Научная статья на тему 'Kalom ilmining yirik namoyandasi sa'duddin taftazoniyning falsafiy qarashlari'

Kalom ilmining yirik namoyandasi sa'duddin taftazoniyning falsafiy qarashlari Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
24
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taftazoniy Muhammad ibn / gnoseologik / Taftazoniy Muhammad ibn philosophical / epistemological / and logical

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Bo'Tayev Sardor

Taftazoniy Muhammad ibn Umar Sa’duddin (1322-1392) – qomusiy olim, kalom ilmining yirik namoyandasi, uning falsafiy, gnoseologik, mantiqiy muammolarini tadqiq qilishga muhim hissa qo‘shgan mutafakkir. U yaratgan kitoblar Islom ilohiyotini tizimlangan shaklga keltirib, ommalashtrishga va o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, keyinchalik bir necha asrlar davomida ko‘pchilik madrasalarda darslik va o‘quv qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan. Buning asosiy sababi allomaning yoritiladigan muammo va masalalarga keng ko‘lamli, xolisona nuqtai nazardan yondasha bilishi, bag‘rikeng, betoqatlikka o‘rin qoldirmaydigan, boshqalarning fikr-mulohazalarini sinchiklab ko‘rib chiqish va beg‘araz baholashga qodir ekanligi bilan izohlanib, bu olimlar tomonidan keng tan olingan. Shijoatkor olim Taftazoniy o‘z davrining murakkab va qaltis falsafiy masalalari bilan shug‘ullanganligini qayd etish lozimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The philosophical views of saduddin taftazani, the great representative of the science of kalam

Taftazani Muhammad ibn Umar Sa’diddin (1322-1392) is an encyclopedist, a great representative of the science of the word, a thinker who made a significant contribution to the research of its philosophical, epistemological, and logical problems. The books he created were intended for popularization and education, bringing the Islamic theology into a systematic form, and were used as textbooks and training manuals in many madrasahs for several centuries. The main reason for this is that scholars can approach the problems and issues covered from a wide-scale, objective point of view, are tolerant, leave no room for impatience, and are able to carefully consider and impartially evaluate the opinions of others. widely recognized by It should be noted that Taftazani, an ambitious scientist, dealt with complex and volatile religious and philosophical issues of his time

Текст научной работы на тему «Kalom ilmining yirik namoyandasi sa'duddin taftazoniyning falsafiy qarashlari»

Batayev Sardor

Alfгagaпus uпivEГsitEti Ijtim□iy-faпlaг kafedrasi diпshuп□slik faпi o'qituvchisi

ORCID: 0009-0007-548G-134X E-mail:sвгd□гuпbutayevuп@gmail.c□m

KALOM ILMWWG YIRIK

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Annotatsiya. Taftazoniy Muhammad ibn Umar Sa'duddin (1322-1392) - qomusiy olim, kalom ilmining yiriks namoyandasi, uning falsafiy, gnoseologik, mantiqiy muammolarini tadqiq qilishga muhim hissa qo'shgan mutafakkir:« U yaratgan kitoblar Islom ilohiyotini tizimlangan shaklga keltirib, ommalashtrishga va o'qitishga mo'ljallangan bo'lib, keyinchalik bir necha asrlar davomida ko'pchilik madrasalarda darslik va o'quv qo'llanmalari sifatida foydalanilgan. Buning asosiy sababi allomaning yoritiladigan muammo va masalalarga keng ko'lamli, xolisona nuqtai nazardan yondasha bilishi, bag'rikeng, betoqatlikka o'rin qoldirmaydigan, boshqalarning fikr-mulohazalarini sinchiklab ko'rib chiqish va beg'araz baholashga qodir ekanligi bilan izohlanib, bu olimlar tomonidan keng tan olingan. Shijoatkor olim Taftazoniy o'z davrining murakkab va qaltis falsafiy masalalari bilan shug'ullanganligini qayd etish lozimdir.

Аннотация. Тафтазани Мухаммад ибн Умар Саадиддин (1322-1392) — энциклопедист, крупный представитель науки о слове, мыслитель, внесший значительный вклад в исследование ее философских, эпистемологических и логических проблем. Созданные им книги предназначались для популяризации и образования, приведения исламского богословия в систематизированную форму и на протяжении нескольких столетий использовались в качестве учебников и учебных пособий во многих медресе. Основная причина этого в том, что ученые умеют подходить к освещаемым проблемам и вопросам с широкомасштабной, объективной точки зрения, толерантны, не оставляют места нетерпению, умеют внимательно учитывать и беспристрастно оценивать мнения других. признан Следует отметить, что Тафтазани, амбициозный ученый, занимался сложными и изменчивыми религиозно-философскими проблемами своего времени.

Annotation. Taftazani Muhammad ibn Umar Sa'diddin (1322-1392) is an encyclopedist, a great representative of the science of the word, a thinker who made a significant contribution to the research of its philosophical, epistemological, and logical problems. The books he created were intended for popularization and education, bringing the Islamic theology into a systematic form, and were used as textbooks and training manuals in many madrasahs for several centuries. The main reason for this is that scholars can approach the problems and issues covered from a wide-scale, objective point of view, are tolerant, leave no room for impatience, and are able to carefully consider and impartially evaluate the opinions of others. widely recognized by It should be noted that Taftazani, an ambitious scientist, dealt with complex and volatile religious and philosophical issues of his time.

KIRISH

Taftazoniy Muhammad ibn Umar Sa'duddin (1322-1392) - qomusiy olim, kalom ilmining yirik namoyandasi, uning falsafiy, gnoseologik, mantiqiy muammolarini tadqiq qilishga muhim hissa qo'shgan mutafakkir. U yaratgan kitoblar Islom ilohiyotini tizimlangan shaklga keltirib, ommalashtrishga va o'qitishga mo'ljallangan bo'lib, keyinchalik bir necha asrlar davomida ko'pchilik madrasalarda darslik va o'quv qo'llanmalari sifatida foydalanilgan. Buning asosiy sababi allomaning yoritiladigan muammo va masalalarga keng ko'lamli, xolisona nuqtai nazardan yondasha bilishi, bag'rikeng, betoqatlikka o'rin qol-dirmaydigan, boshqalarning fikr-mulohazalarini sinchiklab ko'rib chiqish va beg'araz baholashga qodir ekanligi bilan izohlanib, bu olimlar tomonidan keng tan olingan. Shijoatkor olim Taftazoniy o'z davrining murakkab va qaltis falsafiy masalalari bilan shug'ullanishdan ham qaytmagan.

Taftazoniy 722 hijriy (1322 milodiy) yilning safar oyida hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi Niso muzofotining Taftazon qishlog'ida tug'ilgan. Yoshligidayoq katta qobiliyat namoyan etgan Taftazoniy o'sha davrning mashhur olimlari Iljiy va Qutbiddin Taxtoniydan bir necha fanlar bo'yicha dars olib, ularni shunchalik

egalladiki, o'zining yigitlik davridayoq yozilgan birinchi kitobi orqali olimlar o'rtasida keng tanildi va o'zi dars bera boshladi. Keyinchalik olim qariyb 30 yil mobaynida Movarounnahr va Xuroson madrasalarida qator ilohiy va falsafiy fanlardan dars berdi va ular sohasida samarali ijod olib bordi. Shu bilan birga u bir necha mashhur mutafakkirlar asarlariga sharhlar yozganligi ma'lum. Turli mamlakat va mintaqalardan taniqli olim va hunarmandlarni to'play boshlagan Amir Temurning taklifi bo'yicha keng shuhrat qozongan Taftazoniy ham Samarqandga kelib, ilmiy ijodining yangi samarali davrini boshladi. U qator olimlar o'rtasidagi munozaralarda faol qatnashdi, xususan, uning mashhur mutafakkir Mir Sayyid Sharif Jurjoniy bilan olib borgan bahslari katta qiziqish uyg'otgan. Taftazoniy umrining oxirigacha Samarqandda yashab, shu shaharda 1392 yilda vafot etgan.

Taftazoniyning ilmiy merosi juda keng va ko'p qirrali bo'lib, o'zida islom falsafasi, kalom, mantiq, she'riyat, arab tili, geometriya va boshqa qator fanlar bo'yicha asarlarni qamrab oladi. Taftazoniy qirqdan ortiq kitob yozganligi ma'lum. Uning saqlanib qolgan hamda alohida ahamiyat kasb etgan eng muhim va yirik asarlaridan quyidagilarni ko'rsatish mumkin: "Tahzib al-mantiq va-l-kalom" ("Mantiq va kalomga sayqal

berish"), bizgacha Jaloliddin Davoniy va Kurdistoniylarning sharhlari orqali yetib kelgan; "Maqosid fi ilm al-kalom" yoki "Maqosid at-tolibin fi usul ad-din" ("Din asoslarini izlovchilarning maqsadlari"). Bulardan tashqari, "al-Mutavvol" ("Keng talqin"), "Muxtasar al-maoni" ("Qisqacha ma'nolar"), "al-Irshod al-Hodiy" ("Yo'l boshlovchi rahbar") asarlari ma'lum. Uning "Sharh al-maqosid" ("Maqsadlar sharhi") asari Qur'on bo'yicha o'sha davrning haqiqiy qomusi ekanligini zamonaviy olimlar tan olmoqda. Ushbu asarlaridan tashqari, uning o'zidan oldin o'tgan mutafakkirlar kitoblariga yozgan sharh va hoshiyalari yetib kelgan. Ulardan eng mashhuri Najmiddin Nasafiyning "Aqoid" asari sharhiga bag'ishlangan "Sharh al-aqoid al-nasafiya" bo'lib, mazkur sharh shorihning o'z qarashlarini keng qamrab olgan va keyinchalik besh asr davomida islom ilohiyoti bo'yicha me'yoriy darsliklardan biri sifatida xizmat qilgan.

XIII asr oxiri - XIV asr birinchi yar-mida yashagan Kotibiyning mantiqqa oid "ash-Shamsiya" risolasiga yozilgan "as-Sa'diya" nomli sharh ham mazkur turkumga kiradi. Samarqandda saqla-nayotgan va qadimgi yunon olimi Yevklidning parallel to'g'ri chiziqlar haqidagi postulatini isbotlashga bag'ish-langan "Risola fi zavoye al-musallas" ("Uchburchakning burchaklari

haqida risola") asari allomaning ilmiy

Kalit so4zlar: Taftazoniy, gnoseologik, Niso, kalom, mantiq, aqoid, daqiq al-kalom, "Bilimning sabablari".

20

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

qTziqishlari dolrasi naqadar kengligidan dalolat beradi. O'z navbatida, Taftazoniyning bir necha asarlariga keyingi yirik olimlar tomonidan ko'pgina sharhlar yozilganligi ma'lum. Allomaning kalom muammolarini yoritishga bag'ishlangan asarlari boy falsafiy mazmunga ega bo'lib, o'z davrida falsafa sohasida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Taftazoniy ularda ko'tarilgan muammolarni batafsil va chuqur yoritishga, qator masalalar bo'yicha, jumladan, falsafiy nuqtai nazardan o'zining yangi talqinini berishga harakat qilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sa'duddin Taftazoniy qirqdan ortiq asar yozgan . Jumladan, allomaning ilmiy faoliyatida yurtimizdan chiqqan yetuk olimlarning qimmatli asarlariga sharhlar bitish ham yetakchi o'rin egallaydi. U Abu Hafs Nasafiyning "Aqoid an-Nasafiy", Mahmud Zamaxshariyning "Tafsir al-kashshof" va "Navobig' al-kalim" nomli asarlariga mufassal sharh va hoshiyalar yozgan. Olim tafsir, fiqh, kalom, nahv, balog'at va mantiq kabi sohalarni puxta o'zlashtirib, shu sohalarda ko'plab kitoblar tasnif qilgan. Zero, u o'n olti yoshidayoq "Sharh at-tasrif al-iziy" nomli asarni yozib tugatgan[10]. Ma'lumotlarga qaraganda, uning ilmiy-ma'naviy merosiga tegishli asarlar qirqdan ortiq. Ulardan mashhurlari: Kalom ilmiga oid:

1. Kitob al-maqosid.

2. "Al-Maqosid fi ilm al-kalom" (Sharh al-maqosid) yoki Sharh ash-sharh.

3. "Sharh al-aqoid an-nasafiya."

4. "Ar-Radd ala Zindiqa Ibn Arabiy."

Usul al-fiqh ilmiga oid:

1. "Talvih fi kashf haqoiq at-tanqih."

2. "Sharh al-muxtasar alo kitob muntaho as-savol val-amal fi ilmay al-usul val-jadal."

3. "Ni'am as-savobig' fi sharh al-kalim an-navobig'."

Fiqh ilmiga oid:

1. "Fatovo al-hanafiya."

2. "Sharh faroiz as-Sirojiya."

3. "Al-Miftoh fi furu' al-fiqh ash-Shofiiy."

4. "Ixtisor sharhi talxis al-jome' al-kabir."

5. "Sharh fiqh al-Kaydoniy."

6. "Kitob al-ihzor."

Hadis ilmiga oid:

1. "Arba'un fi al-hadis."

2. Risolat al-ikroh.

Tafsir ilmiga oid:

1. Alloma Mahmud Zamaxshariyning "Tafsir al-kashshof" tafsiriga yozilgan hoshiya "Talxis al-kashshof".

2. "Kashf al-asror va iddat al-abror fi tafsir al-Qur'on."

Nahv ilmi (arab tili grammatikasi) ga oid:

1. "Sharh at-tasrif al-izziy."

2. "Irshod al-Hodiy."

3. Sa'diyning "Bo'ston" nomi bilan mashhur devonining turkiy tildagi nasriy tarjimasi.

Balog'at ilmiga oid:

1. "Sharh al-mutavval" yoki "Sharh at-talxis al-mutavval". "Damashqning Voizi" nomi bilan mashhur bo'lgan Shayx Jaloliddin ibn Abdurrahmon Qazviniy Shofi'iyning "Talxis al-miftoh fi-l-ma'oniy val-bayon" asariga yozilgan sharh.

2. "Muxtasar al-ma'oniy." Bu sharh "Sharh at-tasrif al-iziy" asariga bitilgan ikkinchi mashhur sharhining nomi bo'lib, u yana "Muxtasar sharh Talxis al-miftoh" ismi bilan ham ma'lumdir.

3. "Sharh kitob al-Miftoh." Ushbu asar Alloma Sirojiddin Abu Ya'qub Yusuf ibn Abu Bakr Sakkokiyning "Kitob al-miftoh" risolasiga yozilgan sharhdir.

4. "Sharh al-qism as-solis min al-miftoh."

Mantiq ilmiga oid:

1. "Tahzib al-mantiq val-kalom."

2. "Sharh ar-risola ash-shamsiya."

Arifmetika va geometriyaga oid:

1. "Sharh ar-risola ash-shamsiya fi-l-hisob."

2. "Risola fi zavoiy al-musallas."

3. "Tasoviya az-zavoya."

Taftazoniy yashagan davrning

uning ijodiga bevosita ta'sir qilgan tarixiy-ma'naviy omillaridan biri shun-dan iboratki, o'sha vaqtda islomda mantiqiy dalillarga tayanib diniy ta'limotni asoslashga harakat qiluvchi nazariy ilohiyot - kalom uning nazariy, xususan, falsafiy, mantiqiy muammolari bilan davr imkoniyatlari doirasida kengroq va chuqurroq shug'ullanishni taqozo etgan. Taftazoniy ta'kidlashicha, o'z vaqtida kalomning ayrim vakillari tufayli, ayniqsa, mo'taziliylar va shu bilan birga falsafaning turli oqimlarining faoliyati bilan bog'liq davrlarda islom dinini talqin qilishda rasionalistik yondashuvning maqomi ancha mustahkamlangan edi. Keyinchalik davlatning himoyasiga tushgan ash'ariylar ta'sirida falsafaning kalomdagi ahamiyati ancha pasaygan bo'lib, asosan, XIII asrga kelib kalom sharqiy peripatetizm, ya'ni Ibn Sino yaratgan falsafiy maktab bilan

yaqinlasha boshladi. Taftazoniyning yaqin zamondoshi Ibn Xaldunning fikricha, so'nggi mutakallimlar davrida "kalom masalalari va falsafa masalalari shunchalik qorishib ketganki, hatto bu fanlarni bir biridan ajratish qiyin edi". Ibn Xaldun Misrda "keng tanilgan Sa'diddin Taftazoniy"ning turli fan-lar haqidagi ko'pgina kitoblarini ko'rganini yoza turib, ularning bir qismi kalomga bag'ishlanganligini ta'kidlaydi va quyidagi xulosaga keladi: "Ularning mazmuni olimning falsafiy fanlarda bilimdon bo'lganligi va aql muammosi bilan bog'liq bo'lgan qolgan boshqa fanlarda ham ancha ilgarilab ketganligidan dalolat beradi".

Ko'rinib turibdiki, Sa'duddin Taftazoniy deyarli barcha fan sohalariga oid qimmatli asarlar yozib qoldirgan. Ularning har biri necha-necha ilmiy tadqiqotlarga asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, alloma asarlaridan XIV-XVI asrning ikkinchi yarmigacha Movarounnahr va uning atrofidagi madrasalarda o'quv qo'llanmasi sifatida foydalanilganligi ham buni yana bir marta isbotlaydi.

NATIJALAR

Taftazoniy Nasafiy qatori bilish jarayonining uchta "sababini", ya'ni manba, vositasini tahlil etadi. Ularning yangi tomonlarini ochib beradi va chuqurlashtiradi. Ushbu "sabablar quyidagilardir: 1. Sog'lom hislar; 2. To'g'ri xabar; 3. Aql. Bilish manbalarini ta'riflashda Taftazoniy alohida e'tiborni hissi-yotga qaratadi. Sog'lom hisslarni beshta sezgi tashkil etadi, u ham bo'lsa eshitish, ko'rish, hid bilish, ta'm bilish va badan sezgisi.

Birinchi manba orqali alohida va xususiy xislatga ega va jarayonlar idrok etiladi va xulosalar chiqarish uchun zamin tayorlanadi. Ikkinchi manba bilish sub'yekti bilinadigan ob'yektdan tashqarida bo'lib, uning to'g'risidagi bilimga xabar orqali erishadi, shuning uchun u to'g'ri va haqqoniy bo'lishi kerak. Nasafiyning aqlga bergan ta'rifotiga qo'shilib, Taftazoniy uni tasodifiy hollardan xoli bo'lib, idrok etilgan ma'lumotlarni umumlashtiradi. Shu asosda zaruriy bilim maqomiga erishadi, deb baholaydi. Aql boshqa bilim manbalari ko'magida hosil bo'lgan hukm va muqaddimalarni ma'lum tizimga soladi va xulosalar chiqaradi. Olim manbalarning o'zaro aloqadorlik va bog'lanishda alohida e'tibor qaratib, ayniqsa, aql va hissiyot bir-biriga "yordam berishlari" ma'lum hollarda o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Har

H

21

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

te

bir sezgi narsaning ma'lum tomonini his etishga moslangan bo'ladi. Nafaqat ularning majmuasi ushbu narsaning umumiy yaxlit holini idrok etishi mumkin va umuman bizni qurshab turgan tashqi va ichki voqelikni har tomonlama bilib olishga imkoniyat beradi. Taftazoniy hatto Alloh tomonidan in'om etilgan sezgilar majmuasining borligi zaruriy ravishda aql talablariga javob beradi, degan xulosaga bordi. Xulosa qilish mumkinki, bilimning haqqoniyligini bir necha omillar belgilaydi. Ulardan avvali va asosiysi hech qanday shubha ostiga solib bo'lmaydigan Alloh tomonidan yuborilgan vahiy bo'lsa, ikkinchidan esa, yuqorida ko'rsatilgan "bilimning sabablarini" to'g'ri qo'llash tashkil etadi.

To'g'ri xabar bilish jarayonida o'ta muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga xabar yolg'on, soxta bo'lishi mumkin, albatta, bunday xabar haqqoniy bilimga olib kelmaydi. To'g'ri xabarning ikki xili bor. Birinchisi, mutavotir (ishonchli), ya'ni to'g'ri ma'lumotga ega va tildan tilga bevosita yetkaziladigan xabar. Bu xabarning manbai, yuzaga chiqqan joyi va mavzusi, ya'ni u tarixiy, ilmiy, boshqa mamlakatlarga bog'liq ma'lumotlar va h.k. ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Taftazoniy aytishicha, shunday xabarlar, albatta, zaruriy ravishda bilim keltiradi. O'z navbatida bu bilim zaruriy muqaddimalar orqali tabiatan zaruriyga aylanishi mumkin. Albatta, bu xildagi xabarning manbai turli insonlardan bo'lishi mumkin. Shunday xabarga nisbatan ham o'ta manmanlik, kibr-havo va ularga o'xshagan salbiy xislatlar qarshilikni keltirib chiqarishi mumkin.

To'g'ri xabarning ikkinchi turi ayon mo'jiza bilan kuzatilgan "xabari rasul" deb ataladi. Olloh tomonidan yuborilgan payg'ambar Uning vahiyi orqali naql qilingan aqidalarni odamlarga yetkazishi kerak. Mo'jizadan esa, Nasafiy va Taftazoniylar yozi-shicha, sodir etilgan voqeaning odatdan tashqariligini (g'aroyibligini) va yuborilgan elchining xaqqoniyligini namoyan etish ko'zlangan. Shunda bu xabar ziddiyatlarsiz, aqlga muvofiq kelishilgan holda isbotlanishi mumkin yoki o'zicha ayon bo'ladi. Ushbu jarayonning ishtrokchilari esa xabarlarni soxtalashtirmaslikka, bir-biriga mos bo'lishiga va o'zaro muxolif bo'lmasligiga rioya qilishlari kerak. Nasafiyning fikrini davom ettirib, Taftazoniy bunday xabar istidloliy xabarni yuzaga chiqaribgina qolmasdan, uni tabiatan zaruriy xabarga aylantiradi, deb ta'kidlaydi.

MUHOKAMA

Borliq haqidagi qarashlar Taftazoniy falsafiy g'oyalarining muhim tarkibiy qismi, ularning tizimli komponenti sifatida namoyan bo'ladi, chunki u ob'yektiv voqelikni Alloh tomonidan ma'lum maqsad bilan yaratilgan mavjudot deb biladi. Ushbu ilohiy maqsadni anglashda va shu nuqtai nazardan islom ilohi-yotiga tegishli turli muammolarning yechimini izlashda Taftazoniy Umar Nasafiy qarashlarini umumlashtiradi, chuqurlashtiradi va rivojlantiradi. Avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, mutakallim Nasafiy ontologik ta'limotining mohiyatini tashkil qiladigan quyidagi g'oyalaridan kelib chiqadi: "Islomiy imon-e'tiqodiga ko'ra, narsa-ashyoning borlig'i real bo'lib, ilm Alloh tomonidan berilgan buyuk ne'mat - aql vositasi va ko'magida inson uni o'zida har tomonlama aks ettiradi. Lekin shu bilan birga dinning asosiy aqidasi bo'lgan Allohning borligi g'aybga imon keltirish ekanligini aslo unutmaslik kerak. Mutakallimning uqtirishicha, ko'z bilan ko'rmagan, quloq bilan eshitmagan hodisalarni asl haqiqat deya qabul qilish ashyoviy olamni, koinotni har tomonlama komil ishonch bilan e'trof etishga aslo mone'lik qilmaydi, chunki inson zoti keyin yaratilgan. U (olam) behudaga yaratilmagan. Yaratilishdan aniq maqsad nazarda tutilganligi aniq. Bu ayon olam vositasida har qanday aql-farosatli inson Haqning yagona yaratuvchi hamda aql va hikmat sohibi ekanligidan xabardor bo'lib boradi, solih imon-e'tiqodni shakllantiradi va unga doimo sodiq qolishni maqsad qilib qo'yadi".

"Aqoid" asarida o'zining ontologik qarashlarini bayon etishda Nasafiy islomiy imon-e'tiqodga asoslangan narsa-ashyolarning real borligini, ilm Alloh tomonidan berilgan buyuk ne'mat ekanligini, aql vositasi va ko'magida inson uni o'z bilimlarida har tomonlama aks ettirishini tan oladi. Shundan kelib chiqqan holda Taftazoniy borliqning, olamning realligi, haqiqiyligiga hech shubhalanmaydi. Nasafiyning "Narsalarning haqiqiy mohiyati real vujudga ega", degan xulosasi Taftazoniyning borliq haqidagi qarashlarining asosini tashkil etadi. Taftazoniy borliq va narsa tushunchalarining o'zaro munosabatini aniqlaydi va chuqurlashtiradi. Olimning fikricha, narsaning real mavjudligi va mohiyati uning ayniyatligini ta'minlaydi, shuning uchun "narsa" tushunchasi "mavjud", "subut" (real, haqiqiy vujudlik), "tahaqquq" (biron narsaning

real mavjudligini tasdiqlash), "vujud" "kavn" (vujudga kelish) tushunchalarPj bilan ma'nodosh degan muhim xulosaga keladi. Ularning mazmun-ma'nosi esa aql, intuitsiya orqali fahmlanadi.

Taftazoniyning borliq haqidagi qarashlari, yuqorida qayd qilingandek, falsafaning, xususan, Ibn Sino g'oyalarining XIII asrdan boshlab kalomdagi ba'zi bir oqimlariga ta'siri oshganligini yaqqol tasdiqlaydi. Xususan, mutakallim o'zining asarlarida ifoda etgan fikriga ko'ra, borliq ikki xil shaklda namoyan bo'ladi: birinchisi, vojib ul-vujud, ikkinchisi esa, mumkin ul-vujud. Birinchisi zaruriy va muqarrar bo'lib, uning borligi boshqa biron narsa bilan belgilanmaydi, U yaratadi, lekin yaratilgan emas. Ikkinchisi esa yaratilgan bo'lib, vujudga kelishi uchun o'zidan tashqari boshqa narsaga muhtoj. Bu olamdir. Uni Alloh tomonidan yaratilgan narsalar tashkil etadi va o'z navbatida, substansiyalar (javhar) va aksidensiyalar (araz)ga ega. Arazlarning majmuasi narsaning aniqligi va barqarorligini ta'minlaydi. Alohida ta'kidlash kerakki, Nasafiyning "Aqoid" asarida vojib ul vujud va mumkin al vujud tushunchalari tilga olinmagan bo'lib, bularni, nazarimizda, Taftazoniyning o'zining qarashlarini belgilaydigan va Nasafiy qarashlariga nisbatan kiritilgan yangilik deb hisoblash mumkin. Bu xulosa muhim ahamiyatga ega, chunki ko'pchilik mutakallimlar, xususan, ash'ariylar Forobiy va Ibn Sinoning vojib ul-vujud va mumkin al-vujud tushunchalariga keskin qarshi chiqqanligi ma'lum. Ularning nazarida ular sabab-oqibat munosabatlarining real mavjudligini tan olishga olib keladi.

Alohida ta'kidlash kerakki, Taftazoniy Ibn Sino ta'limotidagi "vojib al-vujud bi g'ayri hi" ("boshqa narsa tufayli zaruriy bo'lgan vujud") tu-shunchasini qabul qilmaydi, chunki u olamning yaratilganligini tan olish bilan birga, uning abadiyligini isbotlash uchun qo'llanilgan va ko'pchilik ilohiyotchilar tomonidan tanqid qilingan. Bu, albatta, Taftazoniy qarashlariga ham zid keladi.

XULOSA

Taftazoniyning ilmiy merosi Yaqin va O'rta Sharq xalqlari ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida munosib o'rin tutgan qadimgi yunon faylasuf va mantiqshunoslari maktabiga mansubdir. Ammo eramizdan oldingi ilmiy yutuqlar bilan chegaralanmasdan, sharq Uyg'onish davri yuksakliklaridan turib uni rivojlantirilganligi va yangi g'oyalar bilan boyitilganligi diqqatga sazovordir.

22

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

HpBZoniyBimUr davridagi Samarqand ilmiy muhitida o'sha zamon olimlari bilan birgaTikda samarali ijod etib, keyinchalik muhim ahamiyat kasb etgan Ulug'bek maktabining vujudga kelishiga zamin hozirlagan mutafakkirlardan biri bo'lib tarixda qoldi. U islom falsafasi bo'lgan kalomga mantiqiy xulosalarni tadbiq etib, uni kuchaytirdi va ilohiyotning ham jozibali fan sifatida rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Uning asarlarining ilmiy qimmati hozirda ham o'z kuchini yo'qotgani yo'q. Taftazoniyning ilmiy rosini o'rganish tafakkurimiz tarixining zarhal sahifalarini boyitish imkonini beradi. Inson aqli o'zining bilim orttirish vazifasini amalga oshi-rish jarayonida hukm va qiyosga

asoslanishi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularning asosiy xususiyati ma'lum bilimdan noma'lum bilimga o'tishni ta'minlash bilan bog'liq. Taftazoniyning asarlarida ushbu hol belgilaydigan mazkur mantiqiy shakllarining mazmuniy xislatlaridan tashqari, ularning tizimli xususiyalari, tarkiblarini tekshirish muhim o'rin egallaydi. Masalan, uning hukmlar nazariyasini tahlil qilishda musulmon mantiqshunoslarning qadimgi yunon olimlariga qaraganda shartli hukmlarga jiddiy e'tibor berish an'analarini davom ettirishi va o'ziga xos yangi fikrlarni qo'shishi katta ahamiyaga ega. Shunga o'xshash holatlarni boshqa qator muammolarni bayon qilishida ham

uchratish mumkin. Taftazoniy mantiqiy merosining ba'zi tadqiqotchilari ko'rsatgandek, ko'pchilik oldingi G'arb va Sharq mantiqshunoslaridan farqli o'laroq, qiyosning to'rtta shaklini ajrata olgan. Alohida ta'kidlash lozimki, u Ibn Sino va boshqa olimlar ketidan induksiyaning ahamiyatini ko'tarishga ham munosib hissa qo'shdi. Albatta, Taftazoniyning mantiq tizimini tahlil qilish jarayonida hamma ko'targan va yoritgan muammolarini ko'rib chiqish va baholash qiyin, lekin uning eng muhim yutuqlaridan birini tashkil qiladigan, ya'ni mantiqiy fikr voqelikka javob beradigan, mazmunan va shaklan to'g'ri bo'lishi shart, degan xulosasini tilga olmasdan iloji yo'q.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Sa'duddin Taftazoniy. Sharh al-Maqosid. Istanbul - 2006. - B.22.

2. Abdulhakim Shariy Jozhani. Marginani and his followers. - Toshkent. Tashkent Islom Universiteti, 2000. - B.4.

3. Sa'duddin Taftazoniy. Sharh al-aqoid an-nasafiya. Maktabat al-Furqon. Istanbul - 2005. - B.18.

4. Acikgench, Alparslan, "Islom bilimlari nazariyasi", Islomga kirish, Asosiy mavzularga yangi. Anqara - 2004. - B.27.

5. Sükrü Özen "Teftäzäni Maddesi". DGA, XL. Istanbul - 2000. - P.30.

6. Ismet Parmaksizoglu, "Teftäzäni Maddesi", Türk Ansiklopedisi. XXVIII. Ankara - 1980. - P.9.

7. Acikgench, Alparslan, "Islom bilimlari nazariyasi". Islomga kirish. Asosiy mavzularga yangi. Anqara - 2004. - B. 27.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Sa'duddin Taftazoniyning balog'at faniga oid "al-Mutavval" asari Kanstantinoplda Jurjoniy hoshiyasi bilan 1260/1844, 1265/1849 va 1289/1872 yillarda nashr qilingan.

23

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.