Научная статья на тему 'SHARQ VA G‘ARB TAFAKKURIDA “ISHQ” VA “MUHABBAT” TUSHUNCHALARI KOMPARATIVISTIKASI'

SHARQ VA G‘ARB TAFAKKURIDA “ISHQ” VA “MUHABBAT” TUSHUNCHALARI KOMPARATIVISTIKASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishq / muhabbat / eros / insoniylik / ruhiyat tahlili / ijodiy ibtido / insoniy tuyg‘u / sevish san’ati. / love / love / eros / humanity / psychological analysis / creativity / human feeling / art of love.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ruzmatova, Gulnoz Mirakhrarovna

Insoniy munosabatlarning chо‘qqisida muhabbat tuyg‘usi yotadi. Mazkur masalaga murojaat qilmagan mutafakkir topilmasa kerak. Ayniqsa, g‘arbu sharq ulamolarining muhabbat haqidagi ta’limotlarini qiyosiy о‘rganish bu hodisaning rango rang qirralarini ochishga yordam beradi. Mazkur maqolada muhabbatga oid bildirilgan qarashlarning komparativistik tahliliga diqqat qaratiladi. Jahon adabiyotida, falsafasida muhabbat muammosi uzoq davrlardan beri muhokama qilib kelinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE CONCEPTS OF "LOVE" AND "LOVE" IN EASTERN AND WESTERN THOUGHT

At the peak of human relations lies the feeling of love. There is hardly a thinker who has not addressed this issue. In particular, a comparative study of the teachings of Western and Eastern scholars about love helps to reveal the colorful aspects of this phenomenon. This article focuses on the comparative analysis of the views expressed about love. The problem of love has been discussed in world literature and philosophy for a long time.

Текст научной работы на тему «SHARQ VA G‘ARB TAFAKKURIDA “ISHQ” VA “MUHABBAT” TUSHUNCHALARI KOMPARATIVISTIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

SHARQ VA G'ARB TAFAKKURIDA "ISHQ" VA "MUHABBAT" TUSHUNCHALARI KOMPARATIVISTIKASI

Ruzmatova Gulnoz Mirakhrarovna

"Alfraganus University" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti professori,

falsafa fanlari doktori gulnoz68@mail.ru ruzmatovagulnoz1968@gmail .com +998 90 345 71 80 ORCID: 0000-0001-7046-1732

ANNOTATSIYA

Insoniy munosabatlarning cho'qqisida muhabbat tuyg'usi yotadi. Mazkur masalaga murojaat qilmagan mutafakkir topilmasa kerak. Ayniqsa, g'arbu sharq ulamolarining muhabbat haqidagi ta'limotlarini qiyosiy о'rganish bu hodisaning rango rang qirralarini ochishga yordam beradi. Mazkur maqolada muhabbatga oid bildirilgan qarashlarning komparativistik tahliliga diqqat qaratiladi. Jahon adabiyotida, falsafasida muhabbat muammosi uzoq davrlardan beri muhokama qilib kelinadi.

Kalit so'zlar: ishq, muhabbat, eros, insoniylik, ruhiyat tahlili, ijodiy ibtido, insoniy tuyg 'u, sevish san'ati.

ABSTRACT

At the peak of human relations lies the feeling of love. There is hardly a thinker who has not addressed this issue. In particular, a comparative study of the teachings of Western and Eastern scholars about love helps to reveal the colorful aspects of this phenomenon. This article focuses on the comparative analysis of the views expressed about love. The problem of love has been discussed in world literature and philosophy for a long time.

Key words: love, love, eros, humanity, psychological analysis, creativity, human feeling, art of love.

KIRISH

Inson ehtiroslari - g'aroyib va o'lmas. Ular avloddan-avlodga yangilanib boradi va shu bilan birga o'zga davr sharoitida o'z yaxlitligini saqlaydi. Qadimgi davrdagi insonlar: "men insonman va insonga tegishli bo'lgan hech bir qanday menga begona emas...", deganlar. Darhaqiqat, bunda ular his-tuyg'ular va havaslarni, pinhona niyat va ehtiroslarni nazarda tutganlar. Ruhiyatga doir ushbu harakatlar noyobdir, zero, bunday harakatlar hayvonot olamida mavjud emas. Insonning hayotiy dramasi aynan

Research BIB / Index Copernicus

"ehtiroslar lazzati"da ochib berilgan. Ular orasida muhabbat dastlab chaqirilgandek tuyuladi. Zotan butun insoniyat muhabbatsiz bir kun ham yashay olmagan bo'lar edi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-falsafiy usullardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Insonning ruhiy rivojlanish jarayoni murakkab hamda ko'p qirrali bo'lib, asrlar davomida ko'plab buyuk mutafakkirlar e'tiborini o'ziga tortib kelgan. Ular bu jarayonda uchraydigan qiyinchiliklar va qonuniyatlarni o'rganishga harakat qilgan. Bunday mutafakkirlar qatorida Abu Ali ibn Sinoning ham o'rni alohida ahamiyatga ega. Uning ruh, jon va tana haqidagi g'oyalari diqqatga sazovor. Ruh - qadimgi faylasuflarimiz va mashoyixlarimiz nuqtai nazaricha - bir latif (g'oyat nozik) javhar, balki oliy bir biologik quvvat, amr olamidan nuzul bo'lgan Rahmoniy nafas. Tiriklik, hayot jism va ruh tanosubiyatidan hosil bo'lgan [1, 13]. Tana mavjudligi muhiti har taraflama uning faoliyatiga ta'sir qiladi. Bu muhit quyidagicha tasvirlanadi: ya'ni insonning tana, ruh, aql, qalb va uni o'rab turgan aura, koinot (muhit) birlamchi vazifani o'tasa, ikkilamchisi - bu oila, jamiyat, qo'ni-qo'shni, mahalla va vatandir.

Bizni o'rab turgan muhit makroolam bo'lsa, inson shu muhitda mikroolam vazifasini ado etadi. Ya'ni shu muhit insonga o'z ta'sirini o'tkazadi va teskari holat inson ham o'z navbatida shu muhitga o'z ta'sirini o'tkaza oladi. Uning shaxs sifatida kamol topishida bevosita jamiyat mavjud bo'lishi asosiy shart bo'lsa, komillik sari intilishida aura, qalb va ruhning xizmati kattadir. Demak, Ibn Sino tanani ruhning kamoloti uchun vosita yoki omil sifatida qaragan bo'lsa, ya'ni ruhning kamoloti uchun tanani asosiy vosita deb bilgan. Bu uz navbatida inson kamolotida muxim mezondir, chunki botiniy va zoxiriy barkamollik mana shu omillarga bog'liq [2, 56].

Islom an'analarida ishq tushunchasiga deyarli barcha bilim sohalarida so'z san'atidan tortib falsafa ilohiyot va hatto huquq sohalarida ham murojaat qilingan. Ishqqa oid iboralar tasavvuf an'anasining barcha namoyandalari faoliyatida bor. Ibn Sino o'zining «Risolai ishq» nomli asarida insoniy muhabbatning darajalari haqida gapiradi. Uni to'rt pog'onaga ajratadi. "Bilginki zokirlar 4 tabaqaga bo'linadilar. Ba'zilari mayl va xohish martabasidadirlar, ba'zilari iroda ko'rsatish martabasidadirlar, boshqalari esa muhabbat martabasidadirlar undan qolganlari esa ishq martabasidadirlar" [3]. Ibn Sino har bir darajaning ta'rifini beradi. Tasavvuf ahliga qaysinisiga osmonga ko'tarilish nasib qilsa o'sha to'rtinchi martabaga chiqqan bo'ladi. Zokirlar agar to'rtinchi martabaga yetib bormasalar ularning ruhi yuqoriga ko'tarila olmaydi. Va endi biz bu to'rt martabani quyidagicha sharx qilamiz toki

Research BIB / Index Copernicus

soliklar (solik-tasavvuf tariqatiga kirgan odam) bilsinlarki har qaysilari qaysi martabada ekanliklarini. Birinchi martaba shunday martabaki, zokir xilvatxonada o'tirib tili bilan zikr qiladi.

Endi bu bozorda bo'ladimi, biror narsani sotib olyaptimi farqi yo'q, bari bir uni dilida zikr bor. Bunday zikrni ta'siri kamroq. Lekin bu foydadan xoli emas. Ikkinchi martaba shundadirki, zokir zikrdadur va unng dili g'oyibdadur. Va u til bilan o'zini shu narsaga hozirlagan va zokirlarning ko'pchiligi mana shu martabada bo'ladilar va qiyinchilik bo'lsa ham riyozat chekib mana shu martabaga erishishga harakat qiladilar. Uchinchi martaba - zikrning dilida cho'zib diliga joylab, qalban egallab oladi. Bunday holatda u zikr qilmasdan tura olmaydi va agar biror soatga tashqi tomondagi biror ishga bir zaruriyat bilan mashg'ul bo'lishga majbur bo'lsa, qiyinchilik bilan o'sha ish bilan mashg'ul bo'ladi. Xuddi ikkinchi martabada o'zini dilini qiyinchilik bilan zikr aytishga hozirlagandek. Uchinchi martabada o'zini dilini tashqariga olib chiqish bilan shug'ullanadi. Va bu hodisa yaqinlik maqomi deyiladi. Bu gapni shunday kishilar biladiki, agar uni mahbubi bo'lsa ya'ni bir-birini yaxshi ko'rgan odam biladi. Shuning uchunki muhabbat hamisha mahbubini zikr qilish bilan ovvora bo'ladi va zikrsiz o'z mahbubiga yetisha olmaydi. Har kuni u boshqalar bilan o'zining mahbubasini maqtasa yoki boshqalar o'zining mahbubasini uning o'ziga maqtashlarini xohlaydi. Va agar u boshqalarning gaplarini va boshqalarning ishlari bilan mashg'ul bo'lishni xohlasa juda qiyinchilik bilan o'sha ishga kirishardi. Chunki uning dilida mahbubi bor. To'rtinchi martabada diliga kirgan narsa davom etadi. Xuddi uchinchi martabada bo'lganidek dilida uni saqlab qoladi. Mashhur to'rtinchi martabada u diliga joylashadi. Endi dilga o'tirgan mashuq bilan boshqa mashuq o'rtasida ancha farq bor. Ey darvish shunday vaqt keladiki, oshiq o'zining mashuqiga shunchalik berilib ketadiki mashuqasining nomini ham unutib qoyadi. Shunday darajaga yetadiki mashuqdan boshqa hech nima uni esiga kelmaydi. Mana shu muqaddimadan ma'lum bo'ldiki, birinchi martabadagi mayl, xohish, tamoyilni paydo qiladi. Ikkinchi martabada iroda paydo bo'ladi va shunda intilish paydo bo'ladi. Uchinchi martabada muhabbat paydo bo'ladi. To'rtinchi martabada muhabbat ishq maqomiga yetib boradi.

Ey darvish, kimki biror kishi bilan suhbat qurishni xohlasa, avval suhbatlashishga ishtiyoq paydo bo'ladi. Va mana shu ishtiyoq ko'paysa va unga o'tib qolsa, u irodaga aylanadi. Agarda irodasi ham ko'payib ketsa muhabbatga aylanadi, nihoyat muhabbat juda ham ko'payib ketsa o'sha muhabbat ishqqa aylanadi. Demak, ishq muhabbatning yuqori darajasi bo'lib, muhabbat irodasining ham yuqorisidur.

Munosabat va aloqalarning xilma-xil bo'lishini ta'kidlaydi hamda haqiqiy sevgi bilan yuzaki sevgining farqini ko'rsatishga urinadi. U, avvalo sevgi tushunchasiga

Research BIB / Index Copernicus

ta'rif berib, sevgi hamma jonli maxluqlarda mavjud bo'ladi, - deydi. Lekin Ibn Sino inson sevgisining boshqa sevgilardan farqini ko'rsatib, bu haqda chuqur falsafiy fikr yuritadi. Masalaga bevosita yondashishdan oldin kishidagi kuchlarning birligi ma'lum naf-foyda keltirishini isbotlamoqchi bo'ladi. Uning fikricha, hayotda har qanday kuchning ta'siri bo'ladi. Masalan, kishi daraxtni yaxshilab parvarish qilsa, u yaxshi o'sadi va chiroyli bo'ladi, kishi diqqatini tortadi. Kishi aql bilan ish qiladi va shuning bilan birga, u nutq qobiliyatiga ega. Inson hayvondan shu tomonlari bilan farq qiladi. Kishi nutqining kuchi shundaki, u boshqa kishilarga ham ta'sir qila oladi. Shunday qilib, kishi ma'lum maqsad yo'lida kurashadi, harakat qiladi. U yanada ko'proq muvaffaqiyatlarga erishish uchun tinmay harakat qiladi, yangilik izlaydi, uni amalga oshiradi.

Ibn Sino kishining tashqi go'zalligini ko'rib, uni sevishga intiluvchilarni tanqid qiladi. U go'zallikni tashqi ko'rinishdagi chiroylilikdan boshqacharoq, kengroq mazmunda tushuntiradi. Ibn Sinoning fikricha, kishi tashqi ko'rinishda unchalik chiroyli bo'lmasa-da, yaxshi xulqli, yaxshi xarakterli, aqlli bo'lsa, u har qanday go'zallardan go'zaldir. Bu fikr muayyan darajada rus adibi A.P.Chexov va boshqa faylasuflarga ham tegishli ekanligini e'tirof etamiz. Agar kishi go'zal chehrani ko'rib, unga havas bilan qarasa, bu hali haqiqiy sevgi emas. "Agar kishi shaxs chiroyini aql va farosat bilan ko'ra olsa va uni sevsa, bu insoniylikning yuqori darajasidir. Bu -insonning buyuk timsoli hisoblanadi. Ana shunday odamni mard va dono, nafosat didi yuksak, deb haqli ravishda aytish mumkin" [4, 86], - qayd qilgan.

Ibn Sino hayvonlardagi hirs bilan odamlardagi ongli, yuksak insoniy sevgining farqini keskin ajratadi. Olim ta'kidlaydi: odamda ilm, bilim kuchi bo'lishi kerak, kishi aql va farosat bilan harakat qilishi lozim. Hayvonlar esa bundan mahrum. Kishi aql-idrok bilan harakat qilsa, uning ishqi doimiy bo'ladi, agar u hayvoniy hirsga berilsa, buzilib ketadi. Ibn Sinoning fikricha, kishida bu ikki xil xususiyat bo'lishi mumkin. Lekin shunda ham kishidagi aql va bilim hayvoniy hirsga yo'l bermasligi kerak, aql va tadbirkorlik hamisha tantana qilishi lozim. Shundagina odam haqiqiy inson bo'ladi, baxtli yashaydi [5, 86]. Xulosa qilib aytish mumkinki, "Risolai ishq" bu davrda yaratilgan ijtimoiy-axloqiy asarlardan biri hisoblanib, sharq falsafasi tarixidagi o'ziga xos falsafiy hodisadir. Xususan, asarning manba sifatidagi ahamiyati ham qimmatli. "Risolai ishq" asarida Ibn Sino ilg'or g'oyalarni ilgari sura oldiki, bu O'rta asr Sharq falsafasi uchun muhim bosqich bo'ldi. Ibn Sinoning "Risolai ishq" asari nafaqat axloqiy asar, balki Sharq falsafiy tafakkurida yaratilgan qimmatli manba bo'lib ham xizmat qiladi. Uning nusxalarini manba sifatida o'rganish, tarjima qilish va tahlil qilish juda dolzarbdir. Chunki ajdodlarimiz me'rosi va qadriyatlari, ular qoldirgan ilm-u amal bugungi kunimizning poydevori bo'lmog'i lozim.

Research BIB / Index Copernicus

Tadqiqotchi olima Xodjayeva Fotimaning izlanishlariga tayanib [6], yana bir sharq mutafakkiri Ahmad G'azzoliyning falsafiy qarashlarining asosiy mavzusi Allohga bo'lgan muhabbat, ishq mavzusidir. Ahmad G'azzoliy mulohazalariga ko'ra, ruh adam olamidan vujudga kelgan. Ishq mavjudlik chegarasida uni o'ziga ulov qilish uchun kutib turardi. Ikki vujudning mijozi qanday bo'ladi bilmadim. Ruhning o'zi kelgan joyga uning sifati bo'lib ishq keldi. Joyni bo'sh ko'rib, unga joylashib oldi. Ishqning tomonga ega bo'lishi to'g'risida har xil qarashlar bor. Ammo ishqning haqiqati shuki, uning tomoni bo'lmaydi, u tomonga ega bo'lishlikdan pokdir. Haqiqiy ishqqa tomon kerak bo'lmaydi. Ammo yana bilmaymanki, u egallanilayotgan paytda suv qaysi yerga qarab oqadi? "Sultonning uloviga o'ziniki bo'lmasa ham boshqa kishi rikobdorlik qiladi, ammo ziyoni tegmaydi", deydilar. Bu gapimiz bir ishoradir. Ba'zida ko'zagar yoki zargar shogirdiga hunar o'rgatayotganda uning qo'lidan tutib o'rgatadi. Shundan keyin u bu ishga usta bo'ladi. Ba'zida esa qimmatbaho dur-u marjonlarni hali uning qiymatini tushunmaydigan shogird qo'liga berishning zarari yo'q. Ustozning ustomon qo'li unga bularni teshishni o'rgatadi. Buqalamunning bir ajoyib nayrangi borki, u xuddi suvga o'xshab hamma narsaning rangini o'ziga olib, ko'zga tashlanmaydi.

Alloma ta'kidiga ko'ra, kishi qalbini g'ayrdan xoli topsa, qalb oynasi tiniq bo'lsa, surat paydo qiladi va ruhning safosida sobit bo'ladi. Qachonki, u ruhning ishroq yog'dusida o'zini yoki ma'shuqning nomini yoki sifatini ko'rsa, bu uning komillik nuqtasi bo'ladi. Bu vaqtni talab qilmaydi. Vaqt uning nazarida bir hijob bo'ladi va uni ishroq yog'dusi yutib yuboradi. O'zi unga aylanadi va o'zining o'rnida uni ko'radi [6, 56].

Ba'zan, ruh deydi Ahmad G'azzoliy ishq uchun bir zamin bo'ladi. Undan ishq daraxti o'sib chiqadi. Ba'zan esa Zot bo'ladi va o'zidan sifatni qoim qiladi. Goh ruh va ishq bir xonadagi ikki sherik kabi eshikdan yo unisi yoki bunisi navbat bilan chiqadi. Gohida esa ishq zot bo'lsa, ruh unga sifat bo'ladi va ruhning qandayligi unga bog'liq bo'ladi. Ammo buni odamning o'zi tushunolmaydi. Negaki, bu barcha bashariy sifatlarni mahv qilinganidan keyingina isbot bo'ladi. Bu isbotga erishgan ahli isbot esa barcha bashariy sifatlarni mahv qilishdan oldingi holni to'g'ri deb bilmaydilar.

Alloma mulohazalariga ko'ra, ba'zida ishq osmon-u ruh yer bo'ladi va o'sha vaqt nimani taqozo qilsa yerga o'sha yomg'ir yog'adi. Ba'zida esa ishq bir urug', ruh esa yer bo'ladi va urug'dan nima chiqsa, o'sha bo'ladi. Ba'zan ishq kondagi gavhar bo'ladi, ruh esa kondek bo'ladi va ishq qaysi gavharga o'xshasa, ruh o'shaning koniga aylanadi. Ba'zan esa ishq ruhning osmonidagi quyosh bo'ladi va ruh o'sha quyoshda toblanadi. Gohida ishq ruhning havosida bir uchar yulduz bo'ladi va ruhni

Research BIB / Index Copernicus

kuydiradi. Gohida ruhning oti ustidagi ziynatlangan egar bo'ladi va ruh unga minib oladi. Gohida esa ruhning sarkashliklariga jilov bo'lib, uni o'zi xohlagan tomonga buradi. Ba'zida qahrli boqqan ma'shuqning zanjiri bo'lib, ruhni bog'lab oladi, ba'zida esa ruhning vaqtida zaharli sharob bo'lib, unga alamli azob beradi va o'ldiradi.

Nemis sharqshunosi X.Ritter ta'kidlaganidek, tasavvufiy ishq dunyoviy ishqdan shu bilan farq qiladiki, u muhabbat hayoti sohasiga transsendent, mutlaq obyektni o'z ichiga oladi. Shu tufayli muhabbatning qadr-qimmati oshadi va bundan buyon unga yuksaklik, ustunlik talab etiladi, bundan tashqari, boshqa barcha hissiy ishtiyoqlar ustidan mutlaq hukmronlikni qo'lga kiritadi. Shunday qilib, ruh ishqiy hayotining intensifikatsiyasi, differensiatsiyasi va noziklashuvi ro'y beradi, bunda muhabbat haqiqiy qalb san'atiga aylanadi, uning o'yinchilari hissiy tajriba va hissiy ishqiy fe'l-atvorning barcha imkoniyatlarini o'zlashtirish va ifodalashga qodir bo'ladilar [6, 57]. Ahmad G'azzoliyning e'tirofiga ko'ra, oshiq bo'lmagan qalb bo'shliqdan iborat, uning tanilishi ishq bilan bo'ladi. Bu jihatdan insondagi har bir a'zo bir ishni qilis hini tilga keltirganidan keyin qalbning ishq va oshiqlik uchun yaratilgani, boshqa bir ish uchun bo'lmaganligi tushuniladi. Xulosa qilib aytganda, Ahmad G'azzoliy qarashlardagi bosh mavzulardan biri bu qalb bo'lib, inson shahriga hukmronlik qiluvchi hukmdordir. Tavhidni saqlash vazifasi butunlay qalbning burchidir. Qalb vazifasini muhabbat ustiga qurgan G'azzoliy fikricha, oshiq bo'lmagan qalb bo'shliqda bo'ladi, uning tan olinishi faqat muhabbat orqali erishiladi. G'azzoliy fikricha, tavhid va ishq bir narsadir. U shuningdek, o'z qarashlarida qalbning darajalari va yuksalishi, ruh va ruhning borligini ta'kidlagan hamda sirni qalbning bir darajasi deb hisoblagan.

Muhabbat shahvoniylik manbai sifatida hissiylikka ega. Biroq u barham topmaydi. Unda hadsiz ko'proq nimadir bor. Ruhlar ittifoqi, shaxsni o'z-o'zini tanqid qilishi. Shuning uchun qadimgi yunonlar muhabbatning turli shakllarini ajratib ko'rsatganlar. Ular, jumladan, Erot - ilohiylashtirilgan shahvat. Yoxud muhabbat - bu beparvolik bilan aniqlangan ehtiros. Muhabbatning mayl ekanligi muqarrar asoratlarsiz nazarda tutilgan. U muhabbatni halokatli oqibatlarsiz diqqatga sazovor mayl sifatida e'tirof etgan. Umuman olganda, inson subyektivligi aql, ehtiros va irodaning o'zaro bog'lanishi sifatida tushuniladi. Muhabbatning o'zi nima? U shahvatdan, ibodat lazzatidan qanday farq qiladi? Eros, ya'ni shahvat - bu pinhonalik. Balki bu eng buyuk, to'xtatib bo'lmas ehtiros, birlashishga bo'lgan iztirob azobi, o'limga mahkum bo'lgan insonlarning qandaydir mangulik sari sirli intilishidir? Qadimgi kosmogoniyalarda Eros - bu olamni yaratish mexanizmini harakatga keltiruvchi dastlabki spontan kuchli ehtiros sanalgan. Inson hayot hadya etuvchi ona

Research BIB / Index Copernicus

tabiat, borliqning abadiy malikasi siymosi, aytaylik, davrning boshlanish pallasidagi mistik ibodatlarning ajralmas qismi bo'lgan. Zotan uning ibodati turli shakllarda namoyon bo'ladi - ba'zan asketik, ba'zan zo'ravon, orgiastik.

Inson muhabbat borasida qanday fikr yuritadi? U o'z jismini qadrlaydimi? Buni qandaydir bir muqaddas idish yoxud yomon niyatlar joylangan idish sifatida qabul qiladimi? U shahvatning universalligini his qiladimi yoki uning faqat birgina jihatini bilarmikan? Jumladan, yunon falsafasi va san'atida insonning tabiati, uning qiyofasi, jismi - hech bir shak-shubhasiz, barchasi mukammallik va uyg'unlik timsoli sifatida ifodalangan. Va u tabiat farzandi yaratgan durdona sifatida qabul qilinganligi bois, yunon san'ati inson tanasini ehtirosga yo'g'rilgan jo'shqinlikda aks ettirishga, ifodalashga intildi.

Ellinlar san'ati nafosati bu borada ochiq-oydin o'z fikr-mulohazasini bildirdi. "Qadimgi Yunoniston san'ati, - deya ta'kidlaydi Aleksey Gastev, - bu hissiy san'at, bizga tajribada berilgan olamni kuzatish va tahlil qilish san'atidir. San'at safsataga asoslangan chizmalardan, ramziylikdan xalos qilinadi, u belgiga emas, balki narsaga aylanadi, u o'z-o'zidan qimmatli bo'ladi - haykallar ma'budlarni tasvirlagani uchun mavjud edi, biroq yunon ma'budlari o'z majudliklari uchun haykallar oldida muayyan ma'noda qarzdorlar: yunon haykaltaroshi Xudoning marmar tanasini yaratdi, u unga amr qildi va uni xuddi o'zi xohlaganidek yasadi". Qadimgi faylasuflar inson ruhi haqida o'z fikrlarini bildirganlar. Ular insonning qadr-qimmati, uning har qanday xususiyatlarining maqsadi borasida so'z yuritdilar. Muhabbat buni xudolar tomonidan tabarruk qilingan teran tuyg'u sifatida qabul qildi. Afrodita sevuvchilarga bosh-qosh bo'lib, ular jismlarning yaqinlashishiga va ruhiy jozibaga hayot quvonchi sifatida oq fotiha berdi.

Qadimgi yunonlar ongida jismoniy va ruhiy muhabbat o'rtasida asta-sekin tafovut paydo bo'la boshladi. Hissiy mayl inson tanasining go'zalligi borasidagi tasavvurni aks ettiradi. She'riy kechinmalar yanada individuallashib bordi. Aflotun inson intilayotgan huzur-halovatni muayyan darajada cheklash lozim, deya e'tirof etgan. Arastu esa, undan farqli o'laroq, tananing rohatlanishi harqalay ezgulik, deya hisoblagan.

Badiiy va ilmiy adabiyotlarda muhabbatning turli shakllarini, jumladan barcha narsani qamrab oluvchi tuyg'uning xususiyatlarini ochib berishga ko'plab urinishlar bo'lgan. Dunyoviy muhabbat ko'plab qiyofalarni kasb etadi. Fransuz yozuvchisi Stendal shahvatning ko'plab belgilarga ega ekanligiga e'tibor qaratdi. U hatto muhabbatning to'rt turini aniqlashga uringan. Uning tasnifida birinchi bo'lib muhabbat - bu ehtiros. Jumladan, u XVIII asr fransuz faylasufi Per Abelyarning Eloizaga bo'lgan fojiali muhabbat qissasini bayon qilar ekan, qissa yakunida

Research BIB / Index Copernicus

sevishganlar muhabbatining Eloizaning ibodatxonaga ketishi bilan zavol topganini misol keltiradi.

Muhabbatning yana bir turi - bu mayl. Ushbu tuyg'uning misollarini Stendal XVIII asrda yaratilgan yodnomalar va asarlardan topgan. U ayniqsa jismoniy muhabbatni alohida o'rganib chiqqan. Muhabbat barcha insonlarga tanish tuyg'u bo'lib, u o'rmonga qochib ketayotgan yosh va go'zal dehqon ayolni kutishda namoyon bo'ladi, deya mushohada yuritadi adib. Muhabbatning uchinchi turi shunday. Va nihoyat, his-tuyg'uning yana bir turlaridan biri Stendalning so'zlariga ko'ra - bu shuxratparast muhabbat.

Muhabbatga teran tuyg'u sifatidagi tipologiyasiga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Aytaylik, birodarlik muhabbati. Erix Frommning fikricha, bu, uning barcha turlari negizida yotuvchi muhabbatning asosiy turi. Birodarlik muhabbati mas'uliyat hissi, g'amxo'rlik, hurmat, boshqa insonni bilish, unga ko'maklashish istagini anglatadi. Aynan shunday muhabbat borasida Bibliyada: "O'z yaqin kishingni, xuddi o'zingni sevgandek seva bil" deyilgan. Birodarlik muhabbati barcha insonlarga bo'lgan muhabbatdir. Aynan ushbu o'ziga xoslikning yetishmasligi - uning o'ziga xos bo'lgan xususiyat hisoblanadi.

Zaiflar, kambag'allar va musofirlarni sevish birodarlik muhabbatining ibtidosidir. U o'z farzandini va boshpanasini sevadi - buning qanday yutuq ekanligini Xudo biladi. Hayvon ham bolalarini sevadi va ularga g'amxo'rlik qiladi. Zaif inson o'z xo'jayinini sevadi, chunki uning hayoti xo'jayiniga bog'liq. Bola o'z ota-onasini sevadi, chunki u ularga muhtoj. Biroq, chinakam muhabbat esa hech qanday maqsadni ko'zlamaydigan insonlarga nisbatan xizmat qiladi.

Fromm tomonidan tasvirlangan muhabbatning yana bir turi - bu onalik muhabbatidir. Bu bolaning hayoti, uning ehtiyojlari to'g'risidagi so'zsiz bayonot. Biroq, bolaning hayotini tasdiqlashning ikki tomoni bor. Ulardan biri g'amxo'rlik va mas'uliyatdir. Boshqa faqat tejash orqasida ketadi. Bu bolada hayotga muhabbat uyg'otadigan munosabat bo'lib, unga kenja o'g'il yoki kenja qiz kabi hayot yaxshi ekanligini his qiladi. Bu ikki tomon olamning yaratilishi haqidagi Injil hikoyasida aniq ifodalangan. Xudo olamni va insonni yaratgan. Bu oddiy tashvish va mavjudlikni tasdiqlashga mos keladi. Biroq Xudo bu minimal talabdan oshib ketadi. Yaratilishning har bir kunining hikoyasi quyidagi so'zlar bilan tugaydi: "va buning yaxshi ekanligini Xudo ko'rib turibdi"

Zamonaviy madaniyatda muhabbat - bu hissiyotlarning kuchayishi, insonni to'satdan qarshilik ko'rsatib bo'lmaydigan tuyg'u qamrab olgan holat, deya hisoblangan. Ular har bir erkakni Odam Atoning bir bo'lagi, va har bir ayolni -Momo Havoning bir bo'lagi deb emas, balki faqat ushbu ikki insonning o'ziga xos

Research BIB / Index Copernicus

xususiyatlarini payqaganlar. Erotik muhabbat barcha insonlar o'rtasida emas, balki faqat aniq insonlar o'rtasida mavjud bo'lgan individual, g'oyat shaxsiylikni talab qiladi.

Shuningdek, yana shunday turdagi muhabbatni, ya'ni o'zining o'ziga bo'lgan muhabbatini e'tirof etish mumkin. Garchi hech kim muhabbat tushunchasini turli xil narsalarga nisbatan tatbiq etishga mone'lik qilmasa-da, va o'zga insonlarni sevish fazilat hisoblangan bo'lsa-da, biroq o'zini-o'zi sevish gunohdir, degan fikr keng tarqalgan. Inson o'zini-o'zi qanchalik ko'p sevsa va boshqalarni shunchalik kam sevsa, o'z-o'zini sevish xudbinlik bilan bir xil deya taxmin qilinadi. Mazkur nuqtai nazar g'arb tafakkurida chuqur tomir yozgan. Kelvin, xususan, insonning o'zini-o'zi sevishini "vabo" deya talqin qiladi. Shu tariqa, muhabbat va xudbinlik bir-birini inkor qiluvchi tushunchalar bo'lib, ulardan biri kuchliroq bo'lsa, ikkinchisi esa kuchsizroq bo'ladi. Inson agar o'zini sevsa, bu yomon, demak, xudbin bo'lmaslik - yaxshi. Biroq, o'z-o'zini sevish va o'zga insonlarga bo'lgan muhabbat o'rtasidagi tub qarama-qarshilik to'g'risidagi tezis psixologik kuzatuvlar bilan tasdiqlanadimi? Inson o'z shaxsiy hayotini, baxtini, erkinligini rivojlantirishni tasdiqlashi undagi seva bilish qobiliyatiga, ya'ni g'amxo'rligi, hurmati, mas'uliyati va bilimiga asoslanadi. Agar inson samarali sevgiga qodir bo'lsa, u ham o'zini sevadi. Agar u faqat boshqalarni sevishga qodir bo'lsa, u umuman sevishga qodir emas.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, muhabbat aslida inson qalbidagi barcha tirik mavjudotlarga bo'lgan muhabbat his-tuyg'usidir. Qalb ko'zi orqali inson butun borliqda yashiringan ruhiy go'zallikni his qiladi. Qalb ko'zi bilan ilg'agan narsalarni oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Olam go'zalligi aslida borliqdagi barcha narsalarda, mavjudotlarda yashiringan Allohning jamolidir. Shunday qilib, Allohga bo'lgan haqiqiy e'tiqod bu aslida Allohga bo'lgan muhabbatdir. Faqat Allohga bo'lgan muhabbat orqali insonda yashiringan ijodiy qobiliyat yuzaga chiqadi. Inson o'z hayoti davomida ko'pgina narsalarga mehr ko'yishi, ko'p narsalar bilan shug'ullanishi mumkin, lekin bu narsalarning barchasida chegara bor.

Bu so'fiylarning barchasi Allohga muhabbat, muhabbat, ishq haqida gapirgan bo'lsalarda, Ahmad G'azzoliyning ishq maktabi butunlay boshqacha bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ahmad G'azzoliyning ishq tushunchasi doirasida ushbu tushunchaga qo'ygan ma'nosi na insonning Allohga muhabbati, na Xudoning insonga muhabbatidir. U "mutlaq sevgi" haqida gapiradi va uning qarashlaridagi "oshiq" yo inson, yoki Xudo, yoki shayton. Aynan ushbu xususiyat va chuqur ma'nolar G'azzoliydan oldingi so'fiylarda ham, zamondosh so'fiy shayxlarida ham uchramaydi.

Research BIB / Index Copernicus

Ibn Sino, Ahmad G'azzoliy va Erix Frommni muhabbat haqidagi nuqtai nazarlarining tahlili keng ruhiy, ma'naviy va sotsiologik nazariya bilan bog'lanadi. Muhabbatning Ibn Sino, Ahmad G'azzoliy va Fromm ta'limotlaridagi talqini insondagi insoniylikni ochishga, umumiy tuyg'u shaxsiy barkamollikni boyitishga yo'naltirilgandir.

Erix Frommning fikriga ko'ra, tafakkur darajasidagi muhabbat shaxsiy o'ziga xos dunyoni tushunishni anglatadi; faoliyatda - ijodkorlik va o'zligini namoyon qilishni bildiradi; ehtiros darajasida - bu o'zga inson, tabiat va butun insoniyat bilan yagonalik hissidir. Muhabbat, mutafakkirlarning fikricha, bu insondagi faol kuch-quvvatdir. Bu kuch insonni insondan ajaratadigan har qanday to'siqni qo'porib tashlaydi, ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Muhabbat - shaxsning eng umumiy tarzda o'z-o'zini namoyon qilish shaklidir. Muhabbatning mazmuni butun dunyoning umumiy ibtidosida namoyon bo'ladi.

Demak, muhabbatli inson hayotga qiziquvchan, xushfe'l, hayratlanish qobiliyatini yo'qotmagan shaxsdir. Bunday odamlarning ichki ruhiy holati faqat ijobiy bo'lib, har qanday qiyinchiliklarga dosh berishga qodirdir. Jamiyatning inqiroz holatlarida bunday shaxslar odamlarga dalda berib, jamiyatda ruhiy ko'tarinkilik holatini ta'minlaydilar. Bunday shaxslarni Erix Fromm jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchi, deydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] Комилов Н. Тасаввуф. Иккинчи китоб. Тавхид асрори. - Т., 1999.

[2] Серебряков М.Б. Трактат Ибн Сины (Авиценны) о любви. - Тбилиси: Мецниереба, 1975.

[3] Ибн Сино. Рисолаи ишк; / М.Кодиров таржимаси (Кул ёзма хукукида).

[4] Ибн Сино. Рисолаи ишк;. - Техрон, 1952.

[5] Рахимов С. Ибн Синонинг педагогик карашлари. - Т.: Укитувчи, 1967.

[6] Ходжаева Ф.Н. Ахмад Газзолий тасаввуфий карашларининг фалсафий асослари: фалсафа доктори ...дисс. - Бухоро, 2023. 131-б

[7] Fromm E. Sеvish san'ati // Jahon adabiyoti. -2004. - 4-son.

[8] Fromm E. Psychoanalysis i Dzеn Buddizm. -M.: Politizdat, 1990.

[9] Ruzmatova G. Eastern melodies in the text of Plato // International Journal of Recent Technology and Engineering. Vol. 8, Issue-2S6, July, (2019). -P. 444-448. IJRTE. ISSN: 2277-3878.

[10] Ruzmatova G. Comparativist analysis of Representations about Will in View of Friedrich Nitzsche and Jalaliddin Rumi // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020. ISSN: 1475-7192. -P. 3215-3227.

Research BIB / Index Copernicus

[11] Rakhimdjanova D.S. Features of the freedom issues in the Plot's philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 28, No. 16. (2019), pp. 1560-1564. ISSN: 2005-4238 IJAST.

[12] Py3MaroBa r. PyxnaT Taxnunn ^anca^acn. -TomKeHT: HnmoH-Homnp, 2014. -

[13] Ruzmatova G.M. Konfutsiychilik axloqiy negizlarida olamiy tartibot // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. h^thmohh, HKrncogHH, cnecHH, hhmhh, OMMaöon ^ypHan. - 2023. 11-12-sonlar. - B. 916-923. / Jurnal sayti: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz.

[14] Ruzmatova G.M. Comparative studies of the Oriental and Western antropology // ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (128), 191-195. Philadelphia, USA / Soi: http://s-o-i.org/L1/TAS-12-128-13 / Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS /

240 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.