Научная статья на тему 'BOLA TARBIYASIDA BERUNIYNING AXLOQIY TARBIYAGA OID QARASHLARI'

BOLA TARBIYASIDA BERUNIYNING AXLOQIY TARBIYAGA OID QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4195
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloqiy tarbiya / oila / kamtarlik / odob-axloq / bola tarbiyasi / sahiylik / ota-ona / to‟g‟rilik / axloqiy fazilat / odillik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Laylo Mirkomil Qizi Berdiyeva

Ushbu maqolada bola tarbiyasida Abu Rayhon Beruniyning axloqiy tarbiyaga oid qarashlari, mutafakkirlarining oila va oilada farzand tarbiyasida axloqiy tarbiyaga beriladigan katta e‟tibori haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLA TARBIYASIDA BERUNIYNING AXLOQIY TARBIYAGA OID QARASHLARI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

BOLA TARBIYASIDA BERUNIYNING AXLOQIY TARBIYAGA OID

QARASHLARI

Laylo Mirkomil qizi Berdiyeva

JDPU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bola tarbiyasida Abu Rayhon Beruniyning axloqiy tarbiyaga oid qarashlari, mutafakkirlarining oila va oilada farzand tarbiyasida axloqiy tarbiyaga beriladigan katta e'tibori haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: axloqiy tarbiya, oila, kamtarlik, odob-axloq, bola tarbiyasi, sahiylik, ota-ona, to'g'rilik, axloqiy fazilat, odillik.

Bugungi kunda barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas'uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish eng dolzarb masalasi hisoblanadi. O'zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish ilk bor oila tomonidan amalga oshiriladi. Kelajak poydevori bo'lgan, har jihatdan ma'suliyatli, ma'naviy yetuk, axloqan pok, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'sha oladigan yoshlarni tarbiyash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko'rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo'lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir. Oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o'zlarining vazifasi deb hisoblaganlar. Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog'laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir.

Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o'rnini ta'kidlashini uning "O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Kitob as - Saidona", "al - Qonuni al - Mashudiy", "Giodeziya" va boshqa asarlarida ko'ramiz.

Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan xolda tahrif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurash

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

21

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

natijasida namoyon bo'ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo'llaniladi. U yaxshi xislatlarga to'g'rilik, odillik, o'zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi. Yomon illatlarga esa xasadgo'ylik, baxillik, nosog'lom raqobat, o'z manfaatini ko'zlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.

Beruniy insonning ma'naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo'ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida "qizil ip" bo'lib o'tganidek, shu an'anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir. Beruniy saxovat (o'zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), muruvvat (odamlarga xayrixoh bo'lish, halollik va haqgo'ylik, o'z mehnati bilan kun ko'rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko'rsatuvchi xislatlar deb biladi. Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi butun ta'lim-tarbiya tizimida markaziy masala bo'lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to'sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg'onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, boylikka ruju quyish va tahmagirlik, g'azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.

Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o'rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo'lishi kerak, deydi.

Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go'zal bo'lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va arosatlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta'kidlaydi. Bunda inson o'zini boshqara olishga qodir bo'lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo'lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo'lishi zarur, deydi.

Xulosa qilib aytganda, buyuk allomamiz Beruniyning qoldirgan bebaho madaniy, ma'rifiy merosi yosh avlod uchun ibrat va namuna ekanligi, ularning ta'lim-tarbiyaga oid ma'rifiy ta'limotlari yoshlarni Ona-Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon, e'tiqodli, mehr-oqibatli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o'zligini anglashda benazir ma'naviy qadriyatlar darajasiga ko'tarish eng ulug'vor

vazifadir.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

REFERENCES

1. A.Xoliqov "Pedagogik mahorat'' Toshkent 2011

2. J. Hasanboyev va boshqalar "Pedagogika" Toshkent 2011

3. https://fayllar.org/abu-rayxon-beruniy-abu-ali-ibn-sino-va-abu-nasr-forobiy-asarla.html

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

23

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.