Научная статья на тему 'OILADA FARZAND TARBIYASIDA HADISLARDAN FOYDALANISH'

OILADA FARZAND TARBIYASIDA HADISLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

119
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / tashqi ta'sirlar / ichki ta'sirlar / muammolar / tarbiyadagi xatolar / yechimlar

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sevinch Raxmatilla Qizi Sa’dullayeva

Maqolada oilada farzand tarbiyasining ahamiyati va uning qay tarzda olib borilishi kerakligi, tarbiyada yo'l qo'yiladigan xatolar va ularning yechimlari haqida yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA FARZAND TARBIYASIDA HADISLARDAN FOYDALANISH»

OILADA FARZAND TARBIYASIDA HADISLARDAN FOYDALANISH

Sevinch Raxmatilla qizi Sa'dullayeva

O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti 304-guruh talabasi

Maqolada oilada farzand tarbiyasining ahamiyati va uning qay tarzda olib borilishi kerakligi, tarbiyada yo'l qo'yiladigan xatolar va ularning yechimlari haqida yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: tarbiya, tashqi ta'sirlar, ichki ta'sirlar, muammolar, tarbiyadagi xatolar, yechimlar

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi. Tarbiya bolaning yoshligidan emas, ona qornida homiladorlik paytidanoq boshlanishi kerak chunki o'sha paytdan rivojlanishni boshlar ekan, tarbiya ham onasi orqali bolaga o'tadi. Agar tarbiya ota-ona tomonidan to'g'ri berib borilsa, kelajakda yaxshi tarbiya ko'rgan odamdan hech qachon yomonlik chiqmaydi va jamiyat uchun kerakli bir shaxsga aylanadi. Albatta, bola ota-onasi huzuridagi omonat bo'lib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi. Agar yaxshilikka o'rgatilsa, o'shanday o'sadi, yomonlikka o'rgatilsa ham o'shanday o'sadi. Uning savobiga va gunohiga ota-onasi va murabbiysi sherik bo'ladi. Ota-ona bolani kichikligidan, umrining avvalgi kunlaridan ehtiyotkorlik bilan kuzatib borishi kerak. Farzand oq qog'oz kabidir. Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo'lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug'iladigan bola fitratda tug'iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo'ladi, u oq qog'oz kabidir.Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog'liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo'ldi. Bolada paydo bo'ladigan sifatlarning avvalgisi taomga o'chlik bo'ladi. Shuning uchun ota-onasi unga ovqatlanish odoblarini o'rgatib

ANNOTATSIYA

boradi. Ko'p taom yemoqning yomonligini singdiradi. Boladan

May 6, 2023

yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish qilinsa, uni taqdirlash va xursand bo'ladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida me'yorida maqtash lozim.

Farzandlarning atrofidagi insonlar uyda bo'lsin, hoh ko'chada, hoh maktabda unga namuna vazifasini bajaradilar. Ota-ona bolaning vaqtini to'la qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg'ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o'sha mashg'ulotlar bolaning ongini rivojlantiruvchi bo'lishi shart.

Bolaning tarbiyasida jamiyat nasihat qiluvchi, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi va taraqqiy ettiruvchi vazifasini egallab kelgan. Bugun kim bilan o'tirib gaplashsangiz darrov farzandiga buzg'unchi g'oyalarni ta'sir etishidan shikoyat qiladi. Ayrim xonadonlarda esa farzand tarbiyasi muammoga aylanib ulgurgan.

Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi.

Tarbiya bolaning otasi, onasini tanlashdan boshlanadi, chunki Rasuli akram alayhissalom aytganlar: "Munosib kelin yoki kuyov tanlanglarki, irq o'tuvchidir". Ya'ni ota-onaning fe'li bolaga o'tadi, shuning uchun bola yaxshi tarbiyali bo'lishi uchun otasi tarbiyali bo'lishi kerak. Onasi nasl-nasabli, pokiza, din-diyonatli bo'lsa, otasi ham shunday bo'lsa, albatta, bola nasl-nasabiga tortadi, undan qochib ketolmaydi. Nasl-nasabning to 7 avlodgacha ta'siri bo'ladi.Qarindoshlar xalifaga shikoyat qilishdi Hazrati Umar xutba qilganlarida: "Ey mo'minlar, nasl-nasablaringizni surishtiringlar",- dedilar. Payg'ambar alayhissalom hadislarini keltirdilar, ular nasl-nasabni o'rganishga buyurganlar.

Bola tarbiyasi, unga to'g'ri yo'l ko'rsatish, xatolarini to'g'rilash nozik va jiddiy masaladir. Bu borada, ayniqsa, texnika taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajak avlodga xavf solib turgan tashqi fitnalar, millat va dinimizga yot bo'lgan turli g'oyalarga qarshi kurashib, "Ommaviy madaniyat" niqobidagi turli xil axborot xurujlaridan ogoh bo'lmog'imiz darkor. Farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasiga o'z vaqtida e'tibor bersak, shunda kelajagimizni, jamiyatimizni turli ma'naviy inqirozlardan saqlagan bo'lamiz. Ushbu ishlarga ota-onalar, ustozu murabbiylar va ta'lim sohasidagi tashkilotlar

May 6, 2023

651

p

birdek mas'uldir. Jumladan quyidagilar bugun ko'pchilik qaytaradigan iboralardir:

— Farzandim meni tushunmaydi...

— Farzandim menga isyon qiladi...

— Menga itoat qilmaydi...

— Farzandim to'g'ri yo'lda emas, bezorilarga qo'shilib qolgan. Menga itoat qilmaydi.

— Bir ish buyursam qilmaydi, darslariga e'tibor bermaydi.

— Bekorchi narsalarga bog'lanib qolgan.

— Namozni mensimaydi, nasihatimga quloq solmaydi.

— Chiroyli, oxirgi "moda"dagi liboslarni kiyishni va qizlar bilan yurishni yaxshi ko'radi...

— Mashinada izg'ib yurishni yaxshi ko'radi..

— Kunduzi uxlab, tunda bema'ni kinolar ko'rib chiqadi...

— Aka ukalariga nisbatan qo'pol, tez jahli chiqadi.

— Oiladagilar bilan birga o'tirmaydi, mehmonga xizmat qilmaydi.

— Ko'p yolg'on gapiradi, o'zini uyda begona his qiladi.

— Uyda o'tirmaydi, o'zining istaklarini Ota-onasiga nisbatan majburiyat deb biladi.

— Xohish-istaklarini, ichidagi dardini oshkor aytmaydi, hayotda maqsadsiz yashaydi.

— O ' ziga, kuch-quvvatiga ishonchi yo'q.

— Birdaniga shon-shuhratga erishishni orzu qiladi.

Shuncha muammoning ko'rinishi bo'lgandan keyin, shubhasiz, uning yechimi ham bor. Quyida ularning ba'zilarini sanab o'tamiz.

Ko'p ota-onalar birlamchi sabab va yechim bilan qanoatlanishga odatlanib qolganlar. Ammo masalaning mohiyatini izlashni, uni paydo qilayotgan sababini o'rganib, uni bartaraf etish yo'llarini bir marta bo'lsa ham o'ylab ko'rmaganlar. Ushbu muammo sabablari quyidagilarga bo'linadi:

Ichki asosiy sabablar:

1. Ota-ona.

Uyni boshqarishda muayyan va ochiq maqsadning yo'qligi yoki umuman oila bundan mahrum ekanligi. Ulamolarimiz aytganlaridek, ko'pincha farzandlar ota-onalari sababidan buziladilar.

2. Allohdan haqiqiy yordam so'rashda kamchilikka yo'l

qo'yish yoki umuman so'ramaslik.

May 6, 20231 ©

3. Bolaning ilk davrida tarbiyalash usullarining yo'qligi yoki uni bilmaslik.

4. Moddiy ta'minotni haddan oshirib yuborishlik, yoki umuman ta'minlamaslik.

5. Bolaning ta'lim olishdan maqsadi yo'qligi, yoki darslarni o'zlashtira olmasligi. Bolaning maktabga ota-onasi majburlashi bilan borib, nimaga borayotganini farqiga bormasligi.

6. Ota-onasidan qoniqmasligi.

7. Ehtiyojlar me'yorsiz qondirilishi.

8. Murabbiydan qo'rqish.

9. Ota-onadan mehr ko'rmay boshqalardan shirin va iliq so'zlar eshitishi.

10. Ota-ona farzandi oldida janjallashishi.

11. Farzandlardan birinigina maqtash.

12. Biror ish yo ehtiyojlarni faqat chaqqon bolaga yuklab boshqalariga e'tibor bermaslik.

13. Bolaning xotirjamligi va rohatini yo'qotuvchi tinchlikning yo'qligi va g'azab, mojaro va baqir-chaqirni avjiga chiqishi.

14. Ota uzoq vaqt uyda bo'lmasligi va xatarli vaqtda bo'lmasligi.

15. Kichik yo arzimas xatoni bo'rttirish.

Uyda ko'rayotgan narsa bilan talab qilinayotgan narsaning bir biriga zidligi (farzanddan hayoni talab qilib so'ng uning ochiq, yalang'ochlarni tomosha qilishiga izn berish).

16. Oilada aniq va ravshan qonun- qoidalarning yo'qligi.

17. Bolaning xatosini uning yoshiga, saviyasiga, tuyg'usiga, fikrlashiga qarab o'zidek qabul qilmaslik. Otaning farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki qo'shni bolalarga solishtirishi tarbiyadagi xato hisoblanadi, chunki har bir bola o'z shaxsiyatiga va tabiatiga egadir.

Qur'oni-Karimda keltirilgan: "Ey imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz!" (Anfol surasi, 27-oyat).

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har biringiz o'z qo'l ostingizdagilarga vasiy va mas'uldirsizlar. Imom o'z qo'l ostidagilarga vasiy va mas'uldir. Erkaklar o'z oila a'zolariga vasiy va mas'uldirlar, ayollar o'z erining uyidagi bor narsalarga mas'uldir" (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ota-onalarning tarbiya qilishdagi xatolari

- Ota va onaning, ey lapashang, deb aytishi: bola xato qilganda ey ahmoq, ey eshak, ey odobsiz, sen eshaksan, deyishi

May 6, 2023

653

noto'g'ri hisoblanadi. Vaholanki, farzandning o'zi emas balki uning qilgan ishi xatodir.

- Urish bilan tarbiyalash. Bola xato qilganda tanbeh berish va tergash uchun bir qancha jazo turlari bo'la turib bolani urish bilan tarbiyalash eng katta xato hisoblanadi.

Urishdan oldin tanbeh berishga loyiq bo'lgan muhim omillar:

- sevgan narsalaridan maxrum qilish;

- u bilan aloqani kesish;

- tanbeh berish;

- tashlab qo'yib, qovoq solish;

- ota-onalar 10 yoshga yetmagan farzandlarining qilgan ba'zi bir amallariga ular yaxshi ko'radigan holva va shunga o'xshash narsalarni berib, qiziqtirib borish o'rniga, jannatda olasan, deyishlari;

- bolalarni bir-biriga raqib ruhida o'stirish; Vaholanki dunyoda birorta bir-biriga o'xshash inson yo'q. Insonning shaxsiyatidagi o'xshash bo'lmagan xususiyatlarni bolalar bilan muomala qilishda yodimizda tutishimiz lozim. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, ota-onalar bolalarning zehnlari har xil ekaniga, qobiliyatlari ham turlichaligiga qaramasdan, bolalarni teng ko'rishlari ularning xatolaridir. Farzandlarni bir-biri bilan solishtirish oxir-oqibatda kichiklarni boshqalarga nisbatan hasad va ko'rolmaslikka olib boradi.

Go'zal tarbiyadan yaxshi meros yo'q

To'g'ri, har bir ota-ona farzandiga faqat yaxshilikni ilinadi. Farzandi uchun ortiqcha orzu-havas qiladi va ikkalasi birga ishlaydi. Ota-ona farzandini tarbiya qilish kerak bo'lgan paytda orzu-havas uchun tirikchilik qilishga majbur bo'ladi, bola tarbiya oladigan yoshda to'liq tarbiya ololmay qoladi.

Ammo, afsuski, ertaga orzu-havaslar o'tmay qolishi bor. Aslida, orzu-havas chiroyli tarbiya bilan bo'ladi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: "Ota farzandiga chiroyli tarbiyadan ko'ra, yaxshi odob berishdan ko'ra yaxshiroq narsa meros qoldirmagan" degan hadislari bor.

Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir, tarbiya mas'uliyati bardavom bo'ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne'matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas'uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi.

May 6, 2023

https://nuu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

p

Ota-ona bilan farzand orasidagi do'stlik boladagi pand-u nasihatni qabul qilish qobiliyati hamda psixologik iste'dodni oshiradi.

Ota bilan farzand orasidagi do'stlashish otaga bolaning nechog'lik aqliy hamda ruhiy o'sish darajasini, qolaversa, boladagi haqqoniy kuch-qudratni ochiq namoyon qilib beradi.

REFERENCES:

1. Abdullayeva, G. A. (2021). O'QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 300-305.

2. "Sog'lom bola" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 82,83,86,87-bet "Hilol Nashr" nashriyoti 2022

3. Нишанбаева, Э. З., & Абдухалилов, А. А. (2020). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНИШИДА ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).

4. Нишанбаева, Э. З. (2023). ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 472-477.

5. Хамрокулова, Ш., & Тулишов , Г. (2023). ОИЛА - ИЖТИМОИЙ ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ СУБЪЕКТИ. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.

6. https://m.kun.uz/uz/news/2020/05/18/gozal-tarbiyadan-yaxshiroq-meros-yoq-islomda-farzand-tarbiyasi-haqida

7. https://www.bukhari.uz/?p=27059&lang=oz Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

8. https://farzandtarbiyasi.uz/farzand-tarbiyasi-oid-muhim-maslahatlar/

9. https: //uz.wikipedia. org/wiki/Tarbiya

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.