Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TURKIYADA ILOHIYOT FAKULTETLARINING TASHKIL ETILISH
TARIXI
Rajapov Pirnazar
O'zXIA Tarix (Islom sivilizatsiyasi) yo'nalishi II kurs magistranti Ilmiy rahbar: t.f.n., PhD B.Mamadiyev
Turk ta'lim-tarbiya tarixida Ilohiyot fakultetlari muhim ahamiyat kasb etgan. Turkiya tarixida Ilohiyot fakultetlari rivojlanish va tanazzul davrlarini boshdan kechirgan bo 'lib, Ilohiyot fakultetlari tashkil qilinish jarayonini besh davrga bo'lishimiz mumkin: I davr (1923-1949) respublikaning e'lon qilinishi; II davr (1949-1959) Anqara universiteti ilohiyot fakultetining ochilishi; III davr (1959-1982) Istanbul islom institutining ochilishi; IV davr (1982-2008) Islom institutlarining ilohiyot fakultetlariga aylantirilishi (Ilohiyot fakultetlari davri); V davr (2008-2017) Yangi ilohiyot fakultetlarining ochilishi.
Kalit so'zlar: Istanbul Dorulfununi, "Tavhidi tadrisot" qonuni, Tanzimot farmoni, Dorulfunundagi ilohiyot fakulteti, Anqara universiteti ilohiyot fakulteti, Oliy Islom institutlari.
Theological faculties have played an important role in the history of Turkish education. In the history of Turkey, theological faculties have gone through periods of development and decline, and the process of establishing theological faculties can be divided into five periods: phase 1 (1923-1949) proclamation of the Turkish republic; phase 2 (1949-1959) opening of the Theology Faculty of Ankara University; phase 3 (1959-1982) opening of the Istanbul Islamic Institute; Phase 4 (1982-2008) transformation of Islamic institutes into theological faculties (The period of theological faculties); phase V (2008-2017) opening of new theological faculties.
Keywords: The darulfunun of Istanbul, the law of Tawkhidi tadrisat, the decree of Tanzimat, the Theology Faculty in Darulfunun, the Theology Faculty of Ankara University, Higher Islamic Institutions.
Turk ta'lim-tarbiya tarixida Ilohiyot fakultetlarining muhim ahamiyat kasb etgani shubhasizdir. Yuqori darajada diniy ta'lim-tarbiya vazifasini bajarish, ilmiy-tadqiqot va nomzodlik ishlarini amalga oshirish, asarlar yozib nashrga tayyorlash, xodimlar va bitiruvchilar vositasida xalqning diniy ehtiyojlarini qondirish, ichki va tashqi doirada diniy vazifalarni ado etish, diniy va odob-axloq ta'limi bilan Imom-
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xatiblar tayyorlash litseylarida kasbga oid darslarni tashkil qilish, jamoat va nodavlat tashkilotlarida turli vazifalar va xizmatlarni bajarish va boshqa funksiyalar Ilohiyot fakultetlarining ahamiyatini ko'rsatuvchi jihatlardir.
Turkiya tarixida Ilohiyot fakultetlari rivojlanish va tanazzul davrlarini boshdan kechirdi. Dorulfunundagi Ilohiyot fakulteti diniy mutaxassislar tayyorlash maqsad qilinib ochildi va yuzaga kelgan ayrim sabablar natijasida yopildi. O'quv dasturiga e'tibor bersak, olimlar tayyorlashga qodir dastur ekanligi anglashiladi. Ikkinchi bosqich sifatida tashkil qilingan Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti diniy sohada ma'rifatli diniy mutaxassis qanday talablarga javob berishi kerakligini o'rtaga tashladi. Fakultetning ilk dasturi rejalarida bu maqsadning izlarini ko'rish mumkin. Oliy Islom institutlari esa Diniy ishlari vazirligi uchun muftiy va voizlar tayyorlash bilan bir qatorda Imom-xatiblar tayyorlash maktablari uchun kasbga yo'naltirilgan dars beruvchi o'qituvchilar tayyorlashni ham o'z zimmasiga olgan edi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Maqolani yozishda Beyza Bilgin, Bardakoglu, Ekmeleddin îhsanoglu, Halis Ayhan, Hasan Ali Yücel, Halit Ev, Ibrahim Arvas, Mustafa Öcal, Mehmet Bahçekapili, Tahsin Görgün kabi turk olimlarining kitoblaridan foydalanildi. Maqolada qiyosiy-tahliliy, mantiqiy, manbalarni taqqoslash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ilohiyot fakulteti faoliyati boshlanishini 1900-yil 1-sentabrda Istanbul shahridagi Dorulfununi Shohona (Dârûlfûnûn-i §âhâne) da ochilgan Ulumi aliye diniyya filiali tashkil qilinishi bilan belgilash mumkin. Ta'lim muddati 4 yillik bu filialda tafsir, hadis, usuli fiqh, kalom, Islom dini tarixi darslari o'qitilgan. 1908-yilgi konstitutsiyadan so'ngra keng miqyosda o'zgarishlar qilinib, Istanbul Dorulfununining nomi avval Dorulfununi Usmoniyaga 1913-yildan Istanbul Dorulfununiga o'zgartirilib, Ulumi aliye diniyya filialining nomi ham Ulumi Shariaga deb o'zgartirildi. O'quv dasturiga axloq, tasavvuf, siyrat, dinlar tarixi, Arab adabiyoti va falsafasi kabi ba'zi fanlar ilova qilindi. 1914-yil 18-sentabrda madrasalar islohi davomida Salimiya masjidi hovlisidagi Abdulhamidxon I madrasasida Madrasat al-mutaxassisin ochilib, Dorulfunun tarkibidagi Ulumi sharia filiali yopilgan. Shayxulislomlikka bog'liq bo'lgan Madrasat al-mutaxassisin 1918-yildan Sulaymoniya madrasasi nomi bilan faoliyat yuritdi. Tafsir, hadis, fiqh, kalom va falsafa (tasavvuf, psixologiya, axloq fanlarini ham qamrab olgan), adabiyot (Arab,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Turk, Fors, G'arb adabiyoti) bo'limlaridan iborat edi. Sulaymoniya madrasasi 1924-yil 3-martdagi 430-sonli "Tavhidi tadrisot" qonuniga ko'ra yopildi1.
1924-yil 21-aprelda qabul qilingan Istanbul Dorulfununiga doir 493-sonli qonun Ilohiyot madrasasi faoliyatiga ruxsat berardi. 1925-yil 7-oktabrdagi Dorulfunun yo'riqnomasida esa Ilohiyot fakulteti nomi o'rin olib, o'qitiladigan fanlar sifatida tafsir, fiqh tarixi, hadis, sotsiologiya, axloq, Islom dini tarixi, Arab adabiyoti, din falsafasi, kalom tarixi, tasavvuf tarixi, falsafa tarixi, Islom adabiyoti, hozirgi kundagi Islom mazhablari, Islomiy qavmlar etnografiyasi, turkiy xalqlar dinlari tarixi, dunyo dinlari tarixi belgilangan edi. Istanbul Dorulfununi 1933-yil 31-mayda qabul qilingan qonun natijasida yopilib, Istanbul universiteti tashkil qilindi. Ilohiyot fakulteti ham o'rta talim muassasalaridan diniy fanlarning olib tashlanishi, Diniy ishlari tashkilotida xodimlarning mavjud emasligi va bitiruvchilarning ish bilan ta'minlasmasligi kabi sabablar natijasida yopilib, uning o'rniga Islom tadqiqot instituti ochildi2.
Turkiya Respublikasida Ilohiyot fakultetlari davlat tarixidagi turli g'oya va fikrlar muttasil tadqiq etilishini maqsad qilib oliy diniy ta'lim muassasalari sifatida tashkil etilgandi. Natijada o'qitish mundarijasi va xususan, o'quv dasturi tubdan o'zgartirildi va rivojlanib bordi. Garchi Ilohiyot fakultetlari respublika davri boshlanishida mamlakat ta'lim sifatini oshirish va diniy kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilishiga qaramay, ularning faoliyati 1924 va 1933-yillar orasida faqat 9 yilgina davom etdi va ko'zlangan natijaga erishilmagach, fakultetlar yopildi. Hozirda Ilohiyot fakultetlari faqat yagona o'quv dasturiga asoslanadi. 1998-1999-akademik yillar mobaynida Ilohiyot fakultetlari tashkiliy strukturasi tarkibida Boshlang'ich maktablar diniy madaniyati va etika kursi uchun o'qituvchilar tayyorlash bo'limi tashkil etildi. Lekin, 2014-2015- o'quv yillarida Oliy ta'lim vazirligi qarori bilan bu ta'lim yo'nalishiga talabalar qabul qilish to'xtatildi va 2016-2017-yillarga kelib bu yo'nalish butunlay yopildi3.
Respublika davrida diniy ta'lim bahs-munozaralariga taalluqli jiddiy ahamiyat kasb etgan mavzu "diniy-milliy ta'lim" masalasidir. "Tevhid-i Tedrisat Kanunu" (Ta'limning yagona shakli to'g'risidagi qonun) tuzilishidan 1 oy oldin Milliy ta'lim vaziri, bosh vazir Ismet Inenyu (1884-1973)4 hamda Prezident Mustafo Kamol
1 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi.
2 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
3 ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program Iliçkisi Üzerine Bir Iliçki" // istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi, 2017.
4 https://en.wikipedia.org/wiki. Foydalanilgan sana: 24.11.2021
457
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Otaturk5 bilan uchrashgan Istanbul universiteti rektori Ismoil Haqqi Baltaji o'g'li uchrashuv davomida Otaturkning undan ta'limning diniy yoki milliy bo'lishi borasidagi savoliga shunday javob berganini yozib qoldirgan edi: "Din bir ijtimoiy muassasadir. Amalda mavjud. Lekin davlat uni maktablarda o'rgatishga majbur emas. Davlat ta'limining xususiyati milliy bo'lishi mumkin. Inqilob ta'lim muassasalarini dunyoviylashtirishi kerak." Lekin Baltaji o'g'li oradan yillar o'tib bu fikrining noto'g'ri ekanligini ta'kidlagan6.
Nihoyat, 1924-yil 3-martda qabul qilingan 430-sonli "Ta'limning yagona shakli to'g'risidagi qonun" yangi Respublikaning ta'lim shartlarining asosiy muammosi bo'lgan tafriqaga barham berib, ta'lim borasidagi "diniy", "milliy" bahslarda milliy ta'lim pozitsiyasi ustunlik qilib, ta'lim sohasidagi muhokamalarga chek qo'yildi. Hasan Ali Yujel "Ta'limning yagona shakli to'g'risidagi qonun"ning 1839-yildagi Tanzimot farmoni bilan birga davom etgan ta'limdagi madaniyat ikkiligini tugatishga mo'ljallangan eng muhim qadam bo'lganini ilgari surdi7.
Mazkur qonunning 1-moddasiga ko'ra barcha ta'lim muassasalari Milliy ta'lim vazirligiga biriktiriladi; 2-moddada shariat va vaqflar vakolati yoki xususiy vaqflar tarafidan foydalaniladigan barcha madrasa va maktablar ham Milliy ta'lim vazirligiga biriktiriladi. Qonunning 4-moddasida esa Milliy ta'lim vazirligining oliy ma'lumotli diniy mutaxassislar tayyorlash uchun Dorulfununda bitta ilohiyot fakulteti tashkil etishi va diniy xizmatlar ado etilishi uchun tayinlanadigan xodimlar tayyorlanishi uchun ham alohida muassasalar ochishi belgilangan8.
Shunday qilib, bu moddalarga muvofiq Dorulfunundagi bitta ilohiyot fakulteti bilan bir qatorda yopib tashlangan 479 ta madrasaning o'rniga 29 ta imom-xatiblar tayyorlash maktablari ochildi. Bu maktablar 5 yillik muddat ichida (1929-1930-o'quv yilida) ta'lim olish istagidagi talabalar yo'qligi sabab faoliyati to'xtatildi9.
Bu ilmiy-tadqiqot ishida ilohiyot fakultetlarining tashkil qilinish jarayonlari bilan bir qatorda ularni ochishdan maqsad, dastur tuzilmalari va faoliyat sohalariga e'tibor qaratgach, hozirgi kundagi bandlik sohalari va dastur tuzilmasiga diqqat qaratamiz va so'ngra mauammolar uchun ba'zi yechimlar taqdim qilamiz.
Respublika davrida oliy diniy ta'lim asosi sifatida tashkil qilingan ilohiyot fakultetlari ularni shakllantirishdan ko'zlangan maqsadlarga aloqador turli g'oya va
5 https://uz.wikipedia.org/wiki/Mustafa_Kemal_. Foydalanilgan sana: 24.11.2021
6 ismail Hakki Baltacioglu. "Hayatim'7/Yeni Adam. Sayi: 346-47, Agustos 1941. - S. 5-8.
7 Halis Ayhan. Türkiye'de Din Egitimi. - istanbul: ifav, 1999. - S. 31.
8 Bkz. Tevhidi Tedrisat Kanunu, 06.03.1340 tarih ve 63 sayili Resmi Gazete, 2021.
9 Hasan Ali Yücel. Türkiye'de Orta Ögretim. Ankara: Kültür Bakanligi, 1994. - S. 53.
458
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
mafkuralar doimo bahs mavzusiga aylangan. Natijada vaqti-vaqti bilan bu dastur tuzilmalari o'zgarishlarga yuz tutdi.
Ilohiyot fakultetlari tashkil qilinganidan boshlab, ularning asosiy maqsadlari "Ta'limning yagona shakli to'g'risidagi qonun"da yaqqol namoyon bo'ldi. 1924 -yil 3-martda qabul qilingan 430-sonli yuqorida tilga olingan qonunning 4-moddasida: "Ta'lim vazirligi oliy ma'lumotli diniy mutaxassislar tayyorlash uchun Dorulfununda bitta ilohiyot fakulteti ta'sis etishi bilan birgalikda imomat va hitobat kabi xizmatlarni ado etishga mas'ul xodimlarni yetishtirish uchun maktablar tashkil qilinadi" jumlalaridan bitta universitetdan tashqari yana bitta maktabga asos solib, diniy xizmatlarning amalga oshirilishi va din sohasida mutaxassis yetishtirish uchun ikkita alohida muassasa ochishga qaror qilganligi anglashiladi.
Bu fakultetlar I bosqich (Dorulfunundagi ilohiyot fakulteti), II bosqich (Anqara universiteti ilohiyot fakulteti va Islom institutlari) va III bosqich (1982-yildan keyingi davrdagi ilohiyot fakultetlari) kabi davrlarga bo'linadi10.
Dorulfunundagi ilohiyot fakultetida 1924-yil 7-mayda darslar o'tila boshladi11. Fakultetda ta'lim muddati 3 yil etib belgilandi. Fakultetda semestr uslubi joriy etilib, tafsir va hadis kurslari majburiy hamda jami fanlar miqdori 6 tadan kam bo'lmagan holatda ular 24 semestr davomida o'rgatilishi nazarda tutilgan edi12.
Dorulfunundagi ilohiyot fakultetiga talabalarni qabul qilish tartibi 1924-yil 21-aprelda qabul qilingan "Istanbul dorulfununi ta'lim nizomi"ning 40-moddasida belgilangan edi. Unga ko'ra, fakultetda ta'lim olishga da'vogar talabalardan yuqori maktabni tamomlagan bo'lishi hamda arab, fors tili imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tish talabi qo'yilgan. Biroq, 1932-yilda Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan til sinovidan muvaffaqiyatli o'tish sharti bekor qilindi. Imom-xatiblar tayyorlash maktablari o'rta maktablar bo'lgani bois uni tamomlagan o'quvchilar ilohiyot fakultetida ta'limni davom ettirish huquqiga ega emasdilar. Ilohiyot fakultetida o'qishni xohlovchilar umumiy litsey ta'limini tamomlagach, arab va fors tili imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda fakultetga hujjat topshira olishardi13.
Mazkur fakultet o'quv dasturiga ko'ra, 1925-1931-yillarda o'qitilgan fanlar quyidagilardir: Tafsir va tafsir tarixi, hadis va hadis tarixi, fiqh tarixi, sotsiologiya,
10 Ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program Iliçkisi Üzerine Bir iliçki" // istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi 37, 2017.
11 Ekmeleddin ihsanoglu. Darülfünun: Osmanli'da Kültürel Modernleçmenin Odagi, 1. Cilt, istanbul: IRCICA, 2010. -S. 319.
12 Mustafa Öcal. Osmanli'dan Günümüze Türkiye'de Din Egitimi. - istanbul: Dergah Yayinlari, 2015. - S. 378.
13ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program iliçkisi Üzerine Bir iliçki'V/istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi 37, 2017. - S. 66.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
axloq, kalom tarixi, Islom faylasuflari, tasavvuf tarixi, falsafa tarixi, Islom mazhablari, Islom tarixi, musulmon xalqlar etnografiyasi, turkiy xalqlar tarixi va dini, Dinlar tarixi, Islom adabiyoti, Arab adabiyoti, Islom falsafasi, Din falsafasi14.
1933-yilda Dorulfunun Istanbul universitetiga aylantirilgach, ilohiyot fakulteti yangi tashkil qilingan dargoh tarkibiga kiritilmagan. Natijada, Maktablardan diniy fanlarning olib tashlanishi Diniy ishlari vazirligi uchun xodimlar tayyorlashda muammolar yuzaga kelishiga sabab bo'ldi15.
Anqara universiteti ilohiyot fakulteti
Dorulfunundagi ilohiyot fakulteti faoliyati to'xtatilgach, har bir maktabda diniy ta'lim olgan mutaxassislar yetishmasligi natijasida din sohasida jiddiy bo'shliqlar paydo bo'ldi. Yana boshlang'ich maktablarda diniy darslar yo'lga qo'yilgach, o'quvchilarning ota-onalarining aksariyat qismi diniy ma'lumot beruvchi darslarni ijobiy qarshilagach, diniy ma'lumotga ega talabalar tayyorlash masalasi qayta ko'tarildi16. Shu masala yuzasidan Respublika xalq partiyasi 1947-yil 2-dekabrda 7-qurultoyda yig'ilgan komissiya hukumatga "Imom-xatiblar maktablaridan tashqari yana bir oliy ma'lumotli din olimlari yetishtirish uchun Universitetda Islom ilohiyot fakulteti tashkil qilinishi zarur deb topiladi va qabul qilinadi" mazmunida taklif kiritgan17.
Turkiyada ko'p partiyali siyosiy hayot boshlanganidan so'ng diniy ta'lim mavzusi kun tartibi masalasiga aylandi. 1948-yil 14-yanvarda ba'zi millat vakillari Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ga bitta ilohiyot fakulteti ochilishi to'g'risidagi taklif bilan murojaat qilishdi. Nihoyat 1949-yil 4-iyunda 5424-sonli qaror bilan Anqara universiteti qoshida Ilohiyot fakulteti tashkil qilinib, 1949-yil 21-noyabrda fakultetda o'quv jarayonlari boshlandi. O'rta ta'limdan so'ng 4 yil davom etadigan (1972-yildan 1982-yilga qadar 5 yil) fakultetning ilk yillardagi o'quv dasturida Qur'on va Islom dini asoslari, tafsir, hadis, Islom huquqi, kalom va mazhablar tarixi, tasavvuf tarixi, falsafa va mantiq, Islom falsafasi, dinlar tarixi, Islom tarixi, din psixologiyasi, din sotsiologiyasi, Islom san'atlari tarixi, Arab va Fors tillari, Turk tilidagi klassik diniy matnlar, paleografiya va pedagogika fanlari o'rin olgan edi. Vaqti-vaqti bilan yangi o'quv dasturi sinovlari bilan o'zgarishlarga yuz
14ibrahim Turan, "Turkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program Iliçkisi Uzerine Bir iliçki'V/istanbul Universitesi ilahiyat Fakultesi Dergisi 37, 2017. - S. 66-67.
15 O'sha yerda.
16 Beyza Bilgin. Turkiye'de Din Egitimi ve Liselerde Din Dersleri. - Ankara: Emek Matbaasi, 1980. - S. 58.
17 Ibrahim Arvas. Tarihi Hakikatler. - Ankara: Resimli Posta Matbaasi, 2021. - S. 62-64.
460
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
tutgan fakultet bora-bora o'z xodimlarini tayyorlab, keyingi yillarda boshqa fakultetlarni ham akademik qatlam bilan ta'minlagan18.
Diniy jabhada yuzaga kelgan muammolar, xalqning qat'iy talabi va umidi bitta ilohiyot fakulteti ochish masalasini hukumat oldiga ko'ndalang qilib qo'ydi. I lohiyot fakulteti tashkil etish haqidagi qonun loyihasi 1949-yil 3-mayda Xalq ta'limi vazirligi yetakchisi Tahsin Bangu o'g'li tarafidan Turkiya buyuk millat majlisi raisiga taqdim qilindi.
Qonun loyihasi Turkiya buyuk millat majlisida muhokama qilinib, bir ilohiyot fakulteti tashkil qilinishi "Din masalalarining sog'lom va ilmiy asoslarga ko'ra nazoratini ta'minlash, kasbiy ma'lumoti puxta va zehni o'tkir din olimlarini tayyorlash uchun zarur shartlarni bajarish maqsadida yurtimizda g'arb namunasidagilarga o'xshash bir ilohiyot fakultetining tashkil qilinishi" qonun loyihasi 1949-yil 9-mayda qabul qilinib, 1949-yil 21-noyabrda Anqara universiteti Huquq fakultetining bir bo'limida ilohiyot fakulteti dars jarayonlari boshlandi19.
Fakultetning o'quv dasturiga Qur'on va Islom dini asoslari, tafsir, hadis, Islom huquqi, kalom va mazhablar tarixi, tasavvuf tarixi, falsafa-mantiq, Islom falsafasi, dinlar tarixi, Islom tarixi, din psixologiyasi, din sotsiologiyasi, Islom san'atlari tarixi, arab va fors tillari, zamonaviy diniy turkcha matnlar, paleografiya va pedagogika fanlari kiritilgandi. Anqara universiteti ilohiyot fakulteti o'quv dasturida tartibli dastur 1953-1954-o'quv yillaridan so'ngra yo'lga qo'yildi20.
1971-yil Arzirum Otaturk universiteti qoshida 5 yillik Islomshunoslik fakulteti ochildi21. 1972-1973-o'quv yillaridan e'tiboran ta'lim muddati 5 yilga uzaytirildi22. Shu bilan bir qatorda, ayni shu o'quv yillaridan e'tiboran bakalavriat darajasida ilk marta bo'linish amalga oshirildi. 5 yillik ta'limning dastlabki 3 yilida umumiy fanlar o'qitiladigan bo'ldi; keyingi 2 yil (4-5-kurslarda) esa tafsir va hadis (asosiy Islom ilmlari), kalom hamda Islom falsafasi nomi ostida 2 ta bo'lim tashkil qilindi. Shuningdek, 1976-yildan e'tiboran hamma litseylar, jumladan, kasb-hunar kolleji, Imom-xatiblar tayyorlash litseyi bitiruvchalari Anqara ilohiyot fakultetiga qabul qilina boshlandi23.
18 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
19 Ibrahim Turan. "Turkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program Iliçkisi Uzerine Bir iliçki'V/istanbul Universitesi ilahiyat Fakultesi Dergisi 37, 2017. - S. 67.
20 ibrahim Turan. "Turkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program iliçkisi Uzerine Bir iliçki'V/istanbul Universitesi ilahiyat Fakultesi Dergisi 37, 2017. - S. 68.
21 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
22 Halit Ev. "Turkiye'deki Yuksek Din Ogretimi Kurumlari Programlarinin Ogretmen Yetiçtirme Bakimindan Degerlendirilmesi" (Yayimlanmamiç Doktora Tezi). - izmir: Dokuz Eylul Universitesi SBE, 1999. - S. 49.
23 Ibrahim Turan. "Turkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program iliçkisi Uzerine Bir iliçki'V/istanbul Universitesi ilahiyat Fakultesi Dergisi 37, 2017. - S. 68.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1987-yil 27-iyun Shanliurfada Gaziantep universiteti qoshida Ilohiyot fakulteti ochildi, keyinchalik bu fakultet yangi tashkil qilingan Xarron universitetiga biriktirildi. 1992-yil Istanbul universiteti qoshidagi Ilohiyot fakulteti bilan bir qatorda Sivas (Jumhuriyat universiteti, 1992), Darenda (Inonu universiteti, 1992), Van (Yuzinchi yil universiteti, 1993), Rizo (Qora dengiz texnika universiteti, 1993), Chorum (G'oziy universiteti, 1993), Diyorbakr (Dajla universiteti, 1993), Adana (Chuqurova universiteti, 1993), Isparta (Sulaymon Demirel universiteti, 1993), Adapazari (Sakarya universiteti, 1993), Elazi (Frot universiteti, 1994), Chanaqqal'a (O'n sakkiz mart universiteti, 1995), Qahramanmarash (Sutchi imom universiteti, 1996) Ilohiyot fakultetlari ochilib, jami 22 ta fakultetda o'quv jarayonlari olib borildi. 1995-yilda Vazirlar Kengashi qarori bilan Eskishaharda (Usmon g'oziy unive rsiteti) ochilgan Ilohiyot fakultetida esa ta'lim jarayoni boshlanmagan24.
Ilohiyot fakultetlarida akademik ratsionalizatsiya 1982-1983-o'quv yilidan yaxshilanib, 1991-1992-o'quv yilida shu shaklga kelgandi: Asosiy Islomiy fanlar bo'limi tafsir, hadis, Islom huquqi, kalom, Islom mazhablari tarixi, tasavvuf, Arab tili va balog'ati; Falsafa va diniy fanlar bo'limi falsafa tarixi, Islom falsafasi, din falsafasi, mantiq, dinlar tarixi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din ta'limi; Islom tarixi va san'atlari bo'limi Islom tarixi, Turk-Islom san'atlari tarixi, Turk-Islom adabiyoti va Turk diniy musiqasi. Bu asosiy yo'nalishlar sohalariga bog'liq taxminan 40 ta fan tarmoqlarida dars berilyapti, xususan, magistratura va doktorantura bosqichlarida ham ta'lim jarayonlari olib borilmoqda. 1989-yil 15-iyunda 358-sonli qaror bilan Ilohiyot fakultetlariga o'qituvchi va pedagoglar oliy ta'lim muassasalaridan qabul qilinadigan bo'ldi25.
Oliy Islom institutlari
1959-yil 17-noyabrda Xalq ta'limi vazirligi Mudirlar komissiyasining hamda Ta'lim va tarbiya tashkilotining qaroriga asoslanib, 575-sonli qaror bilan Istanbul Oliy Islom instituti ochildi. Imom-xatiblar tayyorlash maktablari bitiruvchilarini talabalikka qabul qilgan 4 yillik institutlar Ko'nyo (1962), Qayseri (1965), Izmir (1966), Arzirum (1969), Bursa (1975), Samsun (1976) va Yozgat (1980) Oliy Islom institutlari edi. Yozgat Oliy Islom instituti 1981-yil yopilgan. 1982-yil 20-iyuldagi 41-sonli qaror bilan Arzirum Oliy Islom instituti Otaturk universiteti Islomshunoslik fakulteti bilan birlashtirildi va bu fakultet bilan boshqa Oliy Islom institutlari Ilohiyot fakultetlariga aylantirilgan viloyat universitetlariga biriktirildi. Shu tariqa, oliy diniy
24 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
25 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
462
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ta'lim muassasalarida birlik saqlanib, bu muassasalar yagona ma'muriy va ilmiy asoslarga bog'landi26.
Turkiyada 1982-yildan oldingi davrda diniy oliy ta'lim muassasalarining muhim qismini Oliy Islom institutlari tashkil etardi. Imom-xatiblar tayyorlash maktablarini tamomlagan o'quvchilarning diniy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishlariga imkoniyat qilish maqsadida tashkil qilingan bu institutlar malakali din xizmatchilari yetishtirish, imom-xatiblar tayyorlash maktablari va boshlang'ich ta'lim beruvchi o'qituvchilar tayyorlash maktablari uchun diniy ta'lim beruvchi mutaxassislar tayyorlash uchun tashkil qilingandi27.
Oliy Islom institutlarining 1959-yil 16-iyundagi 7344-sonli "Oliy Islom instituti kadrlari to'g'risida"gi qonunda eslatib o'tilgan maqsadlariga e'tibor qaratilsa, o'rta va unga tenglashtirilgan maktablarda yetarli darajada malakali mutaxassislar yetishtirish, mamlakat uchun zarur bo'lgan ijobiy va hayotiy bilimlarga ega din olimlari tayyorlash asosiy maqsad etib belgilanishi bilan bir qatorda, bu maktablarning 1961-yilda tayyorlangan nizomida Xalq ta'limi vazirligi o'qituvchilar tayyorlashdan tashqari Diniy ishlari vazirligi uchun muftiy, voiz va diniy mutaxassislar tayyorlash to'g'risida o'zini mas'ul hisoblagan28.
Oliy Islom institutlari o'quv dasturida Qur'oni Karim, vujuh ilmi, Tafsir, Balog'ati Qur'on, hadis, siyrat, tavhid ilmi, kalom, Islom huquqi, fiqh, usuli fiqh, Islom dini va mazhablari tarixi, qiyosiy dinshunoslik, Turk-Islom adabiyoti tarixi, tasavvuf tarixi, axloq, Islom falsafasi tarixi, mantiq, Islom tarixi, bugungi kundagi Islom o'lkalari tarixi va geografiyasi, Arab tili va adabiyoti, din psixologiyasi, din pedagogikasi, Islom san'atlari tarixi, ritorika va irshod, diniy musiqa, xorijiy til, Inqilob tarixi darslari o'rin olgan edi29. Anqara universiteti ilohiyot fakulteti hamda Oliy Islom institutlari o'zaro taqqoslanadigan bo'lsa, har ikkalasining ustuvorliklari bir-biridan farq qiladi. Anqara universiteti ilohiyot fakultetidan ko'proq akademik jihatdan hissa qo'shadigan va ma'lum darajada diniy ta'lim beruvchi mutaxassislar tayyorlash ko'zlangan bo'lsa, Oliy Islom institutlarining asosiy maqsadi yuqori kasbiy mahoratga ega kadrlar tayyorlash edi.
Hozirgi kundagi ilohiyot fakultetlari tashkil qilinishidan ko'zlangan maqsadlar nimaligi munozarali mavzudir. Chunki bu fakultetlarni ochishdan ham akademiklar ham Diniy ishlari vazirligi uchun malakali diniy xodimlar yetishtirish hamda Xalq
26 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
27 Ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program Ili§kisi Üzerine Bir ili§ki'7/istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi 37, 2017. - S. 69.
28 Bardakoglu. islam I§iginda Müslümanligimizla Yüzle§mek. - istanbul: Kuramer, 2016. - S. 366.
29 Ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program ili§kisi Üzerine Bir ili§ki'7/istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi 37, 2017. - S. 69.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ta'limi vazirligi tarkibida boshlang'ich va o'rta ta'lim muassasalari uchun diniy madaniyat va axloqiy bilimlar o'qituvchilari bilan birgalikda Imom-xatiblar tayyorlash litseylari uchun kasbiy ta'lim o'qituvchilari yetishtirish ko'zlangan. 1997-yil oxirida ilohiyot fakultetlari tuzilmasi va loyihasida bir qator o'zgarishlar qilinib, fakultet ilohiyot bo'limi, boshlang'ich maktab diniy madaniyati va odob-axloq ta'limi bo'limlariga ajratilgan. Bu o'zgarishlar bilan bir qatorda bakalavriat o'quv dasturidan pedagogikaga doir darslar chiqarib tashlanib, 4 yillik bakalavriat dasturi holiga keltirildi.
1998-1999-o'quv yilidan universitetlardagi Ilohiyot fakultetlarida Boshlang'ich diniy madaniyat va odob-axloq ta'limi mutaxassisi va Ilohiyot bakalavriat bosqichidan iborat holda ikkita alohida dastur qo'llana boshladi. Birinchi tilga olingan mutaxassislikni tamomlaganlar boshlang'ich maktablarda diniy madaniyat va odob-axloq o'qituvchisi bo'lishardi. Ikkinchi dasturni tamomlaganlar esa Diniy ishlari vazirligi tashkilotidagi turli vazifalardan tashqari o'rta ta'lim muassasalari va Imom-xatiblar tayyorlash litseylarida muallimlik qilishardi. Shuningdek, Imom-xatiblar tayyorlash litseylarida o'qituvchilik qiladiganlar Ilohiyot bakalavriat bosqichini tamomlagach, pedagogik faoliyatdan tashqari 3,5 yillik dissertatsiya talab qilinmaydigan magistratura bosqichiga o'tkazilardi30.
Bundan tashqari, endigina tashkil qilingan Boshlang'ich diniy madaniyat va odob-axloq ta'limi (IDKAB) bo'limi Islomshunoslik fanlariga qaraganda ko'proq ta'lim va pedagogikaga ixtisoslashgan darslardan iborat edi. Ilohiyot bakalavriat ta'lim dasturidan alohida 1998-1999-o'quv yilidan e'tiboran Oliy ta'lim kengashi qarori bilan 11 ta ilohiyot fakultetida IDKAB bo'limi ochildi31. Bu bo'limning ta'lim muddati davomiyligi 4 qilib belgilandi. Dastur doirasida ham nazariy ham amaliy jami 36 soatlik pedagogik darslar ham o'rin olgan edi. Bu bo'lim bitiruvchilari 8 yillik boshlang'ich maktablarda diniy madaniyat va odob-axloqdan ta'lim berishardi.
Oliy ta'lim kengashining 1988-yil 29-dekabrdagi qarori bilan Ilohiyot fakultetlari qoshida 2 yillik Ilohiyot kasb-hunar maktablari (ilâhiyat Meslek Yuksek okullari) ochilib, bu maktablar din xizmatlari kasbiga yo'naltirilgan bakalavriatdan oldingi bosqichga mo'ljallangan. Lekin, 5 ta Ilohiyot fakulteti tarkibida bo'lgan bu maktablarga 1998-1999-o'quv yilidan o'quvchilar qabul qilinmadi. Bundan tashqari, Anadolu universiteti masofaviy ta'lim fakulteti qoshida ayni shaklda bitta yuqori
30 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
31 Mehmet Zeki Aydin. "ilahiyat Fakulteleri Programlarini Tartiçmak'V/Egitime Bakiç Dergisi, Ankara, (2013), Yil:9, Sayi: 27. - S. 57; Ocal. Osmanli'dan Gunumuze Turkiye'de Din Egitimi. - S. 440.
464
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
maktab ochildi. Shuningdek, 1998-1999-o'quv yilida Ilohiyot fakultetlariga qo'shimcha qabul asosida talabalar olish to'xtatildi32.
Oliy ta'lim kengashi tarafidan 2006-yil qabul qilingan qaror natijasida IDKAB bo'limlari 2006-2007-o'quv yilidan e'tiboran tegishli universitetlarning fakultetlariga ko'chirildi. Shuningdek, boshlang'ich kalimasi ham olib tashlanib, bo'limning nomi Din madaniyati va odob-axloq ta'limi (DKAB) bo'limiga o'zgartirilgan33. Lekin 2010-yil Oliy ta'lim kengashining 27428-sonli qarori bilan DKAB abbreviaturasi boshida avval qo'llanilgan "boshlang'ich" so'zi yana keltiriladigan bo'ldi34.
IDKAB bo'limlarining ilohiyot fakultetlari tarkibidan chiqarilib, ta'lim fakultetlari doirasiga kiritilishi bilan ilk marotaba ilohiyot fakultetlaridan tashqari oliy ta'lim muassasalarida ham diniy ta'lim beruvchi mutaxassislar tayyorlaydigan bo'lim ochildi. 2011-2012-o'quv yilidan e'tiboran ta'lim fakultetlari doirasida ochilgan IDKAB bo'limlari soni 24 taga yetdi. 2013-2014-o'quv yilidan IDKAB bo'limi qaytadan ilohiyot fakulteti tarkibiga kiritilishi to'g'risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, 7 yildan so'ng bu bo'lim yana eski holiga qaytarildi. 2014-2015-o'quv yilidan IDKAB bo'limi ÖSYM (Baholash, tanlash va joylashtirish markazi) ning tanlov fanlar ro'yxatiga kiritilmadi. Bu holat ayni vaqtda ta'lim olayotgan talabalar o'qishni tamomlagach, bo'lim yopilishini anglatardi.
Ilohiyot fakultetlarida uzoq muddatdan beri asosiy bahs mavzularidan biri bo'lib kelgan masala, shubhasiz, faoliyat sohalariga ko'ra ixtisoslashuv va malakali kadrlar yetishtirish edi. Bu xususda, 1998-yildan boshlangan doimiy o'zgarishlarga e'tibor berilsa, jiddiy chalkashliklar bo'lgani seziladi. 2015-yil 28-fevraldagi baholashlar natijasida to'g'ri tahlil qilinmasdan, natijalari to'liq tekshirilmasdan IDKAB bo'limlari yopildi35.
Ilohiyot fakultetlari soni ortishi bilan kalom va kalom tarixiga doir kitoblar yozilishi ham shunga muvofiq ravishda jadallashib bordi. Ilohiyot fakultetlari tashkil qilinish jarayonini besh davrga bo'lishimiz mumkin:
I davr (1923-1949) respublikaning e'lon qilinishi: Respublika e'lon qilinishi (1923), xalifalikning bekor qilinishi (1924), Diniy ishlar vazirligining tashkil qilinishi
32 https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi. 11.12.2021
33 Öcal. Osmanli'dan Günümüze Türkiye'de Din Egitimi. - S. 432; Ev. Türkiye'deki Yüksek Din Ögretimi Kurumlan Programlarinin Ögretmen Yeti§tirme Bakimindan Degerlendirilmesi. - S. 262.
34 Mehmet Bahgekapili. Türkiye'de Din Egitiminin Dönü§ümü (1997-2012). - istanbul: iLKE ilim Kültür Dernegi, 2012.
- S. 148-153.
35 Tahsin Görgün. "Türk Üniversitesi ve Dini ilimler: ilahiyatin Akademik Yapilanmasi, Bölümleri ve Anabilim Dallari Nasil Olmalidir?", Bugünün ilahiyati Nasil Olmalidir? (ed. Süleyman Akyürek). - istanbul: Ensar, 2015. - S. 153.
465
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
(1924), "Tavhidi tadrisot" qonunining qabul qilinishi (1924), madrasalarning yopilishi (1924), Dorulfununda ilohiyot fakultetining ochilishi (1924), harf inqilobi (1928), universitetlar islohoti (1933), Dorulfunundagi ilohiyot fakultetining yopilishi (1933), ko'ppartiyaviylikka o'tish (1946) kabi bir-biriga bog'liq siyosat, din va ta'lim sohalarida bir qator tadbirlar amalga oshirilgan 26 yillik davrda kalom va kalom tarixiga doir lotin alifbo asosida yozilgan asarga duch kelmaymiz.
II davr (1949-1959) Anqara universiteti ilohiyot fakultetining ochilishi: mazkur fakultet ochilishi (1949) bilan boshlangan bu 10 yillik davrda fakultet o'qituvchilari Yusuf Ziyo Yo'ruqan va Nafiz Danishman tomonidan kalomga doir kitoblar yozildi.
III davr (1959-1982) Istanbul islom institutining ochilishi: "Institutlar davri" deb ham nomlanadigan bu davrda Istanbul islom instituti ochilishi bilan bir qator yangi institutlar tashkil qilina boshlandi va 1971-yilda Arzurumda Anqaradagi fakultetning filiali ochildi. Bu davrda Ko'nyo islom instituti o'qituvchilari Ali Arslan Aydin va Durmush O'zbek hamda Istanbul islom instituti o'qituvchilari Muhammad Tanjiy va Bekir Topal o'g'li tomonidan kalomga doir kitoblar yozildi.
IV davr (1982-2008) Islom institutlarining ilohiyot fakultetlariga aylantirilishi (Ilohiyot fakultetlari davri): "Fakultetlar davri" deb ham nomlanadigan bu davrda 1980-yil 12-sentabrda de-fakto davlat to'ntarishidan so'ng qabul qilingan "Oliy ta'lim to'g'risida"gi qonun bilan islom institutlari ilohiyot fakultetlariga aylantirildi va 1982-yilga kelib ilohiyot fakultetlari soni 8 taga yetdi. 1982-yildan "28-fevral jarayoni" deb nomlanadigan 1997-yildagi post-modern to'ntarish davriga qadar yana 15 ta fakultet ochilib, ilohiyot fakultetlari soni 23 ta bo'ldi. 1998-yildan ta'lim fakultetlari doirasida boshlang'ich diniy madaniyat va odob-axloq ta'limi dasturi tashkil qilinishi bilan ilohiyot fakultetlaridan tashqari oliy diniy ta'lim beriladigan ikkinchi muassasa paydo bo'ldi. Natijada har bir fakultetning kalom o'qituvchilari o'quv dasturlariga muvofiq keladigan ma'ruza matnlari tayyorlay boshlashdi. Xususan, bu davrda kalomga oid 16 ta asar yozildi.
V davr (2008-2017) Yangi ilohiyot fakultetlarining ochilishi: 28-fevral postmodern to'ntarishi ilohiyot fakultetlari faoliyatiga jiddiy ta'sir qilib, 11 yil mobaynida birorta ilohiyot fakulteti ochilmadi. Biroq, 2008-yili Shirnaqda yangi fakultet tashkil qilinishi bilan yangi fakultetlarning ochilishi jarayoni avj oldi. 2006-yildan o'lkada yangi universitetlar tashkil qilinishi bilan bir qatorda 2008-yildan Tunjelidan tashqari Turkiyaning barcha viloyatlarida ilohiyot fakultetlari ochildi. Fakultetlar soni 23 tadan 91 ga yetdi. 9 yillik so'nggi davrda kalom doirasida yozilgan asarlar soni 24 ta bo'lib, bundan oldingi 85 yil mobaynida yozilgan asarlar sonidan (22) ko'pdir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Beyza Bilgin. Türkiye'de Din Egitimi ve Liselerde Din Dersleri. - Ankara: Emek Matbaasi, 1980. - 258 s.
2. Bardakoglu. islam I§iginda Müslümanligimizla Yüzle§mek. - Istanbul: Kuramer, 2016. - 397 s.
3. Ekmeleddin ihsanoglu. Darülfünun: Osmanli'da Kültürel Modernle§menin Odagi, 1. Cilt. - istanbul: IRCICA, 2010. - 455 s.
4. Halis Ayhan. Türkiye'de Din Egitimi. - istanbul: ifav, 1999. - 600 s.
5. Hasan Ali Yücel. Türkiye'de Orta Ögretim. Ankara: Kültür Bakanligi, 1994. -652 s.
6. Habibullo, A., & Durdona, M. (2021). Xalqaro xavfsizlik o'quv qo'llanma.
7. Halit Ev. "Türkiye'deki Yüksek Din Ögretimi Kurumlari Programlarinin Ögretmen Yeti§tirme Bakimindan Degerlendirilmesi" (Yayimlanmami§ Doktora tezi).
- izmir: Dokuz Eylül Üniversitesi SBE, 1999. - 149 s.
8. ibrahim Arvas. Tarihi Hakikatler. - Ankara: Resimli Posta Matbaasi, 2021. - 192 s.
9. Mustafa Öcal. Osmanli'dan Günümüze Türkiye'de Din Egitimi. - Istanbul: Dergah Yayinlari, 2015. - 559 s.
10. Mehmet Bahfekapili, Türkiye'de Din Egitiminin Dönü§ümü (1997-2012). -istanbul: ilke ilim Kültür Dernegi, 2012. - 296 s.
11. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Terror Va Terrorizm. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1038-1046.
12. Tahsin Görgün. "Türk Üniversitesi ve Dini ilimler: ilahiyatin Akademik Yapilanmasi, Bölümleri ve Anabilim Dallari Nasil Olmalidir?", Bugünün ilahiyati Nasil Olmalidir? - istanbul: Ensar Yayinlari, 2015. - 153 s.
13. ibrahim Turan. "Türkiye'de ilahiyat Egitimi: istihdam Alani-Program ili§kisi Üzerine Bir ili§ki" // istanbul Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Dergisi 37, 2017. - S. 59-77.
14. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 280-285.
15. ismail Hakki Baltacioglu. "Hayatim" // Yeni Adam. Sayi: 346-47, Agustos 1941.
- S. 5-8.
16. Mehmet Zeki Aydin. "ilahiyat Fakülteleri Programlarini Tarti§mak" // Egitime Baki§ Dergisi. Sayi: 27. - Ankara, 2013. - S . 57-58.
17. https://islamansiklopedisi.org.tr/ilahiyat-fakultesi.