Научная статья на тему 'MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATNING XALQARO ILMIY ALOQALAR KENGAYISHIDAGI ROLI'

MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATNING XALQARO ILMIY ALOQALAR KENGAYISHIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
633
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy xodim / amaliy dasturlar / ilmiy tadqiqotlar / ilmiy manbalar / ilmiy-amaliy seminar / arxeologik qazishmalar / ilmiy-madaniy meros / xalqaro aloqalar. / researcher / applications / research / scientific resources / scientific-practical seminar / archeological excavations / scientific-cultural heritage / international relations.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Hurmat Matnazarovich Eshchanov

Ushbu maqola mustaqillik yillarida Ma’mun akademiyasining qayta tashkil etilishi, akademiyada ilmiy faoliyat olib borgan hodimlar, akademiyaning tadqiqot ob’ekti va faoliyat jarayonlarining tahliliga bag’ishlangan. Bundan tashqari, akademiyaning ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarning yo’lga qo’yish va faoliyat almashinuv jarayonlari yoritib berilgan. Maqola yakunida muallifning keng ilmiylika asoslangan xulosaviy fikr-mulohazalari keltirilgan va tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MA'MUN ACADEMY IN THE EXPANSION OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RELATIONS

This article is devoted to the analysis of the reorganization of the Mamun Academy during the years of independence, the research staff of the academy, the research object and activity processes of the academy. In addition, the process of establishing international relations and exchange of activities in the field of science of the Academy is covered. The article concludes with the author's broad scientific conclusions and refers to scientific sources that serve to reveal the essence of the research.

Текст научной работы на тему «MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATNING XALQARO ILMIY ALOQALAR KENGAYISHIDAGI ROLI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022

MA'MUN AKADEMIYASI FAOLIYATNING XALQARO ILMIY ALOQALAR

KENGAYISHIDAGI ROLI

Hurmat Matnazarovich Eshchanov

Urganch davlat universiteti magistranti xeshchanov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola mustaqillik yillarida Ma'mun akademiyasining qayta tashkil etilishi, akademiyada ilmiy faoliyat olib borgan hodimlar, akademiyaning tadqiqot ob'ekti va faoliyat jarayonlarining tahliliga bag'ishlangan. Bundan tashqari, akademiyaning ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarning yo'lga qo'yish va faoliyat almashinuv jarayonlari yoritib berilgan. Maqola yakunida muallifning keng ilmiylika asoslangan xulosaviy fikr-mulohazalari keltirilgan va tadqiqot mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: ilmiy xodim, amaliy dasturlar, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy manbalar, ilmiy-amaliy seminar, arxeologik qazishmalar, ilmiy-madaniy meros, xalqaro aloqalar.

THE ROLE OF MA'MUN ACADEMY IN THE EXPANSION OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RELATIONS

ABSTRACT

This article is devoted to the analysis of the reorganization of the Mamun Academy during the years of independence, the research staff of the academy, the research object and activity processes of the academy. In addition, the process of establishing international relations and exchange of activities in the field of science of the Academy is covered. The article concludes with the author's broad scientific conclusions and refers to scientific sources that serve to reveal the essence of the research.

Keywords: researcher, applications, research, scientific resources, scientific-practical seminar, archeological excavations, scientific-cultural heritage, international relations.

KIRISH

Xorazmda ilm-fan va ma'rifatni yanada yuksaltirish borasida Xorazm Ma'mun akademiyasi muhim o'rin egallay boshladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to,g,risida"gi Farmoni (1997) O'zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi

157

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

o'rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoyi olimlarni qoTlab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirishda qo'yilgan muhim qadam boTdi.Ushbu ilm dargohi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1997 yil 11 noyabrda imzolagan Farmoniga asosan qaytadan tashkil etildi.

Unga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining 1997 yil 2 dekabrdagi buyrug'i asosan mintaqaviy bo'lim maqomi berildi. 1998 yil 3 yanvardan ish boshlagan akademiya tarkibida "Arxeologiya, tarix va falsafa", "Til va adabiyot", "Biologiya muammolari" bo'limlari tashkil qilinib, 26 nafar ilmiy xodim, shu jumladan, 5 nafar fan doktori va 9 nafar fan nomzodlari ilmiy-tadqiqotlarni boshlashdi. 2003 yilga kelib akademiyada 2 ta fundamental va 8 ta amaliy dasturlar bo'yicha 52 xodim, shu jumladan 2 nafar akademik (o'rindosh), 11 nafar fan doktorlari va 26 nafar fan nomzodlari ilmiy izlanishlarini amalga oshirdilar

1998 yil 3 yanvardan ish boshlagan akademiya tarkibida "Arxeologiya, tarix va falsafa", "Til va adabiyot", "Biologiya muammolari" bo'limlari tashkil qilinib, 26 nafar ilmiy xodim, shu jumladan, 5 nafar fan doktori va 9 nafar fan nomzodlari ilmiy-tadqiqotlarni boshlashdi. 2003 yilga kelib akademiyada 2 ta fundamental va 8 ta amaliy dasturlar bo'yicha 52 xodim, shu jumladan 2 nafar akademik (o'rindosh), 11 nafar fan doktorlari va 26 nafar fan nomzodlari ilmiy izlanishlarini amalga oshirdilar. Akademiyada ishlagan SH. Matrasulov, Q .Sobirov, G. Masharipova, R. Abdirimov kabi tarixchi olimlar "Xorazmda qadimgi va o'rta asrlar o'zbek davlatchiligi tarixi", "O'zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o'rni", "Xorazm viloyatidagi arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish" mavzulari bo'yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshira boshladilar. Akademiya olimlaridan H. Abdullaev, S. Ro'zimboev, Z. Do'simov, M. Abdulhakimov va boshqalar "IX-XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og'zaki epos", "IX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili" mavzulari bo'yicha afsona va rivoyatlar "Avesto"dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil etildi. Og'zaki va yozma namunalar o'rganilishi jarayonida adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning o'zaro ta'siri aniqlandi. Akademik A.Sa'dullaev tashabbusi bilan potensiali diskret spektrga moslangan manbali sin-Gordon tenglamasi echimi bo'lgan Zaxarov-SHabat operatori uchun sochilish nazariyasining berilgan evolyusiyasi keltirildi. Irregulyar nuqtalarning metrik tavsifi va chegaraviy to'plamlar o'rganildi. Tarix fani sohasida quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirildi:

1. Xiva xonligi aholisining etnik tarkibiga oid ilk ilmiy adabiyotlar, dala yozuvlari, anketa savollariga javoblar to'plami, vohada yashovchi o'zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq urug'lariga tegishli guruhlar kompleksi tadqiq qilindi.

ASOSIY QISM

2. Xorazm Ma'mun akademiyasi tarixiga oid yozma manbalar izlab topildi. Abu Nasr ibn Iroqning "Manalaus" asariga yozilgan sharhi arab imlosidan o'zbek tiliga o'girilib, ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Abu Rayhon Beruniyning "Tafhim" asari arabchadan o'zbek tiliga tarjima etildi.

3. Ismoil Jurjoniy qalamiga mansub "Zahirai Xorazmshohiy" kitobining VI-qismidagi asab va ruhiy kasalliklarga bag'ishlangan ma'lumotlar Ibn Sinoning "Tibb qonunlari" bilan qiyosiy o'rganildi.

4. Xiva xonligiga asos solinishi va uning sabablari, bu davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xiva xonligi davlatchiligi boshqaruv tizimi o'rganilib, davlat hujjatlari va arxivda saqlanayotgan asosiy hujjatlar ilmiy muomalaga kiritildi.

Uslubiy maqsad-Ma'mun akademiyasining ilmiy faoliyati va ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarning yo'lga qo'yilishini o'rganish.Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:Xorazm Ma'mun Akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish borasidagi 211-sonli qarordan kelib chiqib Akademiyada bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-2020 yillarga mo'ljallangan 4 ta loyiha ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda qabul qilingan 240-sonli qarorida belgilangan 6 ta ustivor yo'nalishga asosan tarix, etnografiya, ekologiya, biologiya, qishloq xo'jaligi sohalari bo'yicha tadqiqotlar yo'lga qo'yildi. 2006 yilda Akademiyada 2 ta fundamental, 8 amaliy va 1 ta innovatsiya loyihalari bo'yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirildi.Xalqaro loyihalar asosida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Germaniyaning Vaynshtefan amaliy fanlar universitetining xalqaro magistratura loyihasi bo'yicha 6 nafar talaba o'qishga yuborildi. G'arbiy CHexiya universiteti aspiranturasiga 1 nafar xorazmlik mutaxassis qabul qilindi. YAna bir nafar talaba Fransiyaning Bezanson shahridagi "Badiiy Tilshunoslik markazi"da til o'rganish huquqini qo'lga kiritdi. Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturining ikkita SCM va Erasmus Mundus dasturining External Cooperation Window loyihalarini qo'lga kiritdi. Erasmus Mundus bo'yicha 2 nafar talaba Belgiyaning Erasmusxogesxul va 3 nafar talaba CHexiyaning Masarik universitetlarida bir yil ta'lim olib kelish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bundan tashqari 2 nafar o'qituvchi Fransiyaning Parij va Belgiyaning Erasmusxogesxul universitetlarida 1 oy dars berish va malakalarini oshirish, 2 nafar o'qituvchi Polshaning Adam Mitskevich va CHexiyaning Masarik universitetlarida o'zlarining ilmiy izlanishlarini davom ettirish huquqini qo'lga kiritdilar

Xulosa qilib aytganda Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida so'zlagan nutqlarida Xorazm Ma'mun Akademiyasini qayta tiklash

XULOSA

haqidagi taklifi va 1997 yil 11 noyabrdagi Farmoni bilan Xiva shahrida O'zbekistonning ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o'rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda is'tedodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qoTlab quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirish, qadimda fan, ma'rifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan boTmish Xorazm Ma'mun Akademiyasini qaytadan tashkil etildi. Hozirda Xorazm Ma'mun Akademiyasi tarkibida Arxeologiya, tarix va falsafa, Biologiya muammolari va Til va adabiyot boTimlari faoliyat ko'rsatmoqda. Akademiyaga Urganch Davlat universiteti rektori, akademik Sadullaev Azimboy Sadullaevich rahbarlik qilmoqda. Unga ilmiy ishlar bo'yicha rais muovini, biologiya fanlari doktori, professor Safarov Karimjon Safarovich yordam bermoqda. Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda 31 ilmiy xodim, 5 fan doktori va 9 ta fan nomzodlari qatnashmoqdalar. Xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ham aytib o'tish joiz: Rossiya Fanlar Akademiyasi va qozog'istonlik olimlar bilan Yangi va noan'aviy o'simliklar hamda ulardan foydalanishning istiqbollari, turkmanistonlik olimlar bilan Orolboyi hududidagi dehqonchilik muammolari bo'yicha hamkorlik davom etyapti. Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o'rganish Frantsiya instituti bilan ilmiy aloqalar keng yoTga qo'yilganligi esa ayniqsa quvonchlidir. Bular, albatta, bizning dastlabki yutuqlarimiz va biz ularni muttasil ko'paytirib borish zarurligini doimo his qilib turibmiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g'risida" Prezident farmoni (11.11.1997 yil. PF-1880.)

2. Doschanov T. Ma'mun akademiyasining olis va yaqin yulduzlari. - Toshkent: TMI, 2005. -B.124.

3. Matniyozov M. Xorazm tarixi. - Urganch: Xorazm, 2005. -B.45.

4. Mahmudov M. Xorazmshoh Ma'mun akademiyasi. - Toshkent: TMI, 2005. - B.60.

5. Ma'mun akademiyasi va tibbiyot. Ilmiy anjuman materiallari. — Urganch: Birinchi ToshDavTI Urganch filiali, 2005. -B.25.

6. Rasulova F., Do'stjonov T., Hasanov S. Xorazm Ma'mun akademiyasining olis-yaqin yulduzlari. -Toshkent: Ma'naviyat, 2005. -B.89.

7. Sa'dullaev A., Satliqov A. Xorazm Ma'mun akademiyasining tarixiy ildizlari. — Nukus: Qoraqalpog'iston, 2005. -B.75.

8. Xorazm Ma'mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi o'rni. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. (Toshkent, 2006 yil 31 oktyabr). — T, 2006, -B.125.

9. Xorazm Ma'mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi o'rni. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. (Toshkent, 2006 yil 31 oktyabr). -T, 2006. -B.225.

10.Ma'mun akademiyasi va tibbiy-biologik, klinik hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. - Urganch: Birinchi ToshDavTI Urganch filiali, 2006.

11. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4. https://cyberleninka.rU/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida

12. Sapaev V., Madrakhimov A. The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan //Norwegian Journal of Development of the International Science. - 2020. - №. 39-4. - C. 54-56. https://cyberleninka.ru/article/n/the-transformation-of-social-conciousness-and-intelligence-of-rural-population-on-social-life-of-uzbekistan

13. Sardor, Kutlimurodov, and Sapayev Valisher. "INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA." Academic research in educational sciences 4 (2020). https://cyberleninka.ru/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida

B.235.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.