Научная статья на тему 'BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR'

BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
584
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Buyuk ipak yo’li / allomalar / shaxs kamolati / qarash / qomusiy olimlar / jahon fani / madaniyat / ma’naviyat / taraqqiyot / san’at / adabiyot / astronomiyi / matematika / jahon tamadduni. / The Great Silk Road / scholars / personal maturity / vision / encyclopedic scientists / world science / culture / spirituality / development / art / literature / astronomy / mathematics / world civilization.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Malika Ravshanbekovna Abdullayeva

Mazkur maqolada buyuk ipak yo’li allomalari asarlarida shaxs kamolati haqidagi qarashlar, o’rta asr qomusiy olimlarining jahon fani, madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VIEWS ON PERSONAL PERFECTION IN THE WORKS OF THE GREAT SILK ROAD SCIENTISTS

This article discusses the views of the great Silk Road scholars on the perfection of the individual, the contribution of medieval encyclopedic scholars to the development of world science, culture and spirituality.

Текст научной работы на тему «BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR»

BUYUK IPAK YO'LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI

HAQIDAGI QARASHLAR

Malika Ravshanbekovna Abdullayeva

Urganch davlat universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi stajer o'qituvchisi

Mazkur maqolada buyuk ipak yo'li allomalari asarlarida shaxs kamolati haqidagi qarashlar, o'rta asr qomusiy olimlarining jahon fani, madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotiga qo'shgan hissalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Buyuk ipak yo'li, allomalar, shaxs kamolati, qarash, qomusiy olimlar, jahon fani, madaniyat, ma'naviyat, taraqqiyot, san'at, adabiyot, astronomiyi, matematika, jahon tamadduni.

VIEWS ON PERSONAL PERFECTION IN THE WORKS OF THE GREAT

SILK ROAD SCIENTISTS

This article discusses the views of the great Silk Road scholars on the perfection of the individual, the contribution of medieval encyclopedic scholars to the development of world science, culture and spirituality.

Keywords:. The Great Silk Road, scholars, personal maturity, vision, encyclopedic scientists, world science, culture, spirituality, development, art, literature, astronomy, mathematics, world civilization.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan ulkan, bebaho ma'naviy va ma'daniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim vazifa bo'lib qoldi. Amalga oshirilayotgan islohatlardan ko'zlangan maqsad mamlakatning ozodligini, obodligini har tomonlama ta'minlash, shuningdek erkin va farovon jamiyatni barpo etishdan iboratdir.

ASOSIY QISM

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'lim, tarbiya va ajdodlarimiz merosiga alohida ahamiyat qaratish davr talabi ekanligini, jumladan "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir, Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi -

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat. Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, - deya ta'kidlab o'tdi. [1].

Haqiqatdan ham halqimiz tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosning o'zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim. Zero, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarda xalqimizga xos bo'lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolot masalasi yetakchi o'rin tutadi. Quyosh sharqdan chiqadi deganidek, xalqimiz madaniy merosining moddiy, ma'naviy sohalari bo'yicha jahon tamadduni ravnaqig a o'zlarining munosib hissasini qo'shganligi bilan g'ururlanadi.

O'rta asr qomusiy olimlarining jahon fani, madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotiga qo'shgan hissalari beqiyosdir. Ularning aksariyati "Ilm-fan kishilar hojatini chiqaradi" degan g'oyaga suyangan va o'z navbatida "Inson o'zi qiziqqan, o'ziga kerak fanlar bilan bevosita shug'ullanishi mumkin" degan tamoyillarning ustivor bo'lishiga harakat qilganlar.

Ming yilliklar davomida turli sivilizatsiya va madaniyatlar, jahon savdo yo'llari chorrahasida joylashgan o'lkamiz hududida o'ziga hos bebaho ma'naviy qadriyatl ar va madaniyat mavjud bo'lgan. Ilg'or madaniyat, ilm-fan xalifalik hukmi davrida aynan yurtimiz hududida rivoj topgan bevosita Bag'dod xalifaligidagi musulmon Uyg'onish davri, ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ulkan xalifalik hududlarida taraqqiyot darajasi turlicha o'lka va xalqlarning bir davlatga birlashuvi, ular o'rtasida tegishli munosabatlarning o'rnatilishi, iqtisodiy hayotining ravnaq topishi ichki va tashqi savdo aloqalari rivojiga turtki bo'ldi. Bu esa xalifalik xalqlari madaniyatining yuqori taraqqiy etishiga ham turtki bo'ldi. Bu davrda metallurgiya, tog'-kon, to'quvchilikda yangiliklar tatbiq etildi, qog'oz, sopol, shisha ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qazib olish, qishloq xo'jaligida sun'iy sug'orish, gidro texnik inshootlardan foydalanish, irrigatsiya shaxobchalarini qurish, turli o'simliklarni ekib, ko'paytirish yo'lga qo'yildi. Hunarmandchilikning ko'plab sohalari rivojlanib, turli buyumlar soni va sifati o'sdi, ichki va tashqi savdo aloqalari juda rivojlandi [6.12].

Buyuk ipak yo'li xalqlarni siyosiy, savdo, iqtisodiy va madaniy sohalarda bog'labgina qolmasdan, ayni zamonda bu yo'l dunyo xalqlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, do'stlik, qo'shnichilik, , birodarlik yo'li ham bo'lgan. Ana shu yo'llar atrofida asrlar davomida tsivilizatsiyalar, yirik davlatlar va ilm-fan o'choqlari tarkib topgan. IX-XII asrlarda ham millatimizga xos bo'lgan bu xususiyat yaqqol o'z ifodasini topdi. Shu davrda Xorazmda "Dorul — hikma" nomi bilan atalgan Ma'mun akademiyasining tashkil topishi xalqimizning ma'naviy kudrati va intellektual salohiyatining yorqin namoyishi bo'ldi. Bu ilm-fan markazi murakkab ijtimoiy-siyosiy

vaziyatda faoliyat ko'rsatib, bu yerda buyuk qomusiy olimlar ijod qilgan va Xorazm Ma'mun akademiyasi IX-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida ro'y bergan madaniy uyg'onish (renesans) davri butun jahon tsivilizatsiyasi tarixida yorqin iz qoldirgan.

995-yilda Urganch hokimi Ma'mun ibn Muhammad janubiy va shimoliy Xorazmni birlashtirdi. Natijada arablar istilosi davrida inqirozga yuz tutgan Xorazm davlatchiligini qayta tiklash va mustahkamlash uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Keyingi 22 yil davomida vohada hukmronlik qilgan ma'muniylar sulolasi davrida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot oldingi yillarga qaraganda sezilarli darajada yaxshilandi.

997-yilda taxtga o'tirgan Abulhasan Ali ibn Ma'mun akasi boshlagan ishlarni davom ettirib, somoniylar davlati zarba bergan qoraxoniylar va kuchayib kelayotgan g'aznaviylar saltanati tomonidan bo'ladigan tajovuz va havf-xatarlarning oldini olishga astoydil harakat qildi. Xorazm davlati yuksalish va rivojlanish pallasiga kirgan davrda taxtga ko'tarilgan Abul Abbos Ma'mun ibn Ma'mun (1009-1017) ham amakisi boshlagan katta ishlarni davom ettirdi va dono maslahatchilarga muhtoj bo'lgan. Uning baxtiga tog'asi, Abu Nasr ibn Iroq o'z davrining bilimdon olimi bo'lgan. Uning hukmdorlik davrida mamlakat obodonchiligi, xalq farovonligi, tinchlikni ta'minlash ishlari bilan bir qatorda Xorazm dunyo ilm-fani markazlaridan biriga aylantirildi.

Ma'mun akademiyasi o'z zamonasining yirik ilmiy markazi bo'lib, unda faoliyat yuritgan olimlarning aksariyati ko'p qirrali ilm sohiblari bo'lgan va fanlarning barcha yo'nalishlari bo'yicha dolzarb muammolari yechimini topishga muvaffaq bo'ldilar. Allomalar nafaqat biror fan sohasining yetuk bilimdoni, balki umuminsoniy qadriyatlarni o'zlarida mujassam etgan, borliq va hayot sirlarini egallagan, shaxs kamoloti masalalariga asosiy e'tiborni qaratib, jamiyatda ezgulik va ulug'vorlik namunasi bo'lib xizmat qilishgan. Ular "Ilm-fan kishilar xojatini chiqarmoqdir" degan g'oyaga suyangan va o'z navbatida "Inson o'zi qiziqqan, o'ziga kerak fanlar bilan bevosita shug'ullanishi mumkin" degan tamoyillarning ustivor bo'lishiga harakat qilganlar [6.25].

Abu Rayhon Beruniy ijodi inson hayoti mohiyatini yorituvchi asarlar alohida o'rin egallaydi va o'zining "O'tmish yodgorliklari", "Xindiston", "Geodeziya", "Minerologiya", "At-Tafxim", "Xorazmlik buyuk zotlar", "Mahsud qonuni", "Farmakologiya" kabi asarlarida va arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan qator dostonlarida insonlar tarbiyasi va inson kamoli, nafosat haqidagi fikrlarini bayon etgan. Olim yoshlarni ilm-ma'rifatli bo'lishga chorlaydi va shaxs kamolotining asosi deb qaraydi[7.].

Beruniy haqida zamondoshi Abul Fazl Bayhaqiy: "Ulzot suxondonlikda va hodisalar mohiyatini anglashda, geografiya va falsafa fanida naziri yo'q kishi edi, zamonasida teng keladigan topilmas edi, u biron narsani o'ylamay yozmas edi",—

guvohlik bergandi. Beruniyning Yevropada "Xronologiya" nomi bilan mashhur bo'lgan "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari haqida akademik I.Yu.Krachkovskiy: "Hozir hamYaqin Sharqning butun ilmiy adabiyotida bu kitobga teng keladigan asar yo'q"— deb yozgandi. Akademik S.P.Tolstov: "Bu kitob Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining, birinchi navbatda O'rta Osiyo xalqlarining xo'jalik hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e'tiqodlari haqidagi o'ziga xos bir qomusdir",— deya e'tirof etgandi.

Abu Rayxon Beruniy o'z asarlarida ong va aql masalalariga katta e'tibor bergan. U odam miyasi va besh xissiy organini o'zaro bog'langan, deb hisoblab, ularga katta ahamiyat bergan. Beruniy fikricha, har bir tuyg'u muayyan qo'zg'atuvchilar turiga munosabat bildirishga mo'ljallangan. "Ko'rishni qo'zg'atuvchi yorug'likdir... Eshitishni qo'zg'atuvchi tovush bo'lib, uni havo unga yetkazadi... Hid bilishning qo'zg'atuvchisi hid bo'lib, uni burunga havo olib boradi... Ta'm bilish xissini qo'zg'atuvchi (har xil) ta'm taomdir. Beshinchi tuyg'u sezgi bo'lib butun tanani qamrab oladi. U barcha a'zolar va organlarga xos", - deydi alloma. Umuman olganda, Beruniy inson tomonidan ilmiy bilimlarga erishish yo'lini umumlashtirib: "Bu xissiy idrok qilish ma'lumotlardan foydalangan aqlning yutug'idir", - deb qayd etadi[9].

Olimning fikricha, komil inson bo'lish dastavval odob-axloq va nafosat bilan bog'liq. Aqliy qobiliyat odamning kundalik ehtiyojlari asosida vujudga kelsa, axloqiy masalalar tarixiy taraqqiyot, kishilarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq xolda paydo bo'ladi va rivojlanadi. Beruniy insonda mavjud fazilatlar va illatlar haqida fikr yuritib, yaxshilik, muruvvat, do'stlik, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlarni ulug'laydi hamda yolg'onchilik, yomonlik, qo'pollik, ikkiyuzlamachilik, chaqimchilik kabi illatlarni qoralaydi.

Insonning kamoloti ma'naviy qiyofasida namoyon bo'lib, yaxshilik va yomonlik degan axloqiy tushunchalar bilan belgilanadi. Yaxshilik sari intilish, unga yetishish sabr-toqat, mustahkam iroda, yuksak axloqiy malakani talab etadi.

Ibn Sino o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta ro'l o'ynadi. O'z ijodi, ilmiy faoliyatida ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko'tarinkilik, madaniy «uyg'onish»ning ma'naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma'rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi. U o'z davrida Sharq va Yevropada «Shayx ur-rais», «Olimlar boshlig'i», «Tabiblar podshohi» kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar Isfahoniy, Muhammad SHeroziy, Ahmad Mahsuriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uyg'onish davri miniatyura va suratlarida ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. O'simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan

tabiatshunos Karl Liniey doimo yashil bo'lib tumvchi bñ o'simlikni ibn Sino sharafiga «Avitseniya» deb atadi[9.99].

Ibn Sino asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlandi. «Tib qonunlari» asaгining o'zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko'p bo'limlaгi, mantiq, musiqa, yeming tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi.

Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyot fanlari bilan birga o'z asañarida shaxs kamoloti va inson ahloq odobi masalalariga alohida e'tibor qaгatgan va bu sohasidagi boy merosi hamma davrlarda ham jaholatga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etib keldi. O'zining «Ahloqqa oid risola», «Burch haqida гisola», «Nafsni pokiza tutish to'g'гisida гisola», «Adolat haqida kitob», «Hikmat buloqlari» va Donishnoma" kabi asaгlaгida xalqimizga xos bo'lgan yuksak ma'naviy qadгiyatlaгni nazariy jihatdan asoslab beгdi. Ibn Sino o'zining «Hikmat buloqlari» asaгida inson tarbiyasi va shaxs kamoloti haqidagi fan to'g'risida shunday ta'гif beradi: «Bu fan shunday odamlarni tayyorlab berishi keгakki, ulaг faqatgina o'zi uchun yashamasdan, balki boshqalaг va jamoat hamda uning manfaati uchun yashashga intilishi kerak. Insonda mehnatga muhabbat, yaxshi axloqiy sifatlar, komillik va xalollik doimo ustun turishi kerak».

Abu Ali ibn Sino inson kamoloti va komillikka shunday ta'rif beradi. «Tabiatda nimaiki mavjud bo'lsa, o'z tabiatiga ko'ra, kamolatga intiladi— deb yozadi u. — Mana shu (kamolatga) intilish, o'z mohiyatiga ko'ra, yaxshilikdir. Narsa kamolatga intilib, nuqsonlardan qochadi» [3].

Mutafakkir shaxs kamolotida adolat mezoni alohida o'rin egallashini ta'kidlab o'tib, jumladan shunday deydi: «Adolat, muhim axloqiy xislat bo'lib, u odamning uch istagi — toqat, jasurlik va donolik bilan paydo bo'ladi. Ushbu fazilatlarga ega bo'lgan odam, o'zini yaramas ishlardan saqlay oladi», — deydi u. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, eng muhim axloqiy boylik, adolatdadir. Adolat, muvozanat o'rtalik tushunchalari bilan bog'liq. Ahloqiy tushunchalaг aqlga aqliy bilim, olim bo'lmasin axloqiy printsiplarga tayansa, u odobsizlik va yomonlikka yo'l qo'yadi. Ibn Sino o'zining «Qush tili» asarida ikki yuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik xislatlarini qoralaydi[9.100].

Alloma shaxs kamolotida axloq normalari alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tar ekan, shunday fikrlarni bayon etadi. «Yomon xulq kabi, yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. Shuni aytish kerakki, biz nimaga odatlangan bo'lsak, shu odat tufayli bizda yomon xulq paydo bo'ladi»,— deb ta'kidlaydi, u[9.45].

Abu Ali ibn Sino insonda komillikka erishishida yaxshi fazilatlarni tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tadi. Olim bu borada jamiyatda inson do'stligi va kishilarning birgalikda hamjihatlikda yashash qanday ro'l o'ynashini ko'rsatib beradi. U, inson munofiqligiga qarshi chiqadi va bu xislat shaxs kamolotiga to'siq deb qaraydi. Alloma komillikka erishishda do'stlikning ahamiyatini yoritar ekan,

yuzaki do'stlikning zararligini fosh qilib tashlaydi, haqiqiy do'stlarni sohta do'stlardan farq qilishni maslahat beradi. "Yaxshi do'st,— deydi Ibn Sino,— kishining hamma yaxshi va yomon sifatlarini aks etuvchi oynadir. Yaxshi do'st o'z vaqtida butun nuqsonlarni ko'rsatadi, maslahati va xatti-harakati bilan kamchiliklarini yo'qotishga yordam beradi".

Insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri - o'zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yo'qotishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e'tibor va g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishi muhim o'rin tutadi. Kimki o'zining axloqini tarbiyalash uchun o'z oldiga qo'ygan vazifasini bajarib, o'z hulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qo'rqinchli emas. Kimki o'z xatosini tuzata olsa, u boshqalarning tarbiyasi haqida, g'amxo'rlik qila olishi mumkin. Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va uning axloqini tuzatmokchi bo'lgan tarbiyachi, avvalo uni yaxshi o'rganishi va barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi kerak. Aks xolda tarbiyachi o'z oldiga qo'ygan vazifasini bajara olmaydi, ya'ni bemorning kasalini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan soxta tabibday bo'lib qoladi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yomon axloqiy xislatlardan ozod qilishi, unga yaxshi axloqiy fazilatlarini singdira borish jarayonida amalga oshiriladi.

Abu Ali ibn Sino shaxs kamolotinig muhim jihatlaridan biri— bolalarni axloqiy tarbiyalashdir degan fikrrni ilgari suradi. U, bola tarbiyasiga ko'proq e'tibor qaratish, unda insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlanishining asosi ekanligini ta'kidlaydi.

Ibn Sinoning o'z asarlarida komillikka erishish yo'lidagi fazilatlarni yoritar ekan, jumladan "Salomon va Ibsol" qissasida do'stlik, samimiylik, halollik ulug'lanadi, hiyla nayrang va joxillikdan qaytmaydigan kishilar qoralanadi. Uning she'r va ruboiylarida ham adolatsizlik, tengsizlik va mayga, ichkilikka berilish qoralanadi[3.55].

Markaziy Osiyolik buyuk entsiklopedik olim Ibn Sino (980-1037) ning ta'lim-tarbiya, axloq sohasidagi boy merosi hamma davrlarda ham jaholatga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etib keldi.

Buyuk mutafakkirning ta'lim tarbiya xaqidagi fikrlarini olimlar va pedagoglar izchil o'rganmoqdalar va hayotga tadbiq etmoqdalar.

Ibn Sinoning "Axloqqa oid risola", "Burch xaqida risola", "Nafsni pokiza tutish xaqida risola", "Badanni boshqarish", "Adolat xaqida risola", "Salomon va Ibsol", "Xay ibn Yakzon", "Turar joyni boshqarish", "Xikmat buloqlari", "Qush risolasi", "Donishnoma" kabi asarlarida ta'lim va tarbiya masalalarini ham ko'tarib chiqqan.

Bola tug'ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma'lum tartibda tarbiyalab borish lozim. Bu tartib o'z vaqtida ovqatlantirish, cho'miltirish, uxlatish, yo'rgaklash kabi tartibdan iborat. Bularni ham ma'lum tartib bilan amalga oshirmoq darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdan muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, alla

aytishdan iborat bo'lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi[2.110].

Shuni ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ammo o'lkada ilm-fanning rivojlanishi eramizdan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan Zardushtiylik ta'limoti bilan bog'lanadi. O'sha davrda keng tarqalgan Zardushtiylik faqat sof dingina bo'lib qolmasdan, o'z davri madaniyati va ma'rifatining eng muhim yo'nalishini belgilovchi ta'limot ham edi. Bu ta'limot o'sha davrdagi xalqlarning madaniyati, ma'naviyati, urf-odati, axloqi kabi masalalarni o'zida aks ettirgan va ularga ta'sir ko'rsatgan[2].

Buyuk ipak yo'li xalqlarni siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy sohalarda bog'labgina qolmasdan, ayni zamonda bu yo'l dunyo xalqlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, qo'shnichilik, do'stlik, birodarlik yo'li ham bo'lgan. Ana shu yo'llar atrofida asrlar davomida tsivilizatsiyalar, yirik davlatlar va ilm-fan o'choqlari tarkib topgan. IX-XII asrlarda ham millatimizga xos bo'lgan bu xususiyat yaqqol o'z ifodasini topdi. Shu davrda Xorazmda "Dorul — hikma" nomi bilan atalgan Ma'mun akademiyasining tashkil topishi xalqimizning ma'naviy kudrati va intellektual salohiyatining yorqin namoyishi bo'ldi. Bu ilm-fan markazi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda faoliyat ko'rsatib, bu yerda buyuk qomusiy olimlar ijod qilgan va Xorazm Ma'mun akademiyasi IX-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida ro'y bergan madaniy uyg'onish (renesans) davri butun jahon tsivilizatsiyasi tarixida yorqin iz qoldirgan.

Ma'mun akademiyasi o'z zamonasining yirik ilmiy markazi bo'lib, unda faoliyat yuritgan olimlarning aksariyati ko'p qirrali ilm sohiblari bo'lgan va fanlarning barcha yo'nalishlari bo'yicha dolzarb muammolari yechimini topishga muvaffaq bo'ldilar. Allomalar nafaqat biror fan sohasining yetuk bilimdoni, balki umuminsoniy qadriyatlarni o'zlarida mujassam etgan, borliq va hayot sirlarini egallagan, shaxs kamoloti masalalariga asosiy e'tiborni qaratib, jamiyatda ezgulik va ulug'vorlik namunasi bo'lib xizmat qilishgan. Ular "Ilm-fan kishilar xojatini chiqarmoqdir" degan g'oyaga suyangan va o'z navbatida "Inson o'zi qiziqqan, o'ziga kerak fanlar bilan bevosita shug'ullanishi mumkin" degan tamoyillarning ustivor bo'lishiga harakat qilganlar[6.25].

Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan diniy va dunyoviy ilmlarning butun musulmon olami va Yevropaga tarqalishida o'sha paytda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan Buyuk Ipak yo'lining o'rni katta bo'lgan. Bu yo'lda muntazam harakatda bo'lgan savdo karvonlari kitob savdosini yo'lga qo'yish orqali yaratilgan ilmiy asarlarning tarqalish

XULOSA

geografiyasini kengayishiga hissa qo'shgan. Bu esa xalq o'rtasida madaniyat, ma'rifat va ilmiy sohalarda o'zaro tajriba va fikr almashish imkoniyatini yuzaga keltirish bilan birga ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qo'shdi.

Ibn Sino bola tarbiyasida eng dastlabki tarbiyachi ota-ona deb biladi. O'zining shox asarlarida bolani juda kichik yoshdan tarbiyalashni uqtirgan. Olim ota-onalarga shunday maslahat beradi. Bolalar ilk yoshlik davrida xarakatchan, qo'zg'aluvchan, narsa va xodisalarga qiziquvchan bo'lib, ularning xarakter va odamlarni shakllanishida g'oyaviy va jismoniy tarbiya katta ro'l o'ynaydi deydi. Mutafakkir o'zining shoh asari "Tibbiyot qonunlari" asarida insonning ijtimoiy mohiyati bilan birga uning tarbiyasi, tarbiyaning turli shakllari, vazifalari va maqsadlarini yoritishga ham e'tibor bergan.

Olim inson yosh jihatdan o'sib borishi bilan ta'lim-tarbiya vazifasi ham o'zgarib borishini ta'kidlaydi. Mutafakkir bu asarida bolalarni tug'ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida bo'lim ajratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag'ishlangan video selektor yig'ilishidagi nutqi.

2. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari". T 2 -T.: "Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti" 1994. B-110 B-111.

3. Abu Ali ibnSino. Hikmatlar. -T. O'zbekiston, 1980. -B.55 B.89 B.76.

4. Buyuk Ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishi. e-tarix.uz. htt'://e-tarix.uz/vatan-tarixi/51-2010-03-06-11-59-45.html

5. Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob, Toshkent: Meros, 1995. -B.8. B.76.

6. Hayrullaev.M. O'rta Osiyo ilk uyg'onish davri madaniyati. -T.: Fan, 1994. -B.25. B.26. B.27. B.7. B.8. B.28.

7. Xo'jaev.A. "Buyuk ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar" O'zME ilmiy nashriyoti, T:.-2007. -B.25B.78

8. Xodjamqulov.U.N. Ilm-fanning rivojlanishida buyuk ipak yo'lining ahamiyati.

9. Xolnazarova.M. Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik-psixologik qarashlari. Sbornik statey. XXI Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya internet-konferentsiya. Ukraina. 2015. -S. 32-33.

10. Academic Research in Educational Scienes (ARES), Jurnali.2020. №-4.B.724.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.