Научная статья на тему 'ISLOM DININING MALAYZIYA XALQLARI MADANIYATI VA URF-ODATLARIGA TA’SIRINING QIYOSIY TAHLILI'

ISLOM DININING MALAYZIYA XALQLARI MADANIYATI VA URF-ODATLARIGA TA’SIRINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
453
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malayziya / islom dini / madaniyat / urf-odatlar / xalq / mamlakat / davlat. / Malaysia / islam / culture / traditions / nation / country / government .

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akramova, Sarvinoz, Turdiyeva, Oydin

Mazkur tadqiqot jarayonida hozirgi Malayziya hududlariga islom dinining kirib kelish tarixi, islom dinining kirib kelganidan so’ng mamlakat madaniyati, urf-odatlaridagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE IMPACT OF ISLAM ON THE CULTURE AND CUSTOMS OF THE MALAYSIAN PEOPLES

This article describes the history of the introduction of islam in to the state of Malaysia, the changes in the culture and customs of the country after the introduction of islam

Текст научной работы на тему «ISLOM DININING MALAYZIYA XALQLARI MADANIYATI VA URF-ODATLARIGA TA’SIRINING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ISLOM DININING MALAYZIYA XALQLARI MADANIYATI VA URF-ODATLARIGA TA'SIRINING QIYOSIY TAHLILI

Akramova Sarvinoz

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Filologiya va tillarni o'qitish (malay-ingliz) guruhi talabasi Ilmiy rahbar f.f.d. Turdiyeva Oydin

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida hozirgi Malayziya hududlariga islom dinining kirib kelish tarixi, islom dinining kirib kelganidan so'ng mamlakat madaniyati, urf-odatlaridagi o'zgarishlar haqida fikr va mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar:Malayziya, islom dini, madaniyat, urf-odatlar, xalq , mamlakat, davlat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье объясняется история проникновения ислама в государство Малайзия изменения культурных традиций страны после введения ислама.

Ключевые слова: Малайзия , ислам , культура, традиции, государство.

ABSTRACT

This article describes the history of the introduction of islam in to the state of Malaysia, the changes in the culture and customs of the country after the introduction of islam

Keywords: Malaysia, islam, culture, traditions, nation, country, government.

KIRISH

Bugungi kunda diniy ta'limotlarga katta ahamiyat berilmoqda. Diniy ta'limotlarni o'rganish, ularning bugungi kundagi ahamiyati va uning oqimlarini bir-biridan ajrata bilishga, e'tibor qaratilmoqda. Din bu - arabcha so'z bo'lib "e'tiqod qilish, itoat" xudo, g'ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonishdir. Islom Allohga qanday ibodat qilishni o'rgatuvchi dinning nomi. Islom dinining ta'limotiga ko'ra Alloh taolo tomonidan o'z payg'ambarlariga yuborgan shariat olamiga joriy etilishi zarur bo'lgan ilohiy qonunlardir.

Islom(arabcha-"bo'ysinmoq" "itoat etmoq" o'zini Allohning irodasiga topshirish degan ma'noni bildiradi. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar arab tilida muslim deb ataladi. Muslim so'zining ma'nosi sadoqatli degan ma'noni bildiradi.Ushbu maqolamizda biz Islom dinining malayziya xalqlarining madaniyatiga, urf-odatlariga bo'lgan ta'siri haqida chuqurroq yoritib berishga harakat qildik.

273

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Malayziya davlatiga islom dinining kirib kelishi 7-10 asrlarga to'g'ri keladi. O'sha davrda Malayziya ko'plab davlatlar bilan savdo aloqalarini o'rnatish bilan bir qatorda Arabiston yarim oroli bilan ham savdo ishlarini yo'lga qo'ygan, ammo boshqa davlatlardan farqli o'laroq Arabiston yarim oroli hamda Malayziya o'rtasidagi savdo aloqalar o'zaro ishonch va hech qanday aldovlarsiz amalga oshirilgan. Buning sababi shundan iboratki: Malay xalqi bilan savdo qilgan Arabiston yarim orolida istiqomat qiluvchi musulmonlarni to'g'ri so'zligi, savdoda yolg'on ishlatmasligi, ozoda yurishi mahalliy aholida chuqur ta'surot qoldirishi sababli islom dini Malayziyaga tinch yo'l bilan kirib kelgan. Shu bois islom dini rasman diniy e'tiqod sifatida 15-asrda qaror topdi. Islom dinining tarqalishining yana bir sababi 15-asrning boshlarida yarim orolda birinchi mustaqil davlat hisoblangan Malakka sultonligi tashkil topadi. Musulmon shahzoda boshchiligidagi islohatlar butun Malakka aholisi o'rtasida islom dining tarqalishiga olib keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

15-asrdan boshlab islom diniga e'tiqod qat'iy rioya qilinishi kuchaygan bo'lsada, islom erkin tarzda amal qilingan. Islom dinini mahalliy aholi orasida birinchi bo'lib Malakka yarim orolining sohillari, Yava va Sumatra orolining shimoliy qismida yashovchi xalqlar qabul qilishgan. Hozirgi kunga kelib Malayziya asosan Ahli Sunna val Jamoaning Imom Shofeiy(rahmatullohu alayhi) mazhabiga amal qilishadi.

Islom dini Malayziya xalqining madaniyati, urf-odatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Islom dinining mavqiye sifatida jamiyati insonparvarlik, rahmdil, mehribon va sabrli xalq sifatida shakllangan. Malayziya xalqining og'ir bosiqligi turmush tarzining to'g'ri yo'lga qo'yilganligiga ham sabab bo'lib kelmoqda. Bunga albatta dinni to'g'ri talqin qilganligidadir. 21-asrga kelib Malayziyada islom diniga e'tiqod qiluvchilar 61,3% , buddizm diniga e'tiqod qiluvchilar 19,8% , xristianlik diniga e'tiqod qiluvchilar 9,2% , hinduizm dininga e'tiqod qiluvchilar 6,3 % tashkil qiladi. Malayziyadagi barcha shaharlarda masjidlar barpo etilgan bo'lib, bosh masjid "Masjid Negara" bo'lib u Malayziyaning poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan. Malayziyada masjidlarga katta e'tibor qaratilgan bo'lib oyoq kiyim masjid hovlisiga kirishdayoq yechiladi. Malayziyadagi katta masjidlarda ayollarga orqa qatorda turib namoz o'qishga ruxsat berilgan.

Malayziyaga tashrif buyurgan, musulmon bo'lgan turistlarga ko'pgina shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, hatto savdo markazlarida, ishxona, restoranlarda namoz o'qib olish uchun "Surau" deb ataladigan xonalar mavjud. Ko'pgina masjidlarning oldida malayziya islom madaniyatiga oid muzeylar joylashgan. Malayziya xalqining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

urf-odatlarida ikki hayitdan tashqari hijriy yilning birinchi kuni (yangi yil sifatida) va mavlidni ham bayram sifatida keng nishonlanadi. Malayziyada islom diniga oid bir qancha qonunlar kiritilgan bo'lib,jumladan:

-Malay deb hisoblanish uchun musulmon kerak.

-Musulmon bo'lmaganlar musulmon kishiga turmushga chiqsalar, islom dinini qabul qilishlari shart.

-Davlat maktablari islomiy ta'lim berishlari shart ammo, musulmon bo'lmaganlar uchun muqobil axloqiy darslar taqdim etiladi.

-Ko'p ayollar ishda ro'mol o'rashadi, lekin yuzlarini ochiq qoldirishadi chunki buni talab qiladigan hech qanday qonun yo'q. Ular buni islomda buyirilgan amalarga muvofiq bajarishadi.

-Musulmonlar o'z dininga oid masalalarni asosiy mazhabi bo'lgan Shofi'iy huquqiy sudlar qarorlariga amal qilishlari shart. Bu sudlar shariat qonunlarini qo'llaydi.

-Mamlakatning oliy sudlari bo'lishiga qaramay, fuqarolik sudlari (jumladan, Federal sud) islom odatlari bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqmaydi.

-Musulmon va musulmon bo'lmagan shaxsga oid ishlar odatda fuqarolik sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

Bu kabi qonunlar mamlakatni tartibga solib turish uchun xizmat qiladi. Ushbu qonunlarning zamirida biz islom dini Malayziya davlatining nafaqat madaniyatiga, balki uning qonunlarida ham ta'sir ko'rsatganini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Malayziyaga islom dinining kirib kelishi malayziya xalqining urf-odatlari, an'analariga katta ta'sir ko'rsatgan bo'lib, shu boisdan hozirgi kunda Malayziyada islom dininga e'tiqod qiluvchilar soni kundan -kunga ortib bormoqda, bu esa mamlakatda tinchlikni saqlash, aholi o'rtasidagi o'zaro munosabatning halol va pok bo'lishiga xizmat qiladi . Ze'ro Malayziya ko'p millatli davlat bo'lib, unda hind, xitoy, malay xalqlarining madaniyati chambarchas bog'liq bo'lib tursada, asosiy madaniyatlari islomiy hisoblanadi. Islom dini Malayziyaning madaniyati, iqtisodiyoti, ta'lim tizimi, urf-odatlarini keng miqyosda qamrab olgan. Uning ta'siri butun sultonlik bo'ylab tarqalgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Malayziya xalqining tarixiga nazar soladigan bo'lsak islom diniga e'tiqod mamlakatning boshqa davlatlar bilan yo'lga qo'ygan savdo aloqalarida ham asosiy vazifani bajargan. O'zaro musulmonlar orasida bo'lgan savdo aloqalari halol va to'g'ri sherikchilik asosida bo'lgani bunga asosiy dalil bo'la olishi mumkin.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Dinshunoslik asoslari o'quv qo'llanma : O'zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti islomshunoslik ilmiy -tadqiqot markazi / "Toshkent islom universiteti" nashriyot -matbaa birlashmasi /Toshkent -

2. Rahimjonov D.O., Muhamedov N.A., Najmiddinov J.X., Adhamxo'jayev S.S. Dunyo dinlari tarixi o'quv qo'llanma: O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti / Toshkent -2011

3. Тюрин В.А. История Малайзии краткий очерк//Главная редакция восточной литературы / Москва 1980

4. A short history of Malaysia linking east and west / Milton Osborne /Virginia Matheson Hooker 2003 Maps by lan Faulkner

5. Nizomiddinov N.G'. Qadimgi Malayziya tarixi, diniy e'tiqodi va madaniyati / "Toshkent islom universiteti" nashriyoti - matbaa birlashmasi. Toshkent -2016

6. Sulaymonov J.B., Ikramova I.R., Jurayev Sh.S. Din falsafasi. T., 2021.

2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.