Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI'

O’ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
345
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tarix / posyolka / dehqon / surgun / qatag`on / mehnat lagerlari. / History / settlement / farmer / exile / repression / labor camps.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mahmud Hamrayev

O’zbekiston tarixi fani uchun yangi davr bo`lgan mustamlakachilik va sovet davridagi ommaviy qatag’onlar paytida zulm va zo’ravonlik qurboni bo’lgan, istiqlol yo’lida jon fido etgan ajdodlarimizning vatan oldidagi xizmatlarini to`g`ri anglash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LABOR VILLAGES AND THE FATE OF FARMERS IN UZBEKISTAN

To study the past and history of the Uzbek national villages in a new perspective in the spirit of national independence, to draw the necessary conclusions and lessons from it and to correctly understand the problems of this period.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI»

O'ZBEKISTONDA MEHNAT POSYOLKALARI VA U YERDAGI DEHQONLARNING TAQDIRI

Mahmud Hamrayev

Navoiy shahar Alisher Navoiy nomidagi IDUM tarix fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbekiston tarixi fani uchun yangi davr bo'lgan mustamlakachilik va sovet davridagi ommaviy qatag'onlar paytida zulm va zo'ravonlik qurboni bo'lgan, istiqlol yo'lida jon fido etgan ajdodlarimizning vatan oldidagi xizmatlarini to'g'ri anglash.

Tayanch so'zlar: Tarix, posyolka, dehqon, surgun, qatag'on, mehnat lagerlari.

LABOR VILLAGES AND THE FATE OF FARMERS IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

To study the past and history of the Uzbek national villages in a new perspective in the spirit of national independence, to draw the necessary conclusions and lessons from it and to correctly understand the problems of this period.

Base words: History, settlement, farmer, exile, repression, labor camps.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda tub islohotlar boshlandi. Mustaqillik sharoitida ijtimoiy fanlar, jumladan tarix fanida ham yangilanish jarayoni boshlanib, tarixchilar zimmasiga tarixni ilmiy asosda xolisona tadqiq etish va uni xalqqa yetkazish vazifasi yuklandi. Bu borada sovetlar davrida buzib ko'rsatilgan yoki yashirib kelingan tarixiy haqiqatni tiklash muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Sovet davrida iqtisodiyotni tanazzulga mahkum etgan davlat mulkining hukmronligi xo'jalik, madaniy va intellektual hayotni majburan kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun, fojeali oqibatlarga olib kelgan ommaviy qatag'on siyosati amalga oshirildi.

Keyingi yillarda sovet hukmronligi davrida amalga oshirilgan kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun, qatag'on siyosatlarini o'rganish va xolis tarixni yaratishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 22 iyuldagi "Vatan ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to'g'risida"gi qarori, 2001 yil 1 maydagi "Qatag'on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g'risida"gi farmonlari huquqiy asos bo'ldi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 31 avgust kuni "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuiga borib, qatag'on qurbonlari uchun o'rnatilgan "ramziy qabr"ni ziyorat qilib, "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida bo'lganlarida

istiqlol uchun shahid ketgan yurtdoshlarimizni xotirlab, ularning yurt ozodligi va xalq ma'naviyatini boyitishdagi xizmatlarini eslatib: "Buyuk ajdodlarimizning muqaddas xotirasi va jasorati oldida bosh egamiz" deb ta'kidlab, "Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo'lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir" degan gaplari yosh avlod uchun dasturul-amalga aylanib ulgurdi. Ushbu chaqiriq bu yo'nalishdagi yangicha qarash va yangicha islohotlarga sabab bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 936-sonli qarori bilan har bir viloyatda "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeylari tashkil qilindi. Bugungi kunda ushbu muzeylar nafaqat yaqin tariximizning yorqin ko'zgusi, balki ilmu-ma'rifat maskaniga aylanmoqda.

YUqorida ta'kidlangan masalalar bo'yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi, lekin XX asrning 30-50 - yillarida sovet hokimiyatining surgun siyosati oqibatlarida O'zbekistonda tashkil qilingan mehnat posyolkalari tizimi tarixi va yerdagi dehqonlar ahvoli masalasi alohida tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilmadi.

Butunittifoq Kommustik pratiyasi Markaziy komiteti (VKP(b) MK) Siyosiy byurosi 1930 yilning dastlabki kunlaridanoq qishloqdagi badavlat dehqonlar taqdiri haqida strategik qarorga keldi. Quloqlashtirish va u bilan bog'liq ravishda "quloqlar surguni" siyosiy amaliyotning eng dolzarb masalasiga aylandi. Shu o'rinda sovet qishloqlaridagi infrastrukturani o'zgartirish ya'ni, "sotsialistik yo'lga solish"ning eng shafqatsiz usuli-boy dehqonlarni butun oilalari bilan ommaviy surgun qilish, majburan ko'chirishga qaror qilinganligining asosiy shart-sharoitlari va omillari haqida to'xtalib o'tish joizdir.

Sovet totalitar rejimi surgun qilish siyosatini 1930 yildan emas, balki bolsheviklar xokimiyatga kelgan dastlabki yillardanoq qo'llay boshlagan. RKP(b) Siyosiy byurosining 1920-yil 29-iyun va 5-dekabrdagi yig'ilishlarida RSFSRdagi surgun tizimi va quloqlarni "jazo tartibida" kontsentratsion lagerlarga jo'natish masalalari ko'rilgan1. Bu chorani ommaviy asosda emas, balki individual tarzda qo'llanilishi ko'rsatilgan. Shunga qaramay, dastlabki oilaviy surgun Turkistonda amalga oshirilgan. 1921-1922 yillarda G.I. Safarov tashabbusi bilan Turkistondagi rus mujiklari Rossiyaga

л

ko'chirilgan . Birinchi hujjatlashtirilgan oilaviy surgun 1921-yil 16-aprelda Sirdaryo viloyati Chimkent uezdida qayd etildi. Turkiston o'lkasidan tashqariga, Rossiyaning Kaluga guberniyasiga 20 quloq oilasi surgun qilingan edi. RKP(b) X se'zdida milliy masala bo'yicha I.V.Stalinga hamma'ruzachi bo'lgan G.I.Safarov Turkistondagi er-suv islohoti haqida gapirar ekan, butun quloq posyolkalari surgun qilinganini faxr bilan esga

1 Полян П. Не по своей воле... История и география принудительных миграций в СССР. - М.: О.Г.И.-Мемориал, 2001. - С. 3

2 Шамсутдинов Р. Мамажонов А. Шимолий Кавказ сургунидаги юртдошлар кисмати.-Т.:Шарк, 2005. -129 б.

olgan . 1921-1922 yillarda o'tkazilgan yer-suv islohotining asosiy maqsadlaridan biri Stolipin davrida Turkistonga kelib o'rnashgan rus mujiklari-kulaklarning yerlarini mahalliy aholi yerlari bilan tenglashtirish edi. Chunki, ular chorizm mustamlakasi davrida eng unumdor erlarning kattagina qismiga o'rnashib olgan edilar. Bu islohot "quloqlar shovinizmi"ga qarshi kurash shiori ostida o'tdi.

Yer-suv islohoti jarayonida nafaqat rus kulaklari, balki mahalliy boylar ham surgun qilingan. Chunonchi, Andijon uyezd-shahar ijroqo'mining 1921 yil 17-iyundagi

hujjatida Bozorqo'rg'on tumanidan 131 ta boy-quloq surgun qilingani qayd etilgan4. 1922-yil 10-avgustda VTSIKning "Ma'muriy surgun to'g'risida"gi Dekreti qabul qilindi5. Unda hibsga olishga muqobil chora sifatida surgunning uch turi belgilandi:

a) muayyan hududlarda yashashni man qiluvchi;

b) aynan belgilangan joylarga;

v) chet elga.

Surgun muddati 2 oydan 3 yilgacha qilib belgilandi. Surgun haqidagi qaror yakka tartibda chiqarilib, surgundagilarni nazorat qilish mahalliy GPU organlariga yuklatildi. Surgundagilar ular belgilagan joylarda yashashlari va har uch kunda ro'yhatdan o't ishi ko'rsatilgan. Mazkur dekretga kiritilgan qo'shimchaga asosan NKVD huzuridagi maxsus komissiyaga ayrim toifadagi fuqarolarni majburiy mehnat lagerlariga yuborish vakolati berilgan.

Sovet Ittifoqida "paxta mustaqilligi uchun kurash" shiori ostida chetdan keltiriladigan paxtaga bo'lgan qaramlikka barham berish maqsadida qo'shimcha yerlarni o'zlashtirishga katta e'tibor qaratildi. Aholi zich hududlardagi xo'jaliklar yangi o'zlashtirilayotgan yerlarga ko'chirildi. Bu siyosat rasman ixtiyoriy, rejali va tart ibli ko'chirish deb nomlandi hamda ichki mintaqaviy xarakterga ega bo'ldi.

Ko'chirish siyosatini rejalashtirish va amalga oshirish uchun 1925 yil 10

aprelda maxsus davlat organi-SSSR MIQ huzurida Butunittifoq ko'chirish komiteti (VPK) tashkil etildi. O'zSSR MIQ va XKSning 1927 yil 21 fevraldagi "O'zSSR dohilida rejaviy muxojirot ishlarini boshlanishi to'g'risida" (Ob otkro'tii planovogo vnutri-respublikanskogo pereseleniya v

UzSSR)6gi Dekretiga asosan yerga muhtoj dehqonlarga yer ajratib berish bahonasida O'zbekistonning ichki hududlariga ihtiyoriy-majburiy ko'chirish qonuniy tusga kirdi. "Ixtiyoriylik" ko'p hollarda nisbiy bo'lishiga qaramay, bu ko'chirishni, keyingi yillardagi majburiy ko'chirishlar bilan aslo aralashtirib bo'lmaydi. Chunki, bu ko'chirish Yer ishlari Xalq komissarligi tomonidan o'zlashtirilmagan yerlarni xo'jalik oborotiga kiritish maqsadida davlat byudjetidan

3 Полян П. Не по своей воле...- С. 4. // Генис В.Л. Депортация русских из Туркестана в 1921 году («Дело Сафарова».) - Вопросы истории. - Москва,1998. - № 1. - С.44-58.

4 Шамсутдинов Р.Т. Узбекистонда кулокларнинг кулоклаштириш сиёсати ва унинг фожеали окибатлари. - Т.: Шарк,2001. - 55 б.

5 Полян П. Не по своей воле С. 4.

6 Сборник узаконений и распоряжений Правительства УзССР. Ст. № 50 - Самарканд, 1925. - С.214.

7

ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshirilgan . Shunga qaramay ichki rejali ko'chirish siyosatining moliyaviy ta'minoti yetarli darajada bo'lmadi. Shuningdek, ko'chib borganlar o'rtasida yangi joylarni o'zboshimchalik bilan tashlab ketish ommaviy tus oldi. Natijada sovetlarning ihtiyoriy rejali ko'chirish siyosati hech qanday samara bermadi. Ammo, bu tajriba izsiz yo'qolib ketmadi. Kompartiyaning yoppasiga kollektivlashtirishni e'lon qilishi arafasida, ihtiyoriy-majburiy ko'chirish siyosati zamirida P.M.Polyan ta'kilaganidek "majburiy ko'chirish va majburiy mehnatga jalb

о

qilish g'oyasi eshik qoqmoqda edi" .

Quloqlarni surgun qilish va joylashtirish bo'yicha A.A.Andreev komissiyasining 1931-yil 24-martdagi yig'ilishi(№ 3 bayonnoma)da Sredazbyuroning O'zbekistondagi G'ijduvon, Oqdaryo va Qo'qon rayonlarini yoppasiga kollektivlashtirish rayonlari deb tasdiqlash va bu rayonlar bilan birga Yangiyo'l, Mirzacho'l, Ikromov, Quva va Surxondaryo okrugining chegara rayonlaridagi boylarni surgun qilish to'g'risidagi qarorini muhokama qilib, O'zbekiston bo'yicha 750 tagacha, Turmanistonda-100, Tojikistonda-20 boy xo'jaligini rayon ichidagi kolxoz massivlaridan tashqariga ko'chirib joylashtirishni tasdiqlashga qaror qilgan9. Komissiyaning 1931-yil 31-martdagi yig'ilishida Sredazbyuroga O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondagi boy xo'jaliklarni ichki ko'chirishga ruhsat berdi. OGPU Maxfiy siyosiy bo'limining 1933-yil 19-iyuldagi xizmat varaqasida direktiv instantsiyalar qaroriga muvofiq 1933-yilning 15-20 iyunigacha O'rta Osiyodan Shortandin stantsiyasiga 500 oila-taxminan 2500 kishi10 kelib mehnat posyolkalariga qo'shilishi ko'rsatilgan bo'lishiga qaramay, surgun 1933-yilning 15-iyulidan 20-iyuligacha amalga oshirilgan11.

SSSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo'mitasining 1930-yil 4-fevralda "Quloqlarni mol-mulkini musodara qilish, surgun qilish va joylashtirish to'g'risida"gi maxfiy yo'riqnomasi asosida 1931-yil avgustida VKP(b) O'rta Osiyo byurosi va O'zKP(b) Markaziy Komiteti yoppasiga kollektivlashtirish rayonlari va boshqa rayonlardan O'rta Osiyo, xususan O'zbekistondan tashqariga dehqon oilalarini surgun qilish hamda ichki majburiy ko'chirishni o'tkazish bo'yicha o'ta maxfiy xarakterdagi to'rtta yo'riqnoma ishlab chiqdi.

Birinchisi, VKP(b) O'rta Osiyo byurosining "O'rta Osiyodan boy-quloq xo'jaliklarni surgun qilish to'g'risidagi Yo'riqnoma" bo'lib, unda O'rta Osiyo respublikalaridan tashqariga ya'ni Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilinadigan

7 Каранг. Ботирова Б. 1930 йилларда Фаргона водийси адолисини Жанубий Узбекистонга кучирилиши тарихидан. //Ватанимиз утмишидан. - Андижон, 2007. - Б. 129 - 131.

8 Полян П. Не по своей воле...- С. 60.

9 Трагедия среднеазиатского кишлака. Т.1. - С.625. ; Советская деревня глазами ВЧК-ОГПУ-НКВД. Т.3.Кн.1 М.:РОССПЭН,2003. - С. 660-661.

10 Уша жойда, -С. 475.

11 Шамсутдинов Р. Акбарова М. Шимолий Козогистонга сургун килинган юртдошлар.//Тарихнинг дасратли садифалари... - 134 б.

6000 boy-quloq xo'jaliklarni respublikalar bo'yicha taqsimoti, xo'jaliklar tarkibini aniqlash va surgun qilish tartibi belgilangan.

Ikkinchisi, "Yoppasiga kollektivlashtirish rayonlarida quloqlashtirish va quloq xo'jaliklarini surgun qilish tartibi to'g'risida Yo'riqnoma" deb nomlanib, respublikalar markazida quloqlashtirish va surgun bo'yicha VKP(b) MKning (shuning o'zi MIQning) maxsus komissiya tuzilishi, GPU organlari vakolatlari, nafaqat O'rta Osiyodan tashqariga surgun qilinayotgan, balki, 3 toifali quloqlarni ham mol-mulkini musodara qilish va respublika ichkarisida majburiy ko'chirish tartibi ko'rsatilgan.

Uchinchisi, "Yoppasiga kollektivlashtirish rayonlarida quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazish to'g'risida Yo'riqnoma" bo'lib, u "Umumiy ko'rsatmalar", "O'zbekiston SSRdan tashqariga surgun qilish tartibi", "O'zbekiston hududidagi quloq posyolkalariga surgun qilish tartibi", "Rayon hududi bo'yicha

quloqlarni surgun qilish tartibi va tarkibi (3 toifadagilar) ", "Mol - mulkni musodara

1 -)

qilish tartibi" kabi qismlarga bo'lingan .

To'rtinchisi, "Antisovet boy-quloq elementlarni yoppasiga kollektivlashtirishga kirmagan rayonlardan surgun qilish bo'yicha Yo'riqnoma" bo'lib u yoppasiga kollektivlashtirish rayonlari hisoblanmaydigan rayonlardagi bolsheviklarning agrar siyosatiga qarshi bo'lgan va sovet hokimiyatiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan boy-quloq oilalarini aynan Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilish bilan bog'liq tadbirlarni huquqiy tartibga solgan.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish zarurki, mazkur yo'riqnomalarda boy-quloq xo'jaliklarini uch toifaga bo'lish asosi saqlanib qoldi. Birinchi toifaga faol aksilinqilobiy boy-quloqlar kirgan. Ular OGPU organlari tomonidan "aksilinqilobiy faol unsurlar" bilan kurash tartibida qatag'on qilingan.

O'rta Osiyo bo'yicha boy xo'jaliklar soni aniqlanib, shulardan Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilinadiganlar xo'jaliklar limiti belgilangan.

O'rta Osiyodan Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilinishi lozim bo'lgan

1 ^

quloq oilalari miqdori

Respublikalar Hisobdagi quloq Surgun qilinishi

xo'jaliklari belgilanganlar

O'zbekiston 8346 3500

Turkmaniston 6322 1000

Tojikiston 2055 700

Qirg'iziston 1632 700

Qoraqalpog'iston ma'lumot yo'q 100

O'rta Osiyo bo'yicha 18356 6000

12 Трагедия среднеазиатского кишлака... Т.1. - С. 472 - 480.

13 Трагедия среднеазиатского кишлака...Т.2. - С.20.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda hisobda bo'lgan 8346 quloq xo'jaligidan Qoraqalpog'istonni ham qo'shganda 3600 xo'jalik surgun qilinuvchilar ro'yhatiga kiritilgan.

O'zbekiston SSRdan tashqariga surgun qilinayotgan oilalar kamida ikki oyga yetadigan oziq-ovqat, zarur kiyim-bosh, oddiy qurollar (ketmon, bolta, arra, so'yil va boshqalar), uy-ro'zg'orda ishlatiladigan buyumlar (og'ir buyumlardan tashqari) bilan ta'min etilishi kerak bo'lgan. Hunarmandchilik asbob-uskunalari, jumladan, chilangarlik, duradgorlik, temirchilik va bochka yasash uskunalarini olish ham ta'qiqlanmagan, aksincha, ularni o'zi bilan olish tavsiya etilgan. Har bir oilaga ishlab chiqarish vositalari va oziq-ovqatdan tashqari 30 pud chamasida yuk olish belgilangan va bunda yuk yumshoq idishga joylashtirilishi, yukka og'ir buyumlar, masalan, so'ri, sandiq va shu kabilar kiritish man etilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2018 y. - 78 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

"Qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish to'g'risida". (1999- yil 12-may.)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

"Qatag'on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g'risida"gi. (2001-yil 1-may.)

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

"Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to'g'risida". (1999 yil, 22 iyul.)

5. O' zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

"O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida". (2017 yil 22 noyabrdagi.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.