UO'T: 494.3
Tadqiqot
O'ZBEK TILIDAGI FE'L NISBATLARI ( DARAJALARI)
Malikaxon Nurutdinova,
O'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi, Elektron pochta: [email protected]
Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek tilidagi fe'l nisbatlari va ular bilan bog'liq masalalarni o'rganish maqsad qilib qo'yilgan. Nisbat shakllari semantikasi, qo'shimchalari, ulardagi jihatlar va til vositalarining ahamiyati haqida so'z boradi. Shuningdek, nisbat shakllarining tuzilma ko'rinishini har gal qanday o'zgarayotganini sintaktikyasalish yo'lini kuzatish bilan aniqlash mumkinlig' haqida fikr bildiriladi.
Tayanch so'ziar- tilshunoslik, nisbat, so'z, semantika, leksema,o'timli, o'timsiz, agronomiya, dehqon'hKik, haakat, holat.
O'zbek tilida til hodisalari bir-biriga bog'liq. Fonetik, leksik, morfologik, sintaktik v- semant)1' tomonlarini o'rganish tilshunoslikning alohida bo'limlarini tashkil etadi. Shunga qaramay, ularni o'zaro ajratib bo'lmaydi. Masalan: lug'at boyligini va so'z turkumlarini fonetik xususiyatlarisiz yoki semantik belgilarisiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli, keyingi yillarda tilshunoslikda til hodisalarini bir yoqlama emas, bir-biriga bog'liq tomonlarini qo'shib yoki yaxlit holda o'rganuvchi sohalar ham shakllandi. So'zning lug'aviy semantikasini o'rganish, albatta, uning grammatik tomonlariga ham nazar tashlashni taqazo etadi. Bu esa til qatlamlarining o'zaro faol bog'liqligini va bir butun tizim ekanligini bildiradi. Qoidalar bo'yicha har qanday gapning shakllanishida morfologik, lug'aviy va boshqa belgilar umumiy holda qatnashadi: gap sintaktik bo'laklardan tuziladi, bu bo'laklar semantik vaziyat talabiga ko'ra tanlangan leksemalarning tegishli so'z shakllarida kelishi bilan yuzaga chiqadi.
So'z shakllari, o'z navbatida, muayyan gap andozasini tuzadi. Semantik va sintaktik tomonlardan bir-biriga muvofiq tuzilgan, ya'ni semantik-sintaktik tuzilishlari o'zaro mutanosib bo'lgan gaplarda, ayniqsa, so'z shakllarining, ularning morfemik tuzilishining ahamiyati katta. O'zbek tilining agglutinativ tillardan biri ekanligi so'z shaklida grammatik ma'nolar grammatik ko'rsatkichlar miqdoriga teng bo'lishini taqozo etadi. Grammatik ko'rsatkichlarning grammatik ma'nolari esa gapning semantik-sintaktik tahlilida namoyon bo'ladi. Chunki "Gapning semantik tuzilishini sintaksis yoritadi. Gapning mundarijasi uning shakli bilan bog'liq".
Shakliy qismga xos qo'shimchalar grammatik ma'nolarga ega bo'lib, leksemaga shakliy vaziyatga mos nutqiy jarayonda qo'shilib, uning muayyan shaklini tashkil etadi. Lekin fe'lga xos bir qator qo'shimchalar borki, ular harakatning tavsifiy ifodalashga xoslangan bo'lib, grammatik shakliy qismga doir semantikaga ega emas. Til
birligi sifatida -la,-gila,-g'ila,-kila, -qila, -(i)k,-(i)q,-(i)nqira morfemalari fe'l leksemaga nutq jarayonida shakliy qism qo'shimchalaridan avval qo'shiladi. Bu qo'shimchalarning fe'l leksema semantikasiga anglashilayotgan harakat yoki holatning yuzaga chiqish jarayoniga doir qo'shimcha ma'lumotni berishi, grammatik ma'no anglatmasligi, fe'lning sintaktik mavqeyiga ta'sir ko'rsatmasligi grammatik ma'nolar majmuasida o'zgarish yuz bermasligida ko'rinadi. Misollar: "Cholning rangi oqardi. Cholning rangi oqarinqiradi. Dono kuldi. Dono kulimsiradi".
Harakatning davomiyligini, qayta-qayta bajarilganini ko'rsatuvchi -la, -kila, -qila, -gila, -g'ila qo'shimchalarning fe'l leksema semantikasiga ta'siri ba'zan xato gap tuzilishidagi so'zlar qurshovining boshqaligiga olib keladi. "Xolmat to'pni tepdi. Bolalar janjallashib bir-birlarini tepkiladilar. Obid uni yoqasidan tortdi. Shame" sochlarimni tortqilaydi".
Misollardan ko'rinib turibdiki, bu qo'shimchalarning ma'nolari, asosan, harakat ja-a^orin ifodalashiga ko'ra farqlanadi. (uslubiy ma'no) Fe'lning nisbat shakllari Mavjud qoidalarga ko'ra bajaruvchining harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi, fe'ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari deyiladi.
Nisbat qo'shimchalari vazifasiga ko'ra lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi. Nisbat shakllari fe'lning asos qismidan keyin qo'shiladi. Fe'l 5 ta nisbat shakliga ega:
1.Aniq nisbat.
2. O'zlik nisbat.
3.Majhul nisbat.
4. Orttirma nisbat.
5.Birgalik nisbati.
I. Fe'lning nisbat shakllari
1. Aniq nisbat --
2. O'zlik nisbat -n(-in), -1(il)
3. Majhul nisbat -n(-in), -1(il)
4. Orttirma nisbat -dir, -tir,-giz, -qiz,-g'iz, -kaz, -qaz, -t, -iz, -ar, -sat.
5. Birgalik nisbati -sh,-ish
Avaylamoq, asramoq, tayyorlamoq, ta'min-
lamoq, so'ramoq, boshlamoq, taqamoq, kechmoq, isimoq, kechmoq, oqarmoq, sayramoq, erinmoq, g'irillamoq va boshqalar.
1. Aniq ( bosh) nisbat -bajaruvchisi aniq bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe'l shakli. Aniq nisbat bosh nisbat ham deb ataladi va harakat-holatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi. Masalan: Olmalar qizardi. Bola sog'lom o'syapti. Yomg'ir tindi. Jismimiz yo'qolur, o'chmas nomimiz.(H.O) Bu xildagi gaplar-da fe'l leksemalari kesim vazifasida kelyapti.
TaVy orlandi, hisoblandi - aniq nisbat, G'azablandi - aniq nisbat. G'azablandi so'zida -lan qo'shimchasi ma'noli qismlarga bo'linmaganligi sababli, shuningdek, -lan qo'shimchasi boshqa nisbat qo'shimchalarida uchramaganligi uchun aniq nisbat bo'lib, tayyorlandi, hisoblandi - so'zlarida la -shakl yasovchi, n - nisbat shaklini yasovchi alohida-alohida qo'shimcha vazifasini o'tayapti.
Azoblanmoq, artinmoq, bezanmoq, maqtanmoq, surilmoq, tanilmoq, tiklanmoq, yasanmoq, o'ylanmoq, isinmoq va boshqa.
2. O'zlik nisbati-bajaruvchining o'z ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalashiga aytiladi. O'zlik nisbati fe'l asosiga -(i)n, -(i)l qo'shimchasini qo'shish orqali hosil bo'ladi. Masalan: azobladi-azoblandi, bezadi-bezandi,o'yladi-o'ylandi.
Ozoda apil-tapil kiyindi.
Dilbarning qoshlari chimirildi.
Raisning gapi cho'zildi.
Gullar shabadada beozor chayqaldi.
O'zlik nisbat shakli faqat o'timli fe'llarga qo'shiladi: kiyindi (kiy-o'timli fe'l) , artindi (artin-o'timli fe'l).
O'zlik nisbati qo'shimchalari ba'zan o'timsiz fe'llarga ham qo'shilib kela oladi: ajraldi, bo'shaldi, isin, og'rin, o'zgaril singari. Fe'lning o'zlik nisbat shakliga o'tish fe'l semantikasida nozik
48
Agro Inform 2/ 2021
ma'no o'zgarishini keltirib chiqarib, semantik farqlanishga xizmat qiladi. Masalan: Uy bo'shadi. Agranom ishdan bo'shadi. Onasi dardini aytib biroz bo'shandi.
O'timli fe'l o'zlik nisbat shakliga o'tgach, fe'l o'timsizlashadi.
Yayra, qichqir, bor, ek, kes, sug'or, uxla kabi fe'llardan o'zlik nisbati yasalmaydi.
Azoblanmoq, ayblanmoq, aytilmoq, belanmoq, bezalmoq, gapirilmoq, yeyilmoq, deyilmoq, izlanmoq, kutilmoq olinmoq, ochilmoq va hokazo.
Majhul nisbat — bajarilishi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe'llar, bosh nisbatning asosan o'timli fe'l leksemalari shakllaridan -l(il), -n(in) qo'shimchalari vositasida hosil qilinadi. Masalan:
1.Qishloq xo'jalik sohasidagi eng zaruriy ta'lim va tadbirlar ko'rildi.
2. Madaniy yashash sharoitga moslashgan o'simliklar keltirildi.
3.Nohaqlikka yo'l qo'yganlar qattiq qora-lanyapti.
Fe'l leksemaning muayyan harakat yoki holatini aniq ifodalasa, gapda shu harakat yoki holatni bajarilishi yoki bajarilmaganligini bildirsa, majhullik ma'nosi ham ravshanlashadi. Masalan:
1.Ertalabdan beri yuvilmagan kirlar yuvildi.
2. Bu yilgi paxta rejasi ortig'i bilan bajarildi
3. Mehmonlar kelishiga dasturxon chiroylik bezatildi.
4.Bugun ob-havo keskin yomonlashadi, deyilmoqda.
O'zlik va majhul nisbat shakllari bir xil, ularni farqi harakat va holatni bajaruvchisini aniq bildirish yoki bildirmasligiga ko'ra farqlanadi.O'zlik
nisbati bajaruvchisi aniq bo'lib, ko'pincha gapning egasi bilan ifodalanadi. Majhul nisbatida bajaruvchisi noaniq bo'lib, gapda to'ldiruvchi vazifasida keladi.
Masalan:
1.Agronomiya fanining dehqonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tor ma'nosi tuproqning hosildorligini oshirib, qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish usullarini o' rgatadi. (aniq nisbat).
2.Dehqonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, agronomiya fanida tuproqning hosildorligini oshirib, qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish usullari o'rganiladi. (majhul nisbat) izohli lug'atdan.1
Orttirma nisbat ko'rsatkichlari o'timsiz fe'llarni o'timliga aylantirishning eng qulay vositalaridan biridir. Shu tariqa o'timliga aylangan, asli o'timsiz bo'lgan fe'llardan majhul nisbati yasaladi. Masalan.
1. Sanoat xalq xo'jaligi uchun kerakli dori-a.nmjnlar ishlab chiqardilar. Orttirma nisbat 'izoh'i Ygat 13-bet).
2. Bu yil chekka qishloqlarga ham toza ichimlik suvi chiqarildi. Majhul nisbat.("Yoshlar o/ozi" gazetasi).
Ayttirmoq, aldatmoq, baholatmoq, bezat-moq, orttirmoq, yoqtirmoq, ildirmoq, oqlatmoq, ulatmoq, ketkazmoq va hokazo.
Har qaysi nisbat shakllarining tuzilma ko'rinishini har gal qanday o'zgarayotganini sintaktik yasalish yo'lini kuzatish bilan aniqlash mumkin. So'z shaklidagi har bir nisbat qo'shimchasi o'z grammatik ma'nosi bilan qatnashadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tilshunoslikda so'zlarning mazmuni ularga qo'shiladigan qo'shimchalar orqali o'zgarib borganidek, shakl o'zgarganda so'z ma'nosida ham o'zgarish bo 'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "O'simlikshunoslikka oid ruscha-o'zbekcha izohli lug'at" (Sanjar Muhamadxonov, Fuad Jongurazov)
2.
3.
to'plami.1964
4.
5.
6. 7.
Гуломов А.Ф. "Феьл".1954 .
Rahmatullayev Sh" Fe'l fraziologik birliklarda ob'ekt kategoriyasi"/ ToshDU ilmiy asarlar
Hojiyev A.Fe'l. "Hozirgi o'zbek adabiy tili".1980 Izohli lug'at 420-bet.
Tojiyev Y." Fe'llarda o'timli-o'timsizlik haqida" ToshDU ilmiy asarlar to'plami.1987 Rasulov R." O'zbek tilidagi holat fe'llari va ularning valentliliklari."