ILMIY PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA BOLA TARBIYASIDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIXATLARINING
O'RGANILISHI Inatullayeva Saboxat Saitqul qizi
Guliston davlat universiteti stajyor tadqiqotchisi https://doi. org/10. 5281/zenodo.7933991
Annotatsiya: Farzandlarimiz ongida elu yurtga, vatanga muhabbat tuyg'ulari oilada, yashab turgan maxallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan bolalarimizga bog'lik. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, mahalla gullab yashnaydi. Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak? degan savol kupchilikni o'ylantiradi.
Kalit so'zi: tarbiya,oila,mahalla,odob-axloq,ta'lim,ilmiy adabiyot.
STUDY OF SOCIAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF SCHOOL, FAMILY AND NEIGHBORHOOD COOPERATION IN CHILD EDUCATION IN SCIENTIFIC
PSYCHOLOGICAL LITERATURE
Abstract: In the minds of our children, feelings of love for the country and the motherland are formed in the family, in the neighborhood where they live. The future, peace and prosperity of the country depends first of all on our children growing up in this small community. As long as education is well organized in any family and neighborhood, that family and neighborhood will flourish. When should you start raising a child? Many people think about that question.
Keywords: upbringing, family, neighborhood, manners, education, scientific literature.
ТЕКСТ НАУЧНОЙ РАБОТЫ НА ТЕМУ «ИССЛЕДОВАНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ ШКОЛЬНО-СЕМЕЙНО-СОСЕДСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ В НАУЧНОЙ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ»
Аннотация: В сознании наших детей чувства любви к стране и Родине формируются в семье, в районе, где они живут. Будущее, мир и процветание страны зависят в первую очередь от наших детей, растущих в этом маленьком сообществе. Пока образование хорошо организовано в любой семье и районе, эта семья и район будут процветать. Когда начинать воспитывать ребенка? Над этим вопросом задумываются многие.
Ключевые слова: воспитание, семья, соседство, нравы, образование, научная литература.
KIRISH
Ko'pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Abu Ali Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq, ta'lim va tarbiyaga e'tibor qon qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona" degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o'zi xam farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog'lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko'chada nobop ish qilayotgan bola oldidan xech qachon beparvo o'tib ketmagan, shu zaxotiyoq tanbex berib to'gri yo'lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go'zal xulqli bo'lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta axamiyat beradi. Oiladagi muhit ota-ona ma'suliyatlarini xis qilishi barqaror bo'ladi. Bolalarning odobli bulib ulg'ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat
maktabidir. "Qush uyasida kurganini qiladi", deb bejiz aytmagan xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o'zaro munosabatida olijanob fazilatlarini namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nixoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, yoqimsiz xatti-xarakatlar bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib chiqaradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muxim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan "ma'naviy kasal" insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota-onalar "ommaviy madaniyat" ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-odatlarni guvoxi bo'lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda boshqa mamlakat yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo'ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni xozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz xatti-xarakatlarga ruju ko'yishdan xech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.
1913-yilda Avloniyning "Turkiy guliston yoxud ahloq" asari bosilib chiqdi. 1917-yilda ikkinchi marta nashr qilindi. Kitob maktablarning yuqori sinf o'quvchilariga darslik sifatida yozilgan. Asarda insonlarni "yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm" -axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq, bu xulqlar majmuyi. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo'lish sharti. Binobarin, har bir xulq ezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlik timsoli. Kishilar tug'ilishidan yomon bo'lib tug'ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog'liq. Tarbiya "yo xayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir" [1].
Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga g'oyat ulkan hissa qo'shgan zo'r iste'dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o'lmas ilmiy asarlari jahon sivilizatsiyasida yuksak ahamiyatga ega. Abu Rayhon Beruniy 973-yil 4-sentyabr (hijriy 362-yil 2-zulxijja) kuni Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida dunyoga keldi. Olimning to'la nomi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad-al Beruniydir. Beruniy Xorazmdalik paytida zamondoshi, buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino bilan ilmiy yozishmalar olib boradi. Quyida biz olimning pedagogik-psixologik qarashlarining ayrimlarini keltirmoqchimiz.
Abu Rayhon Beruniy butun umrini ilmga bag'ishladi, o'zi hayot ekan paytidayoq o'sha davrning eng buyuk olimi va mutafakkiri sifatida tanildi. Beruniy ilm-fan rivojiga g'oyat katta hissa qo'shdi. Beruniy ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda:
- o'quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligini aytib o'tadi.
Abu Rayhon Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirgan barcha boyliklarni qunt bilan o'rganishga da'vat etadi. Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, ochko'zlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o'ziga xos ta'lim usullari,
yo'llari, shakllari borligini ta'kidlash bilan birga, har bir xalqning ham o'qitish tizimi alifbodan boshlanishni ko'rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o'qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi. Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorilshunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o'zi targ'ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko'rib, fan haqiqat ustuvor turishini ta'kidlaydi. U barcha asosiy illatlarni asosi ilmsizlikda deb bildi.
Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish, qiziqish va muhitni alohida ta'kidlaydi. Bilim olishda tushunib o'rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishga alohida e'tibor beradi, jamiyatning ravnaqi ma'rifatning rivojiga bog'liq degan g'oyani ilgari suradi. Beruniy ta'lim berish kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo'lishiga e'tibor beradi va shunday yozadi: "Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. Faqat bir narsani o'qish zerikarli bo'ladi va toqatni toq qiladi.
Agar o'quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar-o'tmas, boshqa bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. "Har bir yangi narsa rohat bag'ishlaydi" - deb behuda aytilmagan. Beruniy kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Uning fikricha, bu illatni yo'qotishning asosiy yo'li uning ildizlarini topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning shaxobchalari ko'p, ammo ularning asosi uch narsa: ta'ma, g'azab va ilmsizlikdir. Agarda bu asoslar qirqib tashlansa, shaxobchalar quriydi. Bu asoslarning negizi esa ishtaha va g'azabdir. Ishtaha insonga eng kuchli va eng halokatli dushman bo'lib, insonni ovqatlarni tanovul qilish lazzati va o'ch olish zavqi bilan aldaydi. Olimning tushuntirishicha, bu illatlar, ranj va gunohga olib keladi. Ularning ta'siriga berilib ketgan kishi insoniylik qiyofasini yo'qotadi. Beruniy bunday kishilarni yirtqich va to'rt oyoqli hayvon, hattoki shayton va iblis deb hisoblaydi (o'sha kitob, 70-bet). Beruniyni fikricha insonni rostgo'ylik, to'g'riso'zlikni ulug'laydi, yolg'onchilikni esa odamlar o'rtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi. Olimning uqtirishicha, biror kishi keltirgan xabarni o'z ko'zi bilan ko'rish, bilish va u haqida aniq tasavvurga ega bo'lgan ma'qul deydi. Xabarga yolg'on aralashmasligi lozim. Xabar rost va yolg'on bo'lishi mumkin. Chunki odamlarning maqsadlari xilma-xil bo'ladi. Shu sababli xalqlar o'rtasida tortishish yuz beradi.
Beruniy yolg'onchilik tufayli kishi adolatdan yuz o'girishi mumkinligini aytib, yolg'on so'zlovchilar omonatga xiyonat qilishi, boshqalar mulkini hiyla bilan bosib olishi, o'g'irlik qilishi, umuman, jamiyat va xalqning buzilishiga sabab bo'lishini ta'kidlaydi. Beruniy rostgo'ylikni adolat bilan barobar qo'yadi. Uning fikricha, xalq adolatni sevgani kabi rostgo'ylikni ham sevadi. Ammo uning mohiyatini, yoqimliligini bilishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Buni E.To'raqulov va S.Rahimovlar "Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida" nomli risolalarida juda yaxshi bayon etishgan.
Beruniyning "Mineralogiya" asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o'rganish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fan tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o'zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo'lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun ham o'sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to'quvchilik, zebi-ziynat buyumlarini yasash, qog'oz va oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqargan. Hunarmandchilikning bunday yakka holda o'rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yo'llaganki, bu insonning kamolga yetishishda muhim pog'ona bo'lgan.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Zero, qadimdan har bir yetuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga ko'ra buyuk shohlar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo'lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o'z farzandini bilimli bo'lishi bilan birga, hunarli bo'lishga ham e'tibor bergan va u yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki kishilik jamiyati paydo bo'lgandan boshlab, kishilar o'z mohiyati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo'lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo'lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo'lishi ham kerak deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e'tirof qilingan: irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ma'lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat va muhitning ta'sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oladilar. Lekin, Beruniy o'z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. U insonning kamolotga yetishida ilmu-ma'rifat, san'at va amaliyot asosiy ro'l o'ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilmli-ma'rifatli bo'lish va yuksak axloqlilikdir. Bolalarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigienasi, xalqlar o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o'z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o'zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma'naviy meros qoldirdi. Sharqda "Shayx ar-Rais" nomi bilan mashhur bo'lgan allomalaridan biri o'rta asr mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ma'lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalagani maxsus risolalarda talqin etgan. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma'rifatni egallashga da'vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo'rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo'rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo'rqog'idir". Zero, ma'rifatli kishi jasur, o'limdan ham qo'rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo'ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Madomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa kishi bilan qo'shnichilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida hushxulq, ilmli do'st muhim rol o'ynaydi, deydi. Olim do'stlikni shunday ta'riflaydi:
-har qanday qiyinchiliklarga qaramay o'z do'stini xavf-xatarda yolg'iz qoldirmaydigan do'stlik;
-manfaatlari o'xshash va g'oyaviy yaqin do'stlik;
-o'z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do'stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do'stlikni haqiqiy do'stlik deb e'tirof etadi. Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o'rin berilgan. Chunki inson
avvalo oilada kamolga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e'tibor beradi. Oila munosabatlariga to'xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Bolaning yetuk inson bo'lib shakllanishida unga g'amxo'rlik, poklik, mas'uliyatni his etish, do'stona munosabatlar tuyg'usini singdirib borish zarur, deydi olim "Tib qonunlari" asarida.
XULOSA
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilingandagina samaradorlik yanada yuqori bo'ladi:
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro'li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, Yosh onalar va otalar maktablari faoliyatini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning maktabgacha bo'lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o'ziga o'zi xizmat qilish, harf tanish, qo'shiq aytish va raqs tushish, turli o'yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, yakshanbalik maktablar ishini tashkil qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy shakllanishini ta'minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o'z xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil qilishni o'rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish, do'stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To'rtinchi bosqich. O'smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo'lishini ta'minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo'naltirish, o'smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o'z o'rnini topa olishiga ko'maklashish, o'z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg'usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI:
1. Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog'lom avlod tarbiyasi. -T.: O'zbekiston, 2000;
2. Xolmatova M., Muraveva N. Yoshlar oilaviy hayot bo'sag'asida.-T.: O'zbekiston, 2000;
3. To'rayeva O. Hayot saboqlari.-T.: O'zbekiston, 2005;
4. Qurbonov T. Odobnoma. -T.: O'qituvchi, 1990;
5. Fitrat. Oila. -T.: Ma'naviyat. 1998.
6. Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq.-T.:1996.B.7-12
7. Beruniy A.R. Ruhiyat va ta'lim-tarbiya xaqida.-T.: O'qituvchi.1992. B.55-70
8. To'laganova G.K. «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi buyicha tarbiyasi «qiyin» o'smirlar psixologiyasiga metodik kursatmalar»
9. G'oziev e.G. «Tarbiyasi «qiyin» o'smirlar psixologiyasi». Lektorga yordam. Toshkent-1984.