Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O`ZBEKISTONDA EVAKUATSIYA JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR (OLIY TA'LIM MUASSASALARI MISOLIDA)'

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O`ZBEKISTONDA EVAKUATSIYA JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR (OLIY TA'LIM MUASSASALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

2032
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Evakuatsiya / institut / inventarizatsiya / auditoriya / universitet / oliy ta`lim

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismoil Salomov

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida amalga oshirilgan evakuatsiya jarayonlari (asosan, oliy o`quv yurtlari va ilmiy tashkilotlar) haqida ma`lumot berilgan. Evakuatsiya jarayonlarida vujudga kelgan muammolar va ularning bartaraf etilishi, ko`chirib keltirilgan oliy ta`lim muassalari va tashkilotlari uchun o`quv binolari va talabalar turar-joylarining ajratilishi, o`quv jarayonlarining urush talablari asosida qayta qurilganligi, ko`chirilgan oliy ta`lim muassalarining mahalliy oliy o`quv yurtlari bilan birlashtirilishi haqidagi ma`lumotlar arxiv materiallari yordamida ochib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O`ZBEKISTONDA EVAKUATSIYA JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR (OLIY TA'LIM MUASSASALARI MISOLIDA)»

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA OZBEKISTONDA EVAKUATSIYA JARAYONLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR (OLIY

TA'LIM MUASSASALARI MISOLIDA)

Ismoil Salomov

Qarshi davlat universiteti doktoranti ismoilsalomov6661@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida amalga oshirilgan evakuatsiya jarayonlari (asosan, oliy o'quv yurtlari va ilmiy tashkilotlar) haqida malumot berilgan. Evakuatsiya jarayonlarida vujudga kelgan muammolar va ularning bartaraf etilishi, ko'chirib keltirilgan oliy talim muassalari va tashkilotlari uchun o'quv binolari va talabalar turar-joylarining ajratilishi, o'quv jarayonlarining urush talablari asosida qayta qurilganligi, ko'chirilgan oliy talim muassalarining mahalliy oliy o'quv yurtlari bilan birlashtirilishi haqidagi malumotlar arxiv materiallari yordamida ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Evakuatsiya, institut, inventarizatsiya, auditoriya, universitet, oliy talim

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, urush har doim insoniyat uchun talofatlarga boy bo'lgan jarayon bo'lib kelgan. Unda kimdir ozodligini, kimdir o'z Vatanini, yana kimdir o'z oilasini, farzandlarini, yo'qotadi. Inson paydo bo'lgandan beri sodir bo'lgan urushlar uchida eng katta talofat keltirganlari, albatta, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridir. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi sodir bo'lgan hududlarda mahalliy aholi vakillari anchagina og'ir sinovlarni boshidan o'tkazdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

1941-yil 22-iyunda xoinlarcha Gitler Germaniyasining SSSR hududiga bostirib kirishi (1939-yil 23-avgustda bu ikki davlat o'rtasida 10 yilga mo'ljallangan "O'zaro hujum qilmaslik to'g'risida" bitim bo'lishiga qaramasdan1) oqibatida urush harakatlari SSSR hududiga va uning tarkibida mavjud bo'lgan davlatlarga ko'chadi .

11939-yil 23-avgustdan 24-avgustga o'tar kechasi tuzilgan Germaniya va SSSR o'rtasida "O'zaro hujum qilmaslik to'g'risida"gi pakt "Molotov-Ribbentrop pakti" nomi bilan ham tanilgan

2 Мельтюхов М.И. Упущенный шанс Сталина. Советский Союз и борьба за Европу: 1939-1941. — М.: Вече, 2000. Ст-12 '

April, 20221

® О

©

ф'

91

Juda qisqa vaqtda mamlakat hayotini urush talablariga moslashtirish, deyarli barcha sohani g'alaba uchun safarbar etish uchun SSSR va uning tarkibida mavjud bolgan 15 ta respublikadagi barcha salohiyatli kadrlar, jumladan, olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislarning yetuk aqliy salohiyatlaridan keng foydalanildi. Ana shu suronli yillarda SSSR intellegensiyasini saqlab qolish, ishlab chiqarish sanoatini dushmanga boy bermaslik, fan-texnika yutuqlarini va uning rivojini asrab qolish uchun evakuatsiya, yani urush sodir bolish xavfi past bolgan hududlarga ularni ko'chirish ishlari amalga oshirildi.

"Sizlarga malumki, keyingi yillarda xalqimizning buyuk Galabaga qo'shgan ulkan hissasini har tomonlama o'rganish va targ'ib etish bo'yicha yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ilgari yopiq bolgan arxiv hujjatlari ochilgani, sobiq Ittifoq respublikalari va chet eldagi arxiv tashkilotlari, muzey va fondlar, olim va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaygani muhim ahamiyatga ega bolmoqda.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Ikkinchi jahon urushi to'g'risidagi bor haqiqatni aniqlash va xalqimizga yetkazish, ajdodlar xotirasini abadiylashtirish bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz kerak. Yurtimizdagi har bir qishloq, mahalla va talim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar, keng jamoatchiligimiz urush ishtirokchilariga doir materiallarni to'plash va targ'ib etishda yanada faol ishtirok etadilar, deb ishonaman. Ayniqsa, zamonaviy ilm-fanlarni, xususan, milliy tariximizni katta qiziqish va mehr bilan o'rganayotgan yoshlarimizdan bu borada

"3

yangi tashabbus va harakatlarni kutib qolamiz" .

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Urushning dastlabki bosqichida, O'zbekistonga evakuatsiya qilingan oliy talim muassasalari va tashkilotlar haqida malumotlar quyidagicha:

1. Moskva arxitektura instituti Ozbekiston hududiga evakuatsiya qilinib, tegishli institut bilan biriktirilgan;

2. Leningrad elektrotexnika instituti (32 nafar professor-o'qituvchilar, 153 nafar talabalari bilan) Orta Osiyo sanoat institutiga joylashtirilishi kozda tutilgan;

3. Leningrad qurilish-muhandislik instituti (27 nafar professor-o'qituvchilar, 236 nafar talabalari bilan) Moskva arxitektura instituti bilan birga joylashtirilishi taxmin qilingan;

4. Leningrad toqimachilik instituti (9 nafar professor-o'qituvchilari, 102 nafar

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. T. Yangi O'zbekiston. № 94 (350), 2021-yil 10-may.

April, 2022

92

talabalari bilan) Toshkent tekstil institutiga joylashtirilishi kozda tutilgan;

5. Leningrad kino-muhandislar instituti (15 nafar professor-o'qituvchilar, 122 nafar talabalari bilan) Samarqanddagi kino-foto ilmiy-tadqiqot instituti bilan birlashtirilishi kozda tutilgan;

6. Leningrad rejalashtirish va loyihalashtirish instituti (5 nafar professor-oqituvchilar, 101 nafar talabalari bilan) Samarqanddagi Xalq xojaligi instituti bazasiga joylashtirilishi kozda tutilgan4;

7. Moskva kartografiya va geodeziya instituti, Kimyo-texnologiya instituti, Muhandislik-iqtisodiyot instituti; Toqimachilik instituti, Irrigatsiya instituti, Zootexnika va Qishloq xojaligi muhandislari instituti;

8. Odessa Sanoat va qishloq xo jaligi iqtisodiyoti muhandislari instituti, Suv transporti muhandislari instituti, Aloqa instituti;

9. Xarkov Temir yol transporti muhandislari instituti, Kimyo-texnologiya, Pedagogika, Qishloq xojaligi, Qishloq xojaligini mexanizatsiyalash institutlari;

10. Voronej aviatsiya instituti;

11. Moskva, Kiyev va Xarkov sanat institutilari va boshqalar5.

Ko'chirib keltirilgan oliy talim muassasalarini Ozbekiston hududida joylashtirish uchun tezkor choralar ko'rildi. Yani o'qituvchi-professorlar va talabalarning oz sonli qismi bilan kelgan universitetlar vaqtincha Toshkentdagi o'zlariga mos ixtisosga ega institutlar bilan birlashtirildi. Masalan, yuqorida Leningraddan ko'chirilgan institutlar ixtixosligiga ko'ra O'zbekistondagi oliy talim muassasalari bilan birlashtirilganini takidladik. Xuddi shunday boshqa oliy talim muassasalari ham shu tartibda joylashtirildi. Masalan, Kiyev sanoat instituti Orta Osiyo sanoat instituti bilan, Xarkov temir yo'l muhandislari instituti Toshkentdagi tegishli institut bilan birlashtirildi va hokazo. Qolganlari Toshkentdagi universitetlar, institutlar va ularning yotoqxonalari binolariga joylashtirildi. Bu esa qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi6. Quyida birgina Varonej aviatsiya intitutini Toshkentda joylashtirish uchun qancha hududdan joylar ajratilganligini, binolar bo'shatib berilganligini, binolarini bergan institutlarning o'zi esa 2-yoki 3-smenada o'quv jarayonini amalga oshirganligini ko'rishimiz mumkin.

Varonej aviatisiya instituti direktori prof. Fabrikant O'zSSR Xalq Maorif Komissarligi raisi Ulibeshevning so'rovnomasiga javoban, Varonej aviatsiya universiteti egallab turgan binolar haqida 1942-yil 10-iyun sanasida malumot bergan. Unga ko'ra, Varonej instituti uchun Ko'ybisheva ko'chasida o'quv binosi uchun 2958m2 yer maydoni bilan ajratilgan. Karl Marks ko'chasidagi Univermagning

4 Национальный Архив Узбекистана. Фонд-Р-837, опис-32. Ед. хр. 3516. ст-2

5 НАУз. Фонд Р-837, опис-32. Ед. хр. 3516. ст-39-40.

6 НАУз. Фонд Р-837, опис-32 Ед.хр. 3233, ст-17-19

April, 2022

93

2-qavatidan 800m2 yer maydoni berilgan boisa, Ozbekiston ko'chasidagi Moliya-iqtisodiyot instituti laboratoriya uchun 566m2, talabalar turar-joyi uchun 585m2 yer maydonini ajratadi. Talabalar turar-joyi uchun Taxtapul kochasidan 138m2, Hamza ko'chasidan 65m2, Olmazor ko'chasidan 81m2, Kommunistlar ko'chasidan 90m2, Chig'atoy ko'chasidan esa 65m2 yer maydonlari ajratilgan. Jami yer maydoni esa 5348 m2 ni tashkil etadi, shundan 4324 m2 yer maydoni o'quv binolari uchun, 1024 m2 yer maydoni esa turar-joy binolari uchun ajratilgan7.

Evakuatsiya jarayonlari ketayotgan bir pallada barcha masuliyat Ozbekiston SSR Xalq maorif komissarligi zimmasiga tushdi. Xususan, I.V Stalin nomidagi Leningrad to'qimachilik kombinatidan evakuatsiya qilinganlar uchun va yangi o'quv yili qabuli uchun qo'shimcha xonalar va binolar ajratilishi bo'yicha ishlarga Ozbekiston SSR Xalq Maorif komissarligi boshchilik qildi.

Bundan tashqari Toshkent temiryoT muhandislari instituti boshlig'i o'rtoq Petrukovinga yangi o'quv yili boshlangunga qadar evakuatsiya qilingan va yangi o'quv yilida qabul qilinadigan talabalarni joylashtirish uchun turar-joylar qurilishini tezlashtirish choralarini ko'rish takidlandi.

Ozbekiston SSR Sogliqni saqlash xalq komissarligi va shahar ijroiya qo'mitasiga Toshkent tibbiyot insitituti yotoqxonalari va evakuatsiya qilingan shifoxonalardan tashqari aholi egallab turgan binolarni zudlik bilan bo'shatish bo'yicha topshiriq berildi.

Toshkent qishloq xojligi institutiga vaqtinchalik bino berilishi rad etildi.

Irrigatsiya va mexanizatsiya institutiga bino kozdan kechirulgunga institut uchun yangi bino berilishi haqidagi savol ochiq qoldirilishi takidlandi.

I.V Stalin nomidagi Odessa un maydalash va elevator muhandislari institutiga yaxshi dars jarayonlarini amalga oshirishi uchun o'rta maktablardan 8-10 ta auditoriya taqdim etildi8.

Xarkov qishloq xojligi instituti Kattaqo'rg'on shahriga joylashtirildi9. Toshkent Moliya-iqtisod instituti10 evakuatsiya qilingalar uchun 250 o'rinli turar-joy binolari, 14 ta auditoriyasini va mamuriy boshqaruv apparati uchun 6 ta xonasini ajtratdi11. 1942-yil 9-iyunda Orta Osiyo davlat universiteti Pushkin ko'chasi, 66-uyda joylashgan energetika fakultetining 3664m2 hajmdagi yertoTasini gospital oshxonasi uchun topshirdi. Zarbdor ko'chasidagi talabalar turar-joyining 600 m2 yer maydoni Moskvadan ko'chirib keltirilgan oyna ishlab chiqaradigan fabrikaga

7 HAy3. ooha P-837, onuc-32. Eg. xp. 3516. ct-7

8 HAy3. OoHg P-837, onuc-32. Eg. xp. 3516. ct-3

9 HAy3. OoHg P-837, onuc-32. Eg. xp. 3516. ct-15

10 Bu paytda institut rektori Krasotkin edi

11 TaM xe. ct-16

® ©

April, 20221

©

O

1 9

berildi . Farg'ona viloyati ijroiya qo'mitasi 1942-yil 7-iyulda Moskva

1 "5

Sharqshunoslik instituti uchun binolar ajratish bo'yicha qaror qabul qildi .

1942-yil 3-avgustda SSSR ichki ishlar xalq qo'mitasining Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi (ГУШОСДОРА НКВД CCCP14)ning V.M. Molotov nomidagi Avtomobil yo'llari instituti Yangiyo'l tumanadagi o'rta maktablarning binolariga joylashtirildi15.

1942-yil 4-iyulda Lenin ordega ega bo'lgan Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalar instituti Qoqon shahriga joylashtirildi. Unga 40m2 lik 8 ta auditoriya va 200 o'rinli talabalar turar-joyi taqdim etildi16.

1942-yil 11-iyulda Samarqand tibbiyot institutining bo'sh joylari Moskva davlat rejalashtirish va loyihalashtirish institutiga hamda Odessa suv-transporti

1 V

muhandislari institutiga berildi .

Qayta tamirlangan Respublika oliy o'quv yurtlarining ko'pgina binolari harbiy maktablar va yarador askarlar uchun shifoxonalarga berilganligi sababli, ko'chirib keltirilgan oliy talim muassasalarini joylashtirishni yanada murakkablashtirdi. Talabalar juda tor va qiyin sharoitda tez-tez, yani ikki yoki uch smenada o'qishga majbur bo'ldilar.

1942-yil 5-mayda SSSR Xalq Komissarlari Kengashi "1942-yilda oliy o'quv yurtlariga qabul qilish rejasi va oliy o'quv yurtlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida" Farmonini chiqardi. Unga ko'ra, 1942-yilgi qabul jarayonida 1941-1942-o'quv yilida o'rta maktablarni bitirgan o'quvchilar oliy o'quv yurtlariga kirish uchun imtihonlardan ozod qilindi. Hujjatda qayd etilishicha, 1941 -1942-yilgi o'quv yilida aynan "alo" va "yaxshi" baholari bo'lgan o'quvchilargina universitetga kirish huquqini qo'lga kiritdilar.

XULOSA

Xuddi shu Farmonga binoan, Ittifoqdosh Respublikalar Xalq Komissarlari Kengashlari 1942-yil 15-maygacha "Evakuatsiya qilingan korxonalar, kasalxonalar, oliy talim muassasalari va harbiy tashkilotlarni joylashtirish uchun olib qo'yilgan o quv binolari va yotoqxonalar o rniga barcha Oliy o quv yurtlarini kerakli

1 о

yotoqxona va o'quv binolari bilan ta'minlashi kerak edi" . Universitetlarda darslarni to'xtatish, talabalar va o'qituvchilarni turli ishlarga jalb qilish, shuningdek SSSR

12 TaM же. Ст-19

13 TaM же. Ст-24

14 Ushbu tashkilot SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1936-yil 3-martdagi qarori bilan tuzilgan

15 TaM же. Ст-26

16 TaM же. Ст-29

17 TaM же. Ст-30

18НАУз. Фонд Р-837, опис-32. Ед. хр. 3516. ст-18

April, 2022

95

Xalq Komissarlari Kengashining ruxsatisiz o'quv binolarini, yotoqxonalarni inventarizatsiya qilish va jihozlarni tanlash, ularni o'zgartirish taqiqlandi.

Evakuatsiya jarayonlari tig'iz pallada tezkorlik bilan amalga oshirildi. Ozbekiston SSR ga qilingan evakuatsiya ishlari natijasida SSSR intellegensiyasining asosiy qismi va tajribali mutaxassislar qatlami saqlab qolindi. Ozbekiston hududida joylashgan oliy o'quv yurtlari va texnikumlari, o'qituvchilar tayyorlash institutlari, o'rta maktablar ozlari o'qib turgan o'quv binolari va talabalar turar-joylarini ko'chirib keltirilganlarga berib o'zbek xalqining bag'rikeng ekanligini, qiyin vaziyatda yordam qo'lini cho'zishini yana bir bor isbotladilar.

REFERENCES

1. Узбекский Национальный Архив фонд Р-837, опис-32, ед. хр. 3516.

2. Узбекский Национальный Архив. Фонд Р-837, опис-32. Ед. хр. 3233.

3. Рачинская Е.В. Народное образование в Узбекистане в годы Великой Отечественной войны. Средняя и высшая школа. Ташкент, 1963

4. Мельтюхов М.И. Упущенный шанс Сталина. Советский Союз и борьба за Европу: 1939-1941. — М.: Вече, 2000.

5. Воскобойников Э. А. Узбекский народ в годы Великой Отечественной войны Т., 1947

6. Yangi Ozbekiston. № 94 (350), 2021-yil 10-may

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.