Научная статья на тему 'TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGIDA XORIJIY FIRMALAR FAOLIYATI TARIXIDAN'

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGIDA XORIJIY FIRMALAR FAOLIYATI TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

209
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turistan / xorijiy firmalar / aksionerlik jamiyatlar / xorijiy sarmoyalar / paxta firmalar / xorijiy tadbirkorlar / ipakchilik / Turkestan / foreign companies / joint-stock companies / foreign investments / cotton companies / foreign entrepreneurs / silk industry.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bektosh Elmurodovich Raximov

Maqola Turkiston general-gubernatorligi xorijiy firmalar faoliyatiga bag„ishlangan. Xorijiy investorlarning (Gergard va Gay, aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zalma, aka-uka Shlossberg va “Beshbosh” aksionerlik jamiyati.) о„lka infrastrukturasidagi, mahalliy vinochilik, ipakchilik sohasidagi о„rni tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article is devoted to the activities of foreign companies of the Turkestan Governor-General. The role of foreign investors (Gerhard and Guy, the Kraft brothers, the Knop brothers, Louis Zalma, the Schlossberg brothers and Beshbosh JSC) in the country's infrastructure, local winemaking, and silk production is analyzed.

Текст научной работы на тему «TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGIDA XORIJIY FIRMALAR FAOLIYATI TARIXIDAN»

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGIDA XORIJIY FIRMALAR

FAOLIYATI TARIXIDAN

Bektosh Elmurodovich Raximov

Samarqand davlat universiteti raximovbektosh@samdu.uz

ANNOTATSIYA

Maqola Turkiston general-gubernatorligi xorijiy firmalar faoliyatiga bag'ishlangan. Xorijiy investorlarning (Gergard va Gay, aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zalma, aka-uka Shlossberg va "Beshbosh" aksionerlik jamiyati.) o'lka infrastrukturasidagi, mahalliy vinochilik, ipakchilik sohasidagi o'rni tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Turistan, xorijiy firmalar, aksionerlik jamiyatlar, xorijiy sarmoyalar, paxta firmalar, xorijiy tadbirkorlar, ipakchilik.

ABSTRACT

The article is devoted to the activities of foreign companies of the Turkestan Governor-General. The role of foreign investors (Gerhard and Guy, the Kraft brothers, the Knop brothers, Louis Zalma, the Schlossberg brothers and Beshbosh JSC) in the country's infrastructure, local winemaking, and silk production is analyzed.

Keywords: Turkestan, foreign companies, joint-stock companies, foreign investments, cotton companies, foreign entrepreneurs, silk industry.

KIRISH

O'zbekistonning Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi tarixi haqida so'z ketganda, o'lkada sanoat korxonalarining yuzaga kelishi, ularning faoliyat sohalari va mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o'rni borasida to'xtalmaslikning iloji yo'q. Ayniqsa, ushbu davrdagi xorijiy firmalarning faoliyatini o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro kapitalistik munosabatlarning tobora rivojlanib borishi ta'sirida Turkiston xalq xo'jaligiga rus va chet el kapitalining kirib kelishi yanada kuchaydi. O'lka xalq xujaligiga monopoliya kapitalining kirib kelishi bir qator omillarga asoslangan bo'lib, ular paxtani qayta ishlash va yog ishlab chiqarish korxonalarining ko'plab qurilishi, o'lka xududidan temir yo'l o'tkazilishi, konchilik sanoatining ishga tushirilishi va boshqalardan iborat edi. Rossiyani o'lka bilan bog'lagan temir yo'llar ishga tushirilgach,

February, 2023

321

rus va chet el kapitalining Turkistonga kirishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. Nisbatan qisqa vaqt, ya'ni 20 yil ichida o'lkaning tub viloyatlari va yirik shaxarlarini Rossiyaning markaziy rayonlari bilan bog'lovchi temiryo'llar qurildi, turli firmalar, shirkatlar tuzilib, ular mustamlaka bilan metropoliya o'rtasida savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Turkiston paxtasini sotib olish bilan shug'ullangan dastlabki firmalar metropoliya ip-gazlama sanoatiga tegishli bulib, ular "Katta Yaroslavl manufakturasi", "S.Morozov", "N.Kudrin va kompaniyasi" hamda boshqa idoralardan tashkil topgan edi. Bu firmalarni paxta savdosida ishtirok etishlariga qarab quyidagi uch guruxga bo'lish mumkin:

1. Rossiyaning Yevropa qismiga tola jo'natish bilan chegaralangan firmalar (masalan, Rossiya xazinalarni joylashtirish jamiyati", "Kavkaz va Merkuriy shirkati

2. Xususiy paxta zavodlari bo'lgan paxta jo'natuvchi shirkatlar (masalan, "Aka-uka Kamenskiylar shirkati");

3. Paxta maydonlari, paxta tozalash zavodlariga ega bo'lgan va paxta bilan bog'lik turli operatsiyalarni bajargan firmalar (masalan, "Katta Yaroslavl manufakturasi", Meyerkort firmasi, "N.Kudrin va kompaniyasi" shirkati va boshkalar).

Bundan tashqari o'lkadagi banklar bilan keng aloqalari yordamida katta miqdorda paxta sotib olish bilan shug'ullangan «Aka-uka N. va A.Ter-Mikrtichevlar», «Fors shirkati», «S.X.Kevorkovlar», «B. Arzumanov», «Vadyayevlar savdo uyi», Ashxabod va Marv shaharlarida faoliyat yurgizgan Germaniyaning «Gerxard va Gey Aksionerlik jamiyati» kabi paxta firmalari yaxshi foyda ko'rgan. Turkistonda tuzilgan firmalar va shirkatlar orasida paxta bozorida tutgan o'rni va sarmoya muomalasining xajmi jixatidan "Katta Yaroslavl manufakturasi" yetakchilik qilar edi. Bu shirkat 1881-yildan 1884-yilgacha faqat mahalliy navli paxtani sotib olish bilan shug'ullangan. U fakat 1884 yilning o'zidagina Toshkent va Qo'qondan 40 ming pudga yaqin, Buxoro amirligidan 100 ming pud paxta sotib olgan. 1888-yilga kelib shirkat o'zining xususiy fabrikasi uchun o'lka bozorlaridan 450 ming pud, 1889-yili qariyb 590 ming pud tozalangan paxta sotib oldi. Shirkat o'lkada paxta yetishtirish va tayyor gazlamaparni sotish bilan ham shug'ullandi. XIX asrning oxirida shirkatning Sirdaryo viloyatida 450 ga yeri bo'lgan.

Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi 1894 yilda qabul qilingan qonunda «Turkiston o'lkasida yer va umuman

February, 2023

322

ko'chmas mulkni sotib olishga faqatgina nasroniy dinidagi rus fuqarolaridan Turkiston va u bilan chegaradosh O'rta Osiyo davlatlari fuqarolaridan tuzilgan paychilik asosidagi shirkatlar va aksiyadorlik jamiyatlarigagina ruxsat etiladi» -deyilgan. Shu qonunda chet elliklarga yoki yahudiy diniga e'tiqod qiluvchi shaxslarga ko'chmas mulkni sotib olish ta'qiqlangan, ularni faqat vaqtincha foydalanish uchun sotib olishiga ruxsat berilishi ko'rsatilgan.

Bundan tashqari, 1907 yili Turkiston o'lkasidagi aksiyadorlik jamiyatlari o'zlarining Nizomlaridan «jamiyatning aksiyalariga chet ellik shaxslar egalik qilishlari taqiqlanadi» - degan jumlani olib tashlashni so'rab, Savdo va sanoat vaziriga murojaat qilganlar1. 1907 yil 30 oktabr' kuni ministrlik: «Rossiya hududida ko'chmas mulkka egalik qiluvchi jamiyat boshliqlari faqat yahudiy diniga mansub bo'lmagan shaxslar bo'lishlari mumkin» - degan qaror chiqargan. 18 dekabrda Nikolay II ning imzosi bilan Savdo va sanoat ministri orqali Fransiya, Angliya, Germaniya va Belgiya davlatlari aksiyadorlik jamiyatlarining Rossiya hududida ish olib borishiga ruxsat berildi. Oqibatda Turkiston o'lkasiga xorijiy firmalar va ularning kapitallari ham kirib keldi. Ular orasida jahonga mashhur «Zinger» firmasi alohida o'rin tutadi. Rossiyani o'lka bilan bog'lagan temir yo'llar ishga tushirilgach, rus va chet el kapitalining viloyatga kirishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. Nemis siyosiy doiralari, ayniqsa, tadbirkorlari Turkiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor edilar. Ruslar bu yerlarni egallashidan ancha avval ular o'z savdo firmalarini ochib Turkistonda keng savdo-sotiq ishlarini yo'lga qo'yganlar. Masalan, xorijiy firmalar bilan bo'lgan savdo operatsiyalari nemis-mennonit (Emil' Rizen va boshqalar)larning yordamida amalga oshirilgan. Xonning yozgi qarorgohi Nurillaboy saroyi, shifoxona va savdo-telegraf kontorasining qad rostlashi uchun qurilish materiallarini Moskva va Germaniya firmalari yetkazib bergan. Xon saroyi uchun bezak material va elektr jihozlarni, shu jumladan, qandillar ham Pollak, Vestingauz va Umumjahon elektr kompaniyasi kabi nemis firmalari orqali Berlindan keltirilgan. Nemis tadbirkorlarini Turkiston foydali qazilmalari hamda shifobaxsh o'simliklari juda qiziqtirgan. Ushbu tadbirkorlar ularni sotib olib, Germaniyaga jo'natganlar. Nemis farmatsevt tadbirkorlarining ichida eng mashhuri Dragendorf bo'lgan. Foydali qazilmalar ichida ozokerit (tog' tabiiy mumi) ga talab katta bo'lgan. U nemis firmalari tomonidan sotib olinib, Boku va Botumi orqali Germaniyaga

1 Bu masala xususida Turkiston general-gubernatori o'lkaga chet ellik sarmoyadorlarning kirib kelishiga qarshilik bildirgan. Bundan ko'zlangan maqsad rus tadbirkorligini xorij kapitalidan himoya qilish bo'lgan. Lekin Savdo va sanoat vaziri Rossiyaning ichki pul bozorini og'ir ahvoli xorij kapitali hisobidan yaxshilanadi, deb Nizomlardan yuqoridagi jumlani olib tashlagan.

1 iyul kuni esa bu masala yuzasidan Nikolay II o'z roziligini bildirgan (Qarang: Jamolhoji I. Turkistonda rus va xorijiy neft' shirkatlarining faoliyati // O'zbekiston tarixi, 2004 yil 2-son. - B. 61.

February, 2023

323

yuborilgan. 1912 yilda ozokerit qazib olish bilan faqat bitta Lyuborad firmasi shug'ullangan. 1913-1914 yillarda Lyuborad bilan birga Feysflog, Baxshi-Baxshiyev firmalari ham ozokerit qazib olishgan.

O'lkada ko'plab chet el firmalari faoliyat yuritgan. Germaniya va Avstro-Vengriya fuqarolari bo'lmish savdo va sanoat firmalarining egalari (Gergard va Gey, aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zalma, aka-uka Shlossberg va h.k.) soxta savdolar, rus familiyali shaxslarni, rus fuqarolarni aksiyadorlar tarkibiga kiritish, o'z korxonalarini qayta nomlash kabi choralar yordamida o'z mol-mulklarini qisman yoki to'liq sekvestr qo'yilishidan saqlab qoladilar va daromad olishda davom etganlar. Misol uchun, 1915 yil may oyida «Aka-uka Knoplar» savdo uyi «Volokno» («Tola») jamiyatiga qayta nomlagan, «Gergard va Gey» firmasi - «Russkoye transportnoye obshestvo» («Rus transport jamiyati»), 1917 yildan boshlab harbiy kiyimlar tikuvchi «Lui Zalma» fabrikasining egasi, deb Petr Vaxrushev e'lon qilingan.

Manbalarda tadbirkorlik maqsadida viloyatga kelib hayoti fojiaviy yakun topgan nemislar haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Kaspiyortiga kelgan Gustav Gustavovich Granberg Ashxabod shahri go'sht ta'minotini yaxshilash maqsadida 1905 yilda hukumatdan besh yilga o'z tadbirkorligi uchun ruxsatnoma va imtiyozlar olishga muvaffaq bo'lgan. Ashxabodda katta go'sht do'koni, shahar tashqarisida unga Kurtsu degan joydan dehqonchilik va qoramol ko'paytirish uchun bepul yer maydoni berilgan. Granberg shijoat bilan o'z tadbirkorligini yo'lga qo'ya boshlagan. Ijobiy natijalarga erishilsa, hokimiyat unga imtiyozlarni besh yildan keyin ham uzaytirishga va'da bergan. Qisqa fursatlarda u ferma, suv hovuzlari, Kurtsudan toqqa olib boradigan yo'l qurdirgan. Uchta quduq qazdirgan. Ashxabod aholisiga do'konidan sifatli go'shtni davlat tomonidan belgilangan tarifda yetkazib bergan. Biroq ushbu muvaffaqiyatli tadbirkor 1906 yilda o'ldirilgan. Ushbu holat Turkistonning iqtisodiy rivojlanishida xorijiy tadbirkorlar faoliyatining naqadar katta ahamiyatga ega bo'lishini yaqqol ko'rsatadi. Ashxabod shahri o'sha paytda imperiya manfaatlariga xizmat qilgan yirik siyosiy va harbiy markaz bo'lgan.

Bundan tashqari Turkiston general-gubernatorligining Samarqand viloyatida mahalliy vinochilikning tezkor sur'atlarda rivojlanishida ham Shmidt, Gladishev, Shustov, Agriyev, Alishev va Filatovlar kabi firmalarning o'rni bo'lgan. Shuningdek, 1915 yilda Vogau, Rizayevlar, Tagiyevlar, Kuznetsov, Kin-Chongolar kabi choy firmalari tomonidan 11 mln pud choy qadoqlangan.

Bundan tashqari Rossiya sarmoyadorlari Turkistonda ipakchilik sohasiga katta qiziqish bilan qaraganlar. Shuningdek, Turkistonda jami 583 ta ipakchilik punktlari bo'lib, ulardan 84

February, 2023

324

tasi Sirdaryo, 157 tasi Samarqand, 304 tasi Farg'ona viloyatida joylashgan edi. Ipak tolalari firmalar tomonidan sotib olinar va Rossiyaga jo'natilardi. Birgina Farg'ona viloyatida shunday firmalardan 3 tasi faoliyat yuritar, ulardan Tumanyans firmasi eng ko'p ipak sotib olar edi. Firmalar orqali 1904 yilda Farg'ona viloyatidan 84246 pud ipak olib ketilgan. Ipak tolasini nafaqat ruslar, balki fransuzlar ham ko'plab sotib olishgan. Bu davrda hududga Yevropa ipak qurtlaridan yuqori sifatli bo'lgan O'rta Osiyo ipak qurtlarini olib chiqish uchun uringan Barbkeri, Mozer, Adamoli, Govaldi, Sukeli, Nogaro, Janjone, Bryume, Deurlar kabi italyan, fransuz va ingliz ipakchilik firmalari vakillari tashrif buyurganlar.

Vatanimiz bilan Germaniya firmalari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar an'analari chuqur ildizga ega ekanligini O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta'kidlaydi: "Asrimiz boshidayoq "Simens" firmasi Toshkentdagi birinchi telefon stansiyasini barpo qilishda ishtirok etgan edi". Afsuski o'shanda boshlangan aloqalar keyinchalik rivojlanmay qoldi.

1914-yili 5 ta yirik firma: "Vl. Alekseyev", "Aka-uka Shlossberg", "Moskva savdo-sanoat shirkati", "Fors", "Katta Yaroslavl manufakturasi" Turkistonda paxta tozalash va yog sanoati ustidan yakka xukmronlikni qo'lga kiritish maksadida "Beshbosh" aksionerlik jamiyatini ta'sis etdilar. Jamiyat tuzilganida uning ixtiyorida 39 ta paxta tozalash va 5 ta paxta yogi ishlab chiqaruvchi zavod bo'lgan. "Beshbosh" jamiyatining aksiyalari quyidagicha taqsimlangan. Uning 14/60 tasiga "Aka-uka Shlossberglar savdo uyi", 12/60 tasiga "Moskva savdo - sanoat shirkati", 11/60 tasiga "Katta Yaroslavl manufakturasi", 9/60 tasiga Eron va O'rta Osiyoda savdo va sanoat shirkati" ega bo'lgan. O'lkada chet el shirkatlari xam tobora o'z faoliyatlarini kengaytirib bordilar. Masalan, jun tozalash sanoatida 5 ta yirik shirkat: "Rus juni", "Aka-uka Asyevlar", "Stupen va K", "Yakobi va Zorganin", "El Trilling va o'g'illari" shirkatlari xukmronlik qilish uchun kurash olib bordilar. "Stupen va K", "Yakobi va Zorganin" shirkatlarining asosiy xissadorlari Angliya, Amerika, Germaniya va Belgiya kapitalistlari edilar. Bu sarmoyadorlar nafakat mahalliy, balki Rossiya va jaxon bozorlarida ham faol xarakat qildilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytsak, 1904 - 1905 yillardagi Rus - Yapon urushida Rossiyaning mag'lubiyatidan keyin Yevropaning moliyaviy sarmoyalari Turkiston o'lkasiga kirib kelishi kuchaydi. Xorij kapitalining kuchayib ketayotganidan xavfsiragan Turkiston general- gubernatori Samsonov 1911 yili: "o'lkadagi ko'pgina korxonalar ruslarning emas, chet elliklarning qo'liga o'tyapti" deb yozgan. Mazkur ma'lumot negizida sanoatga

February, 2023

325

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

xorij kapitalining kirib kelayotganidan imperiya ma'murlarining xavotirlanayotganligini va Turkistonni "faqat ruslar uchun" saqlash yo'llarini qidirganini sezishimiz mumkin. Lekin bu voqealarni umumiy tarzda olib tahlil qilsak, Turkiston iqtisodiyotida tub yerlik va rus sarmoyadorlari tomonidan tuzilgan barcha turdagi shirkatlarnining iqtisodiy salohiyati xorij moliyasi bilan bog'liq shirkatlardan ancha kuchsiz edi. Bu jihatni hukumat tan olishga majbur edi, binobarin, u xorij sarmoyadorlari bilan o'zaro kelishuvchilik yo'lini tutgan va birgalashib Turkiston o'lkasini yer usti va yer osti tabiiy boyliklarini talon - taroj qilgan.

REFERENCES

1. Musayev N.U. XIX asr II-yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda sanoat ishlab chikarishning shakllanishi. - Toshkent: Iqtisodiyot-moliya, 2008. 143- bet.

2. O'zMA, F-I-3, 461-ish, - B. 115.

3. O'zMA, F- I, 461-ish , 30-varaq va uning orqasi, F.- I, 1496-ish, 31- varaq va uning orqasi.

4. Musayev N.U. XIX asr II-yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda sanoat ishlab chikarishning shakllanishi. - Toshkent: Iqtisodiyot-moliya, 2008. 143- bet.

5. G'afforov SH.S. Tarix va taqdir: Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar. -Toshkent, 2006. - B. 98.

6. Raximov B.E. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Turkistonda yahudiylar faoliyatidan (Kaspiyorti viloyati misolida)// "O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: transfarmatsion jarayonlar"mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani materiallari. - Termiz, 2013. - B. 244-246.

7. Садигав А. С. Згашмические связи Хиви с Рoссией bo втoрoй пoлoвине ХИХ - начале ХХ вв. -Ташкент. 1965. - С.160.

8. O63op Закаспийс^й oбласти за 1912-1913-1914.-Асхабад. 1916 -С.88

9. Матвеев А. М. Зарубежние вихoдси в Туркестане на путях к Велигаму Октябрй.... - С. 36.

10. Б.А.Алимджашв Истoрия банкoвскoгo дела в Сентралнoй Азии. «^mo^ Пoлиграф» Ташкент. 2022.- С 97-98.

11. Векселман М. И. Рoссийский мoнoпoлистический и инoстранний капитал в Средней Азии (ганетс ХИХначалo ХХ в.) -Ташкент: Фан, 1987. -С 28.

12. I.A. Karimov "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" T., Manaviyat - 2003. 236-bet.

February, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.