Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING TASHKIL TOPISHI VA MAMURIY-HUDUDIY TUZULISHI
Sayfullayev Samarbek Dilshod O'g'li
Toshkent shahar Yangihayot tuman 334-maktabning Tarix fani o'qituvchisi
O'rta Osiyoni bosib olingan hududlarida o'z hukmronligini saqlab qolish va uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa xisoblagani uchun ham boshqaruv sohasida dastlab katta o 'zgarishlarni amalga oshirmagan. Shunday bo 'lsada yuqori davlat organlari o'z nazoratlariga olib quyi organlarni nazorat qilishgan. Mazkur maqolada Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi va ma^muriy-hududiy tuzulishi nemis adabiyotlaridagi talqini tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Turkiston general-gubernatorligi, ma^muriy, viloyat, uyezdl,
okrug.
At first, he did not make major changes in the field of administration because he considered maintaining his rule and strengthening it in the occupied territories of Central Asia as a first-class task. However, the higher state bodies controlled the lower bodies by bringing them under their control. This article analyzes the interpretation of the establishment of Turkestan General Governorship and administrative-territorial structure in German literature.
Key words: General-Governorship of Turkestan, administrative, region, uyezd, district
Поначалу он не производил серьезных изменений в области управления, поскольку считал сохранение своей власти и ее укрепление на оккупированных территориях Средней Азии первостепенной задачей. Однако высшие государственные органы контролировали низшие органы, подчиняя их своему контролю. В статье анализируется трактовка образования Туркестанского генерал-губернаторства и административно-территориального устройства в немецкой литературе.
Ключевые слова: Туркестанское генерал-губернаторство, административное управление, область, уезд, округ.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Rossiya imperiyasi o'lkani istilo qilgandan keyin mahalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun "Turkiston O'lkasini boshqarish haqidagi Nizom" ni joriy qilgan. Bu qonunga ko'ra mahalliy aholi siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan. Chunonchi, ularning vakillari oliy va o'rta lavozimlarga yaqinlashtirilmay, hokimiyat tamomila rus harbiylari va amaldorlari qo'lida to'plangan. Podsho Rossiyasi Turkiston o'lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylangan. Yevropa va Osiyoning bir qismini o'z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda o'ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zo'ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko'lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga qilmaslik kabi o'ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda o'z hukmronligini o'rnatish va boshqarish uchun mustamlakachilarning manfaatlarini himoya qiladigan mustahkam boshqaruv tartiblarini joriy etish uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rgan. Chunki, boshqaruv tizimi Rossiya hukumati uchun juda muhim bo'lib, bosib olingan joylarda mustamlakachilik siyosatini olib borishda asosiy tayanch hisoblangan. Turkiston generаl-gubernаtorligini boshqаrish bo'yichа ilk dаsturiy hujjаtlаrning ishlab chiqilishida "harbiy vaziyat" omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Ular yangi hududlar bosib olinishi bilan, yuzaga kelgan va qoida tarzida "muvaqqat" xususiyatga ega edi. Chunonchi, "Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridagi boshqaruv to'g'risidagi nizom" 1867-yili "tajriba tarzida uch yilga" joriy qilindi. Bu Nizomda soliq tizimini izga solish maqsadida xo'jalik boshqarmalarini tuzish belgilab qo'yilgan edi. Undan tashqari, 1868-yilning iyunida "Zarafshon okrugini boshqarishning muvaqqat qoidalari", "Farg'ona viloyatini boshqarish bo'yicha 1873-yil muvaqqat nizom", "Amudaryo bo'limini boshqarish bo'yicha 1874-yil 21-may Nizomi" ham ishlab chiqilib, qabul qilingan edi.bo'lsada, yo'limizda uchragan barcha shahar va qal'alarni kuch bilan olishimizga to'g'ri keldi"
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va amaliyoti uning bu o'lkada o'z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. XVIII asrda tashkil topgan mustaqil Qo'qon xonligi davlati yo'q qilinib bir viloyatga aylantirildi, Turkistonda milliy davlatchilikka barham berildi. Rossiya imperiyasi o'zining boshqaruv tizimini sekin-astalik bilan joriy eta boshladi. Ammo imperiyaning bu o'lkada o'rnatgan ma'muriyati uning tasrrufidagi boshqa o'lkalar boshqaruvidan
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
o'zining keskin harbiy-mirshablik tartibi bilan ajralib turgan. Rossiya hukumatining Turkiston o'lkasi uchun 1865 - 1916-yillar oralig'ida ishlab chiqqan hamda amalga tadbiq etilgan o'nta qonun loyihalari (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916-yillar)da va ularning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgarishlarda ana shu holat o'z aksini topgan41. Bu qonunning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgarishlarda Turkistonni boshqaruvidagi harbiy-mirshablik ruhi aniq o'z ifodasini topgan. Yuqoridagilarni isboti sifatida Rus zodagonlaridan biri A.B.Vrevskiy "Turkiston xalqlari o'zlarini boshqaruvchi va sud qiluvchi yagona hokimiyatga o'rgangan", deb o'lkada qattiqo'l mustabid idora zarurligiga ishora qilgan. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki Rossiya imperiyasi mustamlaka tizimini dastlabki yillarida ilgarigi boshqaruvga ham tayanib ish ko'rgan. Buni birinchi marta Orenburg General-gubernatori Krijanovskiy Toshkent aholisiga nisbatan qo'llagan. Toshkent shahri bosib olinganidan so'ng 1864 - 1865-yillarda bosib olingan hududlarda Orenburg General-gubernatorligi tarkibida 1865-yil harbiylashgan ma'muriy boshqaruv tartiblariga asoslangan Turkiston viloyati tashkil etilib, unga general-mayor M. G. Chernyayev gubernator etib tayinlanadi. Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865-yil 6-avgustda "Turkiston viloyatini boshqarish to'g'risidagi Muvaqqat Nizom" qabul qilinib, unga muvofiq harbiy va fuqarolik hokimiyati harbiy gubernator qo'lida bo'limlarga bo'linib, ularni bo'lim boshliqlari boshqargan. Bo'lim boshlig'i bir vaqtning o'zida bo'lim harbiy komendanti ham hisoblangan. Bo'lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi va rus amaldorlaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo'ysungan. Shuningdek, bu "Nizom"ga ko'ra, Turkiston viloyati gubernatori, "biy, oqsoqol, rais va qozi lavozimidagi tub joy aholi vakillarini egallab turgan lavozimiga tasdiqlash, bo'shatish, almashtirish vakolatiga ega bo'lgan" Turkiston hududida dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, 453 ming kishi istiqomat qilar edi. Turkiston viloyatining ichki ma'muriy-hududiy bo'linish tizimi sof harbiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lib, uning asosini harbiy-hududiy birliklar tashkil qilar edi. Viloyat uch bo'limdan iborat bo'lib, keyinchalik Sirdaryo nomini olgan o'ng qanotga Aralsk, 1-frot (keyinchalik Kazalinsk deb nomlandi ) va Perovsk; markazga Turkiston va Chimkent rayonlari; chap qanotga Avliyoota, Narke va Pishpek shaharlari kiradi.
Dastlab Turkiston viloyatining ma'muriy markazi qilib Chimkent shahri belgilandi. Rus qo'shinlari Toshkentni egallaganidan so'ng, to u Rossiya tarkibiga rasman kiritilguniga qadar, bu shahar Turkistonning ma'muriy markazi bo'lib turdi. 1866-yilda Imperiyaga rasman qo'shib olingan Toshkent va uning atrofidagi hududlar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Toshkent rayoni deb atalgan alohida birlikni tashkil qildi. 1866-yili Turkiston viloyati tarkibida Erjar-Zomin bo'limlari, O'ratepa va Jizzax tumanlari tashkil qilindi. Mustamlaka o'ikalarni boshqarish asoslari absolyutizm davridayoq yuzaga kelgan bo'lib, ular smaderjaviya (podosho hokimiyati)ning Volgabo'yi, Sibir, Qozog'iston, Kavkaz va boshqa qator hududlardagi manfaatlarini ozmi-ko'pmi ta'minlab kelargan. Ular zamirida harbiy va harbiy bo'lmagan hokimiyat birlashar hamda ma'muriy, sudlov xo'jalik va boshqa vazifalar bitta muassasa qo'lida jamlanar edi. Xuddi shunga o'xshash boshqaruv usuli, deyarli o'zgarmagan tartibda zamonga moslangan holda Turkiston o'lkasida ham sekin astalik bilan joriy qilina boshlangan.
Rossiya imperiyasi Turkistonda keng ko'lamli bosqinchilik yurishlarini boshlar ekan, o'lkani boshqarishga doir oldindan puxta tayyorlangan rejaga ega bo'lmagan. Vaholanki, bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil qilish bilan bog'liq tayyor loyihalar ham yo'q edi. Mana shunday sharoitda Turkiston viloyatining ma'muriy tuzilishini tartibga solishga qaratilgan me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi Rus harbiy qo'mondonligiga o'tgan. Huddi shunday hujjatlardan birinchisi Yangi Qo'qon liniyasi qo'mondoni M. G. Chernayevning Harbiy shtabida ishlab chiqilib, harbiy vazirlikda ko'rib chiqilib, qayta ishlangan va 1865-yilning 6-avgustida Aleksandr II "Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizom"ga imzo chekkan.
Ushbu hujjatga muvofiq, mahalliy ma'muriyat boshlig'i harbiy general-gubernator hisoblanib, uning qo'liga harbiy va harbiy bo'lmagan hokimiyat berilgan edi. Bunday lavozimga rus amaldorlari tayinlanib, mahalliy aholi ustidan umumiy nazorat yurituvchi mahalliy boshqaruvchilar bo'ysundirilgan edi. Ularga quyidagi vazifalar yuklatilgan: karvon tijorati xavfsizligini ta'minlash; tub aholidan soliq yig'imlarini to'plash; aholining majburiyatlarni va ma'muriyat ko'rsatmalarini bajarshni nazorat qilishdan iborat bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash majburiyatlar "1865-yilgi muvaqqat Nizom"da shahar hokimlari zimmasiga ham yuklatilgan bo'lib, bu lavozimga yirik shaharlarda rus ofitserlari tayinlangan. Ushbu boshqaruv apparatida "mahalliy" deb ataluvchi ma'muriyat ko'makchi rol o'ynar edi. O'rta Osiyoda xonlik davrida bo'lgani kabi shaharlarning tub aholisi yashaydigan mahallalarni oqsoqollar boshqarar edi. Bosh oqsoqolga mahalla tomonidan saylanuvchi shahar tumanlari oqsoqollari bo'ysungan. Politsiya vazifasini raislar bajarganlar. Ular bozorlarda asosan tosh-tarozini, savdo va jamoat tartibini nazorat qilardilar. Soliq yig'imlari bilan zakotchi shug'ullangan.
Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi boshqaruvchilarning vazifalari joylarda tinchlikni saqlash, karvonlar xavfsizligini ta'minlash, o'rmon, suv inshootlarini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qo'riqlash, o'troq va ko'chmanchi aholi o'rtasidagi janjallarni hal qilish, aholiga soliq va majburiyatlarni belgilash, ularni o'z vaqtida va o'z miqdorida to'lashni nazorat qilish, nazorat natijalarini bo'lim boshlig'iga yetkazishdan iborat bo'lgan. Mahalliy aholining o'troq hayot kechiruvchi qismida sud ishlari bo'yicha qozilar chiqargan hukmlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanishi lozim bo'lib, qozilarning chiqargan hukmlarini harbiy gubernator o'zgartirish huquqiga ega bo'lgan. Ko'chmanchi aholining biy sudlari mahalliy aholi boshqaruvchilarining ruxsati bilan o'tkazilgan. Biy sudlarida ishlar odat qoidalari asosida ko'rilgan.
1865-yildayoq Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoni bilan Orenburg va G'arbiy Sibir general-gubernatorliklari hamda Turkiston viloyati turmush tarzi va umumiy ahvolini o'rganish uchun "Dasht komissiyasi" tuzildi. Ushbu komissiyaning vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o'rganish hamda ularni qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma'lumotlar to'plashdan iborat bo'lgan. Komissiya o'z ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga asoslangan holda foydalanishni belgilab bergan edi:
Harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo'lda to'plagan holda o'lkani boshqarish. Harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo'lda to'plagan holda o'lkani boshqarish. Siyosiy hokimiyatga ega bo'lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni yerli aholining xulq-atvori va urf-odatlarini hisobga olib, mahalliy aholi qo'liga topshirish. Mahalliy boshqarmada, uning qonun va urf-odatlarida mavjud bo'lgan davlat manfaatlariga ziyon yetkazuvchi barcha narsalarni butunlay tugatish. Imkoniyati boricha sudni ma'muriyatdan batamom ajratib qo'yish.
1867 yilda Peterburgda Turkiston boshqaruvi bo'yicha tayyorlangan "Nizom" loyihasi maxsus komissiya tomonidan muhokama qilinib, unda Orenburg general-gubernatorligidan alohida bo'lgan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to'g'risidagi qaror qabul qilingan. 1867-yil 11-aprelda Aleksandr II tomonidan komissiya taklifi ma'qullanib, 11-iyulda Janubiy Qozog'iston va O'rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilganligi to'g'risida farmon e'lon qilingan. Birinchi general-gubernator qilib K. P. Kaufman (1818 - 1882) tayinlangan. K.P. Kaufman o'ziga berilgan "Turkiston o'lkasida tartib o'rnatuvchi" nomini oqlab 15 yil davomida imperiyaga o'lkadagi mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashga sadoqat bilan xizmat qilgan.
Yangi tashkil etilgan ushbu ma'muriy birlik dastavval 2 ta - Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini o'z ichiga olgan edi. Manbalarining ma'lumot berishicha, imperiya hukumatining 1867-yilgi manifestiga ko'ra, Kaufmanga "o'lkani boshqarish uchun kerakli va zarur deb hisoblangan barcha tadbirlarni mahalliy sharoitdan kelib
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilib, siyosiy, chegaraviy va savdo ishlarini hal qilish, qo'shni mamlakatlarga ularning Rossiya bilan o'zaro aloqalariga tegishli muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash, o'zaro kelishuvga erishish va qarorlar kabul qilish uchun ishonchli vakillarni jo'natishda cheklanmagan vakolatlar berilgan".
Imperiya mustamlakachilari qishloqlarni boshqarishda 1867-yilgi Turkiston general-gubernatorligining viloyatlarni boshqarish haqidagi "Vaqtli nizom loyihasi" deb atalgan hujjatlar majmuasiga amal qilganlar. Unga ko'ra ko'chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovullar), o'troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etilgan. Turkiston viloyatining ko'chmanchi aholisi urug'lar, bo'limlar va guruhlarga bo'lingan. Urug'larni urug'boshilar - manaplar, sultonlar va katta biylar; bo'limlarni - biylar; guruhlarni - to'g'ochlar boshqarganlar. Sulton, manap va biy unvonlari asosan otadan bolaga meros bo'lib o'tgan54. Shunga qaramay, sulton, manap va biylarning o'rniga saylangan yangi shaxslar mahalliy aholi boshqaruvchisi, imperiya harbiy amaldorining tasdig'idan o'tishlari lozim bo'lgan. 1867-yil 11-iyulda imperator Aleksand II Turkiston harbiy okrugini ta'sis etdi va O'rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobodan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to'g'risida farmon e'lon qildi.
1867 yilgi "Nizom" loyihasida Turkiston o'lkasining Rossiya harbiy vazirligi tarkibida bo'lishi, o'lka harbiy hokimiyat orqali boshqarilishi, General-gubernator o'lkada joylashgan qo'shinga qo'mondonlik qilishi, boshqaruvning quyi bo'g'iniga yerlik aholi vakillari saylov orqali saylanishi, o'lka boshkaruvini Rossiya imperiyasidagi mavjud boshqaruv tizimiga yaqinlashtirib, keyinchalik o'lkani imperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish, o'lkaning ma'muriy-hududiy bo'linishida esa imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va strategik maqsadlaridan kelib chiqib ish tutilishi ko'rsatib o'tilgan.
Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o'z hukmronligini saqlab qolish va uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblangani uchun ham boshqaruv sohasida dastlab katta o'zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo'lgan quyi boshqaruv organlari, soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning dastlab saqlanib qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining turmush tarziga katta o'zgarishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Undan tashqari, yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan o'z
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
odamlari bo'lmaganligi, mahalliy sharoitni to'liq bilmaslik kabilar ham an'anaviy boshqaruv tizimini ma'lum muddat saqlab qolishga majbur qilgan.
Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga G'arbiy Sibir general-gubernatorligi tasarrufida bo'lgan Semipalatinsk viloyati hududining bir qismi kiritilgan. Chegara chizig'i Semipalatinsk viloyati chegarasidan Balxash ko'lining o'rtasigacha cho'zilib Sarisuv daryosiga qadar cho'zilgan. Orenburg general-gubernatorligi bilan chegara chizig'i Perovsk ko'rfazi o'rtasigacha, Termembes tog'iga, undan Terken, Qalmas, Muzbil, Oqqum, Cho'bartepa tog'lari bo'ylab Mo'yinqumning janubiy etaklari va Sarisuv daryosi Chu daryosi bilan qo'shilgan joyga qadar borgan.
■ Turkiston general-gubernatorligi 1867 - 1886-yillarda viloyat va uyezdlarga bo'lingan edi. O'rta Osiyo xonliklari bilan chegaradosh joylarda uyezdlar o'rniga ularga mos ravishdagi harbiy-hududiy birliklar okruglar, bo'limlar va rayonlar tashkil qilingan. Dastlab, Turkiston general-gubernatorligi ikki viloyat: markazi Toshkentda bo'lgan Sirdaryo hamda markazi Verniy shahrida bo'lgan Yettisuv viloyatiga bo'lingan. Keyinchalik bosib olingan hududlar hisobiga qo'shimcha tarzda quyidagi ma'muriy-hududiy birliklar tashkil qilingan: 1868-yilda markazi Samarqandda bo'lgan Zarafshon okrugi; 1874-yilda markazi Petroaleksandrovsk (To'rtko'l)da bo'lgan Amudaryo bo'limi; 1876-yilda Qo'qon xonligining tugatilishi hisobiga markazi Yangi Marg'ilon (Farg'ona) shahri bo'lgan Farg'ona viloyati.
Yettisuv viloyati Sevestapolsk, Ko'pal, Verniy, Issiqko'l va To'qmoq uyezdlariga bo'lingan edi. 1882-yili u Turkiston eneral-gubernatorligi tarkibidan chiqarildi. Sirdaryo viloyati tarkibida 1868-yili Avliyoota, Qazala, Qurama (markazi Qo'yliq qishlog'i), Perovsk, Turkiston, Xo'jand va CHimkent uyezdlari tashkil qilindi. Toshkent shahri mustaqil ma'muriy birlikni tashkil etgan.
Zarafshon okrugi hududi dastlab Samarqand va Kattaqo'rg'on bo'limlariga bo'lingan edi. 1871-yilda ularga yangi ma'muriy-hududiy birlik tog'li tumanlar qo'shildi. U Zarafshon daryosining yuqorisida joylashgan mayda bekliklardan tuzildi. Samarqand bo'limi uchta, Kattaqo'rg'on bo'limi esa bitta tumandan iborat bo'lgan.Xiva xonligidan ajratib olingan hududning bir qismida tashkil qilingan Amudaryo bo'limi Chimboy va Sho'raxon uchastkalariga bo'lingan.
Farg'ona viloyati hududida Andijon, Qo'qon, Marg'ilon, Namangan, O'sh va Chust uyezdlari bo'lib, ular bilan bir vaqtda Chimyon (1879-yildan boshlab Isfara) uyezdi tuzilgan edi, uning hududi 1881-yilda Qo'qon va Marg'ilon uyezdlariga bo'lib yuborildi. Hududni tashkillashtirish tizimidagi eng quyi bo'g'in bo'lis (volost) hisoblangan. Biroq, bo'lis boshqaruvi izchil ravishda faqat Farg'ona viloyati hamda Zarafshon okrugida joriy qilingan. Boshqa joylarda esa, ko'chmanchi aholi sonining
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'pligi tufayli, bo'lislar bilan bir qatorda, aholi o'troq yashovchi tumanlarda oqsoqolliklar ham tashkil qilindi. Xo'jand uyezdi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, uning hududi uchta Xo'jand, O'ratepa va Jizzax rayonlariga bo'lingan. Umuman olganda, imperiya tomonidan Turkistonda amalga oshirilgan ma'muriy-hududiy bo'linishda o'lkaning tabiiy, tarixiy, iqtisodiy va milliy xususiyatlari hisobga olinmadi. U haqli ravishda byurokratik-g'azna ahamiyatiga molik deb atalgan hududlarni tashkillashtirish bo'yicha umumimperiya tadbirining qonuniy davomi bo'ldi. "1863-1867 yillardagi muvaffaqiyatlar, - deb yozadi Turkistonning birinchi General-gubernatori K.P. Kaufman o'zining podshoga yo'llagan hisobotida, bu turg'un va o'z turg'unligiga o'ralgan mamlakatning butun siyosiy tizimin barbod qilgani holda, yakson bo'lgan kuchlarni qo'lga olish, ularni o'lkaga rus davlati manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib kelingan yangi ijobiy siyosiy va fuqaroviy dasturlarni bajarishga yo'naltirishni uddalay olmadi".
Real turmush imperiyaning "taraqqiyot olib kirish" borasidagi rejalaridan ancha murakkab bo'lib chiqdi. O'n minglab kishilar imperiya agressiyasiga qarshi kurashga qo'zg'aldilar. Kaufman rus davlatining manfaatlarini bosqinchilarga qarshi yalpi qattiq kurash sharoitida joriy qilishga majbur bo'ldi. Podsho yorlig'i K.P. Kaufmanga "barcha siyosiy, chegara va savdo-sotiq ishlarini hal qilish, qo'shni mamlakatlarda muzokara olib borish va traktatlarni imzolash, qarorlar uchun shartlarni kelishish" vakolatini berardi. U o'lkadan ayrim shaxslarni siyosiy sabablarga ko'ra besh yilgacha bo'lgan muddatga badarg'a qilish va qarshilik ko'rsatilgan taqdirda, ishni harbiy sudga oshirish huquqiga ega edi. Gubernator aholiga solinuvchi soliqlar miqdorini belgilar, ajnabiylarni rus fuqaroligiga qabul qilar, kreditlarni taqsimlar, shu jumladan, tub aholiga mansub bo'lgan shaxslarga o'lim jazosi berish haqidagi hukmlarni (agar ular qozilik va biylik sudlari tomonidan chiqarilgan bo'lsa) bekor qilish huquqiga ega edi. Rus hukumati o'ziga mustahkam tayanch barpo etish va hukumronligini mustahkamlash maqsadida rus shaharlari va qishloqlarini barpo etishga alohida ahamiyat berdi. Natijada Rossiyaning turli joylaridan Turkiston o'lkasiga ko'chib keluvchilar soni ortib bordi. XIX asrning oxiriga kelib o'lkadagi ruslar soni 197420 kishiga yetdi.
REFERENCES
1. Eshov B. O'zbekistonda Davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012. - B. 426.
2. Sodiqov H., Jo'rayev N. O'zbekiston tarixi. - T.: Sharq, 2011. - B. 122.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Bedauerlicherweise war dem Autor nur die Übersetzung in Schmeidler zugänglich und keiner der Verträge im russischen Original; deshalb wird im folgenden der Vertrag mit dem Khanat Khokant nach Schmeidler, Das Russische Reich, S. 466f. zitiert. Bei Bennigsen wird der Vertrag nur nebenbei, ohne genauer auf seinen Inhalt einzugehen, erwähnt; vgl. Alexandre Bennigsen, Die Türken unter der Zaren- und Sowjetherrschaft, in: FW, Bd. 16, S. 212
4. Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областей. - СПб., 1867, - С. 47-48.
5. «Русский вестник», 1868, № 5; Зияев X,. Завоевание Бухарского и Хивинского ханств царизмом // «Общественные науки в Узбекистане». 1990, №
мустамлакачилиги даврида. - Т:Шарк, 2000. - Б. 191.
7. Бартольд В. В. Сочинения II том. Общие работы по истории Средней Азии, работы по истории кавказа и восточной Европы. - Москва, 1963. - С. 350
8. Eshov B. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012. - B. 423.
9. Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890.-B.:54
10. Rohrbach, Paul von Russische Kolonisation in Asien-Berlin. 1900.-B.76.
11. Abduraximova N. Turkistonda chor mustamlakachilik tizimi. - Toshkent: Akademiya, 2002. - B. 32.
12. Christian Bachner von Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890...-Lengthal bei Dingolfing B.:45.
13. Christian Bachner von Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890...-Lengthal bei Dingolfing B.:46
8 - Б. 39.
6. Узбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси