Научная статья на тему '“AVESTO”DA NIKOH VA OILA MASALASI'

“AVESTO”DA NIKOH VA OILA MASALASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4374
318
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Globallashuv jarayoni / zardushtiylik / milliy tarbiya / nikoh / oila / barkamol avlod / sinkretik / an’ana va marosimlar / nopoklik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Dildora Sadriddinovna Karimova

Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo’lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda. Bu o’z navbatida insoniyat oldiga tarbiya masalasida kechiktirib bo’lmas vazifalarni qo’ymoqda. O’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning asosiy bo’g’ini, tayanchi hisoblangan oila va nikoh masalasiga ma’suliyatli bo’lishini ta’minlash, milliy tarbiya asoslarida tarbiyalash muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AVESTO”DA NIKOH VA OILA MASALASI»

"AVESTO"DA NIKOH VA OILA MASALASI

Dildora Sadriddinovna Karimova

Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi oliy toifali tarix fani oqituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo'lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda. Bu o'z navbatida insoniyat oldiga tarbiya masalasida kechiktirib bo'lmas vazifalarni qo'ymoqda. O'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning asosiy bo'g'ini, tayanchi hisoblangan oila va nikoh masalasiga ma'suliyatli bo'lishini ta'minlash, milliy tarbiya asoslarida tarbiyalash muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Globallashuv jarayoni, zardushtiylik, milliy tarbiya, nikoh, oila, barkamol avlod, sinkretik, an'ana va marosimlar, nopoklik.

Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo'lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda. Bu o'z navbatida insoniyat oldiga tarbiya masalasida kechiktirib bo'lmas vazifalarni qo'ymoqda. O'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning asosiy bo'g'ini, tayanchi hisoblangan oila va nikoh masalasiga ma'suliyatli bo'lishini ta'minlash, milliy tarbiya asoslarida tarbiyalash muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Qadimda ota-bobolarimizning oila va nikohga bo'lgan munosabatlni o'rganishda xalqimizning asosiy e'tiqod shakli bo'lib kelgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoga murojat qilamiz. Sababi Markaziy Osiyo tarixi, o'tmishi, madaniyati, pedagogikasini o'rganishda eng qadimiy manba Avesto hisoblanadi.

Buyuk mutafakkirlar tarixni o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prik sifatida ta'riflashgani bejiz emas. Sababi insoniyat tarixini o'rganar ekanmiz bugungi kunimizga shukronalik, ertangi kunimizga esa ishonch tuyg'ulari paydo bo'ladi. Zero ota-bobolarimiz bosib bosib o'tgan mashaqqatli hayot tarzi, shonli tariximiz bizga ulkan ibrat maktabi vazifasini o'taydi. Markaziy Osiyo dunyo tamadduniga katta hissa qo'shgan olimu fozillar, qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar maskanidir. Ajdodlarimizning ilm-fanga, insoniyat tamadduniga qo'shgan hissasi har birimizni ularga munosib avlod bo'lishga undashi shubhasiz. Shu o'rinda ming yillar davomida xalqimizning asosiy e'tiqod shakli hisoblangan zardushtiylik dini muqaddas manbasi "Avesto" bizga ko'hna tariximining sir-sinoatini ochib beruvchi qimmatli manbadir. Ushbu mavzuni tadqiq qilishdan maqsad ming yillar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan xalq pedagogikasi, oila va nikoh munosabatlarini o'rganish va bugungi kunda uning ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.

Zardushtiylik dini muqaddas manbasi Avesto tarixiy, diniy, falsafiy jixatdan ko'plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilgan. Bizga ma'lumki zardushtiylikning kelib chiqishi borasida ayrim tarixchilar Eron, Ozarbayjon hududlarini, ayrim tadqiqotchilar esa Markaziy Osiyo hududlarini e'tirof qilishadi. Abu Rayhon Beruniy o'z asarida Zardushning vatani haqida haqida bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi va "Rumliklar da'vosicha Zardusht Muvsuldan bo'lgan. Ehtimol ular Ozarbayjon chegaralarini Muvsulga qo'shib shunday degan bo'lsalar kerak" [1.236-238]-deydi. Mutafakkir bu fikrlari orqali Zardushtning vatani Ozarbayjon bo'lishi mumkunligiga shama qilib fikrini uning ilm olish maqsadida otasi bilan Harronga borganligi va hikmatshunos Ilyusga uchraganligi bilan izohlaydi. Beruniy Zardusht Avestoni dastlab podsho Vishtospga berganligini aytadi va Avesto qismlarining yo'q qilinishi haqida "Podshoh ibn Doro hazinasida [Abesto] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni kuydirib unga xizmat qiluvchilarni o'ldirgan paytda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtlardan beri Abestoning uchdan bir qismi yo'qolib ketdi"-deydi. Shu bilan birga Zardusht yashagan (din tarqalayotgan) davrdagi intsest (to'g'ri tutashgan qarindoshlar nikohi) ni axloqsizlik sifatida baholaydi. Olimning o'zi yashagan davrdan deyarli 1,5 ming yillar oldingi davr borasida bergan ma'lumotlari taxminiy asoslarga tayanishi tabiiy holat. Tabiiyki, din asoslari qayerda paydo bo'lgan bo'lsa o'sha yerda kuchli saqlanib qoladi.

Avesto kitobida ilk muqaddas olov yoqilgan joy aynan qadimgi Xorazm hudidiga to'gri kelishi va ushbu hududlarda Zardushtiylik bilan bog'liq marosim va odatlarning kuchli saqlanib qolganligi ushbu dinning Markaziy Osiyoda paydo bo'lganligini asoslaydi. Bu borada rus sharqshunos olim Dyakanov o'z asarlarida Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyoni ko'rsatadi: "Avesto kitobidagi geografik-tarixiy ma'lumotlar shundan dalolat beradi-ki, Qadimgi Baqtriya va Eronga oid ba'zi geografik nomlar —Avestoga Zardushtiylik dini O'rta Osiyodan chiqib shu o'lkalarga yoyilgan paytlarda kirganligi shubhasizdir[5]. Mahalliy tadqiqotchilardan N.M.Koshanova o'zining "Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar"1 mavzusidagi maqolasida hozirgi Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm vohasida islom bilan sinkretik tarzda yashayotgan olov va boshqa unsurlar bilan bog'liq zardushtiylikning an'ana va marosimlariga to'xtalib nikoh marosimidagi irim sirimlar, an'ana va odatlarning mazmun-mohiyatini izohlashga harakat qiladi. Oila qurish yoki yolg'iz yashash tanlovi ixtiyoriy bo'maganligini, oilaning muqaddasligi va avlodlar davomiyligini ta'minlovchi kichik jamiyat sifatida qadrlanganligini ta'kidlaydi.

1 N.M.Koshanova. Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar// Tamaddun nuri.Beruniy-2020.B.37-41.

Zardushtiylik falsafasiga ko'ra yaxshilik va yomonlik insonlarning botiniy -ichki dunyosida yashaydi. Dinda inson esa Axura Mazda ruhidan yaratilganligi tufayli yaxshilik uchun kurashmog'i zarur deyiladi. Lekin bu dunyoning asoslarini yaratilishiga Axriman aralashganligini sababli inson qalbi ham butun dunyo kabi yaxshilik va yomonlik, nafs bilan sabr, hasad bilan sahovat kabi ezgu fazilatlar va qabih xususiyatlar kurashi maydoni ekanligi, shu sababli ham zardushtiylikni qabul qilgan har bir shaxs o'zini behdinon, ya'ni ezgu dindagi inson deb atagan.

Zardushtiylikda axloq falsafasi 3 ta so'z: "Gumantu"-ezgu fikr, "gutka"-ezgu so'z, "Gvarshita" -ezgu amalda mujassamlashgan [4. 188-189]. Avesto nafaqat tarixiy, diniy manba balki unda yana bugungi kunda olmas bolib kelayotgan insonlar ongidagi dualistik qarashlar tadqiqi ham yuksak o'rin egallagan. Qadimgi ajdodlarimiz yaxshilik va yomonlik, ilm va jaholat, saxiylik va baxillik, adolat va haqsizlik, go'zallik va xunuklik, savob va gunoh kabilarning o'zaro tafovutlarini anglash, ijobiy tushunchalarning inson hayotidagi o'rni, salbiy tushunchalarning zarari haqida to'xtalib o'tiladi. Bu esa xalqimiz uzoq o'tmishdayoq manaviy jihatdan qay darajada yuksak salohiyatga ega bo'lganligini anglatadi.

Avestoshunos olim M.Ishoqov zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda qo'llanganligi bu hol dinni uning payg'ambari nomi bilan bog'lash natijasida yuzaga kelganligini aytadi. Aslida Zardusht dini Mazda Yasna deb atalgan, Mazdaga "Mutlaq oqil"zotga sig'inish demakdir [5].

Miloddan avvalgi V-IV asrlardagi qadim yunon olimlari asarlarida ilk bor Zardusht nomi tilga olinadi [8].

Dinning muqaddas manbasi borasida birinchi prezidentimiz "Avesto ayni paytda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat, buyuk madaniyat bo'lganidan dalolat beruvchi buyuk hujjatdirki, uni hech kim inlkor etolmaydi" [7.44] -degan edilar. Birgina Avestoning Videvdat qismi zardushtiylik dinida axloqning naqadar qadrlaganligining isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Mazkur qism devlarga qarshi duolardan tarkib topgan bolib, oddiygina qilib aytadigan bo'lsak, insonlar orasida nopoklik, yomonlik, adolatsizlik, dangasalik urug'ini yo'qotishga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin. "Avesto" gotlarida "Bitta donni undursang mingta devni o'ldirasan" deyilishi sababi birinchidan insonni mehnatsevarlikga chorlasa, ikkinchidan chorvador xalq orasida dehqonchilikning tarqalishini rag'batlantirish maqsadi mavjud bo'lgan deya olamiz. Hozirgi kunda Navro'z bayramlarida tayyorlanadigan sumalak taomini tayyorlash uchun bug'doy donini undiradigan ayollar ushbu jarayonni katta savobli ish sifatida qarashi aynan zardushtiylikdagi ushbu e'tiqod shakli bilan bevosita bog'liq. "Avesto"da oila mustahkamligini saqlash, nikoh tartiblari, er-xotin majburiyati, nikoh tuzish va bekor qilishning qonun-qoidalari ko'rsatib o'tilgan. Avestoning maxsus boblarida Axura Mazda va Zardushtning yigit qizlarga nikoh masalasidagi murojatlari keltirilgan. Unda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikga yo'l

qo'ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish kabi maslahatlar haqida qimmatli mulohazalar mavjud. Qadimgi turkiy xalqlarda nikoh qat'iy qonun-qoidalar asosida tashkil etilgan. Oilaviy masalalarda yoshlar keksa avlod o'gitlariga quloq solganlar. Zardo'shtiylik tartib-qoidalariga ko'ra, o'z hayotini oila qurmasdan o'tkazish qattiq qoralangan. Qiz bolalar uchun balog'at yoshi 15 yosh hisoblangan. Balog'at yoshidagi qiz ota-ona yoki jamoa ra'yidan yurmay turmushga chiqishni, zurriyot qoldirishni istamasdan umrguzaronlik qilib yursa qopga solinib 25 darra kaltaklangan. Erkaklar esa, o'n yetti yoshda uylanish huquqiga ega bo'lgan. Agar erkak kishi zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg'a bosilib, badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog'lab yurishga majbur etilgan va uyaltirilagan. Islomda oila qurish sunnat hisoblangani kabi Zardushtiylikda ham nasl qoldirish, o'z urug'ini va qavmini ko'paytirish rag'batlantirilagan. "Aveto"da qayd etilishicha, erkak kishi, eng avvalo, uylanish uchun moddiy va ma'naviy tomondan to'q va baquvvat bo'lmog'I lozim, buning uchun o'z vaqtida to'yib ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o'z xizmati va axloqiy burchlarini bajara olmaydi.

Agar xalqimiz hayotidagi turli marosimlar, rasm-rusumlar, an'analarining tashkil etilishiga chuqurroq razm solsak, ishontirish, isbotlash, namuna ko'rsatish, ta'sir etish, tasdiqlash kabi pedagogik usullar orqali barkamol insonni tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinganligiga ishonch hosil qilamiz.

Zardo'shtiylikda oila muqaddas sanalgani bois ig'vo, tuhmat, er-xotinning o'zaro kelishmovchiligi, ota-ona bilan murosa-madora qila olmaslik kabi bahonalar bilan nikohning bekor qilinishiga yo'l qo'yilmagan.

Avestoning qimmatliligi shundaki, o'sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar, ilk davlatchilik an'analari, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o'rni, dunyo va insonning nokomilligi, oilaviy turmush tarzi va u bilan bog'liq urf-odatlarlarga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan. "Avesto" da oila, oila a'zolari va boshlig'ining vazifasi va majburiyatlari, oila-nikoh munosabatlari turli o'rinlarda, har xil munosabatlar bilan maxsus bayon etilgan. Zardushtiylikda ayollar haq-huqulari yuqori darajada e'zozlangan, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi burchi, farzandlarni oila qurishga tayyorlash va ko'plab oila turmush an'ana va marosimlariga oid fikr-mulohazalar bayon etilgan. Zamonaviy zadushtiylar hayotini o'rgangan taniqli olima M.Boys "Zardusht o'zining davomchilariga o'ziga xos ikkita majburiyatni -kuniga besh mahal ibodat va yetti bayramni nishonlashni yuklagan"[3.44]-deya ta'kidlaydi. Zardushtiylikda nikoh bir umrga muhrlangan Ushbu dinda nikohning monogom shakli rag'batlantirilgan bo'lib, ko'pxotinlik yoki vaqtincha nikoh mumkun bo'lmagan. Oilada xiyonat qattiq qoralanagan.Begona erkak bilan qovushgan ayollar badnom qilingan, jazolangan va nikohdagi er uchun harom hisoblanagan[2.60].

Zardushtiylikda oilaga qadriyat sifatida qaralishi, farzand tarbiyasida ma'suliyatli bo'lish lozimligining qat'iy belgilanishi, nopoklik, yovuzlikning qoralanishi, insondagi insoniy xususiyatlarning ulug'lanishi jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda hamda barkamol avlod tarbiyalashda katta ahmiyatga ega. Zardushtiykik dini bilan bog'liq barcha marosim va odatlar zamirida nopoklikga va yovuzlikga qarshi kurash g'oyasi mavjud bo'lib, mehnatsevarlik va bunyodkorlik yuksak darajada ulug'langan hamda rag'batlantirilgan.

REFERENCES

1. Abu Rayhon Beruniy .Tanlangan asarlar. "Fan" nashriyoti-Toshkent-1998.B.236-238.

2. Аширов А."Авесто"ва зардуштийларнинг оила турмуш маросимлари хдкида//Узбекистонда ижтимоий фанлар.-2002.-№1.-Б.50

3. Boys M History of Zoraoastrianizm.-Leiden-Koln:E.L.,1982.

4. Врагинский И.С.Из истории таджикской народной поэзии.-М.,1956.-С.188-189.

5. Is'hoqov M. Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidaagi o'rni konferensiya tezislari toplamidan Oz.R FA 2001.,

6. Авесто: Яшт китоби /М.Исхоков таржимаси.-Т.,2001.-Б.4.

7. Karimov I.Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.//Muloqot.-Toshkent: 1998, 5-son, 5-b.C.44.

8. Koster W.Le mythe de Platon ,de Zaratushtra et des chalduens.-Leiden, 1951:Пъянков И.В. Средняя Азия в известиях античного историка Ктесия.-Душанбе 1975.

9. Koshanova N.M. Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar// Tamaddun nuri.Beruniy-2020.B.37-41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.