ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-264-269
SHAMSIDDIN SAMARQANDIYNING "BAHS-MUNOZARA ODOBI" RISOLASI VA UNGA YOZILGAN SHARHLAR
Guzal Qahramon qizi Salimova
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti sevda 1222@list.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bahs munozara olib borish odobi Ashraf Xusayn Shamsiddin Samarqandiyning "Bahs munozara odobi" risolasi va bu risolaga usmonli olimlardan Ahmad Shavqiy va Ahmad Javdatning sharhi asosida tadqiq qilingan. Bahs - munozara odobi Shamsiddin Samarqandiy tomonidan tizimlashtirilgan bo'lib,uning risolasi usmonlilarning mashxur ulamolari doirasida katta obro' qozonib, keng istemolga kiritilgan.
Kalit so'zlar. Bahs-munozara, tortishuv, ilmiy munozara, Ahmad Shavqi, Ahmad Javdat, mantiq qonuniyatlari.
ABSTRACT
This article explores debate etiquette based on Ashraf Hussein Shamsiddin Samarkandi's brochure "Debate Etiquette" and commentary on it by Ottoman scholars Ahmad Shauki and Ahmad Javdat. Shamsiddin Samarkandi systematized the discussion in a treatise, which was widely recognized by Ottoman scholars.
Keywords: Discussion, dispute, scientific discussion, Ahmad Shawki, Ahmad Javdat, laws of logic.
KIRISH
Ma'lumki, qadimgi Sharq mamlakatlarining tarixiy rivojlanishining bir qator ildizlari mavjud bo'lib, ulardan biri Sharqda bahs-munozara yuritish odoblaridir. Darhaqiqat, munozara bu muloqotning muhim shakllaridan biri bo'lib, nizoli muammolarni hal etish uslubi va idrok etishning o'ziga xos usulidir. Bahs-munozara qilish va uning nazariy asoslari hozirgi kunda o'rganilishi kerak bo'lgan va ko'nikma-malaka hosil qilishning muhim ildizlaridan biri hisoblanadi. Bahs-munozara va uning nazariyalaring paydo bo'lishi nafaqat g'arb falsafasida, balki Movaraunahrlik, xususan, Samarqandlik allomalarning asarlarida ham o'z o'rnini topgan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-264-269
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Biz Ashraf Husayniy Samarqandiyni u qoldirgan ijodiy me'rosi orqali matematik, astronom va ilohiyotshunos sifatida bilib olishimiz mumkin. Uning to 'liq ismi Shamsiddin Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy, otasining ismi Ashrafdir. Uning hayoti haqida yetarli ma'lumotlar to'planmagan. Samarqandiy XIII asrda turk-islom sivilizatsiyasida o'sgan olimlar va ziyolilardan biridir. U kalom (aql orqali e'tiqod asoslarini tushuntirish), mantiq, falsafa, matematika va astronomiya sohalarida asarlar yozgan va keyinchalik uning asarlari Islom olamidagi madrasalarda darslik sifatida o'qitilgan.
Shamsiddin Samarqandiy asosiy fanlarni o'rganib, ilohiyot, mantiq va handasa, riyoziyot bilan shug'ullanadi. Uning bu sohadagi asarlari ham o'zlaridan oldingi yunon-ellinistik va islomiy bilimlarni qamrab olgan, hamda uning mazmuni va nutqi jihatidan batafsil yoritilgan dastlabki qissalarini o'z ichiga olgan. Uning asarlaridagi eng muhim xususiyatlardan biri bu uning geometrik shakllarga asoslangan olam haqidagi tasavvuridir. Shu nuqtai nazardan, uni islom olamida "handasaga oid kalom" deb atash mumkin bo'lgan tushunchaning asoschisi sifatida ko'rish mumkin. [1]
Shamsiddin Samarqandiy o'zining "Ashkol at-Tasis" nomli nazariy handasaga oid asarida o'ttiz beshta raqamni Yevklid "Negizlar" asridan farqli ravishda joylashtirgan bo'lib, u islom olamiga "Usul al-Handasa" deb tarjima qilingan. Dastlabki o'ttiz shakl geometrik, oxirgi beshta esa geometrik algebra bilan bog'liq. Yevklidni beshinchi (noaniq taklif) muammosida himoya qilgan olim, islom sivilizatsiyasini tanqidlarini ham bu masala bo'yicha bekor deb biladi. Asarning eng muhim xususiyati, uning nomidan anglashilgandek, mavjud dunyoni ifodalaydi deb o'ylanadigan asosiy geometrik shakllarni o'rganishdir. Shu nuqtai nazardan, asar mavjudlikning geometrik konsepsiyasiga, ya'ni islom dunyosidagi Aflotun falsafasiga o'z shaklidagi kirish sifatida tayyorlandi. [2] Muso Qozizoda tomonidan 1412 yilda Ulug'bek sharafiga yozilgan "Tuhfat ar-Risalati fî Sharh Ashkol at-Tasis" sharhi va shu sharhda keltirilgan o'nlab misollarko'p yillar davomida islom olamida, madrasalarda geometriya kitobi sifatida o'qitilgan. Islom sivilizatsiyasida rivojlangan turli geometriyaga oid tushunchalarining o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lgan ushbu asar o'zining sharhi bilan birga asrlar davomida islom ulamolarining asosiy geometrik shakllanishini belgilab berdi. "Ashkol at-Tasis" da belgilangan va keltirilgan"as-Sahoyif al-Ilahiyya" so'zini qo'llagan Shamsiddin Samarqandiy ushbu asarni shaxsan izohlagan va unga "al-Maorif fi Sharh al-Sahoyif" deb nom bergan. Ushbu ikki asar islom olami madrasalarida o'qitilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE S j 2G21
ISSN: 21S1-13S5
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.S9
DOI: 1G.24412/21S1-13S5-2G21-S-264-269
Shamsiddin Samarqandiy o'z davrining Arastu falsafasining namoyondalaridan bo'lgan va mantiq ilmini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shgan. Uning "Qistas al-Afkor fi Tahqiqal-Asror" nomli asaгi Faгobiy va ibn Sino tomonidan qurilgan, G'azzoliy va Fahruddin Roziy tomonidan boyitilgan mantiq ilmi yo'nalishiga asoslangan. Ilg'or darslik sifatida qaraladigan ushbu asar muallifning o'z fikrlarini ham o'z ichiga oladi. Mantiq sohasida "Ayn al-Nazar fi al-Mantiq" nomli asar ham unga tegishli. U asar ular jadal ilmi (ilmiy munozara) va adab ilmi (ilmiy hadislarni keltirib chiqarish) sohalaгida bo'lsada, 1287 yilda Mardinda bo'lganida Buгhoniddin an-Nasafiy o'zining "Sharh al-Fusus al-Buгhoniyya fi ilm"asarida yozgan. Shuningdek, u o'zining "al-Jadal" va "al-Munyat", "al-Amal fi ilm al-Jadal", "Risala fi Adab al-Bahs" va "al-Munazara" nomli asarlariga mantiq bilan bog'liq mavzularni kiritgan. Ayniqsa, "Kitob Adab al-Bahs" nomi bilan mashhuг bo'lgan so'nggi asar o'z sohasidagi eng yaxshi asar deb hisoblanadi. Besh asrdan ko'proq vaqt davomida madrasalarda o'qitilib kelingan va o'nlab shaгhlaг va hoshiyalar yozilgan holda hanuzgacha o'qitilib kelinmoqda. [3]
Shamsiddin Samarqandiyning "Munozaгa qilish odobi haqida risola" asaгi arab tilida yozilgan bo'lib, nasxda ko'chirilgan, u 16 betdan iboгatdir.[4] Asar 690/1291-yilda yozilgan va bu asarga muallifi aniq bo'lmagan shaxs tomonidan yozilgan share ham bo'lib, asar 36 ta vaгoq, 72 betdan iborat. Asar 1757-yilda Jonibek tomonidan nastaliqda ko'chirilgan. Bu asaTda to xildagi bahs-munozara (disput)larning olib borilishi va uning qoidalari keltiгib o'tilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Olimlar va adiblar jamoasi Shamsiddin Samarqandiyning falakiyot, riyoziyot va mantiq sohasidagi mahoratiga va iste'dodiga ittifoq qiladilar. Ushbu e'tirof etadigan olimlaгdan biгi usmonli Ahmad Shavqi bo'lib, bu olim Shamsiddin Samarqandiyning bahs-munozara tizimini yaratganini alohida e'tirof etadi.
Islom ulamolari ilgari surgan bahs-munozara uslubi, vazifasi va maqsadiga ko'ra jadal(tortishuv)dan butunlay farq qiladi. Muhokamaning bu usulini Muhammad Shamsiddin Samarqandiy o'zining "Bahs-munozara odobi" asarida tizimlashtirgan. [5] Samarqandiyning bu risolasidan keyin bahs - munozara odobiga oid asar deyarli yozilmadi, yozilganda ham u "Bahs-munozara odobi"ning soyasida qolib ketdi. Ahmad Shavqiyning tahlil qilishicha, Samarqandiy kiritgan bahs-munozara usulining tortishuv(jadal)dan, farqi uning mantiq qoidalariga asoslanganligidir. Bu usulda bahslashayotgan har ikki tomon biri biridan ustun bo'lishni emas, balki, haqiqatni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-264-269
isbotlashga harakat qiladilar.[6] Shamsiddin Samarqandiydan so'ng Usmonlilar davrida bu sohaga oid bir necha asarlar yaratildi. [7]
Ahmad Shavqiyning Shamsiddin Samarqandiyning "Bahs-munozara odobi" risolasiga yozgan sharhini 2 jihatdan ko'rib chiqish mumkin: birinchisi, tasnifi va ikkinchisi, mazmuni jihatidan. Risola bir muqaddima va uch asosiy bo'limdan tashkil topgan.Muqaddimada basmala(hamdele ve salvele)dan so'ng, munozara, mu'allil va sail tushunchalariga ta'rif berilgan.
Birinchi bo'limda qoidalar, ikkinchi bo'limda tariflar va uchinchisida esa bahs-munozara ishtirokchilarining munosabatlari didaktik me'yorlar asosida nozikona tushuntirib berilgan. Bu tasnifda biz e'tibor berishimiz kerak bo'lgan ikki muhim nuqta bor. 1) Bunday tasnif orqali muallif o'quvchi ongida aniq yo'l xaritasini tuzib bergan va bu orqali risolani butunlay tushunishiga yordam bergan. 2) Shu bilan birga, o'quvchini o'ylantirib qo'yadigan jumboq tarzida o'z fikrlarini tortiq qilgan. Chunki, Shamsiddin Samarqandiy har qanday insonlar guruhi istalgan muammolar to'g'risida munozara qilishni qoralaydi. Chunki, munozara qilishning ham o'z tartib-qoidalari borligini aytib, odob-axloq me'yorlariga amal qilish zarurligi asosida butun boshli nazariya yaratadi.
Ibn Xaldun universiteti, sivilizatsiyalar ittifoqi instituti, sivilizatsiyalararo tadqiqotlar bo'limi professori Leonard Faytrening ta'kidlashicha, "bahs va munozara odobi" atamasini sinonimi tarzda qo'llanadigan munozara atamasi zamonaviy turk ilmiy adabiyotlarida "tortishish odobi" termini sifatida ham qo'llaniladi. Shamsiddin Samarqandiy (XIII/XIV asr) o'zining "Bahs munozara odobi" risolasida kalom va tasavvuf ilmidagi tortishuvlarga qarshi tanqidan bahs-munozara qilishning odobi degan tortishuvning yangi metodini yaratdi. Leonard Faytre dissertatsiyasida, munozara va tasavvuf o'rtasidagi mavjud munosabatlarni muhokama qiladi. Shuningdek, bu dissertatsiyada, bahs-munozara va g'arb olimlari ilgari surayotgan tortishma metodlari nazariyalarini dalillar keltirib taqqoslanadi. Uning taqqoslashi bo'yicha, bu nazariyalar o'rtasidagi eng katta farq (hak/ahlak )biror bir masalada haq va axloq tomondan yondashuvdir va bu juda muhim ahamiyat kasb etadi deydi u. [8]
Leonard Faytre bu tadqiqotida Shamsiddin Samarqandiyning "Bahs-munozara odobi" risolasida keltirilgan nazariyani Ahmad Javdat (1822-1895y.y) "Saodat odobi" asarida tushuncha va g'oyalarning asosi deb ta'kidlaydi. U "Saodat odobi" [9] asaridagi axloqiy yondashuvni G'arb nazariyasining ikkita zamonaviy maktabi yangi dialektika va yangi ritorika maktablari bilan solishtiradi.[10]
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-264-269
XULOSA VA TAKLIFLAR
Hech qanday shak-shubha yo'qki, Shamsiddin Samarqandiyning fikr-mulohazalari, ularning ma'nosi va ko'zlangan maqsadlari borasida tenggi yo'q bo'lgan olimdir. U o'z nazariyalarida odob va axloqqa e'tibor berib, har bir so'zlashuvimizda, barcha narsaga munosabatlarimizda Sharqona didaktika, axloq me'yorlariga amal qilishimizni hoxlaydi. Biz fanga olib kirgan bahs-munozara nazariyalarini o'rgansak va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda qo'llasak, biz bundan ko'pgina foyda olishimiz mumkin. "Bahs-munozara odobi" kengqamrovli asar bo'lib, hozirgi kunda juda ham kam uchraydigan, materiallarga tanqidiy ko'z bilan qaraydigan matni va tarjimasi bilan ilm fanga hissa qo'shish bizning asl maqsadimizdir.
REFERENCES
1. Матвиевская Г. П., Розенфельд Б. А. Математики и астрономы мусульманского средневековья и их труды (VIII—XVII вв.). В 3 т. М.: Наука, 1983. - B. 38.
2. Розенфельд Б. А., Юшкевич А. П. Доказательства пятого постулата Евклида у Сабита ибн Корры и Шамс ад-Дина ас-Самарканди. Историко-математические исследования, 14, 1961. - B. 587—592.
3. Матвиевская Г. П. Учение о числе на средневековом Ближнем и Среднем Востоке. Ташкент: Фан, 1967. - B. 152.
4. Собрание Восточных Рукописей Академии Наук Республики Узбекистан. Издательство «Фан» АН РУз (бундан кейин - СВР), 2017 г. Инв №8580/XI. - B. 348.
5. §emsüddi Muhammes b. Eçref es-Semerkandi, Eisale fi Adabi'l-Bahs, Süleymaniye Kutüphanesi Haci Mahmud Efendi Koleksiyonu:6168,vr.:1b; §emsüddin Muhammed b. Eçref es-Semerkandi, Kistasu'l-Efkar fi Tahkkiki'l Esrar, Tahkik ve Tercüme: Necmettin Pehlivan, Türkiye yazma eserler kurumu Baçkanligi: Istanbul 2014. - B. 500.
6. Hüseyin Abdullah b. Muhammed b. §aban, Haçiye 'ala §erhi adabi'l-bahs, Ankara Üniversitesi îlahiyat Fakültesi Kutuphanesi: 37338, vr.: - B. 228.
7. Mehmet Kadri Karabela, The development od dialectic and argummentation rheory in post-classica islamic intellectual history, Institute of Islamic studies MeGill University, Montreal August 2010. - B. 139-140.
8. Faytre, Léonard. "Münazara" and the internal dimension of argumentation ethics: a translation and commentary on Ahmed Cevdet's "Adab-i sedad" in the light of sufism
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-264-269
and western argumentation theories. ibn haldun university the alliance of civilizations institute department of civilization studies. june 2018
9. Chambers, Richard L. "The Education of a Nineteenth-Century Ottoman Alim, Ahmed Cevdet Pasa." International Journal of Middle East Studies. 4th ed. Vol. 4. New York: Cambridge UP, 1973. B 440-64.
10. Stanford Jay, and Ezel Kural Shaw. "The Era of Modern Reform: The Tanzimat, 1839-1876." History of the Ottoman Empire and Modern Turkey Vol. 2. Cambridge: Cambridge UP, 1977. - B. 64-66.