Научная статья на тему 'ABU MANSUR MOTURIDIY FALSAFIY MEROSIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI'

ABU MANSUR MOTURIDIY FALSAFIY MEROSIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
163
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Mansur Moturidiy / moturidiylik ta’limoti / falsafiy meros / shaxs ma’naviyati / diniy dunyoqarash. / Abu Mansur Maturidi / maturidi teachings / philosophical heritage / personal spirituality / religious worldview.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Adashova, Maxsuma Maxmudboyevna

Mazkur maqolada Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishdagi o’rni hamda allomaning fikr-mulohazalarining ilmiy tahlili to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF IMPROVING PERSONAL SPIRITUALITY IN THE PHILOSOPHICAL HERITAGE OF ABU MANSUR MOTURIDI

This article provides information on the role of the philosophical heritage of Abu Mansur Moturidi in the development of personal spirituality and the scientific analysis of the views of the scholar.

Текст научной работы на тему «ABU MANSUR MOTURIDIY FALSAFIY MEROSIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI»

Scientific Journal Impact Factor

ABU MANSUR MOTURIDIY FALSAFIY MEROSIDA SHAXS MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI

Adashova Maxsuma Maxmudboyevna

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Email: mahsumaadashova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma 'naviyatini yuksaltirishdagi o 'rni hamda allomaning fikr-mulohazalarining ilmiy tahlili to 'g'risida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Abu Mansur Moturidiy, moturidiylik ta'limoti, falsafiy meros, shaxs ma 'naviyati, diniy dunyoqarash.

This article provides information on the role of the philosophical heritage of Abu Mansur Moturidi in the development of personal spirituality and the scientific analysis of the views of the scholar.

Keywords: Abu Mansur Maturidi, maturidi teachings, philosophical heritage, personal spirituality, religious worldview.

В данной статье представлены сведения о роли философского наследия Абу Мансура Мотуриди в развитии духовности личности и научный анализ взглядов ученого.

Ключевые слова: Абу Мансур Мaтуриди, учение матуриди, философское наследие, духовность личности, религиозное мировоззрение.

O'zbekiston-buyuk allomalar yurti! Darhaqiqat, Vatanimiz qanchadan-qancha ulug' siymolar, olim-u fuzalolarning yuksak ilm cho'qqilarini zabt etishiga sababchi bo'lgan maskandir. Bu yurt o'zining go'zal tabiati, hushsuvrat insonlari, umuman olganda jannatga tenglashtirilgan ulug' sifatlari bilan buyuk siymolarni bag'rida tarbiyalagan zamindir.

Milodiy IX asrda Somoniylar sulolasi davrida dunyoga kelgan buyuk mutakallim, aqoid va kalom ilmining sultoni Abu Mansur Moturidiy ham shu yurtning ko'hna Samarqand diyorida voyaga yetib, diniy va dunyoviy ilm ravnaqi uchun o'zining munosib xissasini qo'shishga muvaffaq bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, millionlab musulmonlar qalbiga muborak islom dinining

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hayotbaxsh g'oyalarini singdirishda buyuk vatandoshimiz imom Abu Mansur Moturidiy hazratlari va ul zot asos solgan "Moturidiylik maktabi"ga mansub allomalarning xizmatlari benihoya kattadir. Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyati va ilmiy faoliyatini o'rganish hamda shunday ulug' siymoni xalqqa tanitish ilmiy tadqiqot ishimizning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Abu Mansur Moturidiy va moturidiylik ta'limotining g'oyalarini shaxs ma'naviyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdagi ahamiyatini o'rganish mavzuning naqadar dolzarb ekanligini belgilab beradi.

Shaxs ma'naviyatini yuksaltirish masalasi barcha davrlarda ham dolzarb mavzulardan biri sifatida o'rganib kelingan. Chunki jamiyatning ma'naviy qiyofasi unda yashayotgan insonlarning ma'naviy yetuklik darajasi bilan o'lchanadi. Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash jarayoni davlat va jamiyat a'zolarining zimmasiga juda katta mas'uliyatlarni yuklaydi. Bu borada mamlakatimizda xadisshunoslik, kalom ilmi, islom huquqi, tasavvuf, aqida ilmi kabi maktablarning tashkil etilishi diniy va dunyoviy ilmning o'zaro muvofiqligini ta'minlay oladigan malakali kadrlarni yetishtirish uchun asos bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil 16 aprelda qabul qilingan "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5416-sonli farmonning qabul qilinishi ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganishga, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalashga shuningdek, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashga huquqiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. Nega insoniyat har doim ma'naviyatga zaruriyat sezib yashaydi?, Ma'naviyatning shaxs kamolotida qanday o'rni bor?, Ma'naviyatsiz yashash mumkinmi? Mana shu kabi savollar olim va ulamolarning ilm yo'lida mashaqqat chekishiga hamda insoniyat jamiyatini yaxshilash uchun xizmat qilishiga undagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida buyuk ajdodlarimizni xotirlab, shunday ta'kidlagan edi: "...ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va osoyishta hayotning qadrini anglab yetadi"1. Buyuk mutakallim "Abu

1 http://president.uz 2020 yil 24-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Mansur Moturidiy bobomizning o'rta asrlardagi g'oyat hatarli va tahlikali bir vaziyatda o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, avlodlarga ibrat bo'ladigan ma'naviy jasorat namunasini ko'rsatib, islom olamida "Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi" degan yuksak sharafga sazovor bo'lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi."2 Abu Mansur Moturidiy o'zining barcha asarlarida zalolatning har qanday ko'rinishlaridan yiroq bo'lgan, insonlarning mavjud ijtimoiy-ma'naviy muhitida sog'lom ma'naviy tafakkurni targ'ib qilish borasidagi sa'i-harakatlari, shuningdek sof diniy-falsafiy qarashlari bilan o'sha davrning diniy mutaassiblari va buzg'unchi g'oya tarafdorlariga keskin raddiyalar bergan. Bu urinishlari samarasi o'laroq o'z zamonasidayoq "Hidoyat imomi" unvonini olishga sazovor bo'lgan. Allomaning 15 ga yaqin asarlar ustida tadqiqot olib borganligi ma'lum bo'lsada, bizgacha shayx xazratlarining 2 ta mashhur asari yetib kelgan. Ular "Kitob at-Tavxid" va "Ta'vilot al-Qur'on" asarlari. Abu Mansur Moturidiy bu asarlari orqali insoniyat yaratilishining falsafiy mohiyati, tavxid ilmi, borliqning insonga ta'siri, ruhiyat ilmi, inson kuch-qudratining ma'lum chegarasi, iroda erkinligi, dunyo va oxiratni anglash kabi masalalar to'g'risida Qur'oni karim oyatlariga asoslanib, ko'plab ma'lumotlar tadim etgan. Allomaning mashhur shogirdi Abul-Mu'in an-Nasafiy ustozining buyuk xislati va kuchli salohiyatini ulug'lab, shunday ta'kidlagan edi: "Abu Mansur al-Moturidiy imomlarning ulug'i va millatning ustuni edi. Uning Qur'onga yozgan tafsiri barcha chigalliklarni ochib beruvchi, inson qalbidagi shubhali qora bulutlarni haydovchi hamda nihoyatda bolig' vasf ila yaratilgan asardir. Alloh shunday kitobni yozgan zotga o'z salomini yo'llasin."3 Abu Mansur Moturidiy ana shunday yuksak ehtiromga loyiq bo'lgan qomusiy allomadir. Abu Mansur Moturidiyning aynan aqoid va kalom ilmi bilan shug'ullanishiga o'sha davrda vujudga kelgan, insonlarni iymon-e'tiqod masalasida noto'g'ri yo'nalishlarga boshlaydigan turli xildagi talqinlar va chalkashliklarning ko'payib borayotganligi sabab bo'ladi.

MUHOKAMA VA TAHLILLAR

Abu Mansur Moturidiy shaxs ma'naviyati va unga ta'sir etuvchi omillar hamda ularning diniy-falsafiy jihatlarini bir qancha yo'nalishlarga bo'lib o'rganadi.

Inson erkinligi masalasi. Abu Mansur Moturidiy, eng avvalo, insonlarning xatti-harakatlarini ontologik jihatdan aniq haqiqat sifatida qabul qiladi va bu fikrni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, har bir inson o'z harakatlarining haqiqiy egasidir. Insonning o'z xatti-harakatlarining mutlaq sohibi ekanligi, ham aqlan, ham

2 I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", T.: "Ma'naviyat" nashriyoti 2008 y. 39-bet

3 F.Muhammadiyev "Mutafakkirlar", "Movarounnaxf' nashriyoti T; 2011, 45b

993

Scientific Journal Impact Factor

ruhan erkinligi Qur'on oyatlari bilan ochiq-oydin ma'lum qilingandur. Shu haqiqatdan kelib chiqib, Alloh taolo insonlarga o'zining imkoniyatlari doirasida ma'lum bir vazifa va mas'uliyatlarni yuklagan. Buning natijasi o'laroq, bajarilgan yoki tark etilgan xatti-harakatlar evaziga jazo va ajrlarni marhamat etgan. Inson muayyan harakat va faoliyatni amalga oshirishi uchun unga harakatdan oldin amalda ma'lum bir kuch va qudrat berilgan. Insonning harakatlari unga berilgan shu kuch-qudrat va uni amalga oshirishga undovchi shaxs irodasining natijasidir. Bu jarayon inson harakatlarining asosi va uning zimmasiga yuklatilgan mas'uliyatlarining majmuidir. Bular bilan inson ma'lum bir harakatga yuzlanib, o'z ixtiyori bilan uni tanlaydi va amalga oshiradi.

Bandaning barcha yaxshi yoki yomon amallarini yaratish Alloh taoloning qudrati bilan bo'ladi. Demak, insonning xatti-harakatlarida ikki jihat bor: insonning roli va Allohning qudrati.4 Abu Mansur Moturidiy, bu masalada o'z davriga qadar ilgari surilgan taqdirni inkor etish va majburlash g'oyasini qabul qilganlarning qarashlarini butkul rad etib, amallar ham insonga, ham Allohga tegishli ekanligini ta'kidlaydi. Mazkur masalaning yechimi sifatida u yangicha bir fikrni ilgari suradi. Abu Mansur Moturidiyning qarashlariga ko'ra, ma'lum bir harakatga murojaat qilish, uni tanlash hamda o'z xohish va irodasi doirasida bajarish insonning shaxsiy ishi. Har bir narsaning yaratuvchisi bo'lgan Alloh, insonning harakatini ham yaratuvchisidir. Demak, ijod nuqtai nazaridan harakatga ta'sir etuvchi kuch Allohga tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, harakat amalga oshirilish jihati bo'yicha insonga, yaratilish xususiyati bo'yicha Allohga tegishlidir. Inson ruhiyatidagi bu sheriklik alohida xususiyatlarga ega bo'lgan hamda mas'uliyatni bartaraf etmaydigan hamkorlikdir.

Shaxs etikasi tahlili. Narsalarning go'zalligi yoki xunukligini shuningdek, foydali yoki zarar ekanligini umuman aql tamoyillari bilan tushunish mumkin. Biroq, aql ularni barcha jihatlari va tafsilotlari bilan aniqlay olmaydi. Chuqur izlanish va tafakkurdan so'ng bilishi yoki payg'ambarning xabari orqali bilishi mumkin.5 Shariatning bu boradagi bayonoti ta'kid va tasdiqdir. Shariat ham biror narsani yaxshiligi uchun buyurib, yomon va zararli bo'lgani uchun uni harom qiladi. Din bu borada aql bilan birlashgan. Qolaversa, axloqiy tuyg'u insonga xos bolib, inson tabiatan axloqiy mavjudotdir. Ba'zi narsalarning go'zalligi va ba'zi narsalarning

4 Kitabu't-Tevhid, 228-229. Ayrica geniç bilgi için bkz. Yazicioglu, M. Sait, Mâturidî ve Nesefî'ye Gore insan Hurriyeti Kavrami, Ankara 1988, 28-34.

5 Geni§ bilgi için bkz. el-Mâturîdî, Te'vîlât, Topkapi Sarayi Muzesi Ktp., Medine Bolumu, Nu: 180, 796a; el-Mâturîdî, Te 'vîlât, Haci Selim Aga Ktp., Nu: 40, v. 888b.

Scientific Journal Impact Factor

xunukligi tabiatan aqlda aniq namoyon bo'lganligi sababli, aql ularni idrok etadi, tahlil qiladi, muayyan harakatga undaydi yoki qaytaradi. Masalan, mavjud ne'matlarga shukr qilishning haqiqati, adolatning go'zalligi, noshukurlikning xunukligi, zulm va yolg'onning chirkin illat ekanligi va xokazo.6 Faqat aql oxiratda mukofot yoki jazolanadigan halol yoki harom amal qilish huquqiga ega emas, bu hokimiyat Allohnikidir. Demak, aql ilmi oxirat uchun jazo va ajr miqdorini belgilay olmaydi. Din esa amr qilinganlarni bajarganlarga ajr va'da qilgan, man etilganlarni esa jazo bilan tahdid qilgan. Abu Mansur Moturidiyning odob-axloq tushunchasida yana bir ta'kidlash lozim bo'lgan jihat shundaki, u amaldan ko'ra g'oya, e'tiqod va to'g'ri bilimni birinchi o'ringa qo'yib, amalni taqliddan ko'ra sog'lom bilimga yo'naltirib asoslaydi.

Abu Mansur Moturidiyning fikricha, Allohni tanish va uning go'zal sifatlarini bilish har bir inson uchun axloqiy farzdir. Chunki borliqni va uning yaratuvchisi haqidagi bilimlarni anglashning yagona yo'li aqldir.

Abu Mansur Moturidiy o'z asarlarida odamlarni o'z imkoniyatlariga javobgar qilish kabi masala borasida ham ko'plab fikrlar bildirgan. Xususan, allomaning fikr-mulohazalariga ko'ra, dinda odamlar hech qachon qodir bo'lmagan xatti-harakat uchun javobgar bo'lmaydilar. Islom dinida har qanday xatti-harakat uchun javobgar bo'lishning asosiy sharti shundaki, buyurilgan yoki ta'qiqlangan narsa inson qila oladigan darajada bo'lishi kerak. Shunga ko'ra, yuklatiladigan vazifalar odamlarning imkoniyati sig'dira oladigan va imkoniyati yetmaydigan xatti-harakatlar majmuiga bo'linadi. Insonni o'zi bajara olmaydigan ibodat yoki muayyan majburiyatga yo'llash va natijada ular tomonidan xatti-harakatning lozim darajada bajarilmasligi hamda harakat sub'yektlarining qo'lidan kelmaydigan ishlar uchun og'irroq jazolash dinning mas'uliyat mantig'iga mutlaqo ziddir. Alloh taolo insonlarga aql bilan yoki vahiy orqali nimani buyurgan bo'lsa, ularni tushunish uchun imkoniyat eshiklarini ochib qo'ygan. Buni tushuna olmaydigan ilohiy amrga murojaat qilib bo'lmaydi. Bu amrlarning barchasini bilish usullari har xil. Biroq uning yo'llarini aql va xulosa bilan bilish mumkin.7

Borliqning yaratilish qoidasiga ko'ra, Alloh hech bir harakat yoki holatni bekordan-bekor yaratmagan. Abadiyat qonunlariga muvofiq har bir voqea, hodisa va jarayonlar o'zining muayyan sabablari asosida sodir bo'ladi. Moturidiyning

6 el-Mâturîdî, Kitâbu't-Tevhîd, 178, 181, 223-224. el-Mâturîdî 'nin bu konudaki gôrûçlerinin tahlili için bkz. Bardakoglu, Ali, "Hüsn ve Kubh konusunda Aklin Rolü ve imâm Mâturîdî", Ebu Mansur Semerkandi Maturidi adli kitap içerisinde, 33-49.

7 el-Mâturîdî, Kitâbu't-Tevhîd, 137.

Scientific Journal Impact Factor

fikricha, olamdagi hech narsa bekorga yaratilmagan. Hamma narsaning sababi, maqsadi va hikmati bor. Shuning uchun ham Alloh taoloning ijodlari borliq qonunlari va aql asoslaridan tashqariga chiqmaydi. U hamma narsani eng yaxshi ko'rinishda va mustahkam tarzda yaratadi. Uning fikricha, hikmatning ikki xili bor: Birinchisi -adolat, ikkinchisi - inoyat. Adolat hamma narsani o'z o'rniga qo'yadi. Xudoning inoyati esa, cheksiz va oxiri yo'q marhamatdir.

"Imom Moturidiyning buyukliklari, siyratlarini anglashdagi eng katta manba - u kishining asarlaridir. Bu zotning ixlosu taqvolari, parhezkorliklari, sog'lom aql va e'tiqoddagi darajalari, aqliy yetukliklari, fikriy ilg'orliklarini u kishining asarlarini o'rgangan odam darhol fahmlab oladi."8

Barcha davrlarda ham din insonlarni ma'naviy birlashuvini, maqsad-muddaolari mushtarakligini, orzu-umidlar yakdilligini ta'minlab beruvchi ruhiy vosita hisoblangan. Mana shu vosita davrlar o'tsada, qanchadan-qancha siyosiy to'qnashuvlar bo'lsada, o'zining ruhiy ta'sir etish kuchini yo'qotmagan.

"Abu Mansur Moturidiy nafaqat qardosh o'zbek xalqining, balki ummat rivojiga, muqaddas islomning gumanistik va ratsional asoslarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shgan barcha turkiy xalqlarning faxridir"9. Darhaqiqat, buyuk allomaning falsafiy merosi, butun ilmiy faoliyati va mehnatlarining samarasi bugungi kunda ham jamiyat va unda yashovchi insonlarning ma'naviy qiyofasini yaxshilashga, ruhiy barkamollikka va yuksak falsafiy tafakkur egasi bo'lishiga katta yordam beradi. Bugungi globallashuv sharoitida Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyatini, falsafiy merosini hamda moturidiylik ta'limotini o'rganish dinimiz balki butun borliq, insoniyat to'g'risida noto'g'ri g'oyalarni yuzaga keltiruvchi turli mafkuraviy tahdidlar, aqidaparastlik va tub dunyoqarashlarga qarshi mafkuraviy immunitet vazifasini o'taydi. Abu Mansur Moturidiyning falsafiy merosi yoshlar ongining turli ko'rinishdagi buzg'unchi g'oyalar bilan zaharlanishiga qarshi turishda hamda ularga qarshi kurashishda o'ta dolzarb va muhim manba hisoblanadi.

Fikrimiz yakunida shuni aytib o'tmoqchimizki, keyingi yillarda yurtimizda muqaddas islom dini rivojiga o'zining teran falsafiy qarashlari bilan beqiyos hissa qo'shgan ulug' allomalarning hayoti va faoliyati, ularning ma'naviy merosini

8 Hasanxon Yahyo Abdulmajid «Tavhid» risolasi ahli sunna aqiydasi bo'yicha muhim manba (birinchi maqola). T.;

9 Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful.

XULOSA

15.03.2020

04/03/2020

Scientific Journal Impact Factor

o'rganishga qaratilgan alohida e'tibor kuchayib bormoqda. Shu tufayli buyuk mutakallim Abu Mansur Moturidiy va ul zot asos solgan moturidiylik ta'limotini keng tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bugungi global jarayonda islom dinini to'g'ri anglash va talqin qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada moturidiylik ta'limotining o'rni naqadar beqiyos ekanligi, allomaning ilmiy -ma'naviy, boy merosi davlat va jamiyat taraqqiyoti, insoniylik tamoyillariga asoslanganligi qator horijiy va mahalliy olimlar tomonidan ham yuksak e'tirof etilmoqda. Shunday ekan, bu ulug' allomaning hayoti, ilmiy faoliyati va ilmiy asarlarida ilgari surilgan g'oya va mafkuralarni ta'lim tizimiga to'g'ri tadbiq etib borsak, shuningdek, xalqimiz ongiga oson va tushunarli tarzda yetkazib bersak, o'ylaymizki, kelajakda Abu Mansur Moturidiyning falfafiy merosini o'rganish bo 'yicha yetuk mutaxassislarni yetishib chiqishiga zamin tayyorlagan bo 'lamiz. Zero, buyuk ajdodlarga ko'rsatilayotgan yuksak ehtirom, biz avlodlarning insoniylik vazifamizdir. O'zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu buyuklikda ajdodlarimizning ham munosib hissalari bor ekanligini anglash, har birimizning muqaddas burchimizdir.

REFERENCES

1. http://president.uz 2020 yil 24-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", T.: "Ma'naviyat" nashriyoti 2008 y. 39-bet

3. Muhammadiyev F. "Mutafakkirlar", "Movarounnaxr" nashriyoti T; 2011, 45b

4. Kitabu't-Tevhid, 228-229. Ayrica geni§ bilgi i?in bkz. Yazicioglu, M. Sait, Maturidi ve Nesefi'ye Gore insan Hurriyeti Kavrami, Ankara 1988, 28-34.

5. Geni§ bilgi i?in bkz. el-Maturidi, Te'vilat, Topkapi Sarayi Muzesi Ktp., Medine Bolumu, Nu: 180, 796a; el-Maturidi, Te'vilat, Haci Selim Aga Ktp., Nu: 40, v. 888b.

6. Hasanxon Yahyo Abdulmajid «Tavhid» risolasi ahli sunna aqiydasi bo'yicha muhim manba (birinchi maqola). T.; 15.03.2020

7. Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful. 04/03/2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.