Scientific Journal Impact Factor
MOHAMMAD AMIN MATIN ANDXUIYNING HAYOTI VA FOALIYATI
Nezam Mohammad Haron ibn Nezamuddin Termiz davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti adabiyotshunoslik: o 'zbek adabiyoti ta'limyo'nalishi 1-kurs magistranti Email:[email protected]
Аннотация: В данной статье дается краткий обзор жизни Мухаммада Амина Матина Андхоя, Афганистан. Он отмечен как великий представитель афганской узбекской литературы и поэзии в Афганистане.
Ключевые слова: Мухаммад Амин Матин, поэзия, узбекская литературная среда, Афганистан.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Muhammad Amin Matin Andxuiyning hayoti haqida qisqacha to 'xtalib. Uning Afg 'oniston o 'zbek adabiyoti va she'riyatining ulkan nimoyandasi ekanligi yoritiladi.
Kalit so z: Muhammad Amin Matin, Afg^onistion, she^riyat, o^zbek adabiy muhit.
Abstract: This article gives a brief overview of the life of Muhammad Amin Matin Andhoy. It is highlighted as a great representative of Afghan Uzbek literature and poetry in Afghanistan.
Keywords: Muhammad Amin Matin, poetry, Uzbek literary environment, Afghanistan.
Ozbek va forscha chogMosh (hozirgi) adabiyoti, ilm-fan, san'ati va tarixiga ulkan hissa qo'shgan, charchamasdan nazm bo'yicha she'riyat dunyosiga kirib o'zbek va fors tillarda o'zinig yoqimli, go'zal she'rlari bilan ko'ngillardan o'rin olgan. Ushbu tillarda nasr bo'yicha tadqiqiy-ilmiy asrlar, maqolalar va badiiy-ijodiy ishlari bilan xalq ichida Matin yo Matin Andxuiy taxallusi bilan shuhrat qozangan Muhammad Amin Afg'oniston o'zbek she'riyatining ulkan sho irlaridan biridir.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Mohammad Amin Matin Andxuiyning hayoti va foaliyati haqida qiyosiy tahlil berildi.
Hurmatli Muhammad Amin Matin dastlabki talimni oz otasi Mavlono Abdulhaydan olib, keyinchalik Andxuy tumani maktab va madrasalaridan olgan. U maktab va madrasalardan tashqari, ko'p yillar xususiy mutolaa qilib, ilm-fan va san'at bo'yicha ilmini oshirgan. U Mir Muhammad Amin Qurbatni o'ziga ustoz deb
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bilib, uning ijodiy ishlaridan ma'naviy ozuqalangan. Atoqli zullisonayn shoir, tadqiqotchi va ulug' tarixchi Muhammad Amin Matin Andxuiy 1940 (1319 h.) yili hozirgi Faryob viloyati, Andxuy tumanining Chak Mahallas nomli qishlog'ida bir ziyoli oilada dunyoga kelgan. Bu haqda shoirning "Bogilolapush" she'ri devonining so'z boshida kishining tug'ilgan yerini ustoz Labib (Chak Mahalla Guzari) deb yozgan.[1,3.bet] Afgonistondagi O'zbek shoirlar nomli kitobda ustozning tug'ilgan yerini Shix mahallah deb yozgan.[2,234-bet]. Donishnomai adabi forsi kitobda ustozning tug'ilgan yerini Beg Mahalla Guzari deb yozgan.[3,] Simo hoiy barozanda Adxuiy kitobda ustozning tug'ilgan yerini chakman mahalla[4,5]
U o'zini ushbu tumanda tug'ilib, shu yerda kindigining qoni tomib, hayotga ko'z ochganini quyidagi she'rida shunday qayd etgan:
Ey sevimli ona yurtim, Andxuyim, jon Andxuyim, Kindigimning qoni domoningda tomgon Andxuyim [1.237]. Ustozning ota-bobolari asli Buxorolik bo'lib, bobosining ismi Abdurauf va otasining ismi esa Mavlono Abdulhay bo'lib, 1967- yili (1346 h.) vafot etgan. Uning aytishicha, bobosi o'z zamonasining taniqli shaxslardan biri bo'lgan, Buxoroda voyaga yetib, o'sha yerda vafot etgan. Shoirning otasi Mavlono Abdulhay 1930-yili O'rta Osiyoda bo'lgan siyosiy to'qnashuvlar sababli Buxorodan chiqib Afg'oniston hududiga, bugungi Andxuy tumanida kelib yerlashib, yangi hayot boshlagan. Adibning ota-onalari asliy Buxorolik bo'lganligi, o'zi esa Andxuyda tug'ilib, shu yerda voyaga yetganini "Andxuyim" nomli o'zbekcha she'rining oxirgi misralarida shunday qayd etadi:
Ota-ona garchi kelganlar Buxoro mulkidan, Iftixorim bulki, topdim senda iskon Andxuyim [1. 240-b]. Yuqorida aytib o'tganimizdek urush va to'qnashuvlar jarayonida shoirning otasi bir qancha yurtdoshlari bilan bir qatorda kindik qoni to'kilgan ona yurtidan ajralib, o'zga yurtga yo'l olishni ixtiyor etib, Andxuy sari kelganlar. Uning otasi Buxoro madrasalarida ta'lim ko'rib, o'sha zamonning turli ilm-fanini egallagan buyuk bilimdon kishilaridan bo'lib, otasi ham o'zidek ulkan shoir bo'lgan. Matin Andxuiyning badiiy ijodiyotida ilm-fanga tegishli bir qancha she'rlarni kuzatishimiz mumkin, ilm bilan inson o'zini, oilasini va yurtini obod qila olishini ta'kidlagan va bilimli inson o'z yurtining kelajagi, farzandlarining vatan sevar shaxs bo'lishlari haqidagi fikrini, quyidagi tuyuq orqali ifoda etadi:
Shirin bolalar vahni firibodursiz, Ko'ngul uyida gulzebodursiz.
Ulki kelajakda sizdan obod bo'lur, Ilm o'rganing siz sevgili simodursiz [ 1. 260-b].
Scientific Journal Impact Factor
Zullisonayn shoirning forscha she'rlaridan birida, adab, ilm-fan yoTida mahkam va ustivor bo'lib, insonning dunyo moddiyotlariga koz tutmasligini takidlab, faqatgina insonning manaviyat fikrida bolishini, ilm orqali ustunliklarga erishib, hech qachon dunyo moddiyoti yani pul, zar-zevar va boshqalarga e'tiborini qaratmay, ilm va adab o'rganishga och koz va haris boTishlarini shunday ifodalaydi:
Gar tolib donishi ba har bob mapech, Z osima sari ba zulf par tob mapech. May go'sh ba tahsili adablik z haras, Dar fikri gavhar chu muvj girdob mapech [1. 114-b].
Shoir ilm-u fan har bir insonning hayotiga juda kerakli bolganligini anglab yetgan edi. Ilimli, bilimdon shaxslar hayotda baxt-u saodatli kishlar bolishini takidlaydi. Shuning uchun ham shoir ilm-u fanga aloqador shaxs bolgan. Maktab darslarda doimiy ravishda qatnashib, biror kun ham dars qoldirmagan. U har doim dars bilan shug'ullanib, ilm-u fan yoliga bel bogTab, saodat va xushbaxtliklarini koz o'ngida to'tgan holda ozidan umidvorliklar ko'rsatar edi. U quyidagi tuyuqda insonlarning hayotda befarq boTmasligi va har narsani tushunishga harakat qilib, diqqatli boTishlarini izohlab quyidagicha koTsatadi:
Ulug' muttafakkir, shoir shunday qilib, ilm-u adab gulzorida erkin o'sish dars va tahsil olishni hamma narsadan afzal ko'rib, har doim bilimli kishilarni jon-u dildan sevib, ulardan ilm manosini o'rganganini koz o'ngida tutib qadr-u hurmat qilar edi. Ular tutgan yoTlarni tutib ilm-u fanga qiziqib harakatlangan:
Zullisonayn shoir ilm-fan, fayiz-u kamolot egasi boTgan munavvar kishilarga juda qattiq takidlab, ularni oz hayotida qanday o'sib rivojlanishlariga oz fikr, tushunchalari bilan oz hayoti va butun olamni yorug'lik tomon yetaklab, fayz-u imkoniyatdan bahramand boTishlarini quyidagicha bayon etadi:
Fayz baxshad ba jahon onki suxandon boshad, Mushk rezad z labi g'uncha ki xandon boshad. Az rag nozik gul to qadam sarv sahi, Yak jahon noz-u niyozist gar amaon boshad. [1. 25-b].
yil o'smasa tongda, g'uncha xandon boTmas, Ko'k o'smasa dog' rashk rizvon boTmas. Har nuktani o'rganishga diqqat aylang, To xoma egilmasa darofshon boTmas, [ 1. 261-b].
Dastlabki bilimni o'rganib so'ng, Dil sozini besh-u kam chekibman. Maoni elidan adab ramuzin, Talim olib, raqam chekibman.
Scientific Journal Impact Factor
Hurmatli Muhammad Amin Matinning qancha yillardan buyon, mehnat chekib yozgan o'zbekcha va forscha she'rlarini umumiy tarzda nazarga olsak shunday natijaga erishishimiz mumkinki, uning kopincha she'rlari ilm-u fan, maorif, muallim va talim-tarbiya haqida bolib, turli xil usullarda yozilgan. Shoir nazarida ilm-fan insonning hayotida juda zarur bo'lib, eng qimmatli narsa ekanligini ta'kidlaydi. Chunonchi ustoz Matin oz she'rlarmmg birida muallim (o'qituvchi) va ustoziga juda hurmat ko'rsatib, katta maqom-u manzilat bergan holda quyidagidek bayon etadi:
Bilki chirog'i jahonda hamisha yorqindur, Ko'ngullar uyi uning shualasidan oydindur.
Maorif ezgu bahoridan o'lmangiz gofil, Chechaklar ushbu gulistonda turfa rangindur. Fazilat orqali jon gulshani bo'lur shodob,
Bilimli kimsaning idrok etar ongidur. Balog'at ahli kalomini istayur ko'nglum, Ki ilm tomchisi chanqog'larga shirindur [ 1, 178-b].
Barmoqlarida qalam olib totli so'zlari turli gazeta va jurnallarda bosilgan. Uning ilk yozgan she'rlari 1956 (1335 h.) 5-sinf o'quvchi ekanligida Faryobning "Jarida sturi"da nashr etilgan bo'lib, mazkur she'ri to'plami nashr bo'lganidan so'ng, gazeta-jurnallarda shuhrat qozona boshladi. she'r va adabiyotdan tashqari, Matin Andxuyining qalami tarix bobida ham o'tkirdir. Uning Pishovurda yozgan "Andxuy va Joygo on dar tarix" nomli asarini yorqin namuna sifatida kuzatishimiz mumkin. Bu asar 2002 yilida (1381 h.) 2002 yilida (1381 h.) nashr etligan. Matin Andxiy adabiyotshnoslikda eskidan belgilangan "tazkira"ning dyerli barcha tuzish turlari bo'yicha chamasi 45 ta ilimi, adabiy va tarixi maiyda-katta asar ta'lif etgan. To'plangan[5.1-bet]. Matin Andxuiy (13840-) madaniyat va axborot vazerligi tomonidan birinch o'ringa ega bo'lgan va shu yilning o'zida mazkur vazirlikning 6903 raqamli noma bilan sare-pul vilayatida ustozlik masabiga ega bo'ldi. So'nggi yillarda yuz bergan urushlar tufayli kutobxonasi yonib, qaroqchilar tomonidan o'g'irlanilib, kitoblarining katta qismini qo'ldan beradi. Ushbu voqealarda uning yozgan asalarining ayrim bo'limlari ham yo'qolgan. Buni o'zi ham qayg'urlanib bot -bot tilga olgan. Ustoz Muhammad Amin Matin Andxuyining 3ta she'ri devoni quydagilardan iborat.
Vado dedi hayotga juma'a kuni ustoz Matin,
Tingri janatdan a'to qelsin unga mangu makin.
Hurmatli ustoz Muhammad Amin Matin Andxuiy juma'a 79 yoshida 2020 yil 3-yanvar kuni Faryob viloyatining Andxuy tumanida ko'z yumgan.
Scientific Journal Impact Factor
XULOSA
Ushbu tadqiqi risolada yoritilgan turli bahs va manzumalardan malum boTishicha, maoni kalomining ustozi ulug' zullisonayin shoir, muttfakir va yozuchi; hurmatli ustoz Muhammad Amin Matin taxminan o'zining oltmish yoshini ijod bilan oTkazgan. Turli sharoyitlarda qilgan daqiq va muayyan adabi ishlari, oz eli va tili uchun qilgan buyuk xizmaztlari, shirin va litofatli manzumlari; kuylashi, rostlik va sadoqat yoTlarida tutgan ezgu niyatlari va hamda yillar bo'yicha qilgan boshqa ishlari bilan o'zbek- fars adabiyotiga juda katta va ulkan hissa qo'shgan farzonalardan biri hisoblanadi.
ADABIYOTLAR (REFRENCES)
1. Matin Muhammad Amin, Bog'ilolapush. - Peshawar:Halimi nashri. 1379. - b.
2. Aminiy Muhammad Kozim. Afg'oniston o'zbek shoirlarining mukamal antolojisi. - Kobul: Qalami anjuman. 2021. - b. 312.
3. Anusha Hasan, uchinchi jild, Donishnomai adabi forsi, madaniyat va nashriyot donishnomasining birnchi bosma-Tehron. (1378 hijri) 1999 - milodiy yil.
4. Husayniy Ne'matulloh, Simoho va ovoho Kobul Davlat matbuaasi birichi bosma-Fariyob. (1367 - hijri)1988 -milodiyy yil.
5. Yorqin Halim, Tazkira chilik faoTitlari maqolasida turontu konodo yanvari 2020 yil. - b.10.
6. "Partovus" Hanif Balxiy Muhammad Hanif, birinchi va ikkinchi jild. Muhammad Hanif Hanif Balxiyning nashri, ikkinchi bosma-Pishovur. 1381 -hijri)2002 -milodiy yil.
7. Xaliq Solih Muhammad, tarixi adabiyot Balx balx yozuchilar anjuman bosma, kabull. (1387 - hijri) 2008 - milodiy yil.
300.