Научная статья на тему 'TURKIYALIK MOTURIDIYSHUNOS OLIMLAR BEKIR TOPAL O‘G‘LI VA SHARAFIDDIN GO‘LJUKNING KALOM ILMI RIVOJIDAGI O‘RNI'

TURKIYALIK MOTURIDIYSHUNOS OLIMLAR BEKIR TOPAL O‘G‘LI VA SHARAFIDDIN GO‘LJUKNING KALOM ILMI RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
122
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Imom Moturidiy / Moturidiylik ta’limoti / Bekir Topal o‘g‘li / Sharafiddin Go‘ljuk / kalom / “Kitob at-tavhid” / “Tavilot al-qur’on” / tahqiq / tarjima. / Imam Maturidi / the theology of Maturidi / Bekir Topal oglu / Sharafiddin Goljuk / kelam / "Kitab at-Tawhid" / “Tavilat al-qur’an” / tahkik / translation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rajapov, Pirnazar

Bugungi kunda Turkiyada Imom Moturidiy va Moturidiylik ta’limotiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, Bunday diqqat-e’tiborning ortishida beqiyos ilm sohibi Prof. Dr. Bekir Topal o‘g‘li (1936-2016) va Prof. akademik Sharafiddin Go‘ljuk (1940-yil tug‘ilgan) ning o‘rni alohida sezilib turadi. Mazkur olimlar Moturidiy asarlari bo‘yicha ilmiy ishlari bilan Moturidiylik kalomiga oid tadqiqotlarga katta hissa qo‘shishdi. Jumladan, Bekir Topal o‘g‘li Moturidiyning “Kitob at-tavhid”, Ali ibn Usmon al-O‘shiyning (vafoti 1179) “Ba’dul amoliy”, Nuriddin as-Sobuniy (vafoti 1184) ning “Maturidiyye akaidi”/ “el-Bidâye fî usûli’d-din” asarlari ustida tadqiqotlar olib borib, arabchadan turkchaga tarjima qilgan. Shuningdek, Moturidiyning “Tavilot al-qur’on” tafsirini turkchaga tarjima qilishni ham boshlagandi (turkcha tarjima loyihasi Prof. Dr. Yusuf Shavkiy Yavuz muharrirligida tamomlandi).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF TURKISH MOTOR SCIENTISTS BEKIR TOPAL OGLU AND SHARAFIDDIN GOLJUK IN THE DEVELOPMENT OF THE WORD SCIENCE

Today, in Turkey, interest and attention is growing visibly about Imam Moturidi and the theology of Moturidi. Undoubtedly, in the face of such increasing attention, the incomparable scholar Prof. Dr. Bekir Topal oglu (1936-2016) and Prof. Academician Sharafiddin Goljuk (born in 1940) has a special place. These scholars have made significant contributions to the theology of the Moturidi related to scientific researches with their analyses on Moturidi's works. In particular, Bekir Topal oglu translated some works from Arabic into Turkish such as Moturidi's ";Kitab at-Tawhid", Ali ibn Usman al-Oshi's (d. 1179) "Ba'dul amali", Nuriddin as-Sabuni's (d. 1184) "Maturidiyye akaidi" / al-Bidâye fî usûli'd-din. He also began translating Moturidi's Tavilot al-Qur'an into Turkish (The Turkish translation project was completed under the editorship of Prof. Dr. Yusuf Şavkiy Yavuz).

Текст научной работы на тему «TURKIYALIK MOTURIDIYSHUNOS OLIMLAR BEKIR TOPAL O‘G‘LI VA SHARAFIDDIN GO‘LJUKNING KALOM ILMI RIVOJIDAGI O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TURKIYALIK MOTURIDIYSHUNOS OLIMLAR BEKIR TOPAL O'G'LI VA SHARAFIDDIN GO'LJUKNING KALOM ILMI RIVOJIDAGI O'RNI

Rajapov Pirnazar

O'zXIA Islomshunoslik fakulteti dekanati kotib-ish yurituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda Turkiyada Imom Moturidiy va Moturidiylik ta'limotiga bo 'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, Bunday diqqat-e'tiborning ortishida beqiyos ilm sohibi Prof. Dr. Bekir Topal o'g'li (1936-2016) va Prof. akademik Sharafiddin Go'ljuk (1940-yil tug'ilgan) ning o'rni alohida sezilib turadi. Mazkur olimlar Moturidiy asarlari bo 'yicha ilmiy ishlari bilan Moturidiylik kalomiga oid tadqiqotlarga katta hissa qo'shishdi. Jumladan, Bekir Topal o'g'li Moturidiyning "Kitob at-tavhid", Ali ibn Usmon al-O'shiyning (vafoti 1179) "Ba'dul amoliy", Nuriddin as-Sobuniy (vafoti 1184) ning "Maturidiyye akaidi"/ "el-Bidáye fi usuli'd-din" asarlari ustida tadqiqotlar olib borib, arabchadan turkchaga tarjima qilgan. Shuningdek, Moturidiyning "Tavilot al-qur'on" tafsirini turkchaga tarjima qilishni ham boshlagandi (turkcha tarjima loyihasi Prof. Dr. Yusuf Shavkiy Yavuz muharrirligida tamomlandi).

Kalit so'zlar: Imom Moturidiy, Moturidiylik ta'limoti, Bekir Topal o'g'li, Sharafiddin Go'ljuk, kalom, "Kitob at-tavhid", "Tavilot al-qur'on", tahqiq, tarjima.

ABSTRACT

Today, in Turkey, interest and attention is growing visibly about Imam Moturidi and the theology of Moturidi. Undoubtedly, in the face of such increasing attention, the incomparable scholar Prof. Dr. Bekir Topal oglu (1936-2016) and Prof. Academician Sharafiddin Goljuk (born in 1940) has a special place. These scholars have made significant contributions to the theology of the Moturidi related to scientific researches with their analyses on Moturidi's works. In particular, Bekir Topal oglu translated some works from Arabic into Turkish such as Moturidi's "Kitab at-Tawhid", Ali ibn Usman al-Oshi's (d. 1179) "Ba'dul amali", Nuriddin as-Sabuni's (d. 1184) "Maturidiyye akaidi" / al-Bidáye fi usuli'd-din. He also began translating Moturidi's Tavilot al-Qur'an into Turkish (The Turkish translation project was completed under the editorship of Prof. Dr. Yusuf §avkiy Yavuz).

Keywords:Imam Maturidi, the theology of Maturidi, Bekir Topal oglu, Sharafiddin Goljuk, kelam, "Kitab at-Tawhid", "Tavilat al-qur 'an", tahkik, translation.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Kalom ilmi sultoni Imom Moturidiyning hayoti va ilm yo'li hukumatimiz tomonidan alohida e'tirof etilmoqda. 2020-yilning 11-avgustida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'grisida^'gi qarori natijasi o'laroq O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Xalqaro darajadagi ushbu markazning asosiy vazifalari Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini o'rganish, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va mo'tadil islom ta'limotini keng targ'ib qilish kabilarni o'z ichiga oladi.

Yurtimizda Moturidiylik ta'limoti bo'yicha turli mavzular bir necha yosh olimlar tomonidan o'rganilgan. Bu tadqiqotlar, asosan, o'zbek va rus tillarida olib borilgan va asosiy manba sifatida Abu Mansur Moturidiyning o'z asarlari, yurtimiz ulamolari haqidagi adabiyotlar va xorijiy (rus, turk, ingliz) tillaridagi manbalardan foydalanilgan. Xorijiy tadqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, Moturidiyning hayoti, ijodi va ilmiy merosiga oid bir qator kitoblarning turk tilida chop etilganini ko'ramiz. Aynan shu kitoblar va mutakallim tomonidan yaratilgan asarlarning tarjimalari tadqiqotlarning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda Moturidiylik ta'limotini o'rganish va tadqiq etish bo'yicha Turkiya peshqadamlik qilib kelyapti.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Maqolani yozishda Bekir Topal oglu, Hülya Alper, Muhammed Aru?i, Prof. Dr. Hatice, K. Arpagu§, Do?. Dr. Mehmet Ümit, Ar§. Gör. Bilal Kir, §erafeddin Gölcük, Süleyman Toprak kabi turk olimlarining kitoblaridan foydalanildi. Maqolada qiyosiy-tahliliy, mantiqiy, manbalarni taqqoslash usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bekir Topal o'g'li 1936-yil Trabzon viloyatining Chaykara tumanida tug'ildi. Ilk ta'limni Chaykarada oldi. So'ngra tahsilni davom ettirish uchun Istanbulga bordi. Istanbulda 1959-yil Imom-xatiblik maktabini hamda 1963-yil Istanbul Islom Institutini muvaffaqiyatli tamomladi. Bir muddat Istanbul Imom-xatiblik maktabida

1 https://lex.uz/docs/-4945427

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

o'qituvchilik qildi va 1971-yil Istanbul Islom Institutida Kalom ilmi bo'yicha assistant sifatida faoliyat yuritdi. Institutlar Ilohiyat Fakulteti sifatida tashkil qilingach, 1983-yil doktor, 1986-yil dotsent, 1988-yilda Islom falsafasi va 1993-yil Kalom sohasida professor unvonini oldi. 2002-yildan e'toboran iste'foga chiqqach, TDV Islom Ensiklopediyasida ilmiy faoliyat olib borgan bu taniqli olim 2016-yil 10-martda vafot etdi2.

Bugungi kunda Turkiyada Imom Moturidiy va Moturidiylik ta'limotiga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, Bunday diqqat-e'tiborning ortishida beqiyos ilm sohibi Prof. Dr. Bekir Topal o'g'li (1936-2016)ning o'rni alohida sezilib turadi. Tabiiyki, bu o'rinda uning ustozi Prof. Dr. Muhammad ibn Muhammad ibn Tavit at-Tanjiy (1918-1974)ni ham eslab o'tmoq lozim .

Istanbul Oliy Islom instituti kalom o'qituvchisi Bekir Topal o'g'lining "Kalom ilmi: Kirish"4 asari ilohiyot, nubuvvat va samiyot mavzularini emas, balki kitobning nomidan uning tarkibi kalom tarixiga kirish va shuningdek, Islom mazhablari tarixini qamrab olganligi anglashiladi. Topal o'g'lining asar so'zboshisida keltirgan quyidagi fikrlaridan kitobning qaysi mavzularni qamrab olganligi haqida bizda tasavvur paydo bo'lishi mumkin: "Qo'lingizdagi kitobda Islom tarixi davomida kalom ilmida qo'llanilgan turli metodlar va kalomda bugun kunda foydalanilishi kerak bo'lgan uslub, ilk davridan hozirgi kungacha kalom sohasida yozilgan asarlarning o'ziga xos xususiyatlari, kalom ilmining mohiyati va ahamiyatini yoritish asosiy mavzu qilib olingan. Islomning barcha asrlarida bo'lganidek bugungi kunda ham dunyo musulmonlarining 90 % dan ortig'ini tashkil qilgan ahli sunnaning maktablari, Islom taffakkuri, siyosat, ichki va tashqi maydondagi kurash tarixida katta ta'sirga ega bo'lgan bid'at ahli va bir qancha oqimlar ham kitobning mavzulari tarkibidan o'rin olgan."

Hozirgi kungacha ko'p marotaba nashr etilgan asarlardan biri bo'lgan bu kitob Oliy Islom institutlari va Ilohiyot fakultetlarida o'quv qo'llanma sifatida foydalanilgan va Alban5, Bolgar6 tillariga tarjima qilingan bo'lib, Turk tilidan xorijiy

n

tilga tarjima qilingan kalomga doir ilk asar hisoblanadi . Kitob 1985, 1993, 2014-yillarda qayta nashr etilgan va oxirgi nashrida kitob nomida biroz o'zgarish bo'lib,

2 Bekir Topaloglu. Kitâbû't-tevhîd -Açiklamali Tercüme- Ebû Mansûr el-Mâtmîdî. - Üsküdar / Istanbul: TDV Islam Araçtirmalan Merkezi (ISAM), 2012. - S. 1.

3 Hülya Alper. Imam Matüridi ve Matüridiyye Gelenegi. - Istanbul: Marmara Üniversitesi Ilahiyat Fakültesi Vakfi Yayinlari, 2018. - S. 7.

4 Bekir Topaloglu. Kelâm Ilmi: Giri§. - Istanbul: Damla Yayinevi, 1981.

5 Çev. Muhammed Aruçi. Hyrje në Kelâm. - Pristine: Biblioteka Aruçi, 2002.

6 Çev. Orlin Sabev. Islamsko Bogoslovie (Kelâm) Vavedenie. - Üsküp: Logos A, 2009. - 472 s.

7 Ahmet Süruri. Cumhuriyet Dönemi Kelâm Ilmi Yazimi (1923-2017): Kelâm ve Kelâm Tarihi Kitaplari// Türkiye Araçtirmalari Literatür Dergisi, Cilt 14, Sayi 27, 2016. - S. 265.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Kalom ilmiga kirish" nomi ostida chop etilgan. Asarning qayta ko'zdan kechirilgan 2014-yilgi nashri so'zboshisida kitobning Arab tiliga tarjima qilinishi lozimligi eslatib o'tilishiga qaramay, hali-hanuz Arabchaga o'girilmagan.

Asar ikkita kitob va ilovalardan iborat bo'lib, "Umumiy ma'lumotlar" nomli birinchi kitob 2 ta bo'limni, "Asosiy e'tiqodiy mazhablar" nomli ikkinchi kitob esa 6 ta bo'limni qamrab olgan. Shunga ko'ra kitobning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: Birinchi kitob (Umumiy ma'lumotlar): I bo'lim (Tarix, ta'rif, manbalar): i. Aqoid ilmi bosqichlari, ii. Kalom ilmi ta'rifi, mavzusi, g'oyasi, iii. Manbalar (Kalom) va ularning xususiyatlar; II bo'lim (Hukmlar, dalillar va metodlar): i. Hukmlar, ii. Dalillar, iii. Metodlar; Ikkinchi kitob (Asosiy e'tiqodiy mazhablar): I bo'lim (Ahli sunna): i. Salafiylik, ii. Moturidiylik, iii. Ash'ariylik, iv. Moturidiylik-Ash'ariylik qiyoslari, v. Ahli-sunna geografiyasi; II bo'lim (Bid'at va uning tarafdorlari): i. Bid'at nima?, ii. Ahli-bid'at alomatlari, iii. Mazhablarga bo'linish sabablari, iv. Mazhablar taqsimi va soni; III bo'lim (Mo'taziliylik): i. Mazhabning nomi va kelib chiqishi, ii. Mo'taziliylarning asosiy g'oyalari, iii. Mo'taziliylik maktablari, iv. Mo'taziliylarning xizmati va mag'lubiyati; IV bo'lim (Shialik): i. Umumiy ko'rinish, ii. Ilk davrlarda shialik, iii. Kaysoniya, iv. Zaydiya, v. Imomiya-isnoash'ariya; V bo'lim (G'oliylik va botiniylik): i. G'oliylik, ii. Botiniylik; VI. bo'lim (Baholash): i. Shialik geografiyasi, ii. Shialikni tanqid qilish, iii. G'oliylik-botiniylik; Ilovalar: i. Nimaga koinot yaratilgan? ii. Imon va kufr orasidagi chegara, iii. Qadar haqida, iv. Astronomiya va din, v. Sunniylik-shialik ittifoqi tomon. Topal o'g'li asar so'zboshisida "Asosiy e'tiqodiy mazhablar" nomli ikkinchi kitob tarkibiga Xorijiylar haqidagi ma'lumotlarni ham kiritmoqchi ekanligini, lekin vaqt tig'izligi sabab ilk nashrga kirita olmaganligini va ikkinchi nashrda bu kamchilikning to'ldirilishini ta'kidlasa-da, keyingi nashrlarda Xorijiylik mavzusi o'rin olmagan.

Kitobning so'nggi bo'limidagi ilovalar qismida 5 ta matn mavjud. Shulardan birinchisi Imom Moturidiy (870-944) ning "Kitob at-tavhid" asaridan tarjima qilingan "Koinot nima uchun yaratilgan?" nomli matndir. Ikkinchi matn esa "Imon va kufr orasidagi chek-chegara" deb nomlangan. "Kadar haqida" nomli uchinchi matn Ibn Sid Batalyavsiy (1052-1127) ning "al-Insof" nomli asaridan qilingan tarjima bo'lib, "Astronomiya va din" nomli to'rtinchi matn esa Abdullatif Harputiyning "Tanqihul -kalom" nomli Usmoniy tilidagi asarining soddalashtirilganidir. Beshinchi matn esa "Sunniy-shia ittifoqi tomon" deya nomlangan bo'lib, Abul Barakot Suvaydiyning (1693-1761) "an-Nafhatul-miskiyya fir-rihlatil-Makkiyya" nomli sayohatnomasida o'rin olgan, shuningdek, alohida chop etilgan "al-Hujajul-qat'iyya li ittifoqil-firoqil-Islomiyya" nomli risolaning Istanbul islom instituti o'qituvchilaridan Mustafo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Chag'richi tomonidan amalga oshirilgan va undan ancha oldin "Yosh avlodning oylik

o

g'oyasi" jurnalida bosib chiqarilgan tarjimasidir. Kitobning orqa qismida Ibn Kudomaning (-1223) "Lumatul-e'tiqod" nomli arabcha matni Topal o'g'lining izohlari orasidan o'rin olgan.

Prof. Dr. Bekir Topal o'g'li Moturidiy asarlari bo'yicha ishlari bilan Moturidiylik kalomiga oid tadqiqotlarga katta hissa qo'shdi. U Prof. Dr. Muhammad Aruchi (1956-2013) bilan birgalikda Moturidiyning kalom sohasidagi shoh asari "Kitob at-tavhid"ni yana qaytadan tahqiq qildi va turk tiliga ham o'girdi. Shuningdek, Moturidiyning "Tavilot al-qur'on" tafsirini nashr nashrga tayyorlashda ilmiy nazorat qilish vazifasini o'z zimmasiga olib, asarni turkchaga tarjima qilishni ham boshlagandi. Bundan tashqari, u Moturidiylik aqidasiga oid Ali ibn Usmon al-O'shiyning (vafoti 575/1179) "Ba'dul amoliy" nomli she'riy risolasini turkchaga o'girib, unga sharh ham yozgan. Ahamiyatli jihati, shogirdlarini ham Moturidiylik ta'limoti bo'yicha tadqiqotlar olib borishga da'vat etgan9.

"Tavilot al-qur'on"ning Turkiya hamda bir qator davlat kutubxonlarida ko'plab yozma nusxasi mavjud. Asarning Prof. Dr. Bekir Topal o'g'li ilmiy rahbarligida 4 nusxasi asos sifatida olinib, 2005-2011-yillarda tahqiq nashri qilindi. So'ngra Umroniya Vakilligi hissasi va Prof. Dr. Bekir Topal o'g'lining raisligida boshlangan turkcha tarjima loyihasi Prof. Dr. Yusuf Shavkiy Yavuz muharrirligida tamomlandi10.

Islom olami Moturidiylik mazhabining asosiy kitobi "Kitob at-tavhid" asarining yagona qo'lyozma nusxasi 11 asrdirki Buyuk Britaniyaning Kebridj Universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. 1970-yilga kelibgina Bayrutda ("Dor ul-mashriq") asarni nashr qilishga muvaffaq bo'lindi. Asarning ana shu mavjud yagona nusxasi va Fathulla Xuleyfning 1970-yilgi bu nusxadan qilgan nashriga asoslanib Prof. Dr. Bekir Topal o'g'lu (vafoti 2016) va Dr. Muhammad Aruchi (vafoti 2013) tarafidan turk tilida nashrga tayyorlangan. Bekir Topal o'g'lu arabcha matnni turkchaga tarjima qilgach, bu tarjima "Kitâbû't-Tevhîd Açiklamali Tercüme" (Kitob at-tavhidning izohli tarjimasi) nomi ostida 2002-yil chop etildi. Qizig'i, tarjimaga asos bo'lgan nashr 2003-yil chop etilgan. Eslab o'tish joizki, asar muqaddima va 5 ta bo'limdan iborat bo'lib, Bekir Topal o'g'li asarni tarjima qilishdan tashqari unga Imom Moturidiyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari haqida ma'lumotlar keltirgan va bu asarning muqaddima hamda asosiy tarkibidan oldin keltirib o'tilgan. Birinchi bo'limda ilohiyot, ikkinchi bo'limda nubuvvat, uchinchi bo'limda qazo va qadar,

8 Mustafa Çagrici. Sûnnî-Çiî îttifakina Dogru// Nesil Aylik Fikir Dergisi (sy. 10), 1979. - S. 33-48.

9 O'sha joyda.

10 Prof. Dr. Hatice K. Arpaguç, Doç. Dr. Mehmet Ümit, Ar§. Gör. Bilal Kir. Imam Mâtûrîdî - Te'vîlâtû'l Kur'ân. Istanbul: Marmara Üniversitesi îlahiyat Fakültesi Vakfi Yayinlari, 2019. - S. 24.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'rtinchi bo'limda gunohi kabira va bu gunohni qiluvchilarning holati, beshinchi bo'limda imon bilan bog'liq masalalar yoritilgan.

Shuningdek, Bekir Topal o'g'lu Hanafiy-moturidiy olimlardan Buxorolik Nuriddin as-Sobuniy (vafoti 1184) ning "Maturidiyye akaidi"/ "el-Bidaye fi usüli'd-din" (Moturidiylik aqidasi) asarini tadqiqi hamda izohlarini ilova qilgan holda arabchadan turkchaga tarjima qildi va 1983-yil Marmara Universiteti Ilohiyat Fakulteti tarafidan nashr qilindi.

Shuningdek, Bekir Topal o'g'lining ba'zi shogirdlari uning xotirasini yod etish nishonasi o'laroq, o'z ilmiy tadqiqotlarini ustozlari nomi ostida nashr etishdi. Jumladan, Hulya Alperning "Imam Matüridi ve Matüridiyye gelenegi" (Imom Moturidiy va Moturidiylik an'anasi) asari Prof. Dr. Bekir Topal o'g'li xotirasiga bag'ishlangan bo'lib, 2018-yil Istanbulda nashr etilgan. Kitobda turli mutaxassislar tarafidan kalom etilgan maqolalar uchta asosiy sarlavha ostida jamlangan. Ilk bo'lim Imom Moturidiy va uning ta'limotiga doir ilmiy ishlarga bag'ishlangan. Ikkinchi bo'lim esa Moturidiylik an'anasiga mo'ljallangan tadqiqotlarga, oxirgi bo'lim esa hozirgi davrda Imom Moturidiy va Moturidiylikni anglashni mavzu qilgan yoki bugungi kun muammolariga Moturidiylik ta'limotiga yondashib qilingan tadqiqotlarga ajratilgan. Asarda Hulya Alper bilan bir qatorda XXI asrdagi turkiyalik moturidiyshunos olimlar, jumladan, So'nmez Kutlu (Imom Moturidiyni so'fiy deyish yoki mutasavvif sifatida qabul qilish mumkinmi?), Ilyos Chalabiy (Imom Moturidiyning "Kitob at-tavhid" asarida borliq, bilim va donolik), Xulusi Arslan (Isbot va tanzih shartlaridan Imom Moturidiyning tavhidni anglashi va dalillari), Mehmet Bulgen (Imom Moturidiy va Atomizm), Yunuz Jengiz (Taklif va bino qilish orasida Moturidiyning axloqiy yondashuvi), Emine Ögük (Imom Moturidiyning qalb va aqlga munosabati), Fatma Gunaydin (Moturidiylikda Rasululloh (s.a.v.) shaxsi nubuvvatning dalili sifatida), Hatije K. Arpagush (Imom Moturidiyga ko'ra inson fe'l-atvori), Harun Ishik (Imom Moturidiy nuqtai nazarida ilohiy yaratiq qarshisida inson erkinligi imkoni), O'mer Mahir Alper (Ash'ariylar qavoidi va falsafaning salbiy oqibatlari natijasida: Usmoniylar davri mutakallimi Mavloni Mehmet Izmiriyga ko'ra bilimning tabiati masalasi), Mehmet Qalayji (Zuhda va ma'lomat farqlanishi bobida Hanafiylik an'anasining Qusheyriyga qiziqish bildirishi), Ismail shik (Moturidiylik ta'limotida kalom-fiqh uslubida suhbat: Lomishiy "Kash al-alfoz adli" asari), Ahmet Aq (Moturidiylikning asosiy manbalari), Ali Qaratash (Zamonaviy tafsirda Imom Moturidiyning belgilari), Hulya Terzi o'g'lu (Imom Moturidiyning Qur'onda zikr etilgan ayollar masalasiga taalluqli fikrlariga

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

bir nazar), O'zjan Tashji (nemis manbalarida Imom Moturidiy va Moturidiylik ta'limoti) laming maqolalari keltirilgan.

Prof. Dr. Hatice K. Arpagu§, Do?. Dr. Mehmet Umit, Ar§. Gor. Bilal Kir kabi moturidiyshunos tadqiqotchilar tarafidan hammualliflikda 2019-yil "imam Maturidi -Te'vilatu'l Kur'an" maqolalar to'plami nashr etildi. To'plam a) kirish: Imom Moturidiyning ahamiyati, Imom Moturidiy va tarixiy muhit, "Ta'vilot" va uning yozma nuzxalari; b) tafsir-rivoyat ilmi va ta'vilot al-qur'an: rivoyat ilmi, tafsir; c) fiqh-kalom ilmi va ta'vilot al-qur'an: fiqh, nosih, kalom-falsafa; d) mazhablar-dinlar tarixi va ta'vilot al-qur'an: mazhablar tarixi, dinlar tarixi kabi 4 ta bo'limga ajratilgan.

To'plamning I bo'limidagi Imom Moturidiyning ahamiyati nomli qismida Bekir Topal o'g'lining "Imom Moturidiyning kalomga oid fikrlari, "Tavilot al-qur'on" asari va uning tafsir ilmidagi o'rni" maqolasi mavjud.

Sharafiddin Go'ljuk

Ilohiyotshunos, akademik, professor, yozuvchi Sharofiddin Go'ljuk 1940-yil 16-dekabrda Izmir shahrining O'demish tumanida tug'ilgan. Ilk, o'rta hamda litsey tahsilini Izmir shahrida oldi. Kashtan bozoridagi trikchilik faoliyati bilan birga Qur'on kurslariga ham qo'shildi. Izmir Imom-xatiblar tayyorlash maktabida boshlagan o'rta ta'lim bosqichini Istanbul Imom-xatiblar tayyorlash maktabida davom ettirdi. O'demishdagi litseyni tamomlagach (1960), Anqara universiteti Ilohiyot fakultetida o'qidi (1960-1964-yillar). Bir muddat Diniy ishlari vazirligi xodimi sifatida ishlab, Qiriqqal'ada voizlik qildi (1964-1973). 1964-1966-yillarda Tuzla piyoda qo'shinlar maktabida zaxiradagi ofitser sifatida harbiy xizmatni o'tadi. 1966-yil doktorantura tahsili uchun Fransiyaga bordi. Doktorantura bosqichini 1972-yil Parijdagi Sorbona universitetida tamomladi. Doktorantura tahsili davomida 1969-yil 9 oy Tunisda istiqomat qildi. 1973-yil Arzirum Islomshunoslik fakultetida yordamchi o'qituvchi sifatida dars bera boshladi. 1974-yil Qohiraga borib, bir muddat ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. 1977-yil dotsent, 1984-yil professor ilmiy unvonlariga ega bo'ldi. 1985-yil Saljuq universiteti Ilohiyot fakultetida professor sifatida faoliyat olib bordi. Dekan o'rinbosari, Saljuqiylar davri ilmiy-tadqiqot markazi raisligi va Asosiy Islomiy fanlar bo'limida boshqaruv ishlarida faoliyat olib bordi11. 1992-yil Vazirlar kengashi qarori bilan 7 yillik muddatga Din Ishlari Oliy Kengashi a'zoligiga tayinlandi va 1999-yil uning vakolati tugadi. Ijtimoiy, madaniy va diniy doirada bir necha marta xorijga safarlar qildi. Fransiya, Misr, Germaniya, Tunis, Jazoir, Marokash (Fas), O'zbekiston, Iordaniya va Saudiya Arabistonida diniy va ilmiy majlislarda ishtirok etdi. 1997-yil Quddusda Dinlararo muloqot

11 https://www.biyografya.com/biyografi/2171. 19.12.2021

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchrashuvida "Samimiy dialog uchun ba'zi umumiy fikrlar" mavzusida ma'ruza qildi. 1973-1985-yillarda Arzirum, 1985-2008-yillarda Ko'nyo Ilohiyot fakultetlarida o'qituvchilik xizmatidan so'ngra 2008-yil iste'foga chiqdi. Bir yil mobaynida Saljuq universiteti Ilohiyot fakultetida magistratura va doktorantura talabalariga, Diniy ishlari vazirligi Saljuqiylar davri ta'limi markazida kalom ilmidan dars berdi. 2009-yil Turkiya Diniy vaqfi vasiylik kengashi bosh vazir o'rinbosari, 2011-yil esa shu tashkilotning Kuzatuv kengashi raisi bo'ldi. 2015-yil vaqf tashkilotidagi faoliyati tugadi12.

Uning kasbiy mutaxassisligi kalom, falsafa va tasavvufdir. "Ozlem" (Iltijo) (1961-1962), "Yangi Istanbul" (1964-1966), "Milliy gazeta" (1974), "Yangi davr" (1978), "Ilohiyot fakulteti jurnali" (1973) kabi ko'p sonli gazeta, jurnal va ensiklopediyalarda uning ilmiy maqolalari nashr qilingan, ya'ni ilmiy yig'ilishlarda taqdim qilgan ma'lumotlari hamda kitob shaklida nashr etilgan ilmiy konferensiya to'plamlaridagi ko'plab ta'lif va tarjima ishlari o'rin olgan. 1980-yil "Inson va uning

fe'l-atvori" nomli asari uchun Milliy madaniyat fondi mukofotiga sazovor bo'ldi.

1

Arab, Fransuz, Fors, Ingliz tillarini yaxshi o'zlashtirgan .

Kalom ilmini Qur'on falsafasi shaklida ta'riflagan Sharafiddin Go'ljuk Qur'onning 9/10 qismini aql vositasida tafsir qilish mumkinligini ilgari surgan. Chunki, Qur'on aql idroki uchun taqdim etilgan buyuk marhamatdir. U inson aqli bilan qadrlanadi, aql yo'q yerda qiymatga ega emas. Shu nuqta'i nazardan olib qaraganda Qur'on va aql yonma-yondir va bu holatda biri ikkinchisining ajralmas qismidir. Sunniy kalom hamda Mo'tazila kalom aqli ayni vosita sifatida foydalanildi. Garchi Makon va zamonga muvofiq ravishda ayrim o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, natija nuqta'i nazaridan kalom ilmi Qur'onning aqliy talqinidir. Boshqa fanlarda kuzatilganidek davriy ehtiyojlar uning ilm holiga kelishini zaruratga aylantirdi. Dastlab noto'g'ri aqidalarga qarshi kurashish uchun yuzaga kelishiga qaramay, vaqt o'tishi bilan falsafani raqib sifatida ko'rgan pozitsiyaga ega bo'ldi. Buning sababi Alloh va olam tasavvuri borasida kalom va falsafa orasidagi chuqur tafakkur ayriligidir14.

Kalom va uning mavzularining bugungi kundagi ahamiyati borgan sayin ortib bormoqda. Biroq, bu ahamiyat anglab yetilishi uchun mutakallimlarning orqaga qaytishga jiddiy hisob-kitob qilishlariga ehtiyoj bor. Tez rivojlanayotgan texnologiya va unga mutanosib ravishda ilgarilab borayotgan zamonaviy madaniyat oldida

12 O'sha joyda.

13 O'sha joyda.

14

Cagfer Karadaç. Günümüz Türkiye'sinde kelam ilmi// Türk Bilimsel Derlemeler Dergisi 2(1), 2009. - S. 147.

533

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kalomning nima qilishi lozimligi muhokama qilinishi va shunga muqobil loyiha o'rtaga tashlanishi kerak. Kalomning bosh mavzusi Alloh va insondir. Bu ikki borliq orasidagi irtibot vahiy orqali amalga oshadi. Vahiyni anglashda yagona vosita bu aql va uning yordamchisi tuyg'ulardir. Xuddi kechagi mutakallim Alloh va insonni anglashda vahiyga asoslangan bo'lsa, bugungi kun mutakallimi davrning sharoit va talablarini hisobga olib yangicha uslub va til bilan vahiyni qaytadan kun tartibiga olib chiqishi, anglatishi, izoh berishi va ifodalashi lozim. O'tmishda sodir bo'lgan narsani doimo aytish va takrorlash kalok tarixini barpo qilishdir. Bu esa tarixda qolish, bugunga yetolmaslikdir. Asosiy manba Qur'onni istifoda qilib, bugungi kun odamlari tushunadigan va qoniqarli ifoda bilan Alloh va inson mavzusini oydinlashtirish zarur. Shu xususda so'z borarkan, maktablarda tashkil qilinadigan kalom darslarining 25 % i kalom tarixi, 25 % i klassik kalom mavzulari va 50 % i Qur'on ta'limi shaklida taqsimlanishi va o'rgatilishi kerak. Lekin, kalom Qur'onda kelgan shakli bilan Alloh va insonni anglash va anglatish muqaddas vazifasidan aslo ajratilmasligi kerak15.

Sharafiddin Go'ljuk Sulaymon Toprak hammualliflikda yozgan "Kalom ma'ruza matnlari"16 kitobini 1987-yilgacha turk tilida yozilgan eng keng qamrovli kitob desak, yanglishmagan bo'lamiz. Ilk marotaba "Kelâm Ders Notlari" (Kalom ma'ruza matnlari, 1987) nomi ostida chop etilgan asar 1988-yil "Kalom" nomi ostida qayta nashrdan chiqdi. 1987-yildagi nashrda kirish va 3 bo'lim (Imon, ilohiyot va nubuvvat) ni qamrab olgan asarning 1988-yilgi nashrida kitobning mundarijasi o'zgarib, unga yana 2 ta bo'lim (Farishta-jin-shayton; Qiyomat va oxirat) ilova qilinib, 5 ta bo'limga yetkazilgan. Qayta ko'zdan kechirilgan va yangilangan "Tarih, Ekoller, Problemler" (Tarix, maktablar, muammolar, 2001) nomli beshinchi nashrdan so'ng asarning tarkibi, bo'limlari va sarlavhalarida sezilarli o'zgarishlar bo'lgan.

Garchi tadqiqotning I bo'limida kalom tarixiga to'xtalinsa-da, bu asarda islomshunoslikning deyarli hamma sohalari qamrab olingan. Klassik kalom an'anasi asosida tadqiqot olub boruvchilar bu asarga quyidagicha baho bergandilar: "Klassik kalom an'anasiga asoslanib yozilgan bu kitobda sohaga doir umumiy ma'lumotlar jamlangan. Kalomga oid ilk manbalardan foydalanilgani bilan bir qatorda zamonaviy nashrlarga ham murojaat qilingan. Kalom ilmining barcha mavzulariga qisqacha to'xtalib o'tilgan. Shunday qilib, klassik kalom qo'llanmasi yuzaga kelishi uchun sa'y-harakat qilingan. Shu bilan bir qatorda bugungi kundagi imon bilan bog'liq

15 O'sha joyda.

16 Çerafeddin Gölcük, Süleyman Toprak. Kelâm Ders Notlan. - Konya: Selçuk Üniversitesi îlahiyat Fakültesi, 1987; Marmara Üniversitesi îlahiyat Fakültesi Kütüphanesi, TUG böl., demirbaç nu. TU0294.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

masalalarni hisobga olganda, bugungi kunda ko'proq e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan

1 V

kalom mavzulariga urg'u berilgan .

Qayta ko'rib chiqilgan va o'zgartirishlar kiritilgan 2001-yilgi nashrga ko'ra, kitob kirish va 8 bo'limni o'z ichiga olgan va uning tarkibi quyidagicha: Kirish (Umumiy ma'lumotlar); I bo'lim (Kalom tarixi, maktablar va foydalanilgan manbalar): i. Payg'ambar (s.a.v.) davri, ii. Xulofoi Roshidun davri va ilk ixtiloflar, iii. Kalomning paydo bo'lishiga sabablar, iv. Kalom ilmining paydo bo'lishi va kalom maktablari, v. Ahli sunna aqidasi, vi. Mutaqaddimlar davri kalom ilmi olimlari va ularning asarlari, vii. Mutaaxxirlar davri kalom ilmi olimlari va ularning asarlari, viii. Yangi kalom ilmi davri; II bo'lim (Tushunchalar): i. Shar'iy hukmlar va ularning asoslari, ii. Dalil, iii. Ilm, iv. Metodlar; III bo'lim (Imon); IV bo'lim (Ilohiyot): i. Kirish: Borliq va olam, ii. Allohning borliqi va sifatlari; V bo'lim (Inson va uning amallari): i. Iroda, ii. Qudrat, iii. Amallarning yaratilishi, iv. Kesb, v. Amallarning xususiyatlari, vi. Adolat va zulm, vii. Taklif, viii. Salah ve Aslah, ix. Hidoyat va dalolat, x. Qazo va qadar, xi. Rizq, xii. Ajal; VI bo'lim (Nubuvvat): i. Rasul va nabiy,

ii. Zaruriyat va foyda nuqta'i nazaridan nubuvvat, iii. Allohning payg'ambar yuborishi, iv. Nubuvvatning xususiyatlari, v. Payg'ambarlarning xususiyatlari, vi. Vahiy, vii. Kitoblar, viii. Nubuvvat va mo'jiza, ix. Valoyat va karomat, x. Mo'jiza va karomatdan tashqari g'ayritabiiy holatlar, xi. Imomat, xii. Qur'onda nomi zikr qilingan payg'ambarlar; VII bo'lim (Farishta, jin va shayton): i. Farishta, ii. Jin, iii. Shayton; VIII bo'lim (Qiyomat va oxirat): i. Oxiratning haq ekanligi, ii. Qabr azobi,

iii. Qiyomat, iv. Oxirat alomatlari, v. A'rofat, jahannam va jannat.

1 o

Sharafiddin Go'ljuk "Kalom tarixi: shaxslar, qarashlar, asarlar" kitobida kalom ilmining ilk davridan XX asrgacha bo'lgan davrdagi tarixini keltirgan va kalom tarixi sohasida namuna sifatida foydalanishimiz mumkin bo'lgan ilk ilmiy-tadqiqotdir. Go'ljuk asar so'zboshisida quyidagi jumlalarni keltirgan edi: "Kalom tarixi nomi ostida taqdim qilgan bu kitobimizda hozirgi kungacha bo'lgan mutakallimlarning biografik va bibliografik pozitsiyalariga qisqacha murojaat qilingan. Bu xususda asosiy e'tibor qaratilgan jihat shuki, mutakallimlar mansub bo'lgan maktablar va davrlar alohida qayd etilgan. Kalom tarixi shunday shakldagi bir debocha bo'lib, kalom ilmi bo'yicha noyob asar hisoblanadi."

Asarda Mo'tazila maktabiga oid 8, Sifatiyyaga oid 3, ahli sunnaning ilk davriga oid 7, ikkinchi davriga oid 2, mutaqaddimlar davriga oid 5, mutaaxxirlar davriga oid

17 Ahmet Süruri. Cumhuriyet Dönemi Kelam Ilmi Yazimi (1923-2017): Keläm ve Keläm Tarihi Kitaplari// Türkiye Ara^tirmalari Literatür Dergisi, Cilt 14, Sayi 27, 2016. - S. 270.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18 §erafeddin Gölcük. Keläm Tarihi: Kieler, Görü^ler, Eserler, 1. bs. - Konya: Esra Yayinlari, 1992.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11, Taftazoniydan keyingi davrda yashagan 14 ta, ya'ni jami 47 ta mutakallimlar faoliyati haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan va har birining shaxsiyati, asarlari hamda e'tiqodiy qarashlari haqida izohlar keltirilgan. Mutakallimlarni asrlar bo'yicha sarhisob qiladigan bo'lsak, VIII asrdagi 5, IX asrdagi 7, X asrdagi 4, XI asrdagi 6, XII asrdagi 5, XIII asrdagi 3, XIV asrdagi 2, XV asrdagi 7, XVI asrdagi 2, XVII asrdagi 2, XVIII asrdagi 1, XX asrdagi 3 ta mutakallim tilga olingan bo'lib, XIX asr mutakallamlaridan hech kim keltirilmagan. Kitobda tilga olingan ilk mutakallim Vosil ibn Ato (vafoti hijriy 131/ milodiy 748) va eng oxirgisi esa Badiuzzamon Said Nursiy (vafoti 1960) dir. Ilk nashrga Said Nursiy kiritilmagan. Ilk nashrdagi oxirgi mutakallim Ismoil Hakki Izmirli (vafoti 1946) dir.

Umuman olganda kalom ilmiga oid bo'lgan bu asar kirish va 5 bo'limdan iborat. I bo'lim (E'tiqodiy mazhablar yoki kalom maktablari): i. Xorijiylik, ii. Shia, iii. Murjia, iv. Qadariya, v. Jabariya, vi. Mo'tazila, vii. Bishr ibn G'iyos al-Merisi; II bo'lim (Ahli sunna val-jamoa): A) Ilk davr: i. Imom A'zam Abu Hanifa, ii. Imom Molik, iii. Imom Shofeiy, iv. Imom Ahmad ibn Xanbal, v. Sifatiya: Ibn Kullab, Al-Muhosibiy, Al-Kalonisiy; B) Ikkinchi davr: vi. Imom Ash'ariy, vii. Imom Moturidiy; III bo'lim (Mutaqaddimlar: Oldingilar davri): i. Boqilloniy, ii. Ibn Furoq, iii. Abdulqohir al-Bag'dodiy, iv. Juvayniy, v. Pazdaviy; IV bo'lum (Mutaaxxirlar: Keyingilar davri): i. Imom G'azzoliy, ii. Abul Muin an-Nasafiy, iii. Umar an-Nasafiy, iv. Shahristoniy, v. Nuriddin as-Sobuniy, vi. Faxriddin ar-Roziy, vii. Sayfuddin amidiy, viii. Qozi Bayzoviy, ix. Ijiy, x. Taftazoniy, xi. Jurjoniy; V bo'lim (Taftazoniydan keying davr): i. Mulla Fanoriy, ii. Kamoliddin ibn Humom, iii. Hizrbey, iv. Hayali Ahmad Afandi, v. Xo'jazoda Muslihiddin Mustafo, vi. Kestelli Muslihiddin Mustafo, vii. Devvani, viii. Ibn Kamol, ix. Aliyul-Qori, x. Kamoliddin Bayoziy, xi. Gelenbevi ismail Efendi, xii. Muhammad Abduh, xiii. Ismoil Hakki Izmirli, xiv. Badiuzzamon Said Nursiy.

Rasman diniy ta'limning to'xtatilishi va diniy muassasalaming yopilishi tufayli 1930-1950-yillar oralig'ida deyarli kalom ilmi doirasida tadqiqotlar olib borilmadi. 1950-yillarga kelib, Ilohiyot fakulteti va Islom institutlari ochilishi bilan kalom ilmi yana kun tartibiga chiqdi. Turk alifbosida kalomga oid kitoblar yozish zaruratga aylandi. Ya'ni, Usmoniylar davridagi ta'lim dargohlarida arab tilidagi aqoid matnlaridan foydalanilgan. Ana shunday vaziyatda bir qator moturidiyshunos olimlar Ilohiyot fakultetlari talabalari uchun turk alifbosida kalom fani bo'yicha darslik kitoblar tayyorlashdi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu davr mutakallimlari bir tomondan o'zlari savod chiqargan Arab dunyosi (xususan, Bag'dod va Qohira) ilmiy muhitiga taqlid qilarkan, ikkinchi tomondan Usmoniylar sultonligining so'nggi davri va respublika tuzumining ilk davridagi Abdullatif Harputiy va Izmirlik Ismoil Haqqi kabi yangilik tarafdori bo'lgan mutakallimlar yondashuvlariga tayanishardi.

Garchi Jaloliddin O'kten kabi Izmirlik Ismoil Haqqi tomonidan tashkil qilingan yo'nalishni davom ettirgan va 1950-yillarda "Islom jurnali" da "Yangi kalom ilmi" nomi ostida nashr etilgan maqolalari bilan o'z vazifasini bajarish uchun qilgan sa'y-harakatlariga qaramay, ilmiy va tizimli jihatdan kalom sohasida faoliyat olib borgan, yozgan asarlari va tarbiyalagan shogirdlari bilan o'sha davr tarixida sezilarli iz qoldirgan uch shaxsning nomi alohida ajralib turadi: Anqara ilohiyot fakultetidan Husayn Atay, Istanbul islom instituti/ Marmara universiteti ilohiyot fakultetidan Bekir Topal o'g'li va Ko'nyo Saljuq universiteti ilohiyot fakultetidan Sharafiddin Go'ljuk. Bu mutakallimlar ham o'z asarlari bilan Turkiyada kalom ilmining rivojlanishiga, kalom ta'limotining asosini shakllantirish, shuningdek, o'zlari tayyorlagan shogirdlar bilan yangi mutakallimlar avlodi va oliy ma'lumotli kadrlar yetishib chiqishiga o'z hissalarini qo'shishdi. Ularning samarali mehnatlari natijasida Turkiya Imom Moturidiy ilmiy merosini o'rganish borasida dunyoning peshqadam davlatlaridan biriga aylandi.

REFERENCES

1. Bekir Topaloglu. Kelâm îlmi: Giri§. - Istanbul: Damla Yayinevi, 1981. - 416 s.

2. Hulya Alper. imam Maturidi ve Maturidiyye Gelenegi. - Istanbul: Marmara Universitesi ilahiyat Fakultesi Vakfi Yayinlari, 2018. - 512 s.

3. Çev. Muhammed Aruçi. Hyrje në Kelâm. - Pristine: Biblioteka Aruçi, 2002.

4. Çev. Orlin Sabev. Islamsko Bogoslovie (Kelâm) Vavedenie. - Uskup: Logos A,

5. Prof. Dr. Hatice K. Arpagu§, Do?. Dr. Mehmet Ümit, Ar§. Gör. Bilal Kir. imam Mätüridi - Te'vilätü'l Kur'än. - istanbul: Marmara Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Vakfi Yayinlari, 2019. - 935 s.

6. §erafeddin Gölcük, Süleyman Toprak. Keläm Ders Notlari. - Konya: Sel?uk Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Yayinlari, 1987. - 309 s.

7. Azimov, H. Y. (2022, June). THE ROLE OF THE SYRIAN CRISIS IN ENSURING SECURITY IN THE MIDDLE EAST. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 90-92).

2009.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. §erafeddin Gölcük. Kelâm Tarihi: Kiçiler, Görü§ler, Eserler. - Konya: Esra Yayinlari, 1992. - 281 s.

9. Habibullo, A., & Durdona, M. (2021). Xalqaro xavfsizlik o'quv qo'llanma.

10. Ahmet Süruri. Cumhuriyet dönemi kelâm ilmi yazimi (1923-2017): kelâm ve kelâm tarihi kitaplari // Türkiye Araçtirmalari Literatür Dergisi, Cilt 14. Sayi 27, 2016. - S. 249-312.

11. Bekir Topaloglu. KMb^t-tevMd -Açiklamali Tercüme- Ebû Mansûr el-Mâtürîdî. - Üsküdar / Istanbul: TDV îslâm Araçtirmalari Merkezi (ÎSAM), 2012. -12 s.

12. Azimov, H. Y. (2022). Main Directions of Modern International Security Approaches. International Journal of Social Science Research and Review, 5(2), 151-

13. Cagfer Karadaç. Günümüz Türkiye'sinde kelam ilmi// Türk Bilimsel Derlemeler Dergisi 2(1), 2009. - S. 129-151.

14. Mustafa Çagrici. Sünrn-§n îttifakina Dogru // Nesil Aylik Fikir Dergisi. Sayi: 10, 1979. - S. 33-48.

15. https://lex.uz/docs/-4945427

16. https: //www.biyo grafya.com/biyo grafi/2171.

157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.