Научная статья на тему 'USTRUSHONA VOHASI O‘TROQ VA KO‘CHMANCHI XALQLAR O‘RTASIDAGI MODDIY-MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI BOG‘LOVCHI MAKON'

USTRUSHONA VOHASI O‘TROQ VA KO‘CHMANCHI XALQLAR O‘RTASIDAGI MODDIY-MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI BOG‘LOVCHI MAKON Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1635
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ustrushona / jeti-osor / madaniyat / keled / qurama / chotqol / qoratog‘ / szin sulola / nurota / ilono‘tti. / Ustrushona / Jeti-Osor / culture / keled / Kurama / chotqol / karatag / szin dynasty / nurota / Ilonotti.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Erbo‘tayeva O‘g‘iloy Suyunovna, O‘rmonov Husniddin Baxriddin O‘g‘li, Davronova Yulduz Ulug‘bekovna

Mazkur maqolada muallif yozma manbalarning nashrlari va ilmiy adabiyotlar asosida Ustrushona vohasi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar o‘rtasidagi moddiy-madaniy va ijtimoiy aloqalarni bog‘lovchi makon ekanligi, madaniyat almashinuvlari, shaharsozlik madaniyatining shakillanishi jarayonida o‘troq xalqlarning bir-biriga ta’sirlari taxlil qilagn va yoritib bergan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USTRUSHONA OATH RESIDENTIAL AND NOMADIC PEOPLES A PLACE THAT CONNECTS MATERIAL, CULTURAL AND SOCIAL RELATIONS BETWEEN

In this article, the author analyzes and illuminates the influence of Ustrushona Oasis on material and social relations, cultural exchanges, relations between local and nomadic peoples in the process of formation of culture of Indigenous and nomadic peoples on the basis of written sources and scientific literature.

Текст научной работы на тему «USTRUSHONA VOHASI O‘TROQ VA KO‘CHMANCHI XALQLAR O‘RTASIDAGI MODDIY-MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI BOG‘LOVCHI MAKON»

Scientific Journal Impact Factor

USTRUSHONA VOHASI O'TROQ VA KO'CHMANCHI XALQLAR O'RTASIDAGI MODDIY-MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI

BOG'LOVCHI MAKON

Erbo'tayeva O'g'iloy Suyunovna GulDU tuzilmasidagi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori

O'rmonov Husniddin Baxriddin o'g'li GulDU tuzilmasidagi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi hodimi Davronova Yulduz Ulug'bekovna o 'qituvchi E-mail: urmonov94@list. ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada muallif yozma manbalarning nashrlari va ilmiy adabiyotlar asosida Ustrushona vohasi o 'troq va ko 'chmanchi xalqlar o'rtasidagi moddiy-madaniy va ijtimoiy aloqalarni bog'lovchi makon ekanligi, madaniyat almashinuvlari, shaharsozlik madaniyatining shakillanishi jarayonida o'troq xalqlarning bir-biriga ta 'sirlari taxlil qilagn va yoritib bergan.

Kalit so'zlar: Ustrushona, jeti-osor, madaniyat, keled, qurama, chotqol, qoratog', szin sulola, nurota, ilono 'tti.

Аннотация: В данной статье автор на основе письменных источников и научной литературы проанализировал и осветил влияние Уструшанского оазиса на материальные и социальные связи между коренными и кочевыми народами, культурные обмены, отношения в процессе формирования культуры урбанизма между коренными народами.

Ключевые слова: Уструшана, джети-осор, культура, келед, курама, чаткал, каратаг, династия сзинов, нурата, илонутти.

Abstract: In this article, the author analyzes and illuminates the influence of Ustrushona Oasis on material and social relations, cultural exchanges, relations between local and nomadic peoples in the process of formation of culture of Indigenous and nomadic peoples on the basis of written sources and scientific literature.

Key words: Ustrushona, Jeti-Osor, culture, keled, Kurama, chotqol, karatag, szin dynasty, nurota, Ilonotti.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach o'z tarixini, vatan tarixini o'rganishga aloxida e'tibor berila boshlandi. Bizga yaxshi ma'lumki xar bir halqning tarixini o'rganishda uning madaniyatini o'rganish aloxida ahamiyatga egadir. Zero prizidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek "Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o'xshash mentalitet bog'lab turadi"1. Mazkur yoritayotgan masalamizda xam aynan Ustrushona vohasi xalqlarining o'zaro moddiy-madaniy va ijtimoiy aloqalarini yoritishni maqsad qildik.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi

Tarixiy adabiyotlarda Ustrushona vohasi madaniyati va madaniyat almashinuvlari to'g'risida turlicha fikrlar mavjud. Xususan L.M. Levina o'zining (SHarqiy orol dengizi mintaqasining etnik-madaniy tarixi. M .: 1996.396 b.) kitobida geografik jihatdan uch qisimga ajratadi.

1. quyi Sirdaryoning chap sohilida, uning eski o'zaki Kuvandaryo havzasida joylashgan Jeti Osor madaniyat o'chog'i

2. Jeti-Osorning janubi sharqida Sirdaryoning chap qirg'og'ida joylashgan. Qoratog'ning shimoliy tizimlari bilan chegaralangan. O'troq Qoratog' madaniyati o'chog'i.

3. Toshkent vohasi Angren chirchiq Keled xavzasidan Qurama tog' tizmalarigacha shimoli sharqdan Pekem, CHotqol yuqori talasgacha bo'lgan katta bir hududiy lirpikda tashkil topgan Qovunchi madaniyati o'chog'i .

Uning takidlashicha ushbu 3 ta madaniyat o'chog'i qayd etilgan kulolik mahsulotlari umumiy jihatlari bo'yicha bir-biridan farq qilmaydi. Buning asosiy sababi, Sirdaryo bo'yi va uni havzasidagi cho'l dasht mavzelarini fizik-geografik xususiyatlari birligi, buning oqibatida yuzaga kelgan xo'jalik yuritish xayot tarzining o'xshashligidir.

—Qovunchi" va "O'troq Qoratog'" madaniyati rivojini uch davriy bosqichga bo'ladi. Birinchi yangi eraning boshidan III asrning oxiri yoki IV asr boshigacha ikkinchi eramizning IV-V asrlari; uchinchi eramizning VI asridan VIII asri boshigacha bo'lgan davrlar Qovunchi madaniyatining uchinchi bosqichi uchun Sug'dning Toshkent vohasiga ko'rsatgan moddiy manaviy aks tasiri xarakterlidir. Sug'dning bu tasiri memorchilikni bazi bir tarkibiy qisimlarida terrakota qolip bilan tushiriladigan naqshlar va oz darajada qo'pollik maxsulotlarida

1 Ш.Мирзиёев. Марказий Осиё давлатлари рахбарларининг иккинчи Маслахат учрашуви. Тошкент-2019 йил 29 ноябр.

Л.М. Левина Этнокультурная история Восточного Приаралья. I тысячелетие до н.э. — I тысячелетие н.э. // М.: 1996. 155-161 с.

(metall idishlarga taqlid qilib yasalgan kosagul va ekalogiyalardan tashqari) o'z ifodasini topadi.

L.M. Levina izoh berishicha Jeti Osor madaniyati o'z shakillanishi va rivojlanishida asosan ikki bosqichni eramizning I-III asrlari bilan, ikkinchi bosqichi IV-VIII asrlar bilan davrlanadi. Jeti Osor birinchi bosqichda O'rta Sirdaryo bo'yi madaniyatini kuchli tasirini ostida qoladi ikkinchi bosqichda esa aksincha o'rta Sirdaryo bo'yi madaniyati Jeti Osor madaniyati tasirini o'zida sinab ko'rdi. Bu jarayonni jeti osorliklarni Sirdaryoni yuqori oqimi tomon siljigani Toshkent vohasi qulollik maxsulotlarida yangi shakilli idishlarni dafn inshoatlarida xar xillikni paydo bo'lishi bilan bog'laydi. Uning fikricha bu aholi qatlami o'troqlashgan va qovunchi madaniyatiga mansub xalqlar bilan aralashib, qo'shilib ketgan.

Aynan ushbu masala bo'yicha fikr bildirgan M.I. Filanovich o'zining (Tashkent zarojdenie i razvitie goroda i gorodskoy kulturti. T: FAN. 1983.) O'rta Sirdaryo bo'yi moddiy-madaniyatdagi sifat o'zgarishlari Jeti-Osor tarkibiy qismlaridan avvalroq paydo bo'lganini takidlab, bu voqelik Sirdaryo regioni tarixi saxnasida paydo bo'lgan xioniy kidoriy eftaliy qabilalar bilan bog'liq ehtimoli

"5

borligini aytadi . A.Askarov va B.Axmedovlarning ("O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi" (dastlabki mulohazalar) "O'zbekiston ovozi" 1994 yil 20 yanvar.) fikricha bu davrda O'rta Osiyo xalqlarining etnik shakillanishiga ham muhim chizgilar qilindi. Tarixiy manbalarga ko'ra shimoli sharqdan YUechjlarning janubi g'arbga yurishi baktriya davlatini ag'darilishida muhim ro'l o'ynagan bo'lsa ko'chmanchilarning katta bir qabila ittifoqi O'rta Osiyoning shimoli qismlari negizidan yarim o'troq va yarim ko'chmanchi qang' davlatini barpo etishda (bu milloddan avvalgi III-II asrlar) ishtirok etishgan. Mualiflarning takidlaganlaridek O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i irqi) dastlab Sirdaryoning o'rta xavzasi rayonlarida yani Toshkent vohasi va Janubiy Qozog'istonda aniq bir antropologik tip bo'lib tarkib topgan paytda shu mavzelarda "Qovunchi madaniyati" shakillangan4.

3 М.И. Филанович. Ташкент зарождение и развитие города и городской культуры. Т: ФАН. 1983г. 177179 с.

4 А.Аскаров, Б.Ахмедов. Узбек халк,ининг келиб чик,иш тарихи (дастлабки мулохазалар) "Узбекистон овози" 1994 йил 20 январ.

544

Tadqiqot metodologiyasi

Mavzuni tadqiq etish jarayonida qiyoslash, tizimli tahlil, tavsifiylik, tarixiylik, tarixiy-qiyosiy tahlil usullari qo'llanilgan.

Izlanish muammolarini hal qilish jarayonida arxeologik tadqiqotlar natijalari, tarixchi olimlarimizning olib borgan izlanishlari, olimlar tomonidan chop etilgan materiallar, chet el arxeologlari tadqiqot natijalari, etnologlar tomonidan topilgan buyumlarning tasniflari va chop etilgan materiallar statistik asos bo'lib xizmat qiladi.

Tahail va natijalar

O'rta asrlar O'rta Osiyoning ikki xil madaniyati turmush tarziga mansub o'troq dehqon va chorvador ko'chmanchi xalqlarning moddiy madaniy xususiyatlarini yanada yaqinlashuvi, etnik jihatdan aralashuvning kuchayganligi ijtimoiy-iqtisodiy jabxalarda o'zaro tasir doirasini kengaygani bilan xarakterlanadi. Aslida bu jarayonlarning boshlang'ich nuqtasi biz o'rganayotgan davrdan ancha ilgari eramizdan avvalgi ming yillikning oxirgi asrida Sirdaryoning quyi va o'rta oqimi xavzasida vujudga kelgan o'ziga xos cho'l madaniyati muqaddimasi bilan bog'liqdir. Keyingi davrlarda O'rta Osiyoning o'troq vohalariga kuchli tasir ko'rsatgan bu madaniyatning ijodkorlari Kang davlati aholisi kang'arlar bo'lsa ajab emas. CHunki turkiy zabon xalqlarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga yoyilishi ana shu madaniyat izlari bilan bog'liqligi kuzatilmoqda.

Ma'lumki, yangi eraning III - IV asrlarida cho'l xalqlarining "buyuk ko'chish davri" boshlanadi va buning natijasida O'rta Osiyoning katta hududiy birliklariga yangi aholi turkumlari kirib kelgan va ommaviy tarzda o'troqlashgan. SHuningdek, bu davrda Szin sulolaviy yilnomasining xabariga ko'ra Kangiy o'z markaziy qarorgohini Sirdayo sohilidan janubga Sug'dga ko'chirgan "buyuk ko'chish" Kangiy qarorgohi joyini janubga o'zgar tirilishi vaqti tarix sanasida kidariy xioniy eftaliylarni shaydo bo'lgan vaqt bilan hamda O'rta Sirdaryo xalqlari madaniyatini qo'shni regionallarga tasir doirasini kuchayganligi bilan dearli bir vaqtda sodir bo'lgan jarayonlardir5. Bu esa mazkur elat va qabilalarni etnik tarkibi qon qardoshlik urug'doshlik iplari bilan bog'langanligi ehtimoli borligini bildiradi.

Darhaqiqat, arxealogik materiallarni taxlili ham milodiy II-III asrlardan boshlab "Qovunchi madaniyati "ning tasiri dastlab chegaradosh Ustrushona va Farg'ona vodiysiga keyinroq Sug'dning markaziy rayonlariga tarqalganligini ko'rsatadi. Milodiy IV-V asrlarda esa "Qovunchi madaniyati"ga tegishli moddiy madaniy namunalari Buxoro vohasida Qashqadaryoda xatto Surxandaryo

5 Грицина А.А. Уструшанские были. T., 2002 г. 73 с.

yodgorliklarida ko'plab uchraydi. IV-V asrlarda Buxoro vohasining shimoli g'arbiy mavzeylarida bu o'lkaning qadimgi an'anaviy madaniy merosidan tubdab farq qiluvchi " Qonunchi madaniyati "ga o'xshash yangi arxealogik madaniyat tarkib topdi. Bu arxealogiyada "Qizilkir madaniyati "nomi bilan qayd etildi6.

Ushbu tarixiy jarayonlar biz tadqiq etayotgan Sangzor vodiysida bu davrlarda qanday kechdi? Malumki, xo'jaligi va turmush tarzi Sangzor suv manbai asosidagi o'troq dehqonchilikka asoslangan Ustrushonaning shimoli -g'arbiy sarhadlarini tasarrufiga olgan Jizzax vohasining geografik o'rni chorvador xalqlar bilan eng yaqin kontakt mavzeini talqin qiladi. Muhim o'troq xayot bir muncha keng qaror topgan keyingi davrlarda ham Xasr mualiflari bu hududlarni "chegara manzeyi " deb atashgani bejiz emas. Darhaqiqat, vodiyni shimol, shimoli - g'arb va sharq tomondan cho'l dunyosi vaqiflari ko'chmanchi kabilar janubdan Molguzar, g'arbdan Nurota tizmalari o'rab turganini xisobga olsak, Jizzax vohasi ko'chmanchilar uchun eng qulay, beminnat aloqa makoni bo'lib xizmat qilishi mumkin edi.

Arxealogik tadqiqotlarni ko'rsatishicha chunxalik bu imkoniyatdan to'la darajada foydalangan. Shuningdek Jizzax vohasi qadimdan Sug'd uchun muhim xarbiy strategik ahamiyatga ega bo'lgan sharqiy darvoza vazifasini o'tagan. Vohani bu xususiyatlarini to'la anglagan YA. Gulamov haqli ravishda etirof etganidek "SHosh va Frg'ona" cho'llaridan So'g'dga talonchilik yurishlarini amalga oshirgan ko'chmanchilar faqat 2 yo'l orqali Jizzax Ilono'tti darasi bilan Zarafshon vohasiga Jizzax Nurota orqali Buxoro va Karmanaga chiqishgan.

"Qizilqir madaniyati" sohiblari O'rta Sirdaryo bo'yida Jizzax orqali o'tadigan yo'l Jizzax Nurota Buxoro yo'nalishida tarqalgan degan fikrdamiz. SHuningdek, Jizzax vohasining shimoli - g'arbiy sarxadlari orqali o'tgan, rivojlangan o'rta asrlarda juda serqatnov bo'lib, Buxoroni Nurota orqali Toshkent va o'tror bilan bog'lagan tranzit karvon yo'li negizida ham ilk o'rta asr yodgorliklari yotadi. Bu yo'lni tadqiq qilgan N.B. Namsieva fikricha o'rta asrlarda Nurota tog'ining shimoliy va bag'ri bo'ylab o'tgan yo'l Tuzkon yo'li atrofida keskin shimoli-sharqqa burilishi va masofani ancha qisqartirgan holda sirdaryo sohiliga chiqqan. Muallif tomonidan tuzilgan yodgorliklar xaritasi Dunyotepa, Qoratepa kabi ilk o'rta asr obidalari bizni shunday fikrlashimizga turtki beradi. Demak mutaxasislar tomonidan to'la etirof etilgan ko'chmanchilarning So'g'dga tasiri avvalo Jizzax vohasi orqali amalga oshirilgan. Qizilqir moddiy madaniyatini asosiy xususiyatlarini belgilovchi burama shohli qo'chqor

6 A.AcrçapoB. Y36eKMcraH Tapwxw. T., "YK^TyBHw", 1994, 16 6.

546

Scientific Journal Impact Factor

xaykalchalari quvursimon tana ustiga o'rnatilgan kosa shaklidagi isiriqdonlar bizni ixtiyorimizdagi shimoli -g'arbiy Ustrushonaning shu xildagi ashyolari bilan aynan muqoyasaviy va davriy taxlilga kirishadi. Bu omil Jizzax Qizilqir madaniyatlarini bir manbadab turtki olganini va bir davrda tarqaganini yorqin nishionasidir.

Tadqiqotlarimizga ko'ra ko'chmanchi cho'l madaniyatini Sirdaryo va Jizzax vohasiga tasiri umumiy aloqa mezonlari va moddiy madaniy almashuvlarni davriy jihatdan ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich eramizning IV-VI asrlari bilan belgilansada uning negizida ancha qadimgi o'ziga xos maxaliy madaniyat asoslari yotadi. Havos va Zomin yodgorliklarida qayd etilgan arxialagik va ilk antiq davr qatlamlari . Qaliyatepa strategrafiyasi bergan eramizdan avvalgi II-I asr materilllari bizni shunday mushohada qilishga undaydi. Lekin, ushbu tadqiqotlar taxliliga ko'ra shimoli-g'arbiy Ustrushona aholisi O'rta Osiyo xalqlarining barcha tarixiy voqeligi jarayonlarida qatnashgan va unga daxldor bo'lgan. Bunga shimoli - g'arbiy Ustrushona tarixi moddiy - madaniyati rivoji bosqichlari bilan O'rta Osiyoning boshqa madaniy mintaqalari madaniyati bosqichlari o'rtasidagi davriy xamoxanglik va munoisiblik xususiyatlari shohidlik beradi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon bosqichlariga munosib qarshilik ko'rsatgan Ustrushonaliklar tarixning keyingi bosqichlaridagi Yunon - Bakteriya Kushon davlatlari tarkibidan chetda qoldi. Bu ham Ustrushonani xususan keyingi davrlar madanoyati uchun ma'lum manodagi o'ziga xoslikni saqlab qolgan. Eramizning III -IV asrlarida bevosita va bilvosita cho'l madaniyati aholisini kutib olgan shimoli - g'arbiy Ustrushonaliklar ehtimol o'rta osiyo xalqlarining IV-VI asrlardagi turli harakat ko'chishlarida ishtirok etishgan. Bu jarayonlarning barchasi Sangzor vodiysida o'troq dehqonlar va ko'chmanchi chorvadorlkarning chambarchas bog'liqligi asosida muayyan o'ziga xos madaniyat namunasi vujudga keldi : bu o'rinda shimoli - g'arbiy Ustrushona madaniyati ahvoli ushbu davrdagi Farg'ona vodiysi moddiy-madaniyatiga juda o'xshab ketadi.

Ustrushona vohasi hududida o'tkazilgan va o'tkazib kelinayotgan arxealogik va etnografik tadqiqotlar bo'yicha quyidagi xulosalarni qilish mumkin:

1. O'rta Osiyoning bir qancha tarixiy madaniy vohalari kabi Ustrushona vohasida ham qadimdan sug'orma dehqonchilikka asoslangan o'troq xayot qaror topgan. Bunga vohaning tabiiy iqlim sharoiti, qulay geografik joylashuvi sabab bo'lgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

2. Mustaqillik yillarda o'tkazilgan arxealogik tadqiqotlarda vohaning sug'orma dehqonchilik mavzelari aniqlandi, irrigatsiya shahobchalarining xususiyatlari o'rganildi, voha dehqonchiligi tarixiga bir qator ilmiy yangiliklar qilindi. Izlanishlarning ko'rsatishicha, vohada shahar madaniyati paydo bo'lgandan so'ng sug'orma dehqonchilik sohasi rivojlanishi kuchaydi.

3. Qazuv-tadqiqotlari asosida Ustrushona vohasida shahar xayoti va turmush tarzi O'rta Osiyodagi mavjud qadimgi shahar hamda madaniy vohalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, maxaliy iqlim sharoiti va geografik omillar asosida, taraqqiyotining O'rta Osiyoga xos yaxlitligini o'zida mujassam qilgan holda yuzaga kelganligi va shakillanganligi isbotlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1. SH.Mirziyoyev. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi. Toshkent-2019 yil 29 noyabr.

2. A.Asqarov. Eng qadimiy shahar T:, "Ma'naviyat" 2001 y. 24 b.

3. А.А. Грицина, С.Д. Мамаджанова, Р.С. Мукимов Археология, история и архитектура средневековой Уструшаны - Самарканд: МИЦАИ, 2013. - 240 с.

4. А.А.Грицина. Археологические памятники Сырдарьинской области. Ташкент: Фан. 1992 г. 70 с.

5. Jabborov I.M. «Uzbek xalki etnografiyasi». T., "O'qituvchi" 1994 y. 320 b.

6. Kabirov J., Sa'dullaev A. «Urta Osiyo arxeologiyasi» T., "O'qituvchi" 1990 y.

7. Л.М. Левина Этнокультурная история Восточного Приаралья. I тысячелетие до н.э. — I тысячелетие н.э. // М.: 1996. 396 с.

8. Н.Н.Негматов. Уструшана в древности и раннем средневековье. Сталинабад, 1957 г. 22 с.

9. Воронина В. Л., Негматов Н. Н. Открытие Уструшаны.//Наука и человечество. - 1975. - Сборник. - М.: Знание, 1974. - С. 51-71.

10. Ма Буап. Farg'ona 1агк1гав1. Тапх1у хойга1аг ("24 tarix" О'йа Ов1уо§а о1ё та1епа11аг to'plami) . ИгитсЫ, 1989 у. 527 Ь.

160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.