Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KECHAYOTGAN DINIY-MA’RIFIY JARAYONLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA KECHAYOTGAN DINIY-MA’RIFIY JARAYONLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
418
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’rifat / diniy bag’rikenglik / taraqqiyot / sharq allomalari / qadimgi sharq. / Enlightenment / religious tolerance / progress / Orientalists / ancient Orientalist.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirkamolova, G.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaga oid islohotlarning amalga oshirilayotganligi va uning bugungi kundagi samarasi haqida fikr-mulohazalar keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy islohatlarning jamiyat miqyosidagi o’rni beqiyos ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF RELIGIOUS AND EDUCATIONAL PROCESSES TAKING PLACE IN UZBEKISTAN

This article discusses the ongoing reforms in the field of religious education in Uzbekistan and their effectiveness to date. The role of religious and educational reforms in society is invaluable.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KECHAYOTGAN DINIY-MA’RIFIY JARAYONLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA KECHAYOTGAN DINIY-MA'RIFIY JARAYONLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mirkamolova G.

O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohaga oid islohotlarning amalga oshirilayotganligi va uning bugungi kundagi samarasi haqida fikr-mulohazalar keng yoritildi. Diniy-ma 'rifiy islohatlarning jamiyat miqyosidagi o 'rni beqiyos ahamiyatga egadir.

Kalit so'zlar: Ma'rifat, diniy bag'rikenglik, taraqqiyot, sharq allomalari, qadimgi sharq.

В данной статье рассматриваются проводимые реформы в сфере религиозного образования в Узбекистане и их эффективность на сегодняшний день. Неоценима роль религиозно-просветительских реформ в обществе.

Ключевые слова: Просвещение, веротерпимость, прогресс, востоковеды, древний востоковед.

This article discusses the ongoing reforms in the field of religious education in Uzbekistan and their effectiveness to date. The role of religious and educational reforms in society is invaluable.

Keywords: Enlightenment, religious tolerance, progress, Orientalists, ancient Orientalist.

Ma'rifat va diniy bag'rikenglik - tinchlik va taraqqiyot asosidir. Fan insoniyat jamiyati taraqqiyotining asoslaridan biri hisoblanadi. Ma'rifat va ma'naviyat esa komillik ustunlaridir. Darhaqiqat, Qadimgi Sharqda ta'lim va tarbiya hech qachon bir-biridan ajratilmagan, ularning hech biri bir-biridan yuqori baholanmagan. Bu jahon sivilizatsiyasiga asos solgan buyuk qomusiy olimlar - Imom al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Imom an-Nasafiy va Ahmad al-Farg'oniylarning bebaho merosida o'z ifodasini topgan. O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida buyuk ajdodlarimizning hikmatli an'analariga amal qilmoqda. Buni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy-ma'rifiy sohalarda, tashqi va ichki siyosatda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar misolida ham ko'rish mumkin.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligi va mamlakatimiz taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyat respublikamizning turli millat va konfessiya vakillari o'rtasida o'zaro hurmat, hamjihatlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo'llab-quvvatlash, mamlakatda tinchlik va totuvlikni ta'minlashga qaratilgan izchil va puxta o'ylangan siyosatini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida taklif etilgan "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" maxsus rezolyutsiyasi BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullangani e'tiborga molik. Qarordan ko'zlangan asosiy maqsad - barchaning ta'lim olishini ta'minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishdir. Hujjatda bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlash, dindorlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan kamsitishning oldini olish muhimligi ta'kidlangan. Dunyoda ekstremizm va terrorizm hanuz davom etayotgan, turli din va e'tiqod vakillariga nisbatan murosasiz munosabat hukm surayotgan bir paytda global tahdidlarga qarshi samarali kurashish vositasi sifatida ta'lim va ogohlik masalasi ko'tarilmoqda. Turli mintaqa va mamlakatlarda insonning yashashi, ta'lim olishi, mehnat qilishi, qobiliyat ko'rsatishi va diniy e'tiqodlarini amalga oshirishi kabi huquqlari ko'pincha buziladi. O'zbekistonda 16 konfessiyaga mansub 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch va totuvlik, bag'rikenglik ruhida yashab kelmoqda. Turli din va millat vakillarining o'z ehtiyojlarini xavfsiz va erkin qondirishi jamiyat barqarorligining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan behavotir o'z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari jamiyat barqarorligining muhim ko'rsatkichlaridan sanaladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda 16 ta konfessiyaga qarashli 2315 ta diniy tashkilot faoliyat ko'rsatmoqda. 2124 ta musulmon diniy tashkilotlari bilan bir qatorda 191 ta noislomiy diniy tashkilotlar ham mavjud. Ulardan 17 tasi 2019 va 2020-yillarda ro'yxatga olingan. Davlat ro'yxatidan o'tgan noislomiy diniy tashkilotlarning 174 tasi xristian, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi baxaylar, bittasi Xare Krishna va bitta buddistlar ibodatxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston dinlararo Injil jamiyati ham mavjud. Diniy-ma'rifiy sohadagi o'zgarishlar asrlar davomida islom diniga amal qilib kelayotgan xalqimizning boy ilmiy-tarixiy merosini o'rganish va ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish jarayonida diniy va dunyoviy bilimlarni uyg'unlashtirish, diniy-ma'rifiy sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga asoslangan ta'lim sifatini oshirishning yaxlit tizimi yaratildi.

453

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi jamoatchilik maslahat organi hisoblangan Din ishlari bo'yicha kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Kengash a'zolari soni 9 tadan 17 taga kengaytirildi. Uning tarkibiga O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha diniy konfessiyalar vakillari kiradi. Mamlakatimiz ta'lim markazi sifatida tanilgan. Bu yerda ilmiy-ma'rifiy markazlar, jumladan, diniy-ma'naviy tadqiqotlarga bag'ishlangan markazlar tashkil etilmoqda. Toshkentda -ko'p asrlik ma'rifat xazinasi timsoli bo'lgan va fundamental tadqiqotlar olib boruvchi Islom sivilizatsiyasi markaziga asos solindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo'shgan, hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning ulkan merosini ilmiy asosda o'rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga targ'ib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug'lash asosida yosh avlodning ruhiy va ma'naviy olamini boyitish, imon-e'tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini yanada kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 23 maydagi PQ № 875-sonli qaroriga muvofiq Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etilgan edi.1 Ezgu ishlarning davomi sifatida va hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qo'shgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini o'rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 27 martdagi PQ-2855-son qarori qabul qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Sherobod tumanidagi Iso Termiziy maqbarasi obod qilingan edi. 2017 yil 14 fevralda davlatimiz rahbarining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurildi. Unda islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o'rganiladi. Diniy ta'lim, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanishga qaratilgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-

1 . http://old.bukhari.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=85:imom-bukhorij-khal-aro-markazi&catid=5 3 &Itemid=4 51 &lang=ru

2 . https://lex.uz/docs/3263382

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

amaliy tavsiyalar tayyorlanadi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifasi qilib islom dinining, Qur'oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma'naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har

"5

tomonlama chuqur o'rganish va keng targ'ib etish belgilandi.

Islom dini rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug' allomalar, aziz-avliyolar vatani bo'lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o'rtasid a keng targ'ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini yanada kuchaytirish maqsadida qilinayotgan ezgu ishlardandir. "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi (693-son, 06.11.2020 y.).4

Qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

Aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo'lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma'naviy merosini chuqur o'rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;

- islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma'rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo'nalishlarini ilmiy asosda o'rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;

- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo'shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o'rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag'rikenglik, o'zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;

- mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan qo'lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to'plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;

3 . https://lex.uz/docs/3113645

4 . https://religions.uz/news/detail?id=1494

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag'ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko'rgazma, ilmiy ma'ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish;

- tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog'ida e'lon qilishni tashkil qilish;

- islom tarixi va kalom ilmi yo'nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish bularning barchasi markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.5

Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi ham oliy o'quv yurtlarida ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2018-yilda O'zbekiston Islom akademiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.6 Uning tuzilmasida Malaka oshirish markazi mavjud. Akademiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida hududiy filiallari mavjud. Agar 2017-yilgacha uchta oliy (bitta islom, ikkita noislomiy) va to'qqizta o'rta maxsus diniy ta'lim muassasasi mavjud bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda O'zbekistonda beshta oliy (uchta islom va ikkita noislomiy) va 10 ta o'rta maxsus diniy ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ular islom ma'rifatini keng targ'ib etish, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini chuqurroq o'rganish borasida keng ko'lamli ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlab yubordilar. O'zbekiston musulmonlari idorasi huzurida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilgani ham tarixiy ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifalari masjidlar, muqaddas ziyoratgohlarni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish, mamlakatimizning barcha hududlarida ularga va shunga o'xshash ob'yektlarga ziyoratlarni tashkil etish, shuningdek, moddiy-texnik bazani ta'minlash va soha xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlashdan iborat. 2018-yildan boshlab respublika fuqarolari uchun Saudiya Arabistoniga umra ziyorati uchun kvotalar bekor qilindi. 2019-yil dekabr oyidan boshlab Toshkent - Jidda - Toshkent yo'nalishi bo'yicha kuniga ikki marta qatnov tashkil etildi. 2020-yil fevral oyidan esa Toshkent-Madina-Toshkent yo'nalishi bo'yicha qatnov yo'lga qo'yildi. Demak, 2017-yilda 6 ming,

5 . https://lex.uz/docs/4945427

6 466-coh 22.06.2018. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida. https://lex.uz/docs/-3791929

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

2018-yilda 16 ming, 2019-yilda 38 ming, 2020-yilning birinchi choragida 28 ming o'zbekistonlik umra ziyoratiga bordi. O'zbekistonda diniy ta'limning ochiqligi umumiy o'rta maxsus ta'lim olgandan keyingina va faqat rasmiy ta'lim muassasalarida ta'minlanadi. Diniy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijdan olib kelinayotgan bosma va elektron nashrlar soni ko'paydi. Jumladan, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 644 nomdagi 3500 dona, Hadis ilmiy maktabiga 356 nomdagi 1500 ga yaqin kitob va islom ilmlariga oid 7 ming nusxadan ortiq elektron adabiyotlar topshirildi. Shu bilan birga, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o'rni haqida 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Imom Termiziy, Hakim at-Termiziy va boshqa allomalarning 20 dan ortiq asarlarini termizlik o'zbek tiliga tarjima qilgan. Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyuk allomalarning jumladan Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Imom an-Nasafiy, Saffor al-Buxoriy va boshqalarning aksariyat asarlarini tarjima qilgan, 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan. O'zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar kontseptual jihatdan qayta ko'rib chiqildi. Asosiy e'tibor uning oldini olish va aholi ogohligini oshirishga qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida ham "Jaholatga qarshi ma'rifat" degan ulug'vor g'oya asosida din sohasidagi ilmiy -ma'rifiy faoliyatni jadal tashkil etish, buzg'unchi g'oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholi, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish kabi

n

ustuvor yonalishlar e'tirof etilgan. Hududlarda 31 mingdan ortiq targ'ibot va madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilib, "Jaholatga qarshi ma'rifat" tamoyili keng tushuntirildi. Vataniga qaytgan 63 ming 857 nafar mehnat muhojirlari bilan ma'rifiy suhbatlar tashkil etildi. Xorijga ketayotgan 65 ming 527 nafar fuqaroning ma'naviy-mafkuraviy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan 675 dan ortiq treninglar, mingdan ortiq targ'ibot tadbirlari o'tkazildi, 32 ming 400 ga yaqin bukletlar tarqatildi.

So'nggi 4 yil mobaynida mamlakatimizda inson huquqi va erkinligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil siyosat samarasi o'laroq, nafaqat yurtimizda istiqomat qilayotgan, balki o'zga yurtlarda murakkab ahvolga tushib qolgan O'zbekiston fuqorolariga ham alohida e'tibor qaratilib, ularning manfaati, sha'ni, qadr-qimmati himoya qilinmoqda. Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashkil etilgan

7 . https://lex.uz/docs/3686277

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

«Mehr» operatsiyasi doirasida Yaqin Sharqning jangovar harakatlar olib borilayotgan

Q

hududlaridan 318 nafar ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Taqiqlangan diniy oqimlar safiga qo'shilib qolgan fuqarolarni jamiyatga qayta moslashtirish bilan bog'liq tizimli ishlar muntazam olib borilmoqda. O'z navbatida, hukumat tomonidan islom dinini musaffoligini asrash, uni turli buzg'unchi oqimlar g'oyalaridan holi ekanini yosh avlodga singdirishga qaratilgan tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so'zlagan tarixiy nutqi alohida e'tiborga molik. Yurtboshimiz o'z nutqida islom dinini zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qoralab, ular bilan hech qachon murosa qilib bo'lmasligini ta'kidlagan edi.9 Bu fikrning amaliy ifodasi o'laroq BMT Xavfsizlik Kengashining 2017 yil 21 dekabrdagi 2396-sonli rezolyusiyasida: «Terrorizm, zo'ravon ekstremizm hech bir din, millat va sivilizatsiya bilan aloqador emas va bog'liq holda talqin qilinmasligi kerak», deya qayd etildi. Shu bilan birga O'zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» rezolyusiyasi BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabr kunidagi yalpi sessiyasida qo'llab-quvvatlanib, bir ovozdan qabul qilindi.10

O'z navbatida bu o'zgarishlar respublikamizning xalqaro imijini yanada yuksalishiga zamin hozirladi. Jumladan, 2020 yil dekabr oyida AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha komissiyasi (USCIRF) O'zbekistonni maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro'yxatidan olib tashladi. Bu haqidagi xabarni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 2020 yil 7- dekabrda ma'lum qilgan11. Xususan, Pompeo o'z bayonotda diniy erkinlik bu insonning ajralmas huquqi ekanini alohida ta'kidlab, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro'yxati»da o'zgarishlar bo'lganini aytib o'tgan.

«So'nggi bir yil ichida O'zbekiston hukumati erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O'zbekistonni maxsus kuzatuv ro'yxatidan chiqarilganligini e'lon qilishdan mamnunman. O'zbekistonning qonunlari va amaliyotdagi jasoratli islohotlari boshqalar uchun namuna bo'lmoqda», deya Maykl Pompeo respublikamiz

1 л

erishayotgan yutuqlarni e'tirof etib o'tgan . Qayd etish lozimki, O'zbekiston 2006 yildan 2018 yilgacha «alohida xavotirdagi mamlakatlar ro'yxati»da edi. Diniy

8 . https://uza.uz/uz/posts/mehr-3-operaciyasi-doirasida-suriyadan-98-nafar-yurtdoshimiz-ayollar-va-bolalar-olib-kelindi_192694

9 . https://www.gazeta.uz/uz/2018/12/%2013/bmt-rezolyutsiya

10 . БМТ Бош Ассамблеяси Узбекистан ишлаб чиркан резолюцияни кабул килди - ra3eTa.uz https ://www.gazeta.uz/uz/2018/12/%2013/bmt-rezolyutsiya

11 . https://huquqiyportal.uz/news/2020/12/29/uzbekistonda-diniy-tashkilotlar-faoliyatini-tartibga-solishda-normativ-huquqiy-asoslarni-takomillashtirishning-ahamiyati

12 . https://podrobno.uz/cat/politic/gossekretar-ssha-mayk-pompeo-pokhvalil-uzbekistan-za-bolshie-uspekhi-i-realnye-progress-v-dele-po-ul/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

erkinliklar borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimiz 12 yildan so'ng ushbu ro'yxatdan chiqarilib, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro'yxati»ga o'tkazildi. Oradan ikki yil o'tib, O'zbekiston mazkur ro'yxatdan to'liq chiqarildi. Ushbu jarayon respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning xalqaro e'tirofi va ortga qaytmasligining tasdig'idir. Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida Prezident qarori

qabul qilindi (PQ-4436-son, 04.09.2019 y.). Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali

1 ^

xabar berdi.

Qarorga muvofîq jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlash bo'yicha soha uchun mas'ul organlarning mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etiladi.

XULOSA

Din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka tushuntirish, vijdon erkinligi kafolatlari buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar ko'rish yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlaridan etib belgilandi. Shuningdek, qaror bilan Din ishlari bo'yicha qo'mitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilandi. Qo'mita vijdon erkinligi va din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, dinning asl insonparvarlik mohiyatini targ'ib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda ko'maklashadi. Qarorga ko'ra, sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro'yxati Adliya vazirligi va Oliy sud rasmiy veb-saytlarida va boshqa OAVlarda e'lon qilib, nazorat qilib boriladi.

REFERENCES

1. 2017-2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Хдракатлар стратегияси, http://strategy.gov.uz/ru

2. 2018 йил январь-декабрь ойларида Узбекистон Республикасининг ижтимоий-ик;тисодий хрлати.УзР Статистика давлат кумитаси, Тошкент, 2019. https://cabar.asia/uz/uzbekiston-dinii-erkinlikni-taminlash-sari

https://lex.uz/

13 . https://sangzor.uz/uzbekiston/1296-onunchilikdagi-yangiliklar-endi-ekstremistik-saytlar-ryhati-oavda-elon-ilinadi-va-yangilab-boriladi.html

459

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.