Научная статья на тему 'HISSIY-IDROK FE’LLARI NAZARIYASI TADQIQI'

HISSIY-IDROK FE’LLARI NAZARIYASI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
291
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko'rish / eshitish / hidlash / tatib ko'rish / his qilish / teginish / hissiy-idrok / aqliy idrok / ko‘rish idroki / ong / axborot / tilshunos / see / hear / smell / taste / feel / touch / emotional perception / mental perception / visual perception / consciousness / information / linguist

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tilakov, Nozimjon Olimjon O‘G‘Li

Ushbu maqolada, tilshunoslikning eng katta bo‘limlaridan biri, morfologiyadagi eng yirik so‘z turkumlaridan fe’l, xususan hissiy-idrok fe’llari va uning ilk marotaba qaysi olimlar tomonidan o‘rganilgani haqida so‘z yuritilgan. Ma’lumki, hissiy-idrok fe’llari mutaxassislar tomonidan batafsil yortib berilgan va ushbu izlanishlar jarayonida bahsli fikrlar tug‘ilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi yetarlicha misollar yordamida yoritib berilgani izohlangan. Mazkur kichik tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tilshunoslarining turli qarashlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE THEORY OF EMOTIONAL-COGNITIVE VERBS

This article discusses one of the largest branches of linguistics, verbs from the largest word families in morphology, in particular sensory-cognitive verbs, and by which scholars it was first studied. It is well known that emotional verbs have been elaborated by experts, and controversial ideas have emerged in the course of this research. It was explained that the results of the research were illuminated with sufficient examples. This small study provides a brief overview of the different perspectives of English and Uzbek linguists.

Текст научной работы на тему «HISSIY-IDROK FE’LLARI NAZARIYASI TADQIQI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

HISSIY-IDROK FE'LLARI NAZARIYASI TADQIQI

Tilakov Nozimjon Olimjon o'g'li

Andijon davlat chet tillar instituti 1-kurs magistranti e-mail: nozimjontilakov649@gmail.com

+998907700093 ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, tilshunoslikning eng katta bo 'limlaridan biri, morfologiyadagi eng yirik so 'z turkumlaridan fe'l, xususan hissiy-idrok fe 'llari va uning ilk marotaba qaysi olimlar tomonidan o 'rganilgani haqida so 'z yuritilgan. Ma 'lumki, hissiy-idrok fe'llari mutaxassislar tomonidan batafsil yortib berilgan va ushbu izlanishlar jarayonida bahsli fikrlar tug'ilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi yetarlicha misollar yordamida yoritib berilgani izohlangan. Mazkur kichik tadqiqot davomida ingliz va o'zbek tilshunoslarining turli qarashlari haqida qisqacha ma'lumot berib o 'tiladi.

Kalit so'zlar: ko'rish, eshitish, hidlash, tatib ko'rish, his qilish, teginish, hissiy-idrok, aqliy idrok, ko 'rish idroki, ong, axborot, tilshunos

This article discusses one of the largest branches of linguistics, verbs from the largest word families in morphology, in particular sensory-cognitive verbs, and by which scholars it was first studied. It is well known that emotional verbs have been elaborated by experts, and controversial ideas have emerged in the course of this research. It was explained that the results of the research were illuminated with sufficient examples. This small study provides a brief overview of the different perspectives of English and Uzbek linguists.

Keywords: see, hear, smell, taste, feel, touch, emotional perception, mental perception, visual perception, consciousness, information, linguist

Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo'lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo'lmaganidek, tafakkursiz til o'z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so'z

STUDY OF THE THEORY OF EMOTIONAL-COGNITIVE VERBS

Tilakov Nozimjon Olimjon ugli

Andijan State University 1st year master's degree e-mail: nozimiontilakov649@gmail.com

+998907700093

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

munosabati juda murakkab bo'lib, fikr so'zlarda o'z ifodasini topmaguncha, ya'ni so'zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham faqat so'zlar vositasi bilangina namoyon bo'ladi. Til va tafakkur faqat kishilargagina xos bo'lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning ma'lum bir shakliga solib, so'zlar, so'z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi. Til grammatikaning o'rganish manbai, tafakkur mantiqning o'rganish manbaidir. [1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson olamni ongida, tafakkuri orqali aks ettiradi. Aks ettirish sezgi organlari orqali amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam haqida uzluksiz axborotlarni miyyaga uzatadi. Miyya bu axborotlarni birlashtiradi. Ko'rinadiki, obektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miyya orqali yuzaga chiqadi. Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta'sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo'lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi. Farobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko'rish sezgi organi orqali; eshitish quloq va uning tovush pardasi orqali; maza-ta'm maza(til) sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana(teri) sezgisi orqali his etiladi. Demak, til uchun sezgining ahamiyati juda ham katta ekan, u haqidagi ayrim mulohazalar bilan tanishamiz. Dastavval, tilshunoslikda fe'l nazariyasi haqida so'z yuritsak. Ish-harakatni bildirgan so'zlar turkumi fe'l deyiladi. Fe'l quyidagi xususiyatlarga ega. Fe'l tuslanadi. Fe'l turkumidagi so'zlarning shaxs-son qo'shimchalarini olib o'zgarishi tuslanish deyiladi. Shaxs-son qo'shimchalari tuslovchi qo'shimchalar deyiladi. Tuslanish fe'lning mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o'zgarishidir. Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi) Shaxs-son tushunchasi fe'l anglatgan harakat va holatning bajaruvchiga bo'lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so'zlovchi; II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs hisoblanadi. [2] Harakat fe'li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi.

Qo'l, oyoq, yuz, og'iz, gavda bilan bog'liq harakatda harakatlanuvchi ob'ekt yaqqol ko'rinib turadi. Oyoq bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: yurmoq, kezmoq, yo'rg'alamoq, gandiraklamoq, tentiramoq, tepqilamoq, tepmoq, toptamoq, depsinmoq, tisarilmoq. Qo'l bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: yurmoq, solmoq,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ushlamoq, silamoq, tirnamoq, shapaloqlamoq, changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, hovuchlamoq. Yuz, gavda, og'iz, lab, quloq, burun va x. bilan bog'liq harakatlar ham mavjud. Nutq fe'li insonning gapirish faoliyati bilan bog'liq harakatni ifodalaydi: gapirmoq, so'zlamoq, aytmoq, demoq, bidirlamoq, do'ng'illamoq, vaysamoq, g'uldiramoq, vaqillamoq, javramoq, bobillab bermoq, javob bermoq, vag'illab ketmoq kabi. Shu singari holat ma'nosini ifodalovchi fe'llarning ham o'ziga xos ma'noviy xususiyatlari bor.

Holat fe'li. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega.

Holatni to'rtga bo'lish mumkin:

I. Ichki holat (ruhiy kechinma bilan bog'liq: eslamoq, yodlamoq, tubanlashmoq kabi);

II. Tashqi holat (ichki holatning namoyon bo'lishi bilan bog'liq: hafa bo'lmoq, shodlanmoq, esanqiramoq, dovdiramoq, g'azablanmoq);

III. Jismoniy holat (inson tanasi bilan bog'liq: holsizlanmoq, kuymoq, kuclanmoq, zaiflashmoq);

IV. Ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog'liq: boyimq, kambag'alllashmoq, ko'tarilmoq, urilmoq, quvg'in bo'lmoq kabi).

Natijali faoliyat fe'li tizimi yasamoq, ko'rmoq, bunyod etmoq, hosil bo'lmoq, chizmoq, yozmoq, bino qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq, yemoq, o'chirmoq, kabi birlikni o'z ichiga oladi.

Tafakkur fe'li sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog'liq o'ylamoq, fikrlamoq, hayol surmoq, tafakkur qilmoq, o'yga botmoq, ko'z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabi kiradi.[2].

Ushbu holat fe'llar bilan birgalikda tilda hissiy-idrokni ifoda etuvchi fe'llardir. Ushbu fe'llar ustida ilk o'zbek tilshunoslari o'z fikr-mulohazalarini yoritib o'tgan. Jumladan, A.Fitrat o'zining "O'zbek tili qoidalari to'g'risida bir tajriba. Sarf asarida shunday yozadi: —O 'zingizni o 'ylasangiz, hayvonlardan birini o 'ylasangiz (otni), bizga u hayvon ustiga yerlashmoq uchun bo'lg'on tebranishingizni o'ylasangiz, uch ma'noni o'ylagan bo'lursiz. Bu uch ma'noni birlashtirib, bir-biriga bog'lab, o 'zingizni otga minganingizni o'ylaganda, miyangizda "o 'y" tuqqandir. SHu o'yni bir kishiga bildirmaqchi bo 'Ig'och, "Men ot mindim" deb qo 'yasizkim, bu aytqaningiz bir "gap"dir. Ko'riladirkim, yuqoridag'i o'yda uch ma'no bo'lg'ani kabi u o'yni bildirguchi "gap"da ham uch so'z bor: "Men ot mindim". Demak, so'z ma'no bildirgan tovushlar to'dasidir [3]. Boshqacha qilib aytganda, belgilar orqali inson ob'ektiv olamga borishini va aksincha ob'ektiv olamdan semantik predmetlar orqali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

belgilashtirish jarayoni, ya'ni sintaktik aloqa mavjud ekanligi ko'rinadi. Sintaktik aloqa esa valentlik tufayli yuzaga keladi.

Tillar bir -birlaridan idrokni ifodalovchi fe'llarning soniga ko'ra farq qiladi. Ba'zi bir tillarda ularning soni ikki xil, ko'rish mumkin bo'lgan harakatni ifodalovchi fe'llar va ko'rish mumkin bo'lmagan harakatni ifodalovchi fe'llardir. Hissiy idrok fe'llarini guruhlarga ajratishda tilshunoslik yo'nalishida ko'plab izlanishlar olib borilgan va ko'plab savollar o'z javobini topgan. Ko'plab olimlar ularni bir necha turlarga ajratib o'rganishgan. Ularning turlari ham tilning o'ziga xoslik jihatidan farq qilgan [4]. Masalan, ingliz tilida hissiy modallikni ifodalash to'g'risida ilk ilmiy izlanish Viberg tomonidan olib borilgan. Uning ilmiy izlanishlarining natijasiga ko'ra Ingliz tilida barcha beshala idrok -hissiyotni ifodalash uchun alohidadan fe'llar mavjud. Ya'ni beshta hissiy -idrok fe'llari, ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, ushlash shular jumlasidandir. a. John looks happy.

b. That sounds reasonable.

c. This flower smells sweet.

d. The cake tastes good.

e. The cloth feels soft.

Xausa tillarida bu faqatgina ikki turli ekanligi ko'rsatilgan. Ko'rish idrokini ifodalovchi fe'l (see), qolgan idroklar esa ikkinchi turga kiradi (hear, smell, taste, touch).

Boshqa tillarda esa bir necha hissiy-idrok yagona fe'l bilan ifodalinishi mumkin ekanligini ta'kidlab o'tgan .Vibergning farazlariga ko'ra bir necha idrokni bildiruvchi hissiy-idrok fe'llari bu ko'p ma'noli fe'llardir va beshala idrok ana o'shalarning asosi hisoblanadi va butun dunyo tillari leksikalogiyasiga qo'shilishi kerak deb hisoblaydi [5]. Lekin his tuyg'u antropologlarning fikricha beshta hissiy-idrok shakli bu g'arbiy tushuncha deb hisoblaydi. Boshqa madaniyatlarda esa hissiy idrokning o 'zgacha yondashuvlari mavjud ekanligini aytib o'tishadi. Masalan, "ong" ni [6] yoki "muvozanat hissini" [7] oltinchi idrok deb hisoblashadi.

Idrok fe'llarining quyida berilgan misollardagi ma'nolarini asosan Lees Kopulativ fe'llarning ichki bo'linish guruh a'zolari sifatida o'rgangan [8]. Mazkur tahlil asosan Chomsky tomonidan qo'llab quvvatlangan va ilmiy ish olib borilgan [9]. Reuben looked stoned to me. Fotheringay sounded interesting to me. The soup tasted funny to me. Ambergris smelled awful to me.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kamofsky's snout felt rough to me.

Nikolas Gisborne ham hissiy-idrok fe'llarini o'rganishda boshqa tomondan ya'ni Grammatik nuqtai nazaridan yondashgan va tilshunoslikka o'zining sezilarli hissasini qo'shgan. Uning fikricha hissiy-idrok fe'llarining o'ziga xos xuxusiyatlari bor ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, hissiy-idrok fe'llarining majhul nisbatda foydalanishda ham boshqotiriladigan jihatlari bor ekanligini ilk marotaba ko'rsatadi.

1. a. I saw the dog cross the road.

b. The dog was seen crossing the road Nega birinchi namunadagi "b" variantni qabul qilib bo'lmasligini, ikknchi namunadagi "a" misolida qanday xatolik bor ekanligini, birinchi "a" va uchinchi "a" o'rtasida ma'no jihatdan qanday farqlari bor ekanligini hamda manashu misollarda "see" hissiy-idrok fe'li lug'aviy ma'no jihatidan bir xildami va shu kabi savollarga yechim ko'rsatib o'tgan [10].

Kichik ilmiy izlanishdan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, fe'l so'z turkumi ma'no jihatidan juda ham keng qamrovli mustaqil so'z turkumi hisoblanadi. U orqali insonni o'rab turgan atrof-muhitda sodir bo'layotgan harakat va holatdagi jarayonlarni so'z bilan ifodalashga katta xizmat qiladi. Holat fe'llari ham o'z navbatida bir nechta turga bo'linadi. Ushbu bo'lim ustida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar esa uning tarkibiga kiruvchi hissiy-idrok tushunchasini ham nazardan chetda qoldirmagan va ushbu masala dunyo bo'ylab truli xil olimlarning e'tiborini tortgan. Shunga ko'ra ular o'zlarining klassifikatsiyasini ko'rsatib ham nazariy, grammatik ham leksik nuqati nazaridan izlanishlar olib borganligini umumlashtirib ayta olamiz.

b. *The dog was seen cross the road. 2. a. *I saw the dog to cross the road.

b. The dog was seen to cross the road. 3. a. I saw the dog crossing the road.

XULOSA

https: //www.degruyter July 2022

1515/ling.1983.21.1.123/htm www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Viberg, Ake. 1983. The verbs of perception: A typological study. Linguistics 21(1). 123-162.

6. Classen, Constance. 1993. Worlds of sense: Exploring the senses in history and across cultures. London: Routledge.

7. Geurts, Kathryn Linn. 2002. Culture and the senses: Bodily ways of knowing in an African community (Ethnographic Studies in Subjectivity 3). Berkeley, CA: University of California Press.

8. Lees (1960, pp. 12-13).

9. Chomsky (1965, pp. 94 and 107).

10. The event structure of perception verbs. By Nikolas Gisborne. Oxford: Oxford University Press, 2010. Pp. x, 317. ISBN 9780199577798. SI 10 (Hb).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.