Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYADA “QOBUSNOMA” ASARINING MA’NAVIY AHAMIYATI'

MILLIY TARBIYADA “QOBUSNOMA” ASARINING MA’NAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy qadriyat / milliy tarbiya / ta’lim / tarbiya / aql / sharqona odob / axloq / ilm / hunar / sabr / qanoat / rostgo‘ylik / yaxshilik / yomonlik / mehnatsevarlik / saxiylik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Egamova Shoxida Djalilovna, Anvarjonov Adaxamjon Akmaljon O‘g‘li

Farzand tarbiyasi uchun dasturulamal vazifasini o‘taguvchi bir qator noyob durdona asarlar mavjudki, ularning orasida Kaykovusning “Qobusnoma” asari o‘zining ma’naviy ahamiyati, badiiy qimmati jihatidan alohida ajralib turadi. Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari va unda farzand tarbiyasi masalasi xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYADA “QOBUSNOMA” ASARINING MA’NAVIY AHAMIYATI»

MILLIY TARBIYADA "QOBUSNOMA" ASARINING MA'NAVIY AHAMIYATI

*Egamova Shoxida Djalilovna, 2Anvarjonov Adaxamjon Akmaljon o'g'li

TIPI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi TIPI Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13945047

Annotatsiya. Farzand tarbiyasi uchun dasturulamal vazifasini o'taguvchi bir qator noyob durdona asarlar mavjudki, ularning orasida Kaykovusning "Qobusnoma" asari o'zining ma'naviy ahamiyati, badiiy qimmati jihatidan alohida ajralib turadi. Ushbu maqolada Kaykovusning "Qobusnoma" asari va undafarzand tarbiyasi masalasi xususida so'zyuritilgan.

Kalit so'zlar: milliy qadriyat, milliy tarbiya, ta'lim, tarbiya, aql, sharqona odob, axloq, ilm, hunar, sabr, qanoat, rostgo'ylik, yaxshilik, yomonlik, mehnatsevarlik, saxiylik.

Аннотация. Существует ряд уникальных шедевров, служащих программой для воспитания детей, среди которых особо выделяется по своему духовному значению, художественной ценности произведение Кайковуса "Кобуснома". В этой статье рассматривается работа Кайковуса "Кобуснома" и рассматривается вопрос о воспитании детей.

Ключевые слова: национальная ценность, национальное воспитание, образование, воспитание, интеллект, восточная этика, мораль, наука, ремесло, терпение, удовлетворение, честность, добро, зло, трудолюбие, щедрость.

Abstract. There are a number of unique masterpieces that serve as a program for the upbringing of children, among which the work of Kajkovus "Kobusnoma" stands out in its spiritual significance and artistic value. This article examines the work of Kajkovus "Kobusnoma" and examines the issue of parenting.

Keywords: national value, national upbringing, education, upbringing, intelligence, oriental ethics, morality, science, craft, patience, satisfaction, honesty, good, evil, diligence, generosity.

"Qanchalik qiyin bo'lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo'yicha o'zimizga xos va ta'sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg'unchi va zararli g'oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma'naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo'lishingiz kerak. Xalqimizning ma'naviy qudrati va boqiy an'analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz1". Sh.M. Mirziyoyev

Darhaqiqat, kelajagimizning munosib vorislari-yoshlarimizning barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" deb nomlangan kitobida "Biz yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur", deb ta'kidlaydi. Zero, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayot sinovidan o'tgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir2.

1 Mirziyoyev Sh.Yoshlar kelajagi bilan bog'liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega. https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-yoshlar-kelajagi-bilan-bogliq-har-qanday-vazifa-birlamchi-ahamiyatga-ega.

2 Inamov.Q. Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. https://cyberleninka.ru/article/n/qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi/viewer

Millat tarbiyasi hamma zamonlarda ham o'zining dolzarbligini yo'qotmagan masala bo'lib, azaldan Sharq allomalari, mutafakkirlari, olimu ulamolari farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib kelganlar. Farzand tarbiyasi uchun dasturulamal vazifasini o'taguvchi bir qator noyob durdona asarlar mavjudki, ularning orasida Kaykovusning "Qobusnoma" asari o'zining ma'naviy ahamiyati, badiiy qimmati jihatidan alohida ajralib turadi. Unsurulmaoliy Kaykovus tomonidan yaratilgan ushbu asar Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan mashhur asar sanaladi.

"Qobusnoma" pand-nasihat tarzida yozilgan didaktik asar bo'lib, unda farzand tarbiyasida eng muhim o'rinni egallaydigan axloq masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to'g'rilikka, rostgo'ylikka, yaxshilikka, adolatlilikka, mehnatsevarlikka undaydi: "Ey farzand, yaxshilik qil va qilg'on yaxshilikdin hargiz pushaymon bo'lmag'il. Bir kishig'a bir yaxshilik qilsang, ko'rgilki, yaxshilik qilg'on vaqtda u kishiga naqadar rohat yetg'on bo'lsa, sening ko'nglingga ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur. Agar bir kishiga yomonlik qilsang, unga naqadar ranj yetsa, sening ko'nglingga ham ul miqdor tanglik yetishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, yetgusidur. Mening bu so'zimg'a munkir bo'lmag'ilki, har kishi butun umrida bir kishiga yaxshilik va yomonlik qilg'on bo'lsa, bu haqda andisha qilsin, mening bu so'zum rostdur. Bas, agar qila olsang hech kishidan yaxshilikni darig' tutmag'il, yaxshilikningfoydasi bir kuni ro 'yobga chiqar "3.

Yaxshilik qilish xususida so'z borar ekan, xalq mehnatining qadriga yetishlikni, o'zganing haqqiga xiyonat qilmaslikni, rostgo'y bo'lishni, til bilan dil birligi insoniy fazilatlarning eng ulug'i ekanligini uqtirib o'tadi: "Ey farzand, hargiz yaxshilik qilmoqni tark etmag'il, hamisha yaxshilikni xaloyiqqa ko'rguzg'il va also uning aksin ko'rguzmag'il, boshqa til bila so'zlamag'il. Boshqa ko'ngil bila fikr etmag'il, bug'doyni ko'rguzib arpani sotmag'il va barcha yerda o'zingdin dod berg'il. Xususan, o'zingning yaqin qarindoshlaringga imkon borichayaxshilik qil va o'zingning qabila va urug'ing qarilarini izzat, hurmat qil. Xalqning o'z hunarini ko'p ko'rg'il, haqqin yaxshi bilg'il".

Asarning buyuk ahamiyati shundaki, unda asosan sharqona odob, axloq, madaniyat, urf-odatqa yo'g'rilgan insoniy fazilatlar tarannum etiladi. Kaykovus yirik davlat arbobi sifatida o'g'li Gilonshohga nafaqat podshohlik, vazirlik kabi ulug' martabadan tortib, yaxshilikka undaydigan jamiki umuminsoniy masalalar haqida ta'lim beradi. Asarning badiiy qimmati shundaki, hamma zamonlarda, hamma ijtimoiy-siyosiy tuzumda ham yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda o'zining qiymatini yo'qotmaydi. Jumladan, asarda insoniy fazilatlar haqida so'z borar ekan, "aqldan boy bo'lmoq" zikrida bir qator qimmatli fikrlar bildiradi: "Agar molsizlikdan qashshoq bo'lsang, aqldan boy bo'lmoqqa say' ko'rguzg'ilki, mol bila boy bo'lg'ondan, aql bila boy bo'lg'on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo'lur, ammo mol bila aql o'rganib bo'lmas. Bilg'il, aql bir moldurki, uni o'g'ri ololmas, u o'tda yonmas, suvga oqmas. Bas, agar aqling bo'lsa, hunar o'rgang'il, nedinkim, hunarsiz aql-boshsiz tan, suratsiz badandekdur"4.

Kaykovus aql haqida so'z borganda, aqlni insonga aytib o'rgatib bo'lmasligini, aqlning ikki turi mavjudligini, biri tug'ma, ikkinchisi esa kasbiy aql ekanligini bayon qiladi. Agar tug'ma aql bo'lmasada, kasbiy aqlni imkon qadar egallash lozimligini ta'kidlaydi. Bu borada allomaning ushbu fikrlari o'rinlidir: "Aqlni kishiga zo'rlik bila o'rgatib bo'lmas. Bilg'ilki, aql ikki xildur;

3 Kaykovus. "Qobusnoma". -T.: "O'qituvchi", 2006. -B.39. (Keyingi o'rinlarda keltirilgan misollar yuqorida ko'rsatilgan asardan olingan).

4 Ko'rsatilgan asar. -B.37.

biri tug'ma aqldur, uni azaliy derlar, ikkinchisi kasbiy aql, buni muktasib (kasb qiluvchi, ishlab topuvchi) derlar, kasbiy aqlga donish ham derlar. Bas, agar azaliy aql bo'lmasa, men va sen hech iloj qila olmasmiz. Sen muktasib aqlni pesha qilmoqda kamchil qilmag'il, qurbing yetg'onicha o'rgang 'il".

Kishiga nafaqat aqlli, balki ilmli, hunarli bo'lishi hayotda martabasining ulug' bo'lishi uchun zamin hozirlashini uqtirib o'tadi. Agar kishi oliynasab bo'lgani bilan hunarsiz bo'lsa o'zgalar oldida hurmat, e'tiborga noloyiq bo'lishi ta'kidlanadi: "Ey farzand ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf' yetkurmas. Bilursanki, xori mug'ilon (tikanli buta)ning tani bordur, ammo soyasi yo'qdur. Hunarsiz kishi ham xori mug'ilon (tikanli buta) yanglig' na o'ziga va na o'zgaga foyda berar. Agar kishi har qanchaki oliy nasab va asl bo'lsa, ammo hunari bo 'lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo'lur. Agar Kishida ham nasab gavhari va ham hunar zevari (bezak, ziynat) bo'lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg'il, agar gavharing har nechakim asl bo'lsa, unga g'arra bo'lmag'il, nedinkim tan gavhari hunar zevari bila muzayyan (ziynatlangan) bo'lmasa, u hech narsaga arzimagusidur. Andoqkim debdurlar: "Ulug'likaql va donishlik biladur, gavhar va nasab bila bo'lmas".

Kaykovus so'z hunari haqida fikr yuritar ekan, muomala madaniyati xususida ham to'xtalib o'tadi. Inson o'zining o'zgalarga qilgan muomalasi, so'zlashish odobi bilan hurmat qozonishini, suhbatdoshi qalbida ilig' taassurot uyg'otishini qiyidagicha tasvirlaydi: "...tilingni yaxshi hunar bila o'rgatg'il va muloyim so'zdin boshqa narsani odat qilmag'il. Nedinkim, tilga har nechuk so'zni o'rgatsang, shuni aytur, so'zni o'z joyida ishlatg'il, so'z agar yaxshi bo'lsa, ammo noo'rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so'z bo'lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so'zlamag'ilki, foydasizdur. Bunday befoyda so'z ziyon keltirur va har so'zki undan hunar isi kelmasa, bunday so'znigapirmasliklozim".

Atrofidagi insonlarga befarq bo'lmaslikka, oz gapirib, o'zidan aqlli donishmand insonlarni ko'proq tinglashga, fikr-mulohaza qilishga undaydi. Hamisha ko'ngul ko'zi va aql nazari bilan ish tutish insonga koni foyda ekanligini, aytib o'tadi: "Xaloyiqning aybi va hunariga boqqil, ularning naf va zarari na chog'liqdur. Buning foyda va ziyonlari qaysi yerga qadar borur, undan so'ng o'z manfaatingni talab qil. Ko'rg'il, qaysi narsa xalqni manfaatg'a yaqin qilur. O'zing ana shundog' aql va hunarni o'rganmoq bila balandlikka ko'tarilursan. Bu ish senga ikki narsa bila hosil bo'lur; yo bilg'on hunarga yarasha ish qilmoq bila yo bilmag'on hunarni o'rganmoq bila".

Inson yashagan umrini sarhisob qilishi darkor ekanligini, har bir soniyadan unumli foydalanish lozimligini bot-bot uqtirib o'tadi. Hunarni nafaqat donodan, balki nodonni amalidan xulosa chiqargan holda o'rganish zarurligini aytib o'tadi: "Ey farzand, sen ham hunarni donodin o'rganmasang, nodondin o'rgang'il. Barcha katta, kichikka hunar o'rgatmak vojibdur, nedinkim, kishi hunar o'rganmoq bila o'z hamrohlaridin baland martabada bo'lur. Chunki o'zingda hunar ko'rib o'z tenglaringda ul fazilatni ko'rmasang, o'zingni ulardin baland ko'rarsan va ular yana seni o'zlaridin baland martabada bilurlar".

Hunar o'rganmoq zikrida so'z borar ekan, hunarli kishi elda aziz va ulug' bo'lishini, ilmu hunari ila o'zgalarning hurmatiga erishishini, hayotda o'z o'rnini topishini, hunar o'rganishdan, mehnat qilishdan zavq olish zarurligini, natijada ham jismonan baquvvat, sog'lom, ma'naviy va moddiy tomondan boy bo'lishini uqtirib o'tadi. Yalqovlik, dangasalik bedavo dard ekanligini, inson o'zining mustahkam irodasi, tinimsiz mehnati ila samarali natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi: "Hunarmand kishi uldurkim, fazli va hunar sababi bila qadr va martabasi o'zgalardin baland bo'lg'on ekanini bilib, fazl va hunarg'a avvalgidin ziyodroq harakat qilg'ay va burung'idin ziyodroq fozil va hunarmand bo'lg'ay. Har kishiki bundoq qilsa, tezda xalqning

orasida aziz va ulug'bo'lg'ay. Hunar o'rganmoqda mehnat qilmoq, badanni yalqovlik, ya'ni bekorchilikdin qutqarmoq foydalidur, nedinkim, bekorchilik badanni fasod va bemorlig'iga sabab bo'lur".

Alloma ilm talabi haqida so'z borganda, uning o'ziga xos mashaqqati, qonun-qoidasi borligini, ilmga do'st tutinish lozimligini, uni sabr ila, qanoat ila egallash zarurligini, harakatdan to'xtamaslikni, 'kitob va darsga mehr-muhabbat ila ko'ngil berish natijasi a'lo darajada ekanligini ta'kidlaydi: "Ilmni do'st, bekorchi turmushni dushman tutg'il. Sohibi tamkin va sabuk ruh (shod-xurram, harakatchan) bo'lg'il, kech yotg'il va erta turg'il, kitob va darsga haris (biror narsaga berilish) bo'lg'il, ishdin malul (qayg'uli, g'amgin, xafa) bo'lmag'il, hifz ( saqlash, yodlash) etg'il, takror qilg'il, haqshunos (to'g'ri, rost, adl, layoqat) bo'lg'il, harna eshitsang, yod qilg'il, taqlidga rozi bo'lmag'il. Oz so'zlag'il va uzoqni o'ylag'il. Chunki har bir tolibi ilm agar bu sifatda bo'lsa, tez fursatda zamonning yagona kishisi bo'lur ".

Darsni muqaddasligini yodda tutish, ilm egallash yo'lida mehnatdan qochmaslik, jonkuyarlik ila egallagan bilimlarini amalda, tajribada qo'llay olish, e'tiqodli bo'lish darkorligini quyidagi fikrlari ila bayon qiladi: "Ey farzand, hifzing va dars o'qishing ko'p bo'lsun. Har kitobni va juzvni (daftarni) muqaddas tutg'il. Olim beamal bo'lmag'ay. Ilmniyaxshi o'rgang'il. Bilg'on ilmingni yaxshi iboralar bila bayon qilg'il, to bema'ni da'vo bila xijolatmand bo'lmag'aysan. Va'z va pandni xavf va rijo bila aytg'il. Shundoq so'zlarni ko'proq aytg'ilki, o'zing unga qodir bo'lsang va senga ul so'z yaxshi ma'lum bo'lg'on bo'lsa, toki bema'ni da'vo bila sharmanda bo'lmag'aysan".

Kaykovus yoshlarda donolik, suxandonlik, yaxshilik, rostgo'ylik, adolatlilik, samimiylik, saxiylik, mehnatsevarlik, juvonmardlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishni istaydi va asarning davomida ana shu ezgu niyatlarini amalga oshirishga intiladi. Ayonlashadiki, allomaning qarashlarida inson tarbiyasi masalasi muhim o'rin tutadi. U axloqlilikning muhim belgilaridan biri donolik deb hisoblaydi: Ey farzand, sen har nechaki dono bo'lsang o'zingni xalqdin donoroq bilmag'il, nedinkim, o'zingni nodon bilding-dono bo'lding. Rost, dono ul kishidurkim, qachon o'zin nodon va ojiz hisoblar ".

Donolik xususida so'z borganda, eng avvalo, insonni kamtar bo'lishga chaqiradi. Ko'p bilib oz so'zlamoq, so'zni o'z o'rnida ishlatmoq, andishali bo'lmoq kishini faqat tarbiyasidan dalolat ekanligini uqtiradi: "Ey farzand, agar har nechakim suxandon bo'lsang o'zingni bilg'ondan kamroq tutg'il, to so'zlash vaqtida nodon va beburdbo'lib qolmag'aysan. Ko'p bilib, oz so'zlag'il va kam bilib, ko'p so'z demag'il. Nima uchunki aqlsiz shundog kishi bo'ladur-u ko'p so'zlar. Debdurlarki, xomushliq salomatlik sababidur, chunki ko'p so'zlaguvchi oqil kishi bo'lsa ham, avom uni aqlsiz derlar. Aqlsiz kishi xomush bo'lsa, uni oqilhisoblaydilar. Ko'shish qilkim, xaloyiq seni ta'rif qilsunlar va shundoq so'z deg'ilkim, u ishga yarasun, bekor va zoye ketmasun".

Suxandonlik xususida so'z borar ekan, o'quvchini notiq bo'lishga, shirinso'z bo'lishga undaydi. Rostgo'ylikka hamisha hamroh tutinishni, yolg'on so'zlamoqlikning oqibati yomonlik bilan tugashini, bu esa uning martabasiga putur yetkazishini hayotiy misollar ila asoslaydi: "Kishi suxandon, suxango'y (notiq) bo'lishi kerak. Ammo, ey farzand, sen suxango'y bo 'lg'il va lekin durug'go'y (yolg'onchi) bo'lmag'il. Rostgo'ylikda o'zing shuhrat qozong'il, tokim biror vaqt zarurat yuzidin so'z desang qabul qilg'aylar. Har so'z desang ham rost deg'il va lekin yolg'onga o'xshag'on rostni demag'ilkim, rostga o'xshagan durug' durug'ga o'xshag'on rostdin yaxshidur, nedinkim, ul durug' maqbul bo'lur, ammo ul rost maqbul bo'lmas".

So'z odobida andishani ilgari tutmoqlikni, noo'rin ishlatilgan so'zning ozori bedavo ekanligini, oz so'zlab donolarning mulohazalarini ko'proq tinglash lozimligini quyidagi fikrlari

ila bayon etadi: "Har so'zni andisha bila boshlag'il, toki aytg'on so'zingdin pushaymon bo'lmag'aysan. Andishani ilgari tutmoq har bir nav karomatdur. Agar har qancha dono bo'lsang ham o'zingni nodon tutg'il, toki senga hunar o'rgatish eshigi hamisha ochiq bo'lg'ay '. Ey farzand, agar har nechakim suxandon bo 'lsang o'zingni bilg'ondan kamroq tutg'il, to so'zlash vaqtida nodon va beburd bo'lib qolmag'aysan. Ko'p bilib oz so'zlag'il va kam bilib, ko'p so'z demag'il. Nima uchunki aqlsiz shundog' kishi bo'ladur-u ko'p so'zlar".

O'qimishli, ziyoli, donishmand insonlar bilan ko'proq hamsuhbat bo'lish, ularning so'zini xushqulog'i bilan tinglash lozimligini, qissadan hissa chiqarishini, bu esa unga hayotda juda ko'p manfaat keltirishini dalillaydi: "Dononingpand-nasihati ko'ngil ko'zin ravshan qilur, nedinkim, ul pand aql va hikmat ko'zining surmasi va to'tiyosidur".

Kaykovus juvonmardlik haqida so'z borganda, avvalo, juvonmardlik qanday xislat ekanligini, uning paydo bo'lish asosi nimalarda namoyon bo'lishi haqida to'xtalib o'tadi. Har bir inson uch xil sifatga ega bo'lishi, bu esa quyidagilarda o'z aksini topishini aytib o'tadi: "Bilg'ilki, odam uch xil sifatga egadur. Barcha shaxs, u xoh dono, xoh nodon bo'lsin, shu uch narsa bila xushnuddur. Bu uch narsaning biri aql, biri rostlik va biri juvonmardlikdur. Xalqning da'vosiga haqiqat bila qarasang, hech kishi aql, rostlik va juvonmardlik bila yolg'on da'vo qilmag'usidur. Nedinkim, bu uch sifatga ega bo'lmag'on hech kishi yo'qdur. Inson asli barcha ilmni o'rgana oladi".

Kaykovus juvonmardlik asli uch narsada namoyon bo'lishini, biri aytgan so'zini ustidan chiqish, ya'ni va'daga vafo qilmoq, ikkinchisi rostgo'ylik, uchinchisi esa xayrli ishga qo'l urmoqlik, ya'ni ezgulik yo'lida o'zgalarga yaxshilik qilish ekanligini, qolgan barcha sifatlar esa mana shular asosida shakllanishini ta'kidlaydi. Juvonmardlikka kimlar sazovor bo'lishini quyidagicha ta'riflaydi: "Bilg'il, juvonmardlik shunday kishiga sazovordurki, bir qancha hunari bo'lsin. Bu hunarlardin biri: jasur, mard, sabr-matonat, va'daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo'lmoq bo'lsa, yana biri ulkim, o'z manfaatini ko'zlab asirlarga ozor bermasa, bechoralarga madadyetkursa, yomonlarning yomonlig'ini yaxshilardin yiroq tutsa, rost so'z aytsa, o'z tanidin dod bersa yaxshiga yomonlik yetkurmasa, ziyondin omon tutsa, odamlarga ziyon-zarar yetkurmasa, yaxshi qarag'ilki, bunday ishlarning ham oxiri ul uch sifatga vobastadur".

Alloma juvonmardlik xususida so'z yuritar ekan, "ko'zni yomon nazardan", "qo'lni yomon ishdan", "tilni esa yomon so'zdan saqlash"ni maslahat beradi, bundan tashqari, juvonmardlikning poydevorini do'stlikka xiyonat qilmaslik, qasd olmaslik, ya'ni qasoskor bo'lmaslik, qanoatli bo'lish, kishi moliga ko'z olaytirmaslik, tama'ga yo'l qo'ymaslik, hasad qilmaslik tashkil etishini quyidagi fikrlari bilan asoslaydi: "Bas, joning boricha ko'shish qilib, juvonmardlikni egallag'il. Va yana hargiz o'tgon ish yuzasidin intiqom qilmoqqa mashg'ul bo'lmag'il, xiyonat qilmoqni also o'ylamag'il. Xalq molidin also tama' qilmag'il. Xalqqa yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilmag'il. Qanoatlig' bo 'lg'il, hasadchi bo'lmag'il".

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Kaykovusning "Qobusnoma" asari yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda juda katta ahamiyatga egadir. Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma'naviy qiyofamiz, an'analarimiz va o'zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni-millat sifatida birlashtiradi. Zero, o'z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg'uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma'naviy omil hisoblanadi5.

5 Inamov.Q. Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. https://cyberleninka.m/article/n/qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi/viewer

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh. Yoshlar kelajagi bilan bog'liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega. https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-yoshlar-kelajagi-bilan-bogliq-har-qanday-vazifa-birlamchi-ahamiyatga-ega.

2. Badalbayev M. https://uzhurriyat.uz/2017/09/07/qobusnoma-asarida-yoshlar-tarbiyasi/

3. Inamov Q. Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. https://cyberleninka.ru/article/n/qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi/viewer

4. Kaykovus. "Qobusnoma". -T.; "O'qituvchi", 2006.

5. https://azkurs.org/unsurul-maoliy-kaykovus-qobusnoma.html

6. http://tarbiyaviy.uz/asos/marifiy/alloma/kaykovus.html

7. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/qobusnoma-da-nutq-odobi-masalalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.