Научная статья на тему 'XORAZMDA OLIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRILISHI BOSQICHLARI'

XORAZMDA OLIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRILISHI BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
184
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fakultet / kafedra / axborot-kommunikatsiya / ilmiy–metodologik seminar / bakalavr / magistr / axborot-resurs markazi / aspirantura / elektron o‘quv baza / masofaviy o‘qitish texnologiyasi / faculty / department / information and communication / scientific-methodical seminar / bachelor / master / information resource center / graduate school / e-learning database / distance learning technology

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hurmat Matnazarovich Eshchanov

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida oliy ta’lim tizimining shakllanish bosqichlari,viloyatda oliy ta’lim muassasalarining shakllanish jarayonlari va faoliyati,oily ta’lim tizimini rivojlantirish soxasidagi islohotlar keng ilmiy jihatdan tahlil qilingan.Bundan tashqari, ushbu maqolada Urganch davlat universitetining shakllanishi,universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar faoliyati,universitetda tashkil qilingan kafedralar faoliyati va talabalar soni,universitetning xorijn ning nufuzli mamlakatlari bilan oliy ta’lim soxasidagi faoliyat almashinuv jarayonlari chuqur o’rganilgan. Ushbu maqolada muallifning keng ilmiylika asoslangan fikr-mulohazalari keltirilgan. Tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HIGHER EDUCATION REFORMS IN KHOREZM AND THE STAGES OF THEIR IMPLEMENTATION

This article provides a comprehensive scientific analysis of the stages of formation of the higher education system in Khorezm region,the processes and activities of the formation of higher education institutions in the region,reforms in the development of higher education.In addition,this article examines the formation of Urgench State University,the activities of professors and teachers at the university,the activities of departments and the number of students,the exchange of activities in the field of higher education with prestigious foreign countries.The article presents the author’s extensive scientific-based comments.References have been made to scientific sources that serve to uncover the essence of the study.

Текст научной работы на тему «XORAZMDA OLIY TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRILISHI BOSQICHLARI»

XORAZMDA OLIY TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRILISHI BOSQICHLARI

Hurmat Matnazarovich Eshchanov

Urganch davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida oliy ta'lim tizimining shakllanish bosqichlari,viloyatda oliy ta'lim muassasalarining shakllanish jarayonlari va faoliyati,oily ta'lim tizimini rivojlantirish soxasidagi islohotlar keng ilmiy jihatdan tahlil qilingan.Bundan tashqari, ushbu maqolada Urganch davlat universitetining shakllanishi,universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar faoliyati,universitetda tashkil qilingan kafedralar faoliyati va talabalar soni,universitetning xorijn ning nufuzli mamlakatlari bilan oliy ta'lim soxasidagi faoliyat almashinuv jarayonlari chuqur o'rganilgan. Ushbu maqolada muallifning keng ilmiylika asoslangan fikr-mulohazalari keltirilgan. Tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: fakultet, kafedra, axborot-kommunikatsiya, ilmiy-metodologik seminar, bakalavr, magistr, axborot-resurs markazi, aspirantura, elektron o'quv baza, masofaviy o'qitish texnologiyasi

HIGHER EDUCATION REFORMS IN KHOREZM AND THE STAGES OF

THEIR IMPLEMENTATION ABSTRACT

This article provides a comprehensive scientific analysis of the stages of formation of the higher education system in Khorezm region,the processes and activities of the formation of higher education institutions in the region,reforms in the development of higher education.In addition,this article examines the formation of Urgench State University,the activities of professors and teachers at the university,the activities of departments and the number of students,the exchange of activities in the field of higher education with prestigious foreign countries.The article presents the author's extensive scientific-based comments.References have been made to scientific sources that serve to uncover the essence of the study.

Keywords: faculty, department, information and communication, scientific-methodical seminar, bachelor, master, information resource center, graduate school, e-learning database, distance learning technology

Mustaqillik arafasida Xorazmda yagona oliy o'quv yurti hisoblangan Xorazm davlat pedagogika instituti asosan o'qituvchi kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga

oshirib kelmoqda edi. 1935 yilda o'qituvchilar tayyorlash instituti sifatida tashkil etilgan ushbu ta'lim muassasasi sharafli yo'lni bosib o'tdi. 1944 yilda o'quv yurtiga pedagogika instituti maqomi berildi. 1991-1992 o'quv yilida Xorazm davlat pedagogika institutida 4800 nafar talabalar saboq oldilar va ularning 2900 nafari kunduzgi va 1900 nafari sirtqi bo'limlarda o'qidilar. Institutga har yili o'rtacha 1000 talaba qabul qilinardi .Istiqlol yog'dulari yog'ilgan davrgacha ham Xorazmda Toshkentdagi oliy o'quv yurtlarining bo'limlari ochilgandi. Ular orasida Toshkent qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiya instituti Urganch filiali, Toshkent xalq xo'jaligi institutining Xiva shahridagi bo'limi bor edi.

Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga asosan Urganch Davlat universiteti tashkil etildi. O'quv muassasasining mavqei oshganligi sababli endilikda pedagogika yo'nalishi bilan bir qatorda injener-texnika, ximiya-texnologiya, arxitektura va qurilish, iqtisodiyot kabi yangi fakultetlar ochildi. Xorazmda amalga oshirilgan keng ko'lamli tadbirlar natijasida talabalar soni keskin ravishda oshib bordi. Jumladan, 1992 yilda Oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan 7460 talabaga 506 professor-o'qituvchilar (21 fan doktori, 18 professor, 171 fan nomzodi, 4 akademik, 48 dotsent) 32 mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha saboq bergandilar. SHu bilan bir qatorda mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida 11, 5 ming xorazmlik yigit va qizlar ta'lim olardilar. 1995-1998 yillarda universitet tarkibida Toshkent iqtisodiyot universiteti va Toshkent tibbiyot institutining Urganch filiallari faoliyat ko'rsatdi. Keyinchalik "Tibbiyot markazi" mustaqil bo'lib chiqqan bir sharoitda, iqtisod universitetining bo'limi URDU iqtisod fakulteti sifatida o'z faoliyatini davom ettirdi. 2008-2009 o'quv yilida Urganch Davlat universitetida jami 7894 nafar talaba tahsil oldi. SHundan 5320 nafari kunduzgi, 2426 nafari sirtqi bo'limda, 148 nafari magistrantlar edi. O'quv dargohidagi 10 ta fakultet, 35 ta kafedra, maxsus sirtqi bo'limi faoliyat ko'rsatdi. Professor-o'qituvchilar soni 420 nafar bo'lib, ularning 55 nafari o'rindoshlik asosida ishladi. Universitet o'qituvchilari orasida 1 nafar akademik, 18 nafar fan doktori va professorlar, 158 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 146 nafari katta o'qituvchi, 202 nafar o'qituvchilar bor edi. Universitetda 3 ta talabalar turar joyi bo'lib, ularda 700 ga yaqin yoshlar joylashtirildi. Ma'naviyat xonalari (yangi kitoblar, gazeta, jurnallar, televizor mavjud) yuvinish, gigiena, sport xonalari, kompyuterlar ishlab turdi.

Oshxona, yuvinish xonalari, kutubxona talab darajasida tashkil qilindi. 2014 -2015 o'quv yilida universitet tarkibida jami 8 ta fakultet va 30 ta kafedra bo'lib, ularda bakalavriatning 56 yo'nalishi, magistraturaning 13 mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlandi. Professor- o'qituvchilar soni jami 517 nafarni tashkil qilib, shundan 493 tasi asosiy shtatda, ulardan 12 nafari fan doktorlari, professorlar, 138 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 2 nafari chet elda yoqlagan; 367 nafar katta o'qituvchilar va assistent o'qituvchilardan iborat. 2015/16 o'quv yili universitetda 6950

talaba ta'lim oldi, 112 magistr, 8 doktorant ilmiy faoliyat olib bordi, 480 dan ortiq o'qituvchi, jumladan, 1 ta O'zbekiston FA akademigi, 21 fan doktorlari, 240 ga yaqin fan nomzodi va dotsent ishladi. Tashkil bo'lgandan to 2016 yilgacha 40 mingga yaqin mutaxassis tayyorlandi.Istiqlol sharofati bilan, 1992 yil 28-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov "YAngi oliy o'quv yurtlarini tashkil etish to'g'risida"gi PF-356-sonli Farmonga imzo chekdi. Ochilishi rejalashtirilgan 16 ta universitet va bir nechta boshqa oliy o'quv yurtlari qatorida I-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch bo'limi ham bor edi.

Ushbu ishni bajarishni ta'minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi 125-sonli qarori qabul qilindi. 1993-1994 o'quv yilida filial tarkibida "Pediatriya" fakulteti tashkil etildi va uning 2-3-bosqichlari Toshkent va Samarqand shaharlaridagi tibbiyot institutlarida tahsil olayotgan yoshlar hisobidan to'ldirildi. 1994-1995 o'quv yilida bo'limda o'qish istagini bildirib ariza bergan 870 abiturientdan 110 nafari qabul qilindi hamda talabalarning umumiy soni — 453 nafarga etdi. 2012-2013 o'quv yilida fakultetni bitirib, imtiyozli diplom olgan talabalardan 9 (62 %) nafari respublikaning turli tibbiyot oliygohlarining magistraturasiga va 5 (38 %) nafari klinik ordinaturasiga kirdilar. 2013-2014 o'quv yilida fakultetda 483 talaba tahsil oldi. Ularning 59 (12, 2 %) nafarini dekanat tarkibiga kiritilgan tibbiy pedagogika kasbiy yo'nalishi vakillari tashkil qiladi. 2014-2015 o'quv yilida "Davolash" fakultetida 385 nafar, "Pediatriya" fakultetida 378 nafar, "Oliy hamshiralik ishi" yo'nalishida 101 nafar, "Tibbiy pedagogika" yo'nalishida 77 nafar talaba tahsil oldi. 1994 yildan boshlab filialda klinik ordinatorlarni tayyorlash ishlariga kirishildi. SHu yili yili grant asosida 16 nafar, 1995 yilda — 4, 1996 yilda — 4, 1997 yilda — 9, 1998 yilda — 12, 1999 yilda — 12, 2001 yilda — 21 va 2002 yilda 17 oliy ma'lumotli vrachlar ordinaturada tahsil oldilar. 1998-2002 yillar oralig'ida 19 nafar vrachlar kontrakt asosida klinik ordinaturani tugatdilar. Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialida 2017-2018 o'quv yilida 200 talaba shartnoma asosida, 61 talaba esa davlat grantlari asosida o'qishga qabul qilindi. SHu o'quv yilida 85 talaba shartnoma asosida, 56 talaba davlat granti asosida oliygohni bitirgan. Oliy ta'lim muassasasida ta'lim olayotgan talabalarning 35, 9 foizi qiz bolalar, 64, 1 foizini esa o'g'il bolalar tashkil qilgan. Oliygohni 2017 yilda bitiruvchilarning 141 tasi o'g'il bolalar, 73 tasi qiz bolalardir. 2017 yilda oliygohda 12 ta fan nomzodi, 2 ta dotsent ilmiy faoliyat olib borgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tsxnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi "Axbopot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq Toshkent aloqa instituti axborot texnologiyalar universitetiga aylantirildi.

Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 17 iyundagi 130-sonli buyrug'i bilan universitetning Urganch filiali tashkil etildi. Filialga viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi binosi ajratildi hamda UrDUning "Informatsion texnologiyalar" fakulteti talabalari va o'qituvchilari o'tkazildi. Dastlabki yillarda filialda Informatika va axborot texnologiyalari fakultetlari ochildi. 2007 yilda filialda 270 talaba tahsil oldi va ularga 3 ta kafedra, 7 ta o'quv laboratoriyalari xizmat qildi. 2007 yilda TATU va uning joylardagi filiallari talabalarining kompyuter dasturlari yaratish bo'yicha bellashuvida Urganch filiali talabalari mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdilar. 2008 yildan boshlab yana ikkita — telekommunikatsiya va servis yo'nalishlari ochildi. Filialda keyingi yillarda 6 nafar professor-o'qituvchilar Evropa davlatlarida, jumladan. Ispaniya, Germaniya, Belgiya, Rossiya va boshka universitetlarida malakalarini oshirib qaytishdi. Filialning asosiy shtatida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarning 75 foizi pedagogik va axborot texnologiyalari bo'yicha malaka oshirdilar. TATU Urganch filiali o'qituvchi va talabalari respublika va halqaro tadbirlarda munosib o'rinni egallab kelishdi. 2007 yil 28 oktyabrda bo'lib o'tgan dasturlash buyicha Jahon olimpiadasining (ACM 1SRS 2007-2008 Quarter finals participant) chorak final saralash musobaqalarida filialning 3 ta jamoasi yaxshi ishtirok etib, yarim final bosqichida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdilar. 2013 yil 7 noyabrda Filialning yangi o'quv binosi va talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. O'quv auditoriyalari soni 30 ta bo'lib, 750 nafar talabaga mo'ljallangandi. Laboratoriya xonalari -5 ta, lingofon va 274 ta kompyuterli sinflar soni -7 ta, ARM kitoblari fondi 16020 ta bo'ldi. Filial binosida "Elektron hukumat" o'quv markazi faoliyat ko'rsata boshladi. Mavjud kompyuterlarning barchasi internet tarmog'iga ulangandi. 2014-2015 yilidan Prezident qaroriga asosan, TATUda magistraturaning "Elektron hukumat" tizimi boshqaruvi hamda axborotlashtirish va kutubxonachilik yo'nalishlari ochildi va Urganch filialida tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Xulosa qilib aytganda,mustaqillik yillarida Xorazm viloyatida oily ta'lim tizimida ko'plab isloxotlar amalga oshirildi.Viloyatda nufuzli oliy ta'lim muasasalari,tibbiyot instituti filiallari,axborot texnologiyalari soxasida malakali kadrlar tayyorlandi. Xorazm viloyatidagi oliy o'quv yurtlarida olib borilgan o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy ishlar davr talablari asosida yo'lga qo'yildi. Natijada istiqlol yillarida pedagoglar o'zgacha bir kuch-g'ayrat bilan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga amal qilgan holda faoliyat olib bordilar. Zero ular Vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun hissa qo'shish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdek ezgu va savob ishlarni amalga oshirish mas'uliyatini o'z zimmalariga olgandilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"//O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyuldagi "Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to'g'risida"gi 3629-sonli Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi "Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 178-sonli Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 fevraldagi "Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" 4958-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalarida pedagogika yo'nalishida maxsus sirtqi bo'limlarni tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3183-sonli Qarori.

6. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi// Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.02.2017 yil, 06/17/5264/0339-son.

7. Tahliliy tavsiyanoma. O'zbekistonda oliy ta'lim. - T.: TMTRD O'zbekistondagi vakolatxonasi. 2009

8. Bobojonov B.Q. Asrlarga teng yillar: Xorazm viloyati mustaqillik yillarida. 1-kitob. -T.: Istiqlol, 2001,

9. Sadullaev A.S., Sotliqov A.YA. Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti. -Urganch,

10. Sa'dullaev A., Matniyozov M. Urganch davlat universiteti 70 yoshda. — T.: O'qituvchi, 2005.

11. Urganch Davlat universiteti olimlari.// To'plovchi va tuzuvchilar: B. Abdullaev, B. Ro'zmetov, A. Abdullaev. - T

12. Xorazm viloyati statistika boshqarmasi joriy arxivi. Xorazm viloyatining 1991-2017 yillarga oid statistik ma'lumotlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.