Научная статья на тему 'MALAYZIYA TAASSUROTLARI (2002-2003-YILLARDAGI XIZMAT SAFARI ASOSIDA)'

MALAYZIYA TAASSUROTLARI (2002-2003-YILLARDAGI XIZMAT SAFARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
126
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
maxsus tayyorgarlik / pedagogika markazlari / masofadan o‘qitish / elektron kutubxonzlar. / special training / pedagogical centers / distance education / electronic libraries.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nargiza Abdug‘ofurovna Jumaniyazova

Maqola 2002-2003 yillardagi xizmat safari asosida yozilgan bo‘lib, Malayziyaning o‘sha paytlarda rivojlanishining yuqori darajasini, bizga hozirgi kunda shiddat bilan kirib kelayotgan masofiy ta’limning bu davlatda o‘sha paytda qanchalik rivojlangani, boshqa sohalardagi yuksak yutuqlarini hamda bizning davlatimiz ham mustaqillikka erishgach boshqa davlatlar bilan hamkorligi asosida har sohada rivojlanishning yuqori cho‘qqilarga intilayotgani haqida yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPRESSONS OF MALAYSIA (BASED ON 2002-2003 BUSINESS TRIP)

This article is based on a business trip from 2002-2003, it said that highlighting Malaysian high level of development at that time, the extent to which distance education is now rapidly gaining ground of the country and its achievements in other fields and after gaining independence, our country is striving for the highest levels of development in all areas on the basis of cooperation with other countries.

Текст научной работы на тему «MALAYZIYA TAASSUROTLARI (2002-2003-YILLARDAGI XIZMAT SAFARI ASOSIDA)»

MALAYZIYA TAASSUROTLARI (2002-2003-YILLARDAGI XIZMAT SAFARI

ASOSIDA)

Nargiza Abdug'ofurovna Jumaniyazova

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqola 2002-2003 yillardagi xizmat safari asosida yozilgan bo'lib, Malayziyaning o'sha paytlarda rivojlanishining yuqori darajasini, bizga hozirgi kunda shiddat bilan kirib kelayotgan masofiy ta'limning bu davlatda o'sha paytda qanchalik rivojlangani, boshqa sohalardagi yuksak yutuqlarini hamda bizning davlatimiz ham mustaqillikka erishgach boshqa davlatlar bilan hamkorligi asosida har sohada rivojlanishning yuqori cho'qqilarga intilayotgani haqida yoritiladi.

Kalit so'zlar: maxsus tayyorgarlik, pedagogika markazlari, masofadan o'qitish, elektron kutubxonzlar.

IMPRESSONS OF MALAYSIA (BASED ON 2002-2003 BUSINESS TRIP)

ABSTRACT

This article is based on a business trip from 2002-2003, it said that highlighting Malaysian high level of development at that time, the extent to which distance education is now rapidly gaining ground of the country and its achievements in other fields and after gaining independence, our country is striving for the highest levels of development in all areas on the basis of cooperation with other countries.

Keywords: special training, pedagogical centers, distance education, electronic libraries.

KIRISH

Har bir mamlakatning o'z davlatchilik qonuni, rivojlanish, taraqqiyot yo'li, har bir sohasining o'z prinsiplari bor, shuningdek, uning ojiz va kuchli tomonlari ham mavjud. Shulardan kelib chiqib har bir mamlakat boshqa mamlakatlar bilan atroflicha qiyoslanadi, ularning ijobiy tomonlarini o'rganib tadbiq etishga harakat qiladi. Biroq bu narsa har doim ham foyda beravermaydi, chunki har bir davlat o'zining rivojlanish yo'lidagi ijobiy tomonlarini kuchaytirish, salbiy tomonlarini yo'qotish uchun albatta boshqa davlatlar bilan qiyoslanib ko'rilayotganda har bir mamlakat o'zining iqtisodiy-geografik orni, davlat tuzilishi jihatidan ma'lum darajada farqlanishini unutmaslik kerak. Shuning uchun boshqa mamlakatlarning, shuningdek o'z vatanimizning rivojlanish yo'lidagi ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilar ekanmiz, avvalo o'z imkoniyatlarimizni ko'rib chiqishimiz zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, uning rivojlanishida ko'pgina ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Bu o'zgarishlarning asosiy sababi davlatimizning xorij mamlakatlari bilan aloqa o'rnatishidir. Shunung uchun O'zbekiston xorij bilan deyarli hamma sohalarda aloqa bog'lash, tajriba almashish ishlarini keng yo'lga qo'ydi.

Bu narsa O'zbekiston turli soha kishilarini turli muddatlarga dunyoning barcha joylariga shartnoma asosida malaka oshirish uchun jo'natayotgani, xorij talabalarining O'zbekistonda, O'zbekiston talabalrining xorijda tahsil olayotganidan ham yaqqol ko'rinadi.

Xorij deganda, eng avvalo, Amerika va Angliya ko'z oldimizga keladi, lekin O'zbekiston bu sohada ancha ilgarilab ketdi, desak xato qilmagam bo'lamiz. Chunki u nafaqat Amerika, Angliya, balki dunyoning barcha mamlakatlari bilan aloqa bog 'layapti. Jumladan. Malayziya.

Malayziya geografik o'rni jihatidan ikkiga bo'lingan: G'arbiy Malayziya (Malaya) janubda Malakka yarim oroli hamda Sharqiy Malayziya (Saravak va Sabax) - shimolda va shimoliy g'arbda Kalimantan (Barneo) oroli.

NATIJALAR

G'arbiy Malayziya shimolda Tailand, g'arb va janubiy-g'arbda Sumatra oroli bilan bo'lingan, Malakka bo'g'ozi hamda janubda torgina Joxor bo'g'ozi. Singapur oroli bilan chegaradosh. Sharqiy Malayziya janub va janubiy-sharqda Indoneziya va shimoliy-sharqda Brune bilan chegaradosh. Maydoni 332,8 ming kilometr kvadrat (G'arbiy Malayziya - 131,8 ming kilometr kvadrat, Sharqiy Malayziya - 201 ming kvadrat kilometr). Aholisi 1972 yilgi ma'lumotga ko'ra 11 millionni tashkil etib, G'arbiy Malayziyada 9,2 million, Sharqiy Malayziyada 1,73 million aholi yashaydi. Poytaxti Kuala-Lumpur.

Konstitutsion monarxiya tuzilishiga ega bo'lib, 13 federal shtat, 9 sultonlik, 4 guberniyadan iborat. Konstitutsiyasi 1957 yilda qabul qilingan.(1963 yilda Malayziya haqidagi Akt asosida tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan)

Yuqori qonunchilik organi - parlament 2 palatadan: senat va vakillar palatasidan iborat bo'lib, 26 shtatdan 2 tadan saylanadi, 32 ta yuqori hukumatchilar prem'er-ministr rekomendatsiyasi asosida saylanadi. Senatorlik muddati 6 yil.

Hukumatning yuqori ijrochilik organi ministrlar kabineti bo'lib prem'er-ministr boshqaradi.

Har bir sultonlik Malayziya konstitutsiyasi bilan garantiyalangan o'z konstitutsiyasi, o'zining yuqori va boshqaruv organlari mavjud.

Malayziya aholisi murakkab etnik sostavga ega. 54% malay-polineziy oilasiga mansub malaylar, dayaklar va boshqalar, 36,7% xitoylar, 8,6% hindiylardan iborat.

G'arbiy Malayziyada 4,6 million aholi malaylar (shu bilan birga Indoneziyadan kirib kelganlar), 3,3 million aholi xitoylar, 1 million aholi Hindistondan kirib kelganlar, asosan, tamillarni tashkil etadi.

Malaylarning asosiy qismi G'arbiy Malayziyada, asosan, shimoliy- g'arbiy va sharqiy qismida, xitoy va hindiylarning ko'pgina qismi g'arbiy sohillar va katta shaharlarda yashaydi. Sharqiy Malayziyaning tub aholisi dayaklar bo'lib, 930 millionni tashkil etadi. Indoneziyadan kirib kelganlar 240 million, xitoylar 470 millionni tashkil etadi.

Davlat tili - malay tili, e'tiqodi - islom dini.

Xalq ta'limi tuzilishi: 6 yillik boshlang'ich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha), 3 yillik o'rta va 2 yillik yuqori o'rta ta'lim maktablari - akademik (gumanitar, tabiiy va texnika) hamda kasbiy maktablarga bo'linadi. Xohlovchilar o'rta maktabning gumanitar va tabiiy bo'limning 6-sinf o'quvchilari 2 yillik tayyorlov kursidan keyin universitetlarga borishi mumkin. Maxsus tayyorgarlik boshlang'ich va o'rta maktabdagi bilimlar asosida kasb-hunar maktablari, o'rta texnika kollejlari va yuqori tipdagi texnika kollejlarida amalga oshiriladi. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari 2 yillik pedagogika markazlari va 2 yillik yuqori pedagogika kollejlari, shuningdek, universitetlarda tayyorlanadi. 1959 yilda tashkil topgan Malayi Universiteti, 1970 yilda tashkil topgan Kuala-Lumpurdagi Xalqaro Universitet, 1969 yilda tashkil topgan Pinange universitetida oliy ma'lumot beriladi.

1971 yilda Kuala-Lumpurda Xalqaro kutubxona ochilgan, 1963 yilda tashkil topgan Xalqaro Muzeyda turli arxeologiya, etnografiya va zoologiya kolleksiyalari mavjud.

1925 yilda Kuala-Lumpurda tashkil etilgan tabiiy kauchuk bilan shug'ullanuvchi Tajriba Instituti keng ko'lamli laboratoriya va plantatsiyalarga ega. Bu erda agrotexnikaning turli usullari yordamida tabiiy kauchuk ushlab chiqariladi.

1939 yilda Kepongda tashkil etilgan o'rmonchilik markazi, 1957 yilda Batu-Berendanda tashkil etilgan tropik baliqchilik markazlari mavjud. 1900 yilda tashkil topgan Tibbiy Institutda esa Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng katta institutdir. Bu erda baktereologiya, virusologiya, etnomologiya, tsitologiya, gemotologiya, bioximiya laboratoriyalari mavjud bo'lib, vaksina, davolovchi zardob va boshqalar ishlab chiqariladi. 1970 yilda tashkil topgan Xalqaro ilmiy-sanoat tajriba instituti butun sanoat va mamlakatning tabiiy boyliklari bilan shug'ullanadi. Malay tili va adabiyoti hamda umumiy tamil tili Agentligi Malayziya tarixining gumanitar bilimlari haqida izlanishlar olib boradi.

MUHOKAMA

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan va quyida keltiriladigan ma'lumotlar asosida biz mamlakatimizning Malayziyadan o'rgana oladigan va imkoniyatimiz cheklanadigan tomonlarini tahlil qilib ko'raylik.

Malayziyaning o'quv sistemasiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan tashqari quyidagilarni keltirish mumkin.

3 yillik o'rta ta'limdan so'ng, 2 yillik yuqori ta'limda tahsil olgan o'quvchilar turlicha kasb-hunar egalari bo'ladilar, xohlovchilargina oliy o'quv yurtlariga boradilar.

Oliy ta'lim sistemasida sirtqi bo'lim talabalari o'quv yili davomida faqatgina 2 marta sinov topshirish uchungina keladilar, ya'ni masofadan o'qitish yo'lga qo'yilgan bo'lib, talabalar qaerda bo'lishidan qat'iy nazar kerakli ma'lumotlarni istalgan paytda kompyuter orqali olishi mumkin.

Kunduzgi bo'lim talabalari esa kontrakt-shartnoma asosida tahsil olib, kontrakt summasi talabaning ovqatlanishi va turar joyi to'lovini ham o'z ichiga oladi.

Malayziyalik va xorijlik talabalar uchun kontrakt summasi farqlanadi. Xorijlik talabalar malayziyalik talabalarga nisbatan ozroq to'laydilar.

Talabalar maxsus talabalik formasida yuradilar, har bir o'qituvchi va talabaning ko'krak nishoni bo'lib, unda shaxsning fotosurati hamda ism-sharifi keltirilgan bo'ladi.

Birgina Mara Texnologiya Universitetini olaylik, bu universitet 14 ta kampusdan iborat bo'lib, katta territoriyani o'z ichiga oladi. Universitet territoriyasiga chet kishilarning kirishi qat'iyan ta'qiqlanadi.

Talabalar uchun xizmat transportlari mavjud. Ta'lim jarayonida o'quv mashg'ulotlari kompyutersiz o'tmaydi, nazariya darslarida har 5 ta talaba uchun 1 ta, amaliyot darslarida har bir talaba uchun bittadan kompyuter xizmat qiladi.

O'quv mashg'ulotlari shuningdek, laboratoriyalarda ham o'tkaziladi, hamda mutaxassislikka mos bo'lgan korxonalar bilan shartnomalar tuziladi va shu erlarda olib boriladi.

Barcha sohalar kompyuterlashgan bo'lib, kompyuterlar internet tarmog'iga ulangan. Har bir korxona xodimi, talabalar internet tizimidan foydalanish huquqiga ega.

Kutubxonalarda maxsus tayyorgarligi va ma'lumoti mavjud bo'lgan xodimlar xizmat ko'rsatadilar. Kitoblar mutaxassislik va alfavit bo'yicha tartib bilan terilgan bo'lib, kutubxona xodimi kerakli kitobni darhol kompyuter yordamida qaysi qator, qaysi joyda turganini topib beradi, bundan tashqari elektron darsliklardan foydalanish ham odatiy holga aylanib qolgan.

Malayziyada tabiiy o'rmonlar ko'p territoriyani tashkil etmasada, uning yashil tabiatidan hayratga tushmay ilojingiz yo'q. Chunki bu erda sun'iy bog'lar, o'rmonlar, sun'iy hayvonot bog'larini ko'plab uchratish mumkin. Bu erlarda hozirgi kunda mazjud va shu bilan birga kamyob bo'lgan parranda va hayvonlarni ko'rishingiz mumkin.

Hatto ikki tomonlama harakat yo'lga qo'yilgan katta ko'chalarni harakatni ajratib turuvchi qismlarida bunyod etilgan chiroyli gulzorlarni ko'rib hayratga tushmaslikning iloji yo'q. Bularning hammasi bir tomondan serqatnov bo'lgan shahar havosining tozaligini saqlab tursa, bir tomondan yo'qolib borayotgan parranda va

hayvonlarning kamyob bo'lib qolishining oldini oladi, shu bilan birgalikda chiroyli narsalar odamlarning kayfiyatini ko'taradi. Ko'tarinki kayfiyat esa, albatta, har qanday ishning, xoh u aqliy bo'lsin, xoh jismoniy bo'lsin, samaradorligini oshiradi. Bu esa davlat rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Malayziyada 26 ta hudud mavjud bo'lib, ularning hammasi o'z chegarasiga ega. Transport vositalari bir hududdan ikkinchi hududga o'tar ekan, chegarada joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan yo'l to'lovi apparatlariga to'lov summasini tashlamasa yo'l ochilmaydi. Katta yo'llarda piyodalar yurish joyidan tashqari, mototsikl va velosipedlar uchun ham alohida yo'l mavjud. Mashinalar yuradigan yo'ldan yoki piyodalar yo'lagidan mototsikl va velosipedlarning yurishi ta'qiqlanadi.

Malayziya texnologiyasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, birgina transport sohasini ko'rib o'taylik. Bu erda shu erda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi bir-biriga o'xshamaydigan transport vositalarini ko'rish mumkin. Buning sababi mamlakatda maxsus andoza asosida ishlab chiqarilgan transportlardan tashqari yana boshqa usul bilan ham yangi rusumdagi transport vositalari bunyod etiladi. Ya'ni turli sabablar natijasida yaroqsiz holatga kelib qolgan transport vositalari tashlab yuborilmaydi. Ularning yaroqli qismlari olib qolinib, boshqa model yaratiladi.

Bizning mamlakatimizda ham ayni paytda banklarda keng yo'lga qo'yilayotgan valyuta almashtirish sohasida ham ular anchagina ilgari.

Biror savdo shaxobchasiga tashrif buyursangiz, eng avvalo, eng oddiy savdo shaxobchasi ham 2-qavatdan iborat bo'lib, yuqori qavatga eskalator orqali chiqasiz. Har bir savdo shaxobchasida valyuta almashtirish punktlari mavjud, bundan tashqari, har bir magazinda ovqatlanish joylari bo'lib, sizning ta'bingizdagi taom buyurtmangiz asosida elektr pechlarida qisqa muddatda tayyorlanib, issiq holatda tortiladi. Xushmuomala sotuvchilar xaridingizni paketlarga solib, to'lov cheki bilan birga qo'lingizga tutqazadi.

Tibbiyot sohasida maxsus hududiy tibbiy punktlarida aholi bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, birinchi yordamga muhtoj bemorlar qaerda bo'lishidan qat'iy nazar, bepul davolash xizmati ko'rsatiladi.

Malayziyaning yana bir maftun etuvchi tomoni arxitekturasining takrorlanmasligidir. U erda siz ertaklardagi kunning turli paytlarida turlicha ko'rinish kasb etuvchi minoralar (Twin Towers, ya'ni egizaklar binosi), tepasiga qarasangiz, «do'ppingiz erga tushib ketadigan» osmono'par binolar, takrorlanmas va hayratomuz ko'rinishga ega bo'lgan inshootlarga duch kelasiz.

Malayziya islom davlati bo'lganligi uchun diniy qoidalarga qat'iy amal qiladi. Shax Alam, Sulton Salohiddin Abdul Aziz Shox masjidlari, ayniqsa, mashhur.

Malayziyada shanbadan tashqari, juma kuni ham dam olish kuni hisoblanadi. Bu kuni «ozodlik kuni» bo'lib, odamlar katta-katta hashamatli masjidlarda juma namozini o'qiydilar. Masjidga kirar ekansiz, sizni masjid xodimi kutib oladi, ichkariga kirish

uchun toza yopinchiqlarni qo'lingizga tutqazadi. Chunki ichkariga «ko'cha kiyimi» bilan kirishingiz mumkin emas. Ichkarida alohida tahorat olish joylari ham mavjud.

Bundan tashqari Malayziya murakkab etnik sostavga ega bo'lganligi uchun boshqa xalqlarning ham din erkinligi cheklab qo'yilmaydi. Lekin mamlakatning asosiy qismi islom dinida bo'lganligi uchun bu dinga katta e'tibor qaratilgan.

Bizning mamlakatimizda Ro'za Hayiti 3 kun nishonlanib, uch kun davomida oxiratga rixlat qilganlar eslanib, ularning ruhiga atab fotiha o'qiladi. Malayziyada esa bizdan farqli ravishda bu hayit bayrami boshqachroq nishonlanadi. Bayram bir oy davom etadi, hamda belgilangan joylarga har xil pishiriqlar, taomlar tashkil etilib, bu narsalar bepul. Siz shu bir oy davomida o'sha belgilangan joylarda o'yin-kulgi, tomoshalar ko'rishingiz, bepul taomlanishingiz mumkin.

Ayollarning ko'p qismi oq matoga o'ranib yuradilar. Shunga qaramay mamlakatda «evropalashib ketgan» aholini ham ko'plab uchratish mumkin.

Yana bu mamlakatda O'zbekistondan farqli ravishda milliy cholg'u asboblarini ko'rish mumkin. Shu bilan birga milliy madaniyat ham yuqori darajada.

Agarda siz 1963 yilda tashkil topgan Xalqaro Muzeyga tashrif buyursangiz Malayziyaning boy tarixga ega ekanligining guvohi bo'lasiz. U erda qadim zamonlarda ishlatilgan kamon, nayzalar, qilich-qalqonu xanjarlar, ne-ne janglarning guvohi bo'lgan jangchilarning sovutlari, dehqonchilikda ishlatilgan oddiy qo'lda tayyorlangan asboblar, qo'l hunarmandchiligidan tortib hozirgi kunda murakkablashib ketgan asbob-uskunalarni ham ko'rishingiz mumkin. Mamlakat aholisi o'z dinini, madaniyatini, urf-odatlarini qadrlaydi. Zeroki, inson o'z dini, madaniyati, urf-odatlarini qadrlasagina o' zligini anglaydi. XULOSA

O'z Vatanimizga qaytadigan bo'lsak, biz bu narsalarga tom ma'noda faqat mustaqilligimizni qo'lga kiritgachgina erishdik. Chunki sobiq sovet ittifoqi dinni, urf-odatlarimizni eskilik sarqiti, mustaqillik uchun kurashgan bobokalonlarimiz, jumladan, Amir Temurni, qonxo'r, zolimlar deb talqin etib keldilr.

Hozirgi kunda esa biz ham o'zligimizni topdik. Zero, har bir mamlakatning o'z taraqqiyot yo'li, o'z madaniyati, o'z urf-odatlari, o'z qonunchiligi bo'lsagina rivojlanish olg'a siljiydi.

REFERENCES

1. Руднев В.С. Очерки новейшей истории Малайи (1918-1957),.

2. Тюрин В.А. Завоевание Малайи Англией.

3. Жеребилов В.А. Рабочий класс Малайи.

4. Emerson R. Malaysia. A study in direct and indirect rule.

5. Gullick J. Malaysia and its neighbours.

6. Purcell V. Malaysia.

7. Тюрин В.А. К вопросу об истоках малайской культуры, «Вестник истории мировой культуры».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.