Научная статья на тему 'JALOLIDDIN RUMIY SHAXSI FENOMENING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TAHLILI'

JALOLIDDIN RUMIY SHAXSI FENOMENING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
515
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Balxiy / Rumiy / pedagogic tahlil / shaxs fenomeni / shaxsni o’qitish / pedagogic prinsiplar / mavlaviylik / pedagogik qarash / Balkhi / Rumi / pedagogical analysis / personality phenomenon / personality teaching / pedagogical principles / Mawlawi / pedagogical view

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yunusxo’jayev, Mustafo

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy shaxsi fenomening ijtimoiy-pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo’lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini pedagogik jihatdan ko’rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PEDAGOGICAL ANALYSIS OF JALALIDDIN RUMI'S PERSONAL PHENOMENON

In this article analyzed the issue of socio-pedagogical analysis of Jalaliddin Rumi's personal phenomenon, mainly from the pedagogical point of view of the scientific heritage of this scientist.

Текст научной работы на тему «JALOLIDDIN RUMIY SHAXSI FENOMENING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

JALOLIDDIN RUMIY SHAXSI FENOMENING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TAHLILI

Yunusxo'jayev Mustafo

mustaqil tadqiqotchi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy shaxsi fenomening ijtimoiy-pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo 'lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini pedagogik jihatdan ko'rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o 'tiladi.

Kalit so'zlar: Balxiy, Rumiy, pedagogic tahlil, shaxs fenomeni, shaxsni o'qitish, pedagogic prinsiplar, mavlaviylik, pedagogik qarash

SOCIAL-PEDAGOGICAL ANALYSIS OF JALALIDDIN RUMI'S PERSONAL PHENOMENON

Yunuskhujaev Mustafo -

independent researcher [email protected]

ABSTRACT

In this article analyzed the issue of socio-pedagogical analysis of Jalaliddin Rumi's personal phenomenon, mainly from the pedagogical point of view of the scientific heritage of this scientist.

Keywords: Balkhi, Rumi, pedagogical analysis, personality phenomenon, personality teaching, pedagogical principles, Mawlawi, pedagogical view

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛИЧНОГО ФЕНОМЕНА ДЖАЛАЛИДДИНА РУМИ

Юнусхуджаев Мустафо

независимый исследователь [email protected]

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется проблема социально-педагогического анализа личностного феномена Джалалиддина Руми, преимущественно с педагогической точки зрения научного наследия этого ученого.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: Балхи, Руми, педагогический анализ, феномен личности, обучение личности, педагогические принципы, мавлави, педагогический взгляд.

Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono tug'ilgan joyi nisbatiga ko'ra "Balxiy", do'sti Shams Tabriziy xotirasiga "Tabriziy" va yashash makoniga ko'ra "Rumiy" taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko'proq Rumiy taxallusi bilan mashhur bo'ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg'onlar Balxiy, forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda turli xalq va millatlar o'rtasida Rumiy shaxsi bo'yicha ko'plab bahs-munozaralar davom etmoqda. Eronliklar va turklar, arablar va afg'onlar orasida bo'layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar. Arablarning da'vosiga ko'ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da'vosi bo'yicha tarixiy argumentlar etarli. Afg'onlarning da'volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy hozirgi Afg'onistonning Balx shahrida tug'ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so'fiy shoir sifatida Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an'analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy hayotining asosiy qismini Kichik Osiyoda, ya'ni Rumda o'tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini olib, dunyo bo'yicha hozirda asarlari eng ko'p o'qiladigan va o'rganiladigan so'fiy shoir sifatida dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo'yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog'lab turdi. U O'rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o'z ta'sirini o'tkazdi. Forsiylar uni o'zlarining buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk adabiyotining asoschisi deb ulug'laydilar.

MATERIAL VA METODLAR

Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad bo'lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo'mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo'lib, nasabi Payg'ambarimiz

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar berishicha, Rumiyning bobosi - Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o'z davrining taniqli ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo'lgan. Alisher Navoiy o'zining "Nasoyim-ul muhabbat" asarida yana bir qiziq ma'lumotni keltirib o'tadi: "Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan o'tdi. Balog'at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o'zlashtirdi. Ilmda kamoli ul erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini berdilar"[1]. O'z davrining ulug' donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni "Sulton-ul orifiyn" deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o'z davrining yirik ulamosi va voizi bo'libgina qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning "Maorif" nomli asari o'sha paytlarda juda mashhur bo'lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak qo'lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o'z davrining yirik fiqh ilmi bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o'tadi.

Jaloliddin Muhammad bolaligidanoq o'ta xayolchan va ta'sirchan, ammo zehni o'tkir bola bo'lgan. U yosh bo'lishiga qaramay teran zakovati, noyob qobiliyati orqali atrofdagilar diqqatini tortgan. Jaloliddin Rumiy 5 yoshligidayoq u bilan g'ayritabiiy hodisalar sodir bo'la boshlagan. U yoshligidanoq har 2-3 kunda iftor qilardi[2]. Uning akasi A'loiddin Muhammad yoshligidan kasalmand va nimjon bo'lgan, shu sababli u 19 yoshida xastalikdan vafot etadi. A'loiddin Muhammad va Jaloliddin Muhammad tarbiyasini Bahovuddin Valadning yaqin muridlari bo'lmish samarqandlik SHarafiddin Lolo va termizlik Sayyid Burhonuddin Termiziylar zimmalariga olishgan, ularga tahsil berishgan. Quvvai hofizasi o'tkir bo'lgan Jaloliddin Muhammad 12-13 yoshlarida Qur'onni yod bilar, shariat ilmidan ancha-muncha xabardor bo'lib, arab tili grammatikasini ham yaxshi o'zlashtiradi. 10 yoshlaridanoq bir qancha ulug' shoirlarning yirik asarlarini mutolaa qila boshlaydi, goh-gohida she'rlar ham mashq qilib turadi. 16 yoshidan boshlab esa Xomush taxallusi bilan she'rlar yoza boshlaydi. Aflokiy Ahmad Dadaning qayd etishicha, otasi Bahovuddin Valad unga "Xudovandigor" nisbasini bergan va o'g'liga shunday deb murojaat qilgan. Bu so'zning lug'aviy ma'nosi esa "sarvar", "janob" degan ma'nolarni anglatib, o'sha davrlarda ma'naviy va ijtimoiy sohalarda yuksak martabaga erishgan kishilarga nisbatan "Xoja" so'zi o'rnida ishlatilgan. Jaloliddin

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Muhammad yoshligidanoq yunon tiliga qiziqqanligi tufayli bu tilni puxta o'rganadi, yunon tilida ravon so'zlashishni o'zlashtiradi. Keyinchalik esa buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlarini asliyatda o'qib chiqib, antik davrlar falsafasi bilan ham yaqindan tanishadi. Oradan yillar o'tib o'zining mashhur "Masnaviyi ma'naviy", "Ichindagi ichindadir" asarlarida antik davr falsafasining yirik faylasuflari Arastu, Aflotun, Galen, Gerodot, Ezop va Geraklitlarning nomlarini, ularning falsafiy-axloqiy qarashlaridan turkum namunalarni ham keltirib o'tadi.

NATIJA VA TAHLIL

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Sulton-ul Ulamo 1218 yilda haj safarini ado etish bahonasida oilasi, shogirdlari, yaqinlari va 10 tuyaga ortilgan noyob kitoblari bilan Xurosonni tark etadi hamda Turkiyaning Qunyo shahrida mangu qo'nim topadi. Bahovuddin Valad oilasining Xurosonni tark etishiga quyidagilar sabab bo'lganligi manbalarda qayd etilgan:

Birinchidan, Bahovuddin Valad va aqidaparast Faxriddin Roziy diniy masalalarda bir-biriga raqib edilar, ularning fikri hamda qarashlaridagi ziddiyatlar farqi yuqori edi. Xorazmshoh va uning a'yonlari Faxriddin Roziyni qo'llab-quvvatlashadi, buning natijasida mamlakatda turli ko'ngilsizliklar avj oladi. Bahovuddin Valadning yaqin do'sti Majididdin Bag'dodiy saroy a'yonlarining fitnasi tufayli fojeali qatl etiladi.

Ikkinchidan, Muhammad Xorazmshoh haddan tashqari kibrlanib, muqaddas aqidalar va an'analarni nazarga ilmay qo'yadi. U Bag'dod xalifasi Nosirga chopar yuborib, Bag'doddagi barcha masjidlarda o'z nomiga xutba o'qitishni buyuradi. Bu esa Muhammad Xorazmshoh tomonidan butun xalifalikni o'z boshqaruviga o'tkazish uchun qilingan oshkora harakat edi.

Uchinchidan, Chingizxon qo'shinlari tobora Xorazmga yaqinlashib kelayotgan edi, ya'ni mo'g'ullar Xorazmshohlar davlati Sharqiy chegarasi bo'lgan O'tror yaqinida edilar. Chingizxon tomonidan elchi sifatida Xorazmshohlar davlatiga yuborilgan 450 nafar musulmon savdogarlari Muhammad Xorazmshoh farmoni bilan qatl etiladi. Muhammad Xorazmshoh tomonidan sodir etilgan bu ketma-ket ko'ngilsizliklarning oqibatini hamda mamlakatda boshlanajak mo'g'ullar urushini sezgan Bahovuddin Valad Haj ziyorati bahonasida oilasi va yaqinlari bilan o'z ona diyorini tark etadi. Bahovuddin Valad karvoni Balxni tark etgach, ular yo'lda Nishopur shahriga to'xtaydilar. Bahovuddin Valad o'g'li Jaloliddin Muhammad bilan Nishopurdan uncha uzoq bo'lmagan bir g'orda uzlatda yashayotgan buyuk shayx Farididdin Attorning ziyoratiga borishadi. Bu paytlarda Jaloliddin Muhammad 12-13

yoshlardagi o'spirin edi. Farididdin Attor va Bahovuddin Valad bir-birlari bilan uzoq

58

Scientific Journal Impact Factor

muddat sukunatda hol tilida so'zlashadilar, keyin bir-birlarini bag'rlariga qattiq bosib xayrlashish oldidan Farididdin Attor yosh Jaloliddin Muhammadga o'zining "Asrornoma" nomli kitobini tuhfa etadi va Bahovuddin Valadga qarab shunday ilohiy bashorat qiladi: "O'g'lingiz tez orada olamdagi barcha kuyganlar qalbiga otash solgay" Ular xayrlashib ortlariga qaytisharkan, Bahovuddin Valadning ortidan ergashib ketayotgan Jaloliddin Muhammadga ishora qilib Farididdin Attor: "Vo darig', bir irmoq buyuk ummonni ortidan ergashtirib ketmoqda", deya xitob qiladi, degan tarixiy ma'lumotlar ham uchraydi. Bu ikki buyuk tasavvuf qutblarining uchrashuvi to'g'risida Mavlononing kotibi Husomiddin Chalabiy va Davlatshoh Samarqandiylar ham ma'lumot berib o'tishgan. Keyinchalik Mavlono Jaloliddin Rumiyning o'zi shunday e'tirof etgan:

Girdi Attor gasht Mavlono,

Sharbat az dasti Shams budam no'sh.

Ya'ni: Mavlono Attor atrofida aylanib yurdi, ammo sharbatni Shams Tabriziy qo'lidan ichdi[3]. Bir o'rinda esa Rumiy shunday yozadi: "Attor ruh edi -yu, Sanoiy uning ikki ko'zi. Biz Sanoiyu Attor izidan keldik", deya ustozi Farididdin Attorga bo'lgan ehtiromini izhor etadi. Rumiy Farididdin Attorni o'ziga ma'naviy ustoz deb hisoblarkan "Attor etti shahar atrofida kezib yurdi, biz esa faqat birgina ko'cha bo'ylab yurdik",- deya ustozini ulug'laydi.

Jaloliddin Muhammad ushbu safar chog'ida otasi Bahovuddin Valad bilan birga Makkada haj ziyorati farzini ham ado etadi. 1219 yilda Rumga kelgan Bahovuddin Valad oilasi va yaqinlari bilan Malatya, Sivas shaharlarida qo'nim topishadi. Oradan ko'p o'tmay oila Oqshexirga ko'chadi va bu shaharda taxminan 3 yilga yaqin istiqomat qiladilar. 1222 yillarda Larenda (hozirgi Karaman) shahriga ko'chib kelgan oila bu erda 7 yilga yaqin vaqt umrguzaronlik qilishadi. Bu davrda Larendada Amir Muso hukmronlik qilar hamda u bu oilaga alohida hurmat-ehtirom ko'rsatadi. Jaloliddin Muhammad mana shu yillarda mavjud dinlar va millatu elatlar tarixi bilan qiziqadi, turli bilimlarni o'zlashtiradi hamda u o'smirlik chog'idayoq barcha dinlar mohiyatan bir-biriga mushtarakligi, insonlarning barchasi bir ota-onadan tarqalganligi va butun millat vakillari aslida yagona bir oila ekanligi haqidagi qarashlari yuzasidan otasi hamda uning yaqin muridlari davrasida bahs-munozaralar yuritadi. 1228 yil Rum sultonligi hukmdori Alouddin Kayqubod I ning taklifi bilan Bahovuddin Valad oilasi Qunyo shahriga ko'chib o'tadi va bu zamin ushbu oila uchun mangu makonga aylanadi. Jaloliddin Rumiy shaxsiyatining bu qadar buyukligida uning ustozlari va pirlarining ham o'rni beqiyos ekanligini qayd etmoq joiz. Jaloliddin Rumiy o'z davrining yirik ma'rifiy irfon maskanlari hisoblanmish

Scientific Journal Impact Factor

Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa ko'plab shaharlarda bo'ladi, turli madrasalarda tahsil oladi. U Halab shahridagi mashhur Halaviya madrasasida atoqli arab olimi, fiqh ilmi nuktadoni Kamoliddin ibn Al-Adimdan saboq oladi. Al Adim unga asosan Yaratuvchi va yaralmish haqida saboq berib, ular uzoq suhbatlar qurishadi, ayni shu saboqlar natijasida Jaloliddin Rumiyning ontologik qarashlari shakllanadi. Keyin esa u ilm istab Damashq shahriga yo'l oladi va u erda o'z davrida juda mashhur bo'lgan Maqdisiya madrasasida Damashqning atoqli donishmandlari Halab Umar va Ahmad Hibbatullohlardan tabiiy, falsafiy fanlardan tahsil oladi. SHu davrlarda u Ibn-al Arabiy bilan uchrashib, uning va'zlarini tinglaydi. Shuningdek, Sa'duddin Hamaviy, Shayx Usmon Nuriy, Shayx Avhadiddin Kirmoniy va Shayx Sadriddin Qaznaviylar bilan ham uchrashadi, turli yig'inlarda hamsuhbat bo'ladi. Bu ilmiy muhosabalar unda inson mohiyati, o'zlikni anglash sinoati va o'z "men"ini shakllantirish borasidagi konsepsiyalarini yaratishda asosiy o'zak vazifasini o'taydi. Bu erlarda o'rgangan tabiiy fanlarga oid bilimlari orqali u inson-nabotot-hayvonot olamidagi o'xshashliklarni talqin etib, o'zining ma'dan-o'simlik-hayvon-inson-farishta o'rtasidagi bog'liqliklar haqidagi nazariyasini yaratib, ontologik va gnoseologik jihatdan tahlil etadi. Rumiyning o'zi bu xususida shunday yozadi: "Borliq (vujud) og'ilidan jamoa og'iliga, jonsiz borliqlar og'ilidan o'simlik dunyosiga, undan hayvonlikka, hayvonlikdan insonlikka, insonlikdan malaklikka va shu so'ngsiz tarzda ilgarilatadi. U senga bularni bir-biridan ustun og'illar borlig'ini qabul va e'tirof etmog'ing uchun ko'rsatilgandir"[4]. O'sha davrlarda qadimiy Damashq "Behishti dunyoi Sharq" yoki "Behishti ro'yi Zamin" deb atalardi. Yosh Mavlono Damashqda farg'onalik ulug' vatandoshimiz Burhonuddin Marg'inoniyning "Hidoyat" asarini va boshqa diniy va hamda dunyoviy ilmlarni puxta o'rganadi[5]. Jaloliddin Rumiy shu yillar davomida tasavvuf ilmining buyuk mudarrislari hisoblanmish Boyazid Bistomiy, Junayd Bag'dodiy va Mansur Hallojlarning ta'limotlari bilan ham yaqindan tanishadi. Robiya Adaviya, Hakim Sanoiy, Farididdin Attorlarning ijodini chuqur o'rganadi. U o'zining mashhur "Masnaviyi ma'naviy" asari tarkibidagi falsafiy-axloqiy hamda diniy mavzulardagi hikoyatlar-u rivoyatlar, masallar-u matallarga tartib berishda aynan shu ijodkorlar asarlaridan iqtiboslar keltiradi, ularning fikrlari va qarashlarini o'z falsafiy ta'limoti bilan aynanlashtirgan holda, o'z ijodi orqali ushbu tasavvuf ilmi namoyandalariga bo'lgan ehtiromini izhor etadi. Alloma ilmu ma'rifat izlab musofirlikda o'tgan 9 yillik umri davomida falsafa, mantiq, she'riyat, fiqh va ilmi nujum kabi ilmlarni ham puxta o'zlashtiradi. O'z davrining yirik ulamolari bilan turli mavzularda bemalol munozara yurita olish darajasiga etadi. Shu sababdan ulamo va shayxlar uning ilmu zakovatidan

Scientific Journal Impact Factor

hayratlanib, fatvo uchun ijoza berishadi. Bu o'tgan yillar davomida Mavlono Rumiy nafaqat buyuk donishmand va shoir, balki kuchli notiq hamda va'zxon sifatida ham obro' qozonadi. Donishmandlardan biri shunday degan ekan: "Dil-dengiz, til-qirg'oq. Dengiz to'lqin ko'tarsa, qo'ynida borini qirg'oqqa chiqarib tashlaydi" Jaloliddin Rumiy qalbida ham o'z davridagi razolatlar-u jaholatga, fahsh va zinoga, ikkiyuzlamachilig-u turli bir-biriga zid bo'lgan diniy aqidalarga nisbatan isyon ko'tarila boshlaydi. U 33 yoshida Shomdan Qunyoga qaytadi va butun Rum olamida "Mavlonoi Rum", "Muftiyi buzurg" nomlari bilan shuhrat qozonadi. Mavlono o'zini "xo'jayinlarga xati barot beruvchi qul; ustozlarga ustoz bo'lguvchi shogird" deb ataydi.

Mavlono o'z davrining ikkinchi Imom G'azzoliysi edi[6]. Uning shuhrati vafotidan keyin ham so'nmadi, aksincha, u ma'naviyatga tashna qalblar uchun ilohiy buloq vazifasini o'tay boshladi. Yillar, asrlar o'tishi bilan mutasavvifning ixlosmandlari, izdoshlari tobora ortishi natijasida yangi "Rumiylar" maydonga chiqa boshladi. Ular o'z intellektual va emotsional jihatlari bilan Mavlonoga taqlid qila boshlashdi. Ana shunday shaxslardan biri Muhammad Devona Chalabiy edi. Ko'pgina manbalarda bu shaxsni Jaloliddin Rumiy shajarasidan deb tadqiq etiladi. Ammo Abulboqi Go'lpinarli bu qarashlarni qat'iy rad etdi va bu shaxs ilohiy tasodif tufayli zohiran hamda botinan Mavlonoga o'xshovchi shaxs deya ta'kidlaydi.

Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo'lgan qiziqish yildan - yilga ortib, kishilarni o'ziga rom etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo'lmoqda. Davrlar o'tishi bilan uning falsafiy ta'limotidagi g'oyalar va ma'nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy kishilarni o'z atrofida bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da'vat etmoqda. Shu sababdan Evropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G'arbliklar "Uning so'zlari er yuzidagi so'zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so'zlardir", deya ta'riflashmoqda.

REFERENCE

1. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.

2. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.

3. Farididdin Attor. Ilohiynoma.-T.:Yozuvchi, 1994.-B.12.

4. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadir. - T.:Yangi asr avlodi, 2018.-B.33.

5. Orif Usmon. Jaloliddin Rumiy. Muloqot // - 1997.№ 6.-B.39.

6. Usmon Nuriy To'pbosh. Masnaviy bog'chasidan bir ko'za suv.- M.:SAD, 2010.-

XULOSA

B.189.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.