Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
XX ASR BOSHLARI MA'RIFATPARVARI ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING "TANVIR AL-AHDOQ FI-MAKORIM AL-AXLOQ"(GO'ZAL AXLOQLAR BORASIDA KO'Z GAVHARINI NURLANTIRISH) ASARIDA ILGARI SURILGAN AXLOQIY FIKRLAR
TASNIFI
Abrorxon Asatulloevich Asatulloev
Guliston davlat pedagogika instituti [email protected] (90 982-30-92)
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda Sharq falsafiy tafakkuri, uning ochilmagan noyob ma'naviy me'rosini tadqiq etish, ajdodlarimiz qoldirgan qimmatli asarlarni o'rganish har jihatdan dolzarbdir. Shu tufayli ham Sharqning xususan o 'rta osiyoning mashhur shaxslaridan biri Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning "Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq " asari va undagi yoritilgan falsafiy va axloqiy mulohazalarni tadqiq etish, manba sifatida asarni tahliliy o 'rganish hamda uning Sharq falsafasidagi o 'rnini ochib berishdan iborat. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning "Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq " asari va undagi ilgari surilgan g'oyalar nihoyatda e'tiborlidir.
Tayanch (eng muhim) so'zlar: XX asr boshlari, manifest, Turkiston milliy matbuoti, "Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq ", "al-Isloh ", axloq ilmi, ota va ona, muallimlar, ulug 'lar, podshohlar, do 'stlar.
КЛАССИФИКАЦИЯ МОРАЛНЫХ ИДЕЙ, ВЫДВИНУТЫХ В ПРОИЗВЕДЕНИЯ «ТАНВИР АЛ-АХДАК ФИ-МАКОРИМ АЛ-АХЛАК» ПРОСВЕТИТЕЛЯ НАЧАЛА ХХ-ВЕКА АБДУРАХМАН САЙЯХ
ТОШКАНДИ
Асатуллоев Аброрхон Асатуллоевич
Гулистанский государственный педагогический институт ([email protected]) (90 982-30-92)
АННОТАЦИЯ
Сегодня, Восточное философское мышление, а также не исследование уникальное духовного наследия наших предков, чтобы изучать ценные произведения важные всех. Поэтому, особенно в Востоке и в Среднием Азии один из известных личностьей Мухаммад Садык Тошканди и его произведения "Танвир ал-ахдак фи-макорим ал-ахлак" находит свое отражение в философских и моральных рассуждениях остается в качестве источника исследований, анализа и состоит в открытом положение в Восточном философии. Произведения "Танвир ал-ахдак фи-макорим ал-ахлак" Абдаррахмана Саййаха Тошканди и выдвинутые очень хорошие идеии.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Ключевые слова: В начале двадцатого века, манифест, национальный пресс-Туркестан, "Танвир ал-ахдок фи-макорим ал-ахлок", "аль-Ислах", моральная наука, родители, учителя и цари великие, друзья.
CLASSIFICATON OF MORAL IDEAS PUT FORWARD IN THE WORK
OF "TANVIR AL-AKHDAK FI-MAKORIM AL-AKHLAK" OF ABDURAKHMAN SAYYAH TASHKANDI WHO THE ENLIGHTENER OF
THE EARLY XX CENTURY
Asatulloev Abrorkhon Asatulloevich
Gulistan state pedagogical institute [email protected] (90 982-30-92)
ABSTRACT
Today, the Eastern philosophical thinking, the valuable works are important to learn a unique study of the spiritual heritage of our ancestors. Therefore, especially in the middle of the East Asia one of the famous Muhammad Sadiq Toshkandi and "Tanvir al-akhdok fi-makorim al-akhlok" is reflected in its philosophical and moral reasoning remains as a source of research, analysis and to the open position of the Eastern philosophy in the East, especially in the Central Asia. "Tanvir al-akhdok fi-makorim al-akhlok" of Muhammad Sadiq Toshkandi and the his ideas ofput forward are very well.
Key words: The beginning of the twentieth century, the manifesto, the Turkestan national press, "Tanvir al-akhdok fi-makorim al-akhlok", "al-Islakh", moral science, parents, teachers, and great kings, friends.
Muallim deb nafsni islohga keltirguvchini aytilur. Agar ota-ona jismni kamoliga sababchi bo 'Isalar, muallim nafsning javhari kamoliga sabab bo 'lur.
(Abdurahmon Sayyoh).
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng barcha jabhalar qatori tarix va falsafa kabi ijtimoiy gumanitar fanlar tizimida ham o'ziga xos yangilanishlar va o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mustabid sho'ro tuzumi davrida tuzumga mos ravishda mafkuralashtirilgan tarix va falsafa sohasida qayta yangiliklar amalga oshirildi. Ushbu sohalarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish ziyolilarimizga dolzarb vazifa sifatida yuklatildi.
Sharq falsafasi tarkibida islom falsafasi muhim o'rin egallaydi. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta'minoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o'z navbatida bu falsafiy - axloqiy ta'limotlar ham xalqimiz ma'naviyatidan bahra olib boyib bordi. Birinchi
Research BIB / Index Copernicus
Prezidentimiz I.A.Karimov to'g'ri ta'kidlaganidek, "Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo'lyozma asarlar bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz, iftixorimizdir... Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan qo'lyozmalarni jiddiy o'rganish davri keldi"[3;32].
Abdurahmon Muhammad Sodiq o'g'li Toshkandiy ham XX asr boshlari matbuotida "Sayyoh" taxallusi bilan tanilgan ma'rifatparvar ziyolilardan biri bo'lib, u XIX asr oxiri XX asr boshlarida noshirlik qilish bilan birga odob axloq, diniy va ma'rifiy sohalarga oid qator kitoblar yozgan. Jumladan, birgina "Me'yor ul-axloq" asarining oxirgi qismida Abdurahmon Sayyohning muallifligida nashrga tayyorlangan "Makkai mukarrama tarixi", "Bayt ul-muqaddas tarixi", "Arabning qadimiy tarixi", "Bani Isroil tarixi" kabi o'nga yaqin asarlar nomlari keltirilgan. Bundan tashqari u siyosat, islom, tarix, ma'naviyat sohalarida chop etilgan ko'plab kitoblarga noshirlik qilgan. Shuningdek, uning o'zi ham necha kitoblar yozgani ma'lum. Abdurahmon Sayyohning o'lka aholisi kitob savodxonligini oshirish, mahalliy va dunyoviy yangiliklardan, ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlardan xabardor qilishga qaratilgan faoliyati uning bosh muharrirligida 1915-1917 yillarda Toshkentda nashr qilingan "al-Isloh" jurnali faoliyatida ham ko'rish mumkin. Mazkur jurnal nafaqat Turkiston o'lkasida balki, qo'shni musulmon mamlakatlarida ham mashhur bo'lgan. Jurnalda islom, shariat va fiqhiy masalalar, odob-axloq muammolari, mashhur diniy asarlardan tarjimalar, o'lka hayotiga oid bahs-munozalarlar berib borilgan[4;347].
Abdurahmon Sayyoh qalamiga mansub asarlardan ikkitasi "Me'yor ul-axloq" hamda "Tanvir ul-ahdoq fi-t makorim ul-axloq" asarlari o'rta asrlarda yashab o'tgan islom olamining yirik allomalari ilgari surgan g'oyalar asosida yozilgan bo'lib, odob-axloqqa oiddir. Mazkur asarlarda muallif axloqning mohiyati xususida fikr yuritar ekan avvalo Qur'oni karim, hadisi sharif hamda imom G'azzoliy, Faxriddin Roziy kabi allomalar asarlariga ishora qiladi. Asarlarda muallif tomonidan an'anaviy musulmon odob-axloq masalalariga yangicha yondashuvlarning bildirilishi alohida ahamiyatga ega.
"Me'yor ul-axloq" asariga yaqin aniqrog'i, ayrim o'zgartirishlar bilan o'zbek tilida nashr etilgan "Tanvir ul-ahdoq fi-makorim ul-axloq" (Go'zal axloqlar borasida ko'z gavharini nurlantirish) nomli asarining 1913 yil Toshkentda G'ulom Hasan Orifjonov matbaasida toshbosma uslubida chop etilgan[1].
Umuman olganda, "Tanvir ul-ahdoq fi-makorim ul-axloq" asari nashrida Turkiston o'lkasidagi ta'lim muassasalarida musulmon bolalar ta'lim-tarbiyasida odob-axloq mavzusini sodda va tushunarli qilib yoritish maqsad qilib olinganligini ko'rish mumkin. Zero, o'sha davr nuqtai nazaridan mahalliy hamda keng yo'l ochilgan rus-tuzem maktablarida o'rta asrlarda yaratilgan odob-axloq haqidagi
Research BIB / Index Copernicus
an'anaviy kitoblar o'quv dasturlaridan chetga chiqarilgan bir paytda, ularda ilgari surilgan g'oyalar hamda islomiy an'analar doirasida, mahalliy ma'rifatparvarlar tomonidan davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta ishlangan odob-axloq darsliklariga ehtiyoj katta edi.
Abdurahmon Sayyoh axloq mavzusiga o'zi yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan kelib chiqqan holda fikr bildirgan. Odob-axloq masalasini Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi o'sha davrning boshqa ma'rifatparvarlari singari Turkiston jamiyatini halokatdan, qoloqlikdan ilm-fan taraqqiyotiga olib chiquvchi omil sifatida qaraydi. Ilgari surgan fikr-mulohazalarida "chiroyli odob-axloqqa erishishning yo'li bu hukamolar ya'ni zamon olimlari ta'limini, bilimini olishdir" degan xulosaga keladi.
"Tanvir ul-ahdoq fi-t makorim ul-axloq" asaridan tarjima qilingan ushbu fikrlar ahamiyati hamon qadrlidir. Maishiy hayot zaruriyatlari: Odamlarning ishlari u siz anjom topmaydir, bu to'rt narsadur:
Birinchi - dehqonchilik - taom ishi uning bilan durust bo'lgay.
Ikkinchi - to'quvchilik - kiyim, libos ishi uing bilan durust bo'lgay.
Uchinchi - binokorlik, toki maskan va imoratlar bino qilmoq uning bilan durust bo'lgay.
To'rtinchi - siyosat qilguvchi, toki kishilarning ishlari uning bilan intizom topgay. Chunki, bir kishi o'zining barcha ishlarini ham o'z qo'li bilan anjom bera olmaydi.
Uy tadbirlari xususida: Uyning tadbirida insonlar ushbu to'rt narsaga muhtoj bo'ladilar. Birinchisi - mol, ikkinchisi- xizmatkor, uchinchisi - xotin, to'rtinchisi -farzand. Mol-mulkka hojat shu sababdanki, Xudoyi taolo insonni taomga muhtoj qilib yaratgan. Va aning yemishi tabiiy emasdur.
... Shulardan biri xotindan ikki maqsad bordir. Birinchisi tabiiy, ikkinchisi ixtiyoriy. Tabiiy maqsadning ko'rinishi shudirki, Xudoyi taolo jismning yolg'iz qolmasligini taqdir qilgan. Lojarm jismlarning barobarga kelmog'lari lozimdir. Chunki, agar jismlardan biri ketsa va u o'z o'rniga boshqa kelmasa nasl to'xtaydi. Modomiki, Xudoyi taolo olamni taqdir qilgan ekan, insoniyat nasli to'xtamasligi lozimdir. Ixtiyoriy maqsadning sababi shudirki, er kishining tabiati, mijozi issiq, xotin kishining mijozi sovuqdir. Binobarin, er kishiga tashqarida bo'lmoq va mashaqqatli ishlarga muboshirat qilmoq munosibroq keldi. Vaqtiki, er kishi doim tashqarida bo'lsa, unga bir sherik, yelkadosh lozimdirki, u uyning ishlarini saranjom qilgay. Bu xotin bo'lgay.
Xotin tanlash xususida: Uylanishda xotinning husnu-jamoli, moli va nasabi uchun rag'bat qilinmagay. Chunki, agar xotinda ushbu xislatlar bo'lsa o'zini eriga haqdor, erning ustidan o'zini ustun deb bilgay. Bu esa xotinda fitna va fasodga sabab bo'lgay. Er kishi xotinga farzand yo naslning davom etishi uchun rag'bat qilgay.
Research BIB / Index Copernicus
Farzandga rag'bat qilmoq uchun xotinning tabiati durust ya'ni, sog'lom va salim bo'lmog'i lozimdir.
Xotin tutish haqida: Er kishi xotinga bu olti narsani rioyat qilgay. Birinchisi, xotinning ko'ngliga naqsh qilgayki, undan maqsad uyning muhofazasidir. Ya'ni, doim mubosharat qilmoq emasdur. Ikkinchisi, uyning muhofazasi va saranjom-sarishtaligini xotinga topshirgay va hech bir holatda unga tegishli ishlarga daxl etmagay. Uchinchisi, (ortiqcha) ishq va muhabbat izhor etmagay, uydagi mollarni xohlagancha sarf qilmoqqa ixtiyor bermagay. To'rtinchisi, o'zining sirlarini xotindan maxfiy tutmagay. Xotinga tobe' bo'lmagay aksincha, uni o'ziga tobe' qilgay. Beshinchisi, badxulq va badkirdor xotinlarni uyiga qo'ymagay, suhbat qilmagay. Oltinchisi, agar badkirdor xotinga duchor bo'lsa-yu hech sulhga kelmasa undan nari ketgay.
Uyning intizomi xususida: Uyning intizomi uchun bir necha maslahatlarning mavjud bo'lmog'i lozimdir. Bular - aql, dilning va jismning quvvatliligi, uning shahvatga g'olib bo'lmog'i va shahvatning unga g'olib bo'lmasligi, tavfiq va hidoyatning oshnoligi kabidirki, to har ishda adl va e'tidolni qo'ldan bermaslik uchun.
Farzandning ahvoli xususida: Farzandning tarbiyasi uning ota va onasi tabiati, nafsoniy hatti - harakatlari muhitida kamol topadi. Shu sababli ham nasabning e'tibori aqlan va shar'an juda muhimdir. Va yana farzandni aql va shariatga muvofiq adablantirmoq lozim. Fazilat ahllarining majlislaridan mahrum qilmagaylar. Ortiqcha hazil va mutoyibadan man' qilgaylar. Mumkin qadar yoshligidan maqbul amallar va yaxshi siyratlarga odatlantirmoq lozim. Chunki, agar yoshlik vaqtida tarbiya yomon bo'lsa, keyin o'sha nomunosib amallardan qaytarish qiyin bo'lgay.
Avlod tarbiyasi xususida: Farzand tarbiyasida ota-onaga bu to'rt narsa zarurdir. Bular - taaddubi jismoniy, taaddubi nafsoniy, husni tabsiyat, husni tarbiyat. Taaddubi jismoniy shudirki, farzandning harakati va badanini sihat qoidalariga muvofiq qilmoq, hamda ko'p yemoq va ichmoq, bema'ni kiyinmoqdan, qasam ichmoq, so'kmoq, yolg'on gapirmoqdan man qilmoq, yomon hamsuhbatlardan saqlamoqdir.
Taaddubi nafsoniy shudirki, ya'ni ilm va odob o'rgatmoq, shariatning ahkomlari bilan tanishtirmoq, o'tmishni tarix mutoalasi ila birdirmoqdir. Yana Kalomulloh, husnixat, lug'at, sarf-nahv, handasa, hisob, jug'rofiya, ilmi fiqh ya'ni, halol va haromni, ilmi hadisni o'rgatmoqlikdir. Ana o'shanda farzand zararli narsalarni o'zidan uzoq tutib, manfaatli narsalarni yaqin tutmoqqa qodir bo'ladi.
Husni tasbiyat ya'ni, farzandga yaxshi so'zlarni o'rgatib, yomon so'zlarni so'zlashga man qilmoqdir. Husni tarbiyatlardan yana biri farzandga yaxshi mazhabni ixtiyor qildirmoq, yaxshi odatlarga o'rgatmoqdir.
Ahli nav' birla tadbir tuzmak xususida: Ma'lum bo'lsinkim ahli nav'ga ota va ona, muallim, xoja va podshoh kiradi.
Ota va ona: Ota va onaga ta'zim va izzat-ikromni bajo keltirmoq, qanchalik baland martabaga yetgan bo'lsalar ham ularga ta'zim qilishdan or-nomus qilmaslik
Research BIB / Index Copernicus
lozimdir. Yana ota-onaning har qanday maqsadlari bo'lsa shu yo'lda sa'y va taraddud qilmoqlik, tanu-jonlari va mollari bilan ularga xizmat qilmoqlik, xizmatni chin ko'ngildan bajarmoq, hech vaqt ularning ko'ngillarini og'ritmaslik, hech kimga ularning ustidan shikoyat qilmaslik lozim bo'ladi.
Muallim: Muallim deb nafsni islohga keltirguvchini aytilur. Agar ota-ona jismni kamoliga sababchi bo'lsalar, muallim nafsning javhari kamoliga sabab bo'ladilar. Agar bu yo'lda muallim biror narsaga muhtoj bo'lsa [ota-onaning ularga] qo'ldan kelgancha yordam bermoq, ulardan ko'ngilga og'ir so'zlar aytilsa farzand tarbiyasi yo'lidagi marhamat darajasida bilgaylar.
Xoja ya'ni rahbar. Agar kishi birovning xizmatida bo'lsa, ul valiyne'mat ya'ni rahbarning topshirgan xizmatlarini tamomiga yetkazishga sa'y va taraddud qilgay. Rahbar yonida bo'lsa-bo'lmasa qilgan xizmati shukrida bo'lgaylar, uning sirlarini begona kishilardan maxfiy tutgay. Agar biror bir ishni maslahat qilmoqchi bo'lsa, muloyimlik bilan arz qilgay.
Podshoh: Agar kishi podishoh yoki hokimlarning huzuriga borsa ta'zim qilib, odob bilan tik turgay. To bir narsa so'ralmaguncha so'zlamagay, agar so'ralsa muloyimlik bilan javob bergay. Baland ovozda so'zlamagay, qo'l va oyog'ini ham behuda harakatlantirmagay, behuda kulmagay. Agar kishi gapirayotganda podishoh eshitmay boshqa yoqqa qarasa so'zlashdan to'xtagay. Podishohning shafqat va marhamatini ko'rib, uning g'azab va qahridan beparvo qolmagay, balki hamisha yodda tutgay. Va hamisha podishohga juda yaqin bo'lmoqlikdan o'zini tortgayki, to hasadchilarning ziyoni yetmasin.
Ahli nav' birla barobarlar ila tadbir tuzmak xususida: Bular quyidagilar:
Haqiqiy birodarlar - bu tug'ishgan birodarlardan har birlarining o'z sha'nlarida ya'ni martabalarida loyiq va munosib hurmat va ikromlarini bajo kelturgaylar. Har birlari bilan so'zlashganda aql, ilm, fazlu kamollariga munosib darajasida so'zlashgaylar.
Oshno-do 'st: Oshnolar ikki qismdir - haqiqiy va oraziy ya'ni yuzaki. Haqiqiy do'st noyobdir, vaqtiki bunga muassar bo'linsa u bilan quyidagicha muomala qilgaylar.
1. Agar bunday do'stdan hato va qusur sodir bo'lsa kechirgay;
2. U bilan doim mulohazada bo'lgay, unga tuhfa va hadyalar qilishni unutmagay.
3. Agar u biror musibatga duchor bo'lsa uning birla shay bo'lgay;
4. Agar u biror narsaga muhtoj bo'lsa do'stining hojatini so'rashidan oldin chiqargay;
5. U bilan har sohada maslahatda bo'lgay;
6. Uning ko'ngli yaqin yoru-og'ainilariga shafqat-mehr izhor qilgay toki ikki o'rtada muhabbatning ziyoda bo'lishiga sabab bo'lgay.
Research BIB / Index Copernicus
Yuzaki do'st, ular ko'p bo'ladi. Agar ular bilan aloqa qilmoq zarur bo'lsa muomalasi quyidagichadir.
1. Bunday do'stlardan ham yaxshilikni darig' tutmagaylar lekin, o'zlarining hech bir sir-asrorini aytmagaylar, ayrim xos so'zlarni ularning oldida aytmagaylar;
2. Ularni zohiriy muomala bilan xursand etib, ko'ngillarini o'ziga moyil etgaylar;
3. Agar oshnolardan biri g'oyib bo'lsa boshqa oshnolarning huzurida uning ahvolini so'ragaylar toki, hamma bilan shu tariqada ziyoda muhabbat qilgaylar;
4. Mol va asbobiga matla' qilib, o'z ahvolini ulardan mahfiy tutgaylar;
5. Agar bunday yuzaki do'stlardan biridan sadoqat va rostlik sodir bo'lsa unga izzat-ikrom ko'rsatgay toki, boshqalarning rostlik bilan muhabbat etmoqliklariga sabab bo'lgay;
6. Barcha ishlarda yuzaki do'stlar bilan shunday muomala qilgayki, ular uni haqiqiy do'st deb tasavvur etgaylar.
Umuman olganda O'zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida har tomonlama sog'lom, barkamol avlodning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni axloq-odobli qilib tarbiyalash, kasb-hunarga bo'lgan salohiyatlarini ro'yobga chiqarish, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirish, millat, mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayoti bilan bog'liq dunyoqarashini shakllantirish bugungi kunda dolzarb ilmiy va amaliy masala bo'lib kelmoqda.
REFERENCES
1. Abdurahmon Muhammad Sodiq o'g'li Toshkandiy. Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq. - Toshkent: G'ulom Hasan Orifjonov matbaasi, 1913. 76 b. (Abdurakhmon Muhammad Sodiq Tashkandi. "Tanvir al-akhdok fi-makorim al-akhlok" - Tashkent: Gulom Hasan Arifjjonov's Publisher, 1913. 76 p.)
2. Karimov I. A. Adolatli jamiyat sari.-T.: O'zbekiston, 1998. - 158 b. (Karimov I.A.Towards rightful society. T.1. -T .: Uzbekistan, 1998. 158 p.)
3. O'zbekistonning yangi tarixi. I jild. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. - T.: Sharq, 2011. 552 b.
4. Asatulloev, A., Shavkatdjon, K., & Gulkhayo, R. (2020). In the twentieth century, turkestan national media outreach ideas published by abdurakhmon sayyoh tashkendy, entitled "rule of law". International journal of advanced science and technology, 29(5), 1781-1784.