Научная статья на тему 'MUSIQA IJROCHILIGIDA MUSIQIY ESHITISH VA DIQQATNING O„RNI'

MUSIQA IJROCHILIGIDA MUSIQIY ESHITISH VA DIQQATNING O„RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
636
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / san'at / farmoyish / qaror / islohotlar / cholg'u ijrochilik san'ati / musiqiy eshitish qobiliyati / diqqat / sezgi / idrok / xotira. / culture / art / team / decision / reform / instrumental performing arts / ear for music / attention / intuition / perception / memory.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sami Elbek Aziz

Maqolada cholg'u ijrochilikda musiqiy eshitish qobiliyati, xotira va sezgilarni rivojlantirishdagi metodlar haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the methods of developing musical ear, memory and perception in musical performance.

Текст научной работы на тему «MUSIQA IJROCHILIGIDA MUSIQIY ESHITISH VA DIQQATNING O„RNI»

MUSIQA IJROCHILIGIDA MUSIQIY ESHITISH VA DIQQATNING O'RNI

Sami Elbek Aziz

O'zDSMI "Cholg'u ijrochiligi" mutaxassisligi 1-kurs magistranti

Ilmiy rahbar: dotsent S.Turatov ANNOTATSIYA

Maqolada cholg'u ijrochilikda musiqiy eshitish qobiliyati, xotira va sezgilarni rivojlantirishdagi metodlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, farmoyish, qaror, islohotlar, cholg'u ijrochilik san'ati, musiqiy eshitish qobiliyati, diqqat, sezgi, idrok, xotira.

ABSTRACT

The article discusses the methods of developing musical ear, memory and perception in musical performance.

Key Words: culture, art, team, decision, reform, instrumental performing arts, ear for music, attention, intuition, perception, memory.

Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. "Agar mendan sizni nima qiynaydi?" deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim -yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasligi kerak. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan1.

Shavkat Mirziyoyev

So'nggi yillarda madaniyat va san'at sohasiga juda katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112 sonli qarori, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" da amalga oshirishga oid davlat

1 "Shavkat Mirziyoyev" ning hikmatlari sahifasi. https://hikmatlar.uz/author/468 Tashkent, Uzbekistan

dasturi ishlab chiqilib, bevosita ularda san'atga oid yangi o'zgarishlar va topshiriqlar

belgilab berildi.

Jumladan, "2022-2023-o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin"2. Xususan, qarorda ko'zda tutilgan bir qator vazifalar cholg'u ijrochiligi san'atining rivojlanishi yo'lida qo'yilgan katta qadamdir.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlashda albatta ta'lim muassasalari mutaxassislari va barcha musiqa ijrochiligi bilan shug'ullanadigan yosh ijrochilar hamda professor-o'qituvchilar birdamlikda harakatlanishi eng oliy fazilatdir. Yosh ijrochilarni tarbiyalashda dastavval ularni saralab olishda bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchilaridan talab qilinadigan bir qancha omillar mavjud. Ulardan birinchisi Musiqiy eshitish qobiliyatidir. Yosh avlodni musiqa eshitishi - bu musiqa san'atida asosiy vazifa hisoblanib, unda fiziologik jihatdan eshitish organlari orqali tovush tebranishlarini qabul qilish qobiliyatidir. Tovushlar tashqi quloq orqali eshitish nervlari vositasida o'rta va ichki quloqdan o'tib, bosh miyadagi eshitish analizatorlariga ya'ni odam nerv tuzilmalarining murakkab tizimiga yetib boradi. Analizatorlar musiqa cholg'ularini baland yoki past chalinishiga qarab, qolaversa, cholg'ularning turiga qarab ham ovoz qabul qilish imkoniyatiga ega. Masalan: skripka, alt va damli cholg'ular bosh miya suyagining kuchli tebratish hususiyatiga

"5

ega cholg'ulardir . Musiqiy eshitish qobiliyatini yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, ovoz past-balandligi, kuchi, tembri va davomiyligini yaxshi ilg'aydi. Musiqiy eshitish qobiliyati quyidagi turlarga bo'linadi: mutlaq, nisbiy va ichki eshitish qobiliyati.

Mutlaq eshitish - musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini kamerton bilan solishtirmagan holda aniqlash qobiliyatidir, ya'ni absolyut sulh. Bu qobiliyatdan buyuk musiqa namoyondalari Motsart, List, Bethoven, Skryabin kabi kompozitorlargina muvaffaqiyatli foydalanganlar4.

Nisbiy yoki interval eshitish - kuy, intervallar, akkordlardagi tovushlar balandligini sezish, aniqlash, ijro etish qobiliyatidir. Nisbiy eshitishda inson biror bir nota yoki akkordni aniqlashi, uni ijro etishi uchun hech bo'lmasa bitta tovush haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi kerak. Odam o'z ovozi yoki kamerton (nem. Kammer -xona, ton - tovush} uchlari erkin tebranadigan qilib mahkamlangan ayrisimon metal tayoqcha shaklidagi tovush manbai)5 tovushining eng past yoki eng baland ovozini yodda tutadi va shunga tayanib, o'zi eshitgan boshqa tovushlarni aniqlaydi.

2 О^Ье^йзп Respublikasi Prezidentiшng Qarori PQ-112., 02.02.2022. Lex.uz

3 Б.М.Теплов. Способности и одаренность // Учен, записки Гос. НИИ психологии. Т. 2. М., 1941.

4 Петрушин В.И. Музыкальная психология. М., 1997

5 Musiqa ensiklopediyasi 2^

Ichki eshitish - musiqaning butun tarkibiy qismini hayolan tasavvur qilish yoki notalarga qarab ham ichki his etish qobiliyatidir. Bu kabi qobiliyatlarni rivojlantiruvchi predmet - bu solfedjio darsidir. Masalan kuyni solfedjiolash jarayonida interval hissiga emas, balki lad hissiga ko'proq tayanib mo'ljal olinadi. Lad hissi negizida vengriyalik kompozitor va pedagog Zoltan Kodayning kuy hissini rivojlantirish tizimi ishlab chiqiladi. Bu tizim "nisbiy (relyativ) lad tizimi" deb nom olgan (tizimda turli belgilar va bo'g'in nomlari qo'llanadi). Kuyni yoki bir ovozlik musiqani his qilish qobiliyati ko'proq ashulachilar, torli va puflab chalinadigan cholg'u sozandalarida oson va tabiiy rivojlanadi. Fortepiano chalishni o'rganishda uslubiyotchilar mashq etilayotgan asar, kuy yo'llarining vokalizatsiyasini, kuylanishini yoki ularni bo'rttirib chalishni tavsiya etadilar. Rus kompozitori Rimskiy-Korsakov har xil ohanglar eshitilishini tabiatga xos bo'lgan ranglar koloritida qabul qilar edi. "Lya major ladi uning uchun bu yoshlik, bahor ladi, bahorning ham muzli, taqir yerli erta bahori emas, balki nastarin guli gullagan, butun o'tloq gullar bilan qoplangan paytdagi bahor. Unda tong biroz yorishgan, lekin butun sharq qirmizi va oltin rangga kirib ulgurgandagi tong shafaqining ladi" deya tasvirlaydi.

Yosh ijrochilarni saralashda ya'ni tanlab olishda ikkinchi ko'rsatma bu diqqatdir. O'zbekiston davlat konservatoriyasi professori, pedagogika fanlari nomzodi, musiqashunos olim Rauf G'afurovich Qodirovning ta'kidlashicha: diqqat -bu o'quv jarayonidagi eng muhim tarkibiy bo'laklardan biridir. Haqiqatan ham, ma'lum paytda faoliyatning bir narsaga qaratilishi diqqatni yuzaga keltiradigan jarayondir. Musiqa san'atida musiqiy faoliyatning barcha turlari diqqat bilan bog'liqdir. Ayniqsa, jamoa ijrochiligida diqqat juda muhim sanaladi. Konsertdan avval dirijyorning ko'tarilgan qo'llari, auftaktni his qilish, yakkaxon va jo'rnavoz o'rtasidagi ishora va harakatlarning bir vaqtda sodir etilishi uchun ham diqqat talab etiladi. Masalan, Motsart ko'pchilik bo'lgan xonada hamda shovqinli tovushlar eshitilib turganda ham xotirjamlik bilan musiqa yoza olgan. Polshalik pianinochi va kompozitor I.Gofman maqsadga erishishning eng oson usuli nimada degan savolga: diqqatni jamlash - omad alifbosidagi birinchi harf, deb javob beradi6. Rus kompozitori N.Metner esa "ish boshlashdan avval yaxshilab diqqatni jamlash hamda samarali mashq usulini bilish, musiqachidan kamroq kuchni talab etadi va ijro vaqtda toliqmaydi. Kompozitor Gofman diqqatga yana boshqacha ta'rif beradi: "Ish qachonki, aqliy diqqat bir vaqtda jam bo'lganda bajarilganidagina serunum bo'ladi" deb aytadi. Bundan ko'rinib turibdiki, miqdor va sifat darajasi uzviy bog'liqlikda bo'lishi kerak, ya'ni, har yarim soatda tanaffus qilishni va hech qachon tanaffussiz bir yoki ikki soat mobaynida ishlamaslikni tavsiya qiladi.

6 neTpymHH B.H. My3HKantHaa ncnxonoraa. M., 1997 Tashkent, Uzbekistan

Shuningdek, barcha musiqachilar diqqatning shakllanishida o'zini tashqaridan turib analiz qila olish qobiliyati g'oyat muhim hisoblanishini ta'kidlashadi. Haqiqatan ham bunga misol qilib oladigan bo'lsak, ustozlarimiz bizga dars berish jarayonida cholg'u sozining ijro uslublari bilan bir qatorda barmoqlar joylashuvi, ya'ni aplikatura holatlarini yanada takomillashtirish jarayonida o'z ustimizda to'g'ri ishlash va ma'suliyat bilan yondashishga yo'naltiradi. Biror kuyni ishlash vaqtida ijrochining mahoratini ko'rsatib beradigan texnikaviy qismi kutilgan natija bermasligi mumkin, shu paytda ustozlarimiz o'sha kuyning murakkab joyini qayta-qayta oyna oldida diqqatni bir joyga jamlab, sabr bilan juda sekin sur'atda mashg'ulot olib borishimizni ta'kidlab o'tishadi. Bu esa juda mashaqqatli ish. Lekin qunt bilan amal qilinsa, kutilgan muvaffaqiyat kalitini qo'limizga tutqazadi.

Narsa va hodisalarni sezgi a'zolari orqali his qilishning oddiy psixik jarayoni bu sezgi. Bizni o'rab turgan olamni sezgi organlarimiz va his qilish orqali bilamiz va kerakli axborotni olamiz. Musiqa san'atida eshitish, taktil (paypaslab), harakat va ritmik sezgilar katta ahamiyatga ega. Eshitish sezgisi asosida musiqachilarda ichki eshitish va musiqiy eshitish xususiyatlari rivojlanadi. Bizning hissiyotlarimiz moslashuvchanlik qobiliyatiga ega, ya'ni qo'zg'atuvchi ta'sirga ko'nika oladi. Uzoq muddat baland ovozdagi musiqani tinglagandan so'ng, biz "piano" yoki "messo-forte" ovoz kuchidagi nozik o'zgarishlarni kam his etamiz. Biroz vaqt sukunatda bo'lgach esa hatto o'rta kuchdagi ovozni ham baland ovozdek qabul qilamiz. Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, Shopen kuyni hech qachon baland chalmagan. Lekin u piano, pianissimo, messo-forte kabi dinamik belgilarni o'z asarlarida mohirona qo'llab, tengsiz ijrochilik hisobiga ohangdorlikka erishgan.

Pedagogika fanlari doktori, professor Valentin Ivanovich Petrushin ta'riflashicha: idrok - narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'siri orqali ongimizda yetishib kelishidir. Sezgida hodisalarni alohida qismlar bilan his etilsa, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his qilinadi. Masalan, musiqiy asarni eshitib, uning kuyi, ritmi, tembri, garmoniyasini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, musiqani obrazli, umumlashgan holda yaxlitligicha anglab, idrok etamiz. Qabul qilish jarayonida qaysi analizator ustunlik qilishiga qarab, idrokni tasniflab chiqish mumkin. Musiqa san'ati uchun hid va ta'm bilishdan boshqa hamma analizatorlar katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek eshitish idroki bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. Musiqiy idrok aqliy jihatdan murakkab jarayondir. Oddiy eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan har bir kishi musiqa qayerda eshitilishini va turli xil narsalar, mashinalardan chiqayotgan shovqinlar qayerda ekanligini aniqlay oladi. Lekin eng nozik kechinmalarning musiqa sadolarida aks etishini hamma ham eshitishga qodir emas. Musiqa psixologiyasida ritm, tembr, lad, kuy, garmoniya, polifoniya, janr idroki masalalarini

ko'rib chiqish muhimdir. Musiqiy idrokning to'laqonliligi musiqiy qobiliyatning

ya'ni musiqiy bilim, ko'nikmalar, malakaning rivojlanganligiga bog'liqdir.

Musiqiy ijrochilikda yoddan chalish musiqachining ijrochilik imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu bevosita xotira bilan bog'liq. Xotira - eslab qolish, to'plangan tajribaning saqlanishi va tiklanishidir. Shuningdek, xotiraning unutish xususiyatini ham nazarda tutish kerak. Bunda xotira mashqlari asosiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, musiqiy ijrochilikda katta hajmdagi musiqiy asarlarini eslab qolishga to'g'ri keladi. Bunda ijrochidan bosiqlik bilan kuyning harakterini mazmunan idrok etib, sekin sur'atda ijro etish talab etiladi. Musiqashunos olim A.D.Alekseyevning hisoblashicha, musiqiy xotira -eshitish, harakat, mantiqiy, ko'rish va boshqa xotira turlarini o'z ichiga olgan sintetik tushunchadir. Pedagog va pianinochi S.I.Savshinskiyning aytishicha, "Pianinochi xotirasi komplekslidir". U ham eshitish, ham ko'rish hamda mushakli harakatlarni o'z ichiga oladi. Haqiqatan ham, pianino cholg'u sozida tahsil oladigan o'quvchilarda xotira judayam katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ijro paytida diqqatni bevosita ikki qismga yo'naltirish kerak deb o'ylayman. Notani o'qish bilan bir vaqtda pianino klaviaturasini ham yoddan topa olish ijrochidan katta mehnat talab qiladi. Ko'plab musiqachilarning xatolaridan biri shuki, ular yangi musiqiy asarni o'rgana turib, uni ko'p bor takrorlash natijasida eslab qolishga urinishadi. O'rganishning bu usulida asosiy yuk harakatchan xotiraga tushadi. Biroq muammoni hal etishning bu usulini fransuz pianinochisi Margarita Long to'g'ri aytganidek: "Shubhali sodiqlikning yalqovlik bilan hal etilishidir, buning ustiga bu ish qimmatbaho vaqtning egovidir". Ya'ni tez yodlashga qaratilgan besamar ijro ko'p talab qiladi, natijasi esa qisqa muddatda esdan chiqish holatini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ustozlarimiz bizga ta'kidlab kelganlaridek: "O'n soat besamar mashq qilgandan, bir soat samarali va unumli mashq qilgan afzal" deb uqtirishadi. Asarni eslab qolishda sekin tempdagi ijro katta foyda beradi. Motsart shunday deydi: "Yozilgan asarga bir qarashda xuddi odamning ajoyib suratiga qaragandek, ketma-ket emas, balki to'la-to'kis qalban nazar tashlay olaman"7. Yangi asar bilan tanishayotgan ijrochi kuyni boshidan-oxirigacha ko'z yugurtirib chiqishi maqsad muvofiq bo'ladi. O'sha jarayonda ko'rib, kuyni aqliy idrok etish hissi kuchayadi.

Xulosa qilib aytganda musiqiy qobiliyatlarning barcha turlari nafaqat cholg'u ijrochiligida, qolaversa, musiqaga oshno qalblar hissiy kechinmalarida yuzaga keladigan jarayondir. Ushbu qobiliyatlar bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda ijrochining kasbiy tayyorgarligini yanada boyitib beradi. Ijrochi ritmni his etishi, ohangni to'la-to'kis ongiga singdirgan bo'lishi kerak. Bu esa ijrochidan o'z ustida ko'proq mehnatni talab etadi. Ana o'shandagina kutilgan natijaga erishiladi. Musiqa

7 R.G'.Qodirov "Musiqa psixologiyasi" O'zDK "Musiqa" nashriyoti 2005 y Tashkent, Uzbekistan

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ijrochiligida ushbu metodlar asosiy vazifa sifatida olinadi. Albatta, yosh bo'lajak sozanda avvalo biron-bir cholg'uni o'rganish istagida musiqa maktabiga tashrif buyuradi. Bunda pedagogning mahorati bilan birgalikda, yosh sozandaning ham qiziqishlari inobatga olinadi. Musiqiy qobiliyatlarini tekshirib ko'riladi. Ko'pgina yosh sozandalar boshlang'ich darslarning o'zida qiyinchiliklarga duch keladi. Bu vaziyatda pedagoglardan samarali yechim yo'lini ishlab chiqish talab etiladi. Samarali yechim sifatida shaxsiy bir kichik taklifni kiritmoqchiman. Unda yosh ijrochilarning qizishiqishini inobatga olgan holda ustoz-shogird an'analariga tayangan holda ustoz o'z ijrosini oddiy asarlardan yoki yosh ijrochilarning qiziqishidan kelib chiqib ya'ni ijtimoiy o'sha davrdagi musiqalarni ijro qilib ko'rsatishdir. Bunday hollarda bolani yana qayta qiziqishlarini uyg'ota olish, uning imkoniyatlari judayam keng ekanligini uqtirish, faqatgina ozgina sabr va qanoat qilinsa muvaffaqiyatga erishish sirlarini o'rgatmoq lozimdir. Ana shunday mashaqqatli vazifalar faqatgina o'z sohasining chinakam professional pedagoglari zimmasidadir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyevning hikmatlari sahifasi. https://hikmatlar.uz/author/468

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori PQ-112., 02.02.2022. Lex.uz

3. Б.М.Теплов. Способности и одаренност // Учен, записки Гос. НИИ психологии. Т. 2. М., 1941.

4. Петрушин В.И. Музикалная психология. М., 1997Musiqa ensiklopediyasi 2-T

5. R.G'.Qodirov. "Musiqa psixologiyasi" O'zDK "Musiqa" nashriyoti 2005y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.