Научная статья на тему 'ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING BILISH FALSAFASIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI'

ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING BILISH FALSAFASIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
404
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Mansur Moturidiy / moturidiylik ta’limoti / falsafiy me’ros / shaxs ma’naviyati / diniy dunyoqarash. / Abu Mansur Moturidi / Moturidi teachings / philosophical heritage / personal spirituality / religious worldview.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xursanov, Chingiz Lapas O‘g‘li

Mazkur maqolada Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni hamda allomaning fikr-mulohazalarining ilmiy tahlili to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A PERSON IN THE PHILOSOPHY OF KNOWLEDGE OF ABU MANSUR AL-MOTURIDI PROBLEMS OF SPIRITUAL IMPROVEMENT

This article provides information on the role of the philosophical heritage of Abu Mansur Moturidi in the development of personal spirituality and the scientific analysis of the views of the scholar. Keywords: Abu Mansur Maturidi, maturidi teachings, philosophical heritage, personal spirituality, religious worldview.

Текст научной работы на тему «ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING BILISH FALSAFASIDA SHAXS MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABU MANSUR AL-MOTURIDIYNING BILISH FALSAFASIDA SHAXS MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI

Xursanov Chingiz Lapas o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

Mazkur maqolada Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma 'naviyatini yuksaltirishdagi o 'rni hamda allomaning fikr-mulohazalarining ilmiy tahlili to 'g'risida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Abu Mansur Moturidiy, moturidiylik ta'limoti, falsafiy me'ros, shaxs ma 'naviyati, diniy dunyoqarash.

This article provides information on the role of the philosophical heritage of Abu Mansur Moturidi in the development of personal spirituality and the scientific analysis of the views of the scholar. Keywords: Abu Mansur Maturidi, maturidi teachings, philosophical heritage, personal spirituality, religious worldview.

Keywords: Abu Mansur Moturidi, Moturidi teachings, philosophical heritage, personal spirituality, religious worldview.

B данной статье представлены сведения о роли философского наследия Абу Мансура Мотуриди в развитии духовности личности и научный анализ взглядов ученого. Ключевые слова: Абу Мансур Матуриди, учение матуриди, философское наследие, духовность личности, религиозное мировоззрение.

Ключевые слова: Абу Мансур Мотуриди, учение Мотуриди, философское наследие, духовность личности, религиозное мировоззрение.

O'zbekiston - buyuk allomalar yurti! Darhaqiqat, Vatanimiz qanchadan-qancha ulug' siymolar, olim-u fuzalolarning yuksak ilm cho'qqilarini zabt etishiga sababchi bo'lgan maskandir. Bu yurt o'zining go'zal tabiati, hushsuvrat insonlari, umuman olganda, jannatga tenglashtirilgan ulug' sifatlari bilan buyuk siymolarni bag'rida tarbiyalagan zamindir. Milodiy IX asrda Somoniylar sulolasi davrida dunyoga kelgan buyuk mutakallim, aqoid va kalom ilmining sultoni Abu Mansur Moturidiy ham shu yurtning ko'hna Samarqand diyorida voyaga yetib, diniy va dunyoviy ilm ravnaqi uchun o'zining munosib xissasini qo'shishga muvaffaq bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, millionlab musulmonlar qalbiga muborak islom dinining hayotbaxsh g'oyalarini singdirishda buyuk vatandoshimiz imom Abu Mansur

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Moturidiy hazratlari va ul zot asos solgan "Moturidiylik maktabi"ga mansub allomalarning xizmatlari benihoya kattadir. Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyati va ilmiy faoliyatini o'rganish hamda shunday ulug' siymoni xalqqa tanitish ilmiy tadqiqot ishimizning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Abu Mansur Moturidiy va moturidiylik ta'limotining g'oyalarini shaxs ma'naviyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdagi ahamiyatini o'rganish mavzuning naqadar dolzarb ekanligini belgilab beradi. Shaxs ma'naviyatini yuksaltirish masalasi barcha davrlarda ham dolzarb mavzulardan biri sifatida o'rganib kelingan. Chunki jamiyatning ma'naviy qiyofasi unda yashayotgan insonlarning ma'naviy yetuklik darajasi bilan o'lchanadi. Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash jarayoni davlat va jamiyat a'zolarining zimmasiga juda katta mas'uliyatlarni yuklaydi. Bu borada mamlakatimizda xadisshunoslik, kalom ilmi, islom huquqi, tasavvuf, aqida ilmi kabi maktablarning tashkil etilishi diniy va dunyoviy ilmning o'zaro muvofiqligini ta'minlay oladigan malakali kadrlarni yetishtirish uchun asos bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PF-5416-sonli farmonning qabul qilinishi ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan xissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganishga, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalashga shuningdek, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashga huquqiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. Nega insoniyat har doim ma'naviyatga zaruriyat sezib yashaydi?, Ma'naviyatning shaxs kamolotida qanday o'rni bor?, Ma'naviyatsiz yashash mumkinmi? Mana shu kabi savollar olim va ulamolarning ilm yo'lida mashaqqat chekishiga hamda insoniyat jamiyatini yaxshilash uchun xizmat qilishiga undagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida buyuk ajdodlarimizni xotirlab, shunday ta'kidlagan edi: "...ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va osoyishta hayotning qadrini anglab yetadi1" . Buyuk mutakallim "Abu Mansur Moturidiy bobomizning o'rta asrlardagi g'oyat hatarli va tahlikali bir vaziyatda o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, avlodlarga ibrat

1 http://president.uz/2020 yil 24-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'ladigan ma'naviy jasorat namunasini ko'rsatib, islom olamida "Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi", degan yuksak sharafga sazovor bo'lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi2" Abu Mansur Moturidiy o'zining barcha asarlarida zalolatning har qanday ko'rinishlaridan yiroq bo'lgan, insonlarning mavjud ijtimoiy-ma'naviy muhitida sog'lom ma'naviy tafakkurni targ'ib qilish borasidagi sa'y-harakatlari, shuningdek sof diniy-falsafiy qarashlari bilan o'sha davrning diniy mutaassiblari va buzg'unchi g'oya tarafdorlariga keskin raddiyalar bergan. Bu urinishlari samarasi o'laroq o'z zamonasidayoq "Hidoyat imomi" unvonini olishga sazovor bo'lgan. Allomaning 15 ga yaqin asarlar ustida tadqiqot olib borganligi ma'lum bo'lsada, bizgacha shayx xazratlarining 2 ta mashhur asari yetib kelgan. Ular "Kitob at-tavhid" va "Ta'vilot al-Qur'on" asarlari. Abu Mansur Moturidiy bu asarlari orqali insoniyat yaratilishining falsafiy mohiyati, tavhid ilmi, borliqning insonga ta'siri, ruhiyat ilmi, inson kuch-qudratining ma'lum chegarasi, iroda erkinligi, dunyo va oxiratni anglash kabi masalalar to'g'risida Qur'oni karim oyatlariga asoslanib, ko'plab ma'lumotlar taqdim etgan. Allomaning mashhur shogirdi Abul-Mu'in an-Nasafiy ustozining buyuk xislati va kuchli salohiyatini ulug'lab, shunday ta'kidlagan edi: "Abu Mansur al-Moturidiy imomlarning ulug'i va millatning ustuni edi. Uning Qur'onga yozgan tafsiri barcha chigalliklarni ochib beruvchi, inson qalbidagi shubhali qora bulutlarni haydovchi hamda nihoyatda bolig' vasf ila yaratilgan asardir. Alloh shunday kitobni yozgan zotga o'z salomini yo'llasin.3" Abu Mansur Moturidiy ana shunday yuksak ehtiromga loyiq bo'lgan qomusiy allomadir. Abu Mansur Moturidiyning aynan aqoid va kalom ilmi bilan shug'ullanishiga o'sha davrda vujudga kelgan, insonlarni iymon-e'tiqod masalasida noto'g'ri yo'nalishlarga boshlaydigan turli xildagi talqinlar va chalkashliklarning ko'payib borayotganligi sabab bo'ladi.

MUHOKAMA VA TAHLILLAR

Abu Mansur Moturidiy shaxs ma'naviyati va unga ta'sir etuvchi omillar hamda ularning diniy-falsafïy jihatlarini bir qancha yo'nalishlarga bo'lib o'rganadi.

Inson erkinligi masalasi. Abu Mansur Moturidiy, eng avvalo, insonlarning xatti-harakatlarini ontologik jihatdan aniq haqiqat sifatida qabul qiladi va bu fikrni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, har bir inson o'z harakatlarining haqiqiy egasidir. Insonning o'z xatti-harakatlarining mutlaq sohibi ekanligi, ham aqlan, ham ruhan erkinligi Qur'on oyatlari bilan ochiq-oydin ma'lum qilingandur. Shu

2 I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", T.: "Ma'naviyat" nashriyoti 2008 y. 39-bet

3 F.Muhammadiyev "Mutafakkirlar", "Movarounnahr" nashriyoti T; 2011, 45b

330

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

haqiqatdan kelib chiqib, Alloh taolo insonlarga o'zining imkoniyatlari doirasida ma'lum bir vazifa va mas'uliyatlarni yuklagan. Buning natijasi o'iaroq, bajarilgan yoki tark etilgan xatti-harakatlar evaziga jazo va ajrlarni marhamat etgan. Inson muayyan harakat va faoliyatni amalga oshirishi uchun unga harakatdan oldin amalda ma'lum bir kuch va qudrat berilgan. Insonning harakatlari unga berilgan shu kuch-qudrat va uni amalga oshirishga undovchi shaxs irodasining natijasidir. Bu jarayon inson harakatlarining asosi va uning zimmasiga yuklatilgan mas'uliyatlarining majmuidir. Bular bilan inson ma'lum bir harakatga yuzlanib, o'z ixtiyori bilan uni tanlaydi va amalga oshiradi. Bandaning barcha yaxshi yoki yomon amallarini yaratish Alloh taoloning qudrati bilan bo'ladi. Demak, insonning xatti -harakatlarida ikki jihat bor: insonning roli va Allohning qudrati. Abu Mansur Moturidiy, bu masalada o'z davriga qadar ilgari surilgan taqdirni inkor etish va majburlash g'oyasini qabul qilganlarning qarashlarini butkul rad etib, amallar ham insonga, ham Allohga tegishli ekanligini ta'kidlaydi. Mazkur masalaning yechimi sifatida u yangicha bir fikrni ilgari suradi. Abu Mansur Moturidiyning qarashlariga ko'ra, ma'lum bir harakatga murojaat qilish, uni tanlash hamda o'z xohish va irodasi doirasida bajarish insonning shaxsiy ishi. Har bir narsaning yaratuvchisi bo'lgan Alloh, insonning harakatini ham yaratuvchisidir. Demak, ijod nuqtai nazaridan harakatga ta'sir etuvchi kuch Allohga tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, harakat amalga oshirilish jihati bo'yicha insonga, yaratilish xususiyati bo'yicha Allohga tegishlidir. Inson ruhiyatidagi bu sheriklik alohida xususiyatlarga ega bo'lgan hamda mas'uliyatni bartaraf etmaydigan hamkorlikdir.

Shaxs etikasi tahlili. Narsalarning go'zalligi yoki xunukligini shuningdek, foydali yoki zarar ekanligini umuman aql tamoyillari bilan tushunish mumkin. Biroq, aql ularni barcha jihatlari va tafsilotlari bilan aniqlay olmaydi. Chuqur izlanish va tafakkurdan so'ng bilishi yoki payg'ambarning xabari orqali bilishi mumkin. Shariatning bu boradagi bayonoti ta'kid va tasdiqdir. Shariat ham biror narsani yaxshiligi uchun buyurib, yomon va zararli bo'lgani uchun uni harom qiladi. Din bu borada aql bilan birlashgan. Qolaversa, axloqiy tuyg'u insonga xos bo'lib, inson tabiatan axloqiy mavjudotdir. Ba'zi narsalarning go'zalligi va ba'zi narsalarning xunukligi tabiatan aqlda aniq namoyon bo'lganligi sababli, aql ularni idrok etadi, tahlil qiladi, muayyan harakatga undaydi yoki qaytaradi. Masalan, mavjud ne'matlarga shukr qilishning haqiqati, adolatning go'zalligi, noshukurlikning xunukligi, zulm va yolg'onning chirkin illat ekanligi va xokazo. Faqat aql oxiratda mukofot yoki jazolanadigan halol yoki harom amal qilish huquqiga ega emas, bu hokimiyat Allohnikidir. Demak, aql ilmi oxirat uchun jazo va ajr miqdorini belgilay

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olmaydi. Din esa amr qilinganlarni bajarganlarga ajr va'da qilgan, man etilganlarni esa jazo bilan tahdid qilgan. Abu Mansur Moturidiyning odob-axloq tushunchasida yana bir ta'kidlash lozim bo'lgan jihat shundaki, u amaldan ko'ra g'oya, e'tiqod va to'g'ri bilimni birinchi o'ringa qo'yib, amalni taqliddan ko'ra sog'lom bilimga yo'naltirib asoslaydi. Abu Mansur Moturidiyning fíkricha, Allohni tanish va uning go'zal sifatlarini bilish har bir inson uchun axloqiy farzdir. Chunki borliqni va uning yaratuvchisi haqidagi bilimlarni anglashning yagona yo'li aqldir. Abu Mansur Moturidiy o'z asarlarida odamlarni o'z imkoniyatlariga javobgar qilish kabi masala borasida ham ko'plab fikrlar bildirgan. Xususan, allomaning fíkrmulohazalariga ko'ra, dinda odamlar hech qachon qodir b''lmagan xatti-harakat uchun javobgar bo'lmaydilar. Islom dinida har qanday xatti-harakat uchun javobgar bo'lishning asosiy sharti shundaki, buyurilgan yoki ta'qiqlangan narsa inson qila oladigan darajada bo'lishi kerak. Shunga ko'ra, yuklatiladigan vazifalar odamlarning imkoniyati sig'dira oladigan va imkoniyati yetmaydigan xatti -harakatlar majmuiga bo'linadi. Insonni o'zi bajara olmaydigan ibodat yoki muayyan majburiyatga yo'llash va natijada ular tomonidan xatti-harakatning lozim darajada bajarilmasligi hamda harakat subyektlarining qo'lidan kelmaydigan ishlar uchun og'irroq jazolash dinning mas'uliyat mantig'iga mutlaqo ziddir. Alloh taolo insonlarga aql bilan yoki vahiy orqali nimani buyurgan bo'lsa, ularni tushunish uchun imkoniyat eshiklarini ochib qo'ygan. Buni tushuna olmaydigan ilohiy amrga murojaat qilib bo'lmaydi. Bu amrlarning barchasini bilish usullari har xil. Biroq uning yo'llarini aql va xulosa bilan bilish mumkin. Borliqning yaratilish qoidasiga ko'ra, Alloh hech bir harakat yoki holatni bekordan-bekor yaratmagan. Abadiyat qonunlariga muvofiq har bir voqea, hodisa va jarayonlar o'zining muayyan sabablari asosida sodir bo'ladi. Moturidiyning fíkricha, olamdagi hech narsa bekorga yaratilmagan. Hamma narsaning sababi, maqsadi va hikmati bor. Shuning uchun ham Alloh taoloning ijodlari borliq qonunlari va aql asoslaridan tashqariga chiqmaydi. U hamma narsani eng yaxshi ko'rinishda va mustahkam tarzda yaratadi. Uning fíkricha, hikmatning ikki xili bor: Birinchisi -adolat, ikkinchisi - inoyat. Adolat hamma narsani o'z o'rniga qo'yadi. Xudoning inoyati esa, cheksiz va oxiri yo'q marhamatdir. "Imom Moturidiyning buyukliklari, siyratlarini anglashdagi eng katta manba - u kishining asarlaridir. Bu zotning ixlos-u taqvolari, parhezkorliklari, sog'lom aql va e'tiqoddagi darajalari, aqliy yetukliklari, fíkriy ilg'orliklarini u kishining asarlarini o'rgangan odam darhol fahmlab oladi.4"

4 Hasanxon Yahyo Abdulmajid «Tavhid» risolasi ahli sunna aqiydasi bo'yicha muhim manba (birinchi maqola). T.;

15.03.2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Barcha davrlarda ham din insonlarni ma'naviy birlashuvini, maqsad-muddaolari mushtarakligini, orzu-umidlar yakdilligini ta'minlab beruvchi ruhiy vosita hisoblangan. Mana shu vosita davrlar o'tsada, qanchadan-qancha siyosiy to'qnashuvlar bo'lsa-da, o'zining ruhiy ta'sir etish kuchini yo'qotmagan. "Abu Mansur Moturidiy nafaqat qardosh o'zbek xalqining, balki ummat rivojiga, muqaddas islomning gumanistik va ratsional asoslarini mustahkamlashga salmoqli xissa qo'shgan barcha turkiy xalqlarning faxridir5" . Darhaqiqat, buyuk allomaning falsafiy merosi, butun ilmiy faoliyati va mehnatlarining samarasi bugungi kunda ham jamiyat va unda yashovchi insonlarning ma'naviy qiyofasini yaxshilashga, ruhiy barkamollikka va yuksak falsafiy tafakkur egasi bo'lishiga katta yordam beradi. Bugungi globallashuv sharoitida Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyatini, falsafiy merosini hamda moturidiylik ta'limotini o'rganish dinimiz balki butun borliq, insoniyat to'g'risida noto'g'ri g'oyalarni yuzaga keltiruvchi turli mafkuraviy tahdidlar, aqidaparastlik va tub dunyoqarashlarga qarshi mafkuraviy immunitet vazifasini o'taydi. Abu Mansur Moturidiyning falsafiy merosi yoshlar ongining turli ko'rinishdagi buzg'unchi g'oyalar bilan zaharlanishiga qarshi turishda hamda ularga qarshi kurashishda o'ta dolzarb va muhim manba hisoblanadi. Fikrimiz yakunida shuni aytib o'tmoqchimizki, keyingi yillarda yurtimizda muqaddas islom dini rivojiga o'zining teran falsafiy qarashlari bilan beqiyos xissa qo'shgan ulug' allomalarning hayoti va faoliyati, ularning ma'naviy merosini o'rganishga qaratilgan alohida e'tibor kuchayib bormoqda. Shu tufayli buyuk mutakallim Abu Mansur Moturidiy va ul zot asos solgan moturidiylik ta'limotini keng tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bugungi global jarayonda islom dinini to'g'ri anglash va talqin qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada moturidiylik ta'limotining o'rni naqadar beqiyos ekanligi, allomaning ilmiy-ma'naviy, boy merosi davlat va jamiyat taraqqiyoti, insoniylik tamoyillariga asoslanganligi qator horijiy va mahalliy olimlar tomonidan ham yuksak e'tirof etilmoqda. Shunday ekan, bu ulug' allomaning hayoti, ilmiy faoliyati va ilmiy asarlarida ilgari surilgan g'oya va mafkuralarni ta'lim tizimiga to'g'ri tadbiq etib borsak, shuningdek, xalqimiz ongiga oson va tushunarli tarzda yetkazib bersak, o'ylaymizki, kelajakda Abu Mansur Moturidiyning falfafiy merosini o'rganish bo'yicha yetuk mutaxassislarni yetishib chiqishiga zamin tayyorlagan bo'lamiz.

5 Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful.

04/03/2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. http://president.uz 2020 yil 24-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", T.: "Ma'naviyat" nashriyoti 2008 y. 39-bet

3. Muhammadiyev F. "Mutafakkirlar", "Movarounnaxr" nashriyoti T; 2011, 45b

4. Kitabu't-Tevhid, 228-229. Ayrica geni§ bilgi i?in bkz. Yazicioglu, M. Sait, Maturidi ve Nesefi'ye Gore insan Hurriyeti Kavrami, Ankara 1988, 28-34.

5. Geni§ bilgi i?in bkz. el-Maturidi, Te'vilat, Topkapi Sarayi Muzesi Ktp., Medine Bolumu, Nu: 180, 796a; el-Maturidi, Te'vilat, Haci Selim Aga Ktp., Nu: 40, v. 888b.

6. Hasanxon Yahyo Abdulmajid "Tavhid" risolasi ahli sunna aqiydasi bo'yicha muhim manba (birinchi maqola). T.; 15.03.2020

7. Akhmedov, B. A. (2021). HISTORY OF KARAKUL INDUSTRY IN UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

8. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160162).

9. Sonmez Kutlu. International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful. 04/03/2020

10. Akhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

11. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

12. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

13. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(7), 8-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.