Научная статья на тему 'Религиозная жизнь Средней Азии в средние века'

Религиозная жизнь Средней Азии в средние века Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
103
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
церковь Синагога / иудей / христианин / Мутазид / калам / учитель ус-сани / епархия / католик / Зенон / Гален. / church / synagogue / Jewish / Christian / Mu’tazid / kalam / teacher us-Sani / diocese / catholic / Zeno / Galen.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Севара Бозорова

В этой статье говорится о притоке ислама в Среднюю Азию, религиозная среда в период Аббасидов, равноправное сосуществование христианской и еврейской религий с мусульманами на правовой основе, продвижение идей толерантности учеными-энциклопедиями и идей толерантности в средние века.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Religious life of the central Asia in the Middle Ages

In this article, the penetration of Islam into Central Asia dates back to the basic period the religious environment, the equal coexistence of Christian and Jewish religions with Muslims on a legal basis, the promotion of the ideas of tolerance by encyclopedic scholars, and the ideas of tolerance in the Middle Ages

Текст научной работы на тему «Религиозная жизнь Средней Азии в средние века»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Religious life of the central Asia in the Middle Ages

Sevaraxon BOZOROVA1

General Secondary School № 49

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021 Received in revised form 20 August 2021 Accepted 15 September 2021 Available online 11 October 2021

Keywords:

church,

synagogue,

Jewish,

Christian,

Mu'tazid,

kalam,

teacher us-Sani,

diocese,

catholic,

Zeno,

Galen.

In this article, the penetration of Islam into Central Asia dates back to the basic period the religious environment, the equal coexistence of Christian and Jewish religions with Muslims on a legal basis, the promotion of the ideas of tolerance by encyclopedic scholars, and the ideas of tolerance in the Middle Ages

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

O'rta asrlarda Markaziy Osiyoning diniy hayoti

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

cherkov,

sinagoga,

yahudiy,

nasroniy,

Mo'tazid,

Kalom,

muallim us-Soniy,

Masixiy,

yeparxiya,

katolik,

Zenon,

Galen.

Ushbu maqolada O'rta Osiyoga islom dinini kirib kelishi, Abbosiylar davridagi diniy muhit, nasroniy va yahudiy din vakillarini musulmonlar bilan huquqiy asosda teng hayot kechir-ganliklari, qomusiy allomalarning bag'rikenglik g'oyalarini targ'ib etishi, o'rta asrlardagi tolerantlik g'oyalari haqida so'z yuritiladi.

1 Independent researcher, Lecturer of Law and Education, General Secondary School №49, Andijan, Uzbekistan.

Религиозная жизнь Средней Азии в средние века

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

церковь Синагога,

иудей,

христианин,

Мутазид,

калам,

учитель ус-сани,

епархия,

католик,

Зенон,

Гален.

В этой статье говорится о притоке ислама в Среднюю Азию, религиозная среда в период Аббасидов, равноправное сосуществование христианской и еврейской религий с мусульманами на правовой основе, продвижение идей толерантности учеными-энциклопедиями и идей толерантности в средние века.

KIRISH

O'zbekiston Rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi Ishlar Vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so'zlab: "Biz islom dinidan zo'ravonlik va xunrezlik maqsadlarida foydalanishga urinayotgan kimsalarni keskin qoralaymiz", deb o'zining xunrezlikka, terrorizm va aqidaparastlikka qarshi salbiy munosabatini bildiradi. Muqaddas dinimizning insonparvarlik sifatlari, uning bag'ri-kenglik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan g'oyalari nafaqat O'zbekistonda, balki, islom aqidasi yoyilgan barcha davlatlarda, barcha davrlarda bag'rikenglikni mustahkam-lovchi asosdir. Islom dini yer yuziga yoyilishi bilan, uning tenglikka, adolatga asoslangan qarashlari ham yoyila boshladi.

Moziyga nazar solsak, VIII asrda Movaraunnahr aholisi hayotiga islom dini va uning ma'rifatparvarlik g'oyalari kirib keldi. Turli e'tiqodlar va ta'limotlar ta'sirida yashagan Movaraunnahr xalqi o'z g'oyalaridan kechishi oson kechmadi albatta. Tarixdan bizga ma'lumki, O'rta Osiyo arablarga qarshi kurashish uchun birdam, ittifoq bo'lib kurashishga kirishganlar. Bu davrda xalqimiz ruhidagi bag'rikenglik, dushmanga qarshi kurashishda birdamlik kayfiyati sifatida namoyon bo'ldi. Abu Muslim va Rofe ibn Lays kabi qo'zg'olonlar arablarga qarshi harakatlarga misol bo'la oladi. Hududda islom g'oyalarini yoyish va targ'ib etish yo'lida dinning muqaddas manbalari Qur'oni Karim va Hadisi Sharifdagi chaqiriqlar asos bo'ldi. Jumladan, muqaddas Qur'oni Karimning az-Zumar surasining 3-4 oyatlarida barcha xalqlarga qaratila shunday marhamat qilingan: "(Ey insonlar), ogoh bo'lingizkim, xolis din yolg'iz Allohnikidir (ya'ni, yolg'iz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilishga loyiq zotdir.) U zotdan o'zga "do'stlar"ni (xudo) qilib olgan kimsalar: "Biz (o'sha "xudo"larimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz", (derlar). Shak-shubha yoqki, Alloh (qiyomat kunida) ular ihtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o'rtasida hukm qilur. Shak-shubha yo'qki, Alloh yolg'onchi va ko'rnamak kimsalarni hidoyat qilmas". Agar Alloh bola-chaqa tutishni istasa, so'zsiz O'zi yaratgan narsalaridan hohlaganini olgan bo'lur edi. U zot (bunday aybdan) pokdir. U yakkayu yagona va g'olib Allohdir. Shu kabi ilohiy chaqiriqlar islom tarqalib borishi jarayonida yakka xudolik g'oyalarini mustahkamladi. VIII asrda Movaraunnahrga kirib kelgan islom dini va mahalliy e'tiqodlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Bunday uyg'unlikning asosi yangi vujudga kelgan islom dinidagi kenglik va birodarlik fazilatlari bo'ldi.

Bag'rikenglik va mehr-oqibat kabi qarashlar sahihligi bo'yicha Qur'oni Karimdan keyingi o'rinda turadigan Hadisi Shariflarda ham keng targ'ib etilgan. Xususan, Payg'ambarimiz (s.a.v)ning butun hayot yo'llari aynan bag'rikenglik, ahillikka yog'ril-

gandir. Jumladan, vatandoshimiz, mashhur muhaddis Imom al-Buxoriyning "Al-Jome as-Sahih" nomli asarida Anas (r.a) tomonidan: "Yahudiyning bir xizmatkori Nabiyga (s.a.v) xizmat qilib yurardi. U kasal bo'lib qolganda Nabiyning (s.a.v) uning holidan xabar olish uchun borganlarini" rivoyat qiladi. Yoki,aynan yana shu asarda Anas (r.a) aytadi: "Rasululloh (s.a.v) aytadilar: "Qaysi bir musulmon ko'chat yoki ekin eksa, undan biror undan biror qush, yoki inson yoki hayvon yesa, unga (musulmonga) sadaqa (sifatida) bo'ladi", deb rivoyat qiladi. Alloma Badruddin Ayniy "Umdat al-qoriy sharhi sahih Al-Buxoriy" asarida ushbu hadisi sharifdagi "inson" lafzidan maqsad, u hoh musulmon bo'lsin yoki boshqa din vakili bo'lishidan qat'iy nazar deb sharhlaydilar. Ya'ni, ezgulik amallarini targ'ib etish, insonlarga yaxshilik ulashish islom dinining bosh g'oyalaridandir. Keyinchalik tasavvuf ta'limotini yoyilib, diniy hayotning ajralmas bir qismiga aylanib borish asnosida "Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixi" bo'lgan Ahmad Yassaviyning xikmatlari ham insonlarni qo'llab-quvvatlashga, ularga hamdard bo'lishga da'vat etadi. Alalxusus, "Qayda ko'rsang ko'ngli sinuq malham bo'lgil, andoq mazlum yo'lda qolsa, hamdam bo'lgil", deya insoniylikni baralla tarannum etadi. Aynan Turkiston hududida tasavvuf g'oyalari tarqala-yotgan bir davrda bag'riknglik sabr-toqat, chidam-bardosh, hokisorlik va poklik kabi fazilatlarning tarkibida namoyon bo'ladi.

Keyinchalik katta geografik hududlarni o'zida birlashtirgan, asosiy maqsadi islom dinini yoyish bo'lgan Abbosiylar davrida ham e'tiqodlararo bag'rikenglik o'zining yuqori darajasiga ko'tarildi. Abbosiylar davlatida asosiy din islom dini bo'lishiga qaramay, Abbosiylar davlatida nasroniylar, xususan, sur'yon yaqubiylari va nasturiylar kitoblarini tarjima qilish va tabobat borasidagi asarlarni talqin etish yuqori o'rinda turgan. Bu davlatda yunon, nasroniy va fors xalqlarining manbalarini tarjima qilganlar. Vaholanki, yunonlar ko'p xudolik aqidasi bilan yashasalar, fors xalqlari bu davrda Ko'k Tangriga sig'inganlar. Din va e'tiqodlar turlicha bo'lishiga qaramay, islomga ergashuvchilar o'zlarining ijtimoiy va madaniy hayotlariga o'zga e'tiqod vakillarini tajriba va yutuqlarini targ'ib etganlar. Tarixiy manbalarga ko'ra, Arastuning "Axloq", "She'r" va "Tabiat" asarlari mashhur tarjimonlar tomonidan tarjima qilinib, Raho, Nasibin, Jundisobur, Antokiya va Iskandariya kabi madrasalarda darslik sifatida o'qitilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Rus pravaslov cherkovi-ning Toshkent va O'zbekiston yeparhiyasining 145 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir ishtirokchilari"ga tabrigida ta'kidlaganidek, "Diniy bag'rikenglik azal-azaldan o'zbek xalqi mentalitetining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Tarixning murakkab davrlarida yurtimiz musulmonlari pravaslov xristianlariga mehr-shavqat va xayri-sahovot ko'rsatib, beg'araz yordam va ko'mak berganlar. Bugungi kunda pravaslov dini islom dinidan keyingi eng katta konfessiya hisoblanadi", deya boshqa din va konfessiya vakillariga ijobiy muno-sabatda ekanligini, boshqa konfessiya vakillariga nisbatan yuksak hurmatini izhor etadi.

Darhaqiqat, islom dini davlat dini sifatida baholangan Abbosiylar davlatida ham musulmonlar bilan birgalikda bu zaminda nasroniylar isstiqomat qilishgan. Islom tartibi va ta'limotiga ko'ra boshqa din vakillari kamsitilmagan. Bu haqida tarixchi Johiz Kinoniy abbosiylar davridagi nasroniylar va musulmonlar o'rtasidagi munosabatlarni tasvirlab, shunday yozadi: "Nasroniylar orasida mutakallimlar, tabiblar va munajjimlar bor edi. Ular aql sohibi, faylasuf va hakimlar edi... Ular orasida sultonlarning kotiblari, podshohlarning qorovullari, yuqori tabaqa vakillarining tabiblari, attorlar sarroflar bor edi". Ushbu keltiril-gan qimmatli ma'lumot orqali biz nasroniylar o'sha davrda jamiyatning barcha jabhalarda faoliyat olib borganliklariga, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'nqviy hayot sohalarida faol bo'lgan-liklariga guvoh bo'lamiz.

Abbosiylar davlatida yahudiylar ham nasroniylardek yashaganlar. Yahudiylar ham nasroniylar kabi yuqori lavozimlarda ishlaganlar. Hatto, Bag'dod diniy rahbari shu shaharda turib butun dunyo yahudiylarini boshqargan. Ushbu qimmatli ma'lumotlar islom dini baqraqoq bo'lgan davlatda boshqa dinlarga bo'lgan munosabatni yorqin tarzda ifodalab beradi. Kamsitish va nizolardan holi bo'lgan, o'zaro hurmat va bag'rikenglikka asoslangan bu davrdagi diniy hayot barcha sohalarda, ayniqsa, ilm-fanda uyg'onish davrini gullab-yashnashiga zamin yaratdi deb baholay olamiz.

Xalifa Mo'tazid yahudiylarni tahsil olishi uchun Bag'dod shahrida madrasa qurib bergan.1170 yilga (hijriy 565) kelib bu shahardagi yahudiylarning soni qirq mingni tashkil etib, ular halifalikning iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutganlar. Yahudiylar tijorat va sarroflik sohalarida ilg'or bo'lganlar.

Yahudiylar jamoasining vakillaridan biri R. Bensmen Buxorodagi dastlabki sina-gogalar VlII-asrdayoq qurilganini, boshqa din vakillari bilan bir qatorda o'z dinlariga erkin e'tiqod qilish uchun o'sha davrdayoq yetarli shart-sharoitlar yaratilganini ta'kidlab: "O'rta asr Yevropasi va Vizantiya imperiyasi quvg'in qilgan yahudiylik Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan bir xil huquqga ega edi", deb yozadi.

IX-XI-asrlarda yashab ijod etgan allomalar dinlararo tenglik va bag'rikenglik borasida o'z asarlarida keltirib o'tganlar. Xususan, "Kalom" ilmi asoschisi Abu Mansur Moturudiy o'zining "Ta'vilot ahli as-sunna" asarida: "Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm o'rtasida ixtilof yo'q", deb, musulmonlar boshqa din vakillari bilan birgalikda bir jamiyatda hayot kechirishi mumkinligini, musulmonlarni o'zga e'tiqod vakillariga bo'lgan ijobiy munosabatini ta'kidlaydi.

"Burhon ad-din val-milla" unvoniga sazovor bo'lgan Burhoniddin al-Marg'inoniy o'zining "Hidoya" asarida: "Musulmonlar yurtida cherkov va ibodatxonalar buzilib ketgan bo'lsa, ularni o'z joyida qayta tiklash mumkinligini" yozadi. Islom huquqidagi faqih olim fikrlariga e'tibor qaratsak, islom zo'rlik dini emas, balki kenglik, tinchlik dini ekanligiga yana bir bor guvoh bo'lamiz.

Islom olimlaridan tashqati tabiiy fanlar bilan shug'ullangan qomusiy olimlar ham yurtimizda dinlararo tenglik g'oyalarini mustahkamlanishiga munosib xissa qo'shdilar. O'rta asrlarda yashab ijod etgan olimlar o'z asarlari va faoliyatlari orqali chin tolerantlikni namoyon etdilar.Ularning fikricha, ilm diniy, siyosiy, ijtimoiy chegara bilmaydi. Abu Rayhon Beruniyning o'z zamondoshlaridan asosiy farqi hind falsafasi o'rganish mobay-nida, hindlarni asossiz ayblamadi. Bu jarayonni Beruniy shunday sharhlaydi: "Zero, hind e'tiqodi shundayki, bu ularning o'zlarigagina yaxshiroq ko'rinadi va tushuniladi". Allomaning bu o'lchovidan bir xalq uchun muhim, qimmatli bo'lgan qadriyatga nisbatan ikkinchi bir xalqining noto'g'ri baholashi, o'lchashi, kamsitishi ma'qul emasligini anglashimiz mumkin.

Ushbu mezon asosida alloma tolerantlik qoidalariga, kenglik tamoyillariga umr bo'yi amal qiladi. Alloma irqiy kamsitishlarga asoslangan har qanday zulmni qoralab, barcha insoniyatni asosi bir negizga borib taqalishini ta'kidlaydi. Olim turli xalqlar, millatlar va e'tiqod qiluvchilar orasidagi tinch-totuv munosabatlarni amalga oshirilisjiga to'sqinlik qiluvchi milliy hamda diniy chegaralarga qarshi chiqadi.

"Muallim us-Soniy" taxallusiga musharraf bo'gan alloma Abu Nasr Forobiyning ham bag'rikenglikka xos qarashlari e'tiborga munosibdir. Abu Nasr Forobiy "Baxtga erishish" asarida falsafaning ba'zi jihatlarini inobatga olib, shunday yozadi: "Falsafa bizga yunonlar:

Platon va Aristoteldan shunday sifatda kelgan...". Shu fikri bilan alloma ilm sofligini e'tiqodlar bilan qorishtirmaydi. Yana mutafakkirlarning qarashlarini qandaydir diniy doirada tan olishga majbur qilmaydi. Alloma kishilarni o'zi e'tiqod qilgan diniga to'g'ri yondashishi va ishonishi zarurligi, bu kabi oliyjanob xarakterlarni shakllantirishga chaqiradi.

Islom dini ta'sirida rivojlangan aniq, falsafiy va islomiy fanlar vakillarining qarashlarida ham bag'rikenglik yana bir bor yangi ko'rinishda namoyon bo'ldi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniylarning tarixiy- falsafiy fikrlarining tolerantlik xarakteri avvalambor turli xil falsafiy, diniy va irqiy, ijtimoiy tabaqalarga mansub bo'lgan keng miqiyosdagi xalqlarga tushunarli bo'lganligida ko'rinadi. Abu Nasr Forobiy islom diniga e'tiqod qilsada, Platon, Aristotel, Galen va Zenon kabi mutafakkirlarni asarlarini o'rganishi, tadqiq etishi va ommalashtirishi ham allomada yuqori ruhda tolerantlik mavjudligiga nishona. Alloma boshqa mutafakkirlarning asarlarini o'rganish va yoyish jarayonida turli mamlakatlardagi tarixiy- falsafiy jarayonlarni mafkuraviy, ma'naviy, diniy jihatlariga baho bermay tadqiq etadi. Forobiy bilimga, ko'nikmaga ega bo'lish uchun dinlar va 'etiqodlar to'siq bo'lmasligi kerak deb hisobladi.

"Xorazmlik buyuk alloma" Abu Rayhon Beruniy kishilarda bag'rikenglikni bo'lmas-likning xavfliligi to'g'risida keyinchalik o'zining "Geodeziya" kitobida shunday degan edi: "Kimda kim aql bovar qilmaydigan darajada mutaasiblikka (jonkuyarlikka) berilgan bo'lsa, u hammaning ishonchini yo'qotadi va qarg'ishiga qoladi, uning nomi "sin" harfi bilan tugaydi". Ushbu holatda Beruniy yunonlarni nomini nazarda tutadi. Ushbu jumlalar orqali alloma mutaassiblikni qattiq tanqid qiladi. Alloma boshqalarga namuna o'laroq, hayoti davomida ham o'zga din vakillari bilan do'stona munosabatda bo'lgan. Xristian diniga e'tiqod qiluvchi Abu Nasr Masihiy bilan olimning o'zaro munosabati tahsinga sazovor bo'lgan. Ular ilmiy tajribalarni, tahlil va yangiliklarni birga baham ko'rganlar, muhokama qilganlar.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Islom ma'naviyati va g'oyalari hech qaysi dinni, e'tiqod vakillarini kamsitmaydi. Buning aksi o'laroq, o'rta asr davlat arboblari, qomusiy olimlar va siyosatchilar islom dinidagi go'zal hulq, kenglik hamda sabrlilik kabi fazilatlarni hayotga tadbiq etdilar. Buning isbotini esa yuqorida, islom dini rahbarlarining yahudiy va nasroniylarga ko'rsatgan muruvvatlari va adolati, buyuk allomalarning boshqa din vakillari bilan ilmiy sohadagi do'stlik, birodarlik aloqalari, o'zga din vakillarini har qanday holatda ham to'g'ri baholay olishlari, ilm cheksiz, agar u diniy, siyosiy chegaralarga dush kelsa, turg'unlik va mutaassiblik iskanjasida qolishi mumkin degan qarashlari orqali o'rta asrlardagi diniy hayot, adolatli jamiyat haqida ilmiy asoslangan xulosalarga keldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.: "O'zbekiston", 2017. - B. 31.

2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi biz faoliyatiga berilgan eng oily bahodir. T.: "O'zbekiston", 2018. - B. 451.

3. Qur'oni Karimning ma'nolarining tarjimasi va tafsiri. Abdulaziz Mansur. T.: "Toshkent islom universitti" nashriyoti. 2004. - B. 458.

4. Axunjanov F. "Markaziy Osiyo va islom sivilizatsiyasi". Yosh tadqiqotchi va talaba-larning respublika anjumani to'plami. T.: "O'zbkiston xalqaro islom akadmiyasi" nashriyot-matbaa birlashmasi,2018. - B. 355.

5. Xoja Ahmad Yassaviy. Hikmatlar.Chimkent.: 1992. - B. 11.

6. Maxsumxonov R. "Dinshunoslik fanining metodologiyasi, yondaashuvi va uslubiyatini takomillashtirishning dolzarb masaklalari". T.: "Toshkent Islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2015. - B. 369.

7. Yahul - Iroq // Mesopotamiya jurnali. 2011-yil aprlel soni.

8. Murtazayeva R. "O'zbkistonda millatlararo munosabatlar va bag'rikenglik". T.: Universitet, 2007. - B. 2.

9. Husniddinov Z. "O'zbekistonda diniy bag'rikenglik". T.: "Toshkent islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2006. - B. 12.

10. Majidov M. "Dinshunoslik fanining metodologiyasi, yondashuvi va uslubiyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari". T.: "Toshkent Islom universiteti" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2015. - B. 123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.