Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYA MASALASI'

ABDULLA AVLONIY IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYA MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
952
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / ta’lim-tarbiya / axloq / ma’rifatparvarlik / jadidchilik / yangi usul maktablari. / Pedagogy / education / ethics / enlightenment / modernism / new method schools.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sayfullayeva, Sadoqat

Ushbu maqola atoqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlikning o’rni, shuningdek, uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida keltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta’lim-tarbiyaning millat ma’naviyati, ma’rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni ma’naviyatli, ma’rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL EDUCATION IN THE CREATION OF ABDULLA AVLONI

This article describes the role of enlightenment in the social activities and social views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and educational education presented in his work “Turkiy Guliston yoxud axloqeducation and education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual, enlightened, and perfect.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYA MASALASI»

ABDULLA AVLONIY IJODIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TARBIYA

MASALASI

SAYFULLAYEVA Sadoqat

Qashqadaryo viloyati Ko 'kdala tumani 74-umumiy o 'rta ta 'lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o 'qituvchisi

ANNOTATSIYA

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-117-121

Ushbu maqola atoqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma'rifatparvarlikning o'rni, shuningdek, uning "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida keltirilgan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta'lim-tarbiyaning millat ma'naviyati, ma'rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni ma'naviyatli, ma 'rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, ta'lim-tarbiya, axloq, ma'rifatparvarlik, jadidchilik, yangi usul maktablari.

This article describes the role of enlightenment in the social activities and social views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and educational education presented in his work "Turkiy Guliston yoxud axloq" education and education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual, enlightened, and perfect.

ABSTRACT

Keywords: Pedagogy, education, ethics, enlightenment, modernism, new method schools.

KIRISH

Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi adibning boy pedagogik merosi ta'lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o'quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.

Hozirgi kunda ushbu mavzu dolzarbligi haqida gapirsak, jadidlarning yetuk vakili Ismoilbek va uning davridagi jadidichilarning ma'rifatparvarlik g'oyalari

117

> www.birunijournal .uz

haqidagi ma'lumotlar bilish, bugungi kunda ma'naviy hayotimizdagi qadr-qiymatini bilish uning ilmiy merosini asrashdek vazifalarni oldimizga qo'yadi. Ma'lumki, jadidchilik eng avvalo ma'rifatparvarlik harakati sifatida paydo bo'lgani uchun jadidlar o'z faoliyatlarini maktablar ochish, darsliklar yozish va matbuot nashrlarini chiqarish bilan boshladilar. Jadidlarning til, yozuv va imlo bilan bog'liq qarashlari ularning ana shu amaliy harakatlarida ham aks etgan edi. Bu xalqimizni ma'rifatli qilishga bo'lgan urunishlar edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir millatning o'z ma'naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma'naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir. Ma'naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini, ma'naviy qiyofasini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o'rni beqiyosdir. O'zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko'p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" hamda "Birinchi muallim", "Turkiy guliston yoxud axloq", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni" kabi darsliklari ham xarakterli bo'lib hisoblanadi. Bu asarlardagi mukammal fikrlarning g'oyaviy to'liqligi, ta'lim-tarbiya tizimiga va tushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi fikrlarimiz dalilidir.

Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning mukammal yaratuvhisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi ta'lim va tarbiyaga doir tushunchalarning, g'oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma'rifatparvar adib, serqirra ijodkor Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta'lim va tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she'riy lavhalar misolida yoxud majoziy xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko'zga tashlanadi.

2017- yilning 3-avgust kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Ushbu uchrashuda madaniyat va san'at sohasida yuzaga kelgan ko'plab muammolar

118

www.birunijournal .uz

o'rtaga tashlandi. Mazkur yig'ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san'at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida so'z bordi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g'oya, tashabbus va takliflar bildirildi: "Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o'ta muhim masala borki,unga alohida to'xtalib o'tish zarur deb bilaman, u ham bo'lsa, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun, haqiqatdan ham, yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir." Shu ma'noda Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi adibning boy pedagogik merosi ta'lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o'quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy, balki noyob tarixiy-pedagogik, ta'limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi. Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir bor shunga iqror bo'lamizki, uning asarlarida ifoda etilgan ta'limiy, tarbiyaviy-g'oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o'zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniy asarlarining tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan- parvarlik g'oyalari va axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini alohida ta'kidlab o'tmoq joiz.

Ijodkor o'zbek xalqining san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo'lga qo'yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli pedgogdir. U birinchilardan bo'lib o'zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qo'shdi. U Turkistonda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri bo'lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga o'zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda "Mehnat qahramoni" unvoni, 1930-yilda "O'zbekiston maorifi zarbdori" unvoni berilgan.

Shuningdek, adib milliy ta'lim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo'shganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

119

www.birunijournal .uz

Avloniy " Usuli jadid" maktablari uchun to'rt qismdan iborat "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" hamda "Birinchi muallim" (1912), "Turkiy guliston yoxud axloq" (1913), "Ikkinchi muallim" (1915), "Maktab gulistoni" (1917) kabi darsliklar yaratdi.Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifga chorlaydi. XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning "Birinchi muallim" asari ham o'ziga xos o'ringa ega. Avloniy uni yozishda Saidrasul Aziziyning "Ustozi avval" asariga suyanadi. Avloniyning "Ikkinchi muallim" asari "Birinchi muallim" kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atashimiz mumkin. Kitob maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi:

Maktab sizni inson qilur, Maktab hayot ehson qilur, Maktab g'ami vayron qilur, G'ayrat qilib o'qing,o'g'lon! Maktabdadur ilm-u kamol, Maktabdadur husn-u jamol, Maktabdadur milliy xayol, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!

Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo'li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch deb maqtaydi. Shuning uchun tarbiya maskani ham maktab ekani ta'kidlanadi.

Avloniyning ta'lim-tarbiyaga oid asarlari ichida "Turkiy guliston yoxud axloq" asari katta ahamiyatga molik axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida fikr haqida fikr yuritiladi.

Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: "Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidir" ,-deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi to'g'risida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. O'zbek pedagogikasi tarixida Avloniy- birinchi "Pedagogika", ya'ni bola tarbiyasining fanidir" deb ta'rif berganlar. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo'limga ajratadi:

1. Tarbiyaning zamoni.

2. Badan tarbiyasi.

3. Fikr tarbiyasi.

120

www.birunijournal .uz

4. Axloq tarbiyasi hamda uning ahamiyati xususida fikr yuritadi. "Tarbiyaning zamoni" bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakli-gini ta'kidlaydi. Avloniy, tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir. "Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir", - deb ta'kidlaydi.

Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq, deb ta'kidlaydi. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan iborat bo'ladi. XULOSA VA TAKLIFLAR

Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilish lozimligini uqtiradi.

"Turkiy guliston yoxud axloq "asari ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qiladi. Adib kitobda ilm haqida shunday deydi: " Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g'oyat oliy, muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko'rsatur" ,- deydi.

Xulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya g'oyasining targ'ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta'lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma'naviyatimiz rivojlanishida qimmatli bir manba bo'lib xizmat qiladi. Bu ulug' adib ijodi, amaliy faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi, desak adashmaymiz.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. "Xalq so'zi", 2017-yil 4-avgust.

3. Mirziyoev Sh.M. O'qituvchi va murabbiylar - yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi," Xalq so'zi", 2020-yil 1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet.

4. Boboxonov A., Maxsumov M. Abdulla Avloniy. Pedagogik faoliyati. T., 1996.

5. Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. 1-jild T., 1998 yil., Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. 2-jild T., 2006 yil.

121

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.