Научная статья на тему 'TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO‘LISHI VA MOHIYATI'

TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO‘LISHI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
450
36
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turmush / turmushdagi islom / islom va maishiy turmush / e’tiqod / diniy e’tiqod / dunyoviy e’tiqod / nikoh / aqiqa / oilaviy ajrim / diniy va dunyoviy urf-odatlar / marosimlar / an’analar / bayramlar. / marriage / Islamic marriage / Islamic and domestic life / faith / religious belief / secular faith / marriage / Aqedah / family separation / religious and secular customs / ceremonies / traditions / holidays.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mustafayev, Ulash Utayevich, Mustafayeva, Sojida Ulashevna, Haydarov, Odil Ergashevich

Turmushdagi islom tushunchasi dinshunoslik, ijtimoiy falsafa va hozirgi zamon islomshunosligining eng dolzarb mavzusidir. Olimlar islom dinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va qaror topishi haqida juda katta tadqiqotlar olib borib yaxshi asarlar yaratgan.Lekin islom dini va uning odamlar turmushida maishiy hayoti bilan bog‘liq omillar, komillik sari yetaklashi, hidoyat yo‘lini ko‘rsatishi, diniy va dunyoviy uyg‘unlikni ta’minlashdagi ahamiyatini kam o‘rgangan. Maqolada muallif turmushdagi islom tushunchasiga ta’rif beradi. Islom urf-odatlari, marosimlari, an’analari va bayramlari turmushdagi islomning eng muhim omili ekanligini dalillar bilan asoslaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISLAM IN LIFE: PERFORMANCE AND ESSENCE

The concept of Islam in marriage is the most significant theme in theology, social philosophy, and contemporary Islamic studies. Scholars have done a lot of research on the penetration and establishment of Islam in the territory of Uzbekistan and created good works. However, little is known about the religion of Islam and its role in people's lives, leading to perfection, showing the way to guidance, and ensuring religious and secular harmony. In the article, the author describes the concept of Islam in marriage. Islamic customs, rituals, traditions and holidays are based on the facts that Islam is the most important factor in marriage

Текст научной работы на тему «TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO‘LISHI VA MOHIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO'LISHI VA MOHIYATI

Mustafayev Ulash Utayevich

Termiz davlat universiteti katta o'qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi ulashmustafoyev1957@gmail.com Mustafayeva Sojida Ulashevna Termiz davlat universiteti o'qituvchisi Haydarov Odil Ergashevich O'XIA huzuridagi MOM Surxondaryo viloyati mintaqaviy filial o'qituvchisi

xaydarovodil81 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Turmushdagi islom tushunchasi dinshunoslik, ijtimoiy falsafa va hozirgi zamon islomshunosligining eng dolzarb mavzusidir. Olimlar islom dinining O'zbekiston hududiga kirib kelishi va qaror topishi haqida juda katta tadqiqotlar olib borib yaxshi asarlar yaratgan.Lekin islom dini va uning odamlar turmushida maishiy hayoti bilan bog'liq omillar, komilliksariyetaklashi, hidoyatyo'lini ko'rsatishi, diniy va dunyoviy uyg'unlikni ta'minlashdagi ahamiyatini kam o'rgangan. Maqolada muallif turmushdagi islom tushunchasiga ta 'rif beradi. Islom urf-odatlari, marosimlari, an 'analari va bayramlari turmushdagi islomning eng muhim omili ekanligini dalillar bilan asoslaydi.

Kalit so 'zlar: turmush, turmushdagi islom, islom va maishiy turmush, e'tiqod, diniy e'tiqod, dunyoviy e'tiqod,nikoh,aqiqa,oilaviy ajrim,diniy va dunyoviy urf-odatlar,marosimlar,an 'analar,bayramlar.

Концепция ислама в браке является наиболее актуальной темой теологии, социальной философии и современного ислам ведения. Ученые провели много исследований по проникновению ислама в Узбекистан и создали хорошие работы. Однако мало известно о значении Ислама и его факторов в жизни людей, ведущих их к совершенству, направляющих их и обеспечивающих религиозную и светскую гармонию. В статье автор описывает понятие ислама в браке. Он аргументированно обосновывает, что исламские обычаи, обряды, традиции и праздники являются важнейшим фактором ислама в браке.

Ключевые слова: брак, ислам в браке, исламская и семейная жизнь, вера, религиозные убеждения, светская вера, брак, акыка, семейный развод, религиозные и светские обычаи, обряды, традиции, праздники.

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

The concept of Islam in marriage is the most significant theme in theology, social philosophy, and contemporary Islamic studies. Scholars have done a lot of research on the penetration and establishment of Islam in the territory of Uzbekistan and created good works. However, little is known about the religion of Islam and its role in people's lives, leading to perfection, showing the way to guidance, and ensuring religious and secular harmony. In the article, the author describes the concept of Islam in marriage. Islamic customs, rituals, traditions and holidays are based on the facts that Islam is the most important factor in marriage.

Keywords: marriage, Islamic marriage, Islamic and domestic life, faith, religious belief, secular faith, marriage, Aqedah, family separation, religious and secular customs, ceremonies, traditions, holidays.

KIRISH (INTRODUCTION)

Turmushdagi islom tushunchasini anglash uchun avvalo, turmush kategoriyasining mazmun-mohiyatni bilib olishga to'g'ri keladi.O'zbek tilining izohli lug'atida turmush tushunchasiga qo'yidagicha ta'riflar berilgan."Insonning, millat va xalqning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti"1 ."Biror xalq, ijtimoiy guruh va shaxsiy kishiga xos hayot tarzi, urf-odatlar, rasm-taomillar majmui" 2 ."Jamiyatning oddiy hayot shart-sharoitlari majmui,ob'ektiv reallik"3 ."Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti" 4 .Yuqoridagi fikrlarni inkor qilmagan holda turmush tushunchasiga qo'yidagicha ta'rif berishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Turmush- odamlarning noishlab chiqarish sohasi bo'lib,moddiy-ma'naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatidir.Chunki,bu jarayonda odamlar ijtimoiy hayotda bir-biri bilan o'zaro munosabatda bo'lib oziq-ovqat,kiyim-kechak,uy-joy,sog'ligini tiklash,dam olish,turli madaniy-maishiy va diniy sohadagi ehtiyojlarini qondirish uchun faoliyat ko'rsatadi.Din ma'naviy madaniyat fenomeni bo'lgani uchun odamlar turmushining nomoddiy sohasida dinga bo'lgan ehtiyojlar qondiriladi.Islom dini va u bilan bog'liq bo'lgan urf-odatlar, marosimlar, bayramlar va an'analar turmushda alohida

1 Узбек тилининг изошли лугати.А.Мадвалиев тахрири остида."Узбекистон миллий энциклопедияси"Давлат илмий нашриёти.Тошкент.200-б.www.ziyouz.com kutubxonasi.

2 Узбек тилининг изошли лугати.А.Мадвалиев тахрири остида."Узбекистон миллий энциклопедияси"Давлат илмий нашриёти.Тошкент.200-б.www.ziyouz.com kutubxonasi.

3 Узбек тилининг изошли лугати.А.Мадвалиев тахрири остида."Узбекистон миллий энциклопедияси"Давлат илмий нашриёти.Тошкент.200-б.www.ziyouz.com kutubxonasi.

4 Узбек тилининг изохли лугати.А.Мадвалиев тахрири остида."Узбекистон миллий энциклопедияси"Давлат илмий нашриёти.Тошкент.200-б.www.ziyouz.com kutubxonasi.

Scientific Journal Impact Factor

ahamiyatga ega bo'lgan.Chunki,islom dinining amaliy ruknlari insonning ma'naviy -maishiy turmushida uning komil inson sifatida namoyon bo'lishiga xizmat qilgan.Turmushdagi islom degan tushuncha bugun ilmiy muomalaga kirib kelayapti.Turmushdagi islom- bu islom dini urf-odatlari,marosimlari,bayramlari va an'analarining nomoddiy sohada ya'ni, odamlar turmushida namoyon bo'lishidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD ( LITERATURE REVIEW)

Dinning turmushdagi o'rni va ahamiyati haqida olimlar qadimdan tadqiqotlar olib borgan va risolalar yozgan.Chunki,inson ma'naviy hayotda hamisha dinga muhtojdir.Din esa o'zining ijtimoiy hayotdagi vazifalari bilan insonning shu ma'naviy ehtiyojini qondiradi.Odamlar turmushida din bajaradigan ijtimoiy vazifalarni boshqa bironta bir g'oya, nasihat, amal uning o'rnini bosolmaydi.Tarix va falsafa kitoblaridagi inson va din paydo bo'lishi haqidagi shu davrgacha bo'lgan fikrlarning ko'pi munozaralidir.Ayniqsa, sobiq sovet respublikalari hududlarida 1917-1985 yillarda chop etilgan adabiyotlar ateizm nuqtai nazaridan yozilgani uchun bunday fikrlarga ko'proq ustunlik berilgan. Shunday bo'lsada, tarixchi, etnogrof va faylasuf olim IJabborovning "O'zbeklar turmush tarzi va madaniyati",faylasuf olim A.Abdusamedovning "Sotsial taraqqiyot va islom",T.Saidbaevning "Jamiyat va islom",M.Usmanovning "Islom aqidalari va urf-odatlari" kabi kitoblari mavzuni o'rganish uchun ahamiyatlidir.Hozirgi davrdagi faylasuf olimlardan Q.Nazarovning "Aksiologiya" Qadriyatlar falsafasi,I.Saifnazarov va D.Ernazarovlarning "Dinlararo hamjihatlik - ijtimoiy bag'rikenglik omili", N.Muhammadiev, A.Beknazarov, N.Mavlonovalarning "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash-ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va ruhiy tanazullarni bartaraf etish omili" va M.Majitovning "Jahon dinlari va umuminsoniy qadriyatlar"kabi asarlarida turmushda dinlarning o'rni haqidagi tadqiqot natijalari bayon etilgan.Turmushdagi islom dini ahamiyatini o'rganish uchun sotsiologik tadqiqot natijalari, kuzatish, analiz va sintez, qiyosiy taqqoslash va dialektik, kabi metodlardan foydalanildi.

MUHOKAMA ( DISCUSSION)

Turmushdagi islom deganda avvalo, islom dinining maishiy turmushda, odamlar ijtimoiy faoliyatida namoyon bo'lishi hamda uning ma'naviy ehtiyojni qondirishdagi ahamiyati nazarda tutiladi.Islom dini nozil bo'lishi bilan avvalo e'tiqod masalasiga alohida ahamiyat berilganligini hech inkor qilmaydi.Chunki, e'tiqod xoh diniy yoki xoh dunyoviy bo'lsin u insonni zalolatdan saqlab, hidoyat sari yetaklaydi.Islom dini nozil bo'lish arafasida ham dinlar ko'p edi, lekin o'sha davr dinlari insonni zalolatdan qaytarishga ojizlik qilib qolgan edi. Shunday bir vaziyatda

Scientific Journal Impact Factor

islom dini insonning e'tiqodi to'g'ri bo'lsagina jamiyat barqaror rivojlanishi mumkin deb bu narsani turmushda asosladi.E'tiqod so'zi islomda "aqiyda" yoki "aqoid" termini bilan ifodalanadi.Voyaga yetgan kishining sog'lom e'tiqodi bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.Islomda e'tiqodning manbai bu Qur'oni Karim va Sunnatdir.Dunyoviy e'tiqodning manbai esa ilmdir.Din va ilm insonning e'tiqodini to'g'rilash bilan birga uning turmushini hidoyat bilan to'ldiradi.Ilm va din ularni bir -biriga qarama qarshi qo'ymay aksincha, bugun ikkisini o'rganish hayot taqozasidir.Inson e'tiqodini diniy va ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri shaklantirlsa ijtimoiy turmushda barqarorlik ta'minlanishi tabiiy bir holatdir.Movarounnahr tarixida diniy va dunyoviy allomalar e'tiqod masalasiga alohida e'tibor berib uni o'rganishganJumladan,So'fi Olloyorning "Aqiyda bilmagan shaytona eldur,Agar ming yil amal deb qilsa,eldur"5 degan fikrlari bugun ham ahamiyatlidir.Turmushdagi islom bu inson hayotida eng avvalo uning e'tiqodini to'g'ri shakllantirish uchun ham zarur va kerak. O'zbek tilining izohli lug'atida "turmush" tushunchasiga ta'rif berilganda "Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti" deb ta'rif berilishi ham bejiz emas.Chunki,inson uchun nikoh eng oliy qadriyat sanaladi.Islom dini shariat nikohi bilan turmushdagi axloqiy tanazzulga barham berdi.Turmushdagi islom nikohi maishiy turmushda halolikni ta'minladi.Nikoh bilan oilada halol turmush tarzi shakllantirildi.Abu Rayxon Beruniyning "Ey, qizim, sen o'rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan.Sen bo'lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan.Sen yer bo'l, u osmon bo'ladi. Sen u bilan shunday yo'l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo'lsang, u osmon kabi olijanob bo'ladi. Osmon shifoli yomg'iri bilan yerni ko'kartirgani kabi, u ham o'z mehr-shafqati bilan seni xushnud etadi.Ering sendan shirin va yumshoq so'zlar eshitsin. Yaramaydigan yoki eski libosda, yoki sochlaring tartibga solinmagan holda, uning oldiga o'tirma.Shirin so'zli bo'lgin, bu ishing har qanday sehr-jodudan yaxshidir.Suvdan tez-tez foydalangin. O'zinga xushbo'y narsalar bilan oro ber. Pokizalik hamisha yo'ldoshing bo'lsin"6degan fikrlari bugun ota-onalar va jamiyat uchun tarbiya tamoiylidir. Bugungi kunda turmushda nikoh bilan bo'lgan ziddiyatli holatlar juda ham ko'p. Fuqarolik ishlari sudlarida bu muammo juda ko'p tortishuvlarga olib kelmoqda, Shu o'rinda qo'yidagi statistik axborotlarning tahliliga to'xtalib o'tish va uni bartaraf etish bo'yicha ba'zi bir xulosalarni bayon etishni lozim topdik.

5 Cy$H O^oëp "Ca6oTy^-o®H3HH" www.ziyouz.com. 8-ca^H$a

6 A6y Pan^OH BepyHHH. Yrnnm xa^rapHgaH ^omaH ëgrop^HKrap.-T.: 1987.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

NATIJALAR (RESULTS)

"Respublikamizda 2017 yil 306197 ta nikoh qayd etilgan bo'lsa, o'sha yili oilaviy ajrimlar soni 31929 nafar (10,4%), 2018 yil 311379 ta nikoh qayd etilgan bo'lsa, oilaviy ajrimlar esa 32326 nafar (10,3%), 2019 yil 310899 ta nikoh qayd etilgan bo'lsa, oilaviy ajrimlar esa 31389 nafar (10,1%), 2020 yil esa 296751 ta nikoh tuzilgan bo'lsa, oilaviy ajrimlar soni esa 28233 nafarni (9,5%) tashkil qilmoqda"7. Turmushda nikoh islomda shariati talabi bilan dunyoviy davlatlarda esa qonunlar bilan tartibga keltirilgani ma'lumdir.O'zbekiston dunyoviy davlat,qonunchiligimizda nikoh masalalari "Oila kodeksi" bilan tartibga solingan.O'zbekiston aholisining qariyib 93% ko'prog'ini islom diniga e'tiqod qiladigan musulmonlar tashkil etadi.Bugun islom dini va uning ta'limotlarini o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan va turmushda "inson,jamiyat va davlat" tamoiyli falsafasi ruyobga chiqarilayotgan bir davrda oilaviy ajrimlar bilan bog'liq muammo mavjudligi jamiyatshunos olimlar va imomlar oldiga unin yechimini topishga qaratilgan ijtimoiy indikatorni topishni taqozo qilmoqda. Turmushdagi islom va uning maishiy hayotga ta'sirini o'tkazadigan aqiqa,namoz,ro'za,zakot,haj,ramazon va qurbon hayitlari ahamiyatini bugun yangicha tamoiyil bilan o'rganishga ehtiyoj sezilmoqda Chunki, yaqin o'tmishimizda bu turmushdagi islom urf-odatlari, marosimlari, an'analari va bayramlari noxolis o'rganib kelindi.

XULOSA (CONCLUSION)

Turmush ijtimoiy hayotning eng muhim tomonidir. Sog'lom turmush insonning ishlab chiqarishdagi va ma'naviy-axloqiy va siyosiy sohada faolligini ta'minlaydi. Lekin bugungi globallashuv, migratsiya, sun'iy intellekt, pandemiiya, odamlarning moddiy narsalarga nisbatan ehtiyojining surunkali oshib borishi va ma'naviy narsalarga nisbatan o'gaylik nigohi jamiyatshunos olimlar bilan diniy ulamolarning hamkorlikda tadqiqot olib borishni kun tartibiga chiqarmoqda.Xususan,islom dini urf-odatlar,marosimlari,an'analari va bayramlari va dunyoviy urf-odatlar, marosimlar, an'analar va bayramlar bir-birini aslida boyitada va jamiyatda insonlarning hayotida sog'lom turmushni shakllantiradi. Demak,jamiyatshunos olimlar va diniy ulamolar shunday ilmiy tadqiqot natijalari bilan odamlarni ergashtirishsa jamiyatda sog'lom e'tiqod paydo bo'ladi."Hozirgi kunga kelib,din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rnini saqlab qoldi.Zero din hamisha axloqon yetuk bo'lgan komil inson tarbiyasida asosiy vositalardan biri bo'lib xizmat qilib

7 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi "Ochiq ma'lumotlar" Demografiya.Stat.uz

918

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

kelmoqda"8. Turmushdagi islomda diniylik va dunyoviylikni o'rganish va odamlami ishontira olish komillikni ta'minlashning dastlabki manbasidir.

REFERENCES

1. Узбек тилининг изошли лугати.А.Мадвалиев тахрири остида. - Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 200-б. www.ziyouz.com kutubxonasi.

2. Суфи Оллоёр. "Саботул-ожизин" // www.ziyouz.com. 8-сахифа

3. Абу Райхон Беруний. Утмиш халкларидан колган ёдгорликлар. - Тошкент, 1987.

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi. "Ochiq ma'lumotlar" Demografiya.Stat.uz

5. Мажитов М.Жахон динлари ва умуминсоний кадриятлар. - Тошкент: "Узбекистон халкаро ислом академияси" НМБ, 2019.

6. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 568-577.

7. Majitov M. A. U. Some views of islamic religion and muslim scholars on the phenomenon of human personality //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 5. - С. 1541-1547.

8. Хужаназаров А. З., Алламуратов Ш. А. РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ЗДОРОВЬЯ УЗБЕКИСТАНА В ПОСЛЕДНИЕ ГОДЫ //Наука, техника и образование. - 2021. - №. 1 (76). - С. 19-23.

9. Mustafayev, U. U. (2021). OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(7), 313-317.

10. Shodavlatovna D. S., Chorievna J. S. The issue of a just king in kaikous's nightmare //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1416-1420.

11. Allamuratova X. LINGUISTIC FEATURES OF CONTOMINATIONAL AND APOTROPEIC NAMES IN THE SYSTEM OF ANTHROPONYMS OF UZBEKISTAN //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 141-145.

8 Мажитов М.Жахон динлари ва умуминсоний кадриятлар."Узбекистон халкаро ислом академияси"НМБ :Тошкент-2019 32-сахифа

919

Scientific Journal Impact Factor

12. Худайбердиева Г. Х. СУЩНОСТЬ И ОСОБЕННОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОФЕССИИ, ЕЁ РАЗВИТИЕ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 179-181.

13. Умарова, М. (2021). АХМАД ДОНИШНИНГ "ТАЪРИХИ САЛТАНАТИ МАНГИТИЯ" АСАРИДА БУХОРО ХУКМДОРИ АМИР ШОХМУРОДНИНГ ТАЪРИФИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(11).

14. Majitov M. PROBLEM OF PERSONALITY: ESSENCE, STRUCTURE, AND FEATURES OF FORMATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. -

2020. - Т. 2. - №. 1. - С. 162-168.

15. Жумаева Ш. Ч. РАЗВИТИЕ И СОХРАНЕНИЕ АУТЕНТИЧНОСТИ КАК УСЛОВИЕ ЕСТЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЧЕЛОВЕКА //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 4. - С. 46-49.

16. Mustafayev U. U. TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 8. - С. 218-226.

17. Худайбердиева Г.Х., Алланазаров М.М. ЁШЛАРНИ ГОЯВИЙ ТАРБИЯЛАШНИНГ УСУЛЛАРИ, ШАКЛЛАРИ ВА ВОСИТАЛАРИ //ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ. - 2020. - №. SI-2№ 1.

18. Utanova U., Umarova M., Abdullahodjaev G. Organization And Features Of The Education System Of The Bukhara Emirate During The Reign Of Emir Shakhmurad (1785-1800) //NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO. - 2021. - С. 15326-15334.

19. Мустафаев У. У. УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ ШАКЛЛАНАЁТГАН ДАВРДА ФАЛСАФИЙ ФАНЛАРНИ УКИТИШНИ ИСЛОХ КДЯИШ ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ЭХТИЁЖИ //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. Special Issue 2. - С. 99-108.

20. Дусназаров М. И., Жумаева Ш. Ч. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНОГО ВОСПИТАНИЯ С ПОЗИЦИЙ СТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРНОЙ ТРАДИЦИИ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 151-154.

21. Мажитов М. КИТОБХОНЛИК-ШАХСНИ УЗ-УЗИНИ ТАРБИЯЛАШ ЖАРАЁНИНИНГ МУХИМ ОМИЛЛАРИДАН БИРИ //Scientific progress. -

2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1081-1086.

22. Khursandovna K. G., Umirzokvich R. U. NATIONAL COLOR: CONTENT-ESSENCE //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 17. - №. 1. - С. 29-31.

Scientific Journal Impact Factor

23. Умарова М. А^МАД ДОНИШНИНГ "ТАЪРИХИ САЛТАНАТИ МАНЕИТИЯ" АСАРИДА БУХОРО Х,УКМДОРИ АМИР ШО^МУРОДНИНГ ТАЪРИФИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. - 2021. - Т. 4. - №. 11.

24. Shodavlatovna D. S. et al. The issue of public administration in nizamulmulk's "policy" //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1007-1012.

25. Mustafayev, U. U., & Mustafayeva, S. U. (2021). REFORMING THE TEACHING OF PHILOSOPHICAL SCIENCES IN THE PERIOD OF THE FORMATION OF THE THIRD RENAISSANCE THE NEED FOR A NEW UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 639-645.

26. Majitov M. POSTMODERN SOCIETY SPECIALISTS IN THE POSTMODERN SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. -2019. - Т. 1. - №. 6. - С. 242-249.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.