Научная статья на тему 'IBN AL-ARABIY BOY ILMIY MEROSIDA KOMIL INSON G'OYASINING AHAMIYATI'

IBN AL-ARABIY BOY ILMIY MEROSIDA KOMIL INSON G'OYASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
774
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / Komil inson / Ibn al-Arabiy / “Fusus al-hikam” / “Futuhot al-Makkiya” Uilyam K.Chittik / Abu Nasr Farobiy / Ibn Sino. / Sufism / Perfect man / Ibn al-Arabi / Fusus al-hikam / Futuhat al-Makkiya / William C. Chittick / Abu Nasr Farabi / Ibn Sina.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Raxmonberdiyev, Islombek Ilhom O’g’li

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma’naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to’g’risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida Ibn al-Arabiyning komil inson tushunchasining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan zohid,oshiq,orif tushunchalari bo‘yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE IDEA OF A PERFECT MAN IN THE SCIENTIFIC HERITAGE OF IBN AL-ARABI

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of Ibn al-Arabi named “Alinsan al-kamil” in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Текст научной работы на тему «IBN AL-ARABIY BOY ILMIY MEROSIDA KOMIL INSON G'OYASINING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

IBN AL-ARABIY BOY ILMIY MEROSIDA KOMIL INSON G'OYASINING AHAMIYATI

Raxmonberdiyev Islombek Ilhom o'g'li

TDSHU 2-bosqich magistranti [email protected] Ilmiy rahbar:fal.f.d Ja'far Xolmo'minov

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma'naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to'g'risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida Ibn al-Arabiyning komil inson tushunchasining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan zohid,oshiq,orif tushunchalari bo'yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

Kalit so'zlar:Tasavvuf Komil inson, Ibn al-Arabiy,"Fusus al-hikam", "Futuhot al-Makkiya" Uilyam K.Chittik, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino.

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of Ibn al-Arabi named "Al- insan al-kamil" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Keywords: Sufism,Perfect man,Ibn al-Arabi,Fusus al-hikam,Futuhat al-Makkiya, William C. Chittick, Abu Nasr Farabi, Ibn Sina.

В данном исследовании целесообразно раскрыть значение мистицизма в формировании духовно-нравственного воспитания современного молодого поколения и сущность концепции совершенного человека Ибн аль-Араби в процессе ее применения на практике. С точки зрения важности мистицизма сегодня и его формирования на основе учений исламского мира представлены и обсуждаются комментарии к понятиям аскетизма, любви и знания.

Ключевые слова: суфизм, совершенный человек, Ибн аль-Араби, Фусус аль-Хикам, Футухот аль-Маккия, Вильям К. Читтик, Абу Наср аль-Фараби, Ибн Сина.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Xalifa Horun ar-Rashid tomonidan Ispaniyaning Kardova shahrida qurilgan ilk masjid(milodiy 732-yilda) islom dinining Yevropa bo'ylab yoyilishiga mustahkam zamin yaratdi.Salkam uch yuz yil davom etgan ushbu yangi din e'tiqod va tafakkur tarzi Yevropa xalqlarining turmush va tafakkur tarzi,madaniyati, ma'naviy hayoti va dunyo-qarashiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatdi.Yevropaning Ispaniya va Fransiya kabi bir qancha mamlakatlari shaharlarida masjidlar va madrasalar barpo etildi, tub aholining muayyan bir qismi islom dinini ixtiyor etdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Zohidlik va oriflik tushuncha-larining asl mohiyati mantiqiy izchillik jihatdan yoritib berildi. Tadqiqot jarayonida Xolmo'minov J.M. ning "Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti" nomli monografiyasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musulmon Sharqining ilk Uyg'onish davri (VIII-XI asrlar) to'g'ri keladigan ushbu davr Sharq va G'arb olamining ilk to'qnashuvi edi. Ushbu to'qnashuv ayni paytda ichki tamaddun va ikki din o'rtasidagi ilk muloqot ham edi. Ana shu to'qnashuv va ayni paytda, ushbu muloqot natijasida Yevropada islom madaniyatidan baxra olgan G'arb falsafasi, Musulmon Sharqida esa Yevropa falsafasidan sarchashma olgan islom falsafasi yuzaga keldi. Aristotel, Suqrot va Platon asarlarining jadallik bilan arab tiliga tarjima qilinishi va sharhlanishi, shuningdek, musulmon mutafakkirlarining lotin va ba'zi bir Yevropa tillariga o'girilishi ushbu to'qnashuv muloqotning hosilasi edi.Aynan ana shu davrda Andalusiya (Ispaniya) islom falsafasining markazlaridan biriga aylandi.Ushbu davrda Andalusiyada "Averroes" nomi bilan mashhur bo'lgan arab faylasufi va tabibi Ibn Rushd (1112, Kordoba-1198,Marokash) o'zining Aristotel asarlariga yozgan sharhlari hamda kalom falsafasi (Ashariya kalom maktabi) va tasavvuf ta'limotining yirik namoyondasi Imom Muhammad G'azzoliyning "Tahofutul-falosifa" (Faylasuflarga raddiya) nomli asariga raddiya sifatida yozgan "Tahofut ut-tahofut" (Raddiyaga raddiya) nomli asari bilan bilan katta shuhrat qozondi. Darhaqiqat,Musulmon sharqi VIII-XI asrlarda taraqqiyotda G'arbdan oldinda edi;G'arb olim-lari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan;g'arb savdogari islom olamidagi savdoning ko'lamiga havas bilan qaragan;sharq mollari g'arbda zebu ziynat tovarlari hisoblangan.Sharq shaharlarining boyligi va hashamati G'arb uchun afsonadek tu-yulgan.Bularning

barchasi asosiy mafkura vazifasini bajargan islomning ijobiy xizmat buyuk,albatta.Ammo XII-XIII asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab turg'unlik, so'ng tanazzulga yuz tuta boshladi."1 Musulmon sharqining ilk o'rta asrlardagi shuku-hi va taraqqiyoti shu darajada ediki," eramizning 711 -yilida arablarning Ispaniyani ishg'ol etishi bilan markazlashgan qudratli davlat g'oyasi G'arb mamlakatlariga kirib bor di va Rim imperiyasi halokatidan so'ng inqirozga yuz tutgan Yevropaning rivojlanishiga zamin hozirladi. Oradan bir asrdan ko'proq fursat o'tgach mazkur g'oya asosida birlashtirilgan arab Ispaniyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga erishdi, aholi turmush darajasi yuk- saldi. Markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi eng e'tiborli ijtimoiy nazariyaga aylandi. Ushbu nazariya nafaqat Ispaniya, balki unga qo'shni bo'lgan mamlakatlar, xususan Italiya va Fransiyada ham obro qozonishi tabiiy bir hol edi."2

Saljuqiy sultonlar Alp Arslon va Malikshoh hukumronligi davrida Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o'rnashib olgan saljuqiy turklar 1071 yilda Vizantiya impe- ratori Roman IV Diogenning 200 ming qo'shinini yengib, avval butun Kichik Osiyoni, keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishadi.3 Usmonli turklarning Arab xalifaligi parchalanib ketganidan so'ng Yevropada zaiflashgan islom tamaddunini qayta tiklash maqsadida g'arbga qarab boshlagan yurishlari katolik cherkovi tomonidan uyushtirilgan salib yurishlari tomonidan muayyan darajada to'xtatiladi. 1096-1270- yillarda Rim papasi rahbarligi va G'arbiy Yevropa zodagonlari homiyligida Yaqin Sharqqa- Suriya va Falastin yerlari, Shimoliy Afrika mintaqasida olib borilgan bosqinchilik yurushlari "Muqaddas yer"- Falastinni ozod etish niqobi ostida avj oladi.4 Ammo tarix sahifa- laridan ma'lumki, salib yurishlari ko'p holatlarda mag'lubiyat bilan yakun topgan. Ayniqsa,milodiy "1291 yilda Akra shahrining musulmonlar qo'liga o'tishi natijasida salibchilar Sharqdagi mulkini butunlay yo'qotdilar5 Salibchilarning musulmon sharqiga qilgan yurishlarini to'xtatishda Saljuqiy turklarning xizmati beqiyos bo'lgan.Bir tomon- dan Usmonli turklarning islomlashtirish harakati,ikkinchi tomondan qonli salib yurish- lari natijasida vayronaga aylanib borayotgan Yaqin Sharqning g'arbiy qismlari,Kichik Osiyo, Shimoliy Afrika va Yevropaning ba'zi hududlari Sharq va G'arb o'rtasidagi dialoglar markaziga aylandi.Aynan ana shu mintaqada bir qarashda islomiy bo'lgan, ammo asli xristianlik dinining aqidalariga asoslangan,shuningdek, xristianlikdek tuyula- digan,ammo aslida

1 Islom ensiklopediya.-T.:"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti"

2 G'arb falsafasi.-T.:"O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati"nashriyoti","Sharq",2004,-2004.-B.323.

3 O'zME,7-jild.-T.:"O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti,2004.-B.443.

4 O'sha kitob.-B.445.

5 O'sha kitob o'sha bet.

islom dini e'tiqodi asosida vujudga kelgankeng qamrovli diniy-falsa fiy tafakkur shakllandi.Islom olamining buyuk faylasufi va ilohiyotshunosi, Musulmon Sharqida "Shayx- ul-akbar"-"Eng ulug' shayx"nomi bilan tanilgan orif shoir va irfon falsafasining yirik nazariyotchisi Muhyiddin ibn al-Arabiy ham ana shunday murakkab siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma'naviy sharoitda ilm va tafakkur maydoniga kirib keldi.Muhyiddin ibn al-Arabiy tasavvuf falsafaning o'zidan oldingi buyuk nazariyot- chisi - Hakim at-Termiziy ta'limotini chuqur o'rgangan,uning asarlaridan ko'plab iqtibos keltirgan.Vahdat al-vujud va komil inson ta'limoti asoschisi o'zining mashxur bo'lgan "Futuhot al-makkiya"nomli asarida 155ta diniy-falsafiy savolga mutafakkirning "Xatmul-avliyo" kitobiga suyangan holda javob qaytargan. Ayniqsa, Hakimat Termiziy- ning nubuvvat(payg'ambarlik), valoyat (valiylik), ruuyat (uyg'oqlik va tush o'rtasidagi holat),qalb va nafs haqidagi nazariyalarini qo'llab quvvatlagan va yanada takomillash- tirgan6.

Muhyiddin ibn al-Arabiy o'zining "sufiylik qomusi"deb atalgan "Futuhot al-Makki ya"asarini yaratishda mashxur mutasavvif lar va ilohiyotchilar qatori at-Termiziy asar-laridan ham foydalanganligi haqida J.Trimingemning"Суфийские ордены в Исламе" asarida qimmatli ma'lumotlar berilgan.Unda jumladan,shunday deyilgan:"Hakim at-Termiziy g'oyalari.. .Ibn al-Arabiydek daho tomonidan tiklanmagunga qadar salkam xotiradan o'chib ketgan edi." 7Boyazid Bistomiy bilan deyarli bir zamonda yashagan,lekin undan ancha taniqliroq bo'lgan Hakim at-Termiziy g'oyalaridan ilhomlangan Ibn al-Arabiy nubuvvat va valoyat tushuncha-larini talqin qilishda ham asosan undan foydalangan8

Olmon sharqshunosi Karl Brokelmann aytishicha,"Fusus ul-hikam"ning 35 ta sharxi bor,ammo "Islom buyuk doirat ul-maorifi"da berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Usmon Yahyo unga 120 ta sharx yozilganligini ta'kidlaydi. 9 V.V.Lavskiyning ta'kidlashicha, "Fusus al-hikam"ga 150dan ortiq sharxlar yozilgan. 10.Aytish joizki, islom irfoniy-falsa-fiy tafakkurida biror asar "Fusus al-hikam"chalik shuxrat qozonmagan.

Borliqning birligi va yagonaligi haqidagi ta'limot - Vahdatul ul-vujud ta'limotining asoschisi sifatida izdoshlari tomonidan "Ulug' shayx","Aflotunning o'g'li"deb ardoqlan- gan Ibn al-Arabiy ta'limotining o'ziga xosligi shundaki, unda g'arbiy va sharqiy tasavvuf an'analari qorishib ketgan.Sufiy sifatida u ratsionalizm va

6 Jafar Xolmo'minov"Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti"monografiya.Toshkent.Tafakkur-2020

7 Тримингем Дж. С. "Суфийские ордены в Исламы"- М .:София ИД Гелиос ,2002.- С. 306.

8 Тримингем Дж. С. "Суфийские ордены в Исламы"- М .:София ИД Гелиос ,2002.- С. 332

9 Жузжоний,Абдулхаким Шарьий.Тасаввуф ва инсон.- Т .: "Адолат",2001.

10 "Суфийская мудрость" В.В Лавский.- М "Март", 2007.

sxolastikaga nisbatan intiutiv bilim-ilohiy fayz afzalligining tarafdori edi.Uning uslubi asosi Qur'on va Sunnaning majoziy tadqiqi,mutlaq qamrovlilik hamda yaxlitlilik tashkil etadi.Ilohiyot sohasida Ibn al-Arabiy mistik-panteist edi.Uning asarlarida xuddi hozirgi zamon teosofiya kabi teosofik va metafizik qarashlar, gohida xatto aqlga sig'maydigan paradokslar qorish-masi ham mavjud.U asos slogan Vahdat al-vujud,ilohiy tajalliy nazariyasi,komil inson, iymon,nubuvvat va valodat masalaralariga oid qarashlari haligacha ahli sunna val-ja-moa ham shia ulamolari orasida katta ilmiy aqidaviy baxs-munozaralariga sabab bo'lib kelmoqda.

Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy falsafiy-irfoniy ta'limotining keyin davr- dagi tasavvufiy ta'limotlarga ta'siri masalasini o'rganish jarayoni Komil inson konsep- siyasi va Vahdat ul-vujud falsafasi va u bilan aloqador nazariyalar bo'm-bo'sh maydonda vujudga kelmagan ekan,degan xulosani keltirib chiqardi.Bu boradagi tadqiqotlar Ibn al-Arabiy ta'limotining asl ildizlarini birinchidan,islom dinining birlamchi manbaalari-Qur'oni Karim va Hadisi Sharifga borib taqalsa,ikkinchidan tasavvuf ta'limoti tarkibida "Hakimiya"nomli ilk falsafiy-irfoniy maktab ochgan Hakim at-Termiziy,Sharq aristo- telizmi namoyondalari-Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sino,Buxoro ilmiy-nazariy tasavvuf maktabi namoyondalari Abuishoq Kalobodiy va Mustamliy Buxoriy tomoni- dan yaratilgan falsafiy-irfoniy ta'limotlarga borib taqalishini ko'rsatadi.

Islom falsafasi tarixida ilk marotaba "Fusus ul-hikam"nomi bilan asar yozishni Abu Nasr Forobiy boshlab bergan.U bu asarda falsafa - ratsionalizm va tasavvuf-irratsiona lizmni bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qilgan.Shu maqsadda" ratsional dalillarni ba yon etib,aniq g'oyalarnibayon etish orqali sufiylarni maqsadga erishish yo'llarini falsa-faning ratsional bilimlarini chuqurlashtirishga ko'maklashtiruvchi vosita deb baholaydi.11 Forobiy "Fusus ul-hikamning bir necha bobida "vojib" (Xudoning vojibligi zarurati)"imkon"(yaratilish,yaratilgan),"hayulo"(ratsional falsafa nuqtai nazaridan butun borliqdagi vujud ikkiga bo'linadi."Vojib al-vujud" va "Mumkin al-vujud".Vojib al-vujud borlig'igi o'ziga tegishli bo'lgan Zot-Xudodir.Mumkin al-vujud borlig'i Vojib al-vujudga bog'liq bo'lgan,ya'ni,o'zidan o'zi bor bo'la olmaydigan,muayyan bir vaqtda mavjud bo'lib,muayyan bir vaqtda yo'q bo'ladigan.Barcha moddiy narsalar Mumkin al-vujud hisoblanadi.Olam javhar(substansiya) va araz(aksidensiya)dan iborat.Araz o'z vujudida javharga muhtoj.Uning vujudidagi javhar esa 5 qismdan iborat:hayulo, ko'ri- nish, jism,aql va nafs.Ushbu besh komponent ichidagi nafs tasavvufda tarbiya talab hisobla-nuvchi obyekt hisoblanadi. Tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasi yoki ba'zi boshqa tariqatlarda

11 Хотами, Саид Мухаммад.Ислом тафаккури тарихидан/Таржима Н Кодирзода.:- Т. Минхож .2003

940

uni butkul o'ldirish orqali "Nafsi ammora"12dan "Nafsi roziya"13, Nafsi marziya"14, Nafsi Sofiya"15darajalari (xoslar,valiylar)darajasiga chiqish orqali komillik hosil qilish degan qarash Ibn al-Arabiydan to Xojagon-Naqshbandiya tariqati davrigacha say qallanib yetib kelgan.

Fikrim dalili o'laroq,Mavlono Jomiyning shogirdi Mir Alisher Navoiy ozining "Nafahot ul uns"asarida ushbu misralarni keltiradi.

Kimki,nafs itini qilmish zabun

Olamda yo'q, unday shujo.16

Shujo atamasi bu yerda "shijoatli"ma'nosida qo'llanmoqda.Qiyosiy tahlil qiladigan bo'lsak,ushbu ta'rif Navoiy ijodida komil insonga alternativ o'laroq," shijoatli inson, komil inson ma'nosida qo'llanilgan.

Ibn al-Arabiygacha komil inson haqidagi turli qarashlar,turli nomlar bilan,turlicha e'tiqodiy ideologiyalar bilan qorishgan holda mavjud bo'lgan.Undan keyin ham bun-day farqli qarashlar boshqa e'tiqodlarda qoldi.Bunga F.Nitshening "A'lo odam"i17 o'laroq misol keltirishimiz mumkin.

Ibn al-Arabiy Komil inson ta'rifini ilk marotaba o'zining "Fusus al-hikam"asarida tilga olgan.Qiziqarli jihati shundaki,hajm jihatidan ancha yirik hisoblanuvchi ushbu asarda komil inson atamasini atigi sakkiz marotaba qo'llagan.Shunda turli ishoralar, adabiy timsollar orqali badiiy tarzda gavdalantirishga harakar qilgan.Yapon sharqshunosi Masataka Takeshita o'zining "Fusus al-hikamda Komil inson nazariyasi" nomli ilmiy maqolasida"Ibn al-Arabiyning metafizik antropologiyaga asoslangan Komil inson nazariyasi va uning Vahdat al-vujud nazariyasini bir-biridan ayro holda tasavvur qilish mushkul" 18 .Xususan yapon islomshunos olimi Masataka Takeshita qo'shimcha qilib,Ibn al-Arabiyning metafizikaga oid o'z asarida qo'llagan ilmiy terminlarining ma'no jihatidan serqirraligi uning Komil inson atamasini ham chetlab o'tmaganligini alohida ta'kidalagan.Komil inson(al-insan al-kamil) Ibn al-Arabiygacha ham bir necha olimlar 19 tomonidan muhokama qilingan bo'lsada,hech bir mutafakkir ushbu nazariyani Ibn al-Arabiychalik keng ochiqlab bermagan deb qo'shimcha qiladi yapon

12 Muhammad Zohid Qutqu "Nafs nimadir".Tarjimon:Zebuniso Husayn Qizi.-T.2020

13 O'sha kitob 267-bet

14 O'sha kitob 268-bet

15 O'sha kitob 268-bet

16 Alisher Navoiy "Nafahot ul uns"

17 HnTme ® ."3apgymT TaßattrocH",- TomKeHT ".Hmn acp aB^ogn", 2007.- B. E.

18 Masataka Takeshita "The theory of the perfect man in Ibn Arabi's Fusus al-hikam".Tokai University.1983

19 Tor Andrae,Die person Muhammeds in lehre und glauben seiner gemeinde(Stockholm.1918).pp-349-352. H.S.Nyberg,Kleinere Schriften des Ibn al-Arabi (Leiden 1919).pp.92-103.R.A.Nicholson,"Some notes on the Fusus al-hikam"in studies in Islamic Mysticism (Cambridge 1921),pp-149-161.

Scientific Journal Impact Factor

olimi.Ibn al-Arabiydan keyin undan Ibn al-Arabiy qarashlari nihoyatda boy bo'lganligi va aynan shuning uchun ham turli ilmiy ilhomlangan Giloniy20 va Abdurahmon Jomiy21 Arabiy- ning qarash- larini tizimlashtirishda haddan tashqari soddalashtirishda tavakkalga qo'l urganlik- larini ham keltirib o'tgan22

Ibn al-Arabiyning hayoti uning tafakkuridagi evrilishlarga o'xshab o'ta ziddiyatli va keskin kechgan.Uning ancha murakkab va chigal fikrlari,hech kim kutmagan g'oyalari ni hamma ham u xoxlagandek tushunavermagan.Natijada,qayerga bormasin,qaysi davr- da bo'lmasin,kim bilam muloqotda bo'lmasin,qarshiliklar va e'tirozlarga uchrab turgan, turli xil baxs munozalarga sabab bo'lgan.Natijada,ba'zi ulamolar tomonidan "Shayx ul Akfar"deb ham atalishiga,Arabiy ilgari surgan fikrlarining yanglish tushunilishi sabab bo'lgan.

Muhyiddin Ibn al-Arabiy o'zining asarlarida,xususan "Fusus al-hikamda Komil inson atamasiga bir qancha siymo,ramz va tushunchaga qiyoslangan holda ta'riflaydi.

Jumladan,Muhammad haqiqati(al-haqiqa alMuhammadiya),Qalam(qolamun),Aql (aql), Haqiqatlar haqiqati(haqiqat al-haqa'iq) va boshqa shunga o'xshash ismlar orqali matn kontekstiga monand tarzda ramziy ifodalab ketishi baxslarga sabab bo'lishini payqash mumkin.Shuningdek,ko'p hollarda komil inson atamasinining Muhammad (s.a.v) nomi bilan mengzib ketilishi Ibn al-Arabiy qarashlarining o'ziga xosligi hisoblanib,uning aynan komillikni Muhammad (s.a.v)bilan bog'lashiga yana bir dalil23 hisoblanadi.

Ibn al-Arabiy nazdida komil inson - bu aqli avval yoki nafsi avval,aqli qull tushun- chalari bilan ma'nodoshdir.Chunki Tangri taolo ilohiy nurdan ilk marta Aqli avval24ni yaratdi va uning suratu shaklini Komil inson qiyofasida zuhur etdi.Shunig uchun "Xala Qallohu Alama ala suratir-Rahmon"(Alloh odamni Rahmon suratida yaratdi).Ushbu ha disga dalil sifatida Qur'oni Karimning Tiyn surasining 4-oyatidan ham keltirish mum- kin.

Ushbu oyati karimada:"Batahqiq,Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik"25, deya zikr etilgan.

Komil inson,shu tariqa,Allohning Rahmonu Rahim sifatlariga ega bo'ldi26,deydi.

20 As for Jami's theory of the Perfect Man,see W.C.Chittick,The Perfect man in the Sufism of Jami,"Studia Islamica XLIX (1979),pp-135-157.

21 Jili's book,al-Insan al-Kamil is analyzed by Nicholson in studies pp.77-142.

22 So far,the most detailed and illuminating study on this subject is T.Izutsu,Sufism and Taosm,A Comparative Study of Key Philosophical Concepts(Tokyo,1983),pp.218-262.

23 Jili,al-Insan al-Kamil fi Ma'rifat al-Awakhir wa al-Awa'il(Kairo 1970)II,72

24 Нажмиддин Комилов "Тасаввуф"

25 Qur'oni Karimning ma'nolari tarjima va tafsiri.4-qayta nashr.Abdulaziz Mansur.-T.:"Sharq"HMAK.2012.

26 Саййид Содик Гухарин "Шархи истилоти тасаввуф". 1-жилд 125- бет.

Scientific Journal Impact Factor

Ibn al-Arabiyning fikricha,komil insonning yerdagi timsoli hazrat Payg'am-barimiz Muhammad(s.a.v)dirlar.Ul zot vujudlarida aqliy,ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bi-limlar jamuljam edi.Payg'ambarimiz xalq va Haq muqobilida turardilar va orada vosita edilar.Shunday bo'lgach,hamma odamlarni ham, xatto,anbiyo va avliyolar, donishmand larni komil inson deb atash joiz emas.Va agar Payg'ambardan tashqari o'zga zotlarga nisbatan bu sifat aytilar ekan,buni shartli ta'rif yoinki shu ulug' martabaga hurmat ehtirom sifatida qabul qilinishi kerak.

Sayyid Abdulkarim Geloniy fikriga ko'ra, har bir inson ikkinchisining o'rnini bosa oladigan nusxadir va bir-birining qarshida turgan ko'zgu kabidir. Bitta odamdagi hislat ikkinchisida ham aks etib turadi.Ammo farqi shundaki,bu akslanish ba'zilarda fe'l-harakat bilan bo'lsa,ba'zilarda esa quvva27,ya'ni hislat va xususiyatlar bilan bilan bo'ladi.

Demak,istedod va qobiliyat,xususiyat va sifatiga ko'ra bir-biriga o'xshash odamlar be-had ko'p.Bularni umumiy nom bilan xalq,odamlar yoki kishilar deb qo'ya qolamiz. Tariqatda riyozat qilib nafsi roziya yoki nafsi marziya28 darajasiga yetgan Hoslarni ham o'z darajotlari mavjud.Ular Qur'onga to'liq ergashuvchi va Payg'ambarimiz sunnatlarini o'z hayot yo'llarida tadbiq eta olgan zohid,zokirlar sifatida ko'riladi. Ammo shunday komil va akmal kishilar borki,ular kamolotda nafaqat o'zga odamlardan,balki bir-biridan ham keskin farqlanib turadilar.Bularni avliyo va anbiyo deb ataymiz.Bularning ham darajalari bor:ba'zilarini komil,ba'zilarini akmal,bir qismi fozil,ya'na bir qismi afzal,yana bir qismi afzalu akmaldir.Sayyid Abdulkarim Geloniy qo'shimcha qilib,"Komil inson voqean, Muhammad(s.a.v)dir va qolgan anbiyoyu avliyoning kamoloti unga nisbatandir,xuddi fozilning afzalga nisbatiday"29.

Shayx Omuliy deydikim,haqgo'y olimlarning fikriga qaraganda,olam Komil inson haqiqati tufaylibarqarordir,zero falaklar uning nafasi bilan aylanadur,mulku malakut undan ta'lim olurlar.Shunday martabada komil insonni Haqning ko'zgusi deydilar.Haq taolo o'z ismi va sifatlarini faqat komil insonda ko'radi.Shuni ham ta'kidlaydilarki,Komil insongina Haq qudratining buyukligi,cheksizligiga guvoh bo'la oladi.

Ibn al-Arabiy,Shayx Omuliy,Abdukarim Geloniy qarashlariga diqqat qilinsa, komil inson bir kayhoniy30 vujud bo'lib ko'rinadi,uning sifatlari yerdagi foniy odamlar sifatiga,aniq shaxslar xislatiga o'xshamaydi.Unda biz jamiki g'ayritabiiy

27 Ha^MHggHH KOMH^OB "TacaBBy^"

28 Muhammad Zohid Qutqu"Nafs nimadir"Sharq nashriyoti matbaa AJ.Toshkent.2020.268-bet

29 Ha^MHggHH KOMH^OB" TacaBBy^".

30 yma KHTOÔ 132-6eT

kuchlarning majmuini mushohada etganday bo'lamiz.Bu yerda,albatta jismoniy kuch haqida gap bormaydi,zotan,ilohiyot haqida gap borganda jismoniy quvvat e'tiborli emas.Chunki xoliqiyat yaratgan yaratgan jismlar ilohiy qudrat oldida arzimas va ojiz suratdadir.Komil inson bularning nazarida olamlarni egallagan, olamlarga,barcha jonzot va insonlarga ta'sir eta oladigan insoniyatni boshqaradigan bir Buyuk ruhdir, Ma'naviy-Aqliy qudratdir.Shu mazmunda uni Allohning xalifasi-o'rinbosari deyish mumkin.

Muhyiddin Ibn al-Arabiyning ijodi,qarashlari qanchalik baxsli va paradokslarga boy bo'lsa,shunchalik uning asarlarining o'rganilish qamrovi niyohatda ko'pdir.Ham sharq ham g'arb zamonaviy sharqshunos olimlari tomonidan keng qamrovli o'rganil-gan.Xususan,Nyu-Yorkdagi Stoni Bruk universiteti Osiyo va Osiyo-Amerika tadqiqot-lari kafedrasida faoliyat olib brogan Eronshunos olim Uilyam S.Chittikning ham Ibn al-Arabiy ishlarini o'rganish boradagi xizmatlari ancha salmoqli.Ibn al-Arabiyga Abdurahmon Jomiy ijodini o'rganish orqali qiziqib qolgan olim uning ko'plab asarlariga sharhlar yozgan va tarjima qilgan. U shunday deydi:"Borliq insonsiz nomukammal va maqsadsizdir.Uning asosiy vazifasi insoniyat mavjudligi ta'minlashdir.Komil inson esa borliqni Xudo tomonidan yaratilishining bosh sababidir31 (al-'ayn al-maqsudah)32.

Ibn al-Arabiy,avvalo,insonga (al-insan) ta'rif berar ekan,uni komil inson (al-insan al-kamil)ga taqqoslaydi.Shuningdek,komil insonni to'g'ri farqlay bilish uchun uni ikki toifaga bo'ladi.Ikkinchi toifaga Payg'ambar Muhammad (s.a.v)ga barcha payg'ambar- lar,nabiylar va Allohning do'stlari valiylarni keltiradi.Birinchi toifaga esa komillik abadiy va o'zgarmas timsoli Payg'ambar Muhammad (s.a.v)ni keltiradi.Ushbu qarash bir muncha baxs va chalkashliklarga sabab bo'lganligi uchun ushbu qarashni tadqiqot- chilar "Muhammad haqiqati"(al-haqiqa al Muhammadiya)deb keltirishgan.

Inson borliqning bir bo'lagi bo'lganidan beri,borliqning ilohiy surati insonsiz nomukammaldir.Shuning uchun ham Ibn al-Arabiy "Fusus al-hikam"asarining kirish qismida, "inson borliqning ruhi ekanligini,usiz borliq kemtik va jonsiz tanadek ekanligini aynan shuning uchun ham Alloh o'z ruhini unga pufladi va unga(insonga)jon ato etdi. Shu maqsadda Ibn al-Arabiy insonni borliqning "ustuni" usiz koinot qulaydi va xalo- katga yuz tutadi deb,komil inson bu yorug' olamni tark etgach ushbu jarayon boshlanadi,deya Muhammad payg'ambarga ishora qiladi. "33

31 "Macrocosm,and Perfect Man"William C.Chittick.The Journal Islamic Culture Board Hyderabad, India. 1989/Volume LXIII,NOS.1-2.

32 Futuhat,vol,II,p 67.28.

33 Fusus al-hikam,vol I,p 11.15.

Muhyiddin Ibn al-Arabiy ozining "Fusus al-Hikam"asarida Komil inson tushuncha sini matnning mazmuniga qarab turlicha talqin qilgan.Garchi ushbu tushunchani Ibn al-Arabiydan oldin ham qo'llanilgan bo'lsada,hech kim uchalik texnik atama34 sifatida uchalik mohirona qo'llab,yoritib berolmagan. Ammo nihoyatda kam qo'llaganligi bilan ham ajralib turadi. Masalan,uning metafizikaga oid risolalarida atigi uch marta ishlatganligi bilan ham hayratlanarli,deb ta'kidlaydi skandinaviyalik islomshunos olim H.S.Nayberg.Ushbu atama "Shajara al-qavm" asarida umuman qo'llanilmagan.

Ibn al-Arabiy nazarda tutayotgan Odam(Adam) yer yuzidagi birinchi odam bo'mish "tarixiy odam"emas, balki insonning timsoli xolos.Ushbu ikki tushunchalar bir-biri-dan mutlaqo farq qilib,Ibn al-Arabiy nazdida inson mavjudligining ontologik xususiyati hisoblanadi.Ushbu jihat nima sababdan uning asarlarida "Komil inson"atamasining kam qo'llanilganligini tasdiqlaydi.Odam(Adam)istilohi Arabiyning boshqa risolalarida, xususan, "Insha al-Davair"hamda"al-Tadbirat al-Ilahiya"shaklida ham uchraydi.Aynan Komil inson atamasi boshqa o'rinlarda umuman ishlatilmagan.Genetik35 mavjudot sifatida esa odam atamasi risolalarining barchasida deyarli barcha o'rinlarda qo'llangan.

XULOSA

Ibn al-Arabiy komillikka erishish eng avvalo o'zini anglashdan boshlanadi. Kimki, o'zini anglasa, tanisa Allohni taniydi 36 , degan fikrni ilgari surgan. Mutasavvifning ushbu fikrini hadis orqali ham dalil keltirish mumkin:

Ya'ni, "Kimki, nafsini (o'zini) tanisa, robbisini taniydi."Ushbu hadis Ibn al-Arabiy va uning komil inson haqidagi qarashlarini boyitgan va birmuncha avom uchun takomillashtirgan Aziziddin Nasafiy qarashlari bevosita ushbu hadisdan sharchashma olgan.

REFERENCES

1. Ja'far Xolmo'minov.Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti. Monografiya. Toshkent "TAFAKKUR" 2020.

2. Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» A.Qodiriy nomidagi xalq meros nashriyoti,1994. Najmiddin Komilov tarjimasi

34 R.A.Nicholson,"al-Insan al-Kamil",Shorter Encyclopaediya of Islam(Leiden,1974),p. 170. A.Jeffery,"Ibn al Arabi's Shararat al-Kawm,"Studia Islamica,X(1959).51,n.1;Nasr,Muslim sages.

35 Masataka Takeshita "The theory of the perfect man in Ibn Arabi's Fusus al-hikam".Tokai University.1983

36 William.C.Chittick "Divine Love",Fusus al-Hikam Volume I,pp 77

Scientific Journal Impact Factor

3. Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf."Tasavvuf haqida tasavvur" "Hilol-Nashr" 2019.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. "Macrocosm,and Perfect Man"William C.Chittick.The Journal Islamic Culture Board Hyderabad, India. 1989/Volume LXIII,NOS.1-2.

5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

6. Masataka Takeshita "The theory of the perfect man in Ibn Arabi's Fusus al-hikam".Tokai University.1983

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.