik irodasini naslning barcha huquqlari va xurofotlaridan ustun qo'ydi. Mahalliylik azaldan yo'q qilingan; martaba zinapoyasida shaxslarning ko'tarilishi hokimiyat izmida qoldi. Yangi farmon ushbu prinsipni yanada rivojlantirdi, Pyotr tug'ilishning afzalliklarini umuman yo'q qilmadi, balki

* Chor armiyasida eng quyi ofitserlik unvoni vas hu unvondagi ofitser

693

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

davlat xizmatining qadr-qimmatini ulardan ustun qo'ydi. Davlat xizmatida ko'rsatgan xizmatlari dvoryan bo'lmaganlarga merosiy dvoryan unvonni berdi10. Shu vaqtgacha dvoryan deb hisoblangan har bir kishi bir yarim yil ichida bu sharaf qachon va kimdan olinganligini isbotlashi shart edi; oilalari kamida yuz yil davomida dvoryanlardan iborat bo'lganligini isbotlaydiganlar dvoryan gerbiga ega bo'lishdi. Geroldmeyster dvoryanlarning nomlari va darajalariga ko'ra ro'yxatlarini yuritishi va ularning farzandlarini ushbu ro'yxatlarga qo'shishi kerak edi. Shunday qilib, nasabiy kitoblar va geroldlarga asos solindi. Podshohga xizmati uchun dvoryanlarga imtiyoz berish va jinoyati uchun imtiyozidan mahrum etish huquqi berildi.

Mahalliy hokimiyatni isloh qilish Pyotr I hukmronligining islohotchilik faoliyati davomida juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ko'p jihatdan, mahalliy muassasalar tizimidagi ishlarning holatiga islohotchi shohning bunday e'tibori davlat oldida turgan pragmatik vazifalar: faol tashqi siyosat uchun mablag ' topishga harakat qilib, Boltiq dengiziga chiqish uchun uzoq muddatli kurashga jalb qilinganligi bilan izohlanadi. Mahalliy boshqaruvning eski tizimi urush sharoitida davlatning soliqlarni o'z vaqtida yig'ib olish va harbiy majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan fiskal vazifalarini hal qilishni ta'minlay olmas edi. Shuningdek, XVII asr davomida prikaz boshqarmasi va zemstvo hokimiyati o'rtasidagi munosabatlar tartibsiz bo'lib, tartib joriy etish dolzarb vazifa edi.

Mahalliy hokimiyatni isloh qilish avvalgi davrda vujudga kelgan hududiy muassasalar va mahalliy hokimiyat organlarini yanada markazlashtirish va byurokratlashtirish orqali amalga oshirildi. Pyotr I hukmronligining boshida, guba oqsoqqollar* instituti bekor qilindi, mahalliy boshqaruvdagi asosiy rol nihoyat markaziy hukumat tomonidan tayinlangan voevodlarga o'tkazildi. Shu bilan birga, Pyotr I tomonidan amalga oshirilgan oliy va markaziy boshqaruv islohotlaridan farqli o'laroq, mahalliy boshqaruvdagi o'zgarishlar qat'iy ketma-ketlik bilan ajralib turmadi va kamroq muvaffaqiyatli bo'ldi. Pyotr I bir vaqtning o'zida G'arbiy Yevropa kameralizmi ruhidagi ma'lum bir elementlarni kiritishga harakat qildi. Olimlarning fikriga ko'ra, markaziy hukumatning mahalliy ma'muriyatda o'zaro bir-birini istisno qiladigan ikkita tamoyilni birlashtirishga urinishidan iborat bo'lgan ushbu asosiy ziddiyat asosan Pyotr I davrida amalga oshirilgan mahalliy boshqaruvdagi ko'plab qayta tuzilishlarining muvaffaqiyatsiz bo'lishini oldindan belgilab qo'ydi.

Костомаров Н.Н. Русская история в жизнеопесаниях ее главнейших деятелей. М."Книга и бизнес".1992. ISBN5-212-00539-6 (кн.3).С.732.

* Guba oqsoqoli-XVI asming birinchi yarmidan 1702-yilgacha Rossiya davlatida zemstvo hokimiyatining tanlangan vakili. Uning yurisdiksiyasi (sud qilish huquqi) tarqaladigan hududga "guba" deb nom berilgan. Guba oqsoqollari XVI asrning birinchi yarmida qaroqchilarni sud qilish uchun paydo bo'ladi.

694

Scientific Journal Impact Factor

1699-yilda shahar islohoti o'tkazildi. Shahar aholisi voevodalar qo'lidan olinib, posad kishilari tomonidan saylab qo'yiladigan burmistrlar qo'l ostiga topshirildi. 1708-yil 18-dekabrda Pyotr "Guberniyalarni tashkil etish va ularga shaharlarni ro'yxatini kiritish to'g'risida" farmon chiqardi, bu uning eng muhim ma'muriy islohotlarini boshladi. Islohot 10 yildan ortiq davom etdi, ko'p marta tuzatildi va to'ldirildi, ammo u hech qachon yakuniga yetkazilmadi. Islohot davomida yangi uch bosqichli mahalliy boshqaruv tizimi: guberniya - provensiya - okrug joriy qilindi. 1708-1710-yillarda birinchi, 1719-yilda - ikkinchi guberniya islohoti amalga oshirildi. Natijada birinchi bo'lib 8 ta - Ingermanland (1710 yildan - Sankt-Peterburg), Moskva, Arxangelsk, Smolensk, Kiyev, Qozon, Azov, Sibir guberniyalari tashkil etildi. Keyinchalik ularning soni 12 taga etdi. 1713-yilda Rijskaya guberniyasi, 1719-yilda Astraxan, Revel va Nijigorod tashkil topdi. Dastlab, bu juda keng ma'muriy tuzilmalar dollarga*, 1719-yildan esa Provensiyalarga bo'lingan. 12 ta guberniya hammasi bo'lib 45 ta, so'ngra 50 ta provensiyani* o'z ichiga olgan. Provensiyalarga voevodlar* rahbarlik qilgan. Provensiyalar distriktlarga* bo'linib, u yerda hokimiyat zemstvo komissarlari tomonidan amalga oshirildi, ular provensiya voevodariga bo'ysungan; o'z navbatida, ular Senat vakolatida bo'lgan, faqat harbiy va ba'zi sud ishlarida gubernatorlarga bo'ysungan11. Guberniyalarni podshoh ko'rsatmalari bilan tayinlangan va keng vakolatlarga ega bo'lgan gubernatorlar (Peterburg va Azov general-gubernatorlari) boshqargan. Gubernatorlar guberniyadagi barcha ma'muriy hokimiyatni o'z qo'llarida jamladilar, politsiya va sud funksiyalarini amalga oshirdilar, guberniyaning daromadlari va xarajatlarini nazorat qildilar va o'zlarining boshqaruvidagi hududda joylashgan qo'shinlarga rahbarlik qildilar. Ularning qo'l ostida turli xil boshqaruv sohalarini boshqaradigan to'rtta yordamchisi bor edi: ober-komendant harbiy bo'linmani boshqargan, ober-komissar va ober-proviantmeyster pul va non yig'imiga mas'ul bo'lgan. Keyinchalik sud ishlarini boshqaruvchi landrixter lavozimi tashkil etildi. Provensiya va uyezdlar uyezd idoralari bilan birgalikda voevodlar tomonidan boshqarildi. Chegara shaharlaridagi uyezd voevodlari komendantlar deb ataldi. Guberniya boshqaruvining nazorati fiskallar tomonidan amalga oshirildi.

Kollegiya yaratilishidan oldin gubernatorlar bevosita Senatga bo'ysungan, ular viloyatlarni Senat bilan doimiy ravishda biriktirilgan guberniya komissarlari (har bir

* dol-vodiy

* provensiya-viloyat

* voevod-Qadimgi Rusda: askar boshlig'I, askarboshi, shuningdek viloyat yoki shahar hokimi

* distrikt-okrug

11 Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С. 20.

Scientific Journal Impact Factor

guberniyadan ikkitadan komissar) orqali boshqargan. Keyinchalik, bu funksiyalar ekzekutorga o'tkazildi. Kollegiyalar tashkil etilishi bilan mahalliy hokimiyat organlari ularga qaram bo'lib qoldi. Biroq, barcha kollegiyalar mintaqaviy davlat organlari bilan bog'liq emas edi. To'g'ridan-to'g'ri yuqori bosqich sifatida mahalliy hokimiyat tepasida faqat Kamer, Yustits-kollegiyalari va Bosh Magistrat turardi. Bu shuni anglatadiki, mahalliy hokimiyat organlari, markaziy organlar singari, qat'iy va tartibli ierarxiyani anglatmaydi.

Pyotr markaziy hukumatning mahalliy ma'muriyatdagi byurokratik prinsipini mahalliy hukumatlar bilan birlashtirishga intilgan. Buni aks ettiruvchi uning boshqaruv tizimidagi o'zgarishlarining mohiyati 1713-yilda dvoryanlardan saylangan va gubernator huzurida o'z toifasi kengashini tashkil qilgan landrat institutini yaratish misolida aniq ko'rinib turibdi. Ularning roziligisiz gubernator hech qanday ish qilmasligi kerak edi, ular ustidan sud qilish huquqidan mahrum etildi (Landratlar faqat Senatda sud qilingan). Biroq, aslida, Landrlatlar dvoryanlar tomonidan saylanmagan, balki Senat yoki gubernatorning o'zi tomonidan tayinlangan, ular bu lavozimga o'zlari uchun kerakli bo'lgan odamlarni tanlagan. Besh yildan kamroq vaqt mobaynida ular bekor qilindi. Shu bilan birga, mustaqil sud muassasalarini tashkil etish orqali sudni ma'muriyatdan ajratishga birinchi urinish amalga oshirildi. 1715-yilda uyezd shaharlarida sud voevoddan olib qo'yilib, maxsus mansabdor shaxslarga — landrixterlarga (mahalliy sudyalarga) topshirildi. Aytish mumkinki, bu Rossiya sharoiti uchun juda g'ayrioddiy tashabbus bo'lib, urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Boshidanoq provinsiya sudlari faoliyati gubernatorlar va voevodlarning qat'iy nazorati ostida bo'lgan. 1722-yilda provinsiya sudlari umuman bekor qilindi.

Mahalliy hokimiyatni kuchaytirish orqali soliqlar yig'ilishini va davlat bojlarini bajarilishini yaxshilash maqsadida hukumat 1719-yilda yangi mintaqaviy islohotni amalga oshirdi va mahalliy ma'muriyat tuzilishi o'zgartirildi. Mahalliy dvoryanlarni hukumat ishlariga jalb qilish uchun dvoryanlardan saylangan yangi zemstvo komissarlari instituti tashkil etildi, ularga uyezdlardagi barcha moliya va politsiya idoralari ishonib topshirildi. Palata-kollegiyasi nomidan guberniyalarda barcha daromadlar uchun mas'ul bo'lgan kamerirlarga bo'ysungan zemstvo komissarlari 1724-yilda kiritilgan jon boshidan olinadigan soliqning to'g'ri yig'ilishini nazorat qildilar. Shuningdek, ularga yo'llar va ko'priklarning holatini nazorat qilish, politsiya vazifasini bajarish, dehqonlar axloqini nazorat qilish topshirilgan. Biroq, landratda bo'lgani kabi, bu islohot kutilgan natijani bermadi. Davlat va harbiy xizmat bilan shug'ullanadigan dvoryanlar o'zlariga yangi tashvishlar yuklashni xohlamadilar. Mahalliy ma'muriyat islohotlari misolida Pyotr I boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bo'lgan boshqaruv apparatining harbiylashtirilganligini ko'rish

1 9

mumkin . Guberniyalarda joylashgan polklar fuqarolik ma'muriyati bilan bir qatorda harbiy ma'muriyat, tartibni saqlash, bir qator politsiya va ma'muriy funksiyalarni bajarishda katta rol o'ynadi. 1724-yilda pomeshchiklarining yozma ruxsatisiz dehqonlar pul ishlash uchun ularni tark etishlarini taqiqlovchi farmon chiqarildi. Shunday qilib, bu Rossiyada pasport tizimining boshlanishi edi. Pasport rejimiga rioya qilish mas'uliyati mahalliy harbiy hokimiyat organlariga topshirildi. Ko'pincha, polk rahbariyati zemstvo ma'muriyatini bo'ysundirib, guberniya va uyezdlarda hukmronlik mavqeyini egallab turardi. 1718-1724-yillarda aholini ro'yxatga olish uchun hokimiyat harbiy polklardan foydalangan, shundan so'ng Rossiyada uy xo'jaliklariga soliq solish jon boshi solig'i bilan almashtirilgan. Uning to'planishi mahalliy harbiy ma'muriyat tomonidan ham nazorat qilingan.

Pyotr I Rossiyada shaharliklar tabaqasini tashkil qilish uchun birinchi jiddiy urinishni amalga oshirdi, natijada shaharlar yangi maqom va huquqlarga ega bo'ldi.

Bu rus shaharlarini G'arbiy Yevropa shaharlariga yaqinlashtirishda o'z ifodasini

1 ^

topdi . Rossiya shaharlarining o'zgarishi Pyotr I uchun edi, sababi u shahar savdosi va sanoat sinfining ko'tarilishini mamlakat farovonligining asosiy omili deb hisoblardi. 1699-yilda savdogarlarga katta huquqlar berish, shuningdek, Shvetsiya bilan urushga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, Pyotr birinchi shahar islohotini amalga oshirdi va shahar aholisi uchun o'z-o'zini boshqarishni joriy qildi. Ularning markazdagi mahalliy voevodlar va prikaz tashkilotlariga bo'ysunishni bekor qildi. Aksariyat shaharlarda boshqaruv shahar aholisi tomonidan saylangan burmistrlarga o'tdi. Moskvada Burmisterlar palatasi tashkil qilindi, u tez orada mahalliy burmistlar bo'ysunadigan Ratusha* deb nomlandi. Boshqa shaharlarda boshqaruv zemstvo mahkamalari tomonidan saylangan burmistrlar bilan amalga oshirildi. Biroq, haqiqiqatda shaharlarning o'zini o'zi boshqarishi natija bermadi. Islohot asosiy maqsadga, ya'ni davlat soliqlarini undirishning samarali tizimini tashkil etishga bo'ysundirildi va tez orada Ratushaning o'zi to'g'ridan-to'g'ri markaziy xazina uchun soliqlar, bojxona va boshqa bojlarning mas'ul yig'uvchisiga aylantirildi.

O'zining hukmronligining so'nggi yillarida Pyotr I shahar sinfini isloh qilishni yakunlagan bir qator yangi o'zgarishlarni amalga oshirdi, ammo haqiqiy shaharlarning o'zini o'zi boshqarish tizimi yaratilmadi. Aslida, shaharlarda tashkil etilgan saylov organlari, avvalgidek, davlat-fiskal funksiyalarni bajaradigan mahalliy ma'muriy apparatlarga qo'shimcha edi. Barcha yirik shaharlarda saylangan shahar magistratlari 1720-yilda (kollegiyalar huquqi sifatida) tashkil etilgan Bosh

12 Омельченко, Н. А. История государственного управления в России: учебник. М., 2007. С.85.

13 Омельченко, Н. А. История государственного управления в России: учебник. М., 2007. С.85.

* КаШБЬа-ХУШ-ХК аБг1айа Rossiyada: БИаИаг boshqarmasi

697

Scientific Journal Impact Factor

Magistratga bo'ysungan. 1721-yildagi Bosh Magistrat reglamentiga ko'ra, shaharlarda barcha aholi ikki toifa - doimiy va tartibsiz (kelib chiqishi past yoki "aslzoda bo'lmagan") fuqarolarga bo'lingan. Doimiy fuqarolar ikki gildiyaga bo'lingan: birinchi gildiyaga savdogarlar, zargarlar, bankirlar, shkiperlar*, shahar shifokorlari, rassomlar, ikkinchi gildiyaga mayda tovar, oziq-ovqat mahsulotlari savdogarlari va hunarmand-kosiblar kirardi. Nomuntazam fuqarolar "past tabaqadan kelib chiqqan odamlar" ning rasmiy nomini oldi. Sababi ular orasida mardikorlar va yollanma ishchilar ham bor edi14. Shahar magistratlari saylovlarida faqat doimiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin edi. Tartibsizlar magistratda o'z manfaatlarini himoya qilishlari lozim bo'lgan oqsoqollarini sayladilar.

Pyotr I davrida shahar aholisi feodal jamiyatining sinfiy guruhi edi. Jon boshi solig'i joriy etilishi bilan shaharlarning barcha aholisi shahar posadiga biriktirildi. Saylangan burmistrlar va ratmanlardan tashkil topgan magistratlar butun shahar xo'jaligini boshqargan, soliqlarni yig'ishni nazorat qilgan, politsiya va sud funksiyalarini bajargan, shahar xavfsizligini ta'minlagan, maktablar, musofirxonalar, gospitallarni yaratishga mas'ul bo'lgan. Ularda har bir hunarmandchilik sexining vakili bo'lgan sex ustalaridan saylangan ustalar (alderman) boshchiligidagi sex boshqaruvi mavjud edi.

Pyotr I davrida shakllangan davlat boshqaruvining harbiy-byurokratik modeli demokratik tamoyillarni mahalliy o'zini o'zi boshqarish shaklida rivojlantirishga ko'p ham yordam bermadi. Pyotr I hukmronligi oxirida byurokratik institutlar (gubernatorlar, voevodlar) va zemstvo muassasalari (uyezd va shaharlarda) o'rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygan. Byurokratiya asta-sekin mahalliy hokimiyatning saylanadigan organlari faoliyatini pasaytiradi va bo'ysundiradi. Manbalarda mahalliy magistratlarga zulm o'tkazgan, savdogarlarning mablag'lariga qurilgan ratusha binolarini olib qo'ygan voevodlarning o'zboshimchaliklariga qarshi saylanadigan shahar organlarining huquqlari to'liq yo'qligi haqida ko'plab misollar keltirilgan, shu sababli ular Bosh Magistratda himoya izlashga majbur bo'ldilar. Shunday qilib, mahalliy boshqaruv islohotlari avvalgi davrda yuzaga kelgan hududiy muassasalar va mahalliy hokimiyat organlarini markazlashtirish va byurokratlashtirish orqali amalga oshirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1.Анисимов Е. В. Время петровских реформ. — Л., 1989.

* shkiper-savdo kemasining kapitani

Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей», 2019. С. 20.

Scientific Journal Impact Factor

2. Карамзин, Н.М. Записка о древней и новой России в ее политическом и

гражданском отношениях. М., 1991. С. 35

3. Омельченко, Н. А. История государственного управления в России: учебник.

М., 2007. С.70.

4.Волков В. А. История России. Конец XVII - начало ХХ вв. — «Прометей»,

5. Медушевский, А. Н. Административные реформы в России XVIII—XIX вв. М., 1990. С.123.

6.Костомаров Н.Н. Русская история в жизнеопесаниях ее главнейших деятелей. М."Книга и бишес".1992. ISBN5-212-00539-6 (кн.3).

7.Орлов А.С., Георгиев В.А ва бош;. История России. M. "Проспект", 2000., 8.Internet ma'lumotlari: Wikipediya.ru

Nurmatov Nurali O'tkir o'g'li - Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti 2-kurs magistranti, tel: +998975771309.

2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.