Научная статья на тему 'AQSH MUSULMON JAMOALARINING VUJUDGA KELISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTDAGI O‘RNI'

AQSH MUSULMON JAMOALARINING VUJUDGA KELISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
245
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AQSh / islom / musulmonlar / ilk musulmonlar guruxi / Musulmon muhojirligi / islom dini. / USA / Islam / Muslims / the first Muslim group / Muslim immigration / the religion of Islam.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tursunova, Gulnoza

Bugungi kunda AQShda islom dini jadal sur’atlar bilan o‘sib boryapti. Hozirgi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari jahonda iqtisodiy va siyosiy sohalarda o‘zining beqiyos mavqeiga ega bo‘lgan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘lib, rivojlangan mamlakatlar orasida aholisining e’tiqodiga ko‘ra xilma-xilligi bilan ajralib turadigan mamlakatdir. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda umr kechirayotgan musulmonlar turli oqim va harakatlarga mansub odamlardir, ular rang-barang ijtimoiy, diniy va siyosiy yo‘nalishlarning vakillari hisoblanadilar. Mazkur maqolada AQShdagi musulmonlar ijtimoiy hayotiga ob’ektiv baho berish, uni yetarli darajada tahlil etish hamda ilk musulmonlar va islom dinining tarqalish tarixini o‘rganish va manbalar tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORIGIN OF MUSLIM COMMUNITIES IN THE UNITED STATES AND THEIR ROLE IN SOCIO-POLITICAL LIFE

Islam is growing rapidly in the United States today. Today, the United States is one of the few countries in the world that has an unparalleled position in the economic and political spheres, and is one of the most developed countries in terms of population diversity. Muslims currently living in the United States are people of different denominations and movements, representing diverse social, religious, and political backgrounds. This article provides an objective assessment of the social life of Muslims in the United States, an adequate analysis of it, as well as a study of the history and sources of the spread of early Muslims and Islam.

Текст научной работы на тему «AQSH MUSULMON JAMOALARINING VUJUDGA KELISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTDAGI O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

0

AQSH MUSULMON JAMOALARINING VUJUDGA KELISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTDAGI O'RNI

Tursunova Gulnoza

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistranti Gulnoza [email protected]

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda AQShda islom dini jadal sur'atlar bilan o'sib boryapti. Hozirgi kunda Amerika Qo 'shma Shtatlari jahonda iqtisodiy va siyosiy sohalarda o 'zining beqiyos mavqeiga ega bo'lgan kam sonli mamlakatlardan biri bo'lib, rivojlangan mamlakatlar orasida aholisining e'tiqodiga ko 'ra xilma-xilligi bilan ajralib turadigan mamlakatdir. Ayni paytda Qo 'shma Shtatlarda umr kechirayotgan musulmonlar turli oqim va harakatlarga mansub odamlardir, ular rang-barang ijtimoiy, diniy va siyosiy yo 'nalishlarning vakillari hisoblanadilar. Mazkur maqolada AQShdagi musulmonlar ijtimoiy hayotiga ob 'ektiv baho berish, uni yetarli darajada tahlil etish hamda ilk musulmonlar va islom dinining tarqalish tarixini o 'rganish va manbalar tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar. AQSh, islom, musulmonlar, ilk musulmonlar guruxi, Musulmon muhojirligi, , islom dini.

Islam is growing rapidly in the United States today. Today, the United States is one of the few countries in the world that has an unparalleled position in the economic and political spheres, and is one of the most developed countries in terms of population diversity. Muslims currently living in the United States are people of different denominations and movements, representing diverse social, religious, and political backgrounds. This article provides an objective assessment of the social life of Muslims in the United States, an adequate analysis of it, as well as a study of the history and sources of the spread of early Muslims and Islam.

Keywords. USA, Islam, Muslims, the first Muslim group, Muslim immigration,, the religion of Islam.

Hozirgi kunda Amerika Qo'shma Shtatlari iqtisodiy va siyosiy sohalarda jahonda o'zining beqiyos mavqeiga ega bo'lgan kam sonli mamlakatlardan biridir. Islom bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlarda eng tez rivojlanib borayotgan

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

dinlardan biridir. Darhaqiqat, bugungi kunda Amerikadagi islomiy jamiyat tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda.

Ayni paytda Qo'shma Shtatlarda umr kechirayotgan musulmonlar turli oqim va harakatlarga mansub odamlardir, ular rang-barang ijtimoiy, diniy va siyosiy yo'nalishlarning vakillari hisoblanadilar. Bu musulmonlar orasida muhojirlar va yerli xalq vakillarini, sunniylar va shialarni, sobit e'tiqodlilar va turli o'ziga xos yo'nalishdagilarni uchratish mumkin. Hozir AQSh aholisi tarkibida mavjud musulmonlar miqdorini aniq belgilash mushkul vazifa, lekin, shuni aytish mumkinki, ularning yarmidan ko'p qismi muhojir oilalarning birinchi, ikkinchi, uchinchi avlodiga mansub.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Amerika Qo'shma Shtatlarida Islom dini va musulmonlarning hayoti, musulmon tashkilotlarining faoliyati, jamiyatdagi roli, ahamiyatiga bag'ishlab turli davrlarda va yurtlarda bir qancha olimlar izlanishlar olib borganlar. Shulardan Uilyam Dikson, Br'yus Kinni, Uilyam Xart, Jeyn Smit, Edvard Kyortis va Timoti Xoll, kabi ko'plab olim va tadqiqotchilarning asarlarida uchratish mumkin. Tadqiqot jarayonida Amerika Qo'shma Shtatlarida Islom dini va musulmonlarning hayoti xorijiy adabiyotlar, manbalar va jurnallar asosida tahlil etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, AQSh fuqarolarining 84 foizi xristianlar (54 foiz protestantlar, 28 foiz katoliklar), 7,5 foizini hech qanday dinga e'tiqod qilmaydigan -dinsiz deb hisoblaganlar, 3,5 foiz musulmonlar, 2 foizi yahudiylar, 3 foizi turli din vakillari[1].

Amerikaning zamonaviy musulmon aholisi etnik, ijtimoiy, iqtisodiy va diniy guruhlar sarchashmasini o'zida namoyon etadi. Amerikada tug'ilgan musulmonlar Amerika jamiyatiga yahshi integrallashgan, ko'pchilik boshqa joylardan kelganlar esa endigina Amerika hayotiga moslasha boshlashdi.

Amerikaga islomning kirib kelishi to'g'risida xilma-xil fikrlar mavjud. Amerikaga ilk musulmonlar guruxi G'arbiy Afrikadan 1530-1851 yillar orasida qul savdosi natijasida kela boshlagan. Qullik uchun zo'rlab olib kelinayotgan minglab G'arbiy Afrikaliklarning 14-20 foizini musulmonlar tashkil etgan. Bu musulmonlarning avlodi o'z dinlarini unutib, asta-sekin xristianlikni qabul qilganlar [2].

Keyingi ko'p sonli musulmonlar Amerikaga 1875-1912 yillar oralarida, hozir Livan, Suriya, Iordaniya, Falastin Milliy Ma'muriyati va Isroil davlatlari egallab

turgan mintaqaning qishloq joylaridan ko'chib kelishdi. Ushbu mintaqa u zamonlar

202

Scientific Journal Impact Factor

0

Katta Suriya deb atalar va Usmonli imperiyasi tasarrufida edi. Ushbu mintaqa u zamonlar Katta Suriya deb atalar va Usmonli imperiyasi tasarrufida edi. Bu mintaqadan Amerikaga kelgan erkaklarning ko'pchiligi nasroniylar bo'lsa-da, biroq ularning muayyan qismi musulmon guruhlar edilar. Niyatlari o'z iqtisodiy ahvollarini o'nglash bo'lgan bu erkaklar asosan qishloq xo'jaligidan ish topdilar yoki savdo-sotiq bilan shug'ullandilar. Ular oila ta'minoti uchun yetarli mablag'ni ishlab topish uchun kelishgan, bu maqsad amalga oshgach yurtlariga qaytmoqchi edilar. Muhojirlar orasida turk armiyasida xizmat qilishdan qochib kelganlar ham bor edi. Ularning barchasi ham AQShning sharqiy qismida, o'rta G'arb va Tinch okeani qirg'og'idagi sarhadlarda o'rnasha boshladilar[3].

Birinchi jahon urushi tugab, Usmonli imperiyasining parchalanib ketishi Yaqin Sharq musulmon davlatlaridan muhojirlarning ikkinchi to'lqinini Amerika qirg'oqlariga yetkazdi. Bir qism musulmonlar G'arbga iqtisodiy tanglik bilan bir qatorda siyosiy sabablarga ko'ra ham ko'chib ketishdi. Ularning ko'pchiligi Qo'shma Shtatlarga avvalroq borib o'rnashgan yaqinlariga borib qo'shildilar.

Musulmon muhojirligi tarixining 1947-60 yillarni o'z ichiga olgan uchinchi bosqichida Qo'shma Shtatlarga islomiy olamdan ko'tarilgan oqim yana kuchaydi, ular orasida Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlarning vakillari ham ko'p edi. 1953-yili qabul qilingan Fuqarolik va muhojirlik qonuni kvota tartibiga o'zgartirishlar kiritdi. 1947-yili Hindiston yarim oroli bo'linib ketgach, Hindiston va Pokistondan AQShga yuzlandilar [4].

Uchinchi bosqich muhojirlarning kelib chiqishlari asosan shahardan bo'lgani uchun faqat N'yu-York, Chikago kabi katta shaharlarga kelib o'rnashdilar. Ular dastlab kelganlarga qaraganda ilm jihatidan ustunroq edilar, ular AQShda o'qishni davom ettirish, ilg'or texnika yutuqlarni o'zlashtirish niyatida kelgan edilar [5].

Musulmon muhojirligining to'rtinchi, eng so'ngi bosqichi 1965-yili Prezident Lindon Jonson taklif bilan Yangi qonun qabul qilingandan keyin boshlandi, bunga ko'ra uzoq vaqt amalda bo'lgan, milliy va etnik tamoyillarga asoslangan cheklashlar muomaladan chiqarib tashlandi. AQSh fuqarolarining qarindoshlariga hamda Qo'shma Shtatlar uchun zarur ixtisos egalariga imtiyozlar beriladigan bo'ldi. Yangi qonun Amerika davlati tarixidagi eng muhim ahamiyatga ega hujjatlardan biridir, chunki u XX asr boshidan beri ilk bor chet elliklar uchun Qo'shma Shtatlarga, millatidan qat'iy nazar, ko'chib kelish imkonini berdi.

Hozirgi vaqtda Qo'shma Shtatlarda yashayotgan musulmonlarning soni haqida aniq ma'lumot yo'q. Shuning uchun musulmonlar sonini aniqlash uchun debat va tekshiruvlar ketmoqda. Turli xil tashkilotlar, institutlar turli xildagi taxminlarni

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bildirishadi. Aniq deb keltirilgan ma'lumotlar taxminlardan xoli emas. Hozirgi kunda AQShdagi musulmonlar soni miqdorini aniq belgilashda ba'zi tafovutlar mavjud.

Birinchidan, buning asosiy sababi-ba'zi diniy tashkilotlar o'z izdoshlari sonini ko'paytirib ko'rsatishga harakat qiladilar.

Ikkinchidan, AQSh konsitutsiyasiga ko'ra, din davlatdan ajratilgan, bu Amerika qonunchiligida ham o'z aksini topgan: AQShning aholini ro'yxatga olish Byurosi, odatda, fuqarolarga diniy mansubiyat haqida savol bermaydi. Aslida AQShda aholi diniy mansubligi bo'yicha hisobga olinmaydi - bu holat fuqarolarning konstitusion huquqlari buzilishi deb baholanadi. AQSh muhojirlik xizmati ham bu mamlakatda yashashni ixtiyor etganlarning e'tiqodi haqida ma'lumotlar to'plamaydi. Qo'shma Shtatlardagi aksariyat masjidlar ham o'z jamoa a'zolarining ro'yxatini tuzmaydilar, ibodat qiluvchilarning hisob-kitobi bilan shug'ullanmaydilar [5].

Shu bois ham, Qo'shma Shtatlardagi musulmonlarning miqdori rasman aniqlanmagan, bu masalani o'rganadigan butun tadqiqotchilarning barchasi qabul qilgan ma'lumotlar quyidagicha:

Jumladan, 2000 yili AQShdagi musulmonlar soni Shimoliy Amerika islom jamiyati (ShAIJ,) ma'lumotiga ko'ra, 7 mln., Amerika oliy islom kengashi ta'kidlashicha, 15 mln., ijtimoiy so'rov natijalariga asosan 2 milliondan 5 milliongacha, Britaniya ensiklopediyasi ma'lumotlariga ko'ra, 4,175 mln. kishini tashkil qilgan. Amerika oliy islom kengashi 15 mln, oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, hozir AQShdagi musulmonlar soni 9 732 061 kishi bo'lib, mamlakat aholisining 3,5 foizini tashkil qiladi [6]. Bu sonlar juda ham ajablantiradi chunki AQSh musulmon imigratsiyasining o'sishi unchalik ko'p emas. Amerika islom muassasining ma'lumotiga ko'ra, AQShda har yili 100 000 kishi islomni qabul qilmoqda [6].

XULOSA

Tinchlik bor joyda rivojlanish, taraqqiyot uchun qulay imkoniyat bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, Amerkadagi ilk musulmonlarning hayot tarzi boshqa hududdagi dindoshlarinikiga nisbatan ancha og'ir kechgan. Bu yo'lda ularning aksariyati kuchli tazyiqlarga qaramay o'z diniy e'tiqodlarida bardavom bo'lgan, ayrimlari esa ma'lum bir doira ta'siri ostida dinlaridan voz kechganlar yoki o'zlarini kechganday tutganlar. Bugungi kunda AQShda islom dini jadal sur'atlar bilan o'sib boryapti. Diniy tashkilotlarning huquqiy asosi esa AQSh konsitutsiyasida belgilab qo'yilgan. AQSh dagi har bir diniy tashkilot tegishli hujjatlarga muvofiq ro'yxatdan o'tadi. Musulmonlar AQSh madaniyatiga ham sezirali darajada hissa qo'shganlar va qo'shib kelmoqdalar. Yakuniy xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, xorijiy davlatlarda

tarqalgan dinlar, ularning yo'nalishlarini o'rganish hozirgi davrning diniy

204

Scientific Journal Impact Factor

о

manzarasini yaqqol tasavvur qilish, kelajakda ham bu boradagi tinchlikni saqlash va hamkorlikni mustahkamlash yo'llari hamda imkoniyatlarini izlab topishda katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Islom va hozirgi zamon . O'quv qo'llanma. Toshkent islom universiteti, T-2010.-B.189.

2. Laura K. Egendorf. Islam in America. Detroit, New York, San Francisco, San Diego, New Haven, Maine, London, Munich. 2005. 33.

3. Lampman. J. Muslim in America// The ChristianScience Monitor. January 10,

2002. -Б. 52.

4. Timothy L. Hall. American Experience: Religion in America. Facts on File Inc. New York. 2007. -B. 15.

5. Philippa S, Daniele T./ Muslims in the United States: Demography, Beliefs, Institutions. Woodrow Wilson International Center for Scholars, Washington, D.C.

2003. -B.56.

6. Мусулъмане в Америке. Государственный департамент США. Бюро информационных программ. -59 с.

7. Источники: статичиские данные из сборника/ Muslim mericans: Middle Class and Mostly Mainstream Pew Research Center.

8. http: //www.afncana.ru/konkurs/raboti/Tulsky/islam.htm.

9. Америка мусулмонлари хдёти/журнал/А^Ш давлат департаментининг халкаро ахборот дастурлар бyлими/http://usemfo.state.gov./Маънавий муштараклик. -Б.2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.