Научная статья на тему 'IBN AL-ARABIY VA MAVLONO JOMIYNING TASAVVUFIY-FALSAFIY QARASHLARIDA HAQ MA’RIFATI MASALASI'

IBN AL-ARABIY VA MAVLONO JOMIYNING TASAVVUFIY-FALSAFIY QARASHLARIDA HAQ MA’RIFATI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
130
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / Irfon falsafasi / Ibn al-Arabiy / Mavlono Jomiy / Vahdat ul-vujud / Haq ma`rifati (Allohni tanish) / Haq zoti / Zot ma`rifati / olam / borliq / aql / qalb. / Sufism / philosophy Irfan / Ibn al-Arabi / Mawlana Jami / Wahdat ul-Wujud / Haq marifati (Know Allah) / Haq breed / Zat marifati / world / existence / mind / heart.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xolmo‘minov, Ja’far Muhammadiyevich, Aqilxonov, Saidolimxon

Insonning o`zini va olamning mohiyatini anglashi orqali borliqning Yaratguvchisi – Alloh taoloni ma`rifat etishi (anglashi) masalasi Irfon falsafasining asosiy bahs mavzusi hisoblanadi. Ya`ni, Inson – Olam – Xudo o`rtasidagi aloqadorlikni o`rganish tasavvuf ta`limotining gnoseologik asosini tashkil etadi. Bu masala IX-XVII asrlar davomida Musulmon sharqining turli mintaqalarida turli tariqatlar va irfoniy maktablarning yirik namoyandalari – tasavvuf olimlari tomonidan tahlil va tadqiq etilgan. Ushbu maqolada Irfon falsafasidagi Haq ma`rifati – Xudoni anglash masalasi tasavvuf ta`limotining buyuk nazariyotchisi – Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165–1240) va Naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri, buyuk shoir va mutafakkir Mavlono Abdurahmon Jomiy(1414 – 1492)ning tasavvufiy-falsafiy qarashlari asosida tahlil va tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF KNOWING GOD IN THE SUFI-PHILOSOPHICAL VIEWS OF IBN AL-ARABI AND MAVLANА JAMI

The question of man’s knowledge of God, the Creator of existence, through knowledge of himself and the essence of the world is the main topic of discussion in Irfan’s philosophy. That is, the study of the relationship between Man the Universe God constitutes the epistemological basis of Sufism. Throughout the 9th-17th centuries, this issue was analyzed and studied by Sufi scholars, major representatives of various Sufi orders and schools in different regions of the Muslim East. In this article, the question of knowledge of the truth of God in the philosophy of Irfan is analyzed and explored on the basis of the views of the great theorist of Sufism Sheikh ul-Akbar Muhyiddin ibn al-Arabi (1165-1240) and the great representative of the Naqshbandi order, poet and thinker Maulana Abdurahman Jami (1414 1492 ).

Текст научной работы на тему «IBN AL-ARABIY VA MAVLONO JOMIYNING TASAVVUFIY-FALSAFIY QARASHLARIDA HAQ MA’RIFATI MASALASI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

IBN AL-ARABIY VA MAVLONO JOMIYNING TASAVVUFIY-FALSAFIY QARASHLARIDA HAQ MA'RIFATI MASALASI

Xolmo'minov Ja'far Muhammadiyevich,

falsafa fanlari doktori (DSc), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi" kafedrasi professori v.b.

j afarmuhammad@mail .ru

Aqilxonov Saidolimxon,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Tasavvuf germenevtikasi" magistratura

mutaxassisligi, 2-kurs talabasi

Insonning o^zini va olamning mohiyatini anglashi orqali borliqning Yaratguvchisi - Alloh taoloni ma^rifat etishi (anglashi) masalasi Irfon falsafasining asosiy bahs mavzusi hisoblanadi. Ya^ni, Inson - Olam - Xudo o^rtasidagi aloqadorlikni o^rganish tasavvuf talimotining gnoseologik asosini tashkil etadi. Bu masala IX-XVII asrlar davomida Musulmon sharqining turli mintaqalarida turli tariqatlar va irfoniy maktablarning yirik namoyandalari - tasavvuf olimlari tomonidan tahlil va tadqiq etilgan.

Ushbu maqolada Irfon falsafasidagi Haq ma"rifati - Xudoni anglash masalasi tasavvuf talimotining buyuk nazariyotchisi - Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) va Naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri, buyuk shoir va mutafakkir Mavlono Abdurahmon Jomiy(1414 - 1492)ning tasavvufiy-falsafiy qarashlari asosida tahlil va tadqiq etiladi.

Kalit so zlar: Tasavvuf, Irfon falsafasi, Ibn al-Arabiy, Mavlono Jomiy, Vahdat ul-vujud, Haq ma^rifati (Allohni tanish), Haq zoti, Zot ma^rifati, olam, borliq, aql, qalb.

THE PROBLEM OF KNOWING GOD IN THE SUFI-PHILOSOPHICAL VIEWS OF IBN AL-ARABI AND MAVLANA JAMI

Kholmuminov Jafar Muhammadiyevich,

Doctor of Philosophical sciences (DSc), Tashkent State University of Oriental Studies, professor of chair "Source studies and Hermeneutics of Sufism" j afarmuhammad@mail .ru Akilkhanov Saidolimkhan, Tashkent State University of Oriental Studies, master's degree in «Sufism

Hermeneutics», 2nd year student

ANNOTATSIYA

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

ABSTRACT

The question of man's knowledge of God, the Creator of existence, through knowledge of himself and the essence of the world is the main topic of discussion in Irfan's philosophy. That is, the study of the relationship between Man - the Universe -God constitutes the epistemological basis of Sufism. Throughout the 9th-17th centuries, this issue was analyzed and studied by Sufi scholars, major representatives of various Sufi orders and schools in different regions of the Muslim East.

In this article, the question of knowledge of the truth of God in the philosophy of Irfan is analyzed and explored on the basis of the views of the great theorist of Sufism - Sheikh ul-Akbar Muhyiddin ibn al-Arabi (1165-1240) and the great representative of the Naqshbandi order, poet and thinker Maulana Abdurahman Jami (1414 -1492 ).

Key words: Sufism, philosophy Irfan, Ibn al-Arabi, Mawlana Jami, Wahdat ul-Wujud, Haq marifati (Know Allah), Haq breed, Zat marifati, world, existence, mind, heart.

ПРОБЛЕМА ПОЗНАНИЯ БОГА В СУФИЙСКО-ФИЛОСОФСКИХ ВОЗЗРЕНИЯХ ИБН АЛЬ-АРАБИ И МАВЛЯНА ДЖАМИ

Холмуминов Джафар Мухаммадиевич,

доктор философских наук (DSc), и.о. профессора кафедры «Источникововедения и герменевтики суфизма» Ташкентского государственного университета востоковедения,

j afarmuhammad@mail .ru

Акилханов Саидолимхан,

Ташкентский государственный университет востоковедения, студент 2 го курса магистратуры по специальности «Суфийской герменевтики»

АННОТАЦИЯ

Вопрос познания человеком Бога - Творца существования, через познание себя и сущности мира является основной темой дискуссии в философии Ирфана. То есть изучение взаимоотношений Человека - Вселенной - Бога составляет гносеологическую основу суфизма. На протяжении IX-XVII веков этот вопрос анализировали и исследовали учёные-суфии, крупные представители различных суфийсих орден и школ в разных регионах мусульманского Востока.

В данной статье вопрос познание истины Бога в философии Ирфана анализируется и исследуется на основе воззрений великого теоретика

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

суфизма - Шейха уль-акбара Мухйиддина ибн аль-Араби (1165-1240) и великого представителъя ордена Накшбандия, поэта и мыслителья Маулана Абдурахмана Джами (1414 - 1492).

Ключевые слова: Суфизм, философия Ирфан, Ибн аль-Араби, Мауляна Джами, Вахдат уль-Вуджуд, Хак марифати (Познай Аллаха), порода Хак, Зат марифати, мир, существование, разум, сердце.

Asosiy bahs:

Borliq, uning Mutlaq Vujudning haqiqati (asl mohiyati) ekanligi, butun borliqda yagona, bitta vujud mavjudligi va u Alloh taolo ekanligi, boshqa vujudlar esa uning mavjudligi tufayli bor bo'lgani haqidagi g'oyalar Vahdat ul-vujud falsafasining borliqshunosligi - ontologiyasini tashkil etadi.

Vahdat ul-vujud nazariyasining asoschisi Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy(1165-1240)ning ilmiy-falsafiy g'oyalari asosan quyidagi masalalarga bag'ishlangan:

- barcha narsalarning asl mohiyati Allohdir;

- Allohdan tashqari hech qanday mavjudot yo'q;

- Barcha narsalarning javhari (substansiyasi) yagonadir, shuning uchun, olamning har qanday qismi, hatto zarrasi ham shu yaxlit olam kabidir. Faqat shu ilohiy substansiyaning olamiy birligigina haqiqiy voqelikni namoyon qiladi, tashqi empirik borliq esa abstraktdir. U insonlar tafakkurida, ularning dunyoviy hayotidagina haqiqiydek namoyon bo'ladi, aslida bu sarobdan o'zga narsa emas. Insoniyat tashqi ko'rinishda ko'pchilik bo'lsa-da, mohiyatan yagona, yaxlit mavjudlikdir. Olamdagi barcha narsalar, insonning ruhi ham ilohiy ilk manbaning in'ikosidir.

Faylasuflar nazdida "Sababi avval" deb ataladigan mohiyat Ilohiy tajalliy ilohiy qudrat orqali butun borliq uzra yoyilgan. Mutafakkirning borliqning birligi - Vahdat al-vujud konsepsiyasiga ko'ra barcha narsalar, avvalambor, g'oya ko'rinishida Alloh taolo ilmida mavjud bo'ladi, undan kelib chiqadi va yana unga qaytib boradi. Olam, borliq faqat o'sha yagonaning tashqi, zohiriy tomoni, Alloh esa ichki, botiniy tomonidir. Alloh har qanday sifatlardan mutlaq ozod, erkin, U - faqat butun borliqning yagona asosidir. [6,1]

XX asrning mashhur naqshbandiy shayxi Ma'mud As'ad Jo'shon to'g'ri ta'kidlaganidek, darhaqiqat, "Tasavvufning eng muhim maqsadi Allohni tanimoqdir. Tasavvufning bir qancha g'oya-maqsadlari bor. Bosh g'oyalari, bosh maqsadlari quyidagilar: Ma'rifatullohga erishmoq, ya'ni, Allohni tanimoq. Ammo Allohni tanimoq ilm emas, ilm deyilmaydi bu, ma'rifat deyiladi. Ya'ni, irfondir..." [7,5]

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Irfonning bosh mavzusi bo'lmish Vahdat ul-vujud asosan ontologik ta'limot bo'lishiga qaramasdan, unda bilish (ma'rifat) nazariyasi - gnoseologiya masalalari ham ko'rib chiqiladi. "Zot ma'rifati" masalasi Vahdat ul-vujud gnoseologiyasining markazida turadi. Zot ma'rifati masalasi asosan kalom (theologie) va falsafa ilmlarining bahs mavzui bo'lib, irfon falsafasiga Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujudiy ta'limoti orqali kirib kelgan. Irfon, falsafa va kalom ilmlarining qorishmasidan vujudga kelgan bu ta'limotda Zot ma'rifati masalasi alohida o'rin tutadi. Zot ma'rifati deganda Alloh Zotini ma'rifat etish (bilish, idrok etish) tushuniladi. Alloh Zotini bilish masalasi Ibn al-Arabiydan Jomiygacha asosan bitta savol atrofida aylanadi: Alloh Zoti xususida fikr yuritish mumkinmi yo mumkinmasmi? Alloh Zotini idrok etib bo'ladimi yo bo'lmaydimi?

Ibn al-Arabiy faylasuflarning Alloh ta'olo Zoti haqidagi qarashlarini "hech qanday asosga ega bo'lmagan dalillar", deb baholab, "kimki bunday dalillar orqali biror narsani anglamoqchi bo'lsa, xusron - ziyon va baxtsizlikdan o'zga hech narsaga erisholmaydi", - deydi. [2,307]

Yana bir joyda Ibn al-Arabiy "nazar ahli", ya'ni, faylasuflarning bu boradagi urinishlarini qattiq tanqid ostiga oladi: "Nazar ahli Xudo Zoti to'g'risidagi bahs eshigini ochibdilar, ammo so'zlari safsatadan boshqa narsa emas. Ularning har biri o'z bilimi va aqidasiga yarasha bu haqda nimadir aytibdi, boshqasi esa aynan shuni inkor etibdi. Xudoni ma'rifat etish borasida ularning yagona nuqtai nazarlari yo'qdir... Va zalla sa'yuham fil-hayotid-dunyo va hum yahsabuna annahum yuhsinuna sun'an (Ular qilgan sa'y-harakatlari dunyo hayotidayoq yo'q bo'lib ketgan, ammo o'zlarini ishni chiroyli qilayotgan hisoblaydilar. (Kahf surasi, 104-oyat). Ularning bir guruhi Tangri Borliqning sababidir, deydi. Boshqa bir guruhi sabab ekanligini rad etadi. Boshqa bir toifasi aytadiki, Tangri javhar (substansiya), araz (atribut) yoki jism (materiya) bo'lolmaydi, balki uning o'zi o'z mohiyati hisoblanadi... Shu tariqa so'zni rosa cho'zib, mashhur zarbulmasalning tasdig'iga aylanmishlar: Tegirmonning ovozini eshitaman, ammo undan darak yo'q". [2,307]

Ibn al-Arabiy olamni bilishda aqlning o'rnini alohida ta'kidlaydi. Uningcha, insonga ma'lum bo'lmagan narsalarni ma'lum qildirgan Parvardigor unga odam va olam sir-asrorini anglash uchun aql-idrok va tafakkur ato etdi. Aql va tafakkur qudrati insonni borliqning kashshofiga aylantirdi. Ammo insonga undan-da kuchliroq bo'lgan yana boshqa bir ne'mat - qalb va mukoshafa yo'li bilan olamni idrok etish qobiliyatini ham bergan edi. Bu noyob iste'dod insonga botin olami bilan bog'lanish imkonini berdi. Iymon zavqi, kuchli hissiy-botiniy tuyg'ular bilan limmo-lim bo'lgan ushbu qobiliyat imkoniyatlarining chek-chegarasi yo'q edi. Ammmo bu ilohiy ne'mat barchaga ham emas, faqatgina o'z nafsi xohish-istaklarini yengib, Rabbini tanigan,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

nafsini tarbiyalab, qalbini musaffo ko'zguga aylantira olgan, butun borlig'ini muhabbat va ma'rifat egallab olgan zotlargagina nasib etgan. Hadisi qudsiyda [4,539] aytilgandek, "Man 'arafa nafsahu faqad 'arafa Rabbahu"

Bazilar "Hadisi qudsiy", bazilar "Hadis", bazilar esa "Hazrati ali hikmati", deb hisoblagan, Ibn Arabiy esa "Hadis" deb atagan ushbu hikmat bo'yicha "Kimki o'z nafsini tanigan bo'lsa, muhaqqaq, u o'z Rabbini tanigay" Parvardigor bunday noyob qobiliyatni o'zi bilan do'st tutingan bandalari - avliyoullohga in'om etdi. Ibn al-Arabiyning fikricha, Insonga Alloh tomonidan berilgan aql Alloh Zoti va sifatlarini idrok etish uchun emas, balki uning borligi, birligi va ma'budligini ma'rifat etish uchun inoyat etilgan. Aql o'zini ana shunday ma'rifatga ega bo'lish uchun tayyorlab borishi kerak. Zero aql hatto ilm, dalil va isbot yordamida ham Alloh Zotini idrok etolmaydi. Faqat uning borligi, birligi va ma'budligini ma'rifat etishi mumkin. [1,94-

Amerikalik yirik tasavvufshunos olim William Chittik Inb al-Arabiy teologik dunyoqarashuni tahlil qilar ekan, Tasavvufdagi "kashf" - banda va Rabb o'rtasidagi hijob (parda, to'siq)ni ko'tarish masalasi va Ibn Arabiyning ushbu masalaga munosabatini kozdan kechirib o'tadi: "Tasavvuf ' deb atalgan bu ikkinchi yondashuv butun dunyo hikmatlari bo'yicha kashf (ochish) deb ataladigan oliy irratsional bilim usullariga, ya'ni, inson qalbini Xudodan ajratib turadigan pardani ko'tarish masalasiga urg'u berdi. Ayrim so'fiylardan farqli o'laroq, Ibn al-Arabiy aqlning hokimiyatini tan olishga qarshi emas edi. Biroq, uning ta'kidlashicha, pardalarni ochish bilimning yuqori shaklidir, chunki u Ilohiy haqiqatni vositasiz idrok etishdan kelib chiqadi. Ibn al-Arabiyning narsalarga qarash tarzida aql darajasi tug'ma ravishda bo'linish va ajratishga moyilgi kuzatiladi. Bu Xudo va koinot o'rtasidagi bog'liqlik va Xudoning uzoq va transsendent holatda turishi haqidagi fikrni yo'qqa chiqaradi. Aksincha, pardani ochish bir xillik va mavjudlikni ko'rish orqali hosil bo'ladi.

Xudoni va umuman haqiqatni bilish aql va pardaning muvaffaqiyatli muvozanatiga bog'liq. Faqat shu muvozanat orqali Xudoni tegishli rejimlarda ham yo'q, ham mavjud, yaqin va uzoq, transsendent va immanent, qahhor (qahrli) va rahmon (mehribon) zot sifatida qabul qilish mumkin. Ibn al-Arabiyning asarlari asosan ushbu mos uslublarning keng doirasini tushuntirishga bag'ishlangan". [10,1086-1087]

Ibn al-Arabiy "Futuhot ul-Makkiya"ning yettinchi bobida aqlning Allohni ma'rifat etish (bilish; anglash) qobiliyati haqida shunday deydi: "Parvardigor aqlga O'zini ma'rifat etishni yukladi va O'zidan boshqa biron narsaga chalg'ib ketmasligi uchun unga buyurdi: "Avalam yatafakkaru" (Ular o'ylamaydilarmi?). Ammo aql Haq

95]

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ta'oloning tafakkur qilish haqidagi amrini noto'g'ri tushundi va tafakkur orqali Xudoni ma'rifat etishga yo'l topish lozim, deb o'yladi. Shuning uchun ham dalil izlashga tushdi va topgan dalillarini o'ziga asos qilib oldi. Ammo anbiyo, avliyo va tariqat ahli aqlan Haqning maqsadini to'g'ri tushunib oldilar va Haq ta'olo Zoti haqida fikrlash mumkin emasligi, bu narsa man etilganligi, Alloh Zotini ma'rifat etishning yagona yo'li ilohiy ta'rif (borligi, birligi va ma'budligi - J.X.) ekanligi va faqat Uning O'ziga yuz tutish lozimligini anglab yetdilar. Natijada Parvardigor ularga O'zini ma'rifat etish (bilish, anglash) qobiliyatini berdi va ular fikr orqali topishi mumkin bo'lgan narsa ilohiy nisbat orqali qiyin emasligini tushunib oldilar. Demak, ilohiy ta'rif orqali Zotni ma'rifat etish joiz ekan. [1,162]

Ko'rinib turganidek, Ibn al-Arabiyning Vahdat ul-vujud falsafasi borliq mohiyati va haqiqatini bilish masalasida agnostitsizmga yaqinroq ko'rinadi, ammo gnostitsizmga ham moyillik bildiradi. Ibn al-Arabiyning olamni anglash xususidagi nazariyasini yaxlit holda tasavvur etgan holda, uning dunyoqarashini agnostitsizm va gnostitsizm oralig'ida, deb baholash to'g'riroq bo'ladi. Bu hol yana bir karra ziddiyatlar va keskin xulosalar Ibn al-Arabiy qarashlariga xos ekanligini ko'rsatadi.

Islom falsafiy tafakkuriga falsafa va kalom ilmlari tomonidan o'rtaga tashlangan va ko'pgina fiqhiy-aqidaviy mazhablar nuqtai nazaridan nojoiz deb topilgan bahslardan biri - yakka-yagona Alloh taolo Zotini bilib, anglab (idrok etib) bo'ladimi, degan masaladir. Tavhid g'oyasi bilan aloqador holda mafkuraviy maydonga kirib kelgan va irfon falsafasi namoyandalari, xususan, Ibn al-Arabiyni ham befarq qoldirmagan Zot ma'rifati (Mutlaq Vujudning asl mohiyatini bilish - J.X.) masalasi xususida aslida ancha-muncha diniy ulamolar sukut saqlaganlar. Lekin Jomiy Zot ma'rifati masalasi atrofida maxsus to'xtalib o'tadi va uni Ibn al-Arabiy qarashlari asosida sharhlab beradi. Ibn al-Arabiy faylasuflarning Alloh ta'olo Zoti haqidagi qarashlarini "hech qanday asosga ega bo'lmagan dalillar", deb baholab, "kimki bunday dalillar orqali biror narsani anglamoqchi bo'lsa, xusron - ziyon va baxtsizlikdan o'zga hech narsaga erisholmaydi", deydi. [2,30] Mavlono Jomiy Zot xususida shunday deydi:

Har besaru poro narasad dast ba tu, Xush onki zi xud buridu payvast ba tu. Hasti tu ba hastie ki juz Zoti tu nest, Fonist ba zoti xud, vale hast ba tu. [9,V.597a]

Mazmuni: Qo'ldan oyoqni farqlay olmaydigan kishining qo'li Senga yetmaydi. O 'zidan kechib, Sen bilan bog'langan (Sen bilan bir bo 'lgan) kishi naqadar baxtlidir.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Sening Borlig 'ing Sening Zotingdan o 'zga Borliqdan emas. Sening Borlig 'ing Sening Zotingda foniydir, ammo Senda bordir (bor bo 'Igandir).

Mavlono Abdurahmon Jomiyning sharhlashicha, Vojib ta'olo vujudi uning azaliy haqiqati bilan birdir. Tavhid tarafdori bo'lgan faylasuflar va so'fiylar nazdida mavjudot aqliy taqsimot nuqtai nazaridan uchga bo'linadi:

1. Borlig'i o'z zotidan emas, balki o'zga narsa borlig'idan olingan va bor bo'lgan mavjud. Masalan, Mumkini vujud.

2. Haqiqati o'zga vujuddan bor bo'lgan, deb tasavvur etib bo'lmaydigan mavjud. Mutakallimlar nazdida bu mavjud Vojib ul-vujuddir.

3. Borlig'i aynan uning Zotidan bo'lgan mavjud. Ya'ni, o'zgadan emas, balki O'z Zotidan bor bo'lgan mavjud nazarda tutilmoqda. Shubhasiz, bunday mavjud Vojib sanaladi. Zero bu mavjud borlig'ining tashqaridan vujudga kelganini mutlaqo tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, vujud martabalarining eng mukammali ham uchinchi martabadir. [9,V.597a]

Jomiy "Allohning borlig'i O'zining Zotidanmi yo o'zgadanmi?" - degan savolga "Allohning borlig'i aynan O'zining Zotidandir" - deb javob beradi.

Bu Zot masalasiga oid birinchi savol bo'lib, Mavlono Jomiyning boshqa falsafiy-irfoniy asarlari, jumladan, "Durrat ul-foxira", "Lavoeh", "Lavome'", "Naqd un-nusus fi sharhi Naqsh al-fusus"da ham o'rtaga qo'yiladi va barchasida "O'z Zotidandir" - degan javob bilan yakun yasaladi. [8,140-141]

Ibn al-Arabiy Ilohiy Zot masalasini soddaroq tarzda tushuntirish maqsadida qadimgi pifagorchilarning sonlar haqidagi nazariyasi va uning asosida islom falsafaida shakllangan Hurufiya ta'limotining misollariga murojaat qilar ekan, arab alifbosining birinchi harfi - "alif" barcha harflarni vujudga keltiradigan manba hisoblanadi, deydi (ushbu g'oya asosida "Hurufiya" degan talimot ham vujudga kelgan).

"Alif" (I), agarchi u omma nazdida harf sanalsa-da, aslida harf emas. Chunki "alif'dan maqsad Haq ta'oloning Zotidir. Haq ta'oloning Zoti esa har qanday ismu sifat, tavsif va tashbehdan munazzah deb tushuniladi. Haqning vujudi Zotdan ajralib, olamda zuhur etadi, ammo uning zuhuridan olamdagi ashyolar Haq Zotiga aylana olmaydi. [2,65]

Mavlono Abdurahmon Jomiy ("Sharhi ruboiyot"da) aynan shu misolni quyidagicha ifodalagan:

A'yon chu huruf dar suvar muxtalifand,

Lekin hama dar zoti alif mu'talifand.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Az ro'yi ta'ayyun hama bo g'ayri hamand V-az ro'yi haqiqat hama ayni alifand. [9,V.613b]

Mazmuni: A 'yon ham harflarga o 'xshab xilma-xil shakllarga ega. Lekin ularning barchasi "alif " zotidan kelib chiqqan. Sirtdan qaralsa, ular bir-biridan farq qiladigandek tuyuladi. Ammo aslida ularning barchasi bir narsadan - alifdan olingan.

Haqiqatdan ham, alifning burilishu cho'zilishlari, kesilishu qo'shilishlaridan yangi shakllar, ya'ni turli ko'rinishga ega bo'lgan unsurlar - harflar vujudga keladi. Turli-tuman shakllarga ega bo'lgan harflar turlicha nomlar bilan ataladi. Bunday qarasa, ularning o'rtasida hech qanda uzviy robita yo'qdek ko'rinadi. Ammo aslida bunday emas. Barcha harflarning ibtidosi, manbai bir - alif. Alif bo'lmaganda turli-tuman shakllarga ega bo'lgan harflar ham vujudga kelolmasdi. Demak, barcha harflarni yagona haqiqat birlashtiradi. Bu - alif zotining haqiqatidir. Jomiy bu misol orqali Haq ta'olo vujudining o'z zohiri bilan birligini, zohir olamining undan ayri emasligini ta'kidlamoqchi bo'ladi.

Ibn al-Arabiy va uning izdoshlari nuqtai nazaridan, Haq ta'oloning ismlari va sifatlari bir jihatdan Zotdan ayri narsa, ammo boshqa jihatdan Zotning ayni o'zidir. Ya'ni, ilohiy ism va sifatlarning ma'nolaridagi xilma-xillik (olim - Zot, ilm - sifat; qodir - Zot, qudrat - sifat...) ularni Zotdan o'zga narsalardek ko'rsatadi. Ammo Ilohiy Zotning vohid - yakka-yagonaligi va asmoyu sifotning Undan ayri emasligi nazarda tutilsa, ismlar va sifatlarning Zot (Jomiy ta'biri bilan "alif') bilan aynan bir narsa ekanligi ma'lum bo'ladi.

Ash'ariya ta'limotining asoschisi Abulhasan Ash'ariy aqidasiga ko'ra, "Sifot Uning o'zi ham emas, Undan boshqa ham emas. [5,95]

Ko'rinib turganidek, bu masala yuzasidan Ibn al-Arabiy va Ash'ariya kalom maktablari o'rtasida ancha ixtiloflar mavjud. Ammo Jomiy, ahli Sunna val-jamoa olimi bo'lsa-da mazkur masalada Ibn al-Arabiy nuqtai nazarini qo'llab-quvvatlab, "asmo va sifot tushunchalardagi tafovutlar jihatidan Zotdan ayri, ammo haqiqat va mohiyat jihatidan (Haq ta'olo vujudi vohiddir, asmo va sifot esa unga tegishli) Zotning ayni o'zidir", deydi. U "Lavoeh"da ham xuddi shu fikrni keltiradi. [3,69]

Jomiy Ibn al-Arabiyga ergashib, Alloh vujudini vojib deb hisoblaydi va vojib ta'olo vujudini O'z Zotidan, Zotini esa O'zidan deb biladi. Bundan u yog'ini bilish va idrok etishga ilm, aql va zavq (mukoshafa) ning qo'li yetmaydi. Allohning Zoti masalasidagi ikkinchi bahs "Zotni ma'rifat etish, ya'ni, uni bilish, idrok etish va haqiqati (mohiyati)ni anglash mumkinmi yo mumkin emasmi?" - degan savolga javob topishdir.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Jomiy "Lavoeh"da Ilohiy Zotni "Haqiqat ul-haqoyiq" (haqiqatlarning haqiqati; mohiyatlarning mohiyati), ya'ni, olamdagi barcha ashyolarning haqiqati deb ataydi. [3,87] Koinotdagi barcha mavjudotlar va ashyolar, xullas, har bir zarra, ana shu Zoti ilohiyning nurlari, tajalliysidir. Inson aql va his, ilmiy dalil va intuitsiya orqali koinotdagi barcha narsalarga taralayotgan nurni Ilohiy Zot tajalliysidan sarchashma olayotganligini his va idrok etishi mumkin. Ammo Inson aql va his yordami bilan haqiqatlarning haqiqati - Ilohiy Zot mohiyatiga yetolmaydi, uni kashf ham etolmaydi.

Jomiy "Sharhi ruboiyot"da Alloh ta'olo Zoti haqida fikr yuritish mumkin emas, deydi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ezad, ki hazor dar ba rux bikshudat,

Rohe ba kamoli kunhi xud nanmudat.

To zahmati behuda ba xud rah nadihi,

Dar zoti xud az fikr hazar farmudat. [9,V.601a]

Ya'ni: Parvardigor minglab eshiklarni senga ochib berdi, ammo O 'z kamolining nihoyasini mushohada etishga yo'l bermadi. O'zingni bekorga qiynamasliging uchun o 'z Zoti haqida fikr yuritishingni man " etdi. [8,142]

"Demak, Haq subhona O'zining rahmati komila va rafati shomilasi ila bandalarining rohatini xohlab, qo'lga kiritishi mumkin bo'lmagan narsa talabida yurishdan qaytishni buyurgan" [9,601b]

Muxtasar qilib aytganda, Mavlono Abdurahmon Jomiy o'zining tasavvufiy-irfoniy asarlari, xususan, vahdat ul-vujud ta'limotiga oid falsafiy-irfoniy sharhnomalari bilan tasavvuf va irfon falsafasining 700 yillik tajribalariga go'zal xotima yasab bergan buyuk tafakkur sohibi sifatida ham islom mintaqa ma'naviyati tarixida muhim o'rin tutadi. Ya'ni, u irfon falsafasi tarixi davomida katta bahs-munozaralar va g'oyaviy ixtiloflarga sabab bo'lgan vahdat ul-vujud, tajalliy, a'yoni sobita, hazaroti xams, Haq va xalq, Zot ma'rifati, Zot va sifot, vahdat va kasrat, tavhid, qazo va qadar... kabi masalalarni kufr va ilhod deb hisoblanadigan yo'llar orqali emas, balki barcha mazhablar, firqalar va guruhlar tomonidan ayni tavhid deb e'tirof etiladigan yo'llar orqali talqin etib, islom falsafasiga qayta irfoniy ruh bag'ishladi, tobora siyosiylashib borayotgan, o'zining jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy mavqeini yo'qota boshlagan naqshbandiya tariqatini yana Inson va Borliq atrofidagi falsafiy mushohadalar, mulohaza-yu muhokamalar yuritishga hidoyat etdi. Sxolastik mazhabiy oqimga aylanayotgan Naqshbandiya tariqati Jomiyning falsafiy-irfoniy qarashlari yordamida qayta isloh etildi, ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asoslandi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Mavlono Jomiy ilmiy-falsafiy asarlarida irfon falsafasiga bog'liq bo'lgan masalalar (vujud, Vahdat ul-vujud, tajalliy, Haq va xalq, vahdat va kasrat...) bilan bir qatorda kalom falsafasiga xos bo'lgan masalalar (Alloh ta'oloning Zoti, sifatlari va ismlari, Vojib ul-vujud, mumkin ul-vujud, Zot ma'rifati (Alloh ta'olo Zotini bilish nazariyasi), Zot va sifot tajalliysi, tavhid, qazo va qadar...)ni o'rtaga tashlab, ularni Ibn al-Arabiy maktabi va Hanafiya mazhabi aqoidiga tayangan holda tahlil va tadqiq etar ekan, o'zini yetuk ilohiyotshunos olim sifatida ham namoyon etadi.

Ilohshunoslik ilmi bo'lgan irfon yoki ma'rifat tariqatning hosilasi va bevosita uning ilmiy shakldagi davomidir. Boshqacha aytganda, tariqatdan maqsad ma'rifatdir. Xo'sh, ma'rifatning nishonasi nima, qanday kishi ma'rifatga noil bo'la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday bo'ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki tasavvufla ma'rifat tushunchasi maxsus o'rin egallaydi va uning o'z ta'rifi, haqiqatlari bor. So'fiylar nazarida ma'rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma'rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahdi dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo'shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo'lsa-da, lekin dunyoni bilish Allohni bilishning birinchi bosqichi, ya'ni Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo -kasrat olami, Allohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko'zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn al-Arabiy qarashlariga suyanib, ma'rifatga bunday ta'rif bergan: «Ma'rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma'rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul bo'lgan amrlar suratila tanish demak». Buning ma'nosi shuki. Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) tafsilning o'zi bo'lib, uning ilmi kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Allohga tegishli, Alloh - hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa — uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Robbimizni bilish uchun tafsirlan buyuk aslga qarab borishimiz kerak.[3,117]

Ilohiy ma'rifatni egallash martabalari esa quyidagicha:

1. Solik har bir narsani ko'rganda, uni mutlaq foilning asari deb bilsin, ya'ni dunyo va boshqa olamlar o'z-o'zidan mavjud emas, balki ular azaliy va abadiy, Qodiru Xoliq, Ahadu Samad parvardigorning sun'ilan yaralgan va parvardigor tufayli mavjud ekaniga bir bor ishonsin, imon keltirsin.

2. Mutlaq foildan bo'lgan har bir asarni ko'rganida tasavvur va taxayyul bilan uni mutlaq foil sifatlaridan qaysi sifati zuhuri ekanligini anglab yetsin. Chunki

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

parvardigorning behisob sifatlari bo'lib, olam o'zgarishlari, voqea-hodisalar, narsalar xususiyatining har biri uning muayyan sifatining natijasidir.

3 Haq murodi maqsadini har bir sifat tajallisida (porlashida) anglab yetsin (tanisin).

4. Solik ilohiy ilm suratini o'zining ma'rifati suratida tanisin va o'zini ilmu ma'rifat, balki vujuddan ham soqit etsin. Keyingi, to'rtinchi martaba tavhid va fanoga ishoradirkim, bu haqda alohida to'xtalib o'tamiz.

Demak, bundan ma'lum bo'ladiki, garchi Allohni ko'rish mumkin bo'lmasa-da (hatto hazrat Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam ham me'roj kechasi Parvardigor huzuriga yetishganlarida, uni bevosita ko'rganlari yo'q, balki parda orqasidan suhbatlashib, jamolidan bahramand bo'lganlar), ilohiyot olami «g'ayb olami» deyilsa-da, shunga qaramay, Uni tanish, sifatlari orqali zotini anglash, idrok etish mumkin. Hujjat ul-islom Muhammad G'azzoliy deydiki, ruhni ko'rib bo'lmayli, lekin ruh bor, u - «hastii nestnamoy», ya'ni yo'qday bo'lib tuyuladigan borliqdir. Masalan, to'zon qo'zg'olganda, tuproq o'z-o'zidan havoga ko'tarildi deb aytolmaymiz. Tuproqni shamol ko'tarib, to'zonga aylantiradi, lekin shamol va havo ko'zga ko'rinmaydi. Shu kabi ruh ham ko'zga ko'rinmaydi, ammo jism harakatlari ruhdandir, biz buni jismning xususiyati, harakati orqali bilib olamiz.

Tasavvuf mutafakkirlari Haq ma'rifati va borliqni bilish masalasida tasavvur, his, aql, mantiqiy tafakkur kabi ratsionalizmga xos tushunchalarni ham eslab o'tadilar va ulardan foydalanadilar. Biroq, ularning fikricha, aqliy-hissiy bilish usuli zohiriy, ya'ni, dunyoviy bilimga kifoya qiladi, xolos. Ilohiyotni anglash uchun esa aql ojizdir. Ilohiyot ilmi aqlga sig'maydigan, aql o'lchovlaridan baland turadigan ilmdir. Ibn al-Arabiy aytadiki, Xudo haqida ham aql tili bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi bilan uni bilish mumkin emas. Aql isbotni talab qiladi, dalil va tajriba bilan ish ko'radi. Vaholanki, Xudoning borligi, zotu sifatlarini dalil orqali isbotlash mushk ul. «Ma'rifat haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki ilohiy ilhomdir», deb yozadi Ibn al-Arabiy. Alloh bilan xilvatda qolgan mard insonda shunday holat yuz beradiki, unda ilmlardan ilhom paydo bo'lib, uning rahmati bilan yuksaladi. Darveshdagi bu holat oddiy odamlar va isbot-dalil ahsh uchun qorong'udir. Bu -avliyolarga yuboriladigan ilohiy bilim. Abu Yazid Bistomiy kalom ahliga qarab degan ekan: «Siz o'z ilmlaringizni jonsiz narsalardan olasiz, biz esa abadiy tirik Zotdan olamiz». Abu Yazid jonsiz narsalar deb moddalar, ashyolarni nazarda tutadi. Laduniy - rabboniy bilim Xoja Xizrning bilimiga qiyos etgulik. Xoja Xizr hayot suvi - abadiy tiriklik suvini ichgan, u hamma voqeadan, hamma ahvoldan, hamma

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kechinmalardan xabardor; narsalar xosiyati va qonuniyatini oldindan biladi, xudo unga o'z bilimini tuhfa etgan. [3,119]

Irfon falsafasi olamni bilishni, konkret kundalik hayotni, insonning olam va borliq, zamon va makon, lahza va abadiyat, hodisa va mohiyat haqidagi tushunchalari bilan bog'liq qarashlarni o'zida aks ettiradi. Ammo bularning barini Haq taolo qudrati va xalloqiyatining natijasi, Alloh ilmu hikmatining zuhur etishi (namoyon bo'lishi) sifatida izohlaydi. Shu nuqtai nazardan, Irfon falsafasi teologik (ilohiyotshunoslikka oid) talimot hisoblanadi. Boshqacha aytganda, Tasavvuf talimoti tarkibidagi falsafa (yani, Irfon) Islom diniy-falsafiy tafakkuri doirasidagi o'ziga xos ilohiyotshunoslik maktabidir. "Tasavvuf ilohiyotshunosligi" deb atash mumkin bolgan ushbu ilohiyotshunoslik maktabi Kalom ilmi yoxud falsafasidan farq qiladi. Negaki, Kalom falsafasi diniy masalalarrni tadqiq etishda faqat ratsional usullardan foydalansa, Irfon falsafasi asosan irrotsionalistik usullardan foydalanadi.

So'fiylar islom ma'rifati, Qur'on ilmini chuqur egallagan va buni el orasiga yoyishga jiddiy ahd qilib kelgan kishilar edilar. Faqat so'zlari, suhbatlari, da'vatlari bilangina emas, balki xulq-atvori, faoliyati bilan ham atrofdagilarga ta'sir etar, namuna, ibrat ko'rsatardilar. Ulug' shayxlar dunyoviy bilimlar, avvalo, shariat ilmini puxta egallaganlari bilan ajralib turardilar. Chunki tasavvufda dunyo ilmini bilmay turib, iloh ilmu ma'rifatini bilish mumkin emas, degan qarash mavjud. Ayniqsa, orif so'fiylar donishmandlik, fazilat va botiniy ilmlar sohibi sifatida shuhrat qozonganlar. Orif aslida ilohiy ilmlar sohibi demak. Oddiy so'fiydan u donish axliga yaqinligi bilan farqlanib turadi. Orifning ko'ngli ilohiy nur - ilmu hikmat xazinasi, deganlar. Bu ilm parvardigor sifatlarini tanish, anglash bilan to'lishib boradi, chunki sifatlarini tanimay, zotni tanish mumkin emas. Sifatlar esa tafriqa (farq, xilma-xillik, ziddiyat) ni anglatadi.

Tafriqa moddiy dunyoga xos xususiyat. Demak, dunyoning siru asrori, ilmu hikmati, xislat va xususiyati, qonuniyatlari - Alloh sifatlarining in'ikosi. Ushbu sifatlarning har birini tanib, bilib olgan odam jam' martabasida Alloh zotini tanishi mumkin. Sifatlardagi alohida-alohida xususiyat (juz') jamlanib, kull (umumiy, universal) xususiyatga ko'tariladi va Tavhid (Yagonalik) yuz beradi. Orif ana shuni butun vujudi, hissi, aqli, shuuri va idroki bilan mujassam etadi - ruhida mujassamlantiradi. Shunday qilib, orif odam dunyoviy bilimlarni egallash barobarida botiniy quvvat bilan G'ayb ilmini ham egallay olgan Komil insondir. Ilohiy ma'rifat uning qalbida buloqday qaynab turadi. Demak, Haqqa yetishish ham ilmdir.

Haqiqat - Haqning o'zi, uning zoti va sifatlaridir. Uni ilmsiz tanish va bilish mumkin emas.

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR:

1. .^V^Y ¿J- ^ - .V^ .UJ^JI ^^ '^JJ*JI Ojj

2. V4Y JJJJ - SL^joalI .QJ^II ^^ * Qjj

3. . 1373'jjLUI 'UI^JJ UIJ '^^-J- ^j* j A^JSX ^J^. ^ .^JIJJ .P^j^y^- uj^JIjji

4. lj ^^j^ AJ / .^il^KJI ^IjjJl^jc OJ^II (jjijl*-!I ^jUix J Х^И ^^j^ai ^J^ ) VAV 'jI j^j ol^^ib '^^iAji j^liw j J!J! Q^^'I - .^jljl^I OJJJI J^^. ^IJ^I

5. 1387 'OJAIS .1.^ .J^jJI j LM .

6. Кныш А.Д. Мусульманский мистицизм. - М.: С.П.: «Диля», 2004.

7. Махмуд Асъад Жушон. Тасаввуф ва гузаллик. - Т.: "Адолат", 2004.

8. Холмуминов, Ж. (2008). Жомий ва вахдат ул-вужуд таълимоти [Джами и учение вахдат ал-вуджуд]/Масъул мухаррир: Н.Комилов. Тошкент:«Ozbekiston milliy ensiklopediyasi, 232.

9. УзР ФА ШИ Кулёзмалар хазинаси, PN 1331 ракамли кулёзма.

10. Chittik, William. Ibn al-Arabi. / Encyclopaedia of the History and Sience. Technology and Medicine in Non-Western Cultures. Dordrecht, NLD: Springer, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.