Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
SVAMI VIVEKANANDA FALSAFIY QARASHLARINING SHAKLLANISHIDA VEDALARNING AHAMIYATI
Abdusalimov Abror Vali o'g'li
TDSHU, "Sharq falsafasi va madaniyati" yo'nalishi 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d., dots. Izzetova E.M.
Ushbu maqolada Svami Vivekanandaning ijtimoiy-axloqiy qarashlariga ta'sir etgan falsafiy ta 'limotlar, yunalish va shaxslar haqida qisqacha tanishtirib o 'tiladi. Maqolada uning ijtimoiy - axloqiy qarashlari shallanishida Vedalarning tutgan ahamiyati haqida kengroq ma 'lumot berishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar: Svami Vivekananda, Falsafiy qarashlar, Ramakrishna, Vedanta, Sankhya falsafasi, G 'arb falsafasi, Buddizm, Masihiylik ta 'limoti, Advaita-vedanta, Brahman, Atman, Vedalar, Upanishadlar, Mutlaq Haqiqat, Muqaddas Bitik, Yoga, Jnana - yoga, Karma - yoga.
Эта статья представляет собой краткое введение в философские учения, течения и личности, повлиявшие на социально-этические взгляды Свами Вивекананды. В статье ставится задача выяснить роль Вед в формировании его социально-этических взглядов.
Ключевые слова: Свами Вивекананда, Философские мысли, Рамакришна, Веданта, Философия санкхьи, Западная философия, Буддизм, Христианское учение, Адвайта-веданта, Брахман, Атман, Веды, Упанишады, Абсолютная Истина, Священное Писание, Йога, Джняна - йога, Карма - йога.
This article is a brief introduction to the philosophical teachings, currents and personalities that influenced the socio-ethical views of Swami Vivekananda. The article aims to clarify the role of the Vedas in the formation of his social and ethical views.
Keywords: Swami Vivekananda, Philosophical Thoughts, Ramakrishna, Vedanta, Philosophy of Sankhya, Western Philosophy, Buddhism, Christian Teaching, Advaita - Vedanta, Brahman, Atman, Vedas, Upanishads, Absolute truth, Scripture, Yoga, Jnana Yoga, Karma Yoga.
Svami Vivekanandaning ijtimoiy - axloqiy qarashlarini tushunish uchun unga
sezilarli ta'sir ko'rsatgan ta'limotlar, tushunchalar va madaniy xususiyatlarni kuzatish
378
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
va tahlil qilish kerak. Uning qarshlarining shakklanishiga ta'sir etgan tashqi ta'sirlardan birinchisi, bu Ramakrishnaning dunyo haqidagi tushunchasining asosini tashkil etuvchi ta'limotidir. Ikkinchi ta'sir, bu Vedanta, xususan, advaita - vedanta. Uchinchi ta'sir, Sankhya falsafasi va yoga amaliyoti. To'rtinchi ta'sir, G'arb falsafasi, fan va madaniyati bilan tanishish, bu Svami Vivekanandaga o'z mamlakati merosini tanqidiy tushunish va islohotlar zarurligini anglash imkonini berdi.
Svami Vivekanandaning ijtimoiy - axloqiy qarashlari shakllanishiga Buddizm kamroq ta'sir ko'rsatadi, u uning qoidalarini qabul qilmagan, ammo u har doim Buddaning ma'naviy kuchiga qoyil qolgan, shuningdek u Masihiylik ta'limotini ham axloqiy ideal hisoblagan. Uning dunyoqarashi va fikrlarini tushunish mutafakkirning tarjimai holiga qisqacha nazar tashlamasdan turib mukammal bo'lmaydi. Keling, uning hayot yo'lining asosiy bosqichlarini ko'rib chiqaylik.
U 1863 yil 12 yanvarda KalkuttadaVishvanath Dutta va Bhubanesvar Devi oilasida tug'ilgan. Uning bolalikdagi ismi Narendranath Dutta bo'lgan. Narendranathning otasi Vishvanath Dutta Ingliz va Fors tillaridan yaxshi xabardor edi. U shuningdek Injil va qadimgi Sanskrit tilidagi Huinduviylik qo'lyozmalarini ham yaxshi bilgan. Onasi Bhubanesvar Devi dinga qattiq e'tiqod qilgan. U o'g'liga katta qiziqish bilan eshitadigan mifologik hikoyalarni aytib berardi. Svami Vivekananda hayotdagi o'zining doimiy ilhom manbaayi onasi bo'lganligini tez - tez ta'kidlagan. U qadimiy epik dostonlar va Puranalarni onasidan o'rgangan. 1Svami Vivekananda yoshligidan faol va izlanuvchan bola bo'lgan, yaxshi o'qigan, musiqaga qiziqqan, bolaligidan meditatsiya bilan shug'ullangan va ruhiy masalalarga katta e'tibor qaratgan. U doim haqiqatni gapirgan va unga aytilgan gaplarning haqligini tekshirib ko'rishni xohlagan. U 1879 yildan Prezident, keyin esa Kalkuttadagi Shotlandiya cherkov kollejlarida tahsil olgan. U yerda u Yevropa falsafasi va tarixini o'rgangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'qish paytida Svami Vivekananda bir muncha vaqt hinduizm va ijtimoiy tuzumni isloh qilish tarafdori bo'lgan "Brahmo Samaj" diniy tashkilotida qatnashgan. O'sha paytda u o'zini doimiy ravishda qiynab kelgan diniy savollarga javob izlagan. U diniy idoralardan javob izlagan, o'qigan, fikr yuritgan, meditatsiya qilgan, asketizmga berilib ketgan.
1 Chattopadhyaya, Rajagopal (1999), Swami Vivekananda in India: A Corrective Biography, Motilal Banarsidass, ISBN 978-81-208-1586-5
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Svami Vivekananda Hind ruhiyatini G'arb jamiyatiga ochib berganligi bilan mashhur. U hinduviylik dinining vakili hisoblanadi. U ikki xil shaxsiyatga ega edi -ma'naviy va ijtimoiy islohotlar. Ko'pincha uning ma'naviy "Men"ini ijtimoiy "Men"idan ustun qo'yganligi kuzatilgan.
Svami Vivekanandaning ijtimoiy - axloqiy qarashlariga Vedalar qanday ta'sir ko'rsatganini ko'rib chiqamiz.
Bizga ma'lumki Vedalar qadimgi hind xalqi va qadimgi Hindiston haqida bizda yetarlicha ta'surot uyg'otish uchun asosiy manbaa hisoblanadi. Vedalarda hind xalqi hayotining barcha jabhalari keng yoritilgan. Vedalarni o'rganish asnosida biz qadimgi hind xalqi va zamonaviy hind xalqi turmush tarzi, urf - odat, an'ana va rasm-rusmlarida qanday o'zgarish bo'lganligini yoki haligacha uzgarmasdan kelayotganligini bilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Vedalar adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qadimgi hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy -falsafiy, estetik taraqiyot darajalarini o'zida ifoda etadi.
Upanishaflar asosan falsafiy - diniy risolalardan iborat ta'limot hisoblanadi. Upanishadlarda falsafiy masalar ancha keng yoritilgan bo'lib, hinduiylik xudosi Brahma borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudodlarning asosi, deb ulug'lanadi. Upanishadlarga ko'ra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo bo'lgan va unga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qo'shilib ketadi, degan fikrlariga o'xshashdir . Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma ta'limotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga ko'ra, har bir inson o'zidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson bo'lib keladi. Aksincha bo'lsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga ko'chadi.
Vedanta - Upanishadlarga asoslangan qadimiy falsafiy an'anadir. Uning asosiy yo'nalishlari: monizm (advaita-vedanta), cheklangan monizm (vishishta-advaita-vedanta) va dualizm (dvaita-vedanta)dir. Svami Vivekananda isloh qilingan tarzda qabul qilgan advaita - vedantaga rioya qiladi. XIX-XX asrlarda rivojlangan bu tendentsiyani tadqiqotchilar neo-vedanta deb atashadi2. Bu an'anaviy diniy tuzilmalar va ijtimoiy tabaqalardan voz kechish bilan tavsiflanadi.
2 См. Костюченко B.C. Классическая веданта и неоведантизм. — M.: Мысль, 1983. С.147.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Advaita - vedanta falsafasining asosiy tamoyili shundan iboratki, mutlaq haqiqat - Brahmandir3. Butun dunyo o'zining xilma-xilligi bilan yagona Brahmandir. Brahmanning ramziy xususiyati - mutlaq borliq, ong, baxtdir, haqiqatda ham u Nirguna Brahman, ya'ni "sifatsiz Brahman"dir. Bu yagona, abadiy va o'zgarmas Mutlaq Xudodir.
Advaita - vedantada dunyoning yagonaligi ta'kidlanadi. Ammo hamma narsa bitta bo'lsa, nega biz dunyoning ko'pligini ko'ramiz? Qanday qilib o'zgarmas Brahmandan turli xil narsalar paydo bo'lishi mumkin? Haqiqatning ikki darajasi mavjud: nisbiy (vyavaharika) va mutlaq (paramarthika). Nisbiy voqelik darajasida subyekt-obyekt munosabatlari mavjud bo'lib, dunyo ko'plab obyektlardan iborat deb qabul qilinadi, mutlaq voqelik darajasida esa bunday turdagi hech narsa yo'q. Odamlar dunyoni nisbiy darajada idrok etadilar, bunda hamma narsa vaqt, makon va sabablarga bog'liq. Dunyoning xilma-xilligi uning yagona voqelikni turlicha talqin qiladigan tana, his-tuyg'ular va ong orqali idrok etishi bilan bog'liq. Nisbiy voqelik darajasi - mayyadir.
Mayya boshlang'ichsiz, ongsiz, gunalardan iborat. Mayya va Brahman ikkita alohida prinsip hisoblanmaydi, balki Mayya Brahmanga bog'liqdir. Mayya nom va shakl sifatida Brahmanga qo'shilgan (adhyasa) dunyoning ko'pligi ko'rinishini beradi. Advaitada vaqt (kala), fazo (desha) va sabab (nimitta) bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa mayyada ekanligi ta'kidlanadi. Mayya - bu haqiqat ko'rinadigan pardadir.
Har bir tirik jon (^TïïT - jiva) ning maqsadi ozodlik holati (^W - moksha) ga
erishishdir, bu shaxs Brahman (Xudo, mutlaq haqiqat) bilan o'z Atmanini (oliy O'zini, ruhini) anglashni nazarda tutadi. Atman insonning eng oliy ruhiy subyektiv mohiyati bo'lib, u oxir-oqibat mutlaq borliq - Brahman bilan birlashishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, Svami Vivekanandaning ozodlik tushunchasi shaxsiy jihatdan jamoaviy tomonga o'tadi. Har bir inson nafaqat shaxsiy ozodlikka intilishi, balki bunga erishishda boshqalarga ham yordam berishi kerak. Svami Vivekananda buni har bir mavjudot ozodlikka erishmaguncha, Atman va Brahman anglash baxtiga hech kim erisha olmasligi bilan izohlaydi. Agar hamma narsa bitta bo'lsa, unda sansaradagi barcha mavjudotlar uchun ozodlik universal bo'lishi kerak4.
Agar Atman Brahman bilan bir xil bo'lsa, bu inson tabiatan pok, ilohiy va ozod ekanligini anglatadi. Bu haqiqatni tushunmaslikning sababi jaholatdir (avidya). Insonda jaholat qanchalik kuchli bo'lsa, uning ilohiy mohiyatni anglashi shunchalik
3 О природе Брахмана см. Веданта Сутра / Пер. с санскрита. СПб: ОВК, 1995. С.58.
4 Buni о^ vakШari barcha mavjudotlarni ozod qiИshga intiladigan Mahayananing ta'siri sifatida ко^И mumkin.
381
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
qiyin bo'ladi. Jaholat barcha illatlar va jinoiy xatti-harakatlarning sababi bo'lib, u koinotning birligini anglashga imkon bermaydi va azob-uqubatlarga olib keladi.
Advaita Vedantada jaholatdan ozod bo'lish va uni yengishning asosiy usuli bu jnana yoga, ya'ni "bilim yo'li"dir. Birinchi bosqichda Atman va Brahmanning kimligini tushunishga intilayotgan kishi ma'lum fazilatlar va qobiliyatlarga ega bo'lishi kerak: haqiqiy va o'tkinchini ajrata olish, qo'rqmaslik, "olti mukammallik" (ko'ngil xotirjamligi, hissiyotlarni nazorat qilish, voz kechish, sabr-toqat, diqqatni jamlash, ustozga ishonch) va ozodlikka bo'lgan haddan tashqari istak. Ikkinchi
bosqichda inson faqat Muqaddas Bitik - shruti) yordamida Atman va
Brahmanning o'ziga xosligini, insonning mohiyatini va Mutlaqligini tasdiqlovchi
"buyuk so'zlar" - mahavakya) ning ma'nosini tushunadi5.
Svami Vivekananda ozodlikka erishishda jnana yoganing ustuvorligini tan oladi, ammo o'z davrining ijtimoiy ahvoli bilan bog'liq bo'lganligi sababli birinchi o'ringa, karma yogani qo'yadi. Jnana yoga amaliyoti birlik dunyosi uchun ko'p qirrali dunyoni rad etishni va dunyoviy faoliyatdan voz kechishni nazarda tutadi. Karma yoga esa fidokorona xizmat va mehnatdan iborat va dunyodan voz kechishni talab qilmaydi. Inson dunyoda yashaydi, zarur bo'lgan hamma narsani qiladi, lekin o'z mehnatining barcha samarasini Xudoga bag'ishlaydi. Va barcha mavjudotlar yagona va mohiyatan ilohiy bo'lganligi sababli mehnat ham, jamiyatga xizmat qilish ham Xudoga xizmat sifatida qabul qilinadi.
Atman va Brahmanning o'ziga xosligi, har bir shaxs va Xudoning muhim birligi albatta Upanishadlarda ilgari surilgan, ammo ortodoksal pozitsiyasiga ko'ra, Vedalarni o'rganishga faqat uchta yuqori kastaning erkaklariga ruxsat beriladi. Qolganning Vedalarni o'qishlari qat'iyan man etiladi. Vedalar xatosiz va abadiy hisoblanadi. Bu masalada Svami Vivekanandaning pozitsiyasi boshqacha. U Vedalarni faqat ulardagi ruhiy haqiqatlarning abadiyligi ma'nosida abadiy deb hisoblaydi va ularni xatosiz ekanini tan olmaydi. Svami Vivekananda muqaddas bilimlarning hamma uchun tengligi va ommaga ochiq bo'lishi kerakligi g'oyasini himoya qiladi. U eskirgan ijtimoiy institutlarga keskin qarshi chiqadi, har bir hindni muqaddas matnlarni o'rganishga va bilishga chaqiradi.
Svami Vivekananda o'simlik, hayvon, inson yoki avliyo o'rtasidagi farq faqat ruhning namoyon bo'lish darajasida ekanligini ta'kidlaydi. Tana qanchalik qo'pol va ong qanchalik past bo'lsa, ruhning namoyon bo'lishi shunchalik kam bo'ladi; tana qanchalik nozik va ong qanchalik yuqori bo'lsa, ruhning namoyon bo'lishi ham
5 Веданта Сутра / Пер. С санскр. Д. М. Рагоза - СПб: Общество ведической культуры, 1995. С.42.
382
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
shunchalik ko'p bo'ladi. Inson sifatida biz hayvonlar yoki o'simliklardan farq qilamiz, lekin tirik mavjudot sifatida hammamiz birmiz. Biz hammamiz Brahmandamiz, unda hammamiz birmiz.
Bu yerda Svami Vivekananda tananing ongdan ustun kelishi bu tanada ruhning namoyon bo'lishiga to'sqinlik qilishini va ruhning namoyon bo'lishi uchun biz tanamizni noziklashtirishimiz va ongimizni rivojlantirishimiz kerakligini ta'kidlaydi. Aynan shu jumlalardan biz inson dunyo lazatlaridan o'zini tiyishi kerakligi haqidagi xulosaga ham kelishimiz mumkin. Chunki biz o'z nafsimizni tiyish va doimiy jismoniy mehnat orqaligina biz o'z tanamizni nozik bo'lishiga erishishimiz mumkin. Bu o'z navbatida ongimizni faol ishlashini ham ta'minlaydi.
Karma va reyinkarnatsiya hinduizmning an'anaviy ta'limotlaridir. Bu erda shuni ta'kidlash kerakki, Svami Vivekananda karmani o'lim sifatida emas, balki har bir inson uchun o'z taqdiri va kelajak hayotini qurish imkoniyati sifatida tushunadi. Karma - bu dunyoning uyg'unligi va muvozanati uchun mas'ul bo'lgan shaxssiz qonun mavjudligi haqidagi ta'limotdir va har qanday ongli mavjudotni jismoniy, nutqiy yoki aqliy harakatlariga muvofiq mukofotlaydi. Har bir inson o'z hayoti uchun to'liq javobgardir va u bilan sodir bo'lgan vaziyatlarni o'zi shakllantiradi. Karma bir hayotda emas, balki ko'plab oldingi hayotlarda shakllanadi. Reyinkarnatsiya ta'limotida son-sanoqsiz hayot davomida tanaga aylanadigan o'lmas ruh haqida so'z yuritiladi. Karma va reyinkarnatsiya orqali odamlarning xilma-xilligi va tengsizligi tushuntiriladi. Barcha odamlar avvalgi hayotlarida turlicha tajribalarga ega bo'lishadi, bu esa insonning hozirgi holatini belgilaydi. Svami Vivekananda irsiyat tananing jismoniy konfiguratsiyasi uchun mas'ul va o'tmishdagi hayot xarakter va moyilliklarni shakllantiradi deb hisoblaydi. Insonning odatlari shu yoki o'tgan hayotdagi harakatlarning takrorlanishi bilan izohlanadi.
Svami Vivekanandaning "advaita - vedanta"si amaliy ahamiyatga ega. 1896-yil noyabr oyida Londonda o'qigan "Amaliy Vedanta" ma'ruzasida u eng amaliy din -bu mohiyati Xudo hisoblangan, butun olamning birligini tan oluvchi din eganligini ko'rsatadi. Bu tamoyil bilan u insonning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini hamda, barcha mavjudotlarning birodarligini ta'kidlaydi. Svami Vivekananda antropomorfik xudolarni va ulardan qo'rqishni axloqiy asos sifatida rad etadi. "Amaliy Vedanta" dunyoviy hayotdan tafakkur tomon chekinishni talab qilmaydi, aksincha, uning mohiyati ta'limotlarni har bir insonning kundalik hayotida qo'llashdadir. "Amaliy Vedanta" tushunchasining shakllanishidagi asosiy ustun "Bhagavad Gita"dir6.
6 Махабхарата. Бхагавагита / Пер. С санскр. Б.Л Смирнова. - Ашхабат: Издательство АН ТССР, 1960. С.121.
383
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Isloh qilingan Vedantaning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, uning turli yo'nalishlarining umumiy asosiga urg'u berilgan bo'lib, ular bir maqsad sari yetaklovchi qadamlar deb tushuniladi. Dualizm, cheklangan monizm va monizm ierarxik tartibda joylashgan. Bu yo'nalishlar bir biriga qarama-qarshi emas, balki biri birini to'ldiradi. Bunda biz turli diniy oqimlar o'rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishga urinishni ko'rishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Svami Vivekanandaning Vedantasi isloh qilingan advaita-vedanta bo'lib, uning asosiy xususiyatlari borliqning yagonaligi, barcha odamlarning tengligi va birodarligi haqidagi g'oyalar, qat'iy ijti moiy ierarxiyani rad etish va turli xil odamlarni birlashtirish istagidir.
REFERENCES
1. Костюченко В.С. Классическая веданта и неоведантизм. — М.: Мысль, 1983;
2. О природе Брахмана см. Веданта Сутра / Пер. с санскрита. СПб: ОВК, 1995;
3. Веданта Сутра / Пер. С санскр. Д. М. Рагоза - СПб: Общество ведической культуры, 1995.
4. Вишну-смитри / Пер. С санскр. Н. А Корнеевой. - М.: Восточная литература,
5. Махабхарата. Бхагавагита / Пер. С санскр. Б.Л Смирнова. - Ашхабат: Издательство АН ТССР, 1960.
6. Chattopadhyaya, Rajagopal (1999), Swami Vivekananda in India: A Corrective Biography, Motilal Banarsidass, ISBN 978-81-208-1586-5
2007.