Научная статья на тему 'ABUL BARAKOT AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI'

ABUL BARAKOT AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
176
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nasaf / Abul Barakot Nasafiy / Muhammad Kardariy / tafsir / fiqh / kalom / Kanz ad-daqoiq / Tafsir an-Nasafiy. / Nasaf / Abul Barakot Nasafiy / Muhammad Kardariy / tafsir / fiqh / kalom / Kanz ad-daqoiq / Tafsir an-Nasafiy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muhammadamin Baxtiyor O‘G‘Li Karimov

Abul Barakot Nasafiy Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqih, muhaddis. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan paytda, Abul Barakot Nasafiy fidoiy olimlar bilan ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilgan.Uning 8 ta asari hozirgi kunda ma’lum bo’lib , bu asarlar ustida ilmiy tadqiqotlar to’xtovsiz davom etib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ABUL BARAKAT AN-NASAFI IN THE TEACHINGS OF MOTURIDIA

Abul Barakat Nasafi is a great commentator, mutakallim, faqih, muhaddith who grew up in Movarounnahr. At a time when the scientific, cultural and economic situation in Movarounnahr was in decline, Abul Barakat Nasafy worked with dedicated scholars to revitalize and revive science.

Текст научной работы на тему «ABUL BARAKOT AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

ABUL BARAKOT AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA'LIMOTIDAGI

O'RNI

Muhammadamin Baxtiyor o'g'li Karimov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo'nalishi 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Abul Barakot Nasafiy Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqih, muhaddis. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan paytda, Abul Barakot Nasafiy fidoiy olimlar bilan ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilgan.Uning 8 ta asari hozirgi kunda ma'lum bo'lib , bu asarlar ustida ilmiy tadqiqotlar to'xtovsiz davom etib kelmoqda.

Kalit so'zlar: Nasaf, Abul Barakot Nasafiy, Muhammad Kardariy, tafsir, fiqh, kalom, Kanz ad-daqoiq, Tafsir an-Nasafiy.

THE ROLE OF ABUL BARAKAT AN-NASAFI IN THE TEACHINGS OF

MOTURIDIA

Muhammadamin Bakhtiyor ugli Karimov

vc\

3 year student of Islamic Studies at the International Islamic Academy of Uzbekistan

ABSTRACT

Abul Barakat Nasafi is a great commentator, mutakallim, faqih, muhaddith who grew up in Movarounnahr. At a time when the scientific, cultural and economic situation in Movarounnahr was in decline, Abul Barakat Nasafy worked with dedicated scholars to revitalize and revive science.

Keywords: Nasaf, Abul Barakot Nasafiy, Muhammad Kardariy, tafsir, fiqh, kalom, Kanz ad-daqoiq, Tafsir an-Nasafiy.

Nasafdan yetishib chiqqan ulug'olimlardan biri Abul Barakot Nasafiy o'zining tafsir, fiqh, aqida sohalariga oid asarlari bilan mashhur bo'lgan.U tug'ilib, yashagan payt mo'gullar hukronligi davri bo'lganligi uchun Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan edi.Shunday bo'lishiga qaramasdan, Abul Barakot Nasafiy kabi fidoiy olimlar ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilganlar1. Mutafakkirning to'liq ismi Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Abul Barakot Hofiz ad-din Nasafiy bo'lib , Muhammad Shafiq Girbolning "Al-Mavsua al-arabiya al-muyassara" asarida uning tavalludi milodiy 1232 yil deb ko'rsatilgan.

1 UvatovU. Yurtimiz allomalari. - Toshkent: Nihol ,2014 -B.98.

2 Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. - Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 -B.10.

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Page 353

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

Abul Barakot Nasafiyning yetuk olim bo'lib yetishishida ustozlarining mehnati katta bo'lgan. Ana shunday ustozlaridan biri taniqli olim Abul Vajd Shams al-aimma Muhammad Kardariydir. U bo'lajak olimga tafsir, fiqh va kalom kabi shariat ilmlarini puxta o'rgatadi. Kardariy ham o'z vaqtida "Hidoya" sohibi Burhoniddin Marg'inoniy va "Fatovo Qozixon" asarining muallifi Faxriddin Qozixon kabi ustozlardan ta'lim olgan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki fiqh ilmini yoygan zot Abu Zayd Dabusiy bo'lsa, undan keyin bu ilmni qayta jonlantirgan zot Shams al-aimma Kardariy deb e'tirof etiladi. Shu sabab bo'lsa kerak, Movarounnahr diyorida yuzlab fiqh olimlari yetishib chiqadi. Bundan tashqari, Nasafiyning Hamid ad-din az-Zarir Ali ibn Muhammad ibn Ali Romishiy va Badriddin Javohirzoda Muhammad ibn Mahmud ibn Abdulkarim singari ustozlari ham bo'lgan. Shunday mashhur ustozlar ilmidan bahramand bo'lgan Abul Barakot "Hafiz ud-din", ya'ni "dinni himoya qiluvchi" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. Bu nomga allomalardan ikki kishigina sazovor bo'lgan bo'lib, bulardan ikkinchisi Hofiz ad-din Abul Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr Kabir Buxoriydir. Bu ikki olim ham yetuk ustoz Kardariydan ta'lim olganlar. Nasafiyning shariat ilmlari - tafsir, fiqh va kalom sohasida yaratgan qator asarlari hozirga qadar olim va talabalar orasida mo'tabar manbalar sifatida qadrlanib o'qilmoqda, tadqiqotchilar tomonidan o'rganib kelinmokda. Jumladan, uning islom huquqi sohasidagi "Kanz ad-daqoiq" ("Nozik masalalar xazinasi"), "Al-Vofi" ("To'liq") va uning sharhi "Al-Kofi" ("Kifoya qiluvchi") kabi asarlarini sanab o'tish mumkin. Ulamolar "Kanz ad-daqoiq" asarini islom huquqi bo'yicha "Hidoya"dan keyingi o'ringa qo'yadilar.

"Kanz al-daqoiq" kitobida fiqhiy masalalar keng yoritilgan bo'lib, unda Abu Hanifa, Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Zufar va Imom Shofi'iy kabi mujtahid olimlarning fikrlari, rivoyatlari keltirilgan, ibodat (namoz, ro'za, zakot, haj), muomalot, jazolar va shu kabi masalalar bayon etilgan. Musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofiiylik mazhablarining o'ziga xos qiyosiy jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod Irdi Kermoniy tomonidan fors tiliga tarjima

"5

qilingan . Urdu tilidagi tarjimasi esa Ahdulloh ibn Shayx Abdurahim tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, asar bir necha bor qo'lda qayta ko'chirilgan va nashr etilgan.

"Kanz ad-daqoiq" mo'tabar kitoblardan bo'lgani bois unga o'ndan ziyod sharhlar yozilgan. Jumladan, Imom Faxruddin Usmon ibn Ali Zaylaiyning "Tabyin al-faqoiq limo fihi ma intaza'a min ad-daqoiq" ("Ad-Daqoiqdan olingan masalalar haqiqatini yoritish"), Zayn al-Obidin ibn Najm al-Misriyning "al-Bar ar-roiq fi sharh Kanz ad-daqoiq" ("Kanz ad-daqoiqning sharhi tiniq dengiz") sharhlari ancha mashhurdir [1-4]. Abul Barakotning islom huquqshunosligiga oid yana bir mo'tabar asari "Al-Vofi" ("To'liq")dir. Bu asar shunchalik qadrlanadiki, hatto ba'zi olimlar uni Burhoniddin

3 Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. -B.352.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 354

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

Marg'inoniyning "Hidoya"si qatorida ko'radilar. Mazkur fikrni Kotib Chalabiyning "Kashf az-zunun" ("Gumonlarni yechish") asarida ham o'qish mumkin. Unda aytilishicha, Abul Barakot "Hidoya"ga sharh yozmoqchi bo'ladi, lekin o'sha zamonning buyuk olimlaridan Toj ash-shari'a uni bu fikridan qaytaradi. So'ngra, Abul Barakot fiqhga oid "Al-Vofi" va uning sharhi "Al-Kofi" asarlarini yozadi. Bu bilan u go'yo "Hidoya" kitobini tasnif etib, unga sharh bitganday bo'ladi. Mazkur asar boshqa mashhur kitoblar qatori katta obro'ga ega bo'ladi [5-9].

Olimning "Al-Manor" ("Mash'al") nomli asari usul al-fiqh (islom huquqshunosligi asoslari) va uning qonun-qoidalari haqida bitilgan bo'lib, unda Qur'on va hadis asosida hukm olish, ijmo va qiyosni qo'llash uslublari kabi masalalar bayon etilgan. U olimlar tomonidan usul al-fiqh sohasidagi qisqa, lekin juda foydali asarlardan, deb tan olingan4. Abul Barakot Nasafiyning sanalganlardan tashqari quyidagi asarlari ham mavjud: "Al-Musaffo fi sharh al-manzuma an-Nasafiya" ("An-Nasafiy nazmining sharhi aniqlangan") - ilmi kalomga oid;

"Al-Mustasfo fi sharh al-fiqh an-nofi" ("Foydali fiqh sharhi tanlangan") - islom huquqshunosligiga oid;

"Umdat al-aqoid" ("Aqidalar asosi") - kalom ilmiga oid.

Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmi bo'yicha ahli ilm orasida "Tafsir an-Nasafiy" nomi bilan mashhur bo'lgan va hanafiy mazhabiga muvofiq bitilgan "Madorik at-tanzil va haqoiq at-ta'vil" ("Qur'on ma'nolari va ta'vil haqiqatlari") kitobi boshqa asarlar orasida eng qimmatlilaridan biri desak, hech ham mubolag'a bo'lmaydi. Chunki boshqa tafsir kitoblari orasida katta shuhrat qozongan "Tafsir an-Nasafiy" tafsiri dunyo bo'yicha eng keng tarqalgan hanafiy mazhabiga binoan yozilgan, undagi oyatlar aynan moturidiya ta'limotiga binoan bayon etilib, o'sha davrning ilm markazlari Buxoro va Samarqandning olimlari fikrlari bilan boyitilgandir. Bu asarni yozishda Nasafiy Zamaxshariyning "Al-Kashshof an haqoiqi-t tanziyl", Bayzoviyning "Anvorut-tanziyl va asrorut-ta'viyl" va boshqa tafsirlardan foydalangan5.

Alloma Laknaviy Abul Barakot Nasafiy 1310- yilda Bag'dodga kelgani, mudarrislik qilgani va shu yerda vafot qilganlini aytib o'tganlar6. 1310-yili rabial-avval oyining juma kuni kechasi Bag'dodda vafot etgan hamda Isfahon yaqinidagi Izaj (Xuziston va Isfahon oralig'ida) shahrida dafn qilingan.

Nasafiy asarlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalari markazida

n

saqlanadi .

4 100 Markaziy Osiyo mutafakkirlari -Toshkent: Yangi Nashr,2011. Abul Barakot Hafizuddin Abdulloh ibn Ahmad Nasafiy (qadriyat.uz)

5 Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. - Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 -B.29.

6 Abul Barakot an-Nasafiy. Kanzud-daqoiq. - Madinatul Munavvara : Dorus-Siroj, 2001 -B.13.

7 Islom ensiklopediyasi -Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2017. -B.352.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

[1] Jurayev, A. N. (2020). CONVERTING ISLAM BY POPULATON OF CENTRAL ASIA: ANALYSES AND OUTCOMES. Theoretical & Applied Science, (6), 771-775.

[2] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A young scientist. Kazan, 45, 283.

[3] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарки. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[4] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[5] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[6] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[7] Marg'uba, R. (2021). The theory of knowledge of abu mansur al-moturidi. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 2(2), 32-35.

[8] Эвадуллаев, Т. (2015). Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие. Евразийский научный журнал, (9).

[9] Gafforov, K. B. O. (2020). diniy bag'rikenglikni ta'minlash-harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Academic research in educational sciences, (1).

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Page 356

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.