Научная статья на тему 'BOLA TARBIYASIDA JAMIYATNING O‘RNI'

BOLA TARBIYASIDA JAMIYATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / tarbiyachi / jamiyat / islomiy odoblar / mas’uliyat / mutafakkir / ruhiy bo‘shliq / tarbiya zanjiri.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Begimova Komila

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida jamiyatning o‘rni, o‘quvchilar xulqatvorida atrofdagi insonlar, vaziyatlarning tutgan roli haqida shaxsiy va iqtibosli fikrlar mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLA TARBIYASIDA JAMIYATNING O‘RNI»

BOLA TARBIYASIDA JAMIYATNING O'RNI

Begimova Komila Azamatovna

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 36- maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi

THE ROLE OF SOCIETY IN CHILD EDUCATION

Begimova Komila Azamatovna

of the 36th school in Okdarya district, Samarkand region primary school teacher

Annotatsiya: Ushbu maqolada farzand tarbiyasida jamiyatning o'rni, o'quvchilar xulq- atvorida atrofdagi insonlar, vaziyatlarning tutgan roli haqida shaxsiy va iqtibosli fikrlar mavjud.

Abstract: This article contains personal and quoted opinions about the role of society in child upbringing, the role of surrounding people and situations in the behavior of students

Kalit so'zlar: tarbiya, tarbiyachi, jamiyat, islomiy odoblar, mas'uliyat, mutafakkir, ruhiy bo'shliq, tarbiya zanjiri.

Key words: education, educator, society, Islamic manners, responsibility, thinker, spiritual gap, chain of education.

"Bir bolaga yetti mahalla ota-ona", degan go'zal naql bor xalqimizda. Ya'niki, farzand tarbiyasida faqatgina dunyoga keltirgan ota-onasi yoki yaqinlarigina emas, balki butun jamiyat birdek mas'ul. Avvalo oilada tarbiya topishni boshlagan farzandning keying hayot yo'li, albatta, jamiyat bilan bog'liqlikda davom etadi. Ya'niki, qo'ni-qo'shni, mahalla, do'stlari, bog'cha, maktab ham muhim rol o'ynaydi.

Kishilik jamiyati paydo bo'libdiki, tarbiya va tarbiyalash usullari haqida har davrda, hamisha gapirib kelingan. Tarbiyaga doir va tarbiyaviy ruhdagi pand , asarlar,

maqol va hikoyatlar, ezgulikka, yaxshilikka yetaklovchi ertaklar yaratilgan. Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asari bola tarbiyasigada nafaqat ustozlar, balki ot-onalar uchun ham qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi. Xususan, asarda odob- axloq haqida shunday fikrlar bor: "Adab kichik yoshlig'larni ulug'lar duosig'a sazovor etar va ul duo barakati bila umrdin barxurdor. Kichiklar mehrin ulug'lar ko'nglig'a solur va ul muhabbat ko'ngulda muabbad qolur.Ushog'larni ko'zga ulug' qilur atvoridin xalq ulug'liq bilur. Xalq jonibidin behurmatliq eshigin bog'lar". Samarqandiyning " Bo'ston-ul orifin" asarida esa tarbiya va tarbiyalash haqida so'z boradi: " Ey o'g'il,farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, ilmli, yaxshi fazilatli, bilimli farzandlar voyaga yetadi" , — degan edi. Xo'sh, tarbiya aslida nima? Tarbiya jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Tarbiya ota-onalarning farzand oldidagi burchi va farzandning ota-ona odidagi haqqidir. So'z arabcha "robba" fe'lidan olingan bo'lib, o'stirdi, ziyoda qildi, voyaga yetkazdi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi, isloh qildi, degan ma'nolarni anglatadi. Islomiy ulamolardan imom Bayzoviy tarbiya haqida quyidagicha fikrlar yozib qoldirgan: "Tarbiya bir narsani asta-sekin voyaga yetkazishdir", Rog'ib Isfihoniy esa: 'Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamomlik nuqtasiga yetkazishdir"10, degan edi.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy,axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o'tadi.11 Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi, aniq bir maqsadga yo'naltirilgan jarayondir. Yangi tug'ilgan chaqaloqni oppoq qog'oz deb tasavvur

qilsak, unga singdiraloyotgan tarbiyani qog'ozga chizilayotgan naqshlarga qiyoslash mumkin. Rassom( jamiyat) qanchalik go'zal naqsh chizsa qog'oz shu qadar go'zal ko'rinish oladi, qimmati ham shu qadar ortadi. Shuningdek, birgina xato o'sha qadr-qimmatni pasaytirishi, "xatolar" esa keraksizga chiqarishi hech gap emas. Bu jarayonda qog'oz bitta — inson. Rassomlar esa ko'p — jamiyat. Shunga ko'ra tarbiyaning maqsadi avvalo, har tomonlama shaxsni shakllantirish. Atrofda odamlar ko'p. Hammada ham ikki quloq, ikki ko'z bor. Lekin ana o'sha odamlardan insonni, shaxsni yaratish, avvalo, ota-ona, balki jamiyat uchun ham muhim vazifa. Yangi tug'ilgan bolaga qanday tarbiya berish mumkin? Unda hali so'z va gaplarni tushunish qobiliyati shakllanmagan bo'ladi. Bunda faqat o'rgatish, mimika usullaridan foydalanish mumkin. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda zabon, harakatlanish qobiliyatlari biroz cheklangan, biroq ko'z xotirasi kuchli shakllangan bo'ladi. Hayotining dastlabki vaqtlarida beshikdagi oromni his qilgan chaqaloq beshikdan boshqa yerda unday xotirjam uxlamaydi. Suv, ovqat, xojatga chiqish kabi qisqa ishoralarni o'rgatish orqali faqat ta' sir etish usulida tarbiya singdiriladi. Yoshi ulg'aya borgani sari ko'rgan harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Oyisining erkalashlariga javob emotsiyasi bildiradi, o'pganni o'padi, quchoqlasa quchoqlaydi. Bobo buvisi bor bolalar keksalarday egilib yurish, hassa tutib salmoqli qadam tashlashlariga taqlid qilishadi. Bog'cha tarbiyasida o'rganadigan asosiy jihat do'stonalik bo'lib, bola endi jamoada o'zini qanday tutishni, do'stona munosabat ko'rsatish, saxiylik, intizom, guruhda ovqatlanish odobini o'rganishadi. Va aynan bog'chada oilada olingan tarbiyani jamiyatga tarqatish jarayoni boshlanadi. Erka o'sayotgan bola erkaligini, injiq bolalar o'z xarakterini namoyon qila boshlaydi. Tabiiyki, psixikasida hali o'zlashtirish jarayoni tugamagan bolada " yuqish" jarayoni davom etadi. Bog'cha yoshidagi bolalar fe'l-atvorida kuzatiladigan turichaliklarning sababi ham shunda.

Maktab davri tarbiyaning eng nozik jihatlaridan hisoblanib, ustozlar, ota-ona, jamiyat bilan bog'liq holda shakllanadi. Boshlang'ich sinflarda bola psixologiyasi bilan ishlash o'qituvchidan ham pedagogik ham psixologik mahoratni talab etadi. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiyaning mazmun-mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Bunda g'oya turlicha

31

ifodalangan bo'lsa-da, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Ma'rifatparvar pedagog olim Abdulla Avloniy tarbiya xususida Shunday deydi: " Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo halokat masalasidur" 12

Maktab tarbiyasida o'quvchining nafaqat onggi, balki his-tuyg'ulari ham o'sib borgani sababli, unga oddiy odam emas, baki shaxs ekanligini uqtirish, jamiyatning shaxsga qo'yadigan muhim odob-axloq qoidalarini o'rgata borish maqsadga muvofiq. Bularni o'zlashtirgan o'quvchi jamiyatdagi o'ziga nisbatan qilinayotgan muomalani, atrofidagi muhitning singdirmoqchi bo'layotgan g'oyalarini farqlay biladi. Qayerdaligi, qayerda bo'lishi kerakligini anglagan insondan esa chinakam shaxsni kutish mumkin. Bola tarbiyasida, ayniqsa, maktab davrida jamiyatning o'rni, ta'siri katta. Bu davrda aqliy, jismoniy, ma'naviy tarbiya birdek bog'liqlikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Qaysidir birida uchragan oqsash, yoki kamchilik farzand tarbiyasidagi maqsad —shaxsni tarbiyalash yo'lida to'siqlar yuzaga keltirishi, maqsadga yetishtirmasligi mumkin. Zero shaxs deganda ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan yetuk inson tushuniladi. Bu borada mutafakkirlar, tarixiy shaxslar, faylasuflar turlicha nazariyalar, hikmatli so'zlar yozib qoldirganlar. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Xojib o'zining "Qutadg'u bilig" asarida bola tarbiyasi haqida to'xtalib, shunday yozadi: "Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo'lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug' bo'ladi". U bola tarbiyasida otaning ma'suliyatiga alohida e'tibor beradi. "Kimning o'g'il-qizi erka bo'lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o'zi mungli bo'lib yig'laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo'ysa bolada gunoh yo'q barcha jafo otaning o'zida; o'g'il-qizning xulq-atvori yaramas bo'lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo'ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o'rgatsa, ular ulg'aygach, o'g'il-qizim bor deb sevinadi; o'g'il-qizga hunar va bilim o'rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe'l-atvorlari go'zal bo'lsin" Go'zal fe'l-atvor faqat ota-ona yoki bog'cha, maktab tarbiyasi bilan shakllanib qolmaydi. To'g'ri ularning ahamiyati juda katta. Biroq jamiyatning insonga ko'rsatadigan ta'sir doirasi ham tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

12 Avloniy.A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent.,2018

32

"Menga do'sting kimligini ayt, men sening kimligingni aytaman", degan naql bor xalqimizda. Boisi kishi o'ziga yaqin tabiatli inson bilan do'stlashgisi keladi, ruh o'zi kabi bir ruhni istaydi. Lekin yaxshi xulqli, odob-axloqi joyida bola ko'chadagi daydi bolalarga "qo'shilib qolishi" ham hayotimizda kuzatiladigan holat. Sababi esa yana tarbiyaga borib taqaladi. Tarbiya juda og'ir, mas'uliyatli jarayon. Farzand tarbiyasida yo'l qo'yilgan birgina kemtiklik yoki xató bola o'sha bo'shliqni atrofdagilardan izlashiga olib keladi. Ayniqsa, o'smir tabiati yosh bilan bog'liq stresslardan toliqanligi bois yengillikka, katf-safoga moyil bo'ladi. Gormonal qo'zg'alishlar davrida tana, miyaga bo'ysungisi kelmaydi, aql-ong munosabatlari buziladi. Kishi o'zini har nega qodir kuchga egadek his qiladi, nimadir shu vaqtgacha qilmagan olamshumul ishlarga qiziqadi, o'zini ulg'ayganini atrofdagilarga isbotlagisi keladi. Aynan shuning uchun ham " o'tish davri" o'g'il-u qiz tarbiyasida birdek jiddiy yondashishni talab qiladi. Hayotiy bo'shliqlar ichish-chekish, kayf safo bilan to'lib qolmasligi uchun jamiyatning har a'zosi, avvalo, ota-ona, ustozlar, mahalla-ko'y birdek mas'ul.

Biroq, har farzandda ham ota-ona beradigan tarbiya turlicha, ayrimlarda ota yoki ona yo'q, ayrimlarda bori ham o'z ishi bilan ovora, yokida tirikchilik dardida oilasidan uzoqda yashashadi. Usti but, qorni to'q, g'ami yo'q bola o'stirayotgan ota-ona yoki pul topishga berilib farzandi bilan do'stlashishga vaqt topishmaydi, yoki o'zi bergan tarbiyaga o'ta darajada ishonganliklari sabab " Meni bolam unaqa davralarga qo'shilmaydi" degan xayollari sabab g'aflatda qolishadi.

Kibrning dastlabki kurtaklari bog'cha davridan ildiz ota borsa rivojlanish bosqichi boshlang'ich sinf davrlariga to'g'ri keladi. Qizingiz yoki o'g'lingiz qaysidir o'rtog'idagi kiyimdan o'zinikini ustun qo'yib maqtanyaptimi, fikr-u xayolida boshqalarni kamsitish, hammadan ustun bo'lishga intilish paydo bo'ldimi, bilingki, unda kibrlanish " kasalligi" rivojlanyapti. Buning chorasi esa jamiyatdagi islomiy bilim, islomiy axloqli insonlardadir. Ustozlar, otaxon-onaxonlar, kamtar do'st-dugonalar, va, albatta, namuna bo'la oladigan ota-onasi. O'qituvchining vazifasi sinfdoshlar o'rtasida ahil-inoqlikni ta'minlasa, bobo-buvilar hikmatga boy rivoyatlari, ertaklari orqali yaxshilikka, mo'min inson bo'lishga undashsa, atrofida xulq-u odobi go'zal o'rtoqlar jamlansa, ota-ona suhbatida, so'z-u amalida kamtarlikni, insoniylikni

33

targ'ib qilsa... Ko'rdingizmi, birgina kibrni yo'qotish uchun jamiyatdagi shuncha zanjirga muhtojligimiz bor. Qaysidir biridagi oqsash, uzilish farzand tarbiyasida jiddiy noxushliklarni keltirib chiqaradi.

Qur'oni Karimdagi oyatlardan biri madinalik sahobalar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga kelib, uylari uzoqlik qilayotgani bois, uylarini sotib, yaqinroq joyga ko'chib kelishlari haqida shikoyat qilganlarida nozil bo'lgan. Ya'ni uylarni sotishga hojat yo'q, uzoqdan kelayotgan bo'lsalar har bir bosilgan qadamlariga savob beriladi, mazmunida. " Biz ular keltirgan qadamlarni, bosgan qadamlarni ham yozamiz" , — deya marhamat qilingan. Tafsirlarning birida bu oyatdagi " ularning izi" degani bu — asarimiz, avlodlarimizdir, degan fikr bildirilgan. Allohning bu oyatidan tushunamizki, Alloh nafaqat amalimizni, balki avlodlarimiz amalini ham o'zimizga yozadi. Shuning uchun tarbiya vojib bo'ladi. Orqamizdan yaxshi tarbiyali farzand qoldiraylikki, ortimizdan faqat savob borsin, yomonlik bormasin. Islomda tarbiya masalasiga jiddiy e'tibor bilan qaraladi.13 Tarbiyaning tub o'zagida " Rob" Alloh ismi turadi. Demak, bu yengil ish emas. Uning o'zagida Alloh nomi turar ekan, o'zini musulmonman deb hisoblagan jamiyatning har bir a'zosi o'zini xoh u begona bo'lsin, xoh yaqini bo'lsin, atrofidagilar tarbiyasiga mas'ul deb hisoblamog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rog'ib Isfihoniy. Islom va olam. Toshkent, Asaxiy books.2024.

2 . https://uz.ni.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BCnaviyat

3. Avloniy.A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent.,2018

4. U.R.Shodiyeva. Islom dinining tarqalishi va uning ta'lim-tarbiyaga ta'siri. Qur'oni Karim axloqiy-falsafiy ta'limotlar manbayi. Maqola. Scientific Journal Impact Faktor. Scientifik Progress,volume" issue2022, b-568

13 U.R.Shodiyeva. Islom dinining tarqalishi va uning ta'lim-tarbiyaga ta'siri. Qur'oni Karim axloqiy-falsafiy ta'limotlar manbayi. Maqola. Scientific Journal Impact Faktor. Scientifik Progress,volume" issue2022, b-568

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.