Научная статья на тему 'QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)'

QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

950
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kollektivlashtirish / qatagon qurbonlari / quloqlar / surgun / NRVD uchligi / xotira / collectivization / victims of repression / ears / exile / NRVD trio / memory

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Movluda Sahobidinnova

Maqolada mamlakatimizda Sovet davlatining olib borgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, asosiy e’tibor Tosjkent viloyatida nohaq qatag’on qilingan qurbonlar taqdiriga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FATE OF THE VICTIMS OF REPRESSION (On the example of Tashkent region)

The article provides information on the policy of repression pursued by the Soviet state in our country and its consequences, focusing on the fate of the victims of unjust repression in Tashkent region.

Текст научной работы на тему «QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)»

QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI

MISOLIDA)

Movluda Sahobidinnova

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatimizda Sovet davlatining olib borgan qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, asosiy e'tibor Tosjkent viloyatida nohaq qatag'on qilingan qurbonlar taqdiriga qaratilgan.

Kalit so'zlar: kollektivlashtirish, qatagon qurbonlari, quloqlar, surgun, NRVD uchligi, xotira

THE FATE OF THE VICTIMS OF REPRESSION (On the example of Tashkent region)

Movluda Sahobidinnova

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article provides information on the policy of repression pursued by the Soviet state in our country and its consequences, focusing on the fate of the victims of unjust repression in Tashkent region.

Keywords: collectivization, victims of repression, ears, exile, NRVD trio, memory

KIRISH

El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo'lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yorqin o'tmishdagi yopiq sahifalarni to'la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo'lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz.

Tariximizning qora kunlari, surgun, fojiali oqibatlarga olib kelgan ommaviy qatag'on siyosati, XX asrning 20-30 yillarida sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan kollektivlashtirish siyosati va uning oqibatlari va quloqlar surgunini birgina Toshkent viloyati misolida olsak ham ko'pgina narsalarga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ko'plab nohaqliklar sabab ular oilasidan, vatanidan va o'z erkidan ham ayrilishdi. Begunoh insonlar taqdiri hech kimni qiziqtirmadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tariximizning bu sahifalari bo'yicha ko'plab tarixiy, badiiy asarlar yaratilgan, tadqiqotlar olib borilgan. Aynan shu qatag'on qurbonlarini aniqlash, ularning taqdirini o'rganish borasida mamlakatimizda samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada R.T.Shamsutdinov rahbarligida NKVD "uchligi" qarori bilan qatag'on qilinganlarning arxiv ma'lumotlaridan iborat 5 ta kitobning nashr etilishini alohida ta'kidlash kerak. To'plamning birinchi kitobi "O'zbekistonda qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish" bo'limi bilan boshlangan.

Ikkinchi kitobning "Qatag'on dahshatlari" deb nomlangan birinchi bobida sovet hokimiyatining O'zbekistondagi ommaviy jarayonlari yoritilgan. "Uchlikning mudxish hukmlari" deb nomlangan ikkinchi bobiga O'zSSSR NKVD "uchligi"ning 1937 yil 10 avgustdan 5 noyabrgacha bo'lib o'tgan 20 ta yig'ilishi bayonnomasi kiritilgan, jumladan, 1937 yil 3 noyabrdagi 30-bayonnomasida Toshkent viloyatida qatag'on qilinganlar to'g'risida arxiv materiallari asosida ilmiy ma'lumotlar keltirilgan.

MUHOKAMA

O'zSSSR IIXK Bekobod rayon bo'limi taqdim qilingan 5176-sonli ish bo'yicha Bekmurodov G'oyibnazar (1875 y. t., Bekobod rayoni Bekobod qishlog'idan, bezorilik va bosmachiligi uchun 2 marta sudlangan, xibsga olingan vaqtda aniq mashg'uloti bo'lmagan) otuvga hukm qilingan. Bir necha marotaba bezorilik va bosmachilikda, kolxozchining hayotiga qasd qilganlikda va xalq sudyasini kaltaklaganlikda ayblangan.

"O'rta osiyo qishlog'i fojiasi: kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun 19291955 yillar" nomli arxiv hujjatlari va materiallari to'plamida O'rta Osiyo respublikalari, jumladan, O'zbekiston va uning viloyatlarida amalga oshirilgan agrar va qatag'on siyosatida jabr-zulm ko'rgan taniqli partiya davlat va jamoat arboblari, rahbar hodimlar, ziyolilar, ma'orif hodimlari, qishloqdagi dehqon fojealari, mahsus lagerlarning iqtisodiy, ijtimoiy holati kabi masalalar arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan. Jumladan:

- Toshkent viloyati Yangiyo'l rayonida 81 ta quloq xo'jaligi 3-toifa bo'yicha ko'chirilganligi;

- ko'chirilgan xo'jaliklarda 98 ta mehnatga yaroqli erkaklar bo'lganligi;

- ko'chirilganlarga 100 gektar yer ajratilganligi;

- posyolkada turar joylar qurish boshlanganligi;

- madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish va oziq-ovqat taminoti yo'lga qoyilmaganligi kabi ma'lumotlar e'tiborga loyiq.

Qatag'on davri qurboning shu kecha-kunduzda hayot bilan farzandi Abdulaxad Madalimov shu haqda, umuman, otasining hibsga olinish voqeasi tog'risida bunday hikoya qiladi:

"O'n besh kishidan iborat katta oilaning sohibi - otamiz Abdulhay Madalimov 1873 yilda tavallud topgan. 1931 yilning 30 avgustida Toshkent viloyati Ko'ylik qishlog'ida tuzilgan "Ворошилов" jamoa xo'jaligida ishlab yurgan paytlarida to'satdan daladan qo'llari orqasiga bog'langan holda uyimizga olib kelindi. Hech qanday aybi bo'lmaganiga qaramay, uy joyimiz, mol mulkimiz, yer-suvimiz musodara etilib, butun oilamiz yrtimizdan quvildi-da "quloq" bo'lib qoldik".

Abdulhay Madalimovning 9 kishidan iborat oilasi 1931 yil sentabridan 1944 yil oktyabriga qadar Skadovsk tumanidagi Yastrebovo qishlog'ida Ukrainka SSR NKVDsi maxsus komendaturasining nazorati ostida yashadi va paxtachilik bilan shug'ullanadi. Oila boshlig'i 1937 yil 20 sentabrda o'sha yerda vafot etdi. Abdumavlon Stalingrad bo'sag'asidagi janglarda qahramonlarcha halok bo'lgani uchun sobiq "quloq"lar Vatan urushida musibat ko'rgan oila sifatida 1944 yili O'zbekistonga birinchi bo'lib qaytib kelish imkoniga ega bo'ldi. Lekin, baribir, ularning manglayiga "quloq farzandi" degan tamg'a tufayli uch yasharlikda ota-onasi bilan birga surgun qilingan Malik Madalimov hatto 50-yillarning boshlarida ham ishga olinmadi.

Hatto qilayotgan ishlariga sabab ham ko'rsatishmay "quloq" tamg'asini urish, bu butun boshli oila taqdirini majruh qilish emasmi? Aybsiz aybdorlar esa bunga ko'nishga majbur edi. Mustamlakichilarning maqsadlari aniq edi. Undirilgan boyliklar evaziga o'zini tiklash, millatni esa sarson sargardonlikda azoblash, aholisi boshqa tilda gapiradigan, begona yurtlarga badarg'a etib, tomiriga bolta urib yo'q qilish uchun sharoit yaratish edi. Qaysidir ma'noda bu maqsadlari amalga oshdi ham. Chunki quloq qilinganlar ro'yhati deyarli arxivga kelib tushmagan ham. Bizga esa faqat qaytib kelganlar ma'lum.

Qaytib kelganlar orasidan Zangiota tumanidagi "Qorasuv" jamoa xo'jaligi mehnat faxriysi Tilag Omonxo'jolov o'z hayotini shunday hikoya qiladi:

"Bizning oilamiz asli Chirchiq shahridagi Niyozbek qishlog'ida yashagan. Hozirgi "Chirchiqselmash" zavodi o'rni otam Mo'yilovboy Omonjo'lovning yerlari bo'lgan. Bizning oilamizni shuningdek, pochcham Pernavoy Sotilevni 1930 yilda quloq qilib Ukrainaga jo'natishdi. Biz Xerson viloyatining Skadovsk tumanidagi 1-g'allachilik savxozi III bo'limida yashaganmiz. Oilamiz yetti jondan iborat edi. To'rt ukam Ukrainada ochlik va har xil kasallikdan, o'lib ketishdi. Ukrainaning oddiy mehnatkash xalqi bizlarga yaxshi munosabatda bo'lishgan. Otamning pochtada ishlaydigan ukrain do'sti bo'lardi. U 1937 yilda otamga "O'zbekistonlik dehqonlarni qamasharmish harakatingni qil" deydi, shundan so'ng otam O'zbekistonga qochdi.

Qama-qama boshlangach pochcham Pernavoy Sotilevni hibsga olishdi. U Xerson qamoqxonasida vafot etdi. Kim uyida namoz o'qisa, farzandini sunnat qildirgan bo'lsa, yoki uyida arabcha kitob saqlangan bo'lsa, hammasini qamashdi. Eri qamoqda yotganidan keyin ko'p o'tmay, opam ham kasalga chalinib, vafot etdilar. Ikki jiyanim onamning qo'lida qoldi. Shundan keyin onam bir o'zlari uch farzandni boqishga qiynalib, meni Novaya Mayachkadagi bolalar uyiga topshirdilar. Urush boshlangach yana onam bag'riga qaytdim. Bu paytda men voyaga yetib, mehnatga yaroqli bo'lib qolgan edim. 1942 yilda yana baxtsizlik ro'y berdi. Onam vafot etdi. O'lim to'shagida yotganlarida meni yonlariga o'qtkazib: "Ikki jiyaningni senga, seni Xudoga topshirdim", - dedi-da, gapni davom etilar - "Endi mahkam bo'l. Urush tugagach, O'zbekistonga qaytib, jiyanlaringni amakilari qo'liga olib borib topshirgin"

Men onam aytganday qildim. Urushdan so'ng Toshkentda o'qib, oliy ma'lumotli pedagog bo'ldim. Hozir nafaqaxo'rman, hayotimdan nolimayman", - deya so'zlarini yakunladi qahramonimiz.

Beshavqat mustamlakachlikning g'ildiraklari ostida ezilgan mazlumlarning ko'rgan azoblarini tog'risi eshitish ham terini jimirlatadi. Ham ma'nan, ham ruhan, ham jismonan ezilgan, ko'z ochib yumguncha nima bo'lar ekan, deya tahlikada yurgan taqdirlar hayotini shu bir hikoyada ham ko'rishimiz mumkin. Bunday oilalar soni esa minglab topiladi. Ikkinchi jahon urushidagi azob-uqubatlaridan o'zbek "quloq"larini ham jabr-zulm tortganlar, aksariyat janglarda qurbon bo'lishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida okkupatsiya qilingan hududlar, jumladan, o'zbek quloqlari yashayotgan Xerson viloyatining Skadovsk, Kahovka, Golopristan, tumanlari aholisi nihoyatda og'ir hayot kechirdi.

Skadovskda yashab, shu joydan frontga chaqirtirilgan va jangohlarda halok bo'lgan o'zbeklardan 87 tasi aniqlandi. Ularning aksariyati 1943 yilda frontga safarbar qilingan. Bu jangchilarning ko'pchiligi 4-Ukraina frontining 2- va 28- gvardiyachi armiyasi va boshqa qismlar tarkibida Ukrainani fashistlardan ozod qilish janglarida halok bo'lgan. Ular Xersons viloyatining Tsyrnin, Gornostaev, Chaplin, Kalanchak Belozer tumanlaridagi birodarlik qabristonlarida dafn qilingan. Bu janglardan omon qolganlar esa Polsha, Vengriya, Sharqiy Prussiya, Germaniya hududlaridagi janglarda halok bo'lgan. Ular orasidan Toshkent viloyatidan bo'lgan vatandoshlarimiz ham o'rin olgan.

Qo'shmurodov Joniboy - Toshkent viloyatidan 8-gvardiyachi o'qchi dviziyasi 264-gvardiyachi o'qchi, polk yefreytori. 1945 yil 8 aprelda halok bo'lgan. Kaliningradi viloyatida dafn qilingan .

Qoraboyev Karim - 1912 yilda tug'ilgan. Toshkent viloyati Bo'ka tumanidan. 2-gvardiyachi mehnatizatsiyalashgan kolonnaning 4-gvardiyachi mexanizatsiyalashgan

brigada jangchisi, 1943 yil 16 dekabrda halok bo'lgan, Tsyuruoin tumanida dafn qilingan.

Qoraqulov Abduqodir - 1918 yilda tug'ilgan. Toshkenti viloyatida yefreytor, 20-Krivorog' qo'shchi diviziyasi jangchisi. 1945 yil 17 martda halok bo'lgan.

Ular o'zlaridan "quloq", "quloq farzandi" degan tamg'ani olib tashlab, qahramon bo'lish, kindik qoni to'kilgan tuproqqa qaytish uchun jon berib, jon oldilar. Ko'pchiligi esa, fashistlarga xizmat qilishda ham ayblanishdi. Tirik qolganlarning ba'zilari yana o'z joylariga qaytarildi.

NATIJALAR

"Ajdodlar xotirasi muqaddas", - xalqimizda bu gap shiorga aylanib ulgurgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan o'n-o'n ikki yil muqaddam 1999 yil 12 may kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasidagi Farmoyishi e'lon qilingan edi. Bu tarixiy Farmoyishdan keyin ko'p o'tmay, o'sha yilning 22 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining "Vatan va xalq fidoiylaru xotirasini abadiylashtirish tog'risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar mustamlakachilik jabru-jafolarini ko'rgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish ishlarining olib borilishi dasturulamal bo'ldi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sho'rolar hukmronligi davrida O'zbekiston iqtisodiy va madaniy jihatdan mustamlakachilik rejasiga bo'ysundirilgan edi. Respublika faqat qog'ozdagina mustaqil bo'lib, amalda esa har tomonlama qaram va tobe o'lkaga aylangan. Yaqin tariximizda ro'y bergan bu kabi ayanchli voqealar bizni sergaklikka, hushyorlikka chaqiradi, shonli istiqbol, yorug' va nurli kelajak uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz ruhlarini shod qilgan holda biz yoshlarni ajdodlarimizga munosib voris bo'lishda da'vat etadi.

REFERENCES

1. Karimov.I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-T: Ma'naviyat, 2008. 98-bet.

2. Naim Karimov. Surgun. G'ofur g'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashiriyoti. -T. 2000-yil. 28-bet.

3. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

4. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

5. Тошев, Солежон Ах,матжонович. (2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353.

6. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

7. J.N. Abdurakhmanova, S.B. Jumaeva, U.K. Ismailov (2020). The Importance of Shrines in The Spiritual Life and Mentality of Uzbek People // International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24 (09) 2389- 2398.

8. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

9. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

10. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажетлп // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

11. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

12. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX - Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

13. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

14. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг окибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

15. Jabbor Usarov. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

16. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631.

17. Тошев, Солежон Ах,матжонович. (2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353.

18. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29. Vol. 63 № 2 (2020). 224-231.

19. Toshev, Solejon Ahmadjonovich.(2020). Туркияда Урта Осиё ва Узбекистан совет даври тарихи буйича тадкикот олиб борган ташкилотлар тарихидан. International European Conference Science, Research.1.76-79.

20. Н.С.Кенжаева (2020). XX асрнинг 30-йилларида помир ва унга туташ минтакаларда амалга оширилган илмий экспедицияларнинг комплекс тадкикот фаолиятига доир: ахдмияти ва узига хос хусусиятлари. FarDU ilmiy xabarlar. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.