Научная статья на тему 'SA’DUDDIN TAFTAZONIYNING “SHARH AL-AQOID” ASARIDA “ISHBOSHILARGA ITOAT” MASALASI JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

SA’DUDDIN TAFTAZONIYNING “SHARH AL-AQOID” ASARIDA “ISHBOSHILARGA ITOAT” MASALASI JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
158
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ishboshi / naqliy va aqliy dalil / itoat / kalom ilmi / tarixiy kontekst / ijtimoiy voqelik / ijtimoiy ixtilof / ob’ektiv ijtimoiy mezon / ijtimoiy qatlam / ijtimoiy hayot barqarorligi. / Ishboshi (supervisor) / narrative and mental argumentation / obedience / science of kalam / historical context / social reality / social conflict / objective social criterion / social stratum / stability of social life.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Norqobilov, Mirzaqul Xidirovich

Maqolada Sa’duddin Taftazoniyning “Sharh al-aqoid” asarida ta’kidlangan ayrim ijtimoiy holatlar naqliy va aqliy dalillar asosida yoritilgan. Xususan, ishboshilar va ularga bo‘ysunish holatidagilar o‘rtasidagi munosabatning qiyosiy tahlili tarixiy kontekst hamda bugungi kun nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAUDUDDIN TAFTAZANI'S SHARH AL-AQAID: "Obedience to Leaders" as an Important Factor in Ensuring Social Stability

This article, on the basis of narrative and mental argumentation, highlights some of the social situations indicated in the work of Saduddin Taftazani “Sharh al-aqaid”. In particular, the relationship between "ishboshi" (leaders of work) and the situation of subordination to them is examined, and a comparative analysis is made from today's point of view and historical context.

Текст научной работы на тему «SA’DUDDIN TAFTAZONIYNING “SHARH AL-AQOID” ASARIDA “ISHBOSHILARGA ITOAT” MASALASI JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

Scientific Journal Impact Factor

SA'DUDDIN TAFTAZONIYNING "SHARH AL-AQOID" ASARIDA "ISHBOSHILARGA ITOAT" MASALASI JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Maqolada Sa'duddin Taftazoniyning "Sharh al-aqoid" asarida ta'kidlangan ayrim ijtimoiy holatlar naqliy va aqliy dalillar asosida yoritilgan. Xususan, ishboshilar va ularga bo'ysunish holatidagilar o'rtasidagi munosabatning qiyosiy tahlili tarixiy kontekst hamda bugungi kun nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi.

Kalit so'zlar: Ishboshi, naqliy va aqliy dalil, itoat, kalom ilmi, tarixiy kontekst, ijtimoiy voqelik, ijtimoiy ixtilof, ob 'ektiv ijtimoiy mezon, ijtimoiy qatlam, ijtimoiy hayot barqarorligi.

В данной статье на основе повествовательной и умственной аргументации освещаются некоторые социальные ситуации, указанные в произведении Саъдуддина Тафтазани "Шарх аль-акаид". В частности, исследуются отношения между «ишбоши" (руководящими работой) и ситуацией подчинения им, также делается сравнительный анализ с сегодняшней точки зрения и исторического контекста.

Ключевые слова: Ишбоши (руководящий работой), повествовательная и умственная аргументация, послушание, наука калам, исторический контекст, социальная реальность, социальный конфликт, объективный социальный критерий, социальный слой, стабильность общественной жизни.

This article, on the basis of narrative and mental argumentation, highlights some of the social situations indicated in the work of Saduddin Taftazani "Sharh al-aqaid". In particular, the relationship between "ishboshi" (leaders of work) and the situation of subordination to them is examined, and a comparative analysis is made from today's point of view and historical context.

Keywords: Ishboshi (supervisor), narrative and mental argumentation, obedience, science of kalam, historical context, social reality, social conflict, objective social criterion, social stratum, stability of social life.

Norqobilov Mirzaqul Xidirovich

Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi +99891-336-90-40, [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Ijtimoiy-tarixiy davr kontekstida mutafakkirlar tomonidan yaratilgan g'oyalarni o'rganish, ularning falsafiy bilimlarini ilmiy-nazariy tadqiq qilish jamiyatning, qolaversa, insoniyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilishi natijasida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy merosini o'rganish, tadqiq etish, xususan, davlat hamda jamiyat hayotida paydo bo'layotgan turli muammolar yechimida samarali mexanizm vazifasini bajaradi.

Ma'lumki, davlat tomonidan o'rnatilgan tartib-qoidalarga to'g'ri va to'liq hamda majburiyatni his qilgan holda amal qilish har bir shaxsning fuqarolik burchi hisoblanadi. Bu masala tarixiy davr kontekstida sayqallanib kelgan ijtimoiy voqelik bo'lib, adolatli davlat boshlig'iga itoat qilish, uning buyruqlarini ijrosida yelkadosh bo'lishlik Sharq davlatchilik tendensiyalaridan ma'lum va mashhurdir. Xalq orasida «Podsho amri vojib» degan naql davrlar osha o'z ahamiyatini yo'qotmagan ob'ektiv mezon hisoblanadi.

Jamiyat taraqqiyotida yuz bergan yuqoridagi jihatlarni o'z davrida islom ma'rifati va yuksak ratsional tafakkur uyg'unligida asoslab bergan buyuk mutafakkir Sa'duddin Taftazoniyning konseptual g'oyalari bugungi kun nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixiy davr kontekstida yaratilgan bo'lsada, bugungi kun ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi masalalar yechimida ahamiyatli bo'lgan va sharqona demokratiya talablarini o'zida jamlagan Taftazoniyning ilmiy g'oyalari yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatini barpo etishda qimmatli manbalar qatorida tadqiq qilinadi. Shu jihatdan olganda, Abu Xafs Nasafiyning «Aqoid» asari va mazkur kitobning sharhi sifatida dunyoga kelgan Sa'duddin Taftazoniyning «Sharh al-aqoid» asari islom olamida kalom ilmi borasidagi eng mashhur kitoblardan biri sifatida e'tirof etiladi. Ushbu manba strukturaviy jihatdan kalom falsafasiga oid bir necha mavzularni qamrab oladi. Jumladan, Abu Xafs Nasafiy tomonidan yozilgan «sultonga qarshi bosh ko'tarib chiqilmaydi» rukni ostidagi mavzuda quyidagi jumlalar keltiriladi.

[j^ijg j^ V

J^ rUi)1 ^f J JL.Ij tju; ¿it a^U* ¿p c^1 ^ Jj-^ V J

cLiULl Jbtj cl^SHj jjjU /iU tj_«31 j^fc Jii tju; ¿1 ¿Li

Ojjj «p^W J^S'J ^ wiLJlj t^Jui*jji . Jji tUJ ^U*^ J*^ c_J JSJ V^JLt £

Ma 'nosi:

«Sunniylik e'tiqodi va xanafiy mazhabi ulamolari ixtiyor etgan so'zlariga ko'ra, ishboshilarga qarshi chiqilmaydi, agarda ularda fosiqlik alomatlari va raiyatga nisbatan zulm sodir bo'lgan bo'lsa ham, ularga ergashgan holda orqalaridan turib jamoat namozlari va iyd namozlari o'qilaveradi. Bu masala yuzasidan oldin o'tgan solih ulamolar ham xuddi shunday fikrda bo'lishgan. Faqatgina xavorijlar firqasi bu fikrga qarshi chiqishgan»1.

Yuqoridagi holatda mutafakkir Nasafiy so'zlari ilmiy uslubda yuksak mahorat bilan ifodalanganligini ko'rish mumkin. Huquqiy (fiqhiy) masalalar qisqa va lo'nda, hamma uchun tushunarli ixcham, rasmiyatchilik va badiiylikdan holi tarzda yozilgan. Aqliy va naqliy dalillar keltirilmagan. Bu esa, normativ qonun kuchiga ega bo'lgan har bir huquqiy masalani o'quvchi tomonidan tezroq o'zlashtirish imkonini beradi. Asarda yoritilgan barcha huquqiy masalalar yuqorida ta'kidlangan tartibda bayon etilgan.

Abu Xafs Nasafiyning muhokama qilinayotgan aqidaviy masala yuzasidan fikri tugallangandan so'ng, Taftazoniyning mazkur masala yuzasidan sharhi boshlanadi.

Nasafiyning «sultonga qarshi bosh ko'tarib chiqilmaydi» rukni ostidagi fikrlari Taftazoniy tomonidan quyidagicha sharhlanadi.

J Iii iJL«Jl i_rLi ^jJi Lj^l Jj Jiil tJUj j>} j**

iljj) "jji ^ ^jS"1 J & ¿rtjaJ^ out y ¿I Jj^j y}

[W Vljfdl]

Mazmuni:

1 CatgyggnH Ta$Ta30Hnn. fflapx a^-a^ong aH-Haca$nn. -Kapann: MaKTa6aT y^-6ympo, 2009 hh^ 1-Hamp. -B.367-

«O'tgan solih kishilar ishboshilarga itoat qilishlik aqidasiga ham qalban, ham jismonan bo'ysunishar edi va bunga naqliy dalil keltirishgan: «Tobeiynlardan bo'lgan Ziyod al-Adaviy aytadilar: Abu Bakra bilan birga Ibn Omir huzurida edik, u yomon kiyimlarini kiyib, odamlarga xutba qilar edi. Shu paytda men, «Amirimizga qaranglar, u fosiqlarning kiyimini kiyib olgan», -deb aytdim. U: «Jim bo'l!»,-dedi. Men Rasululloh (s.a.v)ni: «Kim Allohning yerdagi sultonini xor qilsa, Alloh uni xor qiladi», deganlarini eshitganman dedilar».2

Mutafakkirlarning yuqorida ta'kidlangan qarashlardagi analogik tahlilda Abu Xafs Nasafiy bir vaqtning o'zida huquqiy (fiqhiy) masalani bayon qilish bilan birga, o'sha zamon va makonda faoliyat yuritgan xavorijlar firqasining mazkur huquqiy masalaga bo'lgan munosabatini raddiya shaklida ifodalaganligini ko'rishimiz mumkin.

«Sultonga qarshi bosh ko'tarib chiqilmaydi» deb nomlanuvchi dialektik mavzu yuzasidan yuqorida bayon etilgan qarashlarni naqliy dalillardagi bayonini keltirishga harakat qildik.

Naqliy dalillarning avvali bo'lgan Qur'oni Karimning Niso surasi 59-oyatida: «Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, payg'ambar va o'zingizdan bo'lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsangiz, uni Allohga va payg'ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir»3. Qur'oni karimning mazkur oyatlarida Yaratuvchining insoniyat jamoasiga itoat qilish masalasidagi hukmlarning ilohiy va insoniy bosqichlarini tushuntiradi. Shuningdek, mutafakkir axloqiy qarashlaridagi hurmat va tavoze kabi sharqona fazilatlar murosasozlikni yuksak namunasi sifatida yuqoridagi jumlalarga kompensatorlik vazifasini bajaradi.

Amr ibn Osdan rivoyat qilingan hadisda payg'ambarimiz (s.a.v.) «Kimki rahbarga chin ko'ngildan qo'l berib, bay'at qilsa, toqati yetgunicha itoat qilsin»4. Rahbarga itoatsizlik esa, jamiyat ijtimoiy barqarorligiga rahna soluvchi, jamoa a'zolari orasida destruktivlikni targ'ib qiluvchi omil sifatida e'tirof etiladi.

Demak, har bir fuqaro o'z zimmasidagi huquq va majburiyatlarni ado etishda, biror masala yuzasidan nizolashayotgan odamlar orasida adolat bilan hukm yuritishda

2 Саъдуддин Тафтазоний. Шарх ал-акоид ан-Насафий. -Карачи: Мактабат ул-бушро, 2009 йил 1-нашр. -Б.367. -

^pJl ^jljjsS с ^j^ с ^^j'ljS с ^t'ini^lj с ^J^JJI С ^JJV! t ~:367

3 Шайх Абдулазиз Мансур. «Куръони карим» узбек тилидаги маънолари таржимаси. -Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2006 йил.

4 Айдарбек Тулепов. Ислом ва акидапараст окимлар. -Тошкент: Шарк НМАК, 2013 й. -Б.119.

Scientific Journal Impact Factor

va boshqa ishlarda, avvalo, «Yaratuvchiga itoat, so'ngra payg'ambar (s.a.v.)ga itoat, keyin ishboshilarga itoat etmog'i lozim»5.

Mazkur axloq normasini nazariy tahlil qiladigan bo'lsak, muayyan jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning bo'ysunishi lozim bo'lgan uch ko'rinishdagi ijtimoiy holati haqida gap boradi.

Yuqorida ta'kidlangan tushunchalarning falsafiy tahlili shundan iboratki, naqliy dalildagi birinchi itoat, o'zining «men»ini anglab yetgan aql-idrokli fuqaroda vijdon tuyg'usi shakllanadi va bu tuyg'u kundalik turmushi davomida moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga qodir bo'lgan yagona zot - Yaratuvchi ekanligini anglaydi. Bunday holatda Yaratuvchiga itoat etish jarayoni insonga majburiyat hissiga nisbatan ko'proq ertangi kunga umid va ishonch tuyg'usini baxsh etadi.

Yaratuvchiga itoat qilish uning ilohiy kitobi - Qur'oni karimga amal qilish bilan sodir bo'ladi.

Naqliy dalilda keltirilgan ikkinchi ko'rinishdagi itoat haqida tarixiy davr nuqtai nazaridan fikr yuritsak, Muhammad (s.a.v.)ning sunnatlariga amal qilib yashash komillikka erishuvning asosiy tamoyili ekanligini anglab yetamiz. Komil inson maqomi esa, biz erishishimiz kerak bo'lgan pirovard natija, ya'ni huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy manbaini tashkil etadi.

Manbada ta'kidlagan dastlabki ikki holatdagi itoat tarixiy davr kontekstida jamiyat yoki jamoa uchun hech qachon salbiy oqibat olib kelmagan, aksincha, har ikkala holatdagi bo'ysunishning elementlari bo'lgan vijdon amri, halollik, poklik, o'zaro hurmat, insonlarning bir-biriga yaxshilik qilishi kabi amallar ijtimoiy muhitda insonlarda pozitiv kayfiyat, davlat va jamiyatning barcha strukturasida taraqqiyotga olib boruvchi omil bo'lib xizmat qilgan.

Izohlanayotgan «ishboshi» so'zi, zamonaviy istilohda tahlil qilinadigan bo'lsa, jamiyatning har bir strukturasidagi rahbar va uning qo'l ostida bo'lgan xodim o'rtasida vujudga keladigan altruistik tushunchalarni to'g'ri shakllantirilishi bilan bog'liq holda o'rganiladi. Bunda insof va adolat, hallolik va diyonat, oriyat, o'zganing haqqiga xiyonat qilmaslik, insonlarning dardini tinglay bilish kabi ahloqiy fazilatlar har qanday jamoa rahbarining asosiy quroli bo'lmog'i kerakligi uqtirilgan.

Gumanistik g'oyalarni targ'ib qiluvchi asarlarda har bir ishboshining faoliyati jarayonida biror masalada ixtilof paydo bo'lib nizo kelib chiqsa, naqliy dalillarning avvali bo'lgan Qur'oni Karimga va payg'ambar (s.a.v.) hadislariga murojaat qilishlik adolatning eng yuksak namunasi ekanligi ta'kidlanadi. Agar bu qoidaga rioya

5 https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=14072417986882936351&btnI=1&hl=ru

etilmasa, muammoni o'zicha hal qilinishiga erk berilsa, jamiyatda tartib-intizom buziladi, har bir insonning aqliy qobiliyati va fikrlash darajasi turlicha bo'lganligi sababidan turlicha ko'rinishdagi ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu esa jamiyatda parokandalik, boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi va davlatning tanazzuliga olib keladi.

Bunday salbiy holatlar natijasi o'laroq, birinchidan, islom falsafasi va kalom ilmi insonlarni doimo izlanuvchan, jamiyatda paydo bo'ladigan turli ko'rinishdagi muammolar yuzasidan hozirjavob bo'lishga chorlaydi. Ikkinchidan, islom falsafasi har qanday zamon va makonda yuzaga keladigan turli muammolarga to'g'ri yechim topish imkonini beradi. Uchinchidan, agar Qur'oni Karimda ham, Hadisda ham analogiyasi mavjud bo'lmagan masala yuzasidan yechim zaruriyati paydo bo'lsa, bu masalaning yechimi ishboshilarga havola qilinadi.

Ko'pchilik nazdida «ishboshi» deganda muayyan ma'nodagi rahbar qiyofasi namoyon bo'ladi. Bunday holatda masalaga biryoqlama yondashuv mantiqiy xatolikni keltirib chiqaradi. Islom ulamolari Qur'oni Karim oyatidagi «ishboshi»larni shunday tushuntirganlar: islom huquqida ijtihod, ya'ni muayyan kalomiy masalaga javob topa olish darajasiga yetgan olimlarning jamlanib, qaror qabul qilishlari ishboshilikdir. Shu jihatlarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, qaroriga bo'ysunishlik lozim bo'lgan har bir struktura rahbari ham ishboshi hisoblanadi.

Boshqaruvda «ishboshi»larning roli masalasini bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilib, jamiyat hayotiga tatbiq qilishni maqsad qilar ekanmiz, istiqbolli rahbar kadrlarni tayyorlash tizimi har kungidan ko'ra dolzarb tus olganligini alohida ta'kidlash lozim. Bu jarayon davlatimiz ichki siyosatining muhim masalasiga aylandi. Jamiyat hayotining muayyan sohasidagi mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlarini topishda Sa'duddin Taftazoniy asarida ta'rifi keltirilgan «ishboshi»lar zimmasiga bir qator burch va majburiyatlarni yuklaydi. Mazkur majburiyatni ado etish uchun «eng avvalo, rahbardan aql-idrok talab etiladi. Aql idrokli bo'lish bilan bir qatorda rahbar odam mustahkam irodali, iymoni butun, oriyatli bo'lishi bilan shart. U bag'rikeng, ayni zamonda talabchan bo'lishi shart»6,-deya ta'kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohadagi islohotlarimizning samarasi o'laroq, mamlakatimizda o'zining shaxsiy fikri, qarashlari va sohaga nisbatan kreativ yondashuviga ega bo'lgan zamonaviy «ishboshi»larni mas'uliyatli lavozimlarga tayinlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Rahbar kadrlar ongida mutafakkirlar ma'naviy merosi va zamonaviy bilimlarni uyg'unlashtirish

6 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан колсин. 2-жилд. -Т: Узбекистан, 1996. -Б.123

870

bugungi kunning ob'ektiv zaruriyatidir. Bu esa siyosiy yetakchilik jarayonining shakllanishiga fundamental ahamiyat kasb etadi. Bu masalada siyosiy yetakchi davlatning barqaror taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan, davlatning siyosiy hayotiga, nuqtai nazariga salmoqli ta'sir ko'rsata oladigan ijtimoiy hayot ideal obrazining ma'naviy qiyofasini shakllantira oladigan, har tomonla yetuk siyosatdonlar faoliyati tadqiqotning ilmiy mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy «ishboshi»larning ijtimoiy-ma'naviy va axloqiy qiyofasini shakllantirish hamda boshqaruv tizimida adolat tamoyillarining ustuvorligini ta'minlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shunday ta'kidlaydi: «Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar... faoliyatining kundalik qoidasi bo'lib qolishi kerak»7.

Yangicha dunyoqarashga ega bo'lgan zamonaviy «ishboshi»larda axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularning ijtimoiy adolat ijrosini ta'minlash jarayonida ijobiy natijalarni qo'lga kiritayotganligiga zamon nuqtai nazaridan guvohi bo'lmoqdamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi bu borada jonbozlik ko'rsatib kelmoqda.

Yuqorida ta'kidlangan jihatlarni inobatga olganimizda, «ishboshi»larda zamonaviy boshqaruv salohiyatini shakllantirishda va ular ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirishda Sa'duddin Taftazoniyning konseptual qarashlari ma'lum ma'noda nazariy manba vazifasini bajaradi.

Tarixiy davr tendensiyasidagi islomiy bilimlar va zamonaviy qarashlarning dalillaridan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki, mutafakkir Taftazoniyning ilmiy merosini chuqur tadqiq etish, uni mamlakatimizdagi bugungi demokratik islohotlar jarayoniga izchil tatbiq qilish, ma'naviy meros sintezi asosida o'zlashtirilgan bilimlarni insoniyat kamoloti uchun yo'naltirish masalasi tadqiqotchi olim va faylasuflar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Buyuk mutafakkir Taftazoniy siymosida, bugungi kunda biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining tarixiy asoslarida uning aql-idroki, tafakkur tarzi va islom ilmlari haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotda Taftazoniy asarlaridagi g'oyalarni davlat va jamiyat taraqqiyotida mamlakat rahbarining roli hamda ahamiyatini yorqin dalillar asosida ko'rsatib bergan bugungi zamon olimlarining fikrlari bilan qiyosiy tahlil qildik.

7 Mnp3neeB ffl.M. TaH^ngnö Taxgnn, ^aTtun TapTn6-HHTH30M Ba rnaxcnn ®aBo6rap^HK xap 6np pa^6ap $ao^HHTHHHHr KyHga^nK ^ongacn 6y^n6 ^o^umn KepaK. -T:. Y36eKHCTOH. 2017. -6.6

«Davlat boshlig'ining dono siyosati va qat'iyati mamlakatni chuqur tanglikdan olib chiqqan... Chunki davlat boshlig'i oqilona siyosat yuritganida mamlakatning boyligiga boylik qo'shish, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uni obru-e'tiborli davlatga aylantirish mumkin».8

XULOSA VA TAKLIFLAR

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Taftazoniyning «Sharh al-aqoid» asarida «sultonga qarshi bosh ko'tarib chiqilmaydi» mavzusi jamiyatda paydo bo'ladigan muayyan masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning o'z vazifalariga nisbatan adolat va insof bilan yondashuvi hamda buning natijasida jamiyat a'zolari orasida tinchlik-totuvlik, murosasozlik, bag'rikenglik, o'zaro hurmat ruhidagi hamkorlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirishda nazariy manba bo'lib xizmat qiladi.

Kezi kelganda shuni ham alohida qayd etish kerakki, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning xalq va davlat manfaati yo'lida olib borayotgan pragmatik siyosati alohida e'tirofga loyiq. Birgina «xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak»9 shiori ostidagi konseptual tamoyili bo'yicha rahbarlarning aholi oldida hisobot berish tizimining joriy etilishi, mutafakkir Taftazoniy asaridagi «ishboshi»larning boshqaruv sohasidagi insoniy va kasbiy sifatlari haqidagi iqtibosining amaliy namunasidir. Bu esa Taftazoniy asarlarining asrlar osha o'zining rasional tafakkur bobidagi ma'rifiy ahamiyatini yo'qotmaganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lib qolishi kerak. -T:. O'zbekiston. 2017. -B.6.

2. Gafarli M. S., Kasaev A. Ch. Rivojlanishning o'zbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot asosi. -T.: «O'zbekiston», 2001, -B.23.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Muroj aatnomasi 2017.22.12.

4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. -T: O'zbekiston, 1996. -B.123.

5. Sa'duddin Taftazoniy. Sharh al-aqoid an-Nasafiy. -Karachi: Maktabat ul-bushro, 2009 yil 1-nashr. -B.367-368. - ^ <^IJ3i3 с с ' Ц^Ь ' ^ ^j^l с с^^ JjVI С A^i^:367-368

8 Гафарли М. С., Касаев А. Ч. Ривожланишнинг узбек модели: тинчлик ва баркарорлик - тараккиёт асоси. -Т.: «Узбекистан», 2001, -Б.23.

9 Узбекистан Республикаси Президента Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси 2017.22.12.

872

Scientific Journal Impact Factor

6. https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=14072417986882936351&bt nI=1&hl=ru

7. Shayx Abdulaziz Mansur. «Qur'oni karim» o'zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi. -Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2006 yil

8. Aydarbek To'lepov. Islom va aqidaparast oqimlar. -Toshkent: Sharq NMAK, 2013 y. -B.119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.