shaxsiy e'tirof etish. «Ushbu mehnatni rag'batlantirishning barcha« to'plami »ommaviy bo'lishi kerak, barcha xodimlarga ma'lum va haqiqatan ham munosib. Kimni va nimani rag'batlantirish mumkin, buni qanday qilish kerak degan savolni tushunish muhimdir. Biroq, har qanday jamoada nafaqat ishda eng yaxshi natijalarga intilayotganlarni ko'rish mumkin. Shu munosabat bilan, korxonada moddiy va ma'naviy zarar etkazgan ishlarida xatolarga yo'l qo'ygan, suii&e'mol qilganlik, o'g'irlik, qalbaki ishlarni sodir etgan xodimlarni jazolash to'g'risida savol tug'iladi. Pul kabi mukofotlash usuli haqida gapirganda, uning qanchalik muhimligiga ishontirishning hojati yo'q, biznesda pul muvaffaqiyat belgisidir. Pulni rag'batlantirish shakllari har xil bo'lishi mumkin: ish haqining oshishi, mukofotlar, , kompaniya foydasida ishtirok etish. Korxonada ish haqini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ish haqini tashkil etish &andartlar, tariflar tizimi, ish haqi shakllari va tizimlari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi bu ish haqining murakkabligi va mehnat sharoitlariga, ish haqi shakllariga va sohaning o'ziga xos xususiyatlariga qarab farqlanishini belgilaydigan &andartlar to'plamidir.Demak inson ish-faoliyatida rag'bat katta ahamiyatga egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YIXATI:
1.Abelin E.N. Xodimlar va ularning ishi. 2013. - p.16
2. Altr R.T. Tashkilotlarda tizimli yondoshuv / R.T. Allne 2012. - 21-bet
3. Bucala A.N. Boshqaruv, psixologiya / A.N. Bupa. .: Yorot, 2010. - 152-bet.
4. Balaxin fb. Yuqori daromad / Balakin, fb Universal, 2014. - p.147.
5. Bannikov L.A. Xodimlarni boshqarish: Bilim, 2011. - p.23
7. Bavin K.P. Xodimlar motivatsiyasini boshqarish: YNET, 2010. - p.147
8. Duprinova D.V. Ishga kirish / D.V. Duprinova // Mehnat jarayonidagi odam. -2011 yil. - 118-124 bet.
IDROKNING XUSUSIYATLARI VA PATOLOGIYASI
K.B. Murotmusayev,
Oriental Universiteti, "Pedagogika va Psixologiya "
kafedrasi, dotsenti, t.f.n.
N. F. Asxo'jayev, Oriental Universiteti, 2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada inson psixikasidagi bilish jarayonlaridan biri bo'lgan idrokning xususiyatlari va uning patologiyasi haqida so'z borgan bo'lib, unda shaxs borliqni, narsa va hodisalarni bilishda, tushunishida idrokning roli hamda shaxs buzulishida, idrok patologiyasidagi kechadigan jarayonlarni yoritib beriladi.
Kalit so^zlar: Idrok, sezgi, retseptor, ekftraretseptorlar, intraretseptorlar, proprioretseptorlar, obyekt va fon, markaziy nerv siftemasi, miya poftlog i, neyron, ijodiy hayol, illyuziya, gallyutsunatsiya, shizofreniya.
Asosiy qism: Psixologiyada idrok degan tushuncha mavjud bo'lib insonning hayoti davomida dunyodagi narsa va hodisalarni tushunishida anglab yetishida idrokning o'rni beqiyosdir. Jarayonlarni anglashda psixik hodisalarni ongimizda samarali va normal holda aks etishida, albatta idrokning o'rni muhimligi jihatdan asosiy pog'onani egallaydi.
Idrok o'zi nima?
"Umumiy Psixologiya" darsligida[1](F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) idrokga nisbatan quyidagicha ta'rif berib o'tishgan. Idrok deb, sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar, obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi keltirib o'tilgan so'zlardan ko'rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a'zolariga tasir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda to'liq holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan bo'lsak, talaba ikkita sezgi a'zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi mavzuni hamda bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar: birinchisi ko'rish sezgisi bo'lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. Maruza so'zlayotgan o'qituvchini talaba ko'rish sezgisi orqali ko'rib turadi. Eshitish sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo'lib o'tadi. Sezgi a'zolarining markazlari bosh miyada ya'ni oliy nerv faoliyatining yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni harakatiga undan chiqayotgan nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan hujayralaridan o'tayotgan signallar hamda sezgi a'zolari orqali kelayotgan axborotlarni tahlil qilib idrok qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv si&emasi nerv tolalari orqali butun tanamizni boshqarib turadi. Ongimiz Orqali jarayon yoki voqea hodisani biror bir predmetni yaxshiroq to'liqroq anglaymiz va idrok etamiz. Insondagi beshta sezgi a'zolaridan birida kasallik mavjud bo'lsa ya'ni o'z funksiyasini to'liq bajara olmasa bu ham idrokning susayishiga sababchi boladi. Inson tanasidagi hujayralar a'zolar barchasi bilish jarayonining mukammal bo'lishiga to'liqroq tushunib yetishiga, borliqni oson va tez tushunib olishga hizmat qiladi deb hisoblayman. Misol tariqasida ko'rish sezgisini oladigan bo'lsak, agarda ko'rish sezgimizda biror bir jarohat yetadigan bo'lsa bu idrok uchun ham bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, o'quvchi, talaba, shogird dars jarayonida diqqatini bir joyga jamlagan holda yangi ma'lumotlarni o'rganishida ko'rish sezgisi eng birinchi o'rinni egallashini juda yaxshi bilamiz. Agarda ko'rish sezgimizda nuqsonlar bo'ladigan bo'lsa, darsdagi holat, jarayonlarni idrok qilishda hulosa chiqarishda orqada qolamiz. Idrok qilish orqali insonning bilimi, ko'nikmasi va malakasi doimo o'sib boradi. Demak rivojlangan normal insonda bilish jarayonlaridan biri bo'lgan idrokni hayotda ortirilgan va egallangan bilimlari o'zining shaxs sifatida rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan birorta ilmiy asar o'qish jarayonida talaba va professorning idroki o'rtasida juda katta tafovut bo'adi. Talaba o'qigan ilmiy asar yoki maqolani tushunmagan ayrim qismlarini qayta qayta o'qib idrok qilishga tushunishga urunadi va professordan so'rab uni yanada yaxshiroq idrok qilishga harakat qiladi, professor esa o'sha kitobni yoki maqolani o'qiganda qiyinchiliklarsiz tushunib idrok qilib kerak bo'lsa o'zining qo'shimcha fikrini ham bayon qilib beradi, bundan ko'rinib turibdiki, ilgari olgan bilimlarimiz idrok qilish jarayonini oson va samarali
bo'lishini oshirib beradi. Idrokning murakkab bilish jarayonlariga kirishidan asosiy sabablari, biz narsa va hodisalarni, predmetlarni shaklidan tortib uning og'irligi, hajmi, tarkibiy qismlarini ham bevosita tushunib boramiz.
Bu vaziyatda esa albatta bizga sezgi o'rganlarimiz yaqin ko'makchi vazifasini bajaradi. Sezgi retseptorlari orqali oliy nerv faoliyati atrof muhitdan, borliqdan hamda tashqi olamdan kelayotgan juda ko'p axborotlarni qabul qilib turadi. Sezgi retseptorlarini shartli ravishda uch guruhga ajratamiz:
1. Ekftraretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta'sirotlarni qabulqiladi;
2. Intraretseptorlar - ichki a'zolardan keluvchi impulslarni qabul qiladi;
3. Proprioreseptorlar - mushak, uning paylari, bo'g'imlar va suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi.
Sezgi azolari orqali qilinadigan idrok murakab jarayon ekanligini tasniflaydigan bo'lsak, misol tariqasida [1] qovunning idrok qilinish jarayonini kiritib o'tsak. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilishda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta'm bilish sezgisi va boshqalar. Mazkur misolda idrokda sezgi a'zolarimizning bir nechtasi birgalikda ishtirok etishi anglanadi. Idrokning nerv fiziologik asosi deganimizda albatta bosh miya katta yarim sharlaridagi jarayonlarni keltirib o'tamiz ya'ni [1] idrokning nerv fiziologik asosidagi quyidagicha yondoshuvlar bor. "Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi.
I.P.Pavlov bo'yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog'lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo'zg'atuvchi sifatida xizmat qiladi.
Analizatorlarning qobiq bo'linmalar o'zagida ana shu kompleks qo'zg'atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi". Insoning Markaziy Nerv Si^emasida ya'ni oliy nerv faoliyatiga javob beruvchi qism bosh miya katta yarim sharlarining po'^log'i kulrang moddadan tashkil topgan bo'lib, unda idrok qilish ongli ravishda yaqqol namoyon bo'lishi uchun xizmat qiladigan sezgi retseptorlarning markazlari yoyilgan holda joylashgan. Barcha retseptorlarning markazlari bosh miya po'^log'ining kulrang moddasida joylashgan va ushbu kulrang modda esa bosh miya yarim sharlarining po'^log'i ya'ni qobig'i vazifasini bajaradi. Bosh miya po'^log'ida o'n to'rt milyard(14-mlrd) asab xujayralari ya'ni neyronlar joylashgan va ushbu neyronlar inson organizmdagi sezgi azolarining faoliyatida ongga axborotlarni uzatib uni yaxlitligicha idrok qililshni, tushunib olishni ta'minab berishda muhum axamiyat kasb etadi. Taqdim etilgan ma'lumotlardan idrok haqida yetarli darajada tushuncha olish mumkin. Endi esa idrokning patologiyalarini (buzulish)larini ko'rib o'tadigan bo'lsak. [4] Darslikda idrokning patologiyasi ya'ni buzulishi haqida to'liq ma'lumot berib o'tilgan bo'lib, eng avvalo idrokning buzulishini sezgi retseptorlaridan boshlab tushuntiriladi.
Teri sezgisining buzulishlari: "Sezgi buzilishlari xilma-xil bo'ladi. Sezgi analizatorlarining periferik qismidan tortib, to po'^loqdagi markaziy qismigacha
bo'lgan har qanday sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining har xil o'zgarishlari asab kasalliklarida juda ko'p kuzatiladi. Teri sezuvchanligining (og'riq, harorat va taktil) pasayishiga gipofteziya, kuchayishiga giperefteziya, yo'qolishiga esa anefteziya deb ataladi. Harorat sezgisining yo'qolishi bilan kechuvchi kasalliklarda, masalan, siringomieliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og'riqni sezmaydi. Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo'ladigan) sezgi og'riq va harorat sezgisiga qaraganda kamroq buziladi". Teri segisidan tashqari insonda qolgan sezgi resseptorlar ham turli darajadagi zararlanish xolatlari kuzatiladigan bo'lsa be vosita idrok qilish jarayoniga o'zining tasirini o'tkazmay qolmaydi. Masalan eshitish sezgisida biror bir o'zgarish bo'lsa atrof muhitdagi ovozlarni analiz qila olmaydi va normal holatdagi idrok qilishjarayonidan pa^roq idrok qilish jarayoniga o'tadi. Idrokda yana bir qancha buzulishlar bo'lib, bular illyuziya hamda gallyutsinatsiya holatlari hisoblanadi. Mazkur turlarni patologik holatlarda ko'rib chiqadigan bo'lsak, idrokda qanday jarayonlar kechishini bilib olamiz . [3] Illuyuziya - bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir degan ta'rifni berib o'tishgan bo'lsa "Umumiy Psixologiya" darsligida(F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) ham xuddi shu misolni keltirilgan. Yana bir adabiyotga murojaat qiladigan bo'lsak idrokda illuziyani navbatdagi ta'rifini uchratamiz [2] Ba'zi hollarda narsalar noto'g'ri, yanglish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa noto'g'ri idrok qilinishi illuziya deyiladi. kengroq [2] Illyuziya haqida juda ko'p misollar orqali tushuntirib yetkazib berilgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak Ariftotel (Araftu) illyuziyasi haqida ham so'z borgan bo'lib u shunday ma'noni beradi. Masalan, biz ko'rsatkich va o'rta barmoqlarimizni chalishtirib, no'xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmogimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no'xat bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo'lib sezilishi Ariftotel (Araftu) illyuziyasi deb ataladi. Bu holat sog'lom, normal insonda deyarli shunday kechadi. Uyda qorong'u xonadagi predmetni ko'rish sezgisi noto'g'ri yani to'liq idrok eta olmaganligi sababli xona derazasiga osilgan pardalarni kimningdur sharpasiga o'xshatiladi va shaxsda qo'rquv hissi paydo bo'la boshlaydi, lekin chiroqni yoqish orqali u aslida oddiy parda ekanligini ko'rish retseptori bilan to'liq idrok qilinad. Bu holat barchada kuzatiladigan holat hisoblanadi, masalan bolalarda esa xonadagi kiyim ilgichda ilinib turgan kiyimlarni qorong'uda ko'rishganida idrokida ijodiy hayolning tasirida qo'rqinchli hayvonlarni tasavvur qilib qo'rquv holatini idrok qiladilar bu holat normal insonda ham uchraydi. Ko'rish illyuziyaning patologik turlari: Idrok obyekti ma'lum darajada o'zgarish xususiyatiga ega bo'lgan maxsus ko'rish illyuziyalari Derealizatsion buzulishlar deb nomlanadi. Ularga mikropsiya - atrofdagi predmetlarni hajmi o'lchovini kichiklashish bilan tavsislanuvchi idrok buzilishi, makropsiya- atrofdagi predmetlarni hajmi o'lchovini kattalashishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi, dismegolopsiya - atrofdagi narsa va predmetlarning o'sishi, kengayishi hamda buzilishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi va yana bir turi porropsiya deyiladi bunda biron bir obyektning masofasi uzayadi yoki qisaqargandek tuyiluvchi idrokning buzulishlari.
1-rasm
IIHHHHtHHflHf Hl IIHHIMMMUlltHIH IIHMIMHHIIIHHHl lIHMHHIMIIflHI Ml
иммннт«»мни
НННННШИИШЖ HHMHIMHKllHIHl liHHHHIHUIItHHl
2-rasm
Mazkur holatlar idrokning patologiyasi deyiladi degan fikrlarni berganlar. Bu holatlar insonda kuzatilsa, demak uning idrokida buzulishlar ya'ni patologik holatlar ketayotganidan dalolat beradi va bu holatlar sog'lom insonda deyarli uchramaydi. Surat orqali illyuziyani ko'ramiz.
1-rasmda aylanalarning qarama qarshi tomonga aylanayotganini idrok qilinadi bu oddiy harakatsiz vizual illyuziya holos aslida u hech qaysi tarafga aylanmaydi.
2-rasmda doirachalarning harakatlanayotganligini ko'rish mumkin aslida esa u ham oddiy harakatsiz rasm bo'lib bu rasmlar illyu^rator rassomlarning mohir san'atidan bir qism hisoblanadi. Bu turdagi suratlar idrokni chalg'ituvchi suratlardan boshqa narsa emas. Bu rasmlarni inson ko'rganida unda qandaydir charchoq va holsizliklar mavjud bo'lmaydi. Bu rasmlarni hammasi oddiy
illuziyalar holos.
Endi esa shaxsning idroki buzulishlarida galyutsinatsiyalar haqida so'z yurutamiz. [1] gallyusinasiyaga quyidagicha ta'rif berishgan Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo'lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy ka^allik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xa^alikning alomati, ba'zan qo'rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobigidagi qo'zg'alish jarayonlarining nuqsonli su& (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:
a) yo'q narsalarning ko'zga ko'rinishi;
b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi;
v) yo'q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
Ushbu misoldan ham ko'rinib turibdiki idrok buzulishining normal holat emasligi, unda shaxs o'zgarishi, idrok patologiyasi ketayotganligini ta^iqlaydi. [4] esa gallyutsinatsiyaga quyidagicha ta'rifni uchratamiz: Idrokning buzilishi ayrim asab va ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Bularga gallyutsinatsiyalar, illyuziyalar va psixosensor buzilishlar kiradi.Gallyutsinatsiyalar deb, aslida bemor oldida mavjud bo lmagan obyekt va hodisalarni idrok qilishiga aytiladi. Galylusinatsiyalar bosh miya po'^log'ida inert qo'zg'alishning paydo bo'lishi va uning dominantlik vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Degan ta'rifni o'qiymiz. endi gallyutsunatsiyalarni turlarini ko'rib chiqamiz: Gallyutsinatsiyalar- real obyekt mavjud bo'lmagan taqdirda ham idrok buzulishi mavjud bo'lgan inson uning mavjudligiga kuchli ishonch - etiqodini namoyon qiladi yani yo'q narsalarni bordek tasavvur qiladi. Bu idrokdagi patologiya hisoblanadi. Gallyusinatsiya turlariga quyidagilar kiradi. Eshitish(akoazmalar), ko'rish(vizuval), Noxush hid bilish (inperativ), turli noxush hislar tuyish(Seneftopatiya) va eng yomoni buyruq Inperativ(buyruq beruvchi) gallyusinatsiyalar turlariga bo'linadi.
Eshituv gallyutsinatsiyasi(akoazmalar) - ruhiy hamda turli somatik xa^aliklarda eng ko'p uchraydigan turiga kiradi. Bunda bemor idrok buzulishi natijasida turli ovozlar, shovqin, gaplar hattoki o'zini ovozini ham eshitadi, hattokiy o'sha ovoz bilan gaplashadi. ko'rish(vizuval) gallyutsinatsiyasi- idrok qilish buzulishi natijasida yo'q odamlarni, turli hayvonlarni, sharpa va qora odamlarni ko'rishi hamda qo'rquv hissini kuchayishi bilan tavsiflanadi ba'zida bu holat juda yomon vasvasaga tushishga ham sababchi bo'ladi. Noxush hid bilish (inperativ) bu holatda esa idroki buzilgan patologik holat ketayotgan odamda turli noxush hidlarni tuyish, terlaganlik hidlarini tuyish, o'zidan badbo'y hid kelayotganligini tuyish hislari pydo bo'ladi. Turli noxush hislar tuyish(Seneftopatiya)-shaxsning idrok buzulishi davrida o'zida turli xil kasaliklarni tuyishi, shifokorlarga murojat qilishi, o'tkir yuqumli kasaliklarga chalingandek tuyishi, ankologik kasaliklarni o'ziga o'zi tashxisini qo'yish holatlari kuzatiladi va tekshirilganda bunday belgilar yo'qligi aniqlanganida ham idrokida patologiya ketayotgan inson yo'q shunday kasalman deb ishonadi. Buyruq berish(inperativ)- ushbu gallyusinatsiya eng xavflisi hisoblanib insonga ovozlar buyruq beradi masalan yoningdagi odamni ur, jarohatla, eng yaxshi ko'rgan odamingni o'ldir, pichoq o'qtal kabi vaho kazo buyruqlarni buyuradi. Ushbu holatlarda idrokning buzulishi holatlari ketayotgan bo'lib shaxsning ruhiy holatida o'zgarishlar, uyqu buzilishi, ishtaxa yo'qolishi, asabiylik, ^ress, odamovilik, yaqin qarindoshlarni yoqtirmaslik, turgan joyida qo'li yoki boshini yoki tanasini muntazam qimirlatish, oila a'zolarini yoqtirmaslik holatlari kuzatiladi. Bu holat shizofreniyaning boshlanish alomatlaridan darak beradi.
Shizofreniya - shaxs buzulishi unda xulqning, idrokning, tafakkurning, hayolning, hotiraning, idrok buzulishlarini turli sabablari orqali vujudga keladigan psixik jarayonlar yig'indisining patologik holati hisoblanadi, [5] unga quyidagicha tarif beriladi. Shizofreniya tez yoki a^a sekin o'ziga xos shaxs o'zgarishlari bilan kechuvchi ruxiy kasallik energetik potensialning kamayishi, rivojlanib boruvchi intravertlik, emotsiyanal qashshoqlok, ruxiy jarayonlar birligini yo'qolishi. [6] Ushbu kasallikni ilk bor 1898-yili Nemis psixiyatri Ye. Krpelin "de-mentiapraecos" ya'ni "ilk esi pa^lik" deb nomlagan va bu kasalikni 1911- yildan boshlab psixiyatorlar tomonidan chuqurroq o'rganila boshlangan. Asosiy sabablari ijtimoiy muhitning ta'siri, shaxsning irodasizligi, tarbiyaning noto'g'ri berilishi, har bir o'smirlik davrida kechuvchi jarayonlarni ota ona tomonidan psixologik yondoshilinmagankigi, irsiy omillar, ota onaning avlodida, ajdodida ruhiy kasaliklar bilan kasallanganlarning borligi, yoki orttirilgan holati ya'ni bosh qismdan olingan travma jarohati, kuchli qo'rquv, fobiyalar, &ress, tug'ruqdagi salbiy holatlar, turli virus va qondagi aniqlanmagan bakteriyalar tug'ruqdagi qaltis xarakatlar oqibati, travmalar, avariyalarning sabablari bo'lishi mumkin. Shizofreniyaga tibbiyotda Ruhiy kasallik sifatida qaraladi bu kasallik asosan hozirgi kunga kelib ko'proq 18-35 yoshdagi ayollarda uchramoqda, bunga shaxsning hissiy irodaviy sohasining su^ligini oqibatida ham kelib chiqishi mumkin degan taxminlar mavjud. Sababi turli voqea hodisalardan, ^resslardan insonning irodasi su^ligi sababli tushkin kayfiyat, qo'rquvning maxsuli orqali hosil bo'luvchi idrok buzulish jarayoniga olib kelish ehtimoli yuqori bo'lgan taxmin hisoblanadi.
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, insonning dunyoni va undagi narsa, hodisalarni tushunishida, tafakkur qilishida, bilim, ko'nikma, malakalarni
egallashida, komil inson bo'lib yetishishida idrokning ahamiyati muhim ekanini anglatadi. Shaxsni yetuk inson bo'lishi uchun uni ijtimoiy muhitda, sog'lom muhitda tarbiyalash va ruhiy salomatligiga har bir yosh davrlaridagi o'zgarishlariga insonning psixologik jihatdan tarbiyasiga yondoshilinsa faqat yaxshi, ko'zlagan natijalarga erishiladi.
Shaxs tarbiyasida loqaytsizlikka yo'l qo'yilsa uning devyant xulq-atvorga ega bo'lishi uchun zamin yaratilishidan boshqa narsaga erishib bo'lmaydi. Inson hayoti davomida sog'lom turmush tarziga, to'g'ri ovqatlanishga, sport bilan muntazam shug'ullanishga, aqlni chiniqtirishga e'tiborini qaratsa barkamollik sari dadil qadam tashlay oladi hamda ma'nan yetuk, dunyoni va undagi barcha narsalarni teran nigoh bilan idrok qilishga qodir inson bo'lib yetishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ibodullayev Z. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik. -T.: 2012
2. Ergash G'. Umumiy psixologiya. Darslik. -T.: 2010.
3. Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0'quv qo'llanma. -T.: 2018.
4.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy Psixologiya. Darslik. -T.: 2009.
5. Tibbiyot Ensiklopediyasi www.google.com
TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O'ZARO
BOG'LIQLIK JIHATLARI
K.B. Murotmusayev
O^zbeki&on Respublikasi Oriental Universiteti, "Pedagogika va Psixologiya " kafedrasi, dotsenti, t.f.n.
R. Kamolova
O^zbeki&on Respublikasi Oriental Universiteti,
2 - bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada tasavvuf ilmi, uning darajalari, inson psixologiyasi bilan ayni bir shaklda ekani yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: tasavvuf ilmi, nafas, psixologiya, komil inson, tariqat.
Har ilmning o'z mavzusi bor va unda o'sha ilmning mohiyati, hodisa-qoidalari haqida baxs boradi. Insonning ruhini tariqat odoblari, usullari orqali parvarish etish bilan birga uni go'zal hamda xulq-atvorli, fazilatli qilib tarbiyalash mumkin. Mutasavvif olimlar tasavvuf nima degan savolga uzundan uzoq javoblar berishgan. Ularning barchasini bir joyga yeg'ilsa bir kitob bo'ladi. XV asrning birinchi yarmida yashab o'tgan Sayyid Qosimiy degan shoir ham masnaviylaridan birida tasavvuf ta'rifiga oid bir necha baytlar bitgan. Ularning orasida quyidagi bayt diqqatingizni tortadi:
Tasavvuf barchasi pand-u adabdur Riyoz-y sidq birla doim talabdur.