Research BIB / Index Copernicus
TABOTABOIY QARASHLARIDA TEOLOGIK VA GNOSEOLOGIK BILISH USLUBLARI SINTEZLASHUVI
Алланазаров Мухиддин Хайитович
Ахборот технологиялари ва менежмент университети Педагогика кафедраси мудири muhiddinijtimoiy@gmail .com
АННОТАЦИЯ
Ushbu maqolada XX asr sharq faylasufi Alloma Tabotaboiyning teologik va falsafiy bilish uslublarining o'zaro ta'sirlashuvi va sintezlashuvi masalalari tadqiq etilgan. Shuningdek, ilm, idrok, mushohada, irfon kabi masalalarning g 'ayrimoddiy ekanligi dealektik materializm tahlili asosida ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Irfon, mushohada, dealektik materializm, ilm, idrok, modda, shariat.
СИНТЕЗ ТЕОЛОГИЧЕСКИХ И ГНИСЕОЛОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ
В данной статье исследуются вопросы взаимодействия и синтеза теологического и философского методов познания восточного философа ХХ века Алломы Таботабая. Также на основе анализа диалектического материализма раскрывается нематериальность таких вопросов, как знание, восприятие, наблюдение, гнозис.
Ключевые слова: Ирфан, наблюдение, диалектический материализм, знание, восприятие, материя, шариат.
SYNTHESIS OF THEOLOGICAL AND GNISEOLOGICAL METHODS OF KNOWLEDGE IN TABATABAI VIEWS
In this article, the issues of interaction and synthesis of the theological and philosophical methods of knowledge of the 20th century oriental philosopher Alloma
ПОЗНАНИЯ В ВОЗЗРЕНИЯХ ТАБАТАБАИ
Алланазаров Мухиддин Хайитович
Университет информационных технологий и менеджмента Заведующий кафедрой педагогики
АННОТАЦИЯ
Allanazarov Mukhiddin Khayitovich
University of Information Technology and Management Head of the Department of Pedagogy
ABSTRACT
Research BIB / Index Copernicus
Tabotabai are studied. Also, the immaterial nature of issues such as knowledge, perception, observation, and gnosis is revealed based on the analysis of dialectical materialism.
Keywords: Irfan, observation, dialectic materialism, knowledge, perception, matter, Sharia.
Ilmga bo'lgan qiziqish va unga erishish insonga hayotiy kurashlarda kuch-qudrat bag'ishlaydi va tabiat ustidan hukmronlik qilishda yordam beradi. Tarixga nazar tashlasak, ilm olish yo'lida donishmand hamda olimlar ko'plab azob-uqubat, musibatlar hamda cheklovlarga duchor bo'lganlar va ularning barchasiga bardosh bilan chidaganlar, turmushning moddiy jihatlaridan voz kechganlar. Inson xoh uddasidan chiqsin, xoh chiqmasin, dunyoning boshlanishi va tugashi, borliqning boshi va poyoni, fikr va harakat, birlik va ko'plik, xususiylik va umumiylik, sabab va oqibat, vojib va mumkin, kabilar haqida fikriy hamda aqliy faoliyat yuritishdan o'zini tiya olmaydi. Mana shu istak va xohish inson uchun "falsafa"ni vujudga keltirdi. Falsafa borliqni boshdan-oyoq inson fikri javlongohiga joylaydi, insonning aql-u, fikrini o'z qanotiga o'tkazadi va insonning orzu-istaklaridan xolis bo'lgan olamlar tomon parvoz qildiradi.
Falsafa tarixidaga nazar soladigan bo'lsak, faylasuflarning aksari qismi dunyoqarashlarida olamni anglash va bilish kabi gnoseologik muommo asosiy o'rinda turadi. Gnoseologik muammolarni tadqiq etishda Muhammad Husayn Tabotaboiy sharq faylasuflaridan farqli o'laroq, bu masalaga an'anaviy tartibga xilof ravishda e'tibor qaratgan. Haqiqatdan, ba'zi o'rinlarda bu boradagi fikrlarida diniy dunyoqarash ustunlik qilishiga guvoh bo'lamiz, lekin shu jihatni ham nazarga olishimiz kerakki, Alloma Tabotaboiy diniy muhitda ulg'aygan, dindorlar oilasida tarbiya topgan va u ham diniy ruhoniylardan bo'lgan. Ta'lim-tarbiyani ham diniy madrasalarda olgan, biroq uning ma'rifatshunoslik borasidagi qarashlarida ilmiylik jihatlar yetakchilik qiladi va biz bunga e'tibor qaratishimiz darkor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Islom falsafasida ma'rifatshunoslik yoki bilish haqida so'z borganda asosan uni inson bilimlari, uning turlarining qiymatlari, ularning xato va haqiqatlari mezonining ta'rifi borasida bahs boruvchi ilm, deb biladi.1 Balki, islom falsafsining o'ziga xos tomoni ham shundadir.
1 ïVo ^ í ia Jlu ^^l ^IíjSjj ¿L>jlu i^jjj ^L^ jIjuí íAi^lá ^jj*l (omuzeshe falsafe, o'stod Masboh Yazdiy, sozmone tableg'ote eslomiy, sol-e 1348(h,q,), sahife-e 135)
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
Tabotaboiyning bilish nazariyasida ilm ta'rifi, ilmning qismlari, bilish uslublari, borliq va olam aloqadorligi, anglashning namayon bo'lishi, voqea-hodisalarning yolg'on, yoki rostligining mezoni, xato va haqiqat singari munozaralar atrofida bahs olib boriladi. Bilish uslublarini bilish nazariyotchilari antik ma'rifatshunoslik, yoki birinchi darajadagi (bosqichdagi) ma'rifatshunoslik, degan nom bilan atagan va ilk falsafadan, metafizika boblaridan joy egallab kelgan.
Alloma Tabotaboiy o'zining bilish nazariyasida inson bilimlarining vujudga kelishi haqida so'z yuritib, jumladan, ilm o'zi nima?, u qanday vujudga keladi?, inson bilimlarining mohiyati nimada-yu, ilmdagi haqiqat nimalardan iborat bo'lishi kerak?, kabi savollarni o'z oldiga qo'yib, ularga javob topishga harakat qiladi.
Tabotaboiy bilishga shunday ta'rif beradi: "Ma'rifatshunoslik sub'yektning ob'yektni anglashda yagona tushinishni, yagona tasavvurlarni emas, balki falsafa, tibbiyot, handasa va boshqa predmetlar singari ilmlarning tasavvuriy tushunchalarini jamlagan ilm bo'lagidir. Shunday ma'rifatshunoslik mavjudki, turli ilm tarmoqlarining vujudga kelishidan boxabar bo'lgan, o'zga predmetlardagi asosga ega bo'lgan bilimlarga e'tiborini qaratgan, tug'ilish va rivojlanishimizning mukammalliklaridan doimiy xabardor etuvchi, ilm tarixidan xabardor qiluvchi, ularning o'tmishi va bugungi kunini har doim qiyoslab boradi. Boshqa olimlar bir -birlari bilan jamoa fikri va joriy ilmni e'tiborga olmay, qadimgi ma'rifatshunoslik, psixologiya, mantiq va tarixdan foyda izlash bilan o'zining tadqiqot ko'lamini boyitib boradi. Bu bilish nazariyasi olimlar guruhining harakatiga, munosobatiga bog'liq va a'loqador"2 Tabotaboiy fikricha, bugungi bilish nazariyasi muommolarining ba'zilari quyidagilarni tashkil etadi: Ilm rivoji nima degani? Bashariyat bilimi kengayishda, mustahkamlanishda va takomillashuvdami, yoki yo'q? Bu takomillashuv qanday sabablarga bog'liq? Bilim takomilining me'yori nimada? Turli bilimlar qachon o'zaro a'loqada bo'ladi? Turli ilmiy nazariyalar nega vujudga keladi va nega inkor etiladi? Olimlar jamoasi ilmlar mohiyatidan qanday manfaatga ega? Bilimning shakli aql ummonida qanday namoyon bo'ladi? Falsafiy tushintirishdan g'ayri falsafiy tushintirishning afzalligi nimada? Ma'noli va ma'nosiz tushinishning afzalligichi? Bilimning biri boshqasiga turli ta'sirlari, ilmga tilning ta'siri, reduksionalizm, birinchi va ikkinchi ko'rinishlar masalasi, tushintirishlarning asosi, xotira, ishonch va ilm, realizm, antirealizm, instrumentalizm singari bahslardir. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan masalalar qatorida "ilm" tushunchasiga Alloma Tabotaboiy shunday ta'rif beradi: "Ilmning mavhumligiga qaramay, uni umuman mavhum substansiya, deb bo'lmaydiki, shubhasiz, u shakl va qismlarga ega, lekin uning xususiyati va
2 TT í^ ÏTAY jljjj i^jjM îJjâI î^jLLLL aJ^ ^l jl j j aj ¡¿j^j ("Nazariy be zendegi va barxi oro-e Allome Tabotaboiy", Mas'ud O'mid, so'rush, Tehron 1382, sahife-e 33.)
Research BIB / Index Copernicus
xarakteriga qarab, uni shunday ta'riflash mumkin: "Ilm boshqa bir abstrakt borliq borasidagi moddiylikdan alohida faoliyat hosilasidan iboratdir" 3 Shuningdek, ilmning vujudga kelish usullari (metodlari) uning moddiy, yoki g'ayrimoddiy bo'lishi haqidagi bahs borliqni anglash va bilish ontologiyasiga taalluqli bo'lgan bahslardan biridir, deb hisoblaydi. Biz bu kabi masalalarni yana bir sharq faylasufi Shahobiddin Suhravardiy ta'limotida ham uchratishimiz mumkin.
Ilmsiz hayot mazmunsizdir. Ilm yo'qolishi qiyomat yaqinlashganidan belgidir. Shu haqda Buxoriy va Muslim rivoyatida Payg'ambar alayhissalom deydilar: "Ilmning ko'tarilib ketishi, johillik tarqalishi, mast qiluvchi ichimliklar ichilishi, zino avj olishi - qiyomat alomatlaridandir". Ilm ko'tarilishi qalblardan o'chib ketish bilan bo'lmaydi, balki ulamolar "o'lishi" bilan bo'ladi. Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloloh sollollohu alayhi vassallam shunday deganlarini eshitdim: "alloh ilmni bandalaridan tortib olmaydi, lekin olimlarni olish bilan oladi. Olim qolmagandan keyin odamlar ilmsiz, johil kimsalarni boshliq qilib oladilar. Ulardan savol so'raganlarida, ilmsizlar fatvo berib o'zlarini ham, o'zgalarni ham adashtiradilar".4 Darhaqiqat, olimlarning o'limi zilzila, suv toshqinidan ham katta ofatdir. Zero, olimlar o'lishi bilan fisq-u fasod ko'payadi, hayot o'z qiymatini yo'qotadi.
Ilm dunyo va oxiratda o'ziga foyda, yoki zarar bo'lgan narsalarni bilmoq demakdir. Ilm insonlarga xos bo'lgan bir sifatdir. Ilmdan boshqa sifatlar masalan, botirlik, shafqat kabilar ba'zi vaqtda boshqa hayvonlarda ham topiladi. Ilm o'rganish bandalar ustida ulug' burchdir. Alloh ta'olo: "Bilmagan ishlaringizni bilgan kimsalardan o'rganingiz", deya buyurgan. Yana bir boshqa oyatda "ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi?! Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar"5 Islomda ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo'la olmasliklari haqida so'z ketganda, ilmli doimo ustun turishi va fazilatli hisoblanishi, ilmsizda esa bu narsalar bo'lsmasligiga ishora qilinadi. Biror masalalarni anglab, ulardan o'rnak olish uchun ham ilm zarurdir. Ilmsiz hayot qorong'i kechaga qiyoslanadi.
Islomiy uyg'onish, shar'iy hayotni lozim tutish ko'zga tashlanib qoldi. Ilmga muhabbat qo'yish yoshlar orasida kuchli ekanligi ko'rinadi. Bu yaxshi xabar -musulmonlar Rabbilarini ko'p zikr qilayotganidan nishonadir. Lekin, musulmonlarning dunyoviy ilmlarga beparvoligi natijasida bugungi ilmiy muhit qoniqarli darajada emasdek nazarimizda. Bu borada bir qancha mulohazalar bor. "Bir qancha musulmon o'lkalaridagi islomiy institutlardagi muhit o'rganilganda natija
3 1 ^ î£Y JLu i^^vi jùjJl î^jLLLL î^&^JI 4jl^j(Nehoyat-ul hekma, Alloma Tabotaboiy, muassase-e nashr-e eslomiy,sol 42, sahife-e 6 )
4Sarjoniy, Doktor Rog'ib. Islom va olam. -Toshkent.: Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2018. -B. 8.
5Jamolov S. Ilmning o'n to'rt qanoti. -Toshkent.: G'ofur G'ulom. 2018. -B. 8.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
shuni ko'rsatadiki, yuqori darajada tahsil olayotgan talabalar soni juda oz. Islomiy ilmlarni o'rganishda faollik bor, biroq dunyoviy fanlardan orqada qolingan. Chunki, ko'plab talabalar din yo'lida dunyoviy fanlardan voz kechish kerak, deb hisoblaydi. U Qur'on, tafsir, hadis, fiqh darslariga qatnashadi, ammo kimyo, fizika, biologiya, botanika, kabi fanlarni o'zlashtirmaydi. Qorilar va shayhlar majlisiga boradi, biroq tajriba maydonlariga yaqinlashmaydi ham. Bu muammo musulmon talabalari uchun odatga aylangan"6 Shu bois talabalarning dunyoviy ilmlarga bo'lgan qiziqishini ham oshirishimiz zarur.
Boshqa bir yondashuvga ko'ra, "musulmon ummatining o'tgan ming yillikdagi eng katta yutug'i intellektual birdamlikka erishgani bo'lganligi shubhasiz. Hijriy beshinchi asrdan shu kungacha sulolalar o'rtasidagi o'z qobig'ini yorib chiqishga qaratilgan to'qnashuvlarni hisobga olmaganda, suniy mashab vakillari dinga nisbatan deyarli o'zgarmagan hurmatni va o'zaro birodarlikni saqlab qola bildi. Boshqalar uchun mana shunday mushkul kechgan uzoq davr mobaynida na ulkan diniy urishlar, na qo'zg'olonlar va na ta'qiblar ularni bo'lib yubora olmagani hayratlanarlidir".7 Albatta, buning sof diniy sababi bor. Islom so'nggi dindir, u "uyga eltuvchi so'ngi avtobusdir" va shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan bo'linib ketishday inqirozdan dinning birlashtiruvchilik funksiyasi sabab himoyalangandir. Demak, islomdagi ilm olish, haqiqatga intilish da'vatlarini islom dunyosiga singdirish orqali ulardagi ilmiy-intellektual faoliyatni jonlantirish va taraqqiy ettirish mumkin. Tabotaboiy madrasalarda falsafa va mantiq ilmini saqlab qolishda jonbozlik ko'rsatishining asosiy sababi ham islomiy mamlakat bo'lgan Eron jamiyatidagi ilmiy doira nigohini nafaqat diniy ilmlarga, qolaversa dunyoviy ilmlarga qaratishi, dunyoviy fanlar xususida fikr yuritishi lozimligini anglab yetgan va bunga da'vat qilgan.
Alloma bilish nazariyasida insonda ilmning g'ayrimoddiy bo'lishini quyidagicha asoslaydi: "Avvalo, jahonda moddaning asosiy belgilari va o'ziga xos xususiyatlarini muhokama qilib, o'sha kezda, inson ilmi va idroki bilan qiyoslab, uni moddaga xos xususiyatlardan mahrumdir, deb bilgan va shu tariqa idrokning g'ayrimoddiy bo'lishiga hukm qilingan"8. Demak, mutafakkir nazarda tutgan idrok borasida, idrok va ilmning g'ayrimoddiy bo'lishiga xulosa qilganligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
- "moddiylikda kichik predmetda katta narsaning joylasha olmasligi, farqli ravishda idrokda unday emas;
6Sarjoniy, Doktor Rog'ib. Islom va olam. -Toshkent.: Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2018. -B. 18.
7Timoti J.Uinter(Abdulhakim Murod) XXI asrda islom: postmodern dunyoda qiblani topish. -Toshkent.: Sharq. 2005. -
B. 335.
8 ¿V ^ í í^j^^I úIjl^jjl jjáj í ^jLLLL Aj^c í^^jJLjj Jbj j Aí^lá Jj^I (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 57.)
Research BIB / Index Copernicus
- moddiylikda bo'linishlarning mavjudligi, idrokda uning bo'lmasligi;
- moddiylikda o'zgarish va yangilanishlar mavjud, idrokda unday emas;
- moddiylikda aynanlikning mavjud emasligi, idrokda emas;
- moddiylikda elementlarning mavjudligi, idrokda unday emas;
- moddiylikda quvvat va moddaning mavjudligi, idrokda emas;
- moddiylikda bog'lanishning yo'qligi va ajralishning mavjudligi, idrokda unday emas;
- moddiylikda zamonmandlikning mavjudligi, idrokda emas"9.
Tabotaboiy idrokning abstraktligini isbotlashdagi usuli an'anaviy islom
falsafasining idrokning g'ayrimoddiy bo'lishini isbotlashdagi uslubi bilan bir xildir. Biroq, odatga xilof ravishda Alloma Tabotaboiy idrokning abstraktligini isbotlashda boshqa bir metoddan foydalangan. U bu uslubini marksistlarga savol tarzida muhokama etadi. Jumladan shunday izohlaydi: "Marksistlar idealizmni inkor etadilar, tashqi olamning voqe'ligi va bizning idrokimizning hosil bo'lishini tashqi olamdan, deb ishonadilar. Boshqa tarafdan, skiptitsizm, ilm va idrokning nisbiyligini inkor etadilar. Biroq, inson idroki va ilm jarayonini tushuntirishda uning moddiy bo'lishini qabul qilishi bilan o'zi bilmagan holda skiptitsizm, nisbiylik va idealizm girdobiga botib ketadilar. Boshqacha qilib aytganda, marksistlar insonda ilm va idrokning paydo bo'lishini tashqi predmet, harakat, miya va asabiy reaksiyaning o'zaro ta'siri yig'indisidan hosil bo'ladi, deb biladilar. Va ishonadilarki, idrok asabiy reaksiya, harakat yoki ashyoning ta'siridan hech biri emas, balki har ikkisining birlashmasi, aralashmasi va yig'indisining mahsulidir. Darvoqe, marksistlar idrokni ifodalashdagi formulasi quyidagi tartibda: tashqi predmet ta'siri + harakat + miya yoki asabiy reaksiya = idrok, yoki ilm. Boshqacha aytganda, tezis + antitezis = sintez. Darvoqe, ular ishonadilarki, fikr modda va miyaning bir bo'lagidan tug'ilgan va har ikkisidan boshqa bo'lakdir"10. Demak, mutafakkirning materialistik nazariya tanqidida tezis + antitezis = sintez munosabatlari shunchaki bo'lmasligi, bu jarayonda yana nimadir mavjud ekanligini ta'kidlaydi.
Ta'qiy Oroniy marksistlarning idrokni qabul qilishdagi nuqtai-nazari sharhiga quyidagi misolni keltiradi: "Shunday tarzdaki, ovqat oshqozonga kirishi hamonoq meda elementlari bilan aralashib, tezda hazm bo'ladi va hazm bo'lgan taom oshqozon moddalari bilan ovqat tarkibining mahsulidir, idrok ham inson fiziologiyasi (harakati) va asab sistemasi bilan tashqi ta'sirlar aralashmasining mahsulidir. Bunda hech
9 yy^-YYV ^ £Y Jlu í^^uVIj¿jJl a^u^ í ^JjLLL a^^c íA^^JI ajI^j (Nehoyat-o'l hikma, Allome Tabotaboiy, muassase-e nashr-e eslomiy, sol-e 42, sahife-e 237-239)
10 lï ^ í ïJLu í^uI úíjL¿2I í ^jLLLL í^^jJIJj ^jj j Ai^lá Jj^l (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 61.)
Research BIB / Index Copernicus
qanaqa murakkablik bo'lishi mumkin emas".11 Alloma ushbu nuqtai nazar tanqidida quyidagi fikrlarni keltiradi: "Insonning anglashida ushbu gipotezaning zarurligi shundaki, biz uchun hammasi ilmdan hosil bo'lgan, batamom yangi narsa bo'ladigan tashqi predmet ham emas va tashqi voqe' narsa bilan mos tushuvchi, aynan bir xil va hamohang hech bir narsa bo'lmaydi. Mana shu yerda marksistlar o'zlari qabul qilgan uslubga qarshi qadam bosganlariga da'vo qilsa bo'ladi, chunki:
Birinchidan, ushbu qarashda tashqi olam bilan bizning ma'lumotlarimiz a'loqasi butunlay uzulib qoladi va shuni bilamizki, zinhor tashqi olam bilan a'loqasi bo'lmaydi va tashqi predmetni ko'rsatmaydi (anglatmaydi). Boshqacha aytganda, bizning aqlimizda mavjud bo'lgan biror bir fikr tashqi voqelikda mavjud emas va bu so'z aynan idealistlarning so'zidir;
Ikkinchidan, bu so'zlar skiptitsizmdan dalolatdir, chunki har bir shaxs o'ziga xos miya va asab sistemasiga egadir, shunday ekan, har bir kishi voqe'likdan o'ziga xos tushuncha oladi, bu yerda shaxslarning qaysi birining idroki voqe'likni to'g'ri aks ettiradi, qaysi biri noto'g'ri aks ettiradi, bilib bo'lmaydi (ma'lum emas) va bu aynan skiptitsizmdir;
Uchinchidan, bu asosda, ilm xulosasi nisbiy bo'ladi, chunki ilm va idrok ma'lum zamonga, makonga, miya va asab sistemasiga taalluqli, xos bo'lib, boshqa shaklga, boshqa a'zoga va boshqa qiyofaga tegishli bo'ladi. Va shuningdek, turli shart-sharoitlar ostida, ushbu shartlar bilan o'xshash (mutonosib) va farqli (nomutonosib) tomonlarni hosil qiladi. Demak, aytish kerakki, marksistlar o'zlarining asosiy uslublarini realizm singari nisbiylik va shubhani (skiptitsizmni) inkor etib, idrokning moddiy bo'lishi haqidagi nazariyasidan voz kecha olmaydilar" 12 Shu tarzda alloma marksistlarning nazariyasini tanqid qiladi va o'zining qarashlarini isbotlab berishga harakat qiladi, alloma fikrlarini misollar bilan aniqlashtirishga urinadi va ilova tarzida bir umumiy qiyosni ham keltiradiki, shu asosda, butunlay idrokning moddiy bo'lishini qabul qila olmaslik lozimligiga olib keladi, ya'ni "agar idrok moddiy bo'lsa, unga kerak narsa idealizm, skiptitsizm va nisbiylik bo'ladi, lekin idealizm, skiptitsizm va nisbiylik qabul qilinmaydigan va puchdir" 13 Demak, idrok moddiy narsa emas, balki, g'ayrimoddiydir.
Tushinish va tushintirish masalalari ham falsafaning eng muhim jihatlari hisoblanadi. Bilish falsafasida ilm haqida gap borar ekan, ilmni hosil qilishda
11 ¡ í í^^I iljLmj3I jjíj í ^jLLLL ^jj j Aí^lá Jj^l (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 61.)
12 V^ Hi V* íJl^i í^^I iljl^jjl jjáj í^j^K« jU^I ^ÍjjIj í^jLLLL í^^jUjj ^jj j Aí^la Jj^l (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, bo povaraqi o'stod Mo'taharriy, daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 70 to 79.)
13 ^^ í^ ¡ í^M^ ífuJjj ^jj j Ai^lá Jj^l(O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, sahife-e 141, 143 povaraqi).
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
obyektivlik ham muhim jarayon sanaladi. Tabotaboiy o'zining "Falsafa metodi va realizm uslubi" asarida tadqiqotchi boshqa xalq ijodini o'rganishda o'sha til iboralari va tushunchalarini ham atroflicha anglab yetishi zarurligini ta'kidlaydi. Bu borada mutafakkirning quyidagi fikrlariga e'tibor qaratsak: "Sharqshunoslarning bajaradigan ishlariga o'ta ishonch bilan qaraydigan odamlarga namuna sifatida quyidagi holatga diqqat qaratishlarini so'raymiz. Nosiruddin Shoh davrida Eronda yashagan va fors tilida yaxshi so'zlashadigan Kant Gobino o'zining fransuz tilida nashr etgan va fors tiliga tarjima qilingan "Uch yil Eronda", nomli kitobidagi eronliklarning so'rashishlarini sharhlar ekan, shunday deydi: "Siz, uy egasi va barcha ishtirokchilar o'tirganlaringizdan so'ng, siz uy egasi tomonga yuzlanib, "Sizning burningiz semizmi?", deysiz. Uy egasi esa sizga "Ta'olo inoyati bilan mening burnim semizdir, sizning burningiz qanday?".. Men ba'zi uchrashuvlarda bu savol bir kishidan besh marta so'ralganiga va u javob berganiga guvoh bo'lganman. Hatto izohda... (Eron olimlardan biri) aytardilarki, buyuk xislatlaridan shu ediki, buyuklardan birining huzuriga borganida nafaqat uning burni va boshqa tegishli narsalari haqida, balki barcha xizmatkorlar, navkarlar va hatto darvoza oldida turadigan qorovulning burni haqida ham so'rardi" 14 Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, fors tilidagi so'z va iboralarni yaxshi tushunmaslik va "dimog'ingiz choqmi?" jumlasidagi "dimog'" so'zini "burun", "chog'" so'zini "semiz", deb tushunish qanday xatoliklarga olib kelgan va uni qanday masxarali tarzda bayon etgan. Kant Gobino bu jumlani bayon etishda va forsiy so'z va iboralarning asl ma'no va mazmunini tushunmasligi tufayli bunday xatoga yo'l qo'ygan. Rasmiy urf-odatlar va odob-axloq bobida bunday xatoliklarga yo'l qo'yiladigan bo'lsa, u holda falsafiy fikrlarni bayon etishda nimalarni kutish mumkin? Mutafakkir bu haqda kuyunchaklik bilan shunday fikr bildiradi: "Biz bilamizki, Eronning o'zida Abu Ali ibn Sino va Mullo Sadro kabi insonlarning qarashlarini o'rganish uchun barcha zamon va davrlarda ularning qarashlarini to'liq tushunib yetish maqsadida bir necha yillik umrlarini bunga bag'ishlardilar va natijada minglab tolibi ilmlardan bu ishning uddasidan chiqadigan va eplay oladigan kishilar soni bir qo'ldagi barmoqlar sonidan oshmasdi. Shunga binoan biz qanday qilib o'n asr oldingi islom falsafasi va Ibn Sino qarashlari, masalan, o'z shogirdlari tushunadiganidek, ulardan qilingan tarjimalarda o'z aksini topgan qarashlarga ishonch hosil qilishimiz mumkin?".15 Allomaning fikrlarida jon bor, biz bunday masalalarda milliy kadrlarga katta ahamiyat qaratishimiz lozim.
14 ïâ - ïf ^^ ïJlu í^^^uí ùIjLwjjI jjáj í^j^L^ üuI ^ÍjjIj Lj ^jIjLIjL a^^c í^^jIIjj ^jj j Ai^lá Jj^l (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, bo povaraqi o'stod Mo'taharriy , daftar -e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e
15-16)
15 ïf ^ íJu í^^uI úíjIAíjI jíáj í^üuí jjIj ü ^JjLüL a^c í^^jUjj ^jj j Aí^lá Jj^l (O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, bo povaraqi o'stod Mo'taharriy , daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 15-16.)15
Research BIB / Index Copernicus
Aql, qalb va shariatni tushunish va bilishga erishish omili, deb hisoblagan Alloma Tabotaboiy har bir insonda tushunish va bilishning ikki manbasi bo'lib, ularning biri qalb va ikkinchisi aqldir deydi. Inson o'z aqli bilan yaxshi-yomonni, foyda-zararni, to'g'ri-noto'g'rini ajratsa, qalbi bilan o'zi va borliq o'rtasidagi aloqa hamda o'zi va yaratguvchi o'rtasidagi o'zaro bog'lanish uchun yo'l topadi. Albatta, insonda mavjud bo'lgan ushbu ikki muhim omilning har biri alohida-alohida vazifaga ega bo'lsa-da, bir-birisiz tushunish va bilish omili bo'la olmaydi. Agar ulardan biri bo'lmasa, inson uchun dalil-isbotlar olamining eshigi berk qoladi, deb hisoblaydi.
Allomaning fikricha, qalb va aql omillari, hamda bularga ko'maklashuvchi shariat omili birgalikda bo'lgandagina tushunish va bilishga erishish mumkin. Allomaning ushbu uch omil, ya'ni aql, qalb va shariat to'g'risidagi qarashlari quyidagilardan iborat:
Qalbiy mushohada. Qalbiy mushohada, yoki qalb kuzatishlari orqali fikr-mulohaza yuritish insonning borligi yaratuvchiga bog'liq ekanligiga iymon keltirishga sabab bo'ladi. Har qanday aqliy, yoki falsafiy tafakkur qalbiy mushohadasiz insonni ma'lum bir narsaga to'la amin qila olmaydi. Ya'ni, aqliy tafakkur orqali chiqarilgan har qanday xulosaning to'g'riligi qalbdan his etilmog'i va tan olinmog'i lozim.
Aqliy tafakkur. Tabotaboiy aqlga ham diniy, ham dunyoviy ilmlar borasidagi qarashlarida yuksak baho began. Jumladan, aqliy tafakkur ichki hissiyotlarni tartibga va ma'lum bir muvozanatga solib turadigan narsa bo'lib, xom hayollar, asossiz hissiyotlarning oldini olishga xizmat qiladi hamda qalbiy mushohadani turli yo'lga kirib ketishining oldini oladi va to'g'ri soladi. Chunki, aqliy tafakkur bo'lmasa, qalbiy mushohada to'g'ri yo'ldan chiqib ketadi, bu esa mavhum narsalarga ishonishga olib keladi. Bunda o'tkinchi bir narsa qalbni o'ziga jalb etib qo'yishi mumkin. Alloma aqliy tafakkurga shunday deb ta'rif beradi va bilish jarayonida uning o'rni muhim ekanligini ta'kidlaydi.
Shariat. Shariat yuqoridagi har ikki omilni mustahkamlovchi voqe'lik bo'lib, ulardan qay biri kuchsizlanadigan bo'lsa, o'shanga ko'mak beradi. Zero, aql, qalb va shariatning har biri yagona haqiqat to'g'risida guvohlik beruvchi omillar bo'lib, yagona ma'noning uchta alohida-alohida tarjimoni hisoblanadilar. Ularning jamuljamida esa biz haqiqatni ko'ra olamiz. Ushbu uch omil zanjir kabi bir-biri bilan bog'liq bo'lib, bir-birini himoya qiladi va barqarorligiga xizmat qiladi".
Albatta, bu yerda Tabotaboiyning shariat omilini qo'shishini tushunish mumkin, negaki u ruhoniy inson bo'lgan. Ammo biz bu joyda, aynan shariat omili bobida alloma fikriga qo'shila olmaymiz, chunki bizningcha, ilmiy haqiqatlar qalbiy va aqliy mushohadani inkor eta olmaydi. Shuning bilan birga shar'iy mushohadaga ehtiyoj
Research BIB / Index Copernicus
ham sezmaydi, agar sezadigan bo'lsa, subyektivizm yuqori o'ringa chiqib qolishi tabiiy.
Alloma Tabotaboiy falsafiy qarashlarida g'arb faylasuflarining nuqtai nazarlarini ham tahlil etadi. Uning tahlillariga ko'ra, "aytib o'tish kerak bo'lgan jihatlar shuki, falsafiy asarlar va g'arb mutafakkirlarining asarlarida ham shunday nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Misol uchun XX asr nemis faylasufi Edmund Gusserl shunday hisoblaydi: "Bilish doimo biror narsani anglaganlikdir". Bilish faqatgina biror narsani tushungandagina ilm bo'la oladi. Idrok doimo biror narsani anglashdir. Idrok shunday ko'rinadiki, o'zini o'zidan tashqariga (voqe'likka), ma'lumot va ob'yekt tomon yo'naltiradi. Idrok ko'p tarkibga ega. Biz idrokda biror narsaning mohiyatini tasavvur etamiz. Bu idrok yetarli emas. Biz o'sha dunyo ma'nosini topamiz va uni haqiqiy idrok eta olamiz. Yana bir G'arb faylasufi Jan Pol Sartr ham shunday deydi: "Idrok olam sari to'xtovsiz ochilib boradi" 16 Allomaning zamonaviy g'arb falsafasi va uning yo'nalishlariga munosabati ijobiy bo'lsada, ular ichida materializm hamda marksizm uslublarini ma'qullamaydi.
Alloma Tabotaboiy bilish nazariyasida narsalarning shakli hamda mohiyatini alohida e'tirof etadi va ularni qabul qilishda inson idroki muhim ahamiyat kasb eta di, deb hisoblaydi. Bu jarayonlar inson bilish imkoniyatlarini hamda ilmini shakllantirib borishini aytib, shunday deydi: "Bu holatda inson ma'rifati(bilishi) bo'lib kelgan narsani u o'z idroki bilan topsa, shu narsa tashqi ashyo mohiyati bo'ladi. Shu tart ibda shunday ma'rifat turi hosil bo'ladiki, uni bilish, yoki anglash ilmi, deb atash lozim. Ya'ni, shunday ilmki, unda tashqi voqe'likning shakli emas, balki mohiyati hozir bo'ladi. b) Alloma nazarida aqliy, hayoliy va hissiy idrokning tadqiqi modda ilmi, hayol va aqlga qarashlidir. Agar modda ilmi, hayol va aql tadqiq etilmasa aqliy, hissiy va hayoliy idroklarda ham o'zgarish bo'lmaydi. v) Allomaning fikrlaridan shu narsa kelib chiqadiki, insondagi g'ayrimoddiy unsurlarning, ya'ni ruhiyat yoki ruh va uning tana a'zolari bilan bog'liqligi, ya'na ilm va idrokning g'ayrimoddiy bo'lishi nisbiylik, skiptitsizm va idealizm kabi bilish nazariyasi mushkulliklarininig hal etilishiga sabab bo'lmoqda. Inson g'ayrimoddiy borliq shakllarini qabul qilmaslik va buning sabablari bizni bilish nazariyasining mushkulliklari va qiyinchiliklari domiga tortadi. 17 Shunday ekan, uning bilish nazariyasida g'ayrioddiy borliq mushkulliklari hal qilmaslikka alohida urg'u beriladi.
Borliqni anglashda idealizmning inkorida alloma shunday fikrni bildiradi: "Ma'rifatshunoslik (gnoseologiya) bahsida ilk qadam voqe'lik, borliqni qabul qilish
16 Y£ í w í X l ¡¡ í w JLu í " ui n úIjLwjjI íjljj ^j«^« jjSj a«^jj í^jjjIj oj^jI íVhhj^ ^uIjujIjjjj (Padidorshenosi chist?, Ondere Dortik, tarjo'me-e do'kto'r Mahmo'd Navoli, enteshorot-e samt, sol-e 1373, sahife-e 21,23,24)
17 ní ¡ £X Jlu í^uVIj^I í ^jLLLL íAu^^JI ajI^j (Nehoyat-o'l hikma, Allome Tabotaboiy, muassase-e nashr-e eslomiy, sol-e 42, sahife-e 239-314)
Research BIB / Index Copernicus
usuli, hamda o'z voqe'ligi, o'zidan tashqari mavjudlik va o'zligini qabul qilishdir. Biz mavjudmiz va bizning atrofimizdagi voqe'lik mavjuddir, ish-yumushlarni o'zimizcha o'z atrofimizda, o'zimizning xohishimizga yarasha bajaramiz".18 Demak, mutafakkir bilish falsafsida voqelikning ahamiyati va uning mezon o'laroq vazifasi yuqori hisoblanadi.
Xulosa qilganda, Muhammad Husayn Tabotaboiy o'zining bilish nazariyasini talqin etishda asosiy metod qilib materializmni tanqid qilish, ular oldiga turli muammoli savollar qo'yish va o'z navbatida ularga o'zining nuqtai-nazari bo'yicha yechim topish uslubini tanlagan. U ko'proq bilish nazariyasida o'rganilayotgan predmet yoki voqe'likning mohiyatini alohida e'tirof etadi va ularning tub mazmunini anglab yetishda inson idroki muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi. Idrokning modda holatida mavjud emasligini ta'kidlaydi. Shuningdek, u narsalar mohiyatini anglab yetishda xato, ya'ni yanglish fikrlarning vujudga kelishi va uning haqiqatga ta'sir etishi, haqiqatning esa, zamon va makonda cheksiz bo'lishi, mutloq haqiqatning mavjudligi borasida ham muhim bo'lgan nazariyani ilgari suradi. Tushinish va tushintirishda ob'yektivlik muhim ekanligini ta'kidlagan mutafakkir sharq falsafasini, jumladan milliy qadriyatlar, an'analar va falsafa aks etgan jabhalarni dunyoga tanitishda ilmiy jihatlarga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini e'tirof etadi.
o'stod Masboh Yazdiy, sozmone tableg'ote eslomiy, sol-e 1348 (h.q.).
2. Sarjoniy, Doktor Rog'ib. Islom va olam. -Toshkent.: Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2018.
3. Jamolov S. Ilmning o'n to'rt qanoti. -Toshkent.: G'ofur G'ulom. 2018.
4. Timoti J.Uinter(Abdulhakim Murod) XXI asrda islom: postmodern dunyoda qiblani topish. -Toshkent.: Sharq. 2005.
5. c^^sl ^IjUSjl jjíj с ^¿ЬЬЬЬ a^c í^JIJj ^jj j Ai^iá Jj^l(O'sul-e falsafe va ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, daftar-e enteshorot-e eslomiy, sol-e ?).
6. Алланазаров, М. Х., & Элбоева, Ш. Б. (2020). МАНИПУЛЯЦИЯ: ЭФФЕКТ МОЛОДЕЖНОГО ОБРАЗОВАНИЯ КАК ОРУЖИЕ
18 1 ^ c lí J" j^jJl í^jLLLL Ax^c íAx^^Jl Я-iIjj (Bedoyat-o'l hikma, alloma Tabotaboiy, muassasa-e al-
nashr-e eslomiy, sol-e 1364, sahife-e б.)
^ ^^ VJl" ^l^jnijjj jSjx ^jU Jj" ^¿jS aj c^jlihlih Ax^c í^^jUjj ^jj Aí^iá Jj^l (O'sul-e falsafe va
ravesh-e realism, Allome Tabotaboiy, be kusheshe Said Hodiy Xo'sravshohiy, markaze bo'rarsiho-e eslomiy, sol-e ?, sahife-e 11.)
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
ОБЩЕСТВЕННОЙ КУЛЬТУРЫ. In 30 лет Конвенции о правах ребенка: современные вызовы и пути решения проблем в сфере защиты прав детей (pp. 187-191).
7. Алланазаров, М. Х., & Тураева, С. Х. (2016). Философская теология: религия и философия сотрудничают ли друг с другом?. Молодой ученый, (6), 955-957.
8. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).
9. Allanazarov, M. K. (2023). TABOTABOIY QARASHLARIDA DIALEKTIK MATERIALIZM TAHLILI. SCHOLAR, 1(15), 159-165.
10. Алланазаров, М. Х. (2023, June). ТАБОТАБОИЙ ИЛМИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИ ТАСНИФИ. In Creativity and Intellect in Higher Education: International Scientific-Practical Conference (pp. 58-66).
11. ALLANAZAROV, M. THE WAY OF SCIENCE. THE WAY OF SCIENCE Учредители: Издательство Научное обозрение, (10), 46-48.
12. Allanazarov, M. K. (2023). TABOTABOIY QARASHLARIDA DIALEKTIK MATERIALIZM TAHLILI. SCHOLAR, 1(15), 159-165.
13. Khaitovich, A. M. (2023). Ontological and Epistemological Views of Tabatabai. Miasto Przyszlosci, 36, 77-83.
14. Allanazarov, M. K. (2019). THE ROLE OF EASTERN AND WESTERN PHILOSOPHY IN POINT OF VIEW ALLAME TABATABAI. Theoretical & Applied Science, (9), 147-150.