Научная статья на тему 'ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI BOJXONA SIYOSATI VA UNING TASHQI SAVDO RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI BOJXONA SIYOSATI VA UNING TASHQI SAVDO RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
50
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya imperiyasi / Turkiston o‘lkasi / bojxona / Kaspiyorti / Semipalatinsk / nazorat okruglari / Moliya vazirligi / Russian Empire / Turkestan region / customs / Transcaspian / Semipalatinsk / control districts / Ministry of Finance

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Adashaliyev A.Z.

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasidagi tashqi savdo va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga bevosita bogʻliq bo‘lgan iqtisodiy siyosatining asosiy qismi bojxona siyosati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CUSTOMS POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN TURKEY AND ITS INFLUENCE ON THE DEVELOPMENT OF FOREIGN TRADE

This article talks about customs policy, the main part of the economic policy of the Russian Empire, which is directly related to the level of development of foreign trade and productive forces in the territory of Turkestan.

Текст научной работы на тему «ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI BOJXONA SIYOSATI VA UNING TASHQI SAVDO RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

Adashaliyev A.Z. stajyor-o'qituvchisi Namangan muhandislik-qurilish istituti

ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONDAGI BOJXONA SIYOSATI VA UNING TASHQI SAVDO RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasidagi tashqi savdo va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga bevosita bog'liq bo'lgan iqtisodiy siyosatining asosiy qismi bojxona siyosati haqida so'z yuritiladi

Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasi, Turkiston o'lkasi, bojxona, Kaspiyorti, Semipalatinsk, nazorat okruglari, Moliya vazirligi.

Adashaliyev A.Z. intern-teacher

Namangan Institute of Engineering and Construction

THE CUSTOMS POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN TURKEY AND ITS INFLUENCE ON THE DEVELOPMENT OF FOREIGN

TRADE

Abstract. This article talks about customs policy, the main part of the economic policy of the Russian Empire, which is directly related to the level of development offoreign trade and productive forces in the territory of Turkestan.

Key words: Russian Empire, Turkestan region, customs, Transcaspian, Semipalatinsk, control districts, Ministry of Finance.

Rossiya imperiyasining siyosiy, iqtisodiy sohalarda olib borgan siyosati natijasida Turkiston o'lkasi XIX asr oxirida Rossiya imperiyasining tom ma'nodagi mustamlakasiga aylandi. Turkistondagi mustamlaka boshqaruv tizimi o'lkada soliq yig'ib olishda ham muhim o'rin tutadi. Soliqlami yig'ib olish va tartiblar asosan avvalgidek saqlab qolingan. Ya'ni xonliklar davridagi soliq yig'ish, daromad belgilash mezonlariga amal qilib mahalla oqsoqollari, aminlar, qozilar yordamida soliq yig'ish tizimi saqlab qolingan. Asosiy farqi yig'ilgan mablag'lar xon xazinasiga emas, balki general-gubernatorlik xazinasiga tushgan. Mustamlaka boshqaruv tartiblari, boshqaruv ma'murlarining noqonuniy ish olib borishlari, tub joy aholisining kamsitishlar, shaxsiy manfaatlari yo'lida suiste'molchilik va jabr-zulmlari ko'plab noroziliklarga sabab bo'ldi.

Rossiyaning imperiya bojxona siyosati tashqi savdo va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga bevosita bog'liq edi. Aynan bojxona siyosati nafaqat Rossiya, balki, O'rta Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy rivojlanish darajasini

belgilab berdi. Ma'lumki, Rossiya imperiyasi iqtisodiyotda protektsionizm 1 g'oyalariga amal qilgan. Bunday siyosatning asosiy sababi imperiyaning iqtisodiy tizimidan kelib chiqqan edi. Rossiya XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanishning kapitalistik yo'liga o'ta boshladi. Imperiya asosan, chetga xom-ashyo eksport qilgan va Yevropaning boshqa kapitalistik davlatlariga nisbatan ancha qoloq mamlakat hisoblangan[1.80]. Shuni ta'kidlash kerakki, Rossiya imperiyasining sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilinmaganligi sababli, Turkiston o'lkasini iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsata olmadi.

XIX asr oxirlarida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan bojxona siyosati tovar sotishning yangi bozorlarini egallashga yordam beradigan dastaklardan biriga aylandi. Turkiston bojxona ishining tarixi 1868-yilda Orenburg va G'arbiy Sibir bojxona liniyalari tugatilgandan keyin boshlanadi. Rossiya imperiyasi Turkiston o'lkasini imperiya bojxona tizimiga kiritishga harakat qildi[2.123]. 1886-yilgi "Nizomning" joriy qilinishi bilan mustamlaka ma'muriyatining iqtisod sohasidagi funksiyalarining sekin-asta cheklanish jarayoni boshlandi. Bu xarbiy vazirlikka emas, boshqa mahkamalarga, eng avvalo, moliya vazirligi, dexqonchilik va davlat mulklari vazirligi, ichki ishlar vazirligiga buysunuvchi ko'plab davlat muassasalarining tashkil qilinishida o'z aksini topdi. Ularning tashkil qilinishi mohiyat e'tibori bilan o'lka ma'muriyatini markaziy davlat muassasalari bilan ularning mahalliy organlari o'rtasidagi vositachi idoraga aylantirardi. Mahalliy organlar rasman general-gubernatorga buysunsada, xizmatga doir ko'rsatma va yumushlarni bevosita Peterburgdan olardi[3.103].

1886-yilda bojxona nazorati Turkiston general hukumati konseraliyasi tasarrufidan chiqarilib, imperiya Moliya vazirligiga o'tkazildi. Turkistonda bojxona ishlari bo'yicha Moliya vazirligining maxsus topshiriqlar bo'yicha mansabdor shaxsi tayinlandi[4.27]. U Turkistonga chegaradosh barcha mamlakatlar bilan savdo-sotiq, aloqalarini nazorat qilardi. 1890-yil 12-iyunda Xitoy va qo'shni xonliklar bilan chegaralarni nazorat qiluvchi Semipalatinsk va Turkiston bojxona okruglari tashkil etildi. 1893- yil Rossiya imperiyasida 11 chegara okrugi, shu jumladan, Turkiston okrugi tuzilib, unda 16 bojxona idoralari mavjud bo'lgan[5.291].

Turkiston bojxona okrugi boshlig'ining bosh idorasi Toshkent shahrida joylashgan edi. Viloyat inspektorlari Moliya vazirining taqdimnomasi bilan tayinlangan. 1894-yil 6-iyunda Zakaspiy okrugi tuzilib, Buxoro amirligi bojxona boshqarmasi Turkiston bojxona okrugi boshlig'iga bo'ysundirildi. 1901 va 1902-yillarda tegishli ravishda Qo'qon va Samarqand bojxonalari tashkil qilindi. 1912 -yil noyabrida Rossiyadagi barcha bojxona muassasalari qayta tuzilishi munosabati bilan Turkiston bojxona okrugi o'rnida Toshkent bojxona inspektorlik uchastkasi tashkil qilindi[6.20-28]. Bojxonalarning tashkil qilinishi

1 Proteksionizm (lotincha: protectio - panalash) - ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash, milliy iqtisodiyotni tashqi raqobatdan himoya qilishga qaratilgan davlatning iqtisodiy va huquqiy siyosati. Qarang. Wikipediya.uz

Rossiyaning butun O'rta Osiyo mintaqasidagi bozorlarga mustahkam o'rnashishi uchun imkon yaratdi.

1889-yil 23-mayda Davlat Kengashi qarori bilan Turkiston o'lkasida bojxona ishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zahira fondi tashkil etildi. Zaxira fondi bojxona muassasalarining kadrlar tarkibini mustahkamlash, shuningdek, Turkiston viloyatida bojxona nazoratini amalga oshirish bo'yicha boshqa xarajatlar uchun sarflangan. Zaxira jamg'armasining manbasi esa, musodara qilingan tovarlarni sotishdan tushgan mablag'ning 25 foizini ushlab qolish orqali shakllantirilgan. 1897-yil Farg'ona bojxona okrugida Xitoydan olib o'tilayotgan kontrabandaga qarshi kurashish uchun 3 ta razvedkachi va 12 nafar qo'riqchidan iborat maxsus otryad ham ushbu fond mablag'lari hisobidan tashkil etilgan[1.82].

Transkaspiy bojxona okrugi Fors va Afg'oniston bilan chegaralarni nazorat qilgan. 1899-yil 4-iyunda O'rta Osiyoda yetti nafar bojxona inspektori lavozimi tayinlangan. Bundan tashqari, Semipalatinsk va Kaspiyorti bojxona okruglari tugatilib, Turkiston bojxona doirasiga qo'shildi. Bundan tashqari Turkiston bojxona okrugi boshlig'iga bo'ysunuvchi Biysk2, Zaysan3, Kopal va Qo'qon bo'limlari tashkil etildi.

Bojxonachilar va inspektorlar chegara nazorati bilan bir qatorda, siyosiy ma'lumotlar yig'ib, Turkiston general-gubernator hukumati idorasiga tegishli tartibda yuborish vazifasi ham yuklatilgan edi. Masalan, Afg'oniston chegarasidagi bojxona idoralari birinchi navbatda, Afg'oniston va Buxoro amirligi to'g'risida ma'lumotlar yig'ish bilan shug'langan.

Bojxona bo'limlarida xizmat qilish uchun mahalliy aholi vakillari ham ishga qabul qilingan. Ular "jigit"lar deb atalardi. Moliya vazirining 1891-yil 20-martdagi sirkulyar4iga ko'ra, jigitlarga qora yoki kulrang matodan tikilgan uzun yengli beshmat, shim, etik, qilich, revolver, askar nishoni va oq qalpoq kiyish buyurilgan.

Transkaspiy bojxona hududi Turkiston mintaqasidagi eng muhim savdo punktlaridan biri hisoblangan. Zakaspiy bojxona okrugi Buxoro amirligi va Xiva xonligining barcha savdo-sotiq ishlarini nazorat qilgan. Transkaspiy bojxona okrugi Afg'oniston, Britaniya Hindistoni va Erondan Turkiston o'lkasi va xonliklariga olib kelingan barcha mahsulotlarni nazorat qilgan. Fors va Afg'oniston tovarlaridan 5%lik boj to'lovi undirilar edi[7.

Ingliz va yevropa tovarlarini Turkiston hududiga olib kirish taqiqlandi, bundan quyidagi tovarlar mustasno:

- apelsin va limon - ulardan har pud uchun 1 rubldan 5 rublgacha miqdorida boj undirilgan;

- xurmo, lokum5 va holva - 1 pud uchun 2 rubl. 70 k.;

2 Biysk - Rossiya Oltoy o'lkasidagi shahar. Biya daryosi bo'yidagi pristan, temir yo'l stansiyasi.

3 Zaysan - Sharqiy Qozog'iston viloyatidagi tuman. Tumanning ma'muriy markazi - Zaysan shahri.

4 Sirkulyar - (lot. - circularis - aylanma) yuqori rahbar organlar tomonidan o'ziga qarashli tashkilotlarga yoki barcha tobe mansabdor shaxslarga yuboriladigan yozma farmoyish, buyruq; ko'rsatma.

5 Lokum - turkcha, luqum - luqma so'zining ko'plik shakli. Sharq mamlakatlarida keng tayyorlanadigan shirinlik turi.

- ziravorlar (vanil va zafaron) - bir pud uchun 21 rubl, 60 kopek;

- dolchin, qalampir, zanjabil - 1 pud uchun 4 rubl 50 kopek;

- dafna yaprog'i - 1 pud uchun 1 rubl 95 kopek uchun;

- qora choy -1 pud uchun 25 rubl;

- ko'k choy, eng yuqori navlar uchun - 1 pud uchun 14 rubl 40 kopek, quyi navlar uchun - 6 rubldan;

- Hindistonda ishlab chiqarilgan charm poyabzal - 1funt uchun 1 rubl 50 kopek;

- qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar - bir funt uchun 4 rubl 50 kopek;

- oq muslin6 - bir funt uchun 1 rubl;

- shakar mahsulotlari - bir pud uchun 1 rub 65 kopek.

Quyidagi tovarlarni olib kirish taqiqlandi:

1. afyun va barcha giyohvandlik vositalari;

2. o'qotar va boshqa barcha turdagi qurollar.

Yorma, sholi, sabzavot, meva va rezavorlar, sut, parranda go'shti, tuxum va shu kabi mahsulotlardan boj undirilmas edi. Bundan tashqari, Turkiston bojxona okrugi boshlig'iga Afg'onistondan Buxoroga bojsiz qoramol olib o'tish huquqi ham beriladi [8.65].

Rossiya imperiyasi Fors va Afg'oniston bilan keng savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qildi. 1891 yildagi 670 ming puddan 1898 yilga kelib rus manufakturasining importi 1 million pudga, 1903 yilga kelib esa 1 million 300 ming pudga yetdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar importining kengayishiga imperiya hukumatining bojxona choralari juda muhim sabab bo'ldi.

Xo'jalik hayotida Zakaspiy bojxona okrugi bilan bir qatorda Turkiston bojxona okrugi va Semirechensk viloyatining janubiy qismi muhim o'rin tutgan. Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlangan 1881-yil 19-dekabrdagi qonunga ko'ra, Buxoro va Xiva xonliklarining barcha tovarlari, shuningdek, choydan tashqari Xitoy mollarini bojsiz olib kirishga ruhsat berildi. Bojxona ko'rsatmalariga ko'ra, Angliya-Hindiston tovarlari yashirincha Buxoro amirligiga yoki Kaspiybo'yi mintaqasiga olib o'tilgansa, ushbu tovarlar musodara qilinib, kim oshdi savdosida xorijga qaytarib olib chiqilishi sharti bilan sotilgan, agar xaridor topilmasa, tovarlar yo'q qilingan [2.107].

Kaspiyorti temir yo'lining Andijongacha uzaytirilishi masalasining hal etilishi Qo'qon va boshqa shaharlarning ichki va tashqi savdosida katta rol o'ynadi. Bu narsa ayniqsa choy bilan savdo qiluvchilarga qo'l keldi. Shuning uchun ular Xitoy choyini Botumi orqali ko'proq olib kelish uchun u yerda mustaqil bojxona tuzish masalasini ko'tarib chiqdilar. Savdogarlarning talabiga ko'ra, 1898-yilning noyabr oyida bojxona boshqarmasi Marg'ilondan Qo'qonga ko'chirildi. 1900-yilda 669753 rubllik 20345 pud choydan bojxona 226.647 rubl 77 tiyin daromad ko'rgan. Choy bilan bo'ladigan savdo 4 ta firma ixtiyorida edi.

6 Muslin - yengil, yupqa, mayin va yuqori sifatli mato.

1900-yilda Shvesov firmasida 7651, Sinisinda 4477, Sabirov firmasida 8603 pud, hammasi bo'lib 20731 pud 77 funt choy bor edi. Oxirgi o'n yilda choy bilan savdo qilish 2 barobar o'sdi [3.105].

Rossiya imperiyasi qo'shni davlatlar bilan shartnoma tuzgan tomonlar o'rtasidagi savdoni tartibga soluvchi bojxona shartnomalarini imzoladi. Masalan, Buxoro, Xiva, Eron va Xitoy bilan shunday shartnomalar tuzildi. 1873-yil 28-sentabrda Shahrisabzda Buxoro va Rossiya o'rtasida do'stlik shartnomasi tuzilib, unda bojxona masalalari ham tartibga solindi. Shartnomaning VI moddasida Buxoro bilan savdo qiluvchi rus savdogarlaridan tovar qiymatining 2,5 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda undirilishi, o'z navbatida Turkiston o'lkasidagi buxorolik savdogarlardan tovar qiymatining 1/40 qismi undirilishi belgilab qo'yilgan edi. Savdogarlardan qo'shimcha boj va yig'imlar undirish taqiqlandi. Shartnomaning VII moddasida rus savdo garlariga o'z tovarlarini Buxoro yerlari orqali qo'shni davlatlarga bojsiz olib o'tish huquqi berilganligi qayd etildi[4.28]. Moliya vazirligi Buxoroga olib kiriladigan chet el tovarlariga bojxona to'lovlarini belgilashda Buxoro amiriga imtiyozlar berdi.

O'rta Osiyo xonliklari Rossiya bojxona tizimiga qo'shilishi natijsida savdo-iqtisodiy mustaqilligiga barham berildi. Aynan shu holat rus metropoliya ishlab chiqarish korxonalariga xom-ashyoni nafaqat O'rta Osiyo, balki qo'shni davlatlardan olib kirish imkoniyatiga ega bo'lib qolmay, balki Afg'oniston, Eron, Xitoy hududlarida ham o'z mahsulotlarini ichki bozorda sotishni yo'lga qo'ydi.

Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni bosib olishdan ko'zlagan maqsadlari o'lkani arzon xom-ashyo manbai va metropoliya ishlab chiqargan mahsulotlar uchun yangi bozorni vujudga keltirishdan iborat edi. Shuning uchun ham imperiya hukmron doiralari O'rta Osiyoni bosib olishda eng birinchi navbatda o'lka bozorlari, iqtisodiy resurslarini butunlay o'z qo'llariga olishga harakat qildilar. Ayni paytda, O'rta Osiyo bozorini egallab olish bu hududda o'z savdo monopoliyasini qaror toptirish maqsadida boj tizimini ham tubdan o'zgartirib, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi boj siyosatini yuritdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.Rasulov, A.Isoqboyev. Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi. O'quv qo'llanma I Qism. Namangan - 2012. B. 80-82.

2. Б.Алимджанов. Экономическая политика Российской империи в Туркестанском генерал-губернаторстве (вторая половина XIX-начало ХХ вв.). Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических наук. СПб - 2016. С. 123.

3. Н.Абдурахимова, Ф.Эргашев. Туркистонда чор мустамлака тизими. Т. : "Академия". - 2002. Б. 103.

4. Таможенное дело в актах законодательства (1881-1913). Путеводитель по Собранию Третьему Полного собрания законов Российской империи: справочное издание / сост.: В. В. Атаманчук, В. Д. Лыков; под науч. ред. В. Г. Балковой; вступ. ст. д-ра юрид. наук В. Г. Балковой; Российская

таможенная академия, Владивостокский филиал. - Владивосток: РИО Владивостокского филиала Российской таможенной академии. - 2019. С. 27.

5. M.Sodiqov, N.Jo'rayev. O'zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida) 1-kitob. - Т.: «Sharq». - 2011. B. 291.

6. Курбонов Ч. XIX аср охири - XX аср бошида Россия империясининг Урта Осиёда бож сиёсатини ташки ва ички савдога таъсири // O'zbekiston tarixi, 2010. №1. - Б. 20-28.

7. Узбекистоннинг янги тарихи. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: Шарк, 2000. Б. 198.

8. Торговые сношения России с Афганским Туркестаном происходит главным образом через бухарских купцов, так как въезд в Афганистан русских и вообще всех иноземцев, кроме бухарцев воспрещен, писала газета «Туркестан» в обзоре русско-афганских торговых отношений. Туркестан. 17 марта 1913 г. № 60. С. 65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.