Научная статья на тему 'ABUL MU’IN AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI'

ABUL MU’IN AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
315
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Abul Muin Nasafiy / Nasaf / Buxoro / Kalom / Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom / Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom / at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom / Bag‘dod / Abul Muin Nasafiy / Nasaf / Buxoro / Kalom / Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom / Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom / at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom / Bag‘dod

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhammadamin Baxtiyor O‘g‘li Karimov

Abul Muin Nasafiy Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Abul Muin Nasafiy dastlabki ta’limni Nasafda olib so‘ngra Samarqand Buxoroda ta’limni davom ettirgan. Abul Muin Nasafiy o‘n beshga yaqin asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ABUL MU'IN AN-NASAFI IN THE DOCTRINE OF MOTURIDIA

Abul Muin Nasafi is one of the most important scholars of the Moturidi school of thought after Imam Moturidi. Abul Muin Nasafy received his primary education in Nasaf and then continued his education in Samarkand Bukhara. Abul Mu'in al-Nasafi has written about fifteen works, most of which are devoted to various aspects of theology.

Текст научной работы на тему «ABUL MU’IN AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDAGI O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

ABUL MU'IN AN-NASAFIYNING MOTURIDIYA TA'LIMOTIDAGI O'RNI

Muhammadamin Baxtiyor o'g'li Karimov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo'nalishi 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Abul Muin Nasafiy Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Abul Muin Nasafiy dastlabki ta'limni Nasafda olib so'ngra Samarqand Buxoroda ta'limni davom ettirgan. Abul Muin Nasafiy o'n beshga yaqin asar yaratgan bo'lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Abul Muin Nasafiy, Nasaf, Buxoro, Kalom, Bahr al-kalom fi i'lm al-kalom, Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom, at-Tamhid li-qavoi'd at-tavhid fi i'lm al-kalom, Bag'dod

THE ROLE OF ABUL MU'IN AN-NASAFI IN THE DOCTRINE OF

MOTURIDIA

Muhammadamin Bakhtiyor ugli Karimov

vc\

3 year student of Islamic Studies at the International Islamic Academy of Uzbekistan

ABSTRACT

Abul Muin Nasafi is one of the most important scholars of the Moturidi school of thought after Imam Moturidi. Abul Muin Nasafy received his primary education in Nasaf and then continued his education in Samarkand Bukhara. Abul Mu'in al-Nasafi has written about fifteen works, most of which are devoted to various aspects of theology.

Keywords: Abul Muin Nasafiy, Nasaf, Buxoro, Kalom, Bahr al-kalom fi i'lm al-kalom, Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom, at-Tamhid li-qavoi'd at-tavhid fi i'lm al-kalom, Bag'dod

Abul Muin Nasafiy (418-508/1027-1115) Markaziy Osiyodagi Sunniylik yo'nalishi Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Olimning to'liq ismi - Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ma'bad ibn Makhul Abul Muiyn an-Nasafiy al-Hanafiy1. Abul Muin Nasafiy dastlabki ta'limni ona shahri Nasafda olib, so'ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko'chib o'tgan va siyosiy vaziyatlar ta'siri ostida keyinchalik bir qancha muddat Buxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning

1 Abul Muin an-Nasafiy. At-Tamhid li-qavoid at-tavhid. - Qohira: al-Maktabat al-Azhariya li-t-turos, 2006. -

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

B. 11.

Page 357

Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya ta'limotining keng rivojlanishiga zamin yaratib bergan [1-5].

IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O'rta Sharq, Markaziy Osiyo o'lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag'ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug'ullanuvchi yirik mutakallimlar vujudga keldi.

Kalom ilmining bir qancha maktablari bo'lib, ulardan biri al-ash'ariya bo'lsa, ikkinchisi al-moturidiya - eng keng tarqalganlari hisoblanadi. Al-ash'ariya maktabining asoschisi bag'dodlik olim Abu-l-Hasan al-Ash'ariy (873-935), moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur Moturidiy (870-944) ta'limotidan saboq olgan Nasafiy asosan moturidiya maktabiga mansub G'azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O'z navbatida al-Iyjiy (vaf. 1355-yil), Sa'duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko'plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta'limotiga tayangan holda faoliyat ko'rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko'tarilganlar2.

Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o'n beshga yaqin asar yaratgan bo'lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag'ishlangan. Ular quyidagilardir: "Bahr al-kalom fi i'lm al-kalom" ("Kalom ilmida so'zlar dengizi"), "Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom" ("Kalom ilmida dalillar keltirish"), "at-Tamhid li-qavoi'd at-tavhid fi i'lm al-kalom" ("Kalom ilmidagi dastlabki qoidalar"), "Mu'taqidot" ("Aqidalar" -Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abul Muin an-Nasafiyning bu asaridan bir qo'lyozma saqlanadi, inv. № 40008/2, Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat).

Allomaning "Bahr al-kalom" asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo'lim) to'rt banddan iborat bo'lib, ulardan birinchisi "al-Imomat" ("Imomlik") deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg'ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega [6-10]. Birinchisi, "Iqtadu billaziyna min ba'diy Aba Bakr va Umar" (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o'z asarlarida rivoyat qilganlar). Ya'ni, "Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar", degan bo'lishiga qaramay xalifalik ustida

"5

ikki kun bahs bo'lgan .

Ikkinchi hadisdagi "Mendan keyin xalifalik o'ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo'ladi", degan fikrlari naqadar to'g'riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya'ni o'ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo'yicha moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-Shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy ta'limotning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-

2 O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 267.

3 Soliyev K. Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy - ilm dengizidir // ukkosha.shosh.uz.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 358

tuman oqimlar va ta'limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir [10].

Abul Mu'iyn Nasafiy o'z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur Moturidiyning "at-Tavhid", Imom Abul Hasan al-Ash'ariyning "al-Luma'", "Maqolot al-islomiyyin", Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning "al-Irshod" asarlaridan foydalangan [11].

"Bahr al-kalom" asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo'yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir qancha qo'lyozma va bosma nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo'lyozma nusxalari Dubaydagi "Jum'a al-Mojid" nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko'chirilgan), Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo'lyozmalar bo'limida, Bag'doddagi "Maktabat al-Avqof"da, Qohiradagi mashhur "Dor ul-kutub"ning qo'lyozmalar bo'limida saqlanadi [12]. Ushbu qo'lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko'chirilgan nusxasi Iskandariyaning (Misr) "Maktabat al-baladiya al-omma" nomli kutubxonasida ham bor. Asar muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan. Jumladan, 1886-yili Bag'dodda, 1908-yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo'lib, faqat asar matnidan iborat. "Bahr al-kalom"ga ayrim sharhlar ham bitilgan [13]. Jumladan, Olim Badruddin Hasan ibn Abu Bakr Ahmad al-Maqdisi (Vaf. 1415-y.) asarga bag'ishlagan sharhini "G'oyat al-marom fi sharhi Bahr al-kalom" deb atagan. Bu sharhning bir qo'lyozma nusxasi qohiradagi "Dor ul-kutub"da, boshqasi Misrdagi "al-Maktabat al-Hadya-vaya"da saqlanadi. Taniqli arab olimi Hoji Xalifa ham o'zining mashhur "Kashf uz-zunun" asarida "Bahr al-kalom"ga yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xalos4.

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy ilmiy merosini tadqiq qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi.Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy asarlarining nodir qo'lyozma nusxalari O'zbekiston fondlarida saqlanayotgani aniqlandi va ilmiy muomalaga kiritildi.2005 yil Toshkent islom universitetida tadqiqotchi Saidmuxtor Oqilov tomonidan professor Ubaydulla Uvatov rahbarligida "Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy va uning moturidiya ta'limoti rivojiga qo'shgan hissasi("Tabsiratu-l-adilla"asari asosida)" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi [14-16].

Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy ilmiy merosiga bag'ishlangan bir qancha ilmiy maqolalar hamda risola va monagrafiyalar nashr etildi . Professor Ubaydulla Uvatovning "Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosi" nomli risolasi hamda tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilovning "Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya ta'limoti" nomli monagrafiyalari e'lon qilindi5.

4 O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 268.

5 O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 268-269.

Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy uzoq umr ko'rib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog'ida joylashgan6.

REFERENCES

[1] Abul Muin an-Nasafiy. At-Tamhid li-qavoid at-tavhid. - Qohira: al-Maktabat al-Azhariya li-t-turos, 2006. - B. 11.

[2] O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 267.

[3] Soliyev K. Abu al-Mu'iyn an-Nasafiy - ilm dengizidir // ukkosha.shosh.uz.

[4] O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 268

[5] O'rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. - Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. - B. 268-269.

[6] Uvatov U. Abul Muiyn an-Nasafiy hayoti va merosi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003. - B. 11.

[7] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A young scientist. Kazan, 45, 283.

[8] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарци. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[9] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[10] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[11] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[12] Marg'uba, R. (2021). The theory of knowledge of abu mansur al-moturidi. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 2(2), 32-35.

[13] Эвадуллаев, Т. (2015). Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие. Евразийский научный журнал, (9).

[14] Хатамова, Д. А. К ПРОБЛЕМЕ АДЕКВАТНОСТИ ПЕРЕВОДА ЛИТЕРАТУРОВЕДЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ. In Стратеги мiжкультурноi комуткаци в мовтй освт сучасного ВНЗ [Електронний ресурс]: зб. матерiалiв Мiжнар. наук.-практ. конф., м. Ктв (5 березня 2016 р.).—К.: КНЕУ, 2016.—233 с. ISBN 978-966-956-090-1 (p. 213).

[15] O'G'Li, R. I. I., & Xolmo'Minov, J. M. (2021). TASAVVUF VA SO 'FIY TUSHUNCHALARINING QIYOSIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3).

[16] Oqilov, S. (2017). Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya ta'limoti/Monografiya.

6 Uvatov U. Abul Muiyn an-Nasafiy hayoti va merosi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003. - B. 11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.